eduuz | Unsorted

Telegram-канал eduuz - Edu.uz

115316

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования Instagram - https://www.instagram.com/edu.uz/ Facebook - https://www.facebook.com/eduuzrasmiy Youtube - https://www.youtube.com/channel/

Subscribe to a channel

Edu.uz

4️⃣4️⃣4️⃣

📣 3- va undan yuqori bosqichdagi talabalar uchun bepul o‘quv kurslari!

Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv kurslari uchun GRANT (bepul o‘qish) dasturini e’lon qildi.

Agar siz kreativ sohaga, texnologiyalarga va san’atga qiziqqan, 3-bosqich yoki undan yuqori bosqichdagi talaba bo‘lsangiz — bu karyerangiz uchun noyob imkoniyat!

Dastur quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi:

⚫️3D modellashtirish
⚫️VFX Compositing
⚫️Animatsiya
⚫️O‘yin dizayni va GameDev asoslari
⚫️Digital Art
⚫️FX Simulation
⚫️Cinema 4D
⚫️Unreal Engine

📚 Ta’lim shakli:
📍Oflayn + 💻 Onlayn (Toshkent shahrida)
⏳Kurs davomiyligi — 6 oy

➡️Ushbu kurs sizga nima beradi?
✔️Eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha zamonaviy bilimlar
✔️Soha yetakchi mutaxassislari bilan amaliy mashg‘ulotlar
✔️Networking va professional muhit

📈 Tanlov bosqichlari:
⁃ 20 daqiqalik onlayn test
⁃ Portfolio yuklash
⁃ 5 daqiqalik suhbat

🏆Nima kutmoqda?
- Kurs yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar xalqaro va mahalliy kompaniyalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi!

📅 Ariza topshirish muddati:
🕛 07.07.2025

🌐 Ariza topshirish: ➡️ CreativeTech.uz

🔹Loyihaga oid yangiliklar @creative_tech_official kanalida!

📞Aloqa: +998-95-474-19-19

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Qabul2025 #Texnikum

📣 Bugundan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabuli boshlandi

🔰 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2025-yil 9-sinf bitiruvchilari 515 ta texnikumning birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 1-iyuldan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

▪️Platformaga:
tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;
3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

✔️ Maʼlumot oʻrnida, joriy yil 139 245 nafar 9-sinf bitiruvchisi davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Shundan:
118 595 nafari kunduzgi ta’lim shakliga;
20 650 nafari dual ta’lim shakliga.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Olimlar_minbari
#23-29.06.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

Malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha Qashqadaryo tajribasi” — Aziz MELIBOYEV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi;

«Узбекистан: большие возможности для инвестиций» — Тулкин ТЕШАБАЕВ, ректор Ташкентского государственного экономического университета, профессор;

Milliy iftixor manbai” — Gulchehra RIXSIYEVA, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor;

Ta’limda sifat va samaradorlik uyg‘unligi” — Botir USMONOV, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor;

«Социальное государство: реальность и перспективы» — Баходир ХОЛИКОВ, ректор Самаркандского государственного института иностранных языков профессор;

Barqaror kelajakka dadil qadam” — Baxtiyor RASULOV, Andijon davlat pedagogika instituti rektori, professor;

Oʻzaro sheriklik yangi bosqichda davom etadi” — Bahodir MAʼMUROV, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor;

Mamlakatimiz iqtisodiy tafakkuri oyinalari” — Dilafro‘z NOSIRXO‘JAYEVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

Iqtisorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zamonaviy yandashuvlar” — Feruza MUHIDDINOVA, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

Agrar soha taraqqiyoti – oziq-ovqat xavfsizligi kafolati” — Sayfulla ALIBEKOV, Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti;

Havo musaffoligini saqlashga har birimiz mas’ulmiz” — Xolida RO‘ZIMOVA, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali o‘qituvchisi, dotsent; Zamira RO‘ZIQULOVA, universitet o‘qituvchisi;

«Новые перспективы устойчивого развития» — Шахноза ТУХТАЕВА, старший преподаватель ТГЭУ;

Beshinchi tashabbus samarasi” — Iroda BERDIYEVA, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tayanch doktaranti.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

TOP-30: Yoshlar bilan ishlashda namunali tashkilotlar aniqlandi

⚡️Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, ularning faolligi va salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lida olib borilayotgan ishlar natijasida yurtimizdagi eng faol tashkilotlar e’tirof etildi.

150 dan ortiq vazirlik va idoralar orasidan yoshlar bilan ishlash borasida ilg‘or tajriba namoyon etgan TOP-30 tashkilot saralandi.

Ta’kidlash lozimki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar akademiyasi rahbari Akbarxon Sobirxonov ham ushbu reytingda munosib o‘rin egalladi.


Vazirlik jamoasi Akbarxon Sobirxonovni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Aziz va qadrli yoshlar!

Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etaman!

Yoshlar — har qanday jamiyatning tayanchi, kelajagining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Yurtimizda yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion fikrlashga ega yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlari yo‘lida doimiy harakat qilmoqda.

Bugungi kunda ta’lim va fan sohalarida bo‘layotgan keng ko‘lamli islohotlarning markazida aynan siz — bilimli, tashabbuskor, izlanuvchan yoshlar turibsiz. Ishonamizki, sizning g‘ayratingiz, mehnatsevarligingiz va fidoyiligingiz yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi.

Yoshlar kuni barchamiz uchun quvonchli sana bo‘lib, har bir yigit-qizga yangi marralarni zabt etish, yuksak orzu va maqsadlar sari dadil intilish yo‘lida ilhom va kuch bag‘ishlasin!

Yurtimizning ertangi kuni — sizning qo‘lingizda! Sizga mustahkam sog‘lik, bilim yo‘lingizda omad, orzu-maqsadlaringizga yetishishda kuch-g‘ayrat tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!

Hurmat bilan,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng‘irotboy Sharipov


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

🟦🟦🟦 4️⃣4️⃣4️⃣

📢 SAT imtihoniga ro‘yxatdan o‘ting!

🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi SAT imtihoniga taklif qiladi!

🗓 Yaqinlashayotgan imtihon sanasi:
🗓 2025-yil 23-avgust

🗺 Imtihon quyidagi hududlarda o‘tkaziladi:
1. Farg‘ona 23– avgust
2. Namangan 23– avgust

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun manzil: USTIGA BOSING

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️ (95) 515-68-68
📨 @IlmiyMarkazUz

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Davlatimiz rahbari o‘z sohasida ilg‘or, tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va g‘oyalarini tingladi.

Prezident farmoni bilan ilm-fan, texnologiya, madaniyat, san’at, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh o‘g‘il-qizlarimiz mukofotlangan edi. Bugungi tadbirda davlatimiz rahbari ushbu mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkonini beradigan buyuk ne’mat

“Yosh avlodni turli zararli ta’sirlardan asrash, ularga axborot makonida foydali, mazmunli ma’lumotlarni yetkazish va targ‘ib qilish doim e’tiborimiz markazida bo‘lishi zarur”,

— dedi Prezident.

Shu maqsadda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil etilgani, markaz milliy madaniyat, san’at, adabiyot, tarix va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga mo‘ljallangan tarbiyaviy kontentlar yaratish uchun mas’ul bo‘lishi qayd etildi.

Joriy yildan boshlab mahallalarda o‘tkazilgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalarida 244 ming yigit-qizlar ishtirok etdi, 1 milliondan ziyod yoshlar esa ularni katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Bu bellashuvlar vatanparvarlik, jasorat va jipslikni targ‘ib etadigan muhim harakatga aylandi.

“Mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ko‘z qorachig‘idek asrashda siz, aziz yoshlarimizga tayanamiz.

Unutmang: mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkonini beradigan buyuk ne’mat”,

— dedi Prezidentimiz.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Respublika tanlovi g‘oliblariga madaniyat va san’at oliygohlariga kirishda imtiyoz beriladi

Yoshlarimizni kitob o‘qishga qiziqishini oshirishda tanlovlar muhim rol o‘ynamoqda.

Birgina misol, Xorazmiy maktabining 8-sinf o‘quvchisi Dilbar Haydarova “Yosh kitobxon” tanlovida g‘olib bo‘lib, ota-onasiga Prezident sovrini – avtomobil sovg‘a qildi.

“Dilbarxon qizim, sen o‘z misolingda inson chin dildan harakat qilsa, ko‘p narsaga erisha olishini isbotlading, bu yo‘lda ko‘pchilik uchun namuna bo‘lding. Buning uchun katta rahmat senga! Rahmat seni katta qilgan ota-onangga!”,

— dedi davlatimiz rahbari.

Yoshlarni aktyorlik, musiqa, kitobxonlikka qiziqishini oshirish uchun “Turon” teatri, “Iqtidor ansambli”, “Jadidlar izidan” kabi tanlovlar o‘tkazilib, ularda 400 mingga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi.

Endi tanlovlarda g‘olib bo‘lgan jamoalar chekka hududlardagi maktablarga muntazam borib, o‘z chiqishlari bilan tengdoshlarini madaniyat va san’atga qiziqtiradi. Buning uchun viloyat hokimlari bittadan avtobus olib beradi.

Respublika tanlovi g‘oliblariga madaniyat va san’at oliygohlariga kirishda imtiyoz beriladi.

“Iqtidor” maktab ansambli tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari bolalar va musiqa san’at maktablarida bepul o‘qitiladi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

“Harakatda daromad” elektron tizimi yaratilib, ta’tildagi 3 million yoshlar malaka talab etmaydigan ishlar bilan band qilinadi

O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish bo‘yicha 2 ta alohida dastur qabul qilindi.

Shu maqsadda Aloqabank va Milliy bankka 300 million dollar ajratildi.

Ular “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 100 ming yoshlarni, “Kelajakka qadam” orqali 140 ming oliygoh bitiruvchisini daromadli ish bilan ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.

Bandlik vazirligi Savdo-sanoat palatasi Milliy bank bilan birga oliygoh, texnikum, kasbiy ta’lim bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan bog‘laydigan platformani ishga tushiradi.

Bandlik, Maktab, Oliy ta’lim vazirliklari “Harakatda daromad” elektron tizimini yaratib, ta’tildagi 3 million yoshlarni malaka talab qilmaydigan ishlar bilan band qiladi.

Har yili yuqori sinf o‘quvchilarini kasb tanlashga qiziqtirish va ko‘maklashish maqsadida “Mening kasbim” respublika tanlovi o‘tkaziladi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Oliygohlar o‘rtasida startaplar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi o‘tkaziladi

Startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim yaratildi. Ularni moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritildi.

Prezidentimiz bu raqam 1 milliard dollarga yetkazilishini aytdi.

Endi, bu ishlar maktabdan boshlanadi. O‘quvchilar uchun “mohirlik va biznes soati” kiritilib, ularning g‘oyasini startapga aylantirishga 100 milliard so‘m grant ajratiladi.

Oliygohlar o‘rtasida ham startaplar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga oliygoh jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha grant beriladi.

Startapni prototipga aylantirish va sinovdan o‘tkazish uchun Innovatsiya agentligi va IT-park “RnD” markazini ochadi.

Bunda, eng yaxshi loyihalar bo‘yicha prototip yaratish xarajatining 50 ming dollargacha qismi Yoshlar venchur jamg‘armasidan qoplanadi.

Har yili investorlar, yirik korxona va startap tashabbuskorlari ishtirokida “Startap-ekspo” ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti beradi

“Ta’lim – kelajak sarmoyasi” degan ezgu g‘oya jamiyatimizda katta harakatga aylanmoqda.

Yaqinda “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati takomillashtirildi. Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uchun o‘qish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi.

Eng avvalo, STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar bir necha karra oshiriladi.

Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti beradi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Endi, yoshlar yetakchilari maktab, texnikum, til va kasb markazlari bilan ham ishlashni o‘rganishi kerak

Uchrashuvda mahallalarda 167 ming nafar uyushmagan yoshlar, tarbiyasi og‘ir va huquqbuzarlik qilgan 17 ming o‘quvchi borligi barchani o‘ylantirishi kerakligi qayd etildi.

“Albatta, yoshlarning tilini yoshlar tushunadi, ular bir-biridan o‘rnak oladi, bir-biriga motivatsiya beradi.

Shu bois, 9 mingdan ziyod mahallada yoshlar yetakchilarini tayinladik. Ular uch yil davomida ko‘p narsani o‘rgandi, yetarli tajriba orttirdi.

Endi, ular maktab, texnikum, til va kasb markazlari bilan ham ishlashni o‘rganishi kerak”,

— dedi Prezident.

Shu o‘rinda davlatimiz rahbari yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi:

“Mahalladagi tinchlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, sog‘lom muhit kimga bog‘liq? Avvalo, sizlarga bog‘liq.

Mahallada bitta bolaning noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulodda holat bo‘lishi kerak. Shuning uchun, har bir bola haqida, uning taqdiri, kelajagi haqida avvalo sizlar ko‘proq qayg‘urishingiz lozim”.


#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Tinchlik – eng buyuk ne’mat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat

Davlatimiz rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab bo‘lib borayotganini, tinchlik – eng buyuk ne’mat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat ekani har qachongidan ham chuqur his etilayotganini ta’kidladi.

“Yuksak bilimli, dunyoqarashi keng, zamonaviy fikrlaydigan, texnologik savodxon yoshlari ko‘p bo‘lgan yurtda tinchlik va taraqqiyot, o‘zaro jipslik hamisha barqaror bo‘ladi.

Yoshlarimizga sifatli ta’lim va tarbiya berish, zamonaviy kasb va hunarlar, xorijiy tillarni o‘rgatish, hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish eng asosiy vazifamiz va burchimizga aylangan”,

— dedi Prezident.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.

Masalan, o‘tgan yili yurtimiz yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.

Bilimli yoshlarimiz ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi.

Bugungi kunda 30 nafar yoshlarimiz dunyoning top-10 talik oliygohida, 500 nafari top-100 va 1 ming 500 nafari top-300 dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Prezident – yoshlarga: Sizlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#MuhandislikTanlovi

Muhandislik tanlovning yakuniy bosqichiga yo‘llanma olgan ishtirokchilar ro‘yxati e’lon qilindi.

📣 Muhandislik tanlovining 2-bosqichi yakunlariga ko‘ra G‘oya, Loyiha va Ixtiro yo‘nalishlarining har birida Ishchi guruh tomonidan baholanib, eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar tanlovning Yakuniy bosqichiga yo‘llanma oldilar.

🗓 Mazkur bosqichda har bir ariza Ishchi guruh a’zolari tomonidan individual tartibda baholandi.

❇️ Tanlov joriy yilda birinchi marotaba o‘tkazilayotganligi, tanlovga kelib tushgan arizalar mazmunan o‘xshashligi hamda 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan yosh muhandislarga qo‘shimcha imkoniyat taqdim etish maqsadida, Tashkiliy qo‘mitaning tegishli qaroriga muvofiq, tanlovning 9 ta yo'nalishi bo‘yicha har biridan 15 tadan, jami 135 ta ariza yakuniy bosqichga o‘tkazildi.

Yakuniy bosqich ishtirokchilari ro‘yxati:
G‘OYA yo‘nalishi -
RO‘YXAT
LOYIHA yo‘nalishi -
RO‘YXAT
IXTIRO yo‘nalishi -
RO‘YXAT

🔹 Tanlovning yakuniy bosqichi joriy yilning iyul oyida o‘tkazilib, unda ishtirokchilari o‘z loyihalarini Tanlov komissiyasi huzurida taqdimot qiladilar.

📌 Eslatib o‘tamiz tanlov “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida o‘tkazilmoqda.

🏆 G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
1-o‘rin: elektromobil (9 nafar g‘olib uchun)
2-o‘rin: xorijiy mamlakatlarga stajirovka yo‘llanmasi
3-o‘rin: pul mukofotlari


Barcha ishtirokchilar o‘z ballarini muhandis.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Olimlar_minbari
#16-22.06.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

Tinchlikni tanish” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;

To’rt banddan iborat taklif”: keng qamrovli munosabatlarda tarixiy burilish nuqtasi” — Sadritdin Turobjonov, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik;

O‘zbekiston investorlarni chorlamoqda” — To‘lqin Teshaboyev, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor;

O’zbekiston – Xitoy: Oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik yangi bosqichda” — Ilhomjon To‘xtasinov, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor;

«Развитие аграрной сферы — гарантия продовольственной безопасности» — Нарзулло ОБЛОМУРОДОВ, ректор Ташкентского государственного аграрного университета;

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligini yuksaltiradi” — Shuhrat BOYMURODOV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori;

Markaziy Osiyo va Xitoy: Abadiy yaxshi qo‘shni va strategik sherik” — Sardor XO‘JANIYOZOV, Urganch davlat universiteti rektori, professor;

Barcha fanlar asosi mamlakatimiz ta’lim tizimida Finlyandiya tajribasi qo‘llanishi qanchalik ahamiyatga ega” — Shavkat SHARIPOV, Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor;

Yangi O‘zbekistonning investitsiya siyosatiiqtisodiy taraqqiyot jamiyat ravnaqining mustahkam poydevoriga aylanmoqda” — Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari;

Shvetsiya va Finlandiyadan o’rnak: Ta’limga zamonaviy yondashuvlar” — Charos AHMEDOVA, Xalqaro Nordik universiteti o’qituvchisi, Shukurullo YO’LDOSHEV tayanch doktaranti;

Madaniy va ma’rifiy rishtalarning tarixiy asoslari qo’r olmoqda” — Nozliya NORMURODOVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori, professor;

Yurak ritmlaridan yaralgan san’at” — Hulkar HAMROYEVA, O‘zbekiston xoreografiya akademiyasi dotsenti;

«Права человека - важный приоритет экономической стратегии узбекистана» — Норим РАХМОНОВ, профессор ТГЭУ;

«Эффективная защита детей: национальное решение с международным подходом» — Азизбек ТОЙИРОВ, преподаватель ТГЮУ.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#YoshlarKuni #VazirTabrigi

Vazirlik tizimidagi yoshlar samimiy qutlandi


30-iyun – Yoshlar kuni mamlakatimizda keng nishonlanib, yosh avlodga bo‘lgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik namoyoni sifatida yuksak ruhda o‘tdi. Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida ham tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar uchun bayramona tadbir tashkil etildi.

Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev so‘zga chiqib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri nomidan samimiy tabrikni o‘qib eshittirdi.

Tabrikda Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan ustuvor e’tibor, ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ayniqsa, ularning o‘z salohiyati va ijodiy g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida qilinayotgan islohotlar alohida ta’kidlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64935

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarning innovatsion ishlanmalari va istiqbolli loyihalari bilan tanishdi.

#Mirziyoyev #tanishuv #yoshlar #innovatsiya

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Tadbir yakunida davlatimiz rahbari yana bir bor yoshlarga murojaat qildi:

Yoshlikda olingan bilim – toshga o‘yilgan naqsh, kelajak uchun poydevor degani. Poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, hayotingiz, baxtingiz binosi shunchalik muhtasham bo‘ladi.

Yoshlikdagi harakat kelajakdagi yutuq degani. Yoshlikda orttirilgan do‘st bir umrlik hamkor, tayanch va suyanch degani.

Hech qachon unutmang, farzandlari bilimli, sog‘lom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi albatta yorug‘ bo‘ladi.

Men butun O‘zbekiston yoshlari ana shunday fazilatlar egasi bo‘lishini tilayman!

Ishonchim komil, biz ko‘p millatli butun xalqimiz bilan, siz, aziz farzandlarim bilan ulug‘ maqsadlarimizga, albatta, yetamiz! Yangi O‘zbekistonni barchamiz birgalikda, albatta, barpo etamiz!”.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Men sizlar bilan faxrlanaman!

Prezidentimiz bugun “Kreativ iqtisodiyot”, “Raqamli yashil tashabbuslar”, “Yoshlar tadbirkorligi va startaplar” va “Yosh innovatorlar” maydonchalaridagi o‘g‘il-qizlarimiz bilan muloqot qilib, hozirgi yoshlarimiz – Yangi O‘zbekistonning haqiqiy bunyodkorlari ekaniga yana bir bor amin bo‘lganini ta’kidladi.

“Men sizlar bilan faxrlanaman! Sizlarning har bir yutug‘ingiz bu – ko‘p millatli butun xalqimizning yutug‘idir. Azmu shijoatingiz, sog‘lom dunyoqarashingiz, baxtu iqbolingiz – millionlab ota-onalar, ustoz-murabbiylar, yaqinlaringizning ham baxtu saodatidir”,

— dedi davlatimiz rahbari.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#RahbarVaYoshlarUchrashuvi

Yoshlar kuni arafasida Senatda yosh olimlar va innovatorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi


30-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov yosh olimlar, startap tashabbuskorlari, innovatorlar va raqamli texnologiyalar yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ilmiy izlanishlar, innovatsion g‘oyalarning qo‘llab-quvvatlanishi, ta’lim va texnologiyalar integratsiyasi kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Samimiy ruhda o‘tgan muloqot diqqat markazida startap loyihalarni grant asosida moliyalashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishga oid qonunchilik tashabbuslari bo‘ldi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

“Kelajak liderlari” dasturi bo‘yicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar o‘qitiladi

So‘nggi yetti yilda boshqaruv kadrlari tarkibi ancha yosharib, 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlar ulushi 37 foizdan 65 foizga oshdi.

“Biz Yangi O‘zbekistonda “xalq xizmatidagi davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishda siz kabi iqtidorli, jonkuyar va yetakchilik qobiliyatiga ega o‘g‘il-qizlarimizga tayanamiz.

Shu bois, o‘tgan oyda istiqbolli kadrlar tayyorlash va ularni davlat boshqaruviga jalb etish bo‘yicha muhim farmonni imzoladim.

Endi, Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi bo‘yicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar o‘qitiladi”,

— dedi Prezident.

Bu yoshlar vazir va hokimlarga biriktiriladi, ikki oy ularning yonida yurib, tajriba orttiradi. Bir oyga xorijiy stajirovkaga yuboriladi.

Dasturni tamomlagan yoshlar rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod bo‘ladi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Читать полностью…

Edu.uz

Har bir kasb yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida respublika musobaqalari o‘tkaziladi.

Hozir tog‘-kon, agrosanoat, to‘qimachilik, kimyo, elektrotexnika, qurilish materiallari sohasida 1 million yoshlar mehnat qilmoqda.

Endi sanoat, servis, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligida band yoshlarning kasbiy rivojlanishi bo‘yicha ham tizim yaratiladi.

Har bir kasb yo‘nalishi bo‘yicha aynan yoshlar o‘rtasida respublika musobaqalari o‘tkaziladi. Bunda davlat korxonalari va xususiy sektor vakillari tengma-teng ishtirok etadi.

Tarmoq rahbarlari har yili o‘z tizimidagi 100 nafar yoshni seleksiya qilib, xorijiy stajirovkaga yuborishni yo‘lga qo‘yadi.

Buning uchun, har bir tarmoq 10 milliard so‘mdan ajratadi. Bu mablag‘lar soliq solish bazasidan chegirib tashlanadi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

“Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushiriladi

Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetikani ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshiriladi.

Davlatimiz rahbari qadriyatlarimiz va madaniyatimizni o‘zida ifoda etadigan sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini e’lon qilindi.

Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni o‘zida uyg‘unlashtirib, yoshlarning yangi kreativ g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bu tizim samara berishi uchun Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda.

Shu yilning o‘zida “AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlarimiz sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganadi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Yangi O‘zbekistonda ta’lim olmagan, ishsiz, kasb egallamagan, bir so‘z bilan aytganda, uyushmagan yoshlar degan tushunchalarning o‘zi qolmaydi!

Respublika bo‘yicha 15 mingga yaqin o‘quv va 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazlari mavjud. So‘nggi yillarda ularga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berildi.

Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari ushbu markazlarga ham murojaat qilib, hozirgi ko‘rsatkichlar bilan cheklanib qolmaslikka, kengayishga, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlarni ko‘paytirishga chaqirdi, buning uchun har qanday sharoit yaratishga tayyorligini bildirdi.

Viloyat, tuman hokimlari har bir bolaga o‘z farzandidek qarab, sog‘ligi, o‘qishi, yurish-turishi, qiziqish va orzulari, muammolaridan doim xabardor bo‘lishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ular yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yo‘lga qo‘yib, maktab, oliygoh, o‘quv va kasb markazlari, tadbirkorlarni boshini qovushtirib, yoshlarga ko‘maklashadigan tizim qilsa, albatta natija bo‘lishi ta’kidlandi.

“Bu ishlar “kampaniyabozlik” bo‘lmasligi, o‘zgarishlarni har bir mahalladagi har bir yosh har kuni chuqur his qilishi zarur.

Ana shunda Yangi O‘zbekistonda ta’lim olmagan, ishsiz, kasb egallamagan, bir so‘z bilan aytganda, uyushmagan yoshlar degan tushunchalarning o‘zi qolmaydi!”,

— dedi Prezidentimiz.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Yoshlarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Surxondaryo bir yil ichida 11-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarilib, katta sakrash qildi. Jizzax va Sirdaryo ham yaxshi natija ko‘rsatmoqda.

Ikki yil oldin xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta hududdan 45 nafar o‘quvchi sovrin olgan bo‘lsa, o‘tgan 6 oyda ularning safiga Jizzax, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari o‘quvchilari ham qo‘shilib, jami 166 ta medal qo‘lga kiritildi.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yoshlar o‘qitildi. Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari ITdan katta daromad topishni o‘rganib oldi.

Boshqa bir misol: o‘tgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023-yilga nisbatan 2 baravar ko‘p.

Xorijiy tillarni mukammal bilish bo‘yicha Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlari ancha ilgarilab ketdi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#XalqaroReyting
#Eʼtirof

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xalqaro reytinglarda ko‘rsatgan natijalari e’tirof etildi

QS hamda Times Higher Education xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan so‘nggi natijalarga ko‘ra, TATU ham dunyoda yetakchi TOP-1500 talikdagi oliy ta’lim muassasalari safidan o‘rin oldi.

Mazkur yutuq munosabati bilan universitetda tantanali marosim tashkil etildi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, vazir o‘rinbosari Otabek Mahkamov, soha yetakchilari, fan va jamoat arboblari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, universitet jamoasi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64567

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Prezident_YoshlarUchrashuvi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.


Davlatimiz rahbari butun O‘zbekiston yoshlarini qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

“Keyingi yillarda iqtisodiyotimiz tez sur’atlar bilan o‘sib, barcha sohalarda imkoniyatlarimiz ortib borayotganida, hech shubhasiz, siz yoshlarning ham munosib hissangiz bor.

Bilagida kuch-g‘ayrat, har bir harakatida azmu shijoat jo‘sh urgan yigitlarimizni, bilim va odobda, aql-zakovatda tengsiz qizlarimizni ko‘rib, har qanday xalq, har qanday davlat bizga havas qilsa arziydi.

Katta-katta davlatlar, dunyoning eng nufuzli kompaniyalari bugun bizga nega ishonmoqda? Nega milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda?

Bu, albatta, bejiz emas. Chunki, hamkorlarimiz yoshlarimizning ilm-fan, ta’lim, IT, madaniyat, san’at va sportdagi yutuqlarini ko‘rib, salohiyatimizga baho bermoqda, ertangi kunimiz poydevori mustahkam ekaniga ishonch hosil qilmoqda”,

- dedi Prezidentimiz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…
Subscribe to a channel