11911
Three main channels I run: 1️⃣ this one (@aslanovs_lessons) 2️⃣ @mraslanov 3️⃣ @pdfbooksyouneed For questions @Aslanovs_robot
"Though" bog'lovchisini gap oxirida ishlatishni bilasizmi?
Bilmasangiz 4 daqiqa ichida o'rganib oling.Channel: @Aslanovs_Lessons
'Must' faqat modal fe'l emas 🤔
Biz 'must' ni 3 ta shaklda ishlata olamiz. Siz buni bilarmidingiz? Bilmasangiz 2 yarim daqiqa ichida o'rganib oling.Channel: @Aslanovs_Lessons
Pomodoro Texnikasi haqida eshitganmisiz?
Bu texnika odamga o'z vaqtidan unumli va samarali foydalanishga katta yordam beradi. Ko'pchiligimizda uchraydigan bir odat bor. 'Bugun palon, palon ishlarni bajaraman!' deb niyat qilamiz lekin goh chala goh esa umuman u ishga bel bog'lamay tashlab qo'yamiz. Bu texnika ana shunday ishlar samarali tugatib olishga va ayniqsa o'qish sifatini yaxshilashga ancha yordam beradi.
✍🏻 @Aslanovsblog
📕 40 Stories to Retell
✅ Yuqoridagi qo'llanmani davomi. Channel: @Aslanovs_Lessons
Bugun 21:00 da qisqa jonli efir qilamiz. Sizlarga bir nechta fayllar ulashmoqchiman.
Читать полностью…
O'quvchilarimni IELTS imtihoniga tayyorlashni boshlashim bilan Listening Moduleni boshlaganimizda Listening Part 1 dan boshlab ularni sekin-asta MCQs bilan ishlashga, kuchli comprehensionga ega bo'lishlari ustida ishlayman. Buning uchun ikkita samarali usullarni ishlataman.
1️⃣ Gap-fill savollarining o'zidan boshlab to'liq ma'lumotni ''yulib olish''ni o'rgataman. Bunda o'quvchilarim shunchaki answer-oriented listening ishlamay, butun trackni maksimal tushunishlari kerakligiga qayta-qayta urg'u beraman. Ya'ni, shunchaki 10 ta savolga diqqatni qaratib faqatgina hearing yaxshilamasdan, to'g'ri javoblar atrofida ham nimalar deyilganiga e'tibor qaratishlarini so'rayman.
Misol uchun Cambridge 18 Test 1 dagi Reason for trip: shopping and visit to the 3 ........................... savolini olaylik.
Transcript:
...
Man: Ha ha. And what was the reason for your trip today? I can see you've got some shopping with you.
Sadie: Yes. I did some shopping but the main reason I came here was to go to the dentist.
Man: That's not much fun. Hope it was nothing serious.
Sadie: No, it was just a check-up. It's fine.
Darsimda hamma o'quvchilarim bu yerda dentist to'g'ri javobligini eshitib yozadi. Lekin keyin 'Did she have any serious problems with her teeth?' degan follow-up savolni ham o'rtaga tashlayman. Bu esa listening payti yana ham ko'proq ma'lumot olishdimi yo'qmi shuni tekshirish uchun. No, it was just a check-up deyishsa demak hammasi so'ralganidek deb davom etamiz.
Demak, birinchi usul - faqatgina javobni o'zini topishim kerak deb emas, butun trackdagi ma'lumotlarni ''sug'urib olishim kerak' degan kayfiyatda bo'lish!
Agar sizda bu narsa hali yaxshi rivojlanmagan bo'lsa albatta gap-fill savollaridan buni practice qilishni boshlang. Ikkinchi usulni keyinroq gaplashamiz.
Hammaga yana bir bor rahmat!
Live da qatnashganlarga vazifa:
1. O'zingizda sinab ko'ring;
2. Biror kimga o'rganganlaringizni o'rgating.
Nasib bugungi live session dan keyin o'z speakingizni o'zingiz ancha aniq evaluate qila olasiz. Efirdan qolib ketmang. Recording tashlanmaydi.
Читать полностью…
Speakingda nima muammolarilar bor?
Bu yerda yozib qoldiring 👇🏻
Listening & Reading Tip
Hech qachon ma'lum bir savol turlariga nisbatan sizda qo'rquv bo'lmasin. Ko'plarda shu narsa uchraydi.
Misol uchun ba'zilar Multiple Choice savollarini qayerda ko'rsa ham bo'ldi endi tamomman, aniq hammasi xato chiqadi endi... shunga o'xshash gaplar bilan o'ziga o'zi blok qo'yadi.
Bu yaxshi emas! Siz biror testda shu savol turlarida xato ishlagan bo'lsangiz, bu degani hamma testda shunday bo'ladi degani emas. Doim o'zingizni qo'lga olib, testlarga ijobiy qarang. Ayniqsa imtihon kuningizda.
Listening Tip
Listening qilayotganda diqqat (focus) ni bir joyda ushlash uchun Listening payti tahminiy nechta to'g'ri javob topayotganingizni hisoblab chiqmaganiz yaxshiroq.
Ya'ni bir part tugaganda 10 tadan paloncha topdim manimcha... Yana paloncha to'g'ri javob topsam palon bal chiqadi... deb.
Bor diqqat / focus ni trackga qarating. Aks holda, to'g'ri javoblarni o'tkazib yuborishingiz mumkin.
Bu video darsni qayta tashlayapman sababi imtihoningizda must ni 3 ta shaklini ishlatsangiz foydadan holi emas. Examinerni ko'ziga yosh keladi. Otangizga thank you! deb yuboradi :)
Читать полностью…
Tirikchilik Time
2 Oylik Online IELTS Writing kursim bugundan boshlandi. Ro'yxatdan o'tishga ulgurmaganlar @courseintake ga yozib bugun ham qo'shilib olsalar bo'ladi.
Dars tugadi. Foydali bo'ldimi? Keyingilarida qatnashasizmi?
Читать полностью…
Demak bu texnika qanday ishlaydi?
Bu texnika juda oson tizim orqali ishlaydi. Juda ko'pchiligimiz o'z oldimizga katta maqsadlar, ulkan rejalar qo'yamiz lekin afsus ular aksariyat hollarda bizga qiyinlik qilib ularni oxirgacha yakunlamasdan tashlab qo'yamiz. Bunga asosiy sabab biz bir urinishdayoq hammasini tugatishni xohlaymiz. Misol uchun bir o'tirishda qandaydur kitobni to'liq o'qib tugataman deymiz va xokazo. Pomodoro Texnikasi shularni inobatga olgan holda biror bir ishni qismlarga bo'lib bajarishingizni talab qiladi. Unga ko'ra siz:
1️⃣ 25 daqiqalik taymer (timer) qo'yib xech narsaga chalg'imasdan o'z ishingizni bajarishga to'liq kirishishingiz kerak;
2️⃣ 25 daqiqa o'tgandan keyin 5 daqiqalik tanaffus (tanaffusda o'rningizdan turib yurish, suv ichib olish, biroz aylanib kelish misol uchun) olib olishingiz kerak;
3️⃣ 5 daqiqa tanaffus tugagach yana 25 daqiqalik taymer (timer) qo'yib qayerda to'xtagan bo'lsangiz usha ishni (boshqa xech qanday omilga chalg'imagan holda) yana davom ettirishingiz kerak.
Shu zaylda 4 marta davom etasiz ya'ni
1️⃣ 25 daqiqa ish, 5 daqiqa tanaffus ✅
2️⃣ 25 daqiqa ish, 5 daqiqa tanaffus ✅
3️⃣ 25 daqiqa ish, 5 daqiqa tanaffus ✅
4️⃣ 25 daqiqa ish, 5 daqiqa tanaffus ✅
Nega aynan 25 daqiqa?
25 daqiqa qilib belgilanganining asosiy sababi 25 daqiqa tez o'tganligi sabab bu texnika sizni bezdirmaydi. Soatlab tanaffussiz ishlash samaradorlikni ancha tushirib yuborishi mumkin. Lekin agar qism qism qilib biror ishni bajarsak bu jarayon anchalik qizg'in va zerikish ehtimoli kamroq bo'ladi.
Taymer (timer) uchun o'z telefonimizdan foydalansak bo'ladimi?
Ha, bo'ladi. Lekin bu texnikaga mos tushadigan bir ajoyib dastur - Brain Focus dasturi bor. Quyida Android telefonlariga mo'ljallangan yuklab, o'rnatib olsa bo'ladigan shaklini topishingiz mumkin.
✍🏻 @Aslanovsblog
📘 30 Stories to Retell
✅ Ushbu qo'llanmani Pre-IELTS darajadagi o'quvchilarimga pair work uchun beraman. Ikki kishidan bo'lib bir-birlariga galma-galdan storylarni 2 daqiqa mobaynida birin-ketin aytib berishlari kerak bo'ladi. Misol uchun birinchi o'quvchi story 1 ni o'qib olishi uchun uning sherigi unga 2 daqiqa vaqt beradi va 2 daqiqadan so'ng birinchi o'quvchi sherigiga story 1 haqida tushungan barcha narsasini 2 daqiqa ichida gapirib beradi. Keyin ular o'rin almashishadi. Activity shu tarzda ketaveradi. Darsda yoki self-study qilayotgan bo'lsangiz uyda siz ham sinab ko'ring. Foydasi tegsa xursandman. Channel: @Aslanovs_Lessons
Bugun 21:00 da
1. To-do list
2. Listening Progress Check
3. Grammar Checklist
haqida gaplashamiz.
Kichik tadqiqot:
Kanalimni necha kishi haqiqatda kuzatadi shuni bilish uchun sizlarni yordamingiz kerak!
Agar kanalimni kuzatsangiz 👍🏻 reaksiyasini qoldiring iltimos. Bu biz uchun juda muhim. Oldindan rahmat 👍🏻
Listening - Multiple Choice Questions
Bugun sizlar bilan Listening Moduleda ko'pchilik IELTS (boshqa ingliz tili imtihonlarni ham) topshiruvchilarni qiynaydigan savol turi bilan ishlashni bir necha sinalgan usullarni ko'rib chiqamiz.
Avvalo shuni ta'kidlash kerakki, bunday savol turi bizdan kuchli comprehensionni talab qiladi.
Cambridge Advanced Learner's Dictionary comprehensionga quyidagicha ta'rif beradi:
Comprehension - [U] the ability to understand completely and be familiar with a situation, facts, etc.
Demak, xohlaymizmi-yo'qmi, MCQsda 100% to'g'ri javoblarni topishimiz uchun to'liq tushunish va trackda aytilayotgan ma'lumotlar bilan tanish bo'lishimiz shart.
Buni qanday qilamiz? Keyingi postda shu haqida gaplashamiz.
DARS YOQDIMI? AKTIVLASHAMIZ
HAMMADAN FIKR KUTAMAN!
KEYING LIVE LARDA HAM AKTIV BO'LING!
Bugun 20:00 da IELTS Speaking haqida gaplashamiz ✅
Mavzu: O'z speechingizni o'zingiz baholashni o'rganing!
Bugun IELTS Speaking bo'yicha jonli efir qilamizmi? Qatnashasizmi? Reaksiyalar qoldiring. Aktivlikka qarab aniq bo'ladi.
Читать полностью…
Listening Tip
Listening dan overall 9.0 bal olishni / 40 tadan 40 (39) ta to'g'ri topishni xohlasangiz eng birinchi Part 1 da spelling savollari bormi yo'qmi shunga e'tibor qarating. Chunki unday savollar asosan challenging bo'lishi mumkin. Shuning uchun unday savollarga ikki barobar diqqatingizni qarating. Shunda birinchi Part da maksimal to'g'ri topasiz nasib.
Listening Progress Check Chart 📈
🎧 Listening Solution 🚀 kursi o'quvchilari uchun yasab chiqilgan. Sizlarga ham foydasi tegib qolar.