hikoyalar | Unsorted

Telegram-канал hikoyalar - Hikoyalar (G&M)

10111

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

Subscribe to a channel

Hikoyalar (G&M)

Мен  онамнинг сабоқлари сабаб,  узоқ йиллар “Садоқат” эшиттиришига муаллифлик қилдим. Унда  турли хил саҳифалар бор эди. Жумладан,  “Эр йигитнинг насли”, “Элга кирсанг элдек бўл”, “Йигит  хуни – юз танга, ақл, одоби- минг танга” деган   рукнларимиз  мухлисларга кўпроқ маъқул  бўлди. Бу саҳифаларда эл ўртасида обрў қозонган қайноналар, қайноталар, ота-боболар удумини асраб келаётган фидойи инсонлар тажрибалари  кенг ёритилди.

Бу маънавият гавҳарлари қачонлардир бир кишининг оғзидан чиқиб кетган гап эмас, балки асрлар давомида ҳаёт синовларидан ўтиб, тўғрилиги мингдан-минг бора исботланган ҳақиқат, халқимизнинг энг бебаҳо  бойлигидир.
Асрлардан асрларга ўтиб келаётган бу бойликни асраб-авайлаш, уни келажак  авлодларга етказиш бизнинг зиммамизда.

ҲАФИЗАХОН  ШАРОФХЎЖА қизи.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ҚАЗИСАН, ҚАРТАСАН, ЎЗ АСЛИНГГА ҚАЙТАСАН
Онам адабиётни яхши кўрадиган, демакки, сўз қадрини биладиган аёл эдилар.
Бир куни қизим Нилуфар:
— Бувим халқ мақолларига, ҳикматли сўзларга роса бой бўлганлар дейсиз-у, ўзингиз бизга ўргатмайсиз, - деб қолди даб-дурустдан.
Кутилмаганда бошланган ҳужумдан эсанкираб қолдим:
— Нима, бирор гап ўтдими?
— Дугонам билан мендан тарих ўқитувчимиз “Сиркаси сув кўтармайди”, деган иборанинг маъносини сўраб қолдилар. Билганимча жавоб бердим. Кўнгиллари тўлмади, назаримда.
Ростдан ҳам “Сиркаси сув кўтармайди” дегани нима экан? деб китоб титишга тушиб кетдим. Раҳматли онам бўлганларида, соддагина қилиб тушунтириб берармидилар? Болалик пайтимда унча эътибор бермаган ёки менга онам айтганларичалик муҳим туюлмаган воқеалар кейинчалик ўз-ўзидан ёдимга тушадиган бўлди. Гўёки мустақил ҳаёт китобини варақлаганим сайин, ундаги айрим муаммоларнинг ечимига онам мени аввалдан тайёрламоқчи бўлганликларини англадим...
Ўсмир қиз эдим. Бир куни қўшнимизнинг қизига совчи келиб, онамни ҳам чақиришибди. Разм солсалар, алифни калтак деёлмаса-да, ўзига бино қўйган аёллар нуқул ўғлининг такси ҳайдаб, бир кунда фалон сўм пул топишидан гапирар эмиш.
— Қиз олишда, куёв танлашда яхши анъаналаримиз бор, эгачи, - деб гап бошлабдилар онам, - етти пуштингиздан кимлар ўтганини биласизми?
— Етти пушти? Бу гапни биринчи эшитишим, - деб совчилар хайрон қолишибди - бу гаплар эскирди. Икки ёш бир-бирини ёқтирса бўлди-да.
— Ундай бўлса, нега совчи бўлиб келдингиз? - бу одат ҳам эскирди шекилли.
— Совчилик - қизнинг ҳурмати.
— Яшанг! Ҳурматигина эмас, иззати ҳам! Иннайкейин, совчиликка ҳар қандай аёлни юборишавермайди. Эл-юрт ўртасида юрган, кўпни кўрган, маҳалла шаънини кўтарадиган, энг муҳими, ҳар томонлама билимдон, хушёр аёлларга ишониб топширилади совчилик, икки ёшнинг бошини қовуштириш осон юмуш эмас.
Совчиларни кузатиб уйга киришар экан, онам Ҳабибахон опоқига:
— Қиз берадиган бўлсангиз, яхшилаб суриштиринг. Билинг-чи, ота-боболари ким ўтган экан? - деб таъкидлабдилар.
— Сизга нима-я, ойи, - дедим бу гапни эшитгач, - энди ота-боболарини суриштириб ўтирадиларми? Қизи ёш эмас, 25 га чиқди...
— Нима бўпти? Ёши ўтди, - деб дуч келган йигитга қизни етаклаттириб юбораверадими? Оила - муқаддас. Ҳали ўзинг она бўлгин, ўшанда мени тушунасан.
“Қазисан, қартасан, ўз аслингга тортасан”
“Отнинг ичи қартадур, асли зотига тортадур”.
— Қазиям, қартаям бирдай мазали-ку, ойи, шуни ажратиш шартми? - бўш келмасдим мен ҳам.
— Шарт. Бу мақолни сенга соддагина қилиб тушунтирадиган бўлсам, ҳар банда охир-оқибат туққан, тарбия берган ота-онасига, зотига тортади.
Шундай суҳбатлардан кейин онам ўз оналаридан эшитган ривоятни бошлардилар. Балки бу ривоят китобларда чоп этилгандир, лекин ўзим ўқимаганман. Кўпчиликка айтиб берсам, қизиқиб эшитишади.
х х х
...Қадим замонда бир оқкўнгил шаҳзода тахтга ўтирибди. Ёшликдан бирга ўсган сирдош дўсти вазири экан. Иккаласи овга чиқишибди. Кўзга ташланмаслик учун оддий кийимлар кийиб олишган экан. Қайтишаётганда лўлилар извошига дуч келишибди. Извошдаги лўли қизлардан бири шунчалар чиройли эканки, буғдойранг чеҳраси, қулоғига таққан сирғаси, шўх ва енгил ҳаракатлари шаҳзодани ўзига ром этибди.
— Тамом, мен шу қизга уйланаман!
— Нималар деяпсиз, дўстим, ахир бу лўли қизи-ку!
— Ким билиб ўтирибди? Мана, бизни оддий либосда ҳеч ким танимади. Лўли қизниям шохи-атласларда кўрса, ҳеч ким аслини билмайди. Қарорим қатъий!
— Сиз хон наслидансиз. Бу эса оддий кўчманчи қабила қизи. Сизнинг тенгингиз эмас. Мана, мени айтди дерсиз.
Узоқ тортишувдан сўнг шаҳзода бир қарорга келибди:
— Фақат бир шарт билан сўзингизга кираман, буларнинг жойини аниқланг. Қачонлардир ўғлимга шу паривашнинг қизини олиб бераман.
Майли. Фақат чақалоқ туғилиши биланоқ олиб қочамиз!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Yusuf tong sahar uygʻondi... Gul sotadigan doʻkonga kirib ikki xil gul - qip qizil atirgul va oppoq lolalar sotib oldi. Mashina mingisi kelmadi. Oqsoqlangancha piyoda yurgan holda qabriston tomon yoʻl oldi. Yoʻlda ketar ekan boshidan oʻtgan barcha hodisalarni oʻylay boshladi. Singlisini, Odinani oʻyladi. Akasi Azamatning qilgan ablaxligini eslab yuzini burishtirdi. Ming xil hayol, ming xil o'y bilan qabriston darvozasiga yetib keldi. Yusufning hayoliga dadasi bilan sodir boʻlgan bir voqea keldi. Bir kuni Yusuf dadasi bilan bozorga ketayotganlarida yoʻllari qabriston ichidan oʻtar edi. Iloji yoʻq qabriston ichiga kirdilar. Unda Yusuf endigina 10 yoshga kirgan edi. Yusuf qattiq qoʻrqar, qabrlar unga juda vahimali koʻrinar Yusuf dadasining qoʻlidan maxkam ushlab oldi. Dadasi toʻxtadi va Yusufning qoʻrquvdan ola-zarak boʻlgan qop qora koʻzlariga boqdi.
  - Nima boʻldi oʻgʻlim? Nega qoʻling muzlab ketdi?
  - Dadajon qoʻrqyapman... Oʻliklar judayam qoʻrqinchli boʻladi!
Yusufning sodda bolalarga xos qoʻrquvidan dadasi mayin jilmaydi. Tizzalab Yusufni qarshisiga oʻtirdim, oʻgʻlining yuzlaridan siladi.
   - Qoʻrqma oʻgʻlim... Aslida oʻliklar emas, tiriklar qo'rqinchliroq boʻlishadi bolam! Oʻliklar to Qiyomat soati kelgunicha joylarida yotishadi, ularning kishilarga zarra miqdorida zarari tegmaydi. Bil'aks tiriklardan qoʻrqish kerak, bolam! Tiriklardan!
   Dadasi haq ekan! Dunyoda shunday yovuz kishilar borki, ular hatto shaytonni o'qitishga qodir! Odam savdosi, narkotik savdosi, organlar savdosi, fohishar savdosi... Bu savdolar qachon butkul bar ham topadi?! Yusuf bir narsaga qattiq ahd qildiki, u umrining oxirigacha mana shunday qabih jinoyatlarni fosh qiladi. Umrining oxirigacha jinoyatchilar bilan kurashadi.
   Yusuf ichkariga kirdi. Singlisi va Odinaning qabri yonma-yon edi. Yusuf singlisi Nafosatning qabriga oppoq lolalarni qoʻydi. Qabrdagi tuproqni asta siladi... O'rnidan turib Odinaning qabri tomon yuzlandi, oʻzi bilan olib kelgan qip-qizil atirgullarni qabr ustiga qoʻydi. Koʻzlari yoshlangancha ancha vaqt ikkala qabrga termulib o'tirdi.
  - Jinoyatchilar jazolarini oldilar. Qolgan jazoladi Qiyomatga qoldi. Ruhinglar orom olsin... Bezovta boʻlmanglar...
Yusuf yigʻladi. Kimdir uning yelkasidan ushladi. Yusuf tezgina tepasiga qaradi. Muhammad turar edi. Uning ham koʻzlari yoshga toʻlgan edi. Muhammadning yonida Kamron ham bor. Ular ham oʻzlari bilan gul olib kelishgan... Ikki qabr chiroyli gullar bilan bezaldi. Uch yigit Nafosat va Odinaning haqqiga chiroyli duolar qildilar...

TAMOM.

Muallif : Men uchun yangilik boʻlgan janr - Detektiv yoʻnalishdagi hikoyam oʻz nihoyasiga yetdi. Oʻylaymanki sizlarga manzur boʻldi. Agar bu hikoyadan Allohning izni ila o'zlaringga qandaydir ijobiy xulosa chiqargan boʻlsalaring, men bundan judayam quvonaman🥹🥹 Demak mehnatlarim zoya ketmabdi deya suyunaman. Xato va kamchiliklari uchun uzr soʻrayman... Bunaqa hikoya birinchi marta yozayotganim uchun xatolar boʻlishi tabiiy... Oʻqigan koʻzlaringizga Allohim hech qachon dard bermasin. Barchangizdan O'z karami va rahmati ila rozi boʻlsin!
Inshaalloh tez orada yana bir yangi hikoyamni OQQUSH QOʻSHIGʻI ni yozishni boshlayman. Meni qoʻllab quvvatlab turasizlar degan umidim bor🙃🥰 Hammangizdan cheksiz minnatdorman!

✍Usmonaliyeva Munira

⏰1.05.2025.                    8:40

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Nazimni nima qilmoqchisizlar?
- Uni koʻrgan zahotimiz o'ldirishni buyurishgan!
Kamron va Muhammad bir-birlariga maʼnoli qilib kulib qoʻydilar. Muhammad shkaf ortida stulda ogʻzi va qoʻllari bogʻlangan holda oʻtirgan Nazimni olib keldi. Nazim hamma gapni eshitib turgan edi. Kamron Nazimning ogʻzidagi lattani yechdi.
- Eshitdingmi?! Ular seni oʻldirishmoqchi...
Nazim hayrat va nafratdan koʻzlari katta-katta ochilganicha bir nuqtaga qarab qoldi. 15 yil! 15 yil shu odamlarga itdek hizmat qildi. Barcha topshiriqlarini soʻzsiz bajardi... Evaziga... Evaziga nima oldi oʻzi?! Uning sadoqatiga qanday javob qilishdi. U oʻylagandiki bir kun uni qutqargani odam keladi, mana shu yigitni ham uni qutqarish uchun joʻnatilgan odam deb oʻylagandi. Lekin afsuski bu yigit uni qutqarishga emas, balki uni oʻldirishga kelgan ekan! Nazim shularni hayolida bir-bir o'tkaza boshladi. Koʻzlaridagi pushti koʻzoynaklar yechildi. Oʻzining qanchalar qadri yoʻq kimsa ekanini angladi. Alam va iztirob bilan Kamronga o'qdek qaradi.
- Agar ularni boʻshligʻi va qilgan jinoyatlari haqida maʼlumot bersam, menga yengillik boʻladimi?
Kamron mamnun bosh chayqadi.
- Albatta. Agar hozir hech narsani tan olmagan holatda qolsang 15 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi tayin sen uchun. Lekin agar bizga jinoiy toʻdani tutishda yoʻq yordam bersang... Qamoq muddating bir muncha qisqaradi. Uzogʻi 7-8 yil olasan... Lekin ikkila holatda ham baribir seni qamashlari aniq.
Nazim boshini quyi soldi. Manzilga yetib kelganini angladi. Boʻlar ish boʻldi - u fosh qilindi. Nega endi zarracha qadr topmagan kishilarini himoya qilishi kerak! Nega ular uchun oʻzini qurbon qilishi kerak?! Kemaga tushganning joni bir! Nazim choʻkadimi, qolganlar ham choʻkishi shart!
* * *
Guli va qizi Charos ketib qolganidan soʻng Azamat butkul oʻzini yoʻqotib qoʻydi. Na yurishida, na turishida, na yegan ichganidan halovat bor! Uy uni yutib yuboraman deydi. Qilgan jinoyatini tan olib ukasining oldiga borsamikin?! Yoʻq!!! Uning bunga jur'ati yetmaydi! U uchun pana-panada yashirinib yurish qulayroq... Bir payt darvoza qoʻngʻirogʻi jiringladi. Azamat sekin-astalik bilan darvoza yaqiniga keldi. U qattiq qoʻrqayotgan edi. Darvozadan asta moʻralab qaradi. 4 nafar politsiya hodimi! Azamatning yuragi tovoniga tushib qoldi! Qoʻrquvdan dag'-dag' qaltiray boshladi. Ranglari ham oqardi...
Ancha vaqt, ochsammi ochmasammi deya ikkilanib turdi. Eshik hadegada ochilavermagach politsiyachi yigitlar darvozani mushtlab ura boshladilar.
- Kim bor?! Hoziroq eshikni oching, uydligizni bilamiz! Ochmasangiz darvozani buzib kiramiz!
Azamat qoʻllari qaltiragan holda darvoza zinjilini tushirdi. Eshik ochildi.
- Azamat siz boʻlasiz?
Azamat ha degandek boshini sekin siltikdi.
- Siz singlingiz Nafosat Alimova va uning 4 ta dugonasini o'ldirganlikda va qizlarning ichki aʼzolarini noqonuniy ravishda olganlikda ayblanyapsiz! Biz bilan Jinoyat qidiruv boʻlimi idorasiga borishingizga toʻgʻri keladi.
Azamat tamom boʻldi! Qarshilik qilmadi. Qilganidan foyda yoʻqligini juda yaxshi biladi! Indamay itoatkorona politsiya mashinasiga oʻtirdi...
* * *
Nazim hamma jinoyatlarni va oʻsha jinoyatga aloqador hammani ochib tashladi. 25-30 nafardan ziyod kishi qoʻlga olindi. Bu katta jinoiy toʻdaning inqirozi edi! Katta Shef - Sanjar Arslonov oʻzining el oldidagi obroʻsi va tanish kibor mansabdorlar yordamida jazodan qutulib qolishga harchand harakat qilmasin zarracha foydagi boʻlmadi. Barcha dalillar va barcha jinoyatchi kimsalar Sanjar Arslonovning ismini aytdilar. Unga qarshi guvohlik beruvchilar ham yetarlicha topildi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Usmonaka...
Replay teamdan yangi video!

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Ha... Tushunarli.
- Muhammad...?
- Haa?
- Odinani gapi esingdami?
- Qaysi gapi?
- Nazimni oʻldirish rejasini tuzishyapti degandi.
- Haa esladim. Xoʻsh?
- Nazim ularga qanchalik sadoqat koʻrsatmasin, ularning nazarida bir chaqalik qiymati yoʻq... Buni Nazimga isbotlay olsak, u hamma haqiqatni bizga aytib berardi...
- Toʻgʻri aytasan! Bizni kuzatib yurgan birontasini tutishimiz kerak. Keyin u Nazimni oʻldirmoqchi ekanini tan olsa, Nazim bilan yuzlashtirar edik...
- Men ham shuni oʻyladim. Qulay fursatni poylashimiz kerak...
Kamron va Muhammad Nazimni gapirtirish uchun, oʻzlarining izidan tushgan barzangi yigitlardan birontasini qoʻlga tushirishni rejalashtirishdi.
* * *
- Oyijon! Oyijonim! Oyijon! Meni kechiring! Men singlimi oʻldirmoqchimasdim! Qoʻrqoqlik qildim ona!!!! Men ablaxman ona.... Men bu ablaxman!!!
Azamat oʻzining vahimali qichqirig'idan uygʻonib ketdi. Uning peshonasi sovuq ter bilan qoplangan... Koʻzlarida qoʻrquv... Tush koʻribdi. Tushida onasi undan ranjigan qiyofada emish... Qoʻlida qop qora koʻmir. Onasi indayam kelin Azamatning yuzlariga koʻmir surkayveribdi...
Azamat koʻrgan tushining daxshatidan anchagacha oʻziga kelolmadi. Eshik qarsillab ochilganicha Guli kirib keldi. U nihoyatda vajohatda edi.
- Qachongacha yotasiz?! Jonimga tegib kettiz-ku?!
Azamat xotiniga hayrat va gʻazab aralash qaradi.
- Boshqalarni eriga oʻxshab pul topsayiz bo'lmaydimi?! Meni yurishlarim kelyapti. Menga 500 dollar pul kerak. Qayerdan olaman?!
Azamatning sabr kosasi toʻldi. Shumi uning sevikli ayoli?! Shumi qilgan orzu havasi?! Axir shu xotini xursand boʻlishi uchun jinoyatga aralashmaganmidi?! Oʻz singlisini qotili boʻlmaganmidi?! Endi esa, bir paytlar siz bilan har qanday kunga sabr qilib yashayman deya ohlar chekkan ayolidan mana bunday muomila koʻryapdi! Asli Azamatni Xudo urgani shu-da!
- Guli! Ahvolim yomon, nega tushunmaysan?! Koʻzimni yumdim degunimcha singlim koʻz oldimga keladi... Onam bilan dadam tinmay tushumga kirib noroziliklarini bildirib turishibdi! Boshim zoʻriqib ketyapti! Nega menga rahming kelmaydi?! Nega tushunmaysan?!
- Tavba qildim! Singliz nega koʻz oldizga keladi?! Siz nima qildizki bunaqa tushkunlikka tushib qoldiz?!
Azamat aytolmadi. Axir qanday qilib ayta olsin?! Singlimni pul uchun o'ldirdim, uni vaxshiylarcha boʻlaklarga boʻlib yotishgalarida jim qarab turdim. Qoʻrqoqligim sababli ogʻiz ocholmadim deyolarmidi?! Yoʻq !!! Bunga jurʼati yetishmaydi! U bunaqa mardlikka qodir emas.
- Bilmayman! Balki janozasidan keyin qaytib bormaganim, ukalarimdan xabar olmaganim uchundir...
Guli yuzini qiyshaytirib ensasini qotirdi. Shkafni ochib kiyimlarini birin-ketin yigʻishtira boshladi.
- Nima qilyapsan?!
- Ketaman! Eshityapsizmi ketaman! Bitta joyda tush koʻrib umri oʻtadigan erni menga keragi yoʻq!
Azamat yotgan oʻrnidan sakrab turdi. Uning fikrlari chuvalashib ketdi.
- Guli shoshmagin... Axir oʻrtada qizimiz bor...
- Qizimni oʻzim boqvolaman! Sizdaqa lapashang otani boridan yoʻgʻi yaxshi!
- Unaqa qilma, jonim! Meni tashlab ketasanmi?!
- Ha! Omon boʻling... Men juda zerikdim...
Azamat indamay qoldi. Miyyasi ishlamas, hayollari parishon... Koʻzida yosh miltiraydi... Guli lash-lushini ko'targanicha uydan chiqib ketdi. Koʻcha boshiga taksi kelib toʻxtadi. Guli yuklarini mashina bagajiga soldi. Oʻzi ham mashinaga chiqdi. Shu onda koʻzdan gʻoyib boʻldi...
* * *
Yangi ochilgan klinika tezda mashxur boʻlib ketdi. Bolalarni yaxshi davolovchi shifokorlar ishga olindi. Lekin begʻubor va sof koʻringan bu ishlar ortida qanaqa qabihliklar yashiringani Allohga ayon!
Sanjar Arslonov oʻzining biznes hamkorlari bilan uchrashib qaytgach, holati yomonligi va asabdan miyyasi zoʻriqayotgani yaqqon sezilib turardi. Unga sodiq bir kishi, uning oʻng qoli boʻlmish - Salim aka asta uning yoniga yaqinlashdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)

13-QISM

Muallif:✍Usmonaliyeva Munira.

Sarvinozning bergan manzili boʻyicha aytilingan joyga yetib kelishdi. Shahar chekkasida joylashgan koʻrimsizgina qishloq. Odamlari ham kam, uylar ham shunga yarasha... Bir kishining uyi qo'shnisinikidan 20-30 qadam narida joylashgan. Atrof keng yoyilib ketgan adirlik... Kechki payt tushishi bilan chiyabo'rilarning uvullashi, bo'yog'lining vahimali ovozlari eshitila boshlaydi. Kamron va Muhammad yetib kelishganida kun allaqachon oʻrnini tunga boʻshatgan... Quyosh uyalgan kelinlar singari asta togʻ bagʻriga berkinmoqda... Atrofda qizgʻish shafaq nurlari... Kamron Nazimning uyiga qarab qoldi. Atrofi ivirsib ketgan, nursiz va fayzsiz xonadon!
Ichkarida odam yoʻq shekilli, uy chiroqlari yonmagan. Muhammad Kamronga ishora qildi... Kamron eshikni itarib koʻrdi. Ochilmadi. Kuch bilan ochmoqchi boʻlgan edi, Muhammad uni toʻxtatdi.
- Kamron... Unday qilma. Menimcha u uyida yoʻq. Ichkariga sezdirmay kirishimiz kerak.
Muhammad haq edi. Ular deraza orqali ichkariga sekin kirib olmoqchi boʻldilar. Muhammad engashib turdi. Kamron uning ustiga chiqib derazani ehtiyotkorlik bilan ura boshladi. Uy eski boʻlgani uchun, derazalar ham yaxshi yopilmaydigan boʻlib qolgan chamasi, deraza shiq etib ochilib ketdi. Kamron ichkariga kirib olgach, qoʻllarini Muhammadga uzatdi, ichkariga kirib olishgach, derazani sekingina yopib qoʻydilar.
- Kamron... U maraz ishqilib bugun kelarmikan?!
- Qancha boʻlsa kutamiz! Uni qoʻlga olmasdan ketmaymiz...
Muhammad doʻstining soʻzlarini maqullab bosh silkidi. Ular Nazimning uyida yarim kechagacha berkinib o'tirdilar. Soat tungi 2 ga yaqinlashdi. Muhammadning koʻzlari qizarib ketdi...
- Kamron, uxlab qilishim mumkin... Rossa uyqu tortyapti...
- Mayli uxlayver! Men poylab o'tiraman.
Kamronning koʻzlari eshikka qadaldi. U shuncha koʻrgiliklarni tashkillashtirgan, singlisini umrini, akasining sogʻligʻini ketqizgan, Odinadek begunoh ayolni o'limiga zamin yaratgan Nazimni koʻzlari toʻrt boʻlib kutar edi. Muhammad pishillab uxlab qoldi. Kamron esa hamon uygʻoq! Uning hayollari, oʻch olishga boʻlgan ishtiyoqi koʻzlaridan uyquni olib tashladi...
Nihoyat... Eshik zinjili shilq etdi! Kalitning buralgan ovozi eshitildi. Kamron suyunganidan oʻtirgan oʻrnidan sakrab turib ketdi. Muhammadni apil-tapil uygʻotishga urundi. Pichirlagancha doʻstini turta boshladi.
- Muhammad! Muhammad... Tur... U keldi...
Muhammad koʻzini ochdi. Ancha xushyor tortdi. Eshik ochilib Nazimning qop qora yuzi koʻrindi. Nazim ichkariroqqa kirdi. Mast edi... Turgan joyida 1-2 marta qalqib ketdi. Kamron va Muhammad baravariga yashiringan joylaridan otilib chiqdilar va Nazimni urib do'pposlay ketishdi. Nazim yiqilib tushdi... Xushini yoʻqotdi shekilli qimirlamay jim boʻlib qoldi. Muhammad vahimaga tushdi.
- Kamron! Ishqilib oʻlib qolmadimikan?!
- Yoʻgʻe... Bu haromi osonlikcha oʻlmaydi! Qani ishni boshlaylik...
Kamron va Muhammad Nazimni qoʻl oyoqlarini maxkam bog'lashdi, oʻzlari bilan olib kelgan qopga soldilar va yarim kechasi koʻchada hech kim yoʻqligiga ishonch hosil qilishgach, tezgina mashinalariga Nazimni solib qayoqqadir olib ketdilar...
* * *
Yusuf yotgan oʻrnida anchagacha boʻlib oʻtgan hodisalarni oʻylardi. Operatsiya yaxshi oʻtdi. Tizzadagi majaqlanib ketgan suyaklar olib tashlandi... Tizzadan pasti esa butkul kesildi. Kamron Germaniyadan akasi uchun pratez oyoq zakaz qildirdi. Uzogʻi 10 kun ichida yetib kelsa, Yusufni yana operatsiya qilishadi. Unga protez oyoq o'rnatiladi.
29 ga kirgan bu yigitning hayotta orzulari judayan koʻp edi. Eng zoʻr yurist boʻlaman, jinoyatchilikka barham berish yoʻlida kurashaman deya ahd qilgan Yusuf bugun bu yo'lda kurashish qanchalar qiyin ekanini tushunib yetdi. Jinoyat dunyosi - beshafqat dunyo ekan! U hech kimga rahm qilmaydi, hech kimni ayab o'tirmaydi. Lekin bir narsa aniqki, jinoyatchilarni fosh qilgach Yusufning bu qiynalganlari zumda unutiladi... Qalbi orom oladi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

— Вой онасини… — дея сўкинган бўлди Камолнинг укаси, — теша борми уйда, теша? Абжағини чиқараман буни ҳозир…
— Дўлмалар эзилади, эзилса очгандан нима фойда? — дедим юз-кўзимни буриштириб.
Камолнинг хотини:
— Яхшиси мих керак, қаттароқ мих…
Ҳамма ўзини уни очишда синаб кўрар, ким теша билан урар, кимдир мих билан тешмоқчи бўлди.
Қўлларидан консервани юлқиб олдиму тўғри ошхонага кирдим. Суяк майдалашда ишлатадиган чопқим бор эди, синалмаган битта ўша қолганди уйда, қўлимга олдим. Қаршимдаги консерва эмас гўёки бир душман эди. Энди уни очишни эмас, эзғилаб ташлашни хоҳлардим. Чопқи билан ура бошладим, бир урдим, икки урдим, учинчи урганимни биламан консерва учиб кетди. Аввал шифтга қараб учди, кейин деворга, шундаям тўхтагани йўқ, билярд шари мисол чирпираб бошимга келиб урилди, сўнг ерга тушди. Бошимни чанггаллаб ўтириб қолдим:
— Тфу, ярамас, қуриб кет.
Меҳмонхонага қайтганимда пешонамда ёнғоқ катталигида шиш пайдо бўлганди.
Камол:
— Буни чилангардан бошқа бироқ очолмайдиёв, — деди.
Аёлим ҳам сўз жуфтлади:
— Айтганча, чилангир деганингизга эсимга тушиб кетди, пастки қаватда яшайдиган қўшнимизнинг эри темирчи, олиб борайми, балки оча олар.
Ҳар тарафидан зарба еявериб қийшайиб, букчайиб кетган қути гўёки портлаши кутилаётган қўлбола бомба каби ерда ётар, уйдаги тўққиз киши атрофига тўпланиб, қўрқув ва ҳавотир ичида унга боқардик.
Аёлим уни темирчи қўшнимизникига чиқаришга ҳозирланаётганида эшиқ қўнғироғи чалинди.
— Юқорида ҳар хил шовқинни эшитдик, тинчликми ишқилиб, деб чиқиб келавердик…
Бу ўша темирчининг аёли эди. Очиғини айтсам, мен консерванинг очилишидан умид узган, бироқ унинг ичидаги дўлмаларнинг ҳоли нима кечдийкан деб қизиқардим. 5-6 дўлма учун шунчалик уриниш, шунчалик жароҳатлар, арзирмикан…
Аёлим темирчининг аёлига барини бир бошдан тушунтира бошлади:
— Оҳ, сўраманг қўшнижон, — деди хотиним сўзини якунларкан, — барчамиз қон ичида қолдик, кимнингдир қўли кесилди, кимнингдир боши ёрилди.
Аёл:
— Воҳ, бечорагиналара… — деди ачиниб.
— Сизнинг хўжайин оча олармикан-а?
Камол ўртага қўшилиб,
— Агар темир бурғуси бўлса, балки оча олар, — деди.
Укаси ҳам гапга қўшилди:
— Буни бурғу билан очиб бўлмайдиёв, — деди, — бунга темир қалам керак менимча, устига қўйиб, орқасидан болға билан урилса очилади албатта.
Аёл:
— Афсус, хўжайиним уйда эмасда, уйда бўлса албатта очиб берарди, — деди, — бироқ уйда шогирди бор. Мен ҳозир тушиб, уни чиқариб юбораман, балки оча олар.
— Йўқ-йўқ, хонимафанди, ахир бу шогирд қила оладиган иш эмас.
— Жуда меҳнатсевар бола, ўзи ўн икки ёшда, аммо қўлидан ҳар нарса келади. Яқиндагина қишлоқдан келди. Бечора ўқишни эплолмабди, шунга касб ўрганаман деб келибди…
Аёл гапини тугатар-тугатмай уйдан чиқиб кетди. Беш дақиқадан кейин қоқсуяк, қоравой бир болани бошлаб келди. Болага мийиғида кулиб:
— Юсуф, шу қутини очиб бер ўғлим, — деди.
Биз барчамиз ерда қийшайиб ётган консервага жон олувчи бир машина каби улкан қўрқув ичида бокардик. Болакай бизнинг афтода ҳолимизга қора кўзларини катта очиб, ҳайрон-ҳайрон тикилди. Сўнгра ердан қутини олиб, ҳар тарафига айлантириб, кўрикдан ўтказа бошлади.
Ҳаммамиз бир фикрни қўллаб-қувватлаб, ўртага ташлардик: “Бирор бир асбобсиз очилмайди ўғлим…”, “Тавба, кап-катта инсонлар очолмадик, бу бармоқдай келадиган бола қандай очсин?”, “Болажоним, қўйсангчи шуни, бирор ерингни кесиб олма тағин…”
Болакай қийшайверганидан ранги ўчиб кетган консервани чап қўлига олди, ўнг қўли билан худди қоғоз йиртган каби қутини очди ва бизга узатди:
— Марҳамат!
Ҳайратдан кўзларимиз косасидан чиқиб кетай дея сўрадик:
— Ё тавба, болам, қанақасига, қандай очдинг?
Болакай:
— Нима бало ўқишни, ёзишни билмайсизларми? — деди, — манаку, ёзиб қўйибди устига қандай очилишини.
Ҳақиқатда консерванинг устида қуйидагича ёзув бор эди: “Консервани очиш учун тутқичидан тутиб қарама-қарши тарафига секингина тортинг”.
Шу пайтгача қилган аҳмоқона уринишларимизни ўйлаб хаёлга толганимиздан темирчининг шогирди уйдан қандай қилиб чиқиб кетганини ҳам сезмай қолибмиз. Унга миннатдорлик билдиришга ҳам улгурмабмиз…

Турк тилидан Раҳмат Бобожон таржимаси

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Азиз Несин. Консерва ҳангомаси (ҳикоя)


Бир омадсизлик келса устма-уст келавераркан. Ўша кун Камоллар бизникига меҳмонга келишганида уйда бирорта егулик қолмаганди.
Аёлим нима қилишни билмай:
— Югур, баққолдан консерва олиб кел, — деди ўғлимизга.
Болакай кетишга тараддудланаркан:
— Нима консерва олиб келай ойижон? — дея сўради.
— Нима топсанг олиб келавер, дўлмами, ловиями, фарқи йўқ…
Ўғлим югуриб кетди. Биз бир тўп меҳмонлар билан катта меҳмонхонада ўтирардик. Камол соатига қаради, егулик кеч қолаётганидан сиқилаётганини юз-кўзидаги ифодадан билиб олиш қийин эмасди. Бу қанақа хонадон бўлди-а? Уйда учта аёл бору битта дастурхон тўшай олишмади. Соат тўққизга яқинлаяпти. Меҳмонларни бироз алдаб турмоқ учун шеъриятдан гап очдим. Тўғрида, бошқа нима ҳақида гапирардим, ҳар ҳолда шеър ҳақида сўз очилса суҳбат узунроқ бўлади.
Бир маҳал ташқаридан ғала-ғовур, камига тарақлаган овоз эшитилди.
Камол кулимсираб:
— Қўшниларингиз уйида устахона очди шекилли-а, — деди.
Ошхонадан ҳам кимларнингдир узун-юлуқ суҳбати эшитилди:
— Аҳмоқ, ундай очилмайди ахир… Очқич қаерда, бор, топ.
— Менга беринг, ўзим биламан қандай очишни.
— Йўқ, пичоқ олиб кел, ўзим очиб бераман сенга…
Тинчликмикан, нималар бўляпти ўзи, дея ошхонага кирдим. Кирибоқ турган жойимда қотиб қолдим, қарасам, аёлимнинг қўлидан қон оқиб ётибди, ерда эса бир консерва, ёнида теша, пичоқ, болға, очқич ётибди…
— Бу қандай шармандалик, — дея бақирдим, — меҳмонларнинг овқат кутавериб тоқати тоқ бўлди, сиз бу ёқда битта консервани очолмай тортишиб ётибсизлар, устига-устак ҳамма ер қон. Нима деган гап бу?!
Онам барибир қайнона эмасми, ўз анъанасига содиқ қолиб:
— Мен айтдим, — деди, — консерва бундай очилмайди ахир.
Қизим онасининг қонаётган қўлини боғлай бошлади, онам эса очқични олиб, бир тарафдан консервани очишга, бир тарафдан ғўлдирашга тушди:
— Ҳар бир ишнинг ўй йўли бор. Ҳеч замонда болға билан очилганми консерва?
Кўп гапириб ўтирмай ўзи ишни қотирмоқчи бўлди, бироқ минг уринса ҳам очолмади, бармоғини ҳам кесиб олди, э қуриб бит, дея консервани бир тарафга, очқични бир тарафга отиб юборди.
Бироз туриб яна тилга кирди:
— Ҳозирги консерваларни қандай ясашяпти ўзи-а? Эски консерваларни қўлингга олиб, “бисмиллоҳ” деб очқич билан бир бурасанг бўлди эди, тамом, қоғоз каби йиртилиб кетаверарди.
Қизим бу сафар онасини ёлғиз қолдириб, бувисига ёрдамга шошилди.
Энди сўз навбати менга келганди. Консервани келтирган ўғлимни қош чимириб, ғазабланиб тергай бошладим:
— Ақл-пақл деган нарса борми ўзи сенда? Одам консерва олганида баққолга очтирмайдими ахир? Мия йўқ сенда, мия… Ол буни, югур, кетиб қолмасидан олдин баққолга очтириб кел.
— Ота, ахир менам айтдим очиб беринг деб, кўнмади баққол.
— Нега очмас эмиш, нега кўнмади?
— Очмас экан… Чунки, ўтган куни шогирди битта консервани очаман деб томирини кесиб олибди, тез ёрдамда зўрға касалхонага етказиб боришибди. Мен жонимни кўчадан топиб олганим йўқ, деди баққол.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Akmal chuqur iztirob va depressiya taʼsirida koʻp miqdorda narkotik qabul qila boshlaydi. Uning onggi butkul ishdan chiqadi... Bundan foydalangan Nazim unga qizlarni oʻldirishi uchun sharoit yaratib berishimini talab qiladi! Akmal miyyasiz bir manqurtga aylangan edi. Uning barcha buyruqlarini soʻzsiz bajaradi. Qizlar oʻlgach, uning ahvoli battar yomonlashadi. U tabletkaga shunchalik o'rganib qolgandiki, bir kun ichmasa aqldan ozar, koʻziga yomon, xunuk narsalar koʻrinar... Butun badani qaqshab ogʻrirdi...
Dadasi ham shunday xumor tutgan mahal gʻirt shirakayf holatda uyga kirib keldi... Uning qiliqlari Akmalga juda xunuk koʻrindi. Goʻyo qarshisida dadasi emas, bir choʻchqa turgandek boʻlaverdi... Oqibatda dori va qattiq bosh ogʻrigʻi natijasida oʻz otasi vaxshiylarcha o'ldirdi...
Akmal oʻsha voqeadan soʻng aqldan ozdi va jinnixonaga yotqizildi... Mana hozir ahvoli ancha yaxshi. Ruhiy holati ham joyiga tushib qoldi... Agar Akmal butkul sogʻayib ketsa, uning ishi yana sudda koʻrilishi mumkin... Voyaga yetmagani inobatga olinib uzogʻi 5 yil muddatga "Ahloq tuzatish kaloniyasi" ga jo'natilish ehtimoli katta...
Kamron Akmalning homush qolganiga biroz tikilib qoldi.
- Akmal... Ayt! Sendan tashqari yana kimlar dori sotar edi... Oʻshalar orqali Nazimni topishimiz mumkin tushunyapsanmi?!
Akmal boshini koʻtardi... Kozlari oʻychan, hayolida nimalarnidir qidirgandek boʻlardi.
- Bor... Bir qiz bor... Bir marta koʻrganman. U ham dori sotardi. Adashmasam institutda oʻqiydi.
Kamron ichidan suyunib ketdi. Va nihoyat kalavaning uchi topildi.
- Xoʻsh u qiz qayerlik? Uyi, yoki tashqi koʻrinishini, ismi-sharifi yodingdami?
- U bilan biroz suhbatlashgandik. U han doriga o'rganib qolgan... Oʻzi kambagʻal qiz. Doriga puli yoʻq... Nazim aytgan ishlarni bajaradi evaziga oʻzi uchun dori olardi...
- Yaxshi... Ismi nima? Qayerda yashaydi?
- Ismi Sarvinoz... Shu institut yaqinidagi koʻchada uyi bor. Domda turadi! Qaysi domligini bilmayman lekin...
- Sarvinoz degin... Institut yaqinidagi domda turadi, degin...
- Shunday... Aka, u haqida boshqa narsa bilmayman. Bilganim shular...
- Aha... Mayli sogʻ boʻl...
- Xoʻp aka...
Kamron eshikni ochib endi ketmoqchi boʻlgandi, ortidan Akmal chaqirib qoldi.
- Aka... Kechirolsangiz. Alloh uchun kechiring meni...
Akmal haqiqatda qilgan ishidan afsusda edi... Uning koʻzlari pushaymonligidan dalolat qilib turardi. Kamron indamadi... Asta eshikni ochib tashqariga chiqib ketdi.
* * *
Yusuf Kamron keltirgan ma'lumotdan quvondi... Kamron Muhammad bilan birgalikda oʻsha dori sotadigan qiz - Sarvinozni qidirishga kirishdi... U institutda oʻqir... 2-kurs talabasi ekan. Uyi ham uncha uzoq emas... Ikki xonali kvartirada turarkan! Onasi yoʻq... Dadasi nogiron! Bir tomoni umuman ishlamas, toʻshakka mixlanib qolgan ekan. Kamron shu malumotlar asosida Sarvinozning uyiga yaqinlashdi. Eshik qoʻngʻirogʻini chaldilar. Ichlaridan yosh qizning "Kim u?"degani eshitildi. Eshik zinjili tushirildi...
- Kechirasizlar, sizlar kimsizlar?
Kamron va Muhammad qizga boshdan oyoq razm soldi. Qizning qorni qappayib qolgan edi. U homilador ekani yaqqon bilinib turardi.
- Biz jinoyat qidiruv boʻlimidanmiz! Akamizning ishini davom ettiryapmiz... Sizga beradigan savollarimiz bor.
Sarvinoz qoʻrqib ketdi. Shallaqilik qilib ularni quvib solishga harakat qila boshladi.
- Men hech narsani bilmayman! Tez bu yerdan ketinglar! Hech qanaqa sabollaringga javob bermayman!
- Qarshilik qilishiz oʻzizga zarar boʻladi. Noqonuniy tabletkalar sotganizdan xabarimiz bor... Yaxshilikcha biz bilan suhbatlashasiz yoki shu yerni oʻzidan qo'lizga kishan solib olib ketamiz!
Sarvinoz suvga tushgan mushukdek mum tishlab qoldi. Hozirgina yigitlarga qahr bilan qaragan koʻzlaridan yosh oqa boshladi.
- Jon akalar... Meni aldashdi! Xudo haqqi aldashdi! Ancha boʻldi... Dori sotmay qoʻydim! Iltimos, nogiron dadam bor... Uni mendan boshqa hech kimi yoʻq... Yolvoraman, qamamanglar... Iltimos qilaman...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)

12-QISM

Muallif: ✍Usmonaliyeva Munira.

Odinaning oʻlimi Yusuf uchun kutilmagan zarba boʻldi. U hayoti mobaynida chin dilidan sevib qolgan kishisini yoʻqotdi... Odina kelgan hayotidagi chizgilarga kirgan turli xil begʻubor ranglar, uning oʻlimi xabarini eshitgan zahoti yana oq-qora tusga kirdi. Endi goʻyo Yusuf uchun bu hayotda yashashdan maqsad qolmagandek edi... Endi orzulariga yetishib Yuridikaga o'qishga kirgan yili, avtohalokat tufayli ota-onasidan ayrildi... Keyin esa oradan salkam 4 yil oʻtib yakka-yu yolgʻiz singlisini boʻlaklangan jasadini koʻradi... Uni yigʻlab-yiglab tuproqqa qoʻydi... Endi esa... Odina! Bu yoqotiahlar qachon tugarkin?! Yusuf ham boshqa baxtli kiahilar kabi kula olarmikan?! Koʻzlari chaqnarmikan?! Bugun operatsiya kuni! Yusufning oʻng oyogʻi kesiladi... U uchun chet davlatga pratez oyoq zakaz qilishdi... Yetib kelgan zahoti Yusufga o'rnatiladi... Bu begona temir oyoq, o'z oyogʻining o'rnini bosa olarmidi?! U baribir nogironligicha qolaveradi... Har holda Yusuf oʻzini mana shunday tasavvur qilardi. Ichidan minglab kechinmalar oʻta boshladi... Yotgan o'rnida yuragida kuchli ogʻriq turganini sezdi. Bu ogʻriq shu qadar kuchli edi-ki, Yusufning koʻzlarigacha yetib keldi... Yosh boʻlib tashqariga otildi. Yusuf yotgan o'rnida yum-yum yigʻlay boshladi...
- Men aybdorman! Agar shu jin urgur kasalxonaga tushmaganimda edi, Odinani oldida boʻlardim! Unga hech kim yaqinlasholmasdi! Men noshud insonman!
Yusuf oʻzini ayblaganicha koʻzlaridagi yoshni artardi... Lekin yosh sira ham to'xtamasdi. Birdan eshik ochilib Kamron kirib keldi. Uning egnida qora to'n, belida qiyiq, boshida doʻppi! Yusufning battar yuragi siqildi! Battar qalbidagi ogʻriq kuchaydi...
- Aka...
Kamron akasiga mayus tikildi. Uning ham koʻzlarida anglab boʻlmas mung bor edi.
- Singlimni qabri yoniga ko'mdik...
Yusuf alamdan boshini yostiqqa bir-ikki koʻtarib urdi.
- Hatto oʻz qoʻlim bilan ham ko'ma olmadim! Tobutini ko'tarib, soʻnggi manziliga kuzatolmadim!
Yusufning iztirobi yuraklarga urilar darajada edi. U chuqur qaygʻuga botdi... Kamron ham akasining dardini tushunar, nima deb ovutishni, qanday gap bilan koʻngliga taskin berishni bilmay anchagacha yigʻlayotgan akasiga tikilib qoldi...

TIBBIY EKSPERTIZA XULOSASI.

Odinaning jasadini tibbiy ekspertizadan o'tkazishdi... Uning tanasida jarohatlar yoʻq... Urilgan, koʻkargan joylar mavjud emas. Faqatgina boyin qismida arqon qoldirgan koʻkimtir izlar mavjud. Ekspertiza xulosasi boʻyicha: Bu hech qanday qotillik emas! Boʻynida arqon izlaridan boshqa iz topilmadi... Odinaning uyida ham biron begona kishining izlari yoʻq... Demakki bu qotillikmas, balki oʻz joniga qasd qilishdir.
Odinaning o'lim sababi xulosa qismiga "OʻZ JONIGA QASD QILISH" deya yozildi. Kamron ekspertiza natijalari va xulosa qogʻozidan nusxa koʻchirtirdi... Bu xabar Odinaning ota-onasini ado-yu tamom qildi! Qizi biz sabab shu ishni qildi deya oʻzlarini aybladilar!
- Yosh ketgan qiziiiiiiim! Jonim qizimaaa! Seni biz baxtiqaro qildik, qizim! Umri erta zavol boʻlgan qizim!!!
Odinaning onasi - Ominaxon opaning faryodi butun mahallani tutib ketdi. Hamma Odinani qizlarni oʻlimiga aybdor boʻlgani uchun, vijdon azobiga chidolmay oʻzini osib o'ldirdi, deya gapira boshladilar... Bu gap-soʻzlar Ominaxon opani yuragini ezar, uni kundan kunga iztirobga solardi.
Lekin Kamronning yuragi aniq sezib turibdi-ki, bu prafessional rejalashtirilgan qotillik! U bunga aniq ishonadi! Tibbiy ekspertiza qogʻozlarini papkasiga solganicha, akasining oldiga bordi... Yusuf xulosa natijalarini, Odinaning uyidan olingan suratlarni sinchiklab tekshirdi... Uning eʼtiborini bir narsa oʻziga tortdi... Odinaning boʻynidagi arqon izi juda ingichka... Lekin u osilgan arqonning qalinligi koʻproq edi... Demak bu yerda 2 xil arqondan foydalanilgan... Yoʻgʻon arqonda kishini boʻgʻib oʻldirish biroz qiyinchilik va koʻp vaqt oladi... Arqon qancha ingichka va pishiq boʻlsa boʻgʻish shuncha oson boʻladi... Yusuf ukasiga qaradi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Eslab- eslab

Hammasi 2022-yil 27-dekabr kuni boshlandi. Oddiy bir onlayn suhbat, samimiy tanishuv. Avvaliga aka-singildek edik. Bir-birimizga mehribon, hazilkash, yaqin. Hech qanday his yo‘qdek tuyulgandi. Lekin inson qalbi doim senga sir tutadi. Qachon yuragingni kimdir egallab olishini oldindan bilmay qolasan.


2023-yil 11-oktabr kuni — birinchi bor yuzma-yuz ko‘rishgan kunimiz. O‘sha lahza, ko‘zlar uchrashganda yurak boshqa urdi. Boshqacha bo‘ldi hammasi. O‘sha ko‘zlar, o‘sha tabassum yuragimda yangi bob ochdi. Sevgi boshlandi. Haqiqiy, samimiy, soddadil bir sevgi. Yillar o‘tdi. Hikoyamiz 3 yildan oshdi. Ko‘p narsa boshdan kechirdik: orzular, rejalalar, kechikkan qo‘ng‘iroqlar, sabrsizlik bilan kutilgan uchrashuvlar...


Ammo 2025-yilning 31-mart kuni... hammasi tugadi.


U menga “kech” dedi. Oramizdagi hislar, ishonchlar, birga qurilgan kelajak — barchasi o‘sha metro bekatida, ko‘z yoshlar orqasida yo‘qoldi. Qo‘l uzatganimda, u ortga yashirdi. Men esa orqamga qaramasdan ketdim. Yig‘lamaslik uchun. G‘ururimni sindirmaslik uchun.

Endi esa... sevgi degan so‘z meni hech qanday hislantirmaydi. Yuragim muzlab qolgandek. Kimdir meni yaxshi ko‘rmoqchi bo‘lsa, ichimda faqat bitta fikr: “Kerakmas”. Chunki eng sof tuyg‘ularimni berganman. Va u ketdi. Endi hech kimga beradigan tuyg‘um qolmagan.

Men sevgiga emas, hayotga befarq bo‘lib qoldim. Har kim o‘zini o‘ylaydi, har kim o‘zini qutqaradi. Men esa o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Endi faqat bitta haqiqat bor: yuragimdan u nom o‘chmaydi, ammo u yurak endi sevishni bilmaydi...

"Birinchi uchrashuv va birgalikda o‘tkazilgan kunlar..."


Birinchi marta uchrashganimizni eslayman. U menga qarab, "Boyingiz sal kichik ekan," degandi. Hazil qilib, "Yo‘q, men uzunman," degandim. Ikkalamiz ham kuldik, ammo o‘sha kulgu orqasida nimadir bor edi — bir-birimizga yaqinlashayotganimizni, bir-birimizni anglay boshlayotganimizni sezgan edim. O‘sha paytda buni bilmasdim, lekin uning har bir so‘zi, har bir qarashi, o‘ziga xos bir ifodaga ega edi.


Birinchi uchrashuvda u mendan, "Nechta qizni yaxshi ko‘rgansiz " deb so‘ragan edi. Men esa unga, "Umrimda bir marta rostakamiga sevdim, faqat seni," deb javob bergandim. O‘sha so‘zlar, hali ham qulog‘imda yangraydi. Bu faqat so‘zlar emas edi. Bu bir his edi. Bu, sevgi — chinakamiga birinchi marta o‘sha payt his qildim.


Birgalikda kutubxonaga borardik. Dars qilish uchun joylar, lekin o‘sha darslardan ko‘ra, bizning suhbatlarimiz, kulgilarimiz ko‘proq edi. Birgalikda bog‘larda ham ko‘p vaqt o‘tkazdik. G‘afur G‘ulom bog‘ida, Mirzo Ulug‘bek bog‘ida, eco parkda, botanika bog‘ida... har bir burchakda, har bir o‘tirgan joyda o‘zimizni boshqacha his qilar edik.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Hikoyalar kanali o'quvchilaridan kelgan hikoya...
👇

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

АҚШнинг Нью-Мексика штати полиция департаментида узоқ йиллар ишлаган Стьюарт Стэл кучли отишмада оғир яраланиб шифохонага тушади. Ўшанда у тўрт нафар асирни қутқаришга муваффақ бўлган, ўзим билан юзма-юз келганди. Ундан интервью олишганида шундай деган эди:

"Ҳар дақиқада кимдир бу дунёни тарк этади.
Биз ҳам бу навбатда турибмиз — ҳатто буни ҳис қилмасак ҳам.
Олдимизда қанча одам борлигини ҳеч қачон билмаймиз.
Навбатдан чиқиб кетолмаймиз.
Бошидан қайта туролмаймиз.
Бошқа томонга ўтиб кетиш имкони ҳам йўқ.

Шунинг учун... бу навбатда турган пайтда:

— Яхши лаҳзаларни пайқай бил;

— Ҳаётингдаги энг муҳим нарсаларни белгилаб ол;

— Вақтингни қадрла;

— Сенга берилган неъматларни дунёга кўрсат;

— Инсонларнинг қадрига ет;

— Овозингни дунёга эшиттир;

— Кичик ишларни катта мазмун билан бажар;

— Кимнидир кулишга мажбур эт;

— Ўзгариш ярат;

— Сев;

— Тафаккур ва ижод қил;

— Ҳаётга тинчлик олиб кир;

— Яқин инсонларинг уларни қанчалик севишингни, албатта, билишсин;

— Ўтмиш учун афсусланма;

— Ва энг муҳими — ўлимга доим тайёр эканинга ишонч ҳосил қил...

©️ Сарвар Раҳимий таржимаси

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Shahrimizda farzandlarimiz sogʻligiga eʼtibor qaratishimiz joiz... Biz yoshlarga yanada koʻproq imkoniyatlar va shart sharoitlar yaratsak, kelajakda ular bizga biz qilgandan 10 barobar balki 100 barobar qilib qaytarishadi... Bu klinika ham farzandlarimizning sogʻligi va kelajagi uchun qurildi! Yurtboshimizning tabdirkorlarga keng imkoniyatlar yaratib berganligi biz uchun ham koʻplar eshiklarni ochdi... Zero davlat taraqqiy etsa, odamlar ham boy boʻladi... Yurtimiz bayrogʻini butun dunyoda tan olishadi.
Sanjar Arslonov juda yonib kuyib soʻzlar. Har bir gapi nihohalanishi bilan pastdagi odamlar gurr etib qarsak cholishar edi... Sanjar Arslonov avval bojxonada ishlagan va isteʼfoga chiqqan. Shuning uchun boʻlim boshliqlari bilan yana sud idorasida ham tanish bilishlari talaygina. U mikrafonga ogʻzini yaqinroq olib keldi va ovozini tantanali tarzda jaranglatdi.
  - Mamnuniyat va cheksiz extirom bilan, xalqimiz uchun, farzandlarimiz uchun mana shu yangi bolalar shifoxonasini ochiq deb eʼlon qilaman! Klinikamiz bir hafta bemorlarga tekin hizmat koʻrsatadi! Hammaga rahmat!
Sanjar Arslonovga katta bir qaychi keltirdilar. U Klinika eshigi oldidagi qizil lentani ohistalik bilan qirqdi. Qarsaklar chalindi. Sanjar Arslonov mamnun jilmaydi...
  Yigʻilganlarning barchasi klinika ichiga kirishdi. Uni sharoitlari va xizmat turlari bilan tanishish boshlandi. Kimdir Sanjar Arslonovning qulogʻiga bir gapni shipshitib ketdi. Sanjar Arslonov yonidagi tadbirkorlik sheriklariga bir narsalarni bahona qilganicha tashqariga shoshildi. Uni mashinada bir shaxs kutib oʻtirar edi. Sanjar Arslonov oʻzining qora Jeep iga o'tirdi.
  - Shef! Odina oʻldi... Hammasi siz buyurganizdaqa ketyapti.
  - Juda yaxshi. Muommo yoʻqmi?
  - Hozircha yoʻq...
  - Politsiyadagilar nima deyapti?
  - Qiz oʻz joniga qasd qilgan... Har holda birinchi oʻrindagi taxminlari shunaqa boʻldi.
   - Juda yaxshi...
   - Shef... Yusuf qattiq iztirobga tushibdi. Endi bizga qarshi chiqolmasligi tayin...
  - Uni yana bir ukasi bor ekanku, Kamron deganlari...
  - U yaqindagina maktabni bitirgan goʻdak... Qoʻlidan hech narsa kelmaydi...
  - Mayli... Lekin hushyor turinglar. Nazim masalasi nima boʻldi?
  - Sizni buyrugʻizni kutyapmiz.
  - Erta-indin unga ham navbat keladi... Mendan xabar kutinglar.
Sanjar Arslonov mashinadan tushdi. Oʻzining yangi ochgan klinikasida asta-asta odimlab kirib ketdi...

11-QISM TUGADI

⏰23.04.2025.             17:13

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

— Нимага?
— Чунки она боласини бир марта эмизса бас, боласи лўлилигича қолади.
Вазир бу гапларни шоҳнинг кўнгли учун айтган эди. Аммо подшоҳ фикридан қайтмабди.
Орадан ойлар ўтибди.
Иттифоқо бир куни сарой яқинидаги тепаликда лўлилар карвонининг қўнғироқлари чалинибди.
— Сиз ёқтирган қиз ҳомиладор, менимча, шу кунларда кўзи ёрийди. Агар чақалоғи қизча бўлса...
- Саройга олиб кел, фақат онаси сезмасин, дояларни қўлга ол, ўғил бўлса, керакмас. Қизни саройда маликалардай тарбиялаймиз.Онасига уйланолмадим, аммо қизини ўғлимга олиб бераман.
— Ўғлингиз улғайганда кўнмаса-чи?
— Бу ёғини менга қўйиб бер.
Шоҳлар истагига тўсиқ борми? Чақалоқ саройга келтирилиб, махсус энагалар тайинланибди. Қизалоқ жуда чиройли экан. Авайлаб катта қилишибди.
Йиллар ўтиб валиаҳд шаҳзода вояга етганда, отаси ёнига чақирибди:
— Болам, биласан, саройда сен билан бирга истагимга биноан фалон мамлакат подшоҳининг набира қизи ҳам вояга етди. Эндиги режам тўйингизни кўриш.
Ўғил отанинг измига бўйсунибди. Қирқ кечаю қирқ кундуз тўй бўлиб, куёв билан келинчак шоҳона безатилган хонага киришибди.
Шоҳ орзуси ушалганидан, ўзи ёқтирган қизнинг фарзанди саройда эканлигидан яна бир бор қувонибди. Вазир ҳам икки ёшни дуо қилиб, Шоҳ эътиқодининг қатъийлигига офаринлар айтибди. Аммо икки дўстнинг қувончи узоққа чўзилмабди. Кўзи ғамгин, чеҳраси паришон шаҳзода руҳсат сўраб, отаси ҳузурига кирибди.
— Отажон, бир қошиқ қонимдан кечсангиз, бир гап айтсам.
— Нима гап?
— Келинингиз... келинингиз...
— Қочиб кетдими? — тўсатдан оғзига шу гап келганидан шоҳ қўрқиб кетиб секин ён-атрофига қарабди. Хайрият, вазирдан бошқа ҳеч ким йўқ экан.
— Келинингиз канизаклари билан ширин муомала қилади. Менга ҳам меҳрибон. Аммо унинг айрим ишлари таажжубга солади, ота!
- Хўш, нима гап экан?
- Кечалари, мени ухлади деб ўйлаб, секин ўрнидан туради-да, қандайдир хуржундан турлича либосларни олиб кияди. Бу хуржун ва антиқа либослар қачон ва қандай қилиб саройга олиб кирилган, сира ақлим етмайди. Энг қизиғи... хуржунни елкасига осиб олади-да, уйнинг бурчакларига бориб, кимлардандир садақа сўрайди. Кўзга кўринмас одамлар билан гаплашиб, фол очади. Кейин яна шоҳона либосларни кийиб олади.
Шахзоданинг гапидан шоҳ билан вазир бир-бирига маъноли кўз ташлаб, бош чайқашибди.
— Қўявер, ўғлим, вақт — энг яхши ҳакам. Маликага айтамиз, бу қилиғини такрорламайди.
Шаҳзода бош эгиб чиқиб кетгач, шоҳ вазирга ўшқирибди:
— Сен мени алдагансан!
— Нима деб?
— Онасидан туғилиши биланоқ ўғирлаганмиз деб, чақалоқ онасини эмиб улгурган.
— Лўли лўлилигича қолади, шоҳим. “Қазисан, қартасан, асл зотингга тортасан”, деб бекорга айтилмаган. Арпадан арпа, буғдойдан буғдой олинади.
Шоҳ тахтига ғамгин чўкиб қолибди. Хатосини тушунибди. Вазир дўстининг кўнглини олиш учун секингина мурожаат қилибди:
— Шоҳим, юринг, боғларни айланиб келамиз.
Икки дўст ташқарига чиқишибди. Товусларнинг чиройли хиромини, ҳовуздаги балиқларнинг чиройли сузишини кўрган шоҳ бехад шодланибди. Айланиб юришиб янги жўжа очган товуқ олдига келиб қолишибди.
— Қаранг, шоҳим, уч хафта бурун мана шу товуққа тухум бостирилган эди. Жўжаларини кўраяпсизми?
— Биттаси сал бошқачароқми?
Шоҳнинг саволига вазир бош силкибди:
— Ҳа, у жўжа ўрдак тухумидан чиққан. Мен атайлаб шундай қилишларини буюргандим. Қани, боғни айланайлик-чи...
Товуқ барча жўжаларни эргаштирганча ўт-ўланлар ичига юрибди. Болалари сира онасидан ажралмасмиш. Лекин митти ўрдакча сал нарироқда юриб ниманидир излармиш.
Жониворлар айланиб юришиб, бир вақт ариқ ёнига бориб қолишибди. Жажжи ўрдакча шошилиб ўзини сувга отибди. Она товуқ сув бўйида жонсарак бўлганича қолаверибди...
— Ана, шоҳим, товуқ босиб ётган ўрдак тухумидан барибир ўрдакча чиқди. Бу - Аллоҳнинг мўъжизаси, - дебди.
Нозик ишорани тушунган шоҳ саройга борибоқ лўли келинчакни озод қилибди. Қафасдан - саройдан қутилган лўли қиз шукроналар айтиб, ўзининг кийимларини кийиб, бош олиб кетган экан.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Бир кун Искандар Зулқарнайн маслаҳатчисига деди:
— Шу пайтгача сенга қанчадан-қанча инъом-эҳсонлар бердим. Аммо менга чин дилдан, садоқат билан хизмат қилганингни кўрмадим.

Довдираб қолган маслаҳатчи:
– Авф этасиз, ҳукмдорим, айбим нимада? – деб сўради.
– Бир марта бўлса ҳамки, камчилигимни юзимга айтмадинг. Бу қандай садоқат, бу қандай яқинлик?
– Ҳукмдорим, сизда ҳеч бир камчилик йўқ...
– Йўқ, янглишасан! Менда камчилик борлиги аниқ. Чунки инсон айбсиз-нуқсонсиз бўлмайди. Агар сен менда қандайдир хато-камчилик кўрмаётган бўлсанг, ғирт аҳмоқсан. Мабодо кўра туриб, айтмаётган бўлсанг – мунофиқсан ёки маддоҳ.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Sanjar Arslonovga bir umrlik qamoq jazosi tayinlandi.
Azamat sud zaliga keltirilgach ikki ukasi - Kamron va Yusufni koʻrib battar ezildi. Yusufning bir oyogʻi pratez edi. Kamron Azamatga nafrat bilan qarab qoldi. Sud boshlandi. Prakuror Azamatni soʻroq qila boshladi.
- Azamat siz 5 nafar qizni oʻldirganlikda ayblanyapsiz, buni tan olasizmi?
Azamat juda yomon ahvolda edi. Tan olmasa nima oʻzgarib qoladi. Axir uni Nazim ham Sanjar Arslonov ham koʻrgan, hozir ular shu zalda oʻtirishibdi. Tan olmaslikning ilojisi yoʻq!
- Haaa...
- Ular orasida oʻz singlingiz borligini bilarmidingiz?
- Bilmasdim...
Azamatning koʻzlari yoshlandi. U vijdon azobida qiynalyotgani va qilgan ishidan qattiq pushaymon ekani yaqqol koʻrinib turardi. Lekin... Endi ming pushaymon boʻlmasin, ming marta tavba qilmasin Nafosat qaytib kelmaydi! Malika qaytmaydi! Yana boshqa qizlarni ham ortga qaytarolmaydi! Savol-javoblar oʻz nihoyasiga yetdi. Azamatga 25 yil qamoq jazosi tayinlandi. Azamatning sud zalida joylashgan jinoyatchilar oʻtirgan oq panjaraga kirgizishdi. Hukm oʻqildi. Barcha jinoyatchilar qonun oldida javob berdilar!
Sud nihoyalangach, Yusuf va Kamron akalari Azamatning oldiga kelishdi. Ularning nigohlarida "Shu meni tugʻishgan akammi?!"degan alamli iztirob bor edi. Soʻzsiz ancha vaqt tikilishib qoldilar. Oxiri Yusuf tilga kirdi.
- Qanday qoʻliz bordi? Yosh qizlarni qaysi vijdon bilan oʻldirdiz aka! Sizni aka degishga ham or qilaman! Eshityapsizmi or qilaman!
Azamat indamadi. Koʻz yoshlari yuzini yuvdi. Kamron ham akasiga achchiq gap aytmoqchi edi, lekin fikridan qaytdi. Sekin lekin o'qdek qilib
- Singlimni sizdek akasi borligidan afsusdaman!
Dedi. Ikki aka-uka sekin qadamlar bosganicha sud zalidan chiqib ketdilar. Ularga oʻz akasining jinoyatga aloqador ekanini bilish oson emasdi. Buni hazm qilish anchayin ogʻir edi... Kamron ham Yusuf ham qattiq iztirobga tushishdi. Lekin bir tomondan ular xursand edilar. Va nihoyat qancha qiyinchilik va yoʻqotishlarga qaramay, ular jinoyatni fosh qilishdi, katta bir jinoiy toʻdani tutishdi. Singlisining qotillarini topishdi... Muhammadning ham koʻngli taskin topdi. Endi uning tushlariga Nafosat kirmay qoʻydi. Uning ruhi azobdan qutulgan edi. Muhammad Nafosatni chin qalbidan sevardi... Unga oʻxshagan qiz uchraydimi yoʻqmi nomaʼlum lekin... Inshaalloh uylansa va qiz farzand koʻrsa, ismini albatta, Nafosat qoʻyishni oʻziga ahd qildi.
Yusuf pratez oyoqda yurishga biroz qiynaldi. Chap qoʻliga qoʻltiqtayoq qistirgan holda yurishni ancha mashq qildi. Oʻz oyogʻi oʻrniga qoʻyilgan temir oyoqqa u unchalik ham ko'nikolmadi. Lekin na iloj! Koʻnikishga majbur! Singlisiga oid jinoyat bilan ochilgan ish - yarim yil deganda yopildi! Bu yoʻlda qancha mashaqqatlar boʻldi. Tazyiqlar va tahdidlar qilindi. Odinadek sof qalbli qizning umri xazon singari toʻkildi... Yusuf Odinani oʻylasa yuragi orzuqib ketardi. Uni sogʻinar, u bilan uzoq-uzoq suhbatlar qurgisi kelardi. Lekin endi buning imkoni bormikan?! Albatta yoʻq!!! Nafisa ham Odina ham yer ostida yotishibdi!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)

14-QISM. FINAL.

Muallif:✍Usmonaliyeva Munira.

Qancha qiynoqlar qilinishiga qaramay, Nazim jim edi. Uni gapirtirish unchalik ham oson emasdi. U yoshlik paytlaridan buyon "Shef" ning xizmatida... Unga sadoqatli... Kamron Muhammad bilan ularning ortidan poylab yurgan yigitlardan birini tutish uchun reja tuza boshladi. Iloji boricha Nazimning oldiga bormaslikka, borsalar ham sezdirib qoʻymaslikka tirishishdi.
- Kamron... Anavi qora Nexia kechadan beri bizni taqib qilganga o'xshayapti...
- Ha... Men ham sezdim. Hozir sen mashinadan tushasanda meni kinoteatr yonida kutasan... Men buni oʻsha yerga olib borishga harakat qilaman... Uni qoʻlga olamiz.
- Qanday? Tushunmadim.
- Sen oʻsha joyga borib tur. Men uni ham boshlab boraman... Vaqt ketyapti Muhammad. Uni tezroq tutib, Nazimni gapirtirishimiz kerak.
- Xoʻp.
Muhammad mashinadan tushdi. Atrof qorongʻu... Shahar koʻchalarini yoritib turgan chiroq nurlari ham bugun negadir xiralashgandek. Sokin koʻcha, ariqdan suvning shildirab oqayotgani eshitilib turibdi. Onda-sonda baqalarning "vaq-vaq" qilgan tovushlari, chigirtkalarning chiyillashi ham quloqqa chalinadi. Muhammad Kamron aytgan joyga borib turdi. Oradan hech qancha vaqt oʻtmay Kamronning mashinasi koʻrindi... Uning ortida esa oʻsha qora Nexia avtomabili koʻzga tashlandi. Nexia Kamronga yaqinroq joyga kelganida Kamron oʻz mashinasidan tushdi va Muhammadga ishora qildi. Ikki yigit ikki tarafdan Naxia ga yaqinlashdilar, Muhammad tezlik bilan mashinaning yon eshigini ochdi. Nexia ichida oʻtirgan yigit qochmoqchi boʻlib oyogʻini pedalga qoʻygandi hamki, bu tarafdan Kamron paydo boʻldi. Ikkisi ham mashina ichiga oʻtirishdi. Gavdali yigitni birin-ketin doʻpposlay boshladilar. Yigit sheriklariga bildirish uchun, mashina signalini qattiq-qattiq choldi. Kamron yigitning qulogʻi tagiga musht tushurdi.
- Hayda mashinani, boʻlmasa oʻlasan!
Yigit shosha-pisha mashinani o't oldirdi. Ularning ortidan gavdali yigitning sheriklari taqib qila boshlashdi.
- Tezroq hayda, maraz!
Kamron shimining choʻntagidan to'pponchasini olib yigitning bosh chakkasiga tiradi.
- Tezroq hayda, joningdan umiding boʻlsa hayda!
Muhammad va Kamron yigitni urib ketishar, yigit iloji boricha sekinroq haydashga, sheriklari unga yetib olib qutqarishiga harakat qilardi. Kamron yigitning oyogʻiga oʻq otdi. Yigit dod solib baqirib yubordi.
- Aaaaaaaaxxxxx!
- Bu tez minmaydi, bu turishda qoʻlga tushamiz, Kamron.
Muhammad koʻylagini yirtib u bilan boyagi yigitni qoʻlini maxkam bogʻladi. U tortib orqa oʻrindiqqa uloqtirib tashladi. Oʻzi ham orqa o'rindiqqa oʻtib oldi. Kamron boshqaruvni oʻz qoʻliga oldi. Orqadan kelayotgan 2-3 ta mashinalar hamon taqib qilishardi. Kamron gazni bosdi. Juda tez, judayam tez haydadi... Zum oʻtmay taqib qilayotgan mashinalar koʻzga ko'rinmay qoldi. Kamron yigitni sudragancha oʻsha Nazimni barkitgan uychaga olib kirdi. Uni stulga maxkam qilib bogʻladilar... Yigit baquvvat va anchayin gavdali boʻlsa da hali juda yosh edi. Chamasi 23-24 yoshlar oraligʻida, bugʻdoyrang, sochlari qalin jingalar, soqol qoʻymagan edi. Kamron va Muhammad birgalashib uni gapirtirish uchun 2-3 soat ter toʻkishdi...
- Qani gapir! Nimaga bizni kuzatib yuribsan?! Boʻl! Gapir!
- Aytmayman baribir!
- Agar aytmasang...
Kamron qoʻlidagi pistaletini yigitning peshonasiga tirab qoʻydi.
- Mana shu keng peshonangdan darcha ochib qoʻyaman!
Yigitning yuzlari qonga toʻlgan, jag'idagi 2 ta tishi sinib ketdi... Muhammad muzdek suv olib kelib yoʻq yigitning boshidan quyib yubordi. Suv tekkan badaniga ingichka kaltak bilan savalashdilar. Axiyri yigit bunaqa azoblarga bardosh berolmadi. Jon holatda baqirishga tushdi.
- Aytaman! Aytaman hammasini!
- Qani boʻlaqol, gapir...
- Bizga sizni kuzatishimizni buyurishdi. Sizlar Nazim akani tutib olganlaringni bilishgan lekin qayerdaligini topolmadik. Sizlarni kuzatib uni topmoqchi edik...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Tinchlikmi shefim?
  - Nazim hech qayerda yoʻq! Anavi Yusufni ukasi Kamronni kun-u tun kuzatishyapti, lekin ulardan hali bir ish chiqmadi...
   - Nazimni ular tutib olishgan deb o'ylayapsizmi?
  - Oʻylaganim yoʻq! Bu aniq! Faqat ular sir boy berishmayapti. Nazimni qayergadir berkitib qoʻyishgan!
Sanjar Arslonov asabiy boshini silkitdi. Koʻzlarida naftar olovi yondi.
  - Agar... Agar... Nazim gullab qoʻysa... Tamom. Hammasi bardod boʻladi. Hammamiz! Eshityapsanmi hammamiz ketamiz!!!
  - Asabiylashmang... Ularni albatta topamiz. Nazoratni, taqibni kuchaytiramiz...
  - Shunday qilinglar. Nazimni topgan zahotinglar, oʻylab oʻtirmay oʻldirvoringlar! Oʻzi shuncha vaqt bekor tirik qildiribmiz. Men mana bu klinika ishi bilan ovora boʻlib qolganim pand berdi!
  - Mayli tashvishlanmang... Hammasi silliq ketadi...
  - Umid qilaman, Salim! Umid qilaman!
Sanjar Arslonov dam olish uchun oʻzining maxsus xonasiga kirib ketdi... Salim bir necha guruh yigitlarga nazoratni kuchaytirish haqida koʻrsatmalar bera boshladi...

13-QISM TUGADI.

⏰28.04.2025.                 11:15

Oxiri quydagi kanalda bor
👇

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Bugun ertalabda ajoyib xabar keldi! Kamron va Muhammad Nazimni topishganlarini va uni Muhammadning katta bir giloszorida joylashgan kulbaga qamab qo'yishganini aytishdi. Yaramas! Ikki yigit Nazimni rossa urib jismoniy azob berishsa ham u sheriklarini sotmayotgan emish! Bugun Kamron shu masala boʻyicha Yusufning oldiga kelmoqchi. Yusuf ukasini kutganicha shiftga qarab hayol surib qoldi. "Nazim topildi! Bu degani jinoyatchilarning ildizi topildi degani... Agar Nazim sheriklarini va bunaqa qabih jinoyatlarga qoʻl urgan katta sheflarini ismlarini aytsa bormi... Ularni qoʻlga olardik va millatimizga xavf solayotgan vaxshiy kimsalar ancha kamayar edi!" Yusufning hayollari uni oʻrab oldi. U hamma narsa haqida, har kimsa haqida oʻylay boshladi. "Jinoyatchilar topilib, ularga tegishli jazolar berilsa... Singlim ham qabrida tinch yotar edi... Odina ham! Ular men uchun nihoyatda qadrli edilar..." Birdan Yusufning hayoliga akasi Azamat keldi! Fikrlari tobora teranlasha boshladi. "Akam! Odinani sudga berdi lekin oʻzi kelmadi... Kamronga 2-3 kunda boraman maslahatli ish bor degan edi... Kelmadi! Hatto qoʻngʻiroq ham qilmadi. Bu yerda bir gap borligi aniq!"
Eshik ochilib hamshira qiz kirib keldi. Yusuf hamon hayollari tasiridan chiqolmagan edi.
- Ukol qilishim kerak...
Qizning chiroyli koʻzlari suzilib ketdi. Yusuf uni eshitib tursada, nima deyayotganini fahmlashga qiynalar edi...
- Aaa?
- Ukol vaqti boʻldi...
Yusuf oʻziga keldi. Qizga qarab hijolatli jilmaydi.
- Uzr singlim... Biroz hayolga berilib qolibman.
Qiz indamadi. Lekin miyigʻida kulib qoʻygani sezildi.
Qiz noziklik bilan Yusufning bilagiga igna sanchdi... Qoʻli nihoyatda yengil ekan. Igna kirgani ham sezilmadi. Qiz osma ukolni ulan qoʻygach, yana Yusufga yuzlandi.
- Yarim soatlarda tugaydi... Men boshqa bemorlarga ular chiqaman.
- Xoʻp.
* * *
- Gapir! Sheriklaring kim?!
Kamron Nazimga gʻazab bilan qaradi. Unga bor kuchi bilan musht tushurdi. Nazimning chap tomonidagi bir dona tishi sinib tushdi. Ogʻzi qonga toʻladi.
- Gapirasanmi yoʻqmi haromi?!
Kamron yana musht tushurdi. Nazim hamon jim edi. Muhammad bir chelak muzdek suv olib kelib Nazimning yuziga sepib yubordi. Nazim sovuq havoda, sovuq suv tanasiga tekkanidan seskanib ketdi. Badani dir-dir qaltiray boshladi. Kamron yana savol berishga tushdi.
- Ayt! Kimlarga ishlaysan?! Ho'jayining kim?!
Nazim javob bermadi. Uning bu qadar shefiga vafodor itligini kutmagan Muhammad labini tishladi.
- Bu it juda vafodor chiqib qoldi-ku, Kamron!
- Baribiram! Gapirmaganiga qoʻymayman!
- Urib gapirtirolmaymiz nazarimda... Biron boshqa yoʻlini topishimiz kerak...
- Topamiz...
Kamron va Muhammad Nazimni stulga o'tirg'izib qo'llari va oyoqlarini maxkam bog'lashdi va xujra ichiga qamab ketishdi... Ular ketisharkan yoʻl boʻylab Nazimni qanday qilib tilga keltirishni oʻylashar edi.
Nazimning gʻoyib boʻlib qolgani Shef va uning hamtovoqlariga gʻalati tuyuldi. Bu juda shubhali edi. Ular xato qilishdi! Nazimni vaqtida oʻldirib qutulishlari kerak edi... Lekin... Oʻzlarini kuchli va aqlli sanab bu ishni kechiktirishdi va oʻzlariga jabr qildilar. Katta Shef - Sanjar Arslonov xato qilib qoʻyganini tushunib qoldi. Nazimning yoʻqolgani tasodif emas, uni oʻgʻirlab ketishgan! Agar Yusuf oʻgʻirlagan boʻlsa... Holiga maymunlar yig'lashi tayin!
- Tezda... Qayerdan boʻlmasin anavi itvachcha Nazimni topib o'ldiringlar!
Barzangi yigitlar buyruqni bajarish uchun Nazimni qidirgani ketishdi. Nazim hech qayerda yoʻq edi. Ular endi Kamron bilan Muhammadning ortidan tushdilar... Ularni kecha-yu kunduz kuzata boshladilar...
* * *
- Muhammad... Iloji boricha Nazimning oldiga bormay turamiz. Muhammad hayron boʻldi.
- Nega endi?
- Bizni kuzatishyapti... Menimcha ular Nazimni qidirib yurishibdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

https://youtu.be/lXthzAZtFJs?si=FyfJsCjijqqqQe9i

To'liq intervyu. Ko'rishni tavsiya qilamiz!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

— Бор дедимми, бор. Мендан салом айт, тезроқ очиб бемасангиз бўлмас экан, уйда меҳмонлар бор дегин.
Ўғлимни жўнатиб, меҳмонлар ёнига қайтиб кирдим. Камол шовқинимизни эшитган шекилли:
— Тинчликми ишқилиб? — деди, — дастурхон учун ҳижолат бўлманг, вақт алламаҳал бўлиб қолди, бизам уйга қайтайлик энди.
— Ҳечамда, қўйиб юбориб бўбман. Қаерга борасиз? Бизнинг ўғил бироз ақлсизда, консерва келтирган экан баққолдан очтирмай, аёлим очаман деб қўлини кесиб олди, онам ҳам ишга қўшилди, эплолмади, у ҳам яраланиб энди четда жим ўтирибди. Ҳозир бошқатдан жўнатдим баққолга, дарров очтириб келади худо хоҳласа. Ақлсиз бошнинг жазосини оёқ тортадида.
Камолнинг хотини ўнғайсизланиб:
— Бекор жўнатибсиз болани, — деди, — баққоллар ҳозир консерваларни очмай қўйишган. Тунов кун қўшниларимиз бир қути сардина олишган экан, бутун маҳалла бир бўлибам очолмадик.
Камол чўнтагидан занжирга боғланган бир катта чаққи чиқарди. Чаққининг тўрт-бешта учи, бир нечта бўлаги бор эди.
Аёлига кўрсатиб:
— Буни кўряпсанми? — деди, — бу билан нафақат консервалар, ҳаттоки сейфни ҳам очса бўлади…
Камолнинг ёнида ўтирган укаси ҳам чўнтагидан ўша чаққининг кичикроғини чиқариб:
— Ака, сизники ҳеч гапмас, — деди, — уни кўтариб юришни ўзи бир иш. Қаранг, бу кичкинагина, бироқ каромати кўп. Бу тили билан банкаларни очсангиз бўлади, буниси билан ҳар қандай қутини, буниси эса ҳатто эшикларни ҳам очади. Масалан, уйда бир кун шкафнинг калити йўқолиб қолди денг, мана шу тилини тиққандим, очилди-қўйди. Бунинг нақ 14 хил каромати бор. Америкадан уйга қайтишда олгандим. Менимча, ҳар бир одамнинг ёнида шундай қуроли бўлгани маъқул.
Камол:
— Менга отамдан қолгани ҳам бўлаверади, — деди, — отамдан ёдгорлик бу. Нафақат консерваларни, керак бўлса петрол бакларини ҳам очади. Нима шубҳанг борми?
Суҳбатнинг шу жойида ҳаллослаб ўғлим кириб келди.
— Нима бўлди, очтирдингми? — дея сўрадим тутоқиб.
Ўғлимнинг қўлидаги консерва яхшилаб муштланган, шекилли, қийшайиб, икки томони ўртага келиб қолганди.
— Қирраси қўлини кесиб юборди ота баққолнинг, кейин бу консервани ҳам, ишлаб чиқарганни ҳам, олганни ҳам… дея сўкиб, қарғаб консервани отиб юборди.
Камол кулгудан ўзини тутолмай,
— Қани, менга узатчи, — дея отасидан қолган қуролини чўнтагидан чиқарди. Тиззасини қутига тиради ва қадимий чаққисининг учини устига тўғрилади.
Бир тарафдан очишга уринса, бир тарафдан ярамас баққолни қарғай бошлади:
— Эшакмия, яна баққолмиш булар… Ҳайф сендай баққолга, ҳайф… Оҳ, тиззам, оҳҳ-ҳ тиззам…
Баракатли уйда албатта дори-пори бўлиши керак, тиззаси кесилган Камолга ёрдам бериш учун нариги хонадаги дори қутидан йод келтирдик ва кесилган жойга қўйдик. Шими қандай йиртилганини бир кўрсангиз эди…
Камолнинг тоқати тоқ бўлди, яна ғўлдирашга тушди:
— Консерва қутиси эмас, пўлат сейф бу, пўлат сейф, ярамас. Нари борса уч ё тўртта дўлма бор ичида, бунчалик қаттиқ ёпишга бало борми?
Камолнинг укаси:
— Мана шунда бир кўрайчи, Америкадан келтирганмана, ғаройиб чаққи бу, — дея ишни қўлига олди.
Америка чаққиси ҳам ишга ярамади, у ёғидан тиқди, кирмади, бу ёғидан очмоқчийди, уям бўлмади.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Singlim... Bir ikkita savollarimiz bor...
Sarvinoz yigitlarni ichlariga kirgazdi. Kimdir Sarvinozni zaif ovozda chaqirdi.
  - Qizim... Kim ekan...?
  - Haa... Svetdan kelishibdi, dada! Uydagi elektr sarfini tekshirishib keyin ketisharkan...
  - Qizim... Bir daqiqaga qaravor...
Sarvinoz Kamronga iltijoli qaradi.
  - Mayli dadangizga qaray qoling...
Sarvinoz dadasining oldiga kirib ketdi. Sal oʻtib qoʻlida garshok ko'targancha hojatxonaga kirdi... Boyagi garshokni yaxshilab yuvgach yana dadasining xonasiga olib kirib ketdi. Muhammad Kamronga maʼnoli qilib bir qarab qoʻydi...
  - Bechora qiz...
Sarvinoz keldi. Yigitlarni mehmonxonaga taklif qildi.
  - Sarvinoz... Agar bizga yordam bersangiz, vada beramiz... Siz haqizda hech qayerga indamaymiz... Dadangizga qarab tinch hayot kechiraverasiz... Faqat yomon yoʻlga qayta kirmaslik sharti bilan, albatta...
Sarvinoz yigʻlay boshladi. Uning koʻzlarida ham minnatdorlik, ham cheksiz g'am aks etardi.
  - Sarvinoz... Bizga Nazim kerak! Uni topishimiz shart. Yordam bering. U haqida nimayiki bilsangiz hammasini bizga aytib bering. Yoʻqsa ozingizga yomon boʻladi!
Sarvinozning yuzi nafratdan qiyshayib ketdi.
  - Iflos Nazim! U meni boshimga itni kunini soldi! Tabletkaga o'rganib qolganimdan keyin ilojsizlikdan uning topshiriqlarini bajarardim! Asosan dori sotardim... Bir kuni u meni uyiga chaqirdi. Muhim ish bor. Evaziga pul ham olasan dedi... Bordim. Chunki menga judayam pul zarur edi! Dadamning dorilari tugagandi, oʻzimning ham kontraktim uchun pul toʻlashim kerak edi. Boʻlmasa meni oʻqishdan haydab yuborishardi... Ahvolim haqiqatda ogʻir edi... Majbur boʻldim. Bordim. U menga aroq quyib berdi... Ichmayman desam ham majburlab ichkizdi... Eshikni qulfladi. Meni... Meni...
Sarvinoz qattiq yig'lab yubordi. Uning koʻz yoshlari yuzini yuvdi!
  - Koʻzimni ochganimda uning yotog'ida yotardim... Apil tapil kiyindim... U menga pul berdi. Uyimgacha olib kelib qoʻydi... Keyin umuman qorasini ham koʻrsatmadi. Keyin bilsam homilador ekanman! Hayotim barbod boʻldi! Politsiyaga borolmasdim, oʻzimni sharmanda qilgim kelmadi ham uni buyrugʻi bilan biroz muddat dori sotgandim. Shuning uchun qoʻrqdim...
  - Haaa... Uning uyiga borganmisiz?
  - Ha bir marta.
  - Eslay olasizmi?
  - Haa...
Sarvinoz Kamron va Muhammadga Nazimning uy manzilini berdi. Yigitlar Sarvinozning uyidan chiqishdi va qoʻllaridagi manzil boʻylab keta boshlashdi...

12-QISM TUGADI

⏰25.04.2025.                 9:44

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Bu aniq qotillik uka! Odinani oʻldirishgan... Buni xuddi oʻz joniga qasd qilish qilib korsatishgan... Hamma aybni unga yuklab jinoiy ishni tezda yopish maqsadida...
- Unda bu xabarni politsiyaga yetkazish kerak!
Yusuf keskin bosh chayqadi. Bu ishni ortida turgan odamning qoʻli anchayin uzun ekanligini va yuqoridagi qoʻshtirnoq ichidagi amaldor kishilar bilan aloqasi yaxshi ekanini angladi.
- Foydasi yoʻq... Politsiya hech narsa qilolmaydi... Chunki ular buni qotillik ekanini bilishgan... Bu yaqqol koʻrinib turibdiku, Odinaning boʻynidagi arqon boshqa, u osib qoʻyilgan arqon boshqa... Ularning qalinligida farq bor... Buni sezmaslik mumkinmas! Ular hamma ishni oʻlgan odamgan yuklab bosti-bosti qilib yuborishmoqchi, bor gap shu!
Kamron akasing gaplaridan bir hisobda ajablandi. Sababi akasi hamisha qonunnu ustun qoʻyar, davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda ish qilar edi... Lekin bir hisobda akasining gaplarida jon bor! Tuzum chirigan! Adolatsizlik va haqsizlik tobora avjiga chiqmoqda... Bazi bir mansabpasart kishilar, oʻzi qilgan qabih ishlarini begunoh mazlum kishilarga yuklashadi, oʻzlari esa suvdan quruq chiqishadi...
- Unda nima qilamiz aka?
- Oʻzimiz harakat qilishimiz kerak... Sen, men va Muhammad!
Yusuf ukasiga qaradi. Uning koʻzlarida olov yonardi.
- Uka! Biz jinoyatni fosh qilishimiz va barcha qotillarni, bu ishga aloqasi bor hamma jinoyatchilarni topishimiz shart! Yoʻqsa u vaxshiylar singlimizdaqa yana nechta qizni umriga zomin boʻladi, Odina singari aybsizlarga ayb yuklashadi... Qanchadan qancha bolalar og'irlanadi, nechtasini miyyasini psixatrop dorilar bilan zaharlashadi...
- Siz haqsiz aka... Biz ularni toʻxtatishimiz kerak!
Yusufning fikrlari tobora teranlashib borardi. U boʻlib oʻtgan barcha hodisalarni bir-bir esladi... Akmal yodiga tushdi.
- Kamron!
- Labbay aka.
- Akmal bilan uchrashishing kerak... Menda ruxsatnoma bor. Oʻshani oʻzing bilan ol... Akmal Nazim bilan ishlagan. U bergan dorilarni sotgan. Demak Akmalga o'xshagan yana shunaqa maktab, kollej, institutlarda dori sotadigan yigitlar, qizlar boʻlishi kerak... Birontasini eslashi yo boʻlmasam qaysi hududda shundaylar borligini bilishi mumkin!
- Xoʻp aka... Siz aytgandek qilaman!
Kamron akasining hujjatlarini oldi. Toʻgʻri Akmal yotgan Ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yoʻl oldi...
* * *
Kamron Akmalning oldiga kirish va suhbatlashish uchun akasining ordeni va hujjatlarini koʻrsatdi. Hamshira qiz unga biroz qarshilik qildi... Kamron unga akasining hozirgi ahvolini va kasalxonadan chiqolmasligini, bugun kechqurunga oyogʻini kesib tashlashlarini aytdi. Isbot yuzasidan Yusufga video qoʻngʻiroq qildi... Shifoxona rahbari Kamronga Akmal bilan koʻrishishi uchun ruhsat berdi.
- Akmal...
Akmal ancha oʻziga kelib qolgan, davolanishlar oʻz samarasini koʻrsatgan edi.
- Haa...
- Sen Nazim bilan hamkorlikda dori sotgansan shundaymi?
Akmal bir yutinib oldi. Pastki labini tiahladi.
- Shunday aka... Hozir bundan afsusdaman. Xatolarimni tushundim... Men bu iahlarni dori tasirida qilganman... Ular meni onggimni zaharlashib manipulyatsiya qilishgan ekan!
- Akmal... Singlimga qilganingni hech qachon kechirolmasam kerak. Lekin sal boʻlsa-da vijdoning qiynalayotgan boʻlsa, oʻsha vaxshiylarni topishimizga yordam qil...
Akmal boshini quyi soldi. U dadasining johilliklari taʼsirida ancha zo'riqib qolgan, uni tinmay kaltashlashi, haqorat qilib, soʻkinishi jon-jonidan o'tib ketgandi. U Nafsatni yaxshi koʻrardi... Unga yetishsam hammasi oʻtib ketadi deya fikrlardi. Nozimadan rad javobini olgach, ichidagi bor nafrati, alami va gʻazabi tashqariga otildi! Alam ustida Nafosatga xat yozdi. Ha! Bu oʻsha Malikaning kitobi orasidan chiqqan xat edi! U Malikaga emas, Nafosatga yozilgandi... Akmal uni Nafosat o'tirgan parta ustidagi kitobga solib qo'yadi... Lekin u kitob Malikaniki boʻlib, Nafosat uni o'qib turish uchun olgan va oʻsha kuni Malikaga qaytarib bergandi... Shunday qilib xat adashib Malikaning kitobiga tushib qoladi...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Sovuq kunlarda u boshini yelkamga qo‘yib o‘tirar edi. Men esa boshini silab, yelkamda ushlab turardim. O‘sha paytlar shunchaki, himoya qilish, unga issiq bo‘lishni his etdirmoqchi bo‘lish edi. Peshonasidan o‘pib qo‘yardim, u esa yuzimdan uyalib, tezda bir labini qo‘yib olardi. U o‘zini yonimda erkin tutardi, ba’zida erkalanib, qo‘llari bilan sochimni toʻzgʻitar keyin yana toʻgʻrilab qoʻyardi.. Uning bu harakati menga juda yoqar edi — oʻrtada hech qanday cheklovlar yo‘q edi, biz o‘zimizni to‘liq bir butun vujuddek his qilardik.


Kelajak haqida ham ko‘p suhbatlashardik. Farzandlarimiz nechta bo‘lishi haqida. Men, "1-farzandim qiz bo‘ladi," derdim. U esa, "Yo‘q, o‘g‘il bo‘ladi," deb aytardi. Bu oddiy suhbatlar edi, ammo unda bir katta orzu, kelajakni birgalikda qurish istagi yashirin edi.

Keyin, bir kun, uyiga ketdi. Viloyatiga. 8 oy ko‘rishmadik. Faqat onlayn suhbatlashar edik. Va nihoyat, kuzda o‘qishga kirdi. 12 sentyabr kuni, bizning doimgi skameykamizda kutib turardim, u keldi. Nafasi tez edi, orada bogʻlar bizni uzoq vaqt kutib qolganini his qilgandek edi. Men uning yuzidagi har bir ifodani, nafasini, har bir qadamini sezdim.


Shu kungacha u bilan o‘tgan barcha kunlarim — hayotimning eng chiroyli, eng samimiy lahzalari bo‘ldi.
Yaqinda yana o‘sha qadrdon bog‘ga bordim. Har doimgidek, bizning skameykamiz — xotiralarga boy, har bir taxtasi sevgimizni eslatadigan joyda o‘tirdim. Ancha vaqt o‘sha yerda jim o‘tirib, seni esladim.


Bog‘ endi menga avvalgidek rang-barang emas. Aksincha, kuzning sovuq nafasi bilan go‘yo yuragimga ham sovuq urilgandek tuyuldi.


Sen yonimda bo‘lgan kunlarda bu bog‘ yashil edi, jonli edi. Quvnoq qushlar, odamlarning kulgusi — hammasi go‘yo biz uchun edi. Hatto shamol ham bizni erkalagandek esardi.

Hozir esa... asar ham qolmagan. Faqat xotiralar, yurakda qolgan izlar...

Sen har doim menga “siz” deb murojaat qilarding, g‘alati edi, ammo shirin. Men esa seni “sen” deb chaqirardim, yuragimga eng yaqin inson bo‘lgani uchun.


Bir kuni, o'sha skameykada o‘tirib, o'zimizni ilk bor uchratgan kunni yozib qo‘ygan edim. O'sha rangli bo‘yoqdagi sana, go‘yo, vaqtni saqlab qolgan kabi, har safar ko‘zim tushganda o‘sha o‘sha aniq, shirin va noaniq hislarni yana bir bor his qilaman. O'sha kunning yodgorligi bugungi kunda ham yuragimni larzaga soladi. U sana faqat raqamlar emas, balki qalbimdagi sevgi va umidlarni, har bir narsa o‘z o‘rnini topganini anglatadi.

U doim bir gapni takrorlardi: “Mendan boshqasiga uylansangiz, to'yingizni buzib kelaman....”. Oʻzi aytdi ham- oʻzi qaytdi ham...
Uni oxirgi bor koʻrgan kunimga ham 33 kun boʻlibdi...
Ba’zan kimlardir yongizdan ketadi, lekin uning izi yurakdan o’chmaydi. U endi boshqa olamda, men boshqa olamdan yashayman... Kimdir baxtli, kimdir baxtsizroq...

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

"Kutaman degan edi..."


Deraza ortida shahar jim-jit. Shamol daraxt yaproqlarini yulqib o‘ynar, go‘yoki tabiat ham uning holatini tushunayotgandek. Xonadagi qorong‘ulik bilan birga, yuragining ichki zulmati ham chuqurlashib borardi. Uning qulog‘ida haligacha u so‘zlar jaranglaydi:
"Kutaman seni... imkoniyating bo‘lguncha, ishlaring o‘nglanib olguncha... men kutaman."
Qiz buni aytganida, ko‘zlarida ishonch bor edi. U esa, shunga ishonib yashagan. Har bir kun, har bir qadam — faqat u uchun edi. Bir kun kelib, hammaga isbotlaydi, deb o‘zini taskin bergan edi. Lekin…

Bugun u boshqa birov bilan ketdi. Boy, chiroyli, tayyor hayotga ega yigit. Bittada... hech qanday uzr, hech qanday izohsiz. Go‘yoki bergan va’dalari, qilgan ishontirishlari bo‘lmagan.

"Men uchun eng og‘iri — sen kutaman deganing edi..." deb pichirladi u o‘ziga. Yuragidagi og‘riq so‘zlarga aylanmadi, faqat ichkarida jim turgan og‘riqli sukunatdek qoldi.

U sevgilisi uchun kurashgan edi. Ammo bu kurashda yolg‘iz bo‘lganini endi anglayapti. Uning sabri sinov bo‘ldi, sevgisi esa mayda puldek qadrsizlandi. Endi, u ko‘z yoshsiz yig‘lardi. Chunki yurak yig‘layotgan edi.

Soʻnggi uchrashuv..

U bilan so‘nggi bor 31-mart kuni metro bekatida uchrashdik. Havoda og‘ir sukunat bor edi, go‘yo shahar ham nafasini ushlab, bu uchrashuvni kuzatayotgandek. So‘zlari ko‘nglimni tilka-pora qildi:

"Endi kech... hammasi hal bo‘ldi. 1 haftada qo‘limga uzuk taqiladi, 1 yil ichida to‘y bo‘ladi."

Men nima deyishni bilmadim. Yuragimda ming gap, lekin tilim xayolga bo‘ysunmay qotib qoldi. So‘zlar qochdi, faqat jimlik qoldi. Yig‘lagim keldi, ammo ko‘z yoshlarimni ko‘rsatmadim. G‘ururim og‘rig‘imdan ustun bo‘lishini hohladim.

So‘nggi umid bilan, so‘nggi bor qo‘l uzatdim... Balki yuragimga bir yorug‘lik qaytib kelar, degandim. Lekin u qo‘lini ortga yashirdi. O‘sha paytda yuragim ichida nimadir uzilgandek bo‘ldi. So‘nggi ip ham uzildi. So‘nggi ishonch, so‘nggi iltijo, so‘nggi “ehtimol” yo‘q bo‘ldi.

Men ketdim. U esa boshqa tomonga. Ikkimiz oramizdagi hamma narsa bilan ikki yo‘lga ayrildik. Orqaga qaramadim. Chunki qaramaslik — bu ko‘z yoshlarimni berkitish edi. Qaramaslik — bu chorasizlikni tan olish edi.


Lekin yuragim… hali ham o‘sha bekatda qolib ketgan.....

"Undan keyingi kunlar..."


U ketganidan keyin hayot davom etdi. Ammo men uchun yo‘q edi endi davom degan narsa. Kunlar o‘ta boshladi, lekin o‘tmayotgandek edi. Vaqt go‘yo to‘xtab qolgan, faqat quyosh chiqib-botayotganini tomosha qilayotgandek yashardim.


Tonglar hech narsani o‘zgartirmasdi. Har tong uyg‘onish — yana bir marta unga yo‘q deyish, yana bir marta o‘zimga sabr tilash edi. Har kecha — yana bir marta uni eslash, yostiqqa jim yig‘lash, so‘ngra o‘z-o‘zini yengish uchun quruq shiftga termulish.


Yuragimning ichida bo‘shliq bor edi. Hech kim, hech narsa uni to‘ldira olmasdi. Do‘stlar bilan gaplashsam — kulgu yolg‘on, sukunatlar esa haqiqatga to‘la bo‘lardi. Uyda esa… havo ham sovuq tuyulardi.

Ayrim paytlar o‘zimga “hammasi tush edi” deyishga urinardim. Lekin o‘sha metro, o‘sha ko‘zlar, o‘sha qo‘lini yashirgani – hammasi shunchalik tirik, shunchalik ro‘yobdagi haqiqat ediki, hech qaysi uydirma uni yengolmasdi.


Men yashadim. Ammo yashash va nafas olish – bu bir narsa emasligini anglab yetdim. Nafas olyapman, lekin yashamayapman. Toki... yuragimdagi u iz o‘chmaguncha, men butun bo‘lolmayman.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Otam...😢

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

⭕️⭕️⭕️⭕️

TA'LIM va OTA-ONA.

Aksar jamiyatlarda 2 xil toifa OTA-ONA mavjud. Biri ta'limni najot o'laroq ko'rsa, ikkinchisi vaqtni o'g'irlaydigan bir tizim deb biladi. Biz tashqaridan va tajribadan kelib chiqib, bu ikki xil toifani taqqosladik. Marhamat o'zingiz baho bering va o'z mulohazangizni bildiring!

O'g'il farzand(birinchi toifa ota-ona)

— O’g’lim! Maktabni bitirsang, pul ishlash uchun chet elga ketasan.Shuning uchun oz-moz til o'rganib tur! O’qib nima ham qilib berarding? O'qiganlarni ahvolini ko'rib turibmiz.

O'g'il farzand(ikkinchi toifa ota-ona)

— O’g’lim! Maktabda yaxshi o’qigin, ustozlaringni hurmat qil va ularni norozi qilishdan ehtiyot bo'l! Bizning qiynalayotganimizga e’tibor berma! Bizning davrda o’qishga imkon bo’lmagan va biz o’qiy olmaganmiz. Hozir ortingda biz bormiz o’g’lim. Yaxshilab ilm ol va dunyo kez. So'ngra millatimiz ravnaqi uchun bor kuchingni ber! Ilmli, o’qigan insonni jamiyatga foydasi boshqalardan ko’proq tegadi. Sen o’qib, yaxshi inson bo'lib, bizning yuzimizni yorug’ qilasan Xudo xoxlasa. Kishi hech qachon ta’limsiz najotga erisha olmaydi. Shuni UNUTMA! Hozir qiynalasan. Lekin rohatini ko’rasan o’g’lim. Biz senga ishonamiz o’g’lim. Alloh kuch-quvvat bersin o’g’lim.

Qiz farzand(birinchi toifa ota-ona)

— Qizim! Maktabni bitirishingga to’y. Narigi mahalladagi falonchibekka seni “berdik”. O’qib nima ham qilarding. Qiz bola ovqat qilishni, kir yuvishni bilsa kifoya. O'qib, dunyoni ham olib berarmiding. Qiz bolaga o'qishni kim qo'yibdi?!

Qiz farzand(ikkinchi toifa ota-ona)

— Qizim! Maktabda yaxshi o’qing, ustozlarni hurmat qiling. Zero, ilm ustozga hurmat bilan barakali bo’ladi. Maktabni yaxshi tamomlab, oliygohga kirishingiz va yaxshi ta’lim olishingiz lozim. Chunki siz butun bir oilani tarbiyachisi bo’lasiz. Jamiyatda siz qilishingiz kerak bo’lgan xizmatlar bor qizim. "Qiz bola o’qimasa ham bo’ladi" deb o’ylamang! Bizning tanazzulimiz ayol-qizlarning ilmsiz bo’lishi bilan boshlangan. Ota-bobolarimiz bekorga “Ayol jamiyat tarbiyachisidir” deb aytishmagan. Shuning uchun qizim siz ta'lim olish va axloqli bo'lish uchun tinmay harakat qiling! Biz sizga o’qishlik uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Siz esa bor e’tiboringizni ilm olishga qarating qizim. Alloh kuch-quvvat bersin.

Bizning ham jamiyatimizda yuqoridagi kabi ikki xil ota-onalar borligi haqiqatdir. Biz pul topishga imkoniyati umuman cheklangan ota-onalar haqida emas, yashashga uyi va imkoniyati qornini to'qlashga yetadigan toifalar haqida aytyapmiz.

To’g’ri! Sharoiti yo’q bo’lishi mumkin. Ammo ota-ona ozgina muddat o’sha qiyinchilikni o’z zimmasiga olib tursa, bola kelajakda hozir topgan topgan pulidan bir necha barobar ko’proq topishi mumkin. Yana siz aytishingiz mumkin “O’qiganlarni ham ko’ryapmiz. Shuncha o’qib 2-3 mln. topishyapti”. Biz aytamizki, birni ko’rib butunga hukm qilinmaydi. Siz maktabda zo’r o’qigan, tarbiyasi ham yaxshi, ustozlarni hurmat qilgan shaxslarni surishtirib ko’ring. Ular topayotgan moddiyat sizni fikringizni albatta o’zgartiradi.

Aytadigan bo’lsak gap ko’p. Ammo aytganni qabul qiladigan kam.
Biz eslatdik. Zero, eslatish hech qachon foydadan holi emas.
Xulosa chiqarish o’zingizdan.

Muhammad Sharif Ibrohim

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda

📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇
https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A
👆 ni bosing va OK.
Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Politsiya xodimlari Odinani ota-onasiga xabar berdilar...
* * *
- Nima?! Yoʻq!!! Bunday boʻlishi mumkinmas!!! Hazillashdim deb ayt, Kamron! Aldayapsan-aaa?!
Kamronning koʻzlari jiqqa yoshga toʻldi. Akasining holati unga yomon taʼsir qilgandi. Yusuf yotgan joyida boshini u-yoq bu yoqqa zarb bilan bura boshladi. Koʻzi toʻla yosh quyilib oqar... Bu xabar uni butkul ezib tashlagan edi!
- Qanaqasiga axir?! Nega?! Nega aynan u?!
Yusuf xoʻngrab yigʻlagancha baqirar, ko'zlaridagi yoshi tinmasdi... Kamron ham biroz yigʻlab oldi. U akasini koʻrib ruhan ezilayotgandi...
- Aka... Akajon... Allohni irodasi ekan.
- Axir u hali yosh edi! Orzulari juda koʻp edi!
- Aka... Menimcha sud zalida uni sezib qolishgan... Ogʻzini ochib qoʻymasin deya shu ishni qilishgan!
Yusuf titroq qoʻllari bilan koʻz yoshlarini asta artdi... Lablariga oqib tushgan achchiq yosh... Qalbidagi soʻngsiz mung... U Odinani judayan sevardi. Jinoyat fosh etilgach, uni qoʻlini soʻramoqchi, unga uylanib baxtli hayot kechirmoqchi edi!!! Hayotning beshafqat qoidalari bor! Bu qoidalarga sabr qilish, chidash... Ogʻir... Judayam ogʻir... Singlisidan ayrilgan aka. Endi esa sevgilisidan ham ayrildi! Yusufning hayotida nima maʼno bor?!
- Men oʻlishni xohlayman Kamron! Men yashashni istamayman! Avval ota-onamdan ayrildim! Keyin esa, ulardan yodgor boʻlib qolgan singlimni yoʻqotdim... Mana endi, umrimda ilk bor yoqtirgan insonimdan ham juda boʻldim!!!
Yusuf ancha tushkunlikka tushib qoldi. Kamron undagi bu holat yaxshilikka olib bormasligini juda yaxshi bilardi va akasini bu stressdan chiqarishga urina boahaldi.
- Aka... Hali yashashiz kerak, oʻzizni qoʻlga olishiz kerak!
- Nima uchun?! Kim uchun yashayman Kamron?! Bir oyogʻi yoʻq nogiron boʻlsam?!
- Unday demang aka! Jon aka oʻzizni qoʻlga oling! Odinani oʻldirganlardan, singlimizni oʻldirganlardan hammasidan bittama bitta qasos olishimiz kerak!!!
Yusuf oʻylanib qoldi. Haqiqatda u haq. Boʻlar ish boʻldi. U vaxshiylar juda katta jinoyatlarga qoʻl urishib hech narsa bolmagand suvdan quruq chiqib ketishlari adolatdan emas! Ular avvalo Alloh oldida javob berishadi, keyin qonun va xalq oldida ham jazolanishlari shart... Qanchadan qancha oilalarni qaqshatgan u ifloslarni topish kerak... Agar topmasa singlisi va Odinaning oldida gunohkor boʻladi! Yusufning hayollari bir joyga yigʻildi. Fikrlari ancha teranlashdi. Kamron va Muhammad yordamida jinoyatchi toʻdani topishga va singlisi hamda sevgilisi uchun qasos olishga ahd qildi...
* * *
Bugun boshqacha kun. Bugun shahar markaziga yangi bolalar uchun xususiy klinika ochiladi. Ochilish marosimi soat 11 larga belgilangan. Klinika juda fayzli, chiroyli qilib qurildi. Unga ishlash uchun malakali shifokorlar va hamshiralar jalb etildi... Bugun ochilish marosimidan keyin klinika naqt bir hafta bemorlarga tekinga hizmat qilmoqchi...
Ochilish marosimiga tayyorgarliklar avjida. Chunki bu marosimga shahar hokimi va shaharning koʻzga koʻringan yirik tadbirkorlari, obroʻli kishilar tashrif buyurishadi. Klinika oldiga qizil gilam toʻshaldi. Uning ortasiga bir minbar va mikrafon o'rnatdilar... Obroʻli kishilar old qatorda, bejirim o'rindiqlarda o'tirishibdi. Shu payt qora Jeep avtomobili keldi va undan 45-50 yoshlar atrofidagi, chiroyli kastum shim kiygan, soch saqoli did bilan qirtichlangan kishi, shu klinikaning rasmiy egasi - Sanjar Arslonov Anvarbekovich keldi. Bu kishi nafaqat bu klinikaning balki bundan boshqa yana 3-4 ta xususiy klinikalar egasi edi. Yana bir qancha savdo markazlari va restoranlar egasi ham edi. Ochilish marosimi boshlandi. Sanjar Arslonov soʻz minbariga tashrif buyurdi. Dona-dona qilib nutq soʻzlay boshladi.

Читать полностью…
Subscribe to a channel