Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования Instagram - https://www.instagram.com/edu.uz/ Facebook - https://www.facebook.com/eduuzrasmiy Youtube - https://www.youtube.com/channel/
Xitoyning Shensi provinsiyasi hukumati tomonidan O‘zbekiston yoshlari uchun 1,8 million AQSh dollari miqdorida ta’lim granti ajratildi
Avval xabar berganimizdek, 2025-yil 3-iyun kuni Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston – Xitoy transport fakulteti ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu tadbir doirasida Xitoyning Shensi provinsiyasi delegatsiyasi, jumladan, gubernator Zhao Gang hamda Changan universiteti rahbariyati universitetga tashrif buyurgan.
Bugungi kunda mazkur tashrif va uzoq yillik muzokaralar o‘zining amaliy natijasini berdi. Shensi provinsiyasi hukumati tomonidan Toshkent davlat transport universitetiga ajratilgan grantlar orqali o‘zbekistonlik yoshlar Changan universitetida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ta’lim granti umumiy qiymati 13 million yuanga (taxminan 1,8 million AQSh dollari) teng bo‘lib, 10 nafar PhD, 40 nafar magistratura va 60 nafar bakalavr bosqichi talabalarini qamrab oladi. Dasturlar 1+1 magistratura va 2+2 bakalavriat shaklida amalga oshiriladi.
Mazkur grant dasturi O‘zbekiston–Xitoy ta’lim hamkorligining muhim natijasi bo‘lib, yoshlarimizga xalqaro tajriba, zamonaviy bilim va nufuzli diplomga ega bo‘lish imkonini yaratadi.
#xalqaro_hamkorlik
Bizni kuzating
O‘zbekiston texnikumlarida xalqaro BTEC dasturlari joriy etilmoqda
17-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Buyuk Britaniyaning “Pearson Education Limited” kompaniyasi vakillari — Ollie Wintle va Kieran Hawkins bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab 14 ta texnikumda BTEC kvalifikatsiyalarini joriy etishga doir tashkiliy ishlar, hozirgacha erishilgan natijalar, muammolar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek, BTEC dasturlarini tarjima qilish, pedagog kadrlar malakasini oshirish, metodik ta’minotni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
#BTEC #Pearson #TaʼlimSifati #Texnikumlar #XalqaroHamkorlik
Bizni kuzating
Kasbiy ta’lim – real amaliyot – barqaror bandlik yo‘lida muhim hamkorlik!
2025-yil 17-iyul kuni Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida yoshlarning zamonaviy kasb-hunarga egaligi, amaliy ko‘nikmalari va mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida yana bir muhim qadam tashlandi.
Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi va yurtimizdagi yetakchi gastronomiya tarmog‘i — AB Group (Novikov) restoran xoldingi o‘rtasida o‘zaro manfaatli Memorandum imzolandi.
Ushbu Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad, texnikum o‘quvchilarini tajriba va amaliyotga yo‘naltirish, nufuzli restoran va mehmonxona majmualarida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga hissa qo‘shishdan iborat.
Hamkorlik ikki tomonlama manfaatdorlik asosida texnikum bitiruvchilarining kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularni ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
#ovozli_chat #magistratura #imtiyozlar
🔜 “Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun magistratura bosqichiga kirishda qanday imtiyozlar mavjud?” mavzusida ovozli chat tashkil etiladi.
🗓 Sana: 2025-yil 18-iyul
🕔 Vaqt: 17:00
🔗 Mehmon: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassisi Ulug‘bek Xodiyev
🎙 Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov
📌 Ovozli suhbatni o‘tkazib yubormaslik uchun quyidagi havola orqali kirib, qo‘ng‘iroqcha belgisini bosib qo‘ying:
/channel/huquqplus?livestream
Ushbu tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Finlandiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar” dasturi doirasida, Toshkent shahar “Sharoyit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Bizni kuzating
#xalqaro_hamkorlik
50 nafar o‘zbekistonlik talaba har yili Vengriyaning Obuda universitetida tahsil oladi
16-iyul kuni Vengriyaning Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Vengriyadagi yetakchi oliygohlardan biri — Obuda universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, jumladan, akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha aniq mexanizmlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda oliy va kasbiy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sohasidagi istiqbolli loyihalar, jumladan, O‘zbekistondan har yili 50 nafar talabani Obuda universitetiga yuborish tashabbusi atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar mazkur tashabbusning huquqiy asosini ta’minlash maqsadida ta’lim yo‘nalishlari, qabul shartlari, moliyalashtirish mexanizmi va kvotalar taqsimoti aks etgan hujjat loyihasini muhokama qildilar.
Shohrux Daliyev ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik barqaror va amaliy natijalarga ega ekanini qayd etar ekan, bu hamkorlik o‘zaro ishonch va manfaatli sheriklikka asoslanganini alohida ta’kidladi.
Bizni kuzating
#Eʼlon
Ish qidiryapsiz, lekin nimadan boshlashni bilmaysizmi?
Bizni kuzating
📣Abituriyentlar diqqatiga!
Endilikda O‘zbekistonning 14 ta texnikumida BTEC xalqaro ta’lim dasturi asosida 100% grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud!
💡Bu dastur sizga nima beradi?
✔️100 foiz grant asosida ta’lim olish
✔️ Xalqaro darajadagi kasb egasi bo‘lish
✔️ Buyuk Britaniyada amaliyot o‘tash
✔️ 70 dan ortiq davlatda tan olinadigan diplom
✔️ Yevropa, Osiyo va Amerikada o‘qish va ishlash imkoniyati.
🧑🏻💻 Hujjatlar 20-iyulga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi.
➡️Ta’lim shakli: kunduzgi
📊 Ajratilgan kvotalar bilan tanishing:
🟢9-sinf bitiruvchilari uchun kvota👈
🟢11-sinf bitiruvchilari uchun kvota👈 (qabul avgust oyida boshlanadi)
➡️BTEC xalqaro dasturlari joriy etiladigan texnikumlar ro‘yxati👈
✍️ Kasb tanlang, xalqaro imkoniyatlarga yo‘l oching!
#BTEC #Texnikum #XalqaroTaʼlim #Abituriyent2025
Bizni kuzating
#Dayjest #Dolzarb_90kunlik
“Dolzarb 90 kun” doirasida – ilm, ijod va tashabbus ruhi!
Yurtimiz bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarida talabalar va yoshlar uchun turli ilmiy-amaliy, ijodiy va tashkiliy tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.
🔹O‘zbekiston Milliy universiteti;
🔹TDTU Olmaliq filiali;
🔹Nukus davlat pedagogika instituti;
🔹Toshkent davlat transport universiteti;
🔹TATU Urganch filiali;
🔹O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
🔹Urganch davlat pedagogika instituti;
🔹Andijon davlat chet tillari instituti;
🔹Guliston davlat universiteti;
🔹Andijon davlat universiteti;
🔹Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;
🔹Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
🔹Andijon davlat tibbiyot instituti;
🔹Qoraqalpoq davlat universiteti;
🔹Guliston davlat pedagogika instituti;
🔹Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;
🔹Buxoro davlat tibbiyot instituti;
🔹Namangan davlat pedagogika instituti;
🔹Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti;
🔹Farg‘ona davlat universiteti;
🔹Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
🔹Buxoro xalqaro universiteti;
🔹Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti;
🔹SamDU Urgut filiali;
🔹Termiz davlat universiteti;
🔹“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti;
🔹Geologiya fanlari universiteti;
🔹O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti;
🔹Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;
🔹Buxoro davlat universiteti;
🔹Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;
🔹Toshkent xalqaro universiteti;
🔹Toshkent arxitektura-qurilish universiteti;
🔹Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
🔹O‘zMU Jizzax filiali;
🔹Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
🔹O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali;
🔹Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;
🔹Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
🔹Toshkent davlat tibbiyot universiteti;
🔹O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti;
🔹Qo‘qon davlat universiteti;
🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali;
🔹O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;
🔹Toshkent davlat texnika universiteti;
🔹Jizzax politexnika instituti;
🔹Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;
🔹“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti;
🔹Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
🔹Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;
🔹O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali;
🔹Namangan davlat chet tillari instituti;
🔹Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;
🔹Andijon davlat texnika instituti;
🔹Navoiy davlat universiteti;
🔹O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;
🔹Samarqand davlat chet tillari instituti;
🔹Namangan davlat texnika universiteti;
🔹Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti;
🔹TTA Termiz filiali.
Bizni kuzating
#Bitiruvchi_2025 #Karyera_kuni
Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Karyera kuni” hamda “Bitiruvchilar oqshomi – 2025” tadbirlari o‘tkazildi
Mazkur tadbirlarda institut rahbariyati, korxona va tashkilotlar vakillari, bitiruvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
“Bitiruvchilar oqshomi” doirasida institutni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga ramziy diplomlar topshirildi. “Karyera kuni” davomida esa ish beruvchilar tomonidan hozirgi mehnat bozoridagi talablar, mavjud ish o‘rinlari va yoshlarga mo‘ljallangan bandlik dasturlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra, institutning 1800 nafarga yaqin bitiruvchisidan 400 nafardan ortig‘i karyera tadbirida bevosita ishtirok etdi. Ularning 90 foizdan ziyodi o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha korxona va tashkilotlar bilan mehnat shartnomasi asosida ishlashga kelishib oldi.
Bizni kuzating
#munosabat #vazir
“Народное слово” gazetasining 143-sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Узбекистан-Азербайджан: сотрудничество, основанное на просвещении” sarlavhali maqolasi chop etildi.
👉Maqolani o‘qish
➖➖➖
В 143-м номере газеты “Народное слово” опубликована статья министра высшего образования, науки и инноваций Конгратбая Шарипова под заголовком “Узбекистан-Азербайджан: сотрудничество, основанное на просвещении”.
👉Читать статью
Bizni kuzating
Ichki audit xodimlari malakasi oshirildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida oliy ta’lim tashkilotlari ichki audit xizmati xodimlari uchun 18 soatlik qisqa muddatli maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.
Kurs davomida oliy ta’lim tashkilotlarida normativ-huquqiy hujjatlarni joriy etish amaliyoti va ichki audit xizmati faoliyat samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.
Ushbu mashg‘ulotlar zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida olib borildi.
Kurs yakunida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.
#MalakaOshirish #IchkiAudit #Sertifikat
Bizni kuzating
Hurmatli abituriyentlar!
Taqiqlangan buyumlar bilan test hududiga kirish qat’iyan taqiqlanadi!
❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!
Shu sababli test sinovlariga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport (ID-karta)ning asli va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishni unutmang!
Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2025.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.
Bizni kuzating
#OʻqishniKoʻchirish #OʻtishBallari
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Bizni kuzating
#dayjest #Qabul_2025
Oliy ta’lim muassasalari 2025-2026-o‘quv yili uchun kirish test sinov imtihonlarini samarali o‘tkazishda ko‘maklashmoqda
✔️O‘zbekiston Milliy universiteti;
✔️Buxoro davlat universiteti;
✔️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;
✔️Urganch davlat universiteti;
✔️Namangan davlat universiteti;
✔️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;
✔️Namangan davlat pedagogika instituti;
✔️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;
✔️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
✔️Guliston davlat pedagogika instituti;
✔️Farg‘ona davlat universiteti;
✔️Navoiy davlat universiteti;
✔️Qo‘qon davlat universiteti;
✔️Qarshi davlat universiteti;
✔️Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;
✔️Termiz davlat pedagogika instituti;
✔️Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti;
✔️Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
✔️Qoraqalpoq davlat universiteti;
✔️Nukus davlat texnika universiteti;
✔️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;
✔️Toshkent davlat texnika universiteti;
✔️Urganch davlat pedagogika instituti;
✔️Namangan davlat chet tillari instituti;
✔️“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Bizni kuzating
#Tanlov #Natija #KasbiyTaʼlim
📣Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy natijalari e’lon qilindi
🔺Tanlovning III boshqichida 279 ta raqamli ta’lim resurslari Respublika Tanlov hay’ati tomonidan baholandi hamda nominatsiyalar bo‘yicha jami 41 ta, shundan
🥇 17 ta 1-o‘rin,
🥈 15 ta 2-o‘rin va
🥉 9 ta 3-o‘rin g‘oliblari aniqlandi.
Hamkorlikda ishlab chiqilgan va Respublika bosqichida qatnashib 1-, 2-, 3-o‘rin uchun g‘olib deb topilgan raqamli ta’lim resurslari mualliflarining har biriga tegishli darajadagi diplom beriladi, g‘olib o‘rin uchun belgilangan pul mukofoti ular o‘rtasida teng taqsimlanadi;
Sohalar bo‘yicha tanlovning Respublika bosqichida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallamagan, biroq 75 balldan yuqori keyingi 3 ta o‘rindagi ishtirokchilar vazirlikning “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating
Endi Vengriya har yili O‘zbekiston fuqarolari uchun 200 ta stipendiya ajratadi
2025-yil 17-iyul kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Vengriya Hukumatlararo Iqtisodiy Hamkorlik bo‘yicha 10-yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda Vengriya Respublikasi Tashqi ishlar va savdo vaziri Piter Siyayrto “Stipendium Hungaricum” stipendiya dasturi bo‘yicha Hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumiga Qo‘shimcha bayonnomani imzoladilar.
Ushbu hujjatga muvofiq, har yili Vengriya tomonidan o‘zbek fuqarolari uchun ajratiladigan ta’lim grantlari soni 200 tagacha oshirildi. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi idoralararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bilan birga, o‘zbekistonlik yoshlar uchun xorijda, xususan Vengriyaning nufuzli OTMlarida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/69589
#xalqaro_hamkorlik #Vengriya
Bizni kuzating
#Qabul2025 #Natija
3-kun natijalari e’lon qilindi!
16-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
Bizni kuzating
#BTEC #Texnikum
#Amaliy_seminar
Xalqaro diplom olishni xohlaysizmi? BTEC dasturlari 14 ta texnikumda start oldi!
2025-yil 15–16-iyul kunlari Professional taʼlimni rivojlantirish institutida Buyuk Britaniyaning “Pearson Education Limited” kompaniyasi bilan hamkorlikda BTEC xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish yuzasidan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “Pearson” kompaniyasi vakillari Ollie Wintle va Kieran Hawkins, shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Professional taʼlimni rivojlantirish institutining masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida BTEC dasturlarini 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab respublikaning 14 ta texnikumida joriy etish, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv adabiyotlarini tarjima qilish, pedagog kadrlar malakasini oshirish, metodik taʼminotni shakllantirish va boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Bizni kuzating
#Qabul2025 #Qulaylik
Abituriyentlar test sinovlarini topshirayotgan bir paytda, ularni hayajon bilan kutib turgan ota-onalar va yaqinlar uchun hududda maxsus konsert dasturlari tashkil etilmoqda.
Jonli ijrolar, kuy-qo‘shiqlar va ko‘tarinki ruhdagi chiqishlar orqali ularning vaqtini mazmunli o‘tkazish, ruhiy ko‘mak berish maqsad qilingan.
Bizni kuzating
#soʻragan_edingiz
Vazirlikning 1006 ishonch raqami hamda @EduuzuniversalBot’i orqali eng ko’p berilayotgan savollarga javoblar
❓ Qanday hollarda o‘qishni boshqa davlat OTMiga ko‘chirish mumkin?
❓Yo‘nalish yoki ta’lim shaklini o‘zgartirmoqchiman. Nima qilishim kerak?
❓ Faqat ta’lim shaklini o‘zgartirmoqchiman (masalan, kunduzgidan sirtqiga) nima qilishim kerak?
Bizni kuzating
4️⃣4️⃣4️⃣
Oliy ta’lim xodimlari uchun yangi imkoniyat!
Oliy ta’lim tizimi pedagoglari va mutaxassislari uchun “Andragogik yondashuv va interaktiv metodlar” yo‘nalishida qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursi ishlab chiqildi.
Kurs Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etilib, ochiq onlayn kurslar — mk.bimm.uz platformasiga joylashtirildi.
Kurs bepul, masofaviy va istalgan vaqtda o‘qish mumkin!
Kurs sizga nima beradi?
➖Andragogika tamoyillari bilan tanishish
➖Interaktiv metodlardan o‘quv jarayonida foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar
➖Ochiq ma’ruzalarni samarali tashkil etish bo‘yicha zarur bilimlar
Bizni kuzating
#Bitiruvchi_2025
Urganch davlat universitetida diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavriat bosqichini tamomlagan bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, faxriy ustozlar, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari A.Akramov hamda universitet rektori vazifasini bajaruvchi S.Xodjaniyazov bitiruvchilarga tabrik so‘zlarini yo‘llab, ularga kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar. Faxriy ustozlar ham yoshlarga ezgu tilaklarini bildirib o‘tdilar.
Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025 o‘quv yilida jami 6 677 nafar talaba universitetni muvaffaqiyatli tamomlab, shundan 222 nafari magistr, 6 455 nafari bakalavr diplomini qo‘lga kiritdi. 83 nafar bakalavr imtiyozli diplom bilan bitirdi.
Tadbir doirasida bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Hozirgi kungacha 5 ming nafarga yaqin bitiruvchi ish bilan ta’minlandi.
Bizni kuzating
#munosabat
Taraqqiyot mahalladan boshlanadi, qachonki odamlarda mehnatsevarlik, intilish va ishtiyoq boʻlsa
Bizni kuzating
Yangi O‘zbekiston uchun Ginnes rekordini o‘rnatamiz!
Namangan davlat texnika universiteti yoshlari tarix yaratishga bel bog‘ladi!
Bizni kuzating
#Live #Onlayn #Seminar
Mustaqil izlanuvchilikka topshirmoqchi bo‘lganlar diqqatiga!
Ayni daqiqalarda “Oliy ta’limdan keyingi ta’limning mustaqil izlanuvchilik shakliga hujjatlar qabuli” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda oliy ta’limdan keyingi ta’lim jarayonlariga oid dolzarb savollarga javoblar, hujjatlar topshirish tartibi va muhim yangiliklar muhokama qilinmoqda.
Onlayn ishtirok etish uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=aT9SxP1DtHM
Barcha qiziqqanlar ishtirok etishlari mumkin!
Bizni kuzating
✅#Olimlar_minbari
#07-13.07.2025
📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
“O‘zbekiston-Ozarbayjon: Azaliy do‘stlik va strategik ittifoqchilikning yangi qirralari” — Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari;
“Azaliy rishtalar yanada mustahkamlanmoqda” — Baxtiyorjon AKBARALIYEV, Andijon davlat universiteti rektori;
“Ta’limdagi dunyoviylik – vijdon erkinligi tarbiyasida muhim omil” — Gulchehra RIXSIYEVA, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor;
“Dolzarb 90 kun”: Yangi O‘zbekistonda tafakkur yangilanishlari” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori;
“Tarix navbatni yoshlarga bermoqda” — Mirzayusuf RUSTAMBOYEV, Jamoat salomatligi universiteti boshlig‘i, professor;
“Yuksalayotgan insonparvarlik siyosati” — Madamin MADAZIMOV, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor;
“Ijtimoiy taraqqiyot yoxud inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi ijtimoiy-ma’naviy hamkorlik, o‘zaro mas’uliyat hissi masalasiga oshkora nazar” — Abduxalil MAVRULOV, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori;
“O‘zbekiston-Ozarbayjon: madaniy diplomatiyaning yangi ufqlari” — Nodirbek SAYFULLAYEV, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor;
«Новый этап взаимовыгодного партнерства» — Баходир МАЪМУРОВ, ректор Бухарского государственного педагогического университета, профессор;
«Пора идей и вдохновения: «актуальные 90 дней» в самом разгаре» — Азизхон РАХМОНОВ, декан факультета УзГУМЯ, профессор;
«Искусственный интеллект в законотворчестве: помощник или угроза?» — Шийринай АЛЛАШОВА, преподаватель ТГЮУ;
«Почему семья — основа развития общества» — Омон МУХАМЕДЖАНОВ, профессор ТГЮУ;
«Узбекистан выбирает будущее: зеленая экономика и инновации» — Римма ЮНУСОВА, доцент кафедры Совместной международной образовательной программы ТГЭУ и УрГЭУ;
«Глубинное переосмысление» — Маргуба ВАХОБОВА, старший преподаватель кафедры социальных и точных наук Ташкентского государственного экономического университета, PhD;
“Dolzarb 90 kun”ni anglash” — Azizbek OMONOV, Buxoro davlat universiteti dotsenti.
Bizni kuzating
Bakalavriat turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati
Oliy taʼlim yo‘nalishlari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Yo‘nalishlar jami 33 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
Ma’lumot uchun:
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari guruhiga turdosh hisoblanadi:
➖“Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.
Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.
#OʻqishniKoʻchirish #Bakalavr #Turdosh
Bizni kuzating
Bitiruvchilar bandligi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni doimiy nazoratda
15-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Sirdaryo viloyatiga xizmat safari doirasida bir qator oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlarida bo‘ldi.
Safar davomida Sirdaryo tuman politexnikumi va transport texnikumida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, xalqaro ta’lim dasturlari va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, shuningdek, Guliston davlat universitetida Prezident qarori asosida bitiruvchilarning ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
#XizmatSafari #Sirdaryo #TopshiriqIjrosi
Bizni kuzating
#OʻqishniKoʻchirish
⚡️E’lon! Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi
2025/2026-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;
➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”.
Arizalar 2025-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.
Bizni kuzating
Buxoro davlat texnika universiteti yoshlari Ginnes rekordiga yo‘l olmoqda! Siz-chi?
🛠 Biz — texnologiyaga oshno, ijodkor va g‘ayratli yosh ixtirochilarmiz. Endi esa rekord o‘rnatish va o‘z nomimizni tarixga muhrlash vaqti keldi!
📌 Reja: 25 daqiqada 2 000 ta konstruktor robot yig‘iladi.
🎯 Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish!
Agar siz:
✔️Texnologiyaga qiziqsangiz
✔️ Yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa
✔️ Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz — biz bilan bir safda bo‘ling!
📲 Ro‘yxatdan o‘ting: missiya.edu.uz
🗓 Muddat: 25-iyulgacha!
🚀 Birgalikda o‘z salohiyatimizni namoyon qilamiz. Rekord o‘rnatamiz!
#YangiOʻzbekiston #MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi
Bizni kuzating