Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!
Odina yigʻidan toʻxtadi. Koʻzlarida alam va uvol bo'lganlik hissi turardi. U oʻzini judayam keraksiz sezardi... Aldanganini bildi. Xato qilganini tushundi... Amirxon yana gapirishda davom etdi.
- Onamga kelin kerak... Senga faqat shuning uchun uylandim. Koʻnglim hamon Nilufarda. U meni koʻz ochib koʻrganim farzandimni onasi...
- Nomard ekansiz! Oʻzizni oʻylab meni baxtiqaro qildiz! Sen ham odammisan?! Sen ham erkakmisan?!
Odina alamdan baqira boshladi. Amirxon unga shunday baqirdiki Odina turgan joyida qotib qoldi.
- Xohlasang ketishing mumkin! Toʻrt tomoning qibla!
- Ketaman ham! Seni ota-onanga qullik qilish uchun tug'ilmaganman! Seni hali qizlaring boʻlar... Ilohim oʻshalarni boshiga meni kunim tushsin... Tushmasa rozimasman!
Amirxon indamay telefonini olib tashqariga chiqib ketdi. Odina divan ustida anchagacha yig'lab yotdi. Oʻzining qadri yerga toptalganidan siqilar, qattiq yuragi sanchib ogʻrirdi. Oxiri oʻrnidan turdi. Kiyimlarini yigʻishtirdi... Bir oylik turmush buzuldi. Odina oʻsha kuniyoq ajrimga ariza berdi. Koʻzi toʻla dard, alam, iztirob bilan ota uyiga qaytib keldi...
Mana Odinaning ajrashganiga yaqinda bir yil boʻladi. Shu bir yil ichi oʻzini chalgʻitish uchun maktabga ishga kirdi. Biroz vaqt oʻtib ishiga butkul shoʻngʻib ketdi. Tirishqoq va oʻta zehnli yosh o'qituvchilar qatoridan joy oldi.
Yusuf Odinaning hayotini obdon o'rganib chiqqach, unga boʻlgan shubhalari tarqalgandek boʻldi. Lekin yanada aniqlashtirish maqsadida yana bir bor u bilan suhbatlashishni diliga tugib qoʻydi...
* * *
3 OY AVVAL.
Nafosatning sinfdoshi Akmal, kambagʻal oilada oʻsgan bola. Yana yetim ham... Onasi u 2 yoshligida vafot etgan, dadasi bangi. Nasha chekadi... Qimor oʻynaydi... Akmal mana shu otaning qoʻlida katta boʻla boshladi. Oilaviy muhit yaxshi emas, lekin Akmalning qalbida qandaydir ogʻriq bor edi. U muhabbat ogʻrig'i! Akmal Nafosatni sevib qolgandi. Uni shu qadar qattiq yaxshi koʻrardiki, bir kun ko'rmasa turolmas edi! Dars payti ham Nafosatdan koʻzlarini uzmas, unga qaragani sari qalbidagi otash battar kuchayardi.Tanaffus payti yashirincha Nafosatning daftarlarining orqasiga qing'ir-qiyshiq yozuvlar bilan I Love You deb yozib qoʻyar... Goʻyo shu qilgan ishi bilan Nafosat ham uni sevib qoladigandek oʻzidan mag'rurlanib ketardi. Akmal uyida tinch yashamasdi. Dadasi shirakayf holatda uni koʻp bora do'pposlagan, majburan turli ogʻir yumushlarni qildirardi. Bu hol Akmalni juda charchatdi. U uyiga borgisi kelmas, ochigʻi oʻz otasini yuzini ko'rishga toqati yoʻq edi.
- Akmal! Akmal deyapman! Maraz... Qayerda yuribsan?!
Akmal xonasidan qovog'idan qor yog'gan holatda chiqdi.
- Nega menga go'layasan?! Dadangni endi koʻrib turipsanmi?! Ma...
Akmalning dadasi choʻntagidan 2 ming soʻmlik, 5 ming soʻmlik buklanib pachag'i chiqib ketgan pullarni otdi. Pullar havoda bir pas xilpiradida yerga asta qoʻndi.
- Pullarni olda, mahalla boshidagi doʻkondan aroq olib kel! Boshim tars yorilib ketadi hozir...
Akmal indamay pullarni oldi. Koʻcha boshidagi doʻkonga qarab yugurdi. Aroq sotib oldi... Ortiga qaytib ketmoqchi edi, devor ortida turgan bir kishiga koʻzi tushdi. Qorachadan kelgan, ozgʻin, yuzida qalin qora soqoli bor, boʻylari balandgina bu kimsa Akmalni oʻziga imlab chaqirardi. Akmal asta oʻsha kishining yoniga keldi.
- Ha amaki...
- Qalesan oʻgʻlim? Nima shu yoshda aroq ichasanmi?
- Yoʻq! Bu dadamga...
Akmalning yuzi nafratdan qiyshayib ketdi. Asabdanmi yoki boshqa narsadan qoʻllari ham titray boshladi.
- Haaaa... Oilang notinchmi deyman.
- Onam oʻtib ketgan! Dadam... Dadam...
- Xmmm... Tushunarli. Ancha asabiy koʻrinasan... Boshing og'riyaptimi?
- Ha judayam! Qani endi bu azoblardan qutulsam!
Boyagi kishi choʻntagidan bir tabletka chiqardi. Asta Akmalga uzatdi.
- Mana buni ichib olsang, hamma og'riqlardan halos boʻlasan...
Лимфа тугунлари саратони билан оғир бетобликка йўлиққан колумбиялик буюк ёзувчи Габриел Гарcиа Маркес ўз ўқувчиларига хайрлашув мактуби билан мурожаат қилишга аҳд қилди.
"Агар Худойим Таоло латта қўғирчоқ эканлигимни бир лаҳзага унутиб, менга озгина ҳаёт бахш этганида, ўйлаганим ҳамма нарсани айтмаган бўлардим, аксинча, айтганларим ҳақида кўпроқ ўйлаган бўлардим.
Мен нарсаларни нархига қараб эмас, балки аҳамиятига кўра қадрлаган бўлардим. Кўзларим юмилган ҳар бир дақиқа олтмиш сония ёруғликни йўқотиш эканини билган ҳолда камроқ ухлаб, кўпроқ орзуларим сари интилардим.
Бошқалар тўхташганида юрардим, бошқалар ухлаганда уйғонардим, бошқалар гапирганда тинглардим. Ва шоколадли музқаймоқни еб шундай роҳатланардим-ки!..
Худо менга озгина умр берса, оддийгина кийиниб, қуёшнинг илк нурларини нафақат танам, балки руҳим билан қарши олардим. Эй Худойиме, агар қалбим бўлса, нафратимни музга ўраб, қуёш чиқишини кутардим.
Юлдузлар остида расм чизардим, худди Ван Гог каби, Бенедеттининг шеърлари ва қўшиқларини орзу қилардим: Серра менинг Ой ёғдусидаги серенадам бўларди.
Мен атиргулларни кўз ёшларим билан ювардим, уларнинг тиканлари оғриғини ҳис қилардим, гулбаргларидан бўса олардим.
Худойим, агар озгина умрим бўлса... Севган инсонларимга уларни севишимни айтмай бир кунимни ҳам ўтказмаган бўлардим.
Мен одамларга кексайганда севги йўқолади, деб ўйлашлари қанчалик нотўғри эканлигини исботлаган бўлардим: аксинча, улар севишни тўхтатганлари учун қаришади! Мен болага қанот берардим, унга учишни ўргатардим. Мен кексаларга ўлим қариликдан эмас, унутишдан келади, деб айтардим. Сизлардан қанча кўп нарсаларни ўргандим, эй одамлар...
Барча тоғ чўққисида бўлишни исташини, ҳақиқий бахт эса қуйида эканлигини англамасликларини билиб олдим.
Тушундимки, янги туғилган чақалоқ отасининг бармоғини митти муштида биринчи бўлиб ушлаганида, у абадий ушлаб қолар экан.
Мен сиздан жуда кўп нарсани ўргандим, лекин ростини айтсам, буларнинг фойдаси йўқ, чунки буларнинг барини сандиққа қамаб, афсуски, бахтсизларча ўлаяпман".
©️ Сарвар Раҳимий таржимаси
- Qizim... Bugun maktabdan vaqtliroq qayt! Pomidor koʻchatlar olib kelaman, ekamiz!
- Xoʻp ayajon!
- Maktabing tugashiga ham 1 oy qoldi. Nima qilmoqchisan?
- O'qishga topshirsammi deyapman...
- Qizim...
Yulduzning onasi sekingina uh tortib qoʻydi. Koʻzlarida chuqur iztirob maʼnosi aks etdi.
- Qizim... Mayli oʻqi... Harakat qil. Lekin aytib qoʻyay, kanrtaktga kirsang seni o'qitolmaymiz. Bilasanku?! Qoʻlimiz kaltalil qiladi bolam.
- Ayajonim, tashvishlanmang... Xudo xohlasa grantga oʻtaman, bor kuchim bilan harakat qilaman!
- Xoʻp qizim, xoʻp...
LOBAR
Oddiy qiz. Shiringina kulguchi bor. Oilasi ham kam-u koʻstsiz... Dadasi qurilishda ishlaydi. Onasi esa qoʻli gul chevar. Uyda tikuv mashinalari bor... Bittagina ukasi - Javohir endigina 5-sinfga qadam qoʻydi. Lobarning yurish-turishi, odobi, ahloqi risoladagidek. Bolalikdan uyatchanlik feli tufayli sinfdosariga uncha qo'shilmas, kam gapirar, kam kulardi... Unga hatto "Yovvoyi" deb laqab ham qoʻyib olishgandi. Haqiqatda u hech kimga qo'sgilgisi kelmas, odamlar gavjum joydan uzoqda, yolgʻizlikda yurishni xush koʻradiganlar hilidan edi. Tog'ga umuman borgisi kelmadi. Onasi Rohila xola majburlab qoʻyarda qoʻymay joʻnatdi.
- Oyi, borgim yoʻq... Undan koʻra uyda kitob oʻqib oʻtirganim yaxshi...
- Voy qizim... Bu nima deganing?! Sinfdoshlaringdan ajralib qolasanmi?! Bu yil bitiruvchi sinf boʻlsang, keyin bunaqa sayohatlar boʻlmaydi bolam! Undan koʻra bor, aylanib kel. Ko'ngling yozilib qaytasan, qizim...
Rohila xola oʻsha sayohatdan qizining murdasi qaytganini koʻrib qon yigʻlab qoldi. Bu fojiada birgina oʻzini aybladi.
- Bormayman, desa ham joʻnatdim! Men aybdorman! Men ahmoq onaman!
- Bu nima deganingiz Rohilaxon! Bu qismatda... Kim bilibdi shunaqa voqea boʻlishini?! Siz ham qizim sinfdoshlaridan ajralmay o'ynab kelsin degansizda! Qizim odamlarga qo'shilsin degansiz! O'zizni ayblamang...
Rohila opa "Lobarim...! Lobarim!"degancha yolg'izgina qiziga aza ochdi...
GULZODA
Sinfdoshlarini orasida eng boyi. Eng toza,.qimmat kiyimlar egnida, qoʻlida eng soʻngi rusumli telefon... Hali 16 ga ham toʻlmagan bu qizning yuzida upa, lablarida pomada, oyogʻida poshnali tufli... Gulzodani ilk marta koʻrgan odam uni juda kibrli deb oʻylashi aniq. Chunki bu qiz haqiqatdan ham shunday! Oʻta maqtanchoq va biroz yolg'onchilik feli ham bor. Oldida 5 daqiqa turgan odam uning gaplaridan koʻngli aynib uzoqlashishga tirishadi... Maktabdagilar unga "Gulzoda lofchi" deb laqab qo'yib olishgandi. U oddiy voqeani ham fojia darajasiga aylantirib gapirar, 10 ta soʻzidan 9 tasi yolgʻondan iborat boʻlardi...
- Qizlar!
Hamma Gulzodaga qaradi.
- Oyogʻimdagi mana bu tuflini xolam Turkiyadan joʻnatdilar kecha... Qaranglar qanaqa asal! 1000 dollar turarkan!
Sinfdosh dugonalarini ensasi qotdi. Hammalari ichida "Yana boshladi..."deya uff tortishdi. Qizlarni orasida eng gapga ustasi Zebo bitta gap bilan Gulzodani chaqib oldi.
- Meni opamdayam xuddi shunaqa tufli bor. Bozordan 300 mingga olgandilar!
Gulzodani dami ichiga tushib ketdi. Nima deyarini bilmay dovdirab qoldi.
- U paddelkadir-da! Bu asl mol oʻshanchun qimmat!
- Ha.. ha! Toʻgʻri aytasan, Guli... Shunaqa bo'lishiyam mumkin.
Qizlar miyigʻida Gulzodani ustidan kulishdi. Asta uning oldidan uzoqlashib keta boshladilar...
Tog'ga borish fikri ham aynan mana shu Gulzodadan chiqdi. Ajoyib joylar emish, odamni bahri dili ochiladi... Aprel-may oylari boʻlgani uchun hammayoq lolalar, qizg'aldoqlar bilan qoplangan emish!
Bir biri bilan tengdosh, lekin beshalasi ham 5 xil xarakterga ega bu qizlarning taqdiri, o'limi bir xil boʻladi deb kim ham o'ylagandi deysiz?!
* * *
HOZIRGI KUN.
Yusuf tekshirish ishlarini yana qaytaddan boshlab yubordi. 3-kursni bitirgani va aʼlo baholarga o'qiyotgani uchun uning arizasi ijobiy hal qilindi va bu ishni ochish uchun unga orden (ishlashi uchun maxsus hujjat) olib berdilar. U endi bemalol xohlagan joyini tintuv qilishi, xohlagan insonini tergov qilishi mumkin edi.
🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)
3-QISM.
Muallif: ✍Usmonaliyeva Munira.
Qizlarning murdalari birin-ketin dafn etildi. Hamma bu mudhish hodisadan taʼsirlangan holatda edilar. Koʻzlarida ayanchli qaygʻu ifodasi... Baʼzilarning yuzlari soʻlgʻin... Ovozlari siniq!
Quyosh yer yuzini qizdirgandan qizdirdi. Tevarakka yoyilgan issiq nurlar taftidan odam bolasi koʻchaga hafsala qilib chiqolmay qoldi. Kamron deyarli har kuni singlisining qabri ustiga borar, oʻzini ayblagan koʻyi yum-yum yig'lardi. Boshqa akalariga qaraganda mana shu Kamron singlisini eng koʻp yaxshi koʻrardi. Ular deyarli tengdosh boʻlishgani uchunmi bir-birlarini yaxshi tushunishar, fikrlashlari ham, dunyo qarashlari ham deyarli bir xil edi... Nafisaning koʻmilganiga mana bir hafta boʻldi. Shu bir hafta ichi Kamron deyarli har kuni qabri boshiga keldi. Uning bu holati Yusuf va Azamatni havotirga solar, Kamronga qabristonga kamroq borishni tayinlar edi... Lekin Kamron akalarining gapiga parvo qilmas, oʻz bilganidan qolmasdi...
- Meni kechir Nafo... Onamga bergan va'damni bajarolmadim! Seni asrolmadim.
Qabr yoniga asta oʻtirdi. Mayin tuproqni asta paypaslab silay boshladi... Shu holatda qancha o'tirdi, bilmaydi... Soʻng asta boʻgʻiq ovozda "Mulk" surasini o'qidi. Qoʻllarini fotiha uchun ochdi.
- Allohim, singlimni oʻzing Rahmatingga ol! Jannatingga kirgiz... Qiyomatda nurli, ochiq chehra bilan diydorlashishimizni nasib et! Singlimni shu holga solgan odamsifat shaytonlarni jazosini ber...
Bir payt qadam tovushlari eshitildi. Kamron shart ortiga o'girildi... Qarasa bir yigit qabriston chekkasidan tez-tez yurganicha chiqib ketayotganiga koʻzi tushdi. Yigitning shoshilishi va orqaga umuman o'girilmasligi Kamronda allaqanday shubha uygʻotdi... Anchagacha yigit ketgan tomonga qarab qoldi.
* * *
Yusuf singlisining oʻlimi yuzasidan Toshkentdagi Jinoyat qidiruv boʻlimi boshqarmasiga ariza bilan murojaat qildi. Oʻzi boʻlajak yurish boʻlgani uchunmi jinoyatchilarni oʻzi topishni juda xohlab qoldi. Oradan bir oy vaqt oʻtib ketdi hamki jinoyatchilarning izi topilmagan edi. Yusuf bu holatdan nihoyatda asabiylashdi.
- Nahotki bir dona ham iz topilmasa?! Axir 5 ta oʻsmir qizni boʻlak boʻlak qilib ketgan oʻsha vaxshiylar qandaydir xatoga ham yoʻl qoʻygan boʻlishi kerak-ku?! Na barmoq izi bor, na biron belgi...?! Oʻsha adirlikni 3-4 martalab qayta-qayta koʻzdan kechirdik... Lekin yoʻq! Hech narsa yoʻq!
Yusuf bu ishni tagiga oʻzi yetmoqchi boʻldi. Va avvalboshidan voqealarni bir-bir taxlil qilishga kirishib ketdi...
* * *
QOTILLIKDAN 1 OY OLDIN.
MALIKA
Shavkat aka har ehtimolga qarshi bozordan qizi uchun ham u-bu narsa sotib oldi. Malika shirinliklarni yaxshi koʻradi. U uchun qora shokolad va qulupnoyli biskvit olganicha mashinasi tomon yoʻl oldi. Malika dunyoga kelganida Shavkat aka 45 yoshda edi. U eng kenja va eng erkatoy farzand... 4 ta akasi bor. Hamma akalari uylangan, oilali kishilar. Malika Shavkat aka va Gulmira opalarning oʻvunchogʻi edi...
Akalari juda ogʻir bosiq, vazmin odamlar lekin Malika unday emasdi. U judayam shoʻx shaddod va qiziquvchan! Doim nimalarnidir oʻrganadi, bironta yangilik qilishga kirishadi... U uchun sinfdosh qizlarini ichida eng yaxshisi Nafosat. U bilan muomilasi ancha yaxshi lekin qalin dugona emaslar. Nafosat juda sirli qiz. Balki shu uchundir undagi shu sirlilik Malikani doim oʻziga tortib turadi. Boshqa qizlar sevgi muhabbatga berilgan payti, Malika hali ham uyida qo'g'irchoq oʻynab oʻtirardi... Uning qalbida jajjigina Malika yashar va u hali beri katta boʻlmoqchi emas.
- Dadajon!
- Labbay qizim...?
- Pul bering.
- Asal qizim meni. Oʻtgan hafta bergandimku?! Bu safar nega yana pul?
- Dadaaa... Shahardagi bir magazinda rosa chiroyli koʻylak koʻrdim. Shuni kiyishni xohlayman!
Nafosat unga sovgʻa qilingan kitob muqovasidagi sheʼrni asta pichirlab oʻqidi... Kim ekan bu yigit?! Har juma kitob joʻnatadi... Turli dil izhorlar qiladi...
Nafosat oʻsha yigitni oʻylagani sari koʻnglida allaqanday hislar uygʻonardi. Uni bir bor boʻlsada koʻrgisi, u bilan suhbatlashgisi kelardi... U bergan kitoblarni avaylab yigʻar, har biri uchun bir olam quvonch baxsh etardi.
- Yulduz...
- Ha oʻrtogʻim?
- Qara... Halegi sirli yigit menga yana kitob joʻnatibdi.
- Vayy... "Imomning maniken qizi". Bu kitobni oʻqiganman rosa qiziqarli...
- Ha...
Nafosat mayin jilmaydi. Uning yosh, begʻubor yuzida allaqanday yorqinlik porlab ketdi.
- Yulduz... Men uni koʻrmasamda qandaydir, koʻp oʻylaydigan boʻlib qoldim.
- Oooo... Zoʻrku! Demak seni koʻnglingga yoʻl topa olibdi!
- Ha... Balki shundaydir. Yanayam bilmadim.
Nafosat yosh va juda chiroyli qiz. Sinfdoshlarini ichida, nafaqat sinfdoshlari balki butun maktabdagi qizlar ichidagi eng chiroylisi va ko'zga yalt etib tashlanadigani mana shu - Nafosat boʻladi. Unga maktabning yarim yigitlari oshiq! Lekin Nafosat oʻzining chiroyi bilan hech ham kibrlanmaydi. U uchun yuz goʻzalligi emas, qalb goʻzalligi muhim! Balki shu uchundir eng koʻrimsiz, qorachadan kelgan, boyi pastakkina, qoʻllari dalada ishlayverib qoʻllari qadoq boʻlib ketgan bir kambagʻal dehqonning qizi - Yulduz bilan qalin dugona tutingan... Bularni birga yonma yon koʻrgan odamlar albatta gʻalati taassurot olishardi. Biri oppoq, qaddi qomati kelishgan, qosh koʻzlari tim qora, sochlari ham qoshlariga monand qora tusdagi, nozikkina qiz - Nafosatga va uning tamoman teskarisi boʻlgan - Yulduzga boqqanlarida ichlaridan nimalar kechishini hayol qilsa boʻladi albatta... Baʼzilar Nafosatni atayin dugonalikka Yulduzni tanlagan, oʻzi goʻzalligini hammaga bildirish uchun shunday qilgan, bu bilan Yulduzni maralniy ezib qo'yishini o'ylamaydiyam deya ig'vo qilishadi. Lekin Nafosat unday qizlar sirasiga kirmaydi. Unga Yulduzni soddadilligi yoqadi. Mehribon va ochiq qalbligini yoqtiradi. Yulduz ham Nafosatni chindan yaxshi koʻradi. Nafosat tashqi koʻrinishidan boshida hayiqar edi. Oʻzini uni oldida juda yoqimsiz va keraksiz bir buyumdek his etardi. Lekin keyin- keyin Nafosat yaxshi qiz ekanini tushundi. Unga oʻzi ham bogʻlanib qoldi. Usiz hech qayoqqa borgisi kelmas, nimadir pishirsa yoki yasasa albatta Nafosat uchun ham qilar, uni hursand qilishni yaxshi koʻrardi. Xullas bu tashqi koʻrinishi ikki xil boʻlgan qizlar, lekin ichki olami bir-biriga juda oʻxshash begʻubor dugonalar edilar.
* * *
HOZIRGI KUN...
Malikaning dadasi Shavkat aka benzin toʻldirilgan idishlarni olib togʻri maktabga bordi. Maktab atrofiga benzin socha boshladi. U judayam alamzada, koʻzlari nafrardan lov-lov yonar, ichi ham koʻzlaridan otash ichida qolgandek edi. Uni o'qituvchilar, bir qancha o'quvchi yigitlar toʻxtatib qolishmoqchi edi. Shavkat aka oʻzining ustidan ham benzin quyib yubordi.
- Yaqinlashma hech qaysining?! Oʻzimga qo'shib shu maktabni ham yoqaman!
- Esizni yigʻing, amaki! Gunohga botmang!
- Esim joyida! Ichmaganman! Ichim kuyib ketti! Yonib kettim, yonib!!!
Shavkat aka hoʻngrab yig'lay boshladi.
- 4 ta oʻgʻildan keyin yetishgan yolg'izgina qizim, Malikamdan ayrildim! Uni jasadini koʻrdingmi sen?! Koʻrdingmi?! Men uni shu holatda koʻrguncha oʻlganim yaxshimasmidi?! O'lib ketganim yaxshimasmidi?!
Shavkat aka jon holatda qoʻlidagi benzinni tevarak atrofiga sochdi. Qo'liga gugurtni oldi.
- Aka! Unaqa qilmang jon aka!
- Amaki iltimos... Bu maktabda qancha bola taʼlim oladi... Ham bu davlatni mulki boʻlsa, unday qilmang!
- Davlating meni qizimni tiriltirib beroladimi?! Qizimni tanasini 10 boʻlakka boʻlishibdi! Vaxshiylarcha o'ldirishibdi! Yoshgina qizalogʻim... Senlar meni dardimni tushunmaysanlar!!!
Direktor Dildora opa palitsiyaga qo'ng'iroq qildi... Hamma havotirda edi... Hech Shavkat akaga yaqinlasholmas, sal nojoʻya harakat qilishsa hammayoqni yoqib yuborishi hech gap emasdi...
🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)
2-QISM
Muallif: ✍Usmonaliyeva Munira.
Kamron havotirga tushdi. Shom boʻldi hamki singlisidan darak yoʻq. Quyosh asta botdi... Shafaqlar qizardi. Osmon qorongʻu libos kiydi... Birin-ketinlikda yulduzlar balqib chiqa boshladi. Koʻk ustida oy paydo boʻldi. Kamron asabiy holatda uyidan chiqdi. Toʻgʻri maktab tomon yoʻl oldi. Kelsa oʻziga oʻxshab farzandidan tashvishlanayotgan koʻplab ota-onalar maktab binosi yonida toʻplanishib turishgan ekan.
- Eshitdinglarmi? Tog' yonidagi adirlardan birida 5 ta bola yoʻqolib qolganmish! Kim-kimligini aytishmabdi... Voy Allohim saqlasin ishqilib meni oʻgʻlim boʻlmasin-da?! Tilab-tilab olgan bitta-yu, bitta farzandim boʻlsa?!
Bir ayol yigʻlay boshladi. Erkaklarning "Padariga la'nat!"deya so'kingani eshitildi. Ayollarning koʻzlarida vahima, har biri yoʻqolganlarni ichida ishqilib meni bolam boʻlmasin deya havotirda edilar. Maktab direktori ham shu yerda... Tinimsiz Odina opaga qo'ng'iroq qilmoqda. Adirda antena uncha yaxshi boʻlmagani uchun sira tushisholmadi. Yana va yana qo'ng'iroq qilaverdilar. Va nihoyat... Telefondan gudok ovozi eshitildi...
- Aloooo! Odinaxon!
Hammaning nigohi maktab direktori Dildora opaga qaratildi.
- Bolalar topildimi?! Aaaaa?! Eshitilmayapti! Odinaxon! Yoʻq deysizmi?! Kelyapsizlarmi oʻzi?! ......
- Padariga ming laʼnat bunaqa o'qituvchini!
Bir kishi asabiy soʻkina boshladi. Yuzlari nafratdan qiyshayib ketdi.
- Eplab koʻz quloq boʻlolmas ekan, nima qiladi bollarni uzoqqa olib borib?!
Diroktor Dildora opa oʻsha kishiga yuzlandi. Yuzida afsus va allaqanday o'tinch bor edi.
- Shavkat aka... Endi u ham atayin qilmagandir...
- Menga qarang Dildoraxon! 4 ta o'g'ildan keyin koʻrgan yolgʻizgina qizim ketgan! Agar sochidan bir tolasiga boʻlsin zarar yetgan boʻlsa maktabizga o't qo'yvoraman, bilib qoʻying!
Hamma asabiy, hamma jazavada... Maktab direktori Dildora opa koʻzlari toʻrt boʻlgan holda yoʻlni kuzatmoqda. Kamron eshitgan narsalaridan daxshatga tushdi. Bugun ertalab quvnoq chehra bilan uyidan shoshilgancha chiqib ketgan singlisi koʻz oldiga keldi. "Qayerdan ham ruxsat berdim?! Ishqilib eson-omon kelsin..."
Qorongʻilikni yorib oʻtib nur keldi... Bu avtobus chiroqlari edi... Hamma guvv etib o'rnidan turdi. Avtobus maktab ostonasiga kelib toʻxtar-to'xtamas bir guruh ota-onalar uni o'rab oldilar. Hamma oʻz farzandining ismini aytib chaqira boshladi.
- Zeboooo!
- Layloooo qizalog'im!
- Nig'mat!
- Alisher! Alisher!
Kamron ham avtobus eshigiga yaqinlashdi. Ovozini baralla qoʻyib singlisini chaqirishga tushdi.
- Nafosat! Nafosat! Nafosat!
Nafosatdan javob kelavermagach shoshilib avtobus ichiga kirdi. Bolalarning yarmi avtobusdan tushib boʻlishgan edi. Hammalarining koʻzlarida allaqanday qoʻrquv koʻrindi. Kamron avtobusning u boshidan bu boshiga 3-4 marta borib kelganicha Nafosatni tinmay chaqira boshladi. Telbalardek atrofga alangladi. Yoʻq! Nafosat yoʻq edi!
- Nafosaaaaaaat! Jon singlim qanisan?!
Oldi qatorlarning birida Nafosatning sumkasiga koʻzi tushdi. Uni titroq qoʻllari bilan ushlari. Koʻzlaridan duv etib yosh oqib ketdi. Jon achchigʻi baqirdi.
- Nafosat!!!
Vajohat bilan avtobusdan tushdi. Malika, Yulduz, Gulzoda va Lobarning ota-onalari uvvos solib yig'lay boshlashdi. Barchalari o'qituvchi Odina opaning yoqasidan olishardi.
- Qizim qani qanchiq?! Qayoqqa yoʻqotting?! Topib ber! Hozir topib ber!
Odina opa yigʻlar yigʻlayverganidan qovoqlari ishib ketgandi... Ovozi ham chiqmay qoldi. 4 ta ayol uni oʻrtaga olib do'pposlay ketdilar. Qolgan ota-onalar ularni ajratish o'rniga "Ur!" "Ur uni!" deya baqirib turishardi. Odina opaning yuzlari, lablari qonab ketdi. Alamzada onalar uni nima desa deb haqorat qilishar, urishar, tepkilashardi. Maktab atrofi lahzaga keldi. Shovqinni eshitgan kishilar uylaridan shoshilgancha chiqib kela boshladilar. Dildora opa vaziyatni sal boʻlsa-da yumshatmoqchi boʻldimi ota-onalarga qarata murojaat qildi.
Malika, Yulduz, Gulzoda, Lobar va Nafosat Odina opaga yalinchoq qiyofada qarashdi.
- Tez borib kelamiz, ustoz... Yoʻl uchun ham oʻsha suvdan olib kelardik.
- Mayli boringlar... Lekin, tez kelinglar xoʻpmi?
Odina opa juda charchagani uchunmi negadir qizlarga qo'shilib borgisi kelmadi. Yana 3 ta qiz Zebo, Laylo va Dilnoza ham ustozlari bilan birga qolishni maʼqul koʻrishdi.
- Malikaaaaaa!
- Haa Zebo?!
- Bizgayam suv olib kelinglar!
- Xoʻp!
Qizlar ketishdi. Oradan chamasi 40 daqiqa vaqt oʻtdi. Avtobus tuzaldi. Shofyor Odina opaning yoniga keldi.
- Ketamizmi?
- Aha... Chashmadan suv olib kelish uchun qizlar ketishgandi... Men bir xabar olaychi?
Odina opa oʻzi bilan qolgan 3 ta qiz bilan chashma tomon ketdilar. Chashmani topishdi lekin qizlar yoʻq edi. Odina opa havotirga tusha boshladi. Jon holatda baqirishga tushdi.
- Malikaaaaa! Qayerdasizlar?!
Javob boʻlmadi... Odina opa balki qizlar avtobus oldidadir deb oʻyladi va ortga qaytishdi. Yoʻq! Bu yerga ham qaytishmabdi.
- Aka... Qizlar yoʻq!!!
Shofyor hayratdan koʻzlarini katta-katta ochdi.
- Nima?! Nega yoʻq boʻladi?!
- Bilmasam! Chashma oldida yoʻq! Boshqa joylarni ham qaradim yoʻq!!!
Odina opa yig'lashga tushdi. Barcha bolalar va shofyor, Odina opa har tarafdan qizlarni qidira boshladilar.
- Malikaaaaaa! Nafosaaat! Yulduuuz!
Bolalarning ham ranglari dokadek oqarib ketdi. Qizlarni har tarafga tarqalib qidira boshladilar. Vaqt shomdan ham oʻtib ketdi. Atrofni asta qorongʻulik qopladi. Qizlardan esa hamon darak yoʻq edi. Odina opa yigʻlay boshladi.
- Endi nima qildim?! Nega ular bilan qoʻshilishib bormadim?! Nega?!
Qolgan 3 ta qiz ustozini ovutishga harakat qilishdi.
- Ustoz siqilmang... Topilib qolar...
- Qanday siqilmay Dilnoza?! Butun boshli 5 ta qiz yoʻq! Ularsiz uyga qanday qaytamiz?! Ota-onasiga nima deyman?! Axir ularga men mas'ul edim!
- Militsiyaga xabar beramiz... Inshaalloh topiladi ustoz...
Ortga qaytishdi. To uyga qaytguncha Odina opaning koʻz yoshlari tinmadi. Endi nima boʻladi?! Qizlar qayoqqa ketishdi?! Xudo koʻrsatmasin bir kor hol boʻlgan boʻlsachi?! Alloh oʻzing ularni panohingda saqlagin...
1-QISM TUGADI.
⏰03.03.2025. 11:10
@Gaplarim_Sahifalar
Oʻsha kundan buyon Nafosatga 3 nafar akasi mas'ul...
- Aka... Bir safar xoʻp deng, judayam borgim kelyapti.
Kamron biroz oʻylanib qoldi. Haqiqatda singlisiga ortiqcha qattiqqoʻllik qilmayaptimikin?! Biroz yengillik bersa hech narsa qilmas!
- Oʻzi qayerga ketmoqchisizlar?
- Tog'ga boramiz deyishyapti. Qorli joylari ham bor ekan... Lolalar ochilibdi. Juda chiroyli joylar emish. Ertalab ketib kechki payt qaytamiz...
- Xmm... Shunaqa degin. Sizlar bilan bironta o'qituvchi ham ketyaptimi?
- Ha... Sinf rahbarimiz Odina opa boradilar...
Kamron chuqur uhh tortdi. Ichida qandaydir gʻashlik bor edi. Singlisini sira ham uzoqqa jo'natgisi yoʻq. Lekin... Bir hisobda singlisi haq! Hozir o'ynab kuladigan payti boʻlsa... Ertadan keyin turmush qurib ketsa bunaqa yurolarmidi?! Oila, roʻzgʻor, bola-chaqadan ortmay qoladi. Kamron shularni hayolidan oʻtkazdi. Singlisiga jilmayib qaradi.
- Mayli... Borsang boraqol.
- Rahmat akajon!
Nafosat juda quvonib ketdi. Akasi unga ruxsat beradi deya hech ham oʻylamagan edi. Xudoga shukr, endi u ham dugonalari bilar yayrab keladigan boʻldi...
* * *
Aylanishga togʻ yon bagʻrlariga boradiganlar soni 20 ta boʻldi. 8 nafar qiz bolalar va 12 nafar yigitlar. Bitta avtobus gaplashishdi... Yoʻl haqi va ovqatlanish uchun pul yigʻib olindi...
Yakshanba. Tonggi soat 5. Bolalar avtobus oldida yigʻilishdi. Qizlar chiroyli kiyimlarda, bahor fasliga monand kiyinishgan. Yigitlar ham qizlardan qolishmaydi. Sochlar tekis qilib taralgan, yanoqlarga mushk surkalgan. Bu oʻspirin yigit-qizlar bamisoli yonayotgan olov! Barchalarining koʻzlarida alanga porlaydi. Qiziqqon, tez fe'l va shoshqaloq! Va nihoyat ularning sinf rahbari Odinaxon opa ham yetib keldilar. U boshchiligida avtobusga hamma chiqdi. Bir tarafda yigitlar, bir tarafda qizlar. Odina opa esa oldinda shafyorning yoniga oʻtirdilar. Yoʻlga tushishdi. Manzil olis... Eng kami 3 soatlik yoʻl. Qizlarning ham, yigitlarning ham kayfiyatlari chogʻ. Avtobus ichida ashula aytishni aytishib, hazil huzul qilib ketishardi. Nafosat dugonasi Yulduz bilan... Oyna tarafga o'tirib olgan holda atrofni jimgina kuzatib ketardi. Nimalarnidir hayol surganicha olis-olislarda koʻrinib turgan togʻlarga termulardi. Uning hayollarini dugonasi buzdi.
- Nafosat...
- Ha Yulduz?
- Bir gʻalati hodisa boʻldi degin, kecha uyga sovchilar kelishibdi...
- Voy?! Rostanmi?
- Haa... Eshitib rossa kulibman.
- Hali bolamiz-ku?! Oldinda qancha rejalarimiz bor. O'qishimiz kerak...
- Shuni ayt! Hali maktabni bitirmagan boʻlsak.
- Uyingdagilar nima deyishibdi?
- Nima ham deyishardi?! Qizimiz hali bola deyishibdi... Hech narsani bilmaydi. Roʻzgʻor, oilaga hali yoshlik qiladi deyishibdi...
- Haa... Yaxshi.
- Yigitni menda anchadan beri koʻngli bor emish. Hozir oq oʻrab qo'yishrkan xolos... Toʻyni men oliygohga o'qishga kirsam keyin qilisharkan... Oʻzlari o'qitarmish!
- G'alati-yu...? Shuncha vaqt kutadimikan u bola?
- Bilmasam, uyidagilariga shunaqa debdi... Uylansam faqat shu qizga uylanaman deganmish.
- Bir narsa deyishga ojizman...
Ikkalalari ham jim qoldilar. Yulduz kechasi yaxshi uxlamagan shekilli koʻzi yumulib boshini asta Nafosatning yelkasiga qoʻydi... Qotib uxlab qoldi. Nafosat unga hadya qilingan oʻsha kitobni oldi. "Fesleen"... Asta ochdi... Bir boshdan o'qiy boshladi...
* * *
Va nihoyat uzoq yoʻl oxirladi... Musaffo togʻ havosi! Atrof juda ham goʻzal... Olis-olislarda qip qizil lolalar koʻrinib turibdi... Bu yerda dam olish joylari, tamaddixonalar ham bor ekan. Bir shinamgina joy topdilar va oʻsha yerga hammalari o'rnashib oʻtirishdi.
- Mana... Bolajonlar, manzilimizga ham yetib keldik. Bu yer juda katta joy ekan. Bir-birlaringga xushyor boʻlib yuringlar xoʻpmi? Yigitlar... Qizlarga koʻz quloq boʻlinglar...
«Нега бундай қилдингиз?» деб киради. Охирги пайтлар ухлай олмай қолганман. Ҳафталаб кўзим илинмайди. Кўзим очиқ туриб туш кўраман, болам. Айт, мен қандай қилиб бош кўтариб юришим мумкин? Қандай қилиб қаҳрамонман, деб мақтанишим мумкин? Қандай қилиб байрамларда ғўддайиб ўтиришим мумкин?
Батальонимиздан тирик қолганлар ҳар йили Москвада учрашишади. Бир марта борганман. Унгаям йигирма йил бўлди. Эшитдим. Кўплари урушдан кейин ўз жонига қасд қилибди, кўплари жинни ё пиёниста бўлиб қолибди. Қайтиб борган эмасман.
Биз қаҳрамонлар эмасмиз. Биз қотиллармиз! Ўз аскарларимизнинг, ўз қариндошларимизнинг бошига етган қотиллармиз. Бизлар гуноҳкорлармиз! Аллоҳим ўзи меҳрибон бўлмаса, энг қаттиқ азобларга қолувчи гуноҳкорлармиз.
Иброҳим бобо рўмолчасини олиб, кўз ёшларини артиб, узоқ жим қолди. Ниҳоят, мен эсига тушдим, шекилли, ҳамма ҳужжатлари, орден-медалларига ўша ханжарни ҳамда кўплаб суратларини ҳам қўшиб, бир тугун қилиб, қўлимга тутқазди.
– Қандай ёзасан, нима деб ёзасан, сенинг ишинг. Исмимниям ўзгартириб қўя қол. Сиримни сен бил-у, мен билай. Барибир қиёматда ҳаммага ошкор бўлади. Фақат эсингдан чиқмасин, ўлгунимча ёзмайсан!
7.
Иброҳим бобоникидан қандай чиқдим, уйимга қандай келдим, билмайман. Бир неча кун ўзимга келолмай юрдим. Ўша кунлари хаёлимда аввал ҳикоя ёздим. Кейинроқ ёзганларим қисса бўлди. Фикрларим қиссага сиғмади. Ўйлаганларим роман бўлди. Роман бир неча китобдан иборат бўлди.
Иброҳим бобо ҳам ўтди. Иброҳим бобо борган уруш Иброҳим бобо замонидагидек Улуғ Ватан Уруши дейилмайдиган ҳам бўлди. Улар ҳақидаги кинолар ҳам ўтди. Улар ҳақида ёзганингга харидор ҳам қолмади.
Мен Иброҳим бобога ваъда бериб ёзганим ҳам сиз ўқиган ушбу мўъжаз ҳикоя бўлди.
Илоҳи, уруш кўрганларнинг охиратлари обод бўлсин!
Ҳикоя муаллифи Каримберди Тўрамурод
P.S.: Ғалабанинг 80 йиллигига Жаласойда битта ҳам уруш иштирокчиси қолмади...
Иброҳим бобо ёстиқларни нарироқ суриб қўйди. У киши ҳикоясини бошлар экан, хира тортган кўзлари равшанлашгандек бўлди. Овози ҳам ўктамлашгандек эди гўё.
– 1936 йили ҳарбий хизматга чақиришди. Ленинградда хизмат қилдим. Ҳарбий хизматдан кейин офицерлар тайёрлайдиган ўқишга йўлланма беришди. Икки йил ўқиганимда уруш бошланди. Ўқишни чала қўйиб, кичик лейтенант унвони билан взвод командири бўлиб, урушга кирдим. Аммо душманнинг қўли устун келди. У биздан кучли эди. Техникаси, қуроли бизникидан зўр эди. Автоматлар билан қуролланган фашистларга бизнинг жангчилар оддий милтиқ билан рўпара бўларди. Баъзан милтиғи бўлган билан ўқи бўлмасди аскарларимизнинг. «Жангда ўлганларнинг ўқдонларини оласизлар», дейишарди командирлар. Ўқ-дори, қурол-аслаҳа майли, озиқ-овқат ҳам етишмасди аскарларга. Ҳафталаб иссиқ овқат емай жанг қилардик. Раҳбарларимизга айтсак, «Ана, спирт мўл, керагича олиб кет. Жангдан олдин икки юз граммдан беринглар ҳар бир жангчига, дадил бўлишади», дердилар. Хуллас, ҳаммаси бир бўлиб, уруш тақдири бизнинг зиёнимизга ҳал бўлишига озгина қолганди. Бир томондан Ленинград қамал қилинган, иккинчи томондан немислар Сталинградни олиш учун катта куч ташлашган эди. Москва ҳам сиқувга олинган, немис бомбардимончи самолётлари Москва осмонида ҳам пайдо бўлиб қолаётгани ҳақида ҳам эшитилиб қоларди. Вазият жуда жиддий эди. Энг ёмони, жангчилар ичида саросимага тушиш бошланди. Ғалабага ишонч йўқолди. Аскарларимиз қўрқиб қолишди. Салга эгаллаб турган шаҳар ёки қишлоқларини ташлаб қоча бошлашди. Жанг майдонидан гуруҳ-гуруҳ бўлиб, қуролни қолдириб қочишлар бошланди. Ҳатто, бутун бошли роталар ёппасига фашистларга асир тушган пайтлар ҳам бўлди.
Ана ўшанда дивизиямизга қўмондон Георгий Константинович Жуков келди. Ҳамма офицерларни йиғди. У асабийлашган, юзи жуда қаҳрли эди. Ёнидан бир қоғоз чиқариб, унга деярли қарамасдан ўқиб берди. Бу бош қўмондон Сталиннинг 1942 йил 28 июлда имзолаган машъум 227-рақамли махсус буйруғи эди. Буйруқнинг номи “Қизил Армияда тартиб ва интизомни мустаҳкамлаш чоралари ва рухсатсиз чекинишларни таъқиқлаш тўғрисида” эди, аммо у бутун фронт бўйлаб, “Ни шагу назад!” яъни “Бир қадам ҳам орқага чекинилмасин!” номи билан машҳур бўлди ва қайсидир маънода урушда ҳал қилувчи ўрин тутди.
Бу буйруққа кўра, ҳар бир фронтда махсус батальонлар тузилиши, унга сараланган офицерлар, сержантлар киритилиши кўрсатилган эди. Ана шу батальонларнинг бирига рота командири бўлиб мен, капитан Сатторов ҳам киритилган эдим.
Бизнинг вазифамиз жудаям оғир эди. Аянчли эди, ўғлим. Биз ўзимизникиларни отардик. Жанг майдонининг иккинчи чизиғида жойлашардик ва биринчи чизиқ, яъни олдинги сафларда жангга кирган ўз аскарларимиз орқага чекинса, шу чекинган аскарни отишимиз керак эди.
Бу ёвуз буйруқ тез кунларда ўз самарасини берди. Нима учун ўлса ҳам жанг майдонини ташлаб кетмаётган совет аскарининг «фидойи»лигини тушунолмаган фашистларнинг ўзлари аста-секин чекина бошладилар.
Курск ёйида мени бир умр изтиробга солган, бир умр юрагимни кемириб келаётган, бир умр ўзим ҳақимда гапиришдан тийиб келган воқеа содир бўлди. Катта ҳужум олдидан янги келган жангчиларга «тушунтириш иши» олиб бордим. «Ўлсанг ўласан, аммо бирортанг бир қадам ҳам орқага чекинмайсан. Бир қадам ортга чекинган кишини ўзим отиб ташлайман. Бизда чекинишга жой йўқ. Орқамизда Москва!» деб нутқимни тугатдим генералларимизга тақлид қилиб.
Мўйлаби эндигина ниш урган бир ўзбек йигити ёнимга келди.
– Иброҳим ака, мени танимаяпсизми? Мен Жаббор аканинг ўғли Сулаймонман, – деди у.
Мен уни танимадим. Мен қишлоқдан чиқиб кетганимда у саккиз-ўн ёшда бўлган бўлса керак. Аммо Жаббор акани танимай бўладими? У отамнинг энг яқин ўртоғи эди. Жаббор ака отамнинг жияни Салима аммамизга уйланган эди. Уларнинг болалари бўлмай-бўлмай ўн йил деганда ўғил кўришгани эсимда.
– Ёшинг нечада? – сўрадим мен.
* Уруш тугаганининг 80 йиллигига
Яна бир кино кўринг!
227-БУЙРУҚ
Уруш иштирокчилари бўлган ҳамқишлоқларимнинг
хотирасига бағишлайман.
«Ғалабамизнинг 40 йиллигида ҳайкал ўрнатишганда қишлоқдан қирқта ветеран борувдик, 60 йилликка битта ўзим қолибман...»
(Ғалабанинг 60 йиллигига икки ой қолганда тўқсон ёшда вафот этган Раббимқули ота Эгамбердиевнинг сўзларидан).
1.
– Иброҳим бобо сизни йўқлаяпти экан, неварасини юборибди, – деб қолди хотиним кечки овқат маҳали.
– Келганимдаёқ айтмайсанми? – дедим-у, апил-тапил кийиниб, Иброҳим отаникига жўнадим.
Отам раҳматлининг тенгдошларини кўриш, суҳбатида бўлишга доимо ошиқардим. Аммо Иброҳим отанинг мени йўқлаши мен учун кутилмаган ҳодиса эди.
Ҳозирги ёшлар Ғалаба байрамини, унинг улуғ кунлигини, уруш фахрийларининг хотиралари азизлигини кўп ҳам англаб етавермайдилар. Бунга улар айбдор ҳам эмас. Ҳаммаси тарбияга бориб тақалади. Биз тенгилар шундай тарбияландик-ки, уруш иштирокчилари биз учун ўрнак оладиган ватанпарварлар, қаҳрамонлар, фидойилар эдилар.
Биз, ўша етмишинчи йилларда оташин пионерлар, комсомоллар бўлиб, ғалаба байрамларига жиддий тайёргарлик кўрар, мактабларимизга, синфимизга уруш иштирокчиларини таклиф этар эдик. Уларнинг жанговар хотиралари қалбимизда мардлик, жасурлик, ватанпарварлик туйғуларини жўш урдирарди. Ватанимиз душманларига беаёв бўлиш каби ҳислар қалбларимизга жо бўларди. Биз уларни фахрий пионерликка қабул қилардик. Ўз дружиналаримизга, отрядларимизга қабул қилардик. «Ўзим учун ва ўша йигит учун» деган шиорларимиз бўларди. Урушдан қайтмаган «ўша йигит» учун ҳам беш баҳо олардик. «Ўша йигит» нинг оиласига бориб, уйидагиларнинг юмушларига қарашардик. Бизлар «Тимурчилар» дердик ўзимизни. Энди ўзимнинг ўғил-қизларимга «тимурчи», «отряд», «дружина», «пионер», «комсомол» деган ибораларни тушунтиришнинг ўзига бир ҳафта вақт кетади. Энди бу тушунчалар анча эскирди. Ҳозирги ёшларнинг дунёқараши бошқача.
2.
Болалигимдаёқ улар ҳақида ёзишим кераклигини Аллоҳ кўнглимга солган эканми, уруш иштирокчилариникига бориб, ҳоли-жонига қўймай, уларнинг хотираларини ёзиб олардим. Жанговар суратларини олардим. Улар ҳақида туманимиз газетасига доимо ёзиб турардим. Уруш фахрийларининг ҳаммаси ҳам ўз хотираларини сўзлаб беравермасди.
– Жанг хотираларини гапириб бераётганимда бошқатдан ўша жангларга киргандек бўламан. Бошим оғриб қолади. Ўқ теккан жойларим ўша пайтдагидек зирқирайди, қўй, болам, сўрама. Урушнинг оти ҳам ўчсин, хотираси ҳам ўчсин, – дерди Хўжақул бобо Қулмуродов.
– Немис шундайгина Дарғамди у бетида, Тўқалдай жерда турди, биз ўзимизди Жаласойдай жерда турдиқ, – дерди доимо бирор шаҳарнинг номини билмайдиган соддагина Санақул бобо. – Хўжайинлар дайрани у бетига ўтасизлар, деди. Ҳамма ўзини дайраға отди. Дайра ўликка тўлди. Шундай тўлдики, молтишди билмайдиган одамам бемалол ўликларди устидан журиб у жузға ўтса бўлайди. Эсиз, шунча одам дайрада қоп кетти. Биронтасини биров олиб чиқиб кўмган эмас. Кўмаяткан одам қаерда?
3.
– Урушни Ленинграддан бошлаганман, – деб бошларди ҳар гал ҳикоясини биз Усто бобо дейдиган Муҳаммади бобо Эрназаров.
Шундан кейин Ленинграддан Берлингача бўлган ҳамма катта-кичик шаҳарларни бирма-бир санаб берарди.
– Ай, чурт побери, Усто, – дерди унга Раббимқули бобо тажанглик билан. – Усто ҳаммасини харитадан ёдлаб олган. У пайти шаҳарнинг отини билиб бўлмасди. Ҳаммаси бир хил эди. Куйиб, тутаб ётарди. Ҳаммаси бир хил вайрона эди. Қайси шаҳардан ўтганимизни командирлар билмаса, биз билмаганмиз. Баъзан бир кунда бир неча шаҳардан ўтиб кетардик. Баъзан бир шаҳарни бир ҳафтада олардик. Бир хил шаҳарлар бир неча марта қўлдан-қўлга ўтарди. Эсимда қолгани қўнғизмўйловнинг уяси – Берлин бўлган. «Уч кун олган олганники», дейишди. Роса шаҳарни тити-пити қилганмиз.
Дона Каримов деган ўқитувчимиз бўларди. Биз, «Тимурчилар» борадиган куни ҳарбийча кийиниб, ҳамма орден, медалларини тақиб оларди. Жанг таассуротларини шундай тасвирлаб берардики, биз ҳам у кишига қўшилиб, окопларда ётгандек, душман устига шер каби ташлангандек, немисларни инига тиқиб келгандек бўлардик.
6.
Келди.
Эллик йил деганда келди.
Бир адвокат билан бир нотариус келди. Яна битта ажнабий келди.
Мартабали меҳмонларнинг ташрифидан Ҳумайро момо шошиб қолди. Раис бобони чақиртирди.
− Мундай меҳмонлар билан мен гаплашолмасам, Раис боважон, ўзингиз бир нима денг-да.
− Ҳужжатларни фақатгина Ҳумайро Машрабованинг олдида очаман, дейди, − ажнабийнинг сўзларини таржима қилди адвокат. – Момомизга хат ҳам бор экан. Уни ҳам момомизнинг ўзига топширар эмиш.
− Менинг Раис бовадан яширадиган сирим бор эканми? – хатни Раис бобога узатди Ҳумайро момо. – Ўзингиз ўқинг, Раис боважон, ким ёзибди, нима дебди?
Раис бобо кўзойнагини тақди. Қироат билан хат ўқишга тушди:
− Мени кечир, Ҳумайро, мен ваъдамга вафо қилолмадим. Аммо сен аҳдингда турдинг. Мени шунча йил кутдинг, эрга ҳам тегмадинг. Ҳеч кимга билдирмай, сени суриштириб турдим. Отамни кўмдинг, онамни кўмдинг, менинг ўрнимга ҳамма ишни қилдинг. Мол-ҳолимизни ҳам кўпайтирдинг, ҳовлимизни ҳам жаннатдай қилиб қўйдинг. Илоҳи, бу ишларинг учун Аллоҳ сени жаннати билан сийласин! Мени сен ҳам кечир, қишлоқдошларимиз ҳам кечиришсин! Мен сен кутган қаҳрамон бўла олмадим. Урушда асирликка тушиб қолдим. Урушдан кейин қайтиб борай дедим, аммо асирликда бўлганларнинг ҳаммасини хоин деб ҳисоблаб, отиб юборишаётганини, Сибирга жўнатишаётганини эшитиб, қўрқдим. Менинг иккита орденим, тўртта медалим бор. Аммо Совет Иттифоқи Қаҳрамони бўлиб, асирга тушиб қолганларни ҳам кечиришмабди. Шунинг учун аввал Австрияда, кейин Америкада яшадим. Қишлоқда яшадим. Мол-ҳол қилдим. Фермер бўлдим. Бой бўлдим. Мени кечир, уйландим. Иккита ўғлим бор. Бугун улар ҳам фермер. Ҳумайро, бир умр сени унутмадим. Доим сен ҳақингда ўйладим. Ҳамиша фарзандларимга сен ҳақингда гапираман. Ўзбекистонимиз мустақил бўлибди, насиб бўлса, сенинг олдингга бораман. Шу кунларда даволанаяпман, соғайсам, дарҳол йўлга чиқаман. Мабодо бора олмасам, ўғилларим невараларимни олиб боришади. Улар сени қаттиқ ҳурмат қилишади. Бир ойгина хотин бўлган йигирмага ҳам кирмаган қизнинг эллик йил эрини кутишига бу ердагилар ишонишмайди. Фантастика дейишади. Улар сени кўргани боришади. Бу дунёда учрашмасак, жаннатда кўришамиз, Ҳумайро! Сендан рози бўлдим, сен ҳам мендан рози бўл! Момонгнинг ўғли Саҳобиддин.
Олдин кўзини артди, Раис бобо, кейин кўзойнагини.
Ажнабий бир нималар деди, адвокат ўгирди:
− Онахон, эрингиз бандаликни бажо келтирибди, уни Даллас деган жойда дафн этишибди. Зиёратига боришни истасангиз, Америка ҳукумати бориб келишингиз билан боғлиқ барча харажатларни зиммасига олар эмиш.
Ҳумайро момо секин ўрнидан туриб, ичкарига кириб кетди. Ичкаридан унинг йиғлаётгани эшитилди. Ҳумайро момо айтиб-айтиб йиғларди:
− Бор умидим ҳам ўлдими, вой, отам?!
− Энди қандай яшайман, вой, энам?!
Раис бобо ерга қараб анча ўтирди, ниҳоят, деразага яқин бориб, сўзлади:
− Ҳумайро, бандалик-да. Чидайсан-да, Ҳумайро, чидайсан-да. Қисматингда бор экан-да, Ҳумайро, қисматингда бор экан. Энди ташқарига чиқ, меҳмонлар маҳтал бўлиб қолди.
Ҳумайро момо бир белбоққа тугилган нарсаларни кўтариб чиқди.
− Келган меҳмон ўғлимиз эканми?
− Ўғиллари, кечирасиз, ўғилларингиз ёзда келишаркан, бу киши уларнинг адвокати.
− Унда мана буларни ўғилларимизга бериб қўйсин!
Адвокат ажнабий меҳмонга бу сўзларни таржима қилиб, тугунни унга узатди. Меҳмон тугунни очди.
Тугунда яп-янги турган Саҳобиддиннинг Чучук капир беқасамдан тиккан куёвлик чопони, ургутча дўпписи ва пичоғи бор эди.
Ажнабий уларни авайлаб яна қайта тугди ва машинасига қўйиб келди. Дипломатидаги ҳужжатларни олиб, адвокатга узатди.
− Энди мана бу ҳужжатларга қўл қўйсангиз, онажон!
− Раис боважон, сиз қаранг, булар қанақа ҳужжатлар экан?
− Онахон, эрингиз сизга бир миллион доллар маблағини васият қилиб қолдирибди. Бу бизнинг пулга қанча бўлишини биласизми? Тасаввур ҳам қила олмайсиз, онажон. Эҳ-ҳе, умрингизнинг қолганини маликалардай сайру-саёҳатда, кайфу-сафода ўтказсангиз ҳам бу пуллар адо бўлмайди. Биронта каттароқ заводми, фабрика очиб юборсангиз ҳам бўлаверади.
* Бирортангиз бирорта кинорежессёрни танийсизми?
Мана шу ҳикояни биргина ўқитинг! Ақли бўлса, фаросати бўлса, қалби бўлса, буни кино қилади. Кино қилса, одамлар йиғлаб кўради. Савобнинг остида қолади.
Отинг ўчгур урушнинг тугаганига 80 йил бўлибди...
Урушни бошқа тарафдан кўришни истайсизми?
"ҲУМАЙРО МОМО"
Урушга кетган эрини умрининг охиригача кутиб, тоқ ўтган момоларимизнинг ўчмас хотираларига бағишлайман!
1.
− Балогинангни олай, Ашур, ўн кунгина кейин чақирсанг, Гирмон уйингга кеп қўядими?
− Гирмон Масковга кеп қўйди, момо, Масковга кеп қўйгани – уйимга кеп қўйгани.
− Ҳеч бўлмаса, чилласи чиқсин, Ашуржон, кейин нима десанг, майли.
− Гитлир ўғлингизнинг чилласи чиқишини кутиб турадими, момо? Исталин бова чиллангизни тушунадими? Ҳозир ўғлингизни чиқармасангиз, мелиса келиб опкетади.
− Уруш менинг биттагина боламга қараб қоптими, Ашур, инсофинг борми?
− Адолат момонинг боласи иккитамиди? Ё бошида эри бормиди? Раис бобонинг боласи иккитамиди, момо? Аввал чиқарди-ку, ўғлини. Кўпга келган тўй-да, момо, чидаймиз.
− Ҳаҳ, тўйгинанг бошингдан қолсин! Саҳобиддин! Чиқ, болам, нарсаларингни халтага солиб қўйганман. Э, қирғин келсин, шу урушни бошлаганларга!
2.
− Ҳумайро, мени кечир, тўйни олдинроқ қилсак бўларкан.
− Худонинг айтган куни бўлади-да, момомнинг ўғли, кечир деманг.
− Келин бўлиб, келинлардай яйрашга ҳам улгурмадинг, Ҳумайро?
− Ундай деманг, мен ... бахтлиман, момомнинг ўғли.
− Бахт дейсанми, Ҳумайро? Бир ойгина эрингни тушингда кўргандай бўлиб қолганинг бахтми?
− Шунча қизнинг ичидан менга уйланганингизнинг ўзи менга бахт.
− Мени кут, азизам! Уруш тугасин, кейин бир кун ҳам сени ёлғиз ташлаб, бир ерга кетмайман.
− Кутаман, момомнинг ўғли, кутаман.
− Мен албатта қайтиб келаман, Ҳумайро, биров бир нима деса, ишонма!
− Ишонмайман, момомнинг ўғли, ишонмайман! Сизни ўлгунимча кутаман!
3.
− «Прапал» дегани нима, начайник, тушунтириб гапиринг-да?
− «Без вести пропал» дегани шу-ки, жангдан кейин ўғлингиз дом-дараксиз йўқолибди, Машраб бобо.
− Э, шунақаси ҳам бўладими? Бутун бошли одам изсиз йўқолиб қоладими? Ёш бола бўлмаса?
− Жуда эзвордингиз, Машраб бобо, урушда бўлади-да. Окопда кўмилиб кетгандир, немисдан қочиб, ўрмонга кириб кетгандир?
− Оғзингга қараб гапир, начайник, менинг ўғлим қўрқиб қочадиган бола эмас.
− Уруш, Машраб бобо, урушда ҳар нарса бўлади. Энди боринг, бирор маълумот олсам, яна хабар бераман.
«Начайник» маълумот олмади, шекилли, Машраб бобога бошқа хабар қилмади.
Уруш тугади ҳам-ки, хабар қилмади.
Кетганларнинг тирик қолгани қайтиб келди ҳам-ки, хабар қилмади.
Қирқ тўққизда хабар қилди. Хабар қилмаса, яхши эди:
− Саҳобиддин Машрабов Ватан хоини деб топилиб, сиртдан отувга ҳукм қилинди!
Ҳукм Машраб бобога ўқилган бўлди. Уч кун ўтиб, Машраб бобони дафн қилишди.
Энахон момо ерни муштлаб, Гитлерни қарғади.
Энахон момо юзини юлиб, Сталинни қарғади.
Энахон момо ёқасини йиртиб, урушни қарғади.
Энахон момо қарғаб-қарғаб, йигирма етти кун яшади...
4.
Ҳайҳотдай ҳовлида бир ўзи қолди, Ҳумайронинг.
Бир сигир, бир бузоқ, тўрт эчки, икки улоқ, битта «Олапар» билан бир ўзи қолди, Ҳумайронинг.
Машраб бобонинг чироғини ёқиб ўтириш биргина Ҳумайрога қолди.
Энахон момонинг урчуғини йигириб ўтириш биргина Ҳумайрога қолди.
Ҳайҳотдай ҳовлида на бир меҳрибон қолди, Ҳумайрога, на бир ҳамдард.
Машраб бобонинг авлодини давом эттирай деса, «момосининг ўғли»дан на бир нишона қолди, на бир гумона...
Аммо Ҳумайронинг кўнглида умид қолди, Ҳумайронинг кўнглида ишонч қолди.
− Албатта қайтаман, деган, момомнинг ўғли, қайтади. Мени кут деган, момомнинг ўғли, кутаман.
Ҳумайро Машраб бобонинг чопонини кийди. Белига Машраб бобонинг белбоғини боғлади. Ҳумайро Машраб бобонинг кетмонини олди. Ҳумайро ер чопди, экин экди, ҳовли суғорди.
Бир ҳаким зот набирасига:
- Бугун сенга ҳаёт ҳақиқатларидан бир ҳақиқатни сирини очаман, - деди.
Набира:
- Қулоғим сизда бобожон, - деди.
Ҳаким:
- Ҳар бир инсон ичида доимий жанг кечади. Бу худди икки бўрининг олишувига ўхшайди. Улардан бири - ёвузлик, ҳасад, ғайрлик, ёлғон ва худбинликнинг тимсолидир...
Набира бошини тебратиб:
- Бошқасичи? - деди.
Донишманд бобо:
- Бошқаси эса - эзгулик, меҳр-муҳаббат, адолат ва ихлос тимсолидир.
Набира бу сўзлардан таъсирланди, тушуниш қийин бўлса ҳам англаб етди, бироз ўйланиб туриб, бобосидан сўради:
- Охир оқибат қайси бўри ғолиб келади???
Донишманд бобо ақилли набирасининг бошидан силаб, табассум ила:
- Сен қайси бўрини боқиб, озиқлантирсанг ана ўшаниси ҳамиша устун чиқади. Агар ёвуз бўрини боқсанг ёвузлик устун келади. Агар яхши бўрини парваришласанг, эзгулик ғолиб чиқади. Нимани эксанг, ўшани ўрасан.
🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)
4-QISM
Muallif:✍Usmonaliyeva Munira.
Kamron bugun ham qabr boshiga keldi. Keldi-yu g'alati narsaga koʻzi tushdi. Singlisining qabri u yoq, bu yogʻidan kavlangan... Kamron bu holatdan butkul oʻzini yoʻqotib qoʻydi. Kim bunday qilgan boʻlishi mumkin?! Yoki bu daydi itning ishimikin?! Yoʻq!!! It bunaqa qilib kavlamaydi... Chuqurchalar bir tekis kavlangan, qoʻl bilan emas, kichik ketmoncha yoki tesha bilan ishlov berilganligi shundoq koʻrinib turibdi. Goʻyo nimadir ekmoqchi boʻlgan kabi... Kamron bu chuqurchalarga qarab biroz oʻtirdi. Keyin ularni asta koʻma boshladi. Singlisining haqqiga duo qildi. O'rnidan turib uyi tomon yoʻl oldi...
* * *
Yusuf oʻqituvchi Odina opadan shubhalana boshladi. Uni tinmay kuzatdi. U ayol haqida maʼlumotlar yigʻa boshladi. Odina juda yosh edi. Endigina 25 ga kirgan boʻlsada ancha tirishqoq va yangilikka intiluvchanligi sababli maktabda ham, o'qituvchilar orasida ham hurmatga erishgan edi. 19 yoshida Toshkent Davlat Milliy Universitetiga Grand asosida kirdi. U yerda ham a'lo baholarga o'qidi. Odina oʻzi yashagan qishlogʻida oʻqituvchilik qilishni istadi. Aslida Odina va Yusuf maktabda birga o'qishgan... Yusuf Odinadan 3 yosh katta. Lekin hali uylanmagan edi. Odina esa oʻqishini tamomlashi bilan ota-onasining tanloviga binoan bir savdogar yigitga turmushga chiqdi. Yigit Toshkent, Samarqand, Namangan kabi shaharlar boʻylab savdo-sotiq ishlarini olib boradigan tadbirkor inson edi. To'ydan chamasi 1 oy vaqt oʻtgach g'alati hodisa roʻy berdi. Bir kuni Odinaning eri - Amirxonning telefoni jiringlab qoldi. Amirxon telefonini xonaga tashlab oʻzi tashqariga chiqib ketgan edi. Odina borib telefon goʻshagini koʻtardi.
- Alo, Amirxon aka!
Odinani chayon chaqqandek seskanib ketdi.
- Kim bu?!
Telefon qilgan ayol yuzim-ko'zim demasdan Odinaga bobillab ketdi.
- Haaa, senmisan oʻsha Odina deganlari?! Bilib qoʻy! Men Amirxon akamning ayoli boʻlaman! Toshkentdanman... O'rtada nikohimiz bor. 3 yildan oshdi birga yashayotganimizga... 2 yasharli o'g'limiz ham bor! Agar Amirxon akam sen bilan ajrashamasa men uni sudga beraman! Shu gapimni eringga yetqazib qoʻy!
Telefon oʻchdi. Odinaning rangida rang qolmadi. Yuzlari dokadek oqardi... Qoʻllari asabiy qaltiray boshladi. Endigina bir oylik kelin boʻlgandi... Endi bu hol nimasi?! Bir notanish ayol telefon qilib men eringni xotiniman deyishi... Yana bolasi ham bor ekan!
Eshik ochilib Amirxon kirib keldi.
- Nima boʻldi? Yuzing oqarib ketibdi?
- Mana bu kim?!
Odina shivirlagancha telefonni eriga tutqazdi. Amirxon telefondagi tanish nomerni koʻrib g'ijindi. Roʻparasida turgan Odinaga bir shapaloq qo'yib yubordi. Shapaloqning ovozi xona ichida jaranglab ketdi. Odina qulog'ini changallagancha yerga o'tirib qoldi.
- Nega telefonimga beruxsat tegasan?!
- Kim bu ayol?!
- Ishing nima?! Senga nima?!
- Bu nima deganiz? Axir xotinizman!
- Sen meni xotinim emassan shuni bilib qoʻy! Senga ota-onam xohlashgani uchungina uylanganman! Yolgʻiz oʻgʻilman onam kelin kerak degani uchun majbur boʻldim, tushundingmi?!
Odina xoʻngrab yigʻlay boshladi. Axir shu niyatda oila qurganmidi?!
- Axir menda nima ayb?! Sevmas ekansiz nega uylandiz?!
- Aytyapmanku?! Onamga yoqib qolibsan! Meni ona desang shu qizga uylanasan deb turib oldilar! Boshqa ilojim qolmadi...
Odina yigʻlar, Amirxon esa xona boʻylab asabiy yurib kelardi. Biroz oʻtib toʻxtadi... Odinaga asta lekin chaqib, uzib oladigan ohangda gapira ketdi.
- Nilufar bilan Toshkentda tanishganman. Ish boʻyicha borgandim. Koʻrdim-u yaxshi korib qoldim. Uning dadasi shahardagi mashina sotadigan katta bir shirkatning rahbari edi. Dadasining erkatoy qizi... Qishloqqa kelin boʻlishi mumkin emas edi! Uni qoʻlini soʻradim rozi boʻldi lekin bu yerga kelib ota-onamni hizmatini qilishni xohlamadi. Lekin meni ham juda sevardi. Men ham undan boshqasini demasdim. Oxiri u dadasini koʻndirdi. Nikohdan oʻtdik. Qaynotam shahardan 3 xonali kvartira sovgʻa qildi. Oʻsha yerda yashay boshladik. Unga uylanganimni ota-onam bilishmaydi. Aytishga jurʼat qilolmayotgandim...
U avvalo maktabga bordi va sinf rahbari Odina opani soʻroqqa tutdi.
- Avtobus qaysi payt buzildi?
- Soat 3 larda. Uyga qaytayotgandik. Yoʻl o'rtasida birdan yurmay qoldi.
- Tuzalishiga qancha vaqt ketdi?
- Chamasi 40 daqiqa... Soatga qaraganimda 15 takam 4 edi...
- Qizlar qachon suv ichgani ketishgan edi?
- Avtobus buzilgan payti... 2-3 daqiqa oʻtib aylanib kelamiz deyishdi...
Yusuf Odina opaga o'tkir nigohi bilan tikilib qoldi.
- Sizningcha... Oʻsha chashmaga borib suv ichish uchun qancha vaqt ketadi...?
- 10-15 daqiqa. Chashma uncha uzoq emasdi... Shunday jarlikni ostidagi buloq yonida edi...
- Siz nega 15 daqiqada emas, 40 daqiqa o'tganidan keyin qizlardan xabar oldiz?!
Yusufning savolidan Odina opa qo'rqib ketdi. Nima deyarini bilmay shoshib qoldi.
- Bilmasam... Men dam olib o'tirgandim. Avtobus tuzalsa chaqiraman degandim...
- Nega?! Vaxtliroq qizlardan xabar olmadiz?!
- O'zlari kelib qolishar degandim!
Odina opa yigʻlay boshladi. Yupqa lablari titrab ketdi.
- Men sizni ustizdan jinoiy ish ochaman!
Odina opa jon holatda oʻzini yerga tashladi.
- Aka! Unday qilmang... Rosti meni aybim yoʻq!!! Men biagandim bunaqa boʻlishini! Bilganimda edi... Oʻzim ham qo'shilishib borardim, yigitlarni ham olvolardim! Ishoning menga iltimos...
- Balki bilmagandirsiz... Lekin sizni mana shu eʼtiborsizligiz va beparvoligiz oqibatida meni guldek singlim tuproq ostida yotibdi hozir! Har kim qilgan ishiga javob berishi kerak, xususan siz ham!
- Jon aka! Unday qilmang, yolvoraman...
- Siz ularga mas'ul ediz! Ko'z quloq boʻlib turishiz kerak edi! Begona joyga yolgʻiz o'zlarini joʻnatgansiz! Sizda ham yetarlicha ayb oʻtgan...
- Bilaman... Tan olaman... Biroz eʼtiborsizlik qildim. Lekin ishoning atayin qilmadim! Chashma yaqinku, suv ichib qaytishadi deb o'ylagandim...
Odina opa yum-yum yig'lardi. Yusuf bu qizga ichidan achinsada lekin aybdor deya bilar, hatto jinoyatga sherik ham boʻlishi mumkin deya gumonda edi. Shu sabab koʻngil boʻshlik qilgisi kelmadi.
- Aniqlaymiz! Aniqlayman! Singlimni oʻlimida kimlar aybdor bo'lishsa, hammalari javon berishadi! Hammasi!
Yusuf shunday deganicha shaxt bilan sinfxonadan chiqib ketdi...
* * *
Yoʻl chetida yoshgina bolakay turardi. Atrof issiq. Koʻcha yondiraman deydi. Bolaning ust boshi tuproqdan kir bolib ketgan... U qum oʻynab o'tirganicha onda-sonda boshi ustidagi quyoshga g'ijinib qarab qo'yardi. Bir payt qora Nexia rusumli mashinada yosh yigitcha keldi. Bolaga zimdan qaradi. Yuzlarida allaqanday istehzoli kulgu paydo boʻldi. Mashinasidan tushdi. Qoʻlida shirinlik...
- Salom bolakay...
- Assalomu alaykum, amaki...
- Va alaykum assalom! Qalesan?
- Zoʻr...
Bola burnini tortib qo'ydi.
- Shu issiqda koʻchada nima qilyapsan?
- Ayam bozorga ketganlar. Menga yangi kiyim olib keladilar! Ularni kutib oʻtiribman! Uyda zerikib ketdim.
- Bir oʻzingmisan?
- Yoʻq... Opam bor. Uyda kir yuvyaptilar...
Yigit qoʻlidagi shokoladni bolaga tutqazdi.
- Ma... Shokoladni yaxshi koʻrasanmi?
Bolakay quvonib ketdi. O'ylab o'tirmay yigitning qoʻlidagi shokoladni oldi.
- Judayam yaxshi koʻraman. Lekin ayam bermay qo'ydilar. Tishim ogʻrib qolarkan...
- Bu tishni og'ritmaydi. Olaqol...
Yigit bolaning boshini asta siladi. Oʻrnidan turib mashinasiga oʻtirdi. Bolani kuzata boshladi. Bolakay shokolad qogʻozini ochib uni yeya boshladim. Uzogʻi 5-6 daqiqada... Bolakayning koʻzlari asta yumilib ketaverdi. Qum ustiga boshini qoʻyib uxlab qoldi. Yigit aynan shuni kutib turgandi, mashinadan tushib bolani dast koʻtardi. Atrofga bir-ikki alanglab qaradi. Hech kim yoʻqligiga ishonch hosil qilgach, mashinasiga bolani soldida, koʻchani changitib tezgina bu mahalladan ketib qoldi...
3-QISM TUGADI.
⏰08.04.2025. 9:20
@hikoyalar_sahifasi
Shavkat aka qizini feʼlini biladi. Qizini aslo xafa qilish mumkin emas! Azarlab hammani xunob qiladi keyin. Shu sababdan doimo har qanday talabini, har qanday istagini bajo keltiradi.
- Xoʻp qizim, xoʻp. Faqat u koʻylakni oyiz bilan birga borib olasiz... Oʻzizni yolgʻiz joʻnatmayman.
Malika juda suyunib ketdi. Dadasining boʻyniga osildi.
- Rahmat dadajonim!
- Asal qizim... Hamma topgan pulim siz uchun-ku?!
Shavkat aka oʻgʻillarini sensiraydi, hatto ayolini ham sensirab gapiradi. Lekin qizini chaqaloqligidan sizlagan! Shavkat aka avvalboshidan qiz xohlagan ekan. Qiz bolalarni judayam yaxshi koʻrardi. Nima boʻldiki ayoli ketma-ket 4 ta o'g'il tugʻdi. Bu payti Gulmira opa ham 40 ga yaqinlashib qolgan edi. Ham sog'lig'ida muommolari paydo boʻla boshladi. Shavkat aka qizi yoʻqligidan qattiq siqilardi. Uyga ichib keladigan odat chiqardi. Gulmira opani "Nega qiz tug'maysan?! Men ham shiringina qizalog'im boʻlishini xohlayman!"deya urib, so'kib kun bermay qoʻydi. Oxiri Gulmira opa bir yil qattiq davolandi. Va 43 yoshida Malikani dunyoga keltirdi. Shavkat aka qizi tugʻilgan kuniyoq ichkilikni tashladi. U judayam yaxshi, mehribon insonga aylandi qoldi.
Malika maktabda uncha yaxshi oʻqimasada lekin hunar bobida ancha salohiyatli edi. Tikish-bichishni, toʻqishni, qogʻozdan o'yinchoqlar yasashni bilardi. Yana qoʻli shirin pazanda! Har qanday pishiriq boʻladimi, salat boʻladimi, yoki biron taom bir marta qanday tayyorlanishini koʻrib olsa bas, qilaverardi.
Mana bu erka, shaddod qiz ham voyaga yetdi. Maktabni bitirish ostonasida turibdi! Oldinda porloq kelajak kutmoqda...
YULDUZ
Koʻrimsiz va yoqimsiz! Har holda Yulduz oʻzini mana shundaylar qatoridaman deb bilardi. Oddiy bir dehqonning qizi. Oilasi harob ahvolda... Roʻzgʻorga bazoʻr pul topishadi. Onasi mardikorlikka chiqadi. Tong saharda shaharga kirish yoʻlidagi bahaybat chinor ostida turgan yuzlab qora ishchilar orasida Yulduzning onasi ham bor. Yulduzning otasi ham, onasi ham qorachadan kelgan odamlar. Shuning uchun Yulduz ham qoramag'iz qiz... Oilada u yolgʻiz farzand emas. Ikkita opasi bor. Yulduzning dadasi Dilshod aka katta qizini uzatish uchun hovlisini yarmini sotdi. Kuyov tomon mebel, parda, gilam yana shunga oʻxshash narsarni hammasini kelin tarafga yukladi. Kambagʻalni tuyani ustida ham it qopadi deyishganlaridek oʻzi nochor ahvoldagi oila battar qashshoqlashdi. Toʻy ham oʻtdi. Endi navbat yana bir opasiga keldi. Bu opasi oiladagilarga oʻxshamas edi, qandaydir boshqacha chiroyli qiz. Bugʻdoyrang tanasi, kelishgan qomati va juda goʻzal yuzi bor. Yulduzning bu opasini ismi Ziyoda boʻlib oshiqlari ham ismiga monand ziyoda edi... Oxiri boʻlmadi! Sovchilar deyarli har kuni kelishar, qiz chiqarishga sharoitimiz yoʻq deyishsa ham foydasi yoʻq edi. Noiloj qolgan Dilshod aka hovlisidan yana bir qismini sotib yubordi... Oʻzlari katalakday hovlida kenja qizi Yulduz bilan qoldilar.
Yulduz rosmana dalada katta boʻldi. Yer chopish, ekin ekish, ularni sugʻorish... Hamma hammasi qoʻlidan kelardi. Sentyabr, oktyabr oylarida paxta terimiga chiqadi. Yosh, chayir boʻlgani uchun hammadan hatto oʻzidan 7-8 yosh katta xotinlardan ham koʻp paxta teradi. Topgan pullarini tiyn-tiynigacha dadasiga olib kelib beradi. Mehnatkash bu qizning qoʻllari qadoq boʻlib ketgan, lablari ham yuzining ranggi ham xiralashgan, lekin koʻzlari... Ha! Uning koʻzlari hamisha porlab turardi!
Maktab vaqtida juda yaxshi baholarga oʻqidi. Ham uy yumushlari, ham daladagi mehnatdan ortib bilim olish har kimgayammas! Lekin Yulduz hammasiga ulgurardi, hammasini eplardi! Nafosat bilan yaqin dugona boʻlib qolishlari hech ham kutilmagan hol boʻldi. U hamisha bu maktabning eng goʻzal qizi deya eʼtirof etiladigan sinfdoshidan oʻzini olib qochardi. Lekin nima boʻldiki Nafosat u oʻylaganchalik kibrli, manmansiragan qizlardan emasligini tushundi. Tez fursatda bir birlari bilan yaqin boʻlib qoldilar. Sirdosh, dildosh dugonalarga aylanishdi.
Biroz vaqt oʻtib palitsiya mashinasi paydo boʻldi. Undan 3-4 ta palitsiyachi tushishdi.
- Aka... Qoʻlidagi gugurtni tashlang! Bilaman alamzadasiz... Lekin bu yoʻl bilan hech narsaga erisholmaysiz!
- Men qizim shunaqa qismat topsin deya shu maktabga joʻnatganmidim?!
- Akaaa... Bu Allohni irodasi! Bunda maktabni ayblamang! Allohga shirk keltirish yaxshimas!
- Nega aynan meni qizim?! Meni qizim kimga qanday yomonlik qilgandi?!
- Sizdi qizizdan tashqari yana 4 ta qiz shu ahvolda topildi aka! Aybdorlarni, qotillarni albatta topamiz! Tegishli jazolarini qonun beradi!
- Ularni topib qiynab o'ldirish kerak! Vaxshiylar! Qonxoʻrlar!
Palitsiyachilar Shavkat akani asta tinchlantirishdi. Qoʻlidagi gugurtni oldilar va Shavkat akani ham oʻz yonlariga olib keldilar...
- Aka aslida hozirgi qilgan ishiz jinoyat! Lekin men ham otaman! Farzand dogʻi juda yomon, tushunaman... Shu sabab sizga chora koʻrmaymiz... Uyizga boring aka, qizizni haqqiga duo qiling... Inshaalloh qiziz shahid ketdi. U hur holida Yaratgan oldiga bordi. Hozir qiziz oʻylaymanki Jannat boglarida sayr qilib yuribdi...
Shavkat aka yig'ladi. Koʻz yoshlari toʻxtamay oqa boshladi. U qizini judayam yaxshi koʻrardi... Menimcha hamma dadalar qizlarini judayam yaxshi koʻrishadi.
- Uni oʻrniga men oʻlsam bolmasmidi?! Juda qiynalyapman oʻgʻlim... Uyga borsam uyimning har burchagidan qizalogʻim Malikamning shodon ovozi eshitilib turadi...
- Aka sabr tilayman... Inshaalloh qiziz bilan Jannatda diydorlashasizlar. Oʻzizni yoqsangiz, minglab oʻquvchi taʼlim oladigan maktabni yoqsangiz Alloh sizdan rozi boʻladimi?! Jannatga emas, Jahannamga ketasiz! Qizizni hech qachon koʻrolmaysiz keyin!
- Alloh saqlasin, oʻgʻlim...
Shavkat aka chayqala-chayqala uyi tomon yoʻl oldi. Uning ortidan politsiyachi yigit homush uhh tortdi... Bechora otaga qalban achinardi...
* * *
Tibbiy ekspertiza natijalariga koʻra qizlarning ichki aʼzolari kesib olib ketilganligi aniqlandi. Ulardan hatto iliq ham olishganiligi maʼlum boʻldi. Bu hol butun tumanni lahzaga keltirdi. Qizlarning jigar, buyrak, yurak va qoʻl-oyoqlaridagi iliqlari olib ketilgan edi! Bu vahimali xabar atrofga tarqaldi. Jinoyat qidiruv boʻlimidagilar bu jinoyat uyushtirilgan va qizlarning ichki aʼzolari chet davlatda donarlik uchun sotib yuborilgani haqida axborot berishdi...
Kamron singlisini o'likxonadan oldi. Uni dafn etmoqchi edi. Singlisining boʻlak boʻlak qilib tashlangan jasadini koʻrgan zahoti koʻzlaridan dengiz misol yosh oqdi... Yogʻoch qutiga joylangan jasadni uyga olib keldi va uni yuvish uchun yuvg'ich chaqirtirdi.
- Boʻlaklangan murdani oldin hech yuvmaganman, qoʻrqaman...
- Unday demang opa! Singlim Allohni huzuriga pok holda ketsin! Iltimos qilaman. Qancha so'rasangiz beramiz!
Kamron, Azamat va Yusuf g'assol xotinni bazoʻr koʻndirdilar. Azamat tobut yasatib keldi. Kafan keltirdilar... Nafosatning jasadini avaylab kafanga o'ray boahlashdi... Keyin esa tobut ichiga solindi... Hovlida yigʻi sigʻi avjiga chiqdi...
- Jonim qizimaaaaa! Singlimdan qolgan yodgonimaaaaaa! Yoshgina ketgan Nafosatimmmmm!
Nafosatning xolalari va ammalari bor ovozlari bilar "Jigarimmm!", "Jigarimmm!"lab butun mahallani boshlariga koʻtarishdi... Domla kelib maʼruza oʻqidi. Qurʼon tilovat qilindi.
- Bu qiz hur ketdi! Inshaalloh abadiy joyi Jannatdir! Oʻgʻri bilan urushib oʻlgan odam shahid deyilgan! Qotil qoʻlida jon bergan bu qiz ham shahidlik maqomidadir!
Domla jon kuydirib gapirar, boʻlgan hodisa unga ham anchayin taʼsir koʻrsatgani yaqqon bilinib turardi. Soʻng qoʻllar fotiha uchun ochildi... Har kim bu norasida, hali 16 ga ham to'lmagan yoshgina qizni haqqiga duolar qildi. U va boshqa 4 nafar qiz uchun ham qoʻllar duo uchun ochildi...
Kamron akalari bilan birgalikda tobutni asta yelkalariga ortdilar va qabriston tomon sekinlik bilan odimlay boshladilar...
2-QISM TUGADI.
⏰04.04.2025. 12:55
@Gaplarim_Sahifalar
- Hurmatli ota-onalar! Hurmatli ota-onalar iltimos tinchlik saqlaylik! Iltimos qilaman! Men 02 ga qo'ng'iroq qildim... Yoʻqolgan qizlar albatta toliladi! Iltimos Odinaxon ham atayin qilmagan-ku?! Bu bir baxtsiz hodisa...
- Oʻzi hammasiga siz aybdorsiz! Yoshgina o'qituvchisi sinf rahbari qilib qo'ygansiz!
- Odinaxon yosh boʻlsada bilimi kuchli, ancha tirishqoq o'qituvchilarimizdan...
- Koʻrdik! Qanaqa tirishqoqligini!
Chamasi yarim soatlardan soʻng palitsiya hodimlari yetib kelishdi. Odina opadan, shofyordan va qolgan 15 nafar boladan bittama-bitta voqea qanday boʻlganini soʻrashdi.
- Siz shu sinfni rahbari boʻlasizmi?
Odina opa piqillagancha bazoʻr javob berdi.
- Ha...
- Qizlarning yoʻqolganini qachon sezdingiz?
- Asr vaqti edi... Avtobus tuzalgach ularni qidirib chashmaga bordim... Ular yoʻq edi. Keyin ommaviy hamma joyni qidirishga tushdik...
Odina opa yig'lab yubordi. Kaftlari bilan yuzini toʻsib oldi.
- Ularni topolmadik!
- Xoʻsh... Siz nega qizlarni yolgʻiz oʻzini jo'nattingiz? Birga bormadingiz?
- Suv olib kelamiz, tez kelamiz deyishgandi... Men qandaydir juda toliqqandim. Birga borsam boʻlarkan...
- Xmm... Mayli hozircha shular. Keyin yana gaplashamiz siz bilan.
Tergovchi blaknotiga nimalarnidir yozib oldi. Barchadan voqea tafsilotlarini eshitgach, bir guruh bilan voqea sodir boʻlgan oʻsha adirlikka ketishdi...
* * *
Hidni aniqlaydigan itlar va yoʻqolgan qizlarning sumkalaridagi buyumlar yordamida iz olindi... Adirlikning eng chekkasidagi jarlikka keldilar, itlar bezovta boʻlib tinmay akillay boshladi. Jarlik ostiga tushishdi. Bu yerda suv yoʻq. Deyarli qup-quruq jarlik xolos. Baʼzi joylarda yantoqlar, tikanli oʻsimliklar oʻsib yotibdi. Itlar sergak torttilar va jarlik boʻylab hid olganlaricha yura boshladilar. Bir guruh palitsiya hodimlari, jinoyat qidiruv boʻlimi hodimlari itlarning ortidan kelaverishdi. Itlar bir nuqtaga yetganlaricha aylana boshladilar... Tinmay akillagancha dumlarini asabiy likkillata boshladilar.
- Janob... Shu yerni kavlaylikmi? Itlar shu yerda aylanishyapti...
Politsiya boʻlimi boshligʻi qaygʻuli bosh chayqadi...
- Nahotki oʻlishgan boʻlishsa? Essiz! Yosh qizlar...
Lapatkilar olib kelindi. 5-6 ta politsiyachi itlar koʻrsatgan joyni kavlay boshladilar... Daxshat! Barcha koʻrgan manzarasidan hayratga tushdi. Qizlarning barchalari shu joyga ustma-ust qilib tashlangan... Eng daxshatlisi barchalarining qoʻl va oyoqlari tanalaridan ajratilib kesib tashlangan edi! Yuz koʻzlari qon bilan belangan bu qizlarning barchalari boʻlaklarga boʻlingan holda chuqur ichida qalashib yotardi.
- Yo Alloh! Bu qanday vahshiylik!!!
Politsiya rahbari koʻrgan manzarasidan koʻngli buzulib ketdi. Yuzi, ranglari dokadek oqardi. Qizlarning qanday gunohi bor ediki ularga shunday oʻlim bitildi ekan?! Politsiyachilar maxsus qo'lqoplar kiyishib chuqur uchidagi 5 nafar murdasi asta ola boshladilar. Qizlarning tanasi, qoʻllari va oyoqlarini alohida alohida qilib qo'yishdi. Chuqur ichidan guppillab qon isi koʻtarildi. Qizlar uchun alohida-alohida yogʻoch qutilar keltirildi. Unga avval qizlarning tanasi keyin esa kesib olingan aʼzolari ohistalik va ehtiyotkorlik bilan joylashtirildi. Bu vahshiy qotillik edi! Atrofdan biron bir iz topish maqsadida anchagacha kuzatish, tekshirish ishlari olib borildi. Pichoqqa ilinadigan hech qanday dalil topisholmadi. Qotillar barcha izlarni oʻchirib ketishgani va bu qotillik tasodifiy emas, uyishtirilganligi maʼlum boʻldi...
Yogʻoch qutilarga murdalar joylangan kichikroq yuk mashinasiga ortildi... Politsiyachilar ham mashinalarga chiqdilar va ortga qaytish uchun yoʻl yurdilar...
* * *
1-OY OLDIN...
"Kapalakday kelib qoshingga, ko'zingga termulib umrim o'tsaydi...
Nima ham ko'ribman men yigit boʻlib?!
Sochingni silashga qoʻlim yetmaydi..."
Қишлоққа чақирди отам кўп бора
“Болангни етаклаб келиб кет”, деди
Бошлиққа айтишга ҳаддим сиғмас ҳеч,
Тугамаган ишлар жуда кўп эди.
Харжларни ўйлардим, борди-келдини,
6 соатлик йўл, интернет, ишим,
Баҳона излаш-ла ўтаверарди
Кўп баҳорим, ёзим, кузларим, қишим.
Отам “Кел, олдимга бир ўтир”, дерди,
Анов жўрам бор деб кўргани кетдим.
“Кел, энди бугун мен билан ёт”, деса
Ҳижолатман бўламан, ўзимни тортдим.
Кўнгилдан гаплашиб ололмадим ҳеч,
Ичида не сирлар асради отам.
50 минг ташласам телефонига,
Суюнчи олардим ўзимча ҳотам.
“Ҳаётинг яхшими?” дер эди баъзан,
“Пулинг борми?” дея сўрарди бот-бот.
Қийналиб турсам ҳам “тўкисман”, дея,
Қаддини эгмасин дер эдим ҳаёт.
Билсам бўлар экан баъзан истисно,
Тушунаркан ахир айтса бошлиққа.
Ҳамма ишни ташлаб ўз ҳолига жим,
Отамни кўмгани кетдим қишлоққа...
Нуриддин Зиё
- Xoʻp boʻladi ustoz!
Odina opa qizlar bilan birgalikda lolalar tergani ketishdi. 3-4 ta yigit olib kelingan masalliqlarni shu yerga yaqin oahxonaning oshpaziga topshirdilar. Abedga dimlama buyurib kelishdi. Qizlar rossa yayradilar, bu yerni manzarasi nihoyatda goʻzal... Osmoni sof... Bulutlari xuddi yumshoq paxta singari koʻrinadi. Nafosat Yulduz bilan ancha lolalar terishdi... Vaqt ham abedga yaqinlashib qoldi. 2 ta yigit qizlar tomon yugurib kela boshlashdi.
- Ustoz... Ovqat tayyor boʻlibdi!
- Aha! Hozir boramiz... Qizlar! Qizlar! Kettik...
Odina opa va 8 nafar qizlar togʻdan pastga tusha boshlashdi. Hammalari ovqatlandilar... Negadir yigitlardan 3-4 tasining koʻzlari qizarib qolgandi... Odina opa avvaliga parvo qilmadi. Lekin ularning boʻlar boʻlmasga hiringlashi va algʻov-dalg'ov gaplari shubhaga solib qoʻydi. Yoniga yaqinlashdi... Yigitlardan shunday qoʻlansa hid anqib turardi.
- Komil, Sanjar! Ichib olganmisanlar?!
Komil hiringlab kula boshladi. Nig'mat ham Sanjar ham suzilganicha unga joʻr boʻldilar...
- Ozgina qittay-qittay qildik ustoz...
- Astagʻfirulloh! Senlar hali ichasanlarmi?! Boriboq ota-onangga xabar beraman! Hali bola boʻlsang, uyalmaysanmi?!
Odina opaning chinakamiga jahli chiqqandi. Oʻzi maktabdagi eng yomon xulqli yigitlar shu uchchalasi edi. Doim Uch mushketyorlardek birga yuradigan bu yigitlar unga sira ham yoqmasdi... Mana endi bu yaramaslarning ichishini ham bilib oldi! Bularga qattiqroq chora koʻrilishi kerak!
Odina opa va qizlar birgalikda katta dasturxon yozishib yam-yashil maysalar bor joyga oʻtirdilar... Yigitlar ham bularga yaqinroq joyga dasturxon yozishdi. Ovqatlandilar... Yana bir-ikki soat atrofni aylanishdi. Esdalik uchun turli narsalar sotib oldilar... Sayohat juda ham yaxshi, koʻngildagidan ham ziyoda boʻldi! Endi ketish kerak edi...
Bolalar va ularning ustozi Odina opa avtobusga chiqishdi... Ortga... Uyga qaytish...
Chamasi bir soatcha yoʻl yurilgach, avtobus oldi tutay boshladi. Shofyor tezgina tushdi. Kapotni ochib biroz chuqulangan boʻldi! Aksiga olib atrofda ulardan boshqa hech zogʻ koʻrinmasdi. Avtobus atrofi keng qir-adirlar bilan oʻralgan yoʻlni oʻrtasida toʻxtab qolgandi...
- Nima gap? Tinchlikmi?
- Haaa... Biroz ishi chiqib qoldi-yu... Yarim soat, bir soat vaqt kerak menga...
- Obbo... Soat 3 dan o'tdi-ku?! Qachon uyga yetamiz?
- Endi nima qilay opa?! Buzulib qoldi. Koʻrib turibsiz-ku?!
Odina opaning yuragi siqildi... Bolalar ham avtobus ichida tek oʻtiraverib zerikib ketishdi. Bu yerda juda shirin chashma bor deb eshitishgan edi... Chashma suvi shunday zilol ekanki... Har dardga davo emish...
- Ustoz... Avtobusimiz tuzalguncha atrofni aylanib kelsak maylimi? Mana shu adirlikni pasida shirin chashma bor deb eshitgandim
🌶️QALAMPIR (Detektiv hikoya)
1-QISM.
Muallif: ✍Usmonaliyeva Munira.
"Gulim... Mehr koʻzda degani yolgʻon..." Nafosat unga notanish bir kimsadan berib yuborilgan kitob muqovasiga zarhal harflar bilan bitilgan sheʼrni asta pichirlab oʻqidi. Beixtiyor yuzida, koʻzlarida allaqanday quvonch aks etdi. Unga anchadan beri bir yigit oshiq... Anchadan buyon turli sovgʻalar, alvon rangli gullarni sirli tarzda hadya etishdan charchamaydi. Nafosat bu yigitni hayollarida tasavvur qilar, uni kelishgan, mard va albatta chiroyli deb bilardi. Xufyona tarzda bu sirli oshig'iga oʻzi ham oshiq edi! Bugun Juma... Unga har juma yangi bir kitob sovgʻa qilinadi... Va albatta muqovasida chiroyli sheʼrlardan 2 qator yoziladi...
Nafosat kitobni asta berkitdi. Sumkasiga avaylab soldi. Uning mayin, qahvarang sochlari bahor shabbodasida asta tebrandi. Bir payt ortidan kimningdir baqirib uni ismini aytib chaqirayotgani qulog'iga chalinib qoldi.
- Nafosaaaaaaat! Nafosat!
Nafosat oʻgirilib qaradi. Yaqin dugonasi Yulduz ekan. U shosha-pisha yugurib kelar, yuzlari bahor havosi tasiridami yoki boshqa bir sababdanmi qizarib ketgandi. Yulduz Nafosatning oldiga yaqinlashdi.
- Voyeeey... Nafo! Qachondan beri chaqiraman qaray demaysan!
- Ha, tinchlikmi?
- Tinchlik... Bilasan yaqinda imtixonlarimiz ham tugaydi. Maktabni ham bitirdik... Shunga sinfdoshlar biror joyga aylangani borsakmikan degandim...
Nafosat oʻylanib qoldi. Uning akalari juda qattiqqoʻl yigitlar. Ostona hatlatib koʻchaga chiqarishmaydi. Uzoqroqqa aylangani ruxsat berishmasa kerak...
- Bilmadim... Akamlarni bilansan-ku?! Baribir ruxsat bermaydilar...
- Voooy oʻrtoq... Unaqa dema... Axir 11 yil ichida biron marta biz bilan aynanishga chiqmading! Mana bu yil oxirgi yil! Keyin sinfdoshlar diydor koʻrishamizmi yoʻqmi... Akalaringni bir amallab koʻndir...
Yulduz Nafosatga yalinchoq qiyofada qaradi. Nafosat ham ochigʻi judayam aylangani borgisi kelayotgandi. Sababi haqiqatdan ham bu yil oxirgi yil... Keyin sinfdoshlarini koʻrish yoʻq... Keyin oʻzi ham ancha toliqdi... Shu bahona biroz boʻlsada koʻngil yozib kelarmidi... Nafosat shularni hayolidan oʻtkazdi. Akalarini bir amallab koʻndirishga qaror qildi.
- Jon aka... Iltimos... Axir maktabni bitiryapman. Bundan oldingi yillari borma degan joyizga bormadim... Chizgan chizig'izdan chiqmadim. Shu safar ruxsat bering.
Nafosat qoshlari qop qora, yuzi oʻta jiddiy va kamgap boʻlgan akasiga iltijoli termulib qarab qoldi. Akasi yoʻgʻon ovozda singlisiga javob berdi.
- Nafosat... Seni uzoqqa ishonmayman. Oʻzing yaxshi bilasan ota-onamiz oʻtib ketishganlaridan keyin seni himoya qilish bizni zimmamizga tushgan!
- Akajon... Bilaman, siz ham akalarim ham meni juda yaxshi koʻrasizlar... Men ham maktabdagi oʻrtoqlarimni yaxshi koʻraman... Bitirib ketsak, bir-birimizni yana qayerda koʻra olamiz, xoʻsh?!
Nafosatning 3 ta alpomishdek akalari bor. Hammalari baland boʻyli, keng yelkali, gavdali yigitlar... Eng kotta akasi yaqindagina uylangan, ayoli bilan Namangan shahrida yashashadi... Bu yerdan koʻchib ketishlariga akasining ishi sabab boʻldi. Ish joyi Namangan shahriga koʻchirilgach, bular ham oʻsha yoqqa ketishga majbur boʻldilar. U akasining ismi Azamat. Oʻrtancha akasi Toshkentda yuridika yoʻnalishi boʻyicha oʻqiydi... Boʻlajak yurist! Uni ham aslida uylanadigan vaqti yetdi, lekin avval oʻqib kariera qilib olay, uylanish qochmas, deya toʻy qilish mavzusini ancha orqaga surdi... U akasining ismi Yusuf. Kenja akasi Nozimadan atiga 1 yarim yosh katta yigit. Oʻtgan yili maktabni bitirdi, hozirda oliygohga kirish uchun imtihonlarga tayyorgarliklar bilan band. Nozimaning jiddiy va kamgap akasi mana shu yigitcha - Kamron boʻladi!
Bundan 3 yil oldin Nafosatning ota-onasi avtohalokat natijasida vafot etib ketishgan... Katta yoʻlda birdan dadasining mashinasini tormozi ishdan chiqadi, mashina boshqaruvni yo'qotadi va roʻparasida kelayotgan katta bir yuk mashinasiga urilib ketadi... Oʻsha kuni mashinada Nafosatning oyisi Nodiraxon xola ham bor edilar... Ikklalari ham omonatlarini oʻsha voqea bolgan joyni oʻzida topshiradilar.
– Ўн еттида, – деди у. – Ҳадемай ўн еттига тўламан.
– Бошқа укаларинг, сингилларинг борми?
– Йўқ, ёлғиз ўғилман.
– Қандай қилиб сени урушга жўнатишди, ёлғиз фарзанд бўлсанг? Ҳали ўн еттига ҳам тўлмаган бўлсанг?
– Ургутга бориб, ариза бердим «Мени урушга жўнатинглар», дедим. Жўнатишди.
– Қаҳрамон бўлгинг кепти-да? – дедим озгина аччиғим чиқиб. – Майли, эҳтиёт бўл! Бу ер уруш, энангнинг уйи эмас. Энг муҳими, қўрқма. Ҳеч қачон орқангга қарама. Эртани ўтказсанг бўлди, индин эски жангчи бўласан-қоласан.
Эртасига эса ҳақиқий қирғин бошланди. Икки соат самолётлардан, тўплардан бомбардимон қилган фашистлар мўр-малахдек ёпирилиб кела бошлашди. Қўмондоннинг буйруғига кўра, ўн мингга яқин турли хил жиноятлари учун жазо муддатини ўтаётган маҳбуслар, армиядан қочган аскарлардан тузилган «штрафной батальон» жангчилари биринчи чизиққа қўйилди. Иккинчи чизиққа мен кеча оташин нутқ ўқиган аскарларимиз қўйилди. Учинчи чизиқдан эса биз, «махсус батальон»чилар, жой олдик. Ҳадемай, тутун ва чанг-тўзондан олдинда ҳеч нарса кўринмай қолди. Бизга ўша чанг-тўзондан ҳеч ким биз томонга чиқмаса бўлди эди. Чиққани бизнинг ўқимизга учар эди.
– «Штрафниклар»дан бирор киши қолмади, бизникиларни тутдай тўкишаяпти, – деди қочиб чиққан бир рус йигити.
– Нега ўшалар билан бирга ўлмадинг? – дея автоматдан ўқ узди ёнимдаги лейтенант.
Аскар ўроқда кесилган ўтдек йиқилди.
Бир маҳал қарасам, менга қараб қон оқаётган бошини чангаллаб, Сулаймон югуриб кетяпти.
– Қайт, Сулаймон, қайт! Мумкин эмас!
– Ўқимиз тугади, Иброҳим ака, ярадор бўлдим.
– Қайт, ўлмайсан! Ўлганларнинг ўқини ол!
Шу пайт ёнимдаги лейтенант менга нафрат билан тикилиб, деди:
– Маҳаллийчиликми?! Ўзингнинг ўзбегингни аяяпсанми? Мен буни керакли жойга етказаман.
Бу ўшанда ҳамманинг қўлидан келадиган иш эди. Бориб айтса, мени буйруқни бажармаганим учун шу ернинг ўзида отиб ташлашлари аниқ эди. Бу орада Сулаймон ҳам яқин келиб қолган эди. Миям яшин тезлигида ишлади. Тўғри қарор қабул қилдимми, нотўғрими билмадим. Аммо мен…
... мен Сулаймонни отиб ташладим!
Ўз аммаваччамнинг ёлғиз боласини, Худодан тилаб-тилаб олган боласини тариллатиб отиб ташладим. Отамнинг дўстининг, у ўлгач, чироғини ёқиб ўтириши лозим бўлган ёлғиз ўғлини қонига ботирдим.
Ана шу «қаҳрамонлигим» Жуковгача етиб борибди. Ҳаммага намуна қилиб кўрсатди мени. «Ҳамманг Сатторовдек бўлсанг, албатта ғалаба қиламиз», деди. Кўкрагимга «Қизил Юлдуз» тақди, ўз қўли билан анави ханжарни совға қилди.
Ўша ханжарни урушдан кейин бир неча марта юрагимга санчмоқчи бўлганман. Масжидларга борсам, Жаббор ака ўғлининг ҳаққига тиловат қилишларини эшитганимда чидолмасдим.
Энам раҳматли бир куни «Салима амманг Пари фолчига борибди, «Ўғлингиз тирик, кутинг, яқинда кириб келади», деганмиш. Амманг «Ўғлим келса, шошиб қолмай», деб беқасам тўн тиктиряпти», деганларида шу ханжарни юрагимга тўғрилаганман. Ўзи ҳам бир куни келиб, «Иброҳимжон, сенам урушдайдинг, Сулаймоним ҳам «Иброҳим акамдай жасур жангчи бўламан», деб кетувди. Ҳеч уни учратмадингми?» деб сўраб қолдилар. Кўзларига қарасам, кўзлари «Биласан-ку, айт, Иброҳим», деб турибди. Тошга айланиб қолганман ўшанда. «Қизиқсан-а, Салима, урушда эллик миллион одам қатнашди. Ибройим сени ўғлингни қаердан кўради? Ибройим қаерда урушди, Сулаймонинг қаерда урушган? Бир қишлоқнинг боласи урушда учрашиши ҳеч бўлмайдиган иш, тўғрими, ўғлим», дегандилар отам раҳматли. Мен индамай чиқиб кетгандим. Ана шу ку¬ни яна бир марта шу ханжарни ўзимга урмоқчи бўлганман. Аммо ўлишдан қўрққанман, Худодан қўрққанман. Ана шунақа гаплар, болам.
6.
Мана, бу гапларгаям ярим асрдан ошиб кетди. Жаббор акаям, Салима аммамиз ҳам, ота-оналаримиз ҳам ўтиб кетишди. Урушга борганлардан Жаласойда ҳам ким қолди, учта бобонг: мулла Исмоил, Хўжақул бобонг, Раббим чол қолди, сойдан нарида Фозил бобонг, Мусурмон дўмни отаси Ражаббой бобонг қопти-да. Аммо ҳалиям тушларимга уруш киради. Ўзим отиб ташлаган ўзимизнинг жангчилар киради. Қон оқаётган бошини ушлаб менга ишониб, менга қараб келаётган Сулаймон киради, болам. Доимо кўзлари очиқ киради.
– Болаларим! – ҳайқирарди ўқитувчимиз. – Биз, оталарингизга, муносиб бўлинг! Бизларни унутманглар!
Биз уларни ҳеч қачон унутмаймиз. Ҳаммасининг жойлари жаннатда бўлсин, илоҳим.
4.
Аммо Иброҳим бобо мактабларга келмас эди. Учрашувларда ҳам иштирок қилмас эди. Колхознинг катталари бориб, олиб келадиган зиёфатларда ҳам бир чеккада ўтириб, бир чеккадан кетарди. Уруш ҳақида ҳеч қачон гапирмасди, Иброҳим бобо.
Мен у кишини йўқлаб кўп борганман, аммо бир оғиз ҳам уруш ҳақидаги хотираларини ёзиб ололмаганман. Бугун ана шу Иброҳим бобо мени йўқлабди.
5.
– Бизнинг ҳам сафаримиз қариди, ўғлим, – деди Иброҳим ота бир-икки пиёладан чой ичганимиздан сўнг. – Кўзим тиригида сенга баъзи нарсаларни айтиб қўяй, деб чақирувдим. Биламан, эшитганларингни газетага ёзасан. Адҳамнинг кичкинаси ёзганларингни ўқиб беради. Мулла Исмоилнинг урушдаги саргузаштларини ҳам боплаб ёзибсан. Тўғрисини ёзибсан. Мулланинг боласи-да, бировни ноҳақ ўлдирмайин, деб немис томонга ўқ отганда «Ишқилиб, бировга тегмасин-да», деб қўяркан. Буни менгаям ўзи айтиб берувди. «Ундан кўра отмасанг бўлмасмиди?» десам, «Бўлмасди, жангдан кейин ўқдонимизда қолган ўқни санашарди, кўп ўқ қолган бўлса, командирлар отмабсан, деб урарди», дейди. Э, бу мулла Исмоиллар урушни ҳам масхара қилиб келган.
– Сизни ҳам ёзаман, Иброҳим ота, – дедим мен. – Аммо ҳеч қачон уруш ҳақида гапирмагансиз-да.
– Ёзасан болам, ёзасан. Аммо мен ўлганимдан кейин ёзасан. Унгача ёзиб бўлмайди, ўғлим. Ёзишингни билиб, шу пайтгача сира гапирмовдим. Бу гапларни ҳеч ким, ҳатто аёлим ҳам билмайди. Аввалига ўз сиримни ўзим билан олиб кетмоқчи эдим. Аммо ўйлаб-ўйлаб сенга айтиб, ёздиришга қарор қилдим, болам. Ёз, албатта ёз! Одамлар урушнинг бу томонларини ҳам билиб қўйишсин. Ғалаба нималарнинг эвазига қўлга киритилганини билишсин улар.
Иброҳим бобо неварасига ҳеч кимни киритмаслигини тайинлаб, ташқарига чиқариб юборди. Ётган жойидан туриб ўтирди. «Яхшилаб эшит. Аммо шартимиз ўша. Ўлганимдан кейин ёзасан», деди-ю, гапни нимадан бошлашини билмай, анча вақт жим қолди. Мен ёнбошига ёстиқларини қўйиб бергач, ёстиққа ёнбошлаб, секин сўз бошлади:
– Аввало, бир мақтаниб қўяй. Урушга борган ҳамқишлоқларнинг ичида ҳарбий унвони энг каттаси қайси, биласанми? Ҳа, баракалла, Тўхта бобонг. Унвони старшина. Энди бобонгнинг ҳарбий билетини бир кўриб қўй.
Иброҳим бобо ёнидаги сандиқчанинг қулфини очиб, ичидан офицерлик ҳарбий билетини олиб, менга узатди. Мен уни очиб ўқидим-у, ҳайратга тушдим. Бу заҳирадаги майор Иброҳим Сатторовнинг ҳарбий гувоҳномаси бўлиб, ундаги суратда ҳарбий кийимдаги Иброҳим бобо кўзларидан ўт чақнаб турарди.
– Энди манавиларни кўр, – деб Иброҳим бобо бир тугунчани қўлимга тутди.
Мен тугунни очиб, ҳайратдан лол бўлиб қолдим. Тугунча турли-туман орден ва медаллар ҳамда уларнинг ҳужжатлари билан тўла эди.
Мен бунча кўп орден-медалларни ҳатто китобларга кирган уруш қаҳрамони бўлган ҳамқишлоғим Пўлат Эсоновдаям кўрмаганман.
– Манавинга нима дейсан? – деб бир ғилофни қўлимга тутқазди.
Ғилофда жуда чиройли, ярақлаган ханжар турарди. Мен ханжарни суғуриб, томоша қила туриб, ундаги ёзувга кўзим тушди:
«Ботир ва мард жангчи Иброҳим Сатторовга. Г.К.Жуковдан»
– Ахир сиз ҳақиқий қаҳрамон экансиз-ку! – ҳайқириб юбордим мен.
Ростдан ҳам шу пайтгача ёзган қаҳрамонларим ичида кимсан маршал Жуковдан исми шарифи ёзилган совға олгани йўқ эди. Бунақа қаҳрамон Ўзбекистонда бормикан яна?
– Қаҳрамон бўлмасам кошки эди. Урушга бормасам кошки эди, ўғлим, – деб уф тортди Иброҳим бобо.
– Иброҳим ота, тезроқ сўзлаб беринг, ичим қизиб кетяпти. Шунча орденларингиз бор экан, офицер экансиз, нега байрамларга бормайсиз, бу орденларни қандай олгансиз, нега гапириб бермайсиз? Нега сизга шахсан Жуков совға берган, нега ҳеч қачон айтиб бермагансиз?
– Бўлди, бўлди, саволларга кўмиб ташлама. Ҳозир бир бошидан айтиб бераман. Кейин керагини ёзаверасан.
7.
Ҳамма ҳужжатлар расмийлаштирилиб, доллар дегани сўмга алмаштириб келинганида бу пуллар бир машина бўлди.
− Раис бова, бу пулларни Жаласойнинг одамларига бўлиб беринг, − деди Ҳумайро момо. – Доимо менинг ҳолимдан хабар олиб турган ўзингизнинг, Чучук кампирнинг, Адолат момонинг, Ойрўзи момонинг, мулла Сафар бовагинамнинг, Мастура момонинг, Унсин момонинг, Раббим чолнинг, Ислом бобонинг болаларига кўпроқ беринг, қолганини ҳаммага тенг бўлиб беринг! Бир сўми ҳам қолмасин!
Раис бобо худди Ҳумайро момо айтгандай қилди. Бир машина пулдан бир сўм олмади, Ҳумайро момо.
Ажнабий Ҳумайро момонинг бу ишига тушунмади. Унинг саволига Ҳумайро момо жавоб берди:
− Булар мени эллик йил боқди. Яна эллик йил яшасам ҳам шулар кунимга ярайди. Буларникига борганимда эса, аниқ биламан, бирор нимани пулга беришмайди. Менга пул керак бўлмайди. Пулни нима қиламан?
Тамом.
Ҳикоя муаллифи Каримберди Тўрамурод
Ҳумайро сигир боқди, эчки боқди. Сигирнинг сутини кувига солди, ёғ олди. Қолганини қатиқ қилди, чакки қилди, қурут қилди.
Қишлоқнинг боласи Ҳумайродан қурут олди. Қишлоқнинг боласи Ҳумайронинг сигири берадиган сутни ичди.
Ҳумайро эчки соғди. Эчкининг сути шифо бўлди, эчкининг қатиғи дармон бўлди.
Бир қишлоқнинг боласи Ҳумайрога кўмакчи бўлди. Бир қишлоқнинг боласи Ҳумайрога дастёр бўлди.
− Ҳумайрога қарашинглар, бир ўзи қолиб кетмасин, − деди Адолат момо.
− Ҳумайрога ёрдам беринглар, аёл боши билан сувга чиқмасин, ўв, ёш-яланг, ҳовлисини суғориб беринглар, − деди Раис бобо.
− Ҳумайронинг иссиқ-совуғидан хабардор бўлиб туринглар, ярим коса иссиқни олдин шунга чиқаринглар, − деди Чучук момо.
− Ҳумайронинг эшигидан ҳадеганда ўтаверманглар, бировинг ичкарига ола қараманглар, − деди мулла Сафар бобо жума намозида.
Элчилик экан-да. Элнинг ичидан оласи чиқар экан-да. Тошпўлат элни ухлатиб, Ҳумайронинг деворидан ошибди.
Эл ухлаган билан «Олапар» ухлармиди? Ҳумайрони номард «овчи»га олдириб қўярмиди? Сонидан узиб олгани ҳам майли, ўнг қўлининг панжаларини ғажиб ташлагани ҳам майли, уйигача қувиб боргани элда овоза бўлди.
− Тошпўлат қишлоқдан чиқиб кетсин!
Раис бобо иккита гапирмаган. Раис бобонинг гапини биров икки қилмаган, биров муҳокама қилмаган.
Тошпўлат қишлоқдан чиқиб кетди.
− Ойрўзи момо, сиз Ҳумайронинг уйига кўчиб ўтинг! Эри келса, бир гап бўлар.
5.
Ҳумайронинг сигирига барака берди, Аллоҳ, Ҳумайронинг эчкисига барака берди.
Ҳумайро сигирини иккита қилмади, эчкисини учта қилмади. Кўпайганини муҳтожларга бериб юбораверди. Пул олмади.
Эҳ-ҳе, муҳтож кўп эди. Бир коса айронга муҳтожлар кўп эди. Битта қурутга зорлар кўп эди. Кунжара еганлар кўп эди, йўнғичқани еб қўйганлар кўп эди.
«Тут пишиққа етсак, ўлмаймиз», деганлар кўп эди, тут пишиққа етмай ўлганлар удандан-да кўп эди.
Катталар ҳам муҳтож эди. Сигири иккита бўлгани катталар ҳам қўймас эди. Эчкиси учта бўлгани катталар ҳам қўймас эди. Ер солиғи, дер эди, сув солиғи дер эди. Мол солиғи, дер эди, жон солиғи, дер эди. Эрсизлигига бир солиқ, боласизлигига бир солиқ...
«Селсовет» деган катта бир келганда бузоғига ёпишса, бир келганда эчкисини судрарди.
Ойрўзи момо ҳам ўтиб кетди, «Олапар» ҳам ўлиб кетди.
Ҳумайро ҳам Ҳумайро момо бўлди.
Ҳумайро момонинг сигирлари бир пода бўлди, Ҳумайро момонинг эчкилари бир отар бўлди. Ҳаммаси одамларда бўлди.
Ҳумайро момонинг эшигида сигир-да қолмади, эчки-да қолмади.
Ҳумайро момонинг сигир соққани-да жони қолмади, эчки боққани-да ҳоли қолмади.
Ҳумайро момонинг боласи бўлмади, аммо неваралари бир қишлоқ бўлди. Жаласойнинг ҳамма боласи унинг невараси бўлди.
Бир невараси нон олиб кирса, бошқаси овқат олиб кирди.
Бир невараси ерини чопиб, экин экса, бошқаси суғориб берди.
Бир невараси ўтин олиб келса, бошқаси ёриб берди.
Ҳумайро момога иш қолмади, Ҳумайро момога ташвиш қолмади.
Ҳумайро момога биргина юмуш қолди. Юмуши Раис бобонинг невараси дарвоза олдига ўрнатиб берган ўтирғичга ўтириб олиб, «момосининг ўғли» кетган ёққа кўз тикиб ўтириш бўлди.
− Урушдан кейин туғилганлар ўлиб бораяпти, Саҳобиддин қоптими? Тирик бўлса, келарди-да? Бўлди-да энди, нимасини кутасиз?
− Кутмай нима қилай, Шарапат? Қайнананг ўлган, қайнатангга тегайми?
− Э, йигирмангизда тегмаган, ўттизингизда тегмаган, қирқингизда тегмаган, етмишингизда тегармидингиз? Сизга эр ёқмайди.
− Эр-ку ёқади, аммо ўзимнинг эрим кеп қолса, нима дейман, Шарапат?
− Келмайди. Уруш тугаганига неча замон бўлди. Келса, эллик йилда келарди. Энди аниқ келмайди.
− Келади, Шарапат, келади. Келаман деган-да, Шарапат, келаман деган. Кейин мен ҳам кутаман, деб қўйганман. Кутмасам, икки дунёда бети қора бўлмайманми, Шарапат?
− Унда кутиб ўтираверинг!
− Кутиб ўтирибман-ку, Шарапат, кутиб ўтирмай нима қилаяпман?
Чумолилар колониясида кичкина чумоли яшарди. У энг кучли, энг тезкор ва энг ақлли эди. Бироқ бир фазилати уни бошқалардан ажратиб турарди:
У бировнинг дардини эътиборсиз қолдиролмасди.
--- --- --- --- ---
Агар кимдир чарчаган бўлса ва донни уяга олиб боролмаса, у ёрдам берарди.
Агар кимдир йиқилиб тушса, уни кўтариб оларди.
Агар ёмғир чумолилар туннелларини вайрон қилса, у биринчилардан бўлиб ёрдамга ошиқарди.
--- --- --- --- ---
Вақт ўтиши билан чумолилар бунга кўникиб қолишди: ахир у бор, доим ёрдамга шай.
Агар кимдир юкларни сочиб юборса, у йиғиштиришга ёрдам берарди.
Агар кимдир йўлларни тозалашга улгурмаса, у тугатиб қўярди.
Агар кимдир чарчаган бўлса, у елкасини тутиб турарди.
--- --- --- --- ---
Аммо ҳеч ким ундан "чарчамадингми?" деб ҳол сўрамасди.
У нафақат ўз юмушларини бажарар, балки бошқалар қилишга вақтлари бўлмаган ҳамма ишни ўз зиммасига оларди.
У ҳордиқ чиқарарди деб ўйлайсизми? Йўқ.
У жимгина ишини қилар ва ўз-ўзига дерди:
"Яна озгина. Муҳими, бошқаларга оғир бўлмасин".
--- --- --- --- ---
Бир куни у чарчоқдан оёқлари титраётганини, бели оғриётганини ва дон ҳар қачонгидан ҳам оғирлашганини пайқаб қолди.
Лекин у чумолиларга панд беришни истамасди.
Битта чумоли ёрдам сўраганида, у рози бўлди.
Иккинчиси келганида, тишини-тишига қўйиб, бош ирғади.
Учинчиси: “Сиз ҳар доим вақт топасиз”, деганида, у рад этолмади.
--- --- --- --- ---
Ва кейин унинг ўзи ҳам кутмаган воқеа содир бўлди.
Зиммасига олган ташвишлари уни йиқитди.
У шунчаки қулади.
Чумолилар унинг ёнидан ўтиб-қайтиб юришсада, унинг йиқилганини ҳатто сезишмади ҳам.
Улар ич-ичларидан амин эдилар: "У тез орада туради".
--- --- --- --- ---
Бир-бирини қувганча кунлар ўтарди.
Ҳеч ким сочилиб ётган донларни йиғиб олмади.
Туннелларни ҳеч ким таъмирламади.
Ҳеч ким чарчаган бошни қўйиб ором олиш учун елкасини тутиб бермади.
Чумолилар уйида ишлар қийинлашди.
Улар уни қидиришди, бироқ ҳеч қаердан топа олишмади.
--- --- --- --- ---
Колониянинг чеккасида яшовчи кекса чумоли оғир хўрсинди ва паст овозда деди:
- У кетди. Ғойиб бўлмагунича ҳеч ким унинг меҳнатини қадрламаслигини тушунди”.
- Лекин нега у ҳеч нарса демади?! — чумолиларнинг жаҳли чиқди.
- Сиз ундан ўзини қандай ҳис қилаётганини ҳеч сўраганмисиз? — уларга юзланди кекса чумоли.
Чумолилар жим бўлишди.
Улар унинг ёрдамини "қилишга мажбур" дея тушунганларини англаб етишди.
У уларга қийин бўлган ҳар дақиқада ёнларида эди.
Аммо унинг учун ишлар қийинлашганда, ҳеч ким буни сезмади.
--- --- --- --- ---
Ҳикмат:
"Ҳар бир жамиятда бошқа инсонларнинг ташвишларини ўз зиммасига оладиган одамлар бор.
Улар ёрдам беради, қўллаб-қувватлайди, бошқалардан кўра кўпроқ вазифани бажаради.
Улар ўзларига оғир бўлиб турган вақтдям «лаббай» дейишади.
Улар бошқа одамларнинг ҳаётини осонлаштиради.
Бироқ улар учун қанчалик оғир эканини ҳеч ким сезмайди.
Ва бир кун уларнинг кучи тугайди ва улар кетишади.
Шундагина атрофдагилар унинг қанчалик муҳимлигини тушуниб етишади, бироқ кеча бўлади.
--- --- --- --- ---
Агар ҳаётингизда шундай инсон бўлса, унинг қулашини кутманг.
Шу бугун ундан сўранг: "Уддалай оласанми? Сенга қандай ёрдам бера оламан?
Куни келиб бу савол ҳамма нарсани ўзгартириши мумкин.
©️ Сарвар Раҳимий
ҲИКОЯТ
Айтишларича, бир олим киши ўз умрини илмга сарф қилди. Бир куни у дарё сафарига чиқди. Ва мусофирлик либосини кийди. У кема тахтасида ўтириб, бироз юрилгандан сўнг кема дарғасидан сўради:
-Биродар, наҳв илмидан ҳеч нарса ўқиганмисан?
Дарға--Йўқ, ўқиган эмасман...
Олим- Афсус... тамом умринг зое ўтибди.
Олим кишининг бу гапи кема дарғасининг дилини оғритса ҳам индамабди. Яъни:
Бу гап оғритса ҳам унинг дилини,
Жавобига тийди дарға тилини!
Ногоҳ кема катта гирдобга дуч келди. Дарға наҳвий олимдан:
-—Сузишдан ҳеч нарса биласанми?,-деб сўради.
— Йўқ, ҳеч нарса билмайман,-деб жавоб берди олим.
Дарға -Тамом, умринг зое бўлибди,-деди.
Қиссадан ҳисса шулки, ҳар бир юмушнинг ҳам ўз вазифаси бор. Илм ҳам керак, ҳунар ҳам. Бу иккисини бир-биридан айро қўйиш мумкин эмас.
Қолаверса, илмли киши илмсизни таҳқирлаши, биродарининг кўнглини оғритиши яхшиликка олиб келмайди.
"Шарқ ривоятлари" китобидан.
Англиянинг Шеффилд шаҳрида яшовчи бир ота ижтимоий тармоқда қуйидагича пост қолдирди:
“Мен 7 йил олдин ўғлим ва рафиқамни даҳшатли бахтсиз ҳодисада йўқотдим. Ўшанда уларни маст ҳайдовчи уриб юборганди, яқинларим воқеа жойида ҳалок бўлишди. Буларнинг бари кўз ўнгимда рўй берди. Кейинчалик, ҳайдовчи етти йилга қамалди.
Уч йил давомида ўта оғир стресс ҳолатида яшадим. На бирор ишга жойлаша олдим ва на одамлар билан бирга бўла олдим. Мен ҳалок бўлган ўғлим ва рафиқам ҳақида тинмай ўйлардим.
Кунларнинг бирида менга бутун ҳаётимни ўзгартирган маслаҳатни беришди.
Қамоқхона руҳонийси хотиним ва боламни ўлдирган одамни бориб кўришни маслаҳат берди. Мен унинг таклифини телбанамо гаплар, деб ўйладим, бироқ менга қандайдир умид учқунлари зарур эди.
Жасоратим етмаганлиги боис, қамоқдаги ўша одам билан учрашиш бир йилга чўзилди. Бироқ мен бу ишни амалга оширдим. Ва у ерда кўрган ва ҳис қилганларим мени бутунлай ўзгартириб юборди.
У мендан кечирим сўради. Ва унинг ҳикоясини тингларканман, ич-ичимдан йиғлар ва уни бутун вужудим билан кечирар эдим. Маълум бўлишича, ўша кечаси унинг ичишига ва бутунлай маст бўлиб қолишига, 7 ёшли фарзандининг саратон касаллигидан вафот этгани сабаб бўлган экан. Қилган ишини кечира олсам, умрида бир томчи ҳам ароқ ичмасликка қасам ичди.
Мен бу одам билан шу кунгача алоқадаман ва у ўшандан бери ҳеч қачон спиртли ичимлик истеъмол қилмади. У ҳаётини қайта тиклади ва мени ҳам шунга илҳомлантирди.
Сизга шуни айта оламан-ки: мен уни кечирган кунимдан бошлаб, узоқ йиллар давомида елкамни эзиб келган оғир юк ағдарилган эди.
Ўлгунимча ўғлим ва хотинимни соғинаман. Уларнинг қабрларини тез-тез зиёрат қилиб тураман. Ҳа, мен қайта уйландим. Вақт ҳамма нарсага даво экан. Ҳозир икки нафар қизим бор. Тўғри улар биринчи фарзандимнинг ўрнини боса олишмасада, аммо зулматга чўмган ҳаётимни яна нурга тўлдирган икки юлдузим ҳисобланишади. Улар менга дардларимни унуттирадиган чексиз қувонч бағишлашади.
Бу гапларни нега ёздим, биласизми? Кечиримли бўлинг... Ич-ичингиздан бу ишни қила олмасликка кўзингиз етса-да, бир бор уриниб кўринг. Бошқаларни ҳам, ўзингизни ҳам кечиринг. Бу олдинга силжишнинг ягона йўли экан.
©️ Сарвар Раҳимий