hikoyalar | Unsorted

Telegram-канал hikoyalar - Hikoyalar (G&M)

10111

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

Subscribe to a channel

Hikoyalar (G&M)

Iqror (hikoya)

Politsiyada o‘tgan yigirma yillik faoliyatim davomida turli xil qotillik qurollarini ko‘rganman. Ularni sanab sanog‘iga yetish qiyin. Ammo Filip Esherni o‘ldirishgan quroldan ortiqroq dahshatli buyumni hali ko‘rmagandim. Bu inson bosh chanog‘i edi! Biz Ed Kreyn bilan uni jasad yonidan topdik. Bir yoki ikki zarbadan so‘ng u xuddi tuxumdek yorilib ketgan, lekin Esherning bosh chanog‘i ham yorilishiga shuning o‘zi yetarli bo‘lgandi. Esherning boshidagi jarohatga qaraganda, zarba judayam kuchli bo‘lganligi aniq edi. Men sigaret chekkancha uchta devori shiftgacha javonlar bilan qoplangan keng xonani ko‘zdan kechirdim. Ikkita javon charm muqovalari o‘ngib ketgan jild-jild kitoblarga to‘la bo‘lib, unchalik qiziqish uyg‘otmasdi. Uchinchi javon esa Meksika va Markaziy Amerika xalqlari san’atiga bag‘ishlangandi: idishlar, sopol va yog‘och haykalchalar, qurollar... Javon yonida katta yozuv stoli joylashgan bo‘lib, Esherga tegishli turli xil ma’lumotnomalar betartib yotar, ro‘parada yana bitta stol bo‘lib, uning ustida yozuv mashinkasi va diktofondan boshqa hech narsa yo‘q edi. Agar vaziyat boshqacha bo‘lganida men xonadagi qadimiy buyumlarni astoydil tomosha qilgan bo‘lardim, ammo ayni paytda menda bunday fikr yo‘q edi. Har qalay, boshi majaqlangan jasad va qonga belangan bosh chanog‘i – mudhish manzara. -Agar o‘z ko‘zim bilan ko‘rmaganimda bunga ishonmagan bo‘lardim,-ming‘irladi Kreyn. -Men ham. Biz xonadan Markaziy Amerika xalqlari muzeyining bo‘limini eslatadigan mehmonxonaga chiqdik. Eshik oldida bir politsiyachi tibbiyot eksperti va sherifni kutib turar, yana bir politsiyachi esa xona burchagidagi divan yonida u yoqdan bu yoqqa borib-kelardi. Divanda esa tizzalarini quchgancha Duglas Felkoner – kulrang shim va to‘q ko‘k rangli ko‘ylak kiygan ozg‘in, qirq yoshlardagi kishi o‘tirardi. U to‘g‘riga qaragancha shishalari qalin ko‘zoynagi ostidagi ko‘zlarini pirpiratar va ko‘rinishi beozor edi. Ammo yarim soat oldin aynan u politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, Filip Esherni o‘ldirganini aytgandi. Uning gapiga shubha qilishga hojat yo‘q edi, chunki o‘ng kafti va ko‘ylagi yengida qon dog‘lari qotib qolgandi. U marhumning shaxsiy kotibi bo‘lib ishlar va shaharning eng nufuzli hududlaridan birida joylashgan ispancha uslubdagi Esherning mana shu hashamatli villasida turardi. Uning aytishicha, qotillik g‘azab sababli yuz bergan, ammo nima uchun qotillik quroli sifatida g‘ayritabiiy buyumdan foydalanilganiga tushunolmay turardik. Felkoner bo‘shliqqa mavhum nigohini tikkancha o‘tirardi. Men uning yoniga kelib engashishim bilan u cho‘chib tushdi va menga qaradi. Ammo uning ko‘zlari hali ham ma’nosiz boqardi. -Xo‘sh, janob Felkoner,-so‘z boshladim men,-huquqlaringizni aytib o‘tdik, agar istasangiz, advokat chaqirishimiz mumkin. Hammasi qanday sodir bo‘lganini aytib berasizmi? -Hammasini aytib bo‘ldim.-U xotirjam edi.-Esherni men o‘ldirdim. Avvaliga bu ishni o‘g‘ri sodir qilgandek qilmoqchi bo‘ldim, lekin bundan hech narsa chiqmasligini tushundim. Vaqtim yetarli edi, ammo yolg‘on gapirishga o‘rganmaganman. Bundan tashqari... menga baribir bo‘lib qoldi. Detektiv, men charchadim. -Nega bunday qildingiz?-so‘radi Kreyn. Felkoner asta boshini chayqadi, biroq bu uning javob berishdan bosh tortayotganini anglatmasdi, bu harakati bilan u o‘zini qo‘lga olishga urinayotgani ko‘rinib turardi. Biz ertami-kechmi u hammasini aytib berishini bilardik, uni shoshirishning hojati yo‘q edi. Ammo baribir sabrim chidamadi: -Nimaga uni bosh chanog‘i bilan o‘ldirdingiz? Aytgancha, buni qayerdan oldingiz? U ko‘zlarini chirt yumdi, ammo darhol ochdi. -Esherning stoli ortidagi javondan. Uni urgan paytimda Esher stolda o‘tirgandi. -U o‘z xonasida inson bosh chanog‘ini saqlarmidi?-so‘radi Kreyn.-Nima uchun? -Unda o‘ziga xos hazil tuyg‘usi bor edi. Unga tashrif buyuruvchilarning o‘zini qanday tutishini ko‘rish yoqardi. Bu birinchidan. Ikkinchidan esa Esher bu uning uchun memento mori ekanligini ta’kidlardi. -Tushunmadim? -Bu lotincha,-izoh berdi Felkoner.-«O‘limni yodda tut».

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Oxirgi daqiqalarda sizning buyurtmangizni bajarishimiz aniq bo‘ldi. -Xursandman,-ovozi eshitildi xotinining.-Bugun kunduzi firmangizda ishlaydigan janob French bilan suhbatlashgandim. Endi esa kechirasizlar. Ovqat tayyor, hozir mehmon kutyapman. Avtomobil joyidan siljidi, Fergyuson qichqirishga urindi, ammo og‘zi bog‘langan qopdan ovozi chiqmadi. U ko‘zidan yosh oqqancha o‘ziga savol berardi: «U qanaqa mehmonni kutyapti? Nimaga men hech narsani sezmadim?!»

Ruschadan Dilshodbek Asqarov tarjimasi

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Yo'q qilish xizmati (hikoya)

Tashrif buyuruvchini qabulxonadan ichkariga kiritmaslik kerak edi, zero janob Fergyuson kelganlarni oldindan kelishgan holda qabul qilar, o‘ta muhim ish bilan kelganlargina bundan mustasno edi. Fergyuson vaqtning qadriga yetadiganlar toifasidan edi. Ammo janob Fergyusonning kotibasi miss Deyl yosh va ta’sirchan edi. Tashrif buyuruvchi yoshi ulug‘ bo‘lib, salobatli, qimmatbaho kostyum kiygan, qo‘lida hassa tutib olgan kishi edi. Miss Deyl uni muhim shaxslardan deb hisoblab, to‘g‘ri janob Fergyusonning xonasiga boshlab kirdi. -Salom, ser,-dedi tashrif buyuruvchi, miss Deyl eshikni yopib chiqib ketishi bilan.-Mening ismim Esmond. Yo‘q qilish xizmatidanman.-U Fergyusonga tashrif qog‘ozini uzatdi. -Tushunarli,-dedi Fergyuson, miss Deylning qilig‘idan jahli chiqqanini yashirmay.-Yo‘q qilish xizmati? Kechirasizu, menda yo‘q qiladigan narsaning o‘zi yo‘q.-U suhbatga yakun yasash uchun o‘rnidan turdi. -Hech narsangiz yo‘qmi? -Mutlaqo. Kelganingiz uchun tashakkur. Yo‘q qiladigan qog‘ozim yo‘q. -U holda siz atrofingizdagi odamlar bilan yaxshi munosabatdasiz desak bo‘ladi, shundaymi? -Nima? Buning sizga qanday aloqasi bor? -Bilasizmi, janob Fergyuson, yo‘q qilish xizmati aynan shu ish bilan shug‘ullanadi. -Ustimdan kulmang,-dedi Fergyuson. -Kulayotganim yo‘q,-javob qaytardi janob Esmond. -Siz aytmoqchisizki,-dedi Fergyuson jilmaygancha,-odamlarni yo‘q qilasiz? -Ha. Men hech qanday yozma dalil keltira olmayman: biz iloji boricha reklamadan qochamiz. Ammo ishontirib aytamanki, bizning firmamiz ishonchli. Fergyuson tashrif buyuruvchidan ko‘zini uzmay qarab turardi. U eshitganiga ishonishni ham, ishonmaslikni ham bilmayotgandi. Bu albatta hazil. Ahmoqqa ham ayon. Bu hazil bo‘lmasligi mumkin emas. -Yo‘q qiladigan odamlaringizni nima qilasizlar?-so‘radi Fergyuson. -Bu yog‘i bizning ishimiz,-dedi janob Esmond.-Muhimi, ular g‘oyib bo‘lishadi. -Tushunarli, janob Esmond. Aslida menda qanday ishingiz bor edi? -Aytdim-ku,-dedi Esmond. -Bas qiling. Bu jiddiy gap emas. Agar sizni jiddiy gapiryapti deb o‘ylaganimda politsiyani chaqirgan bo‘lardim. Janob Esmond uf tortgancha o‘rnidan turdi. -U holda siz bizning xizmatimizga muhtoj emas ekansiz. Sizning do‘stlaringiz, qarindosh va qo‘shnilaringiz, xotiningiz bilan munosabatingiz yaxshi ekan. -Xotinim bilan? Xotinim haqida nima bilasiz? -Hech narsa, janob Fergyuson. -Qo‘shnilarim bilan gaplashdingizmi? Mayda-chuyda janjallar hech narsani anglatmaydi. -Men sizning oilangiz haqida hech qanday ma’lumotga ega emasman, janob Fergyuson,-dedi Esmond yana kresloga o‘tirarkan. -Unda nimaga xotinim haqida eslatdingiz? -Bizning hisob-kitoblarimizga qaraganda, asosiy daromadimiz er-xotinlar munosabatidan kelar ekan. -Menda hammasi joyida. Xotinim bilan munosabatimiz a’lo darajada. -Demak, sizga yo‘q qilish xizmatining keragi yo‘q ekan,-dedi janob Esmond hassasini qo‘ltig‘iga qistirib. -Bir daqiqa,-Fergyuson qo‘lini orqasiga qilgancha xona bo‘ylab yura boshladi.-Bilasizmi, sizning gaplaringizga ishonmayman. Birortasiga ham. Ammo aytaylik, gapingiz rost. U holda agar men... istasam... -Sizning og‘zaki roziligingiz kifoya,-dedi janob Esmond. -To‘lov-chi? -Ish bajarilganidan keyin. -Menga farqi yo‘q,-shoshib dedi Fergyuson.-Men shunchaki qiziqyapman. Xotinim bilan munosabatimiz yaxshi. Turmush qurganimizga o‘n yetti yil bo‘ldi. To‘g‘ri, turmushda har xil janjallar bo‘lib turadi. Janob Esmond unga jimgina quloq solib o‘tirardi. -Istasang-istamasang, murosa qilishga to‘g‘ri keladi,-dedi Fergyuson.-Men sevgi-muhabbat yoshidan o‘tganman, xotinimni yo‘q qilish maqsadim bo‘lgani... -Sizni tushunaman,-so‘z qotdi janob Esmond. -Mana, nima demoqchiman,-gapida davom etdi Fergyuson.-Ba’zida xotinim bilan yashagim kelmay qoladi. U shallaqi. Asabimni buzadi. Egovlaydi. Bundan xabardormisiz? -Yo‘q,-dedi janob Esmond. -Bo‘lishi mumkin emas! Unda nega he yo‘q-be yo‘q oldimga keldingiz? Janob Esmond yelkasini qisdi. -Nima bo‘lgan taqdirda ham,-dedi Fergyuson,-hayotimni boshqatdan qurishni xohlaydigan yoshdan o‘tganman. Aytaylik, men uylanmaganman.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

#Жирканч_ҳиёнат

—Дадам ҳали ҳам қайтмадимикан? -дадасини хонаси олдидан ўтаркан. Оёқ кийимга кўзи тушмагач ҳайрон бўлди. Манзурадан ҳавотир ҳам олди. Ҳомиладорлигида чўчиб кетмасин деб.
—Дадамни оёқ кийими? У бу ерда нима қиляпти? -ўз уйи айвонида турган. Бир ҳафта олдин дадасига олиб келган тапичкасини кўриб ҳайрон бўлди. —Раҳимжон ўйнаб олиб келган бўлса керак.
Ўзига-ўзи гапирар экан. Хоналаридан ғўнғир-ғўнғир овозлар келди.
—Ҳали ҳам ухламабдимикан? Раҳимжон эркалиб қилаётган бўлса керак.
Иссиқ ҳаво...
Эшик-деразалар очиқ. Аммо пардалари тўсилган хона.
Расул аста хонасига қадам босди...
Не кўз билан кўрсинки....

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Сафарининг сўнгги куни Токиодан икки юз чақирим жойдаги Фудзияма тоғини бориб кўришга қарор қилди. Бу тоғ ҳақида жуда кўп эшитган, ўқиган. Таниқли япон суратчиси Кацусика Хокусайнинг “Фудзининг 36 кўриниши” тўпламини қайта-қайта томоша қилган, унинг Фудзиямага муҳаббатидан таъсирланган эди. Олисроқдан қараганда, Фудзи Олой тоғларига ўхшаб кетди. Японлар Фудзини муқаддас тоғ сифатида улуғлашади. Бу ерга келган ҳар бир киши ичида йиғилиб қолган сир-асрорлари, армону ниятларини айтиб, кўнглини бўшатиб кетади. Хокусай тоғни қайси тарафдан суратга олмасин, у ўзининг бетакрор улуғворлигини намойиш этади. Ҳар тонг муқаддас қуёш Фудзидан бош кўтариб, ғарбга томон йўл олади. Йўл-йўлакай олисдаги оқ қор, кўк музли ўлкалар осмонидан ўтиб, манзилига ошиқади.

Мурод тоғ этагига етганида, ерга энгашиб, қўлига бир сиқим тупроқ олди. Ҳидини сезди. Вужудини ҳаяжон қоплади, япон ёзувчиси Сайгё асарлари таржимасини эслади. Бу моҳир адиб уч қатор шеър ёзиш, Фудзининг қалбини англаш, тушуниш учун унинг пойида яшаб, ёлғизоёқ йўлларда бир ўзи кезиб, шу ерда жон таслим қилгани, Яратган эгамга хос ёлғизликда Фудзи ўрмонларида парвоз қилаётган қушлар, шилдираб оқаётган сувлар, шамолда ўйноқлаётган япроқлар билан, тунда тўлин ой, кундузи Қуёш билан диллашиб умр ўтказгани ёдига тушди. Адибнинг бор-йўғи уч сатрдан иборат шеъри қандай туғилганини тушунди. Тириклигида чор-ночорлигидан юзага чиқа олмаган, эл орасидан бир четга сурилган, вафотидан кейин эса оламшумул машҳурликка эришган Сайгёнинг қалбини ҳис этди. Одамлар сени тушунишлари, эътироф этишлари учун наҳотки ўлишинг зарур бўлса?!

Мурод Сайгёни устоз деб билган Басёнинг уч қатор шеърини эслади.

Фудзининг қалбидан эсаётган ел,
Сени елпиғичда, муқаддас туйғу
шаҳарга олиб кетаман.

Мурод шеърдан ғоят чуқур таъсирланди. Бу ерга келмаганида, унинг маъносини англамаган бўларди. У Фудзини жуда-жуда орзу қилганди. Мана, Хокусай ўттиз олти тарафидан суратга туширган муқаддас тоғ билан юзма-юз турибди. Қўлидаги тупроққа умрида ўзи йўқотган бир нималарни излаётгандай тикилди. Онаси отасининг қабридан олган бир сиқим тупроқни бағрига босиб неча вақт ётганидан бехабар бўлганида, Фудзи тупроғининг ҳидини сезмаган, бу ерда туриб, олисдаги ота маконини соғинмаган бўларди. Ҳаёлида муштипар онаси билан бирга бу улуғ тоғни бирга кезишди. Чўққидан бош кўтараётган Қуёшни ҳаммадан олдин кутиб олишди. Онаси Қуёш нурига юзини ювди. Тоғнинг булутларга етган чўққисига тикилиб, Ясунари Кавабата тасвирлаган минг қанот турналардай учиб юришди. Онаси ўша турналарнинг бирига айланди. Булутларни оралаб уча бошлади, пастлаб, мовий денгиз тўлқинларига тўш урди…

Мурод ҳаммага эшиттириб, “Она, онажон” дея ҳайқиргиси келди. Хаёли уни гоҳ тоғ чўққисига, гоҳ олисда қолган Олой бағрига етаклади, бу ернинг ҳануз ҳеч кимга маълум бўлмаган куч-қудратини англади.

Эртага юртига қайтади. Фудзининг улуғворлиги, ҳарорати-ю салобати, беадоқ сир-синоати, куч-қудратини ўзи билан бирга олиб кетади. Қўлидаги тупроқни дастрўмолига тугиб, чўнтагига солиб қўйди. Онасининг қабрига олиб боришни ният қилди. Бу муқаддас тоғ тупроғининг хосиятини онаси билан баҳам кўрмоқчи бўлди.

Кечки маҳал Фудзидан Токиога қайтди. Эрта тонгда юртига учади.

* * *

Нарита аэропорти.

Мурод чиптасини рўйхатдан ўтказиб, юкини топширди. Япония аэропортларида йўловчилар учун ҳамма қулайликлар мавжуд, ҳеч бир муаммо йўқ. Навбатда туриш ҳам.

Самолёт салонига кўтарилиб, жойига ўтирди. Ёнига кекса япон аёли жойлашди. Раҳматли онаси билан тенгдай кўринди. Бош эгиб сўрашишди.

Стюардесса қизнинг овози эшитилди. Мурод аввалига эътибор бермади. Бироздан кейин қизнинг овози қайта эшитилди. Стюардесса Муроднинг исмини айтаётгандай бўлди. Мурод аниқ эшитди, аммо нима деяётганига тушунмади. Стюардесса полиция кийимидаги киши билан унинг ёнига келиб, паспортини сўради. Мурод костюмининг ички чўнтагидан паспортини олиб уларга узатди. Иккови япон тилида бир нималарни гапира бошлашди. Сўнг Муродга “Биз билан юринг” деган ишора қилишди. Мурод инглиз тилида: “Қаёққа?”, деб сўради. Улар “Биз билан юринг” ишорасини такрорлашди.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Султон Раев. Тупроқ (ҳикоя)

Онаси билан видолашиш Муродга насиб этмади. Кампир жон таслим қилганида у Швецияда хизмат сафарида эди.

Сафар олдидан Ўшга келиб, бемор онаси билан узоқ суҳбатлашиб ўтирди. Ярим йилдан бери кўрпа-тўшак қилиб ётган онанинг аҳволи кундан-кунга оғирлашиб борар, овози деярли чиқмай қолган, юзидан гўшт қочиб, жағ суяк­ларигина қолган эди. Беморга тикилиб қараган киши унинг юзида тириклик аломатлари сўниб бораётганини сезарди. Ичини илондай ўраб олган оғриқ азобига чидамай, ўқтин-ўқтин ўқчиб, беҳаловат бўлади. Умри, ризқ-насибаси тугаётгани аниқ, кўзини юмиши билан, кўрган-кечирганлари қора булутдай эриб, кўз ёшларига айланар, юзидан пастга оқар, ички бир сезим бу дунёнинг ҳамма ҳою ҳаваслари ўткинчи эканлигини ўқтираётгандай эди. Дори-дармон, баданга тинимсиз нина уришлар фойда бермаётгани кўриниб турарди.

Мурод онасининг қўлини, ориқлаб кетган панжаларини маҳкам қисди. Она ярим йилдан бери ажал ва тириклик ўртасида эди. Каравотга ёпишган танасида мадор йўқ, ҳар куни уч маҳал оладиган уколлари оғриқни бироз бўлса-да енгиллатар, аммо кўп ўтмай, яна азобга қолар, тун бўйи титраб-қақшаб чиқарди. Эрталаб келадиган доктор касал оналарини қараб ўтирган қизларга, ўғли Муродга бор гапни очиқ айтиб, “Беморнинг нари борса икки ҳафталик умри қолди”, деди. Бу гапни эшитган кенжа қиз изиллаб йиғлади. У оиласи билан Россияда яшарди, онасининг касаллигини эшитиб, ҳамма ишини ташлаб келиб, мана, бир ҳафтаки, шу ерда. Олисда ўтаётган хазон умрига ачиниб, “Қани энди, онамнинг ёнидан узоқлашмасам”, деган фикрда кўзига ёш оларди.

Қиз онага меҳрибон бўлади, буни кўриб, сезиб турган Мурод янада эзилди. Эркак кишининг юраги бошқача бўладими, онасининг оғир аҳволидан ўзини йўқотиб қўяёзди. Она фарзандлари ичида Муродга бошқача меҳр қўйганди. Балким оналар ўғил болага шундай муносабатда бўлишар. Мурод бирор жойга бориб қайтса, уйга келиши билан: “Вой садағанг кетай, болам, омон-эсон келдингми?” дейишни канда қилмасди. Ўғлининг ёши элликдан ошса ҳам, у она учун бола эди.

Онаси қадди-қомати келишган, бинойидек чиройли аёл эди. Бирор марта жони оғриб, тўшакка ўралиб ётиб қолганини эслай олмайди. Аксинча, тирикчилик деб, тиним билмади, ўзини аямади. Охири куч-қувватдан қолди. Унинг ёшида аёллар кўримлилигини йўқотмайди. Онасининг бўлса тим қора сочлари оқариб, кўзларидан нур қочган эди. Бундан аввалги келганида соғлиғи ёмон эмас, ўзини ўзини эплайдиган ҳолатда бўлиб, ўғлидан ҳол-аҳвол сўрар экан, “Садағанг кетай, болам, омон-эсонмисан? Болаларинг яхшими, келиним тузукми?” деганди. Энди эса ёнидан жилмай турган қизларига қараб: “Сизлар ташқарига чиқиб туринглар, акангизга айтадиган гапим бор”, демоқчидай ишора қилиб турибди.

Қизлар бир-бирларига сирли қараб олишгач, жимгина ташқарига чиқишди.

Хонада ўзлари қолишди. Она ориқ, қуруқшаган қўллари билан ўғлининг қўлини ушлаб, нафас олиши сусаяётганига қарамай, оғзига яқин олиб келиб ҳидлади. Ўғли онасининг сўник юзини, тўзғиб, бир-бирига ёпишиб кетган сочларини силади, ўпди. Она Муроднинг қўлини ҳолсизгина қисар экан, кўзларида симобга ўхшаш икки томчи ёш пайдо бўлди. Кўзларининг ёш қудуғи аллақачон қуриб бўлганди, бу икки томчи унинг жон томирларидан сирғалиб чиққандай бўлди. Симобдай икки томчи ёш. Уларда оналик меҳри товланиб турарди. Она йиғламасликка нечоғли ҳаракат қилмасин, ичидан келаётган унсиз йиғи олдида чорасиз эди.

Бир зум жим қолишди. Бир-бирларига айтмоқчи бўлган сўзлари йиғилиб томчиларга айланди. Ўғлининг тили айланмай қолди. Она, барибир, она-да, сўз айтишга ўзида куч топа олди.

– Худойимдан ўргилай, ўлмас овқат, чиқмас жон бўлса ҳам, ҳарқалай яшадим. Ҳаммасига розиман. Яратган эгам мени даргоҳига чақирмоқда. Мана бу омонатим сенга. – Онанинг овози ҳирқираб қолди. Бошини қийинчилик билан бироз кўтариб, ёстиқ тагидан кичикроқ халтачани олди ва ўғлига: “Ичини оч”, деди. Мурод халтачанинг ипини тортиб, очди. Ичида бир сиқим тупроқ бор экан.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ЎҒРИНИНГ ҚИСМАТИ

Бир кишининг кўнглига ўғрилик ҳаваси тушибди ва шу ҳунарни ўзлаштиришга жазм қилибди. Унга Нишопур шаҳрига борсанг, бу ишда пихини ёрган бир одам бор, ўша сенга таълим беради, деб маслаҳат беришибди.
Ҳаваскор ўғри Нишопурга йўл олибди, ўша одамнинг уйини топиб:
- Ўғрилик илмини мукаммал ўрганиш мақсадида ҳузурингга келдим, - дебди.
Устоз ўғриликдан бирмунча дарс берибди, кейин унинг олдига таом келтириб қўйиб:
- Қани, чап қўлинг билан егин-чи, - дебди.
Ҳаваскор ўғри умрида чап қўли билан таом емаган экан, овқатни еёлмабди.
Буни кўриб устоз ўғри шундай дебди:
- Ўғилгинам, сен танлаган касб шундай бир касбки, агар қўлга тушиб қолсанг, албатта, ўнг қўлингдан айрилиб қоласан, уни чопиб ташлайдилар, ўшанда қийналиб қолмаслик учун ҳозирданоқ чап қўл билан таом ейишни машқ қилишинг керак.
Бу сўзни эшитиб, ҳаваскор ўғри бирдан ўзига келибди: "Тоғни талқон қиладиган шундай қўлни жувонмарг қилиш ва ундан маҳрум бўлиш хавфини туғдирадиган бундай ҳунарнинг баҳридан кечиш керак", - дебди.

"Шарқ ҳикоят ва ривоятлари" китобидан.

@Hikoyalar da yanada qiziqarli hikoyalar bor)

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Бир одам вазири аъзамнинг уйини излаб юриб, унинг ўзига дуч келди. Танимагани учун:
--Вазири аъзамнинг уйлари қаерда?,-деб сўради.
    Вазири аъзам ўзининг уйини кўрсатиб қўйдию, йўлида давом этаверди. Излаган одам уйини топиб бориб, эшикни тақиллатди. Аммо вазири аъзамни чиқиб кетганини эшитгач, кечгача кутди. Кечки пайт вазири аъзам уйига қайтди.
. Ул одам вазирдан ўпкалади:
-- Вазири аъзам сизмисиз? Ҳали ўз уйингизни кўрсатиб кетавердингизми? Ахир мен Сизни излаб келувдимку... Бир бечорани куттириш адолатданми?,-деб ранжиди.
    Шунда вазири аъзам дедики:
-Биродар, сиз мендан вазири аъзамнинг уйлари қаерда?,-деб сўрадингиз. Сўроғингизга муносиб равишда уйни кўрсатдим. Агар "Вазири аъзамни қаердан топаман?"-деганингизда" Менман", деган бўлардим. Сиз мендан эмас, тилингиздан шикоят қилганингиз дуруст.
  
   Шу вазири аъзамга подшоҳ:
"Пойтахтда нечта сўқир, нечта басир бор, аниқлаб беринг", деди.
    Шунда вазир уйига бориб йиғма сўрини хизматкорига кўтартириб, бозорга олиб  борадиган серқатнов кўчага келтирди-да,  бир қисмини йиғиб, қолганини йиғмоқчи бўлаётгандай ҳаракат қилиб турди. Шу пайт подшоҳ аъёнлари билан шу кўчадан ўтиб қолди. Аввал  аъёнлар, сўнг подшоҳнинг ўзи" Нима қиляпсиз? "деб сўради.
" Нима қилаётганимни ҳали кечки пайт айтаман ",-деди вазири аъзам. Улар кетгач, бошқалар ҳам қизиқиб сўрайверишди. Вазири аъзам хизматкорининг қўлига бир дафтар бериб:
" Нима қиляпсиз? "деб сўраганларни кўзи ожизлар саҳифасига," Бу ерга нима учун сўри қўймоқчисиз? ",-деганларни кўзи очиқлар рўйхатига ёзмоқни буюрди.
   Кеч киргач, рўйхатни подшоҳга тақдим этди. Подшоҳ кўзи ожизлар рўйхатида ўз номини кўриб ғазабланди. Вазири аъзам изоҳ бердики:
—Давлатпаноҳим, ҳали кўчада сўрини йиғаётганимда" Нима қиляпсиз? "деб сўрадингиз. Бошқалар ҳам шундай деб сўрашди. Кишининг нима қилаётганини  кўрмаган одамгина" нима қиляпсан? "деб сўраши мумкин. Шу боис сизни ҳам кўзи кўрмайдиганлар рўйхатига ёздирдим. Қаранг, бу рўйхат кўрадиганлар рўйхатига нисбатан анча узун.
   Бу изоҳ подшоҳга  маъқул келиб вазирига ҳадя берди.
    Демак, одамга ақл билан бирга фаросат ҳам зарур экан.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

U gulga uzoq tikilib, yuragidagi barcha sevgini, umid va minnatdorchilikni his qildi.

Uyga kirgach, sevgi bilan to‘lib, yigitga minnatdorchilik xatini yozdi. Xatdagi har bir so‘z yuragidan chiqqandek edi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, Nigora onasiga telefon qildi.
Yigit haqida gapira boshladi — hayoti, qalbi, orzulari haqida.

Uning ovozida birinchi marta haqiqiy ishonch va baxtning titrashi eshitildi.
Nigoraning onasi ham mayin, iliq so‘zlar bilan javob berdi. Ularning munosabati asta-sekin mustahkamlandi, Nigora esa kundan-kunga undan kuchliroq sevib borardi.

8-mart keldi. Sevgi kunida Nigora sevgilisi uzoqda edi.
Ertalab uyg‘ondi — telefon jiringladi.
“Sizga dastavka bor, olib qoling,” dedi begona emas bo‘lgan shu shirin ovoz.

Nigora yana shoshib pastga tushdi. Unda chiroyli sovg‘a paketi kutardi. Uyga qaytib, uni ochdi — ichida bejirim, nafis kumush bilakuzuk turardi. Yuragi shodlikdan titradi, ko‘zlarida minnatdorlik va quvonchdan yoshlar jilvali edi.
“Mana, ikki oy ham tugadi…” — dedi u ich-ichidan.

Ular visol kunini sabrsizlik bilan kutishardi. Ammo ikki oy ichida ko‘p narsalar bo‘ldi. Urushlar, tushunmovchiliklar, hatto ba’zan gaplashishmasliklar ham… Lekin ajralishmadi ular. Yuraklari bir-biridan ajralmadi.

Nihoyat o‘sha kun keldi. Yigit viloyatdan poytaxtga yo‘lga chiqdi. Nigora deyarli uxlolmadi, yuragi qancha hayajon, sog‘inch va umid bilan to‘ldi.

Ertalabdan tayyorlana boshladi. So‘ng kechqurun, qorong‘uda, ular uchrashishdi.
Soy bo‘yida uzoq o‘tirishdi. Nigora yigitning yelkasiga boshini qo‘ydi va ko‘zidan yosh tomchiladi. Ich-ichidan unga rahm keldi.
Qoraygan yuzlari, og‘ir qollari — barcha sinovlarni yengib kelgan sevgilisi edi bu.

Unga mehri oshdi, yuragi to‘lib ketdi.
“U bitta o‘zi hammasi uchun kurashyapti…” — degan fikr uni to‘ldirdi.
Kelajakni tasavvur qildi — ular birga, baxtli, bolalar dunyoga keltirib, hech qachon ajralmaslar.

Nigora sevgilisi yonida bo‘lishga, har qanday vaziyatda uni qo‘llab-quvvatlashga so‘z berdi.
Yuragida chuqur iymon bor edi — ular har qanday sinovni yengib o‘tishardi.
Lekin nimagadir, urushlar tobora ko‘payardi. Tushunmovchiliklar deyarli har kun takrorlanar edi. Yigitning rashki ham qattiqlashib, har ko‘rishganda tortishuvlar avj olardi. Ustiga-ustak, yigitning oila azolari ham Nigorani uncha hohlamayotgan edi. Bu hammasi Nigoraning yuragiga og‘irlik bo‘ldi, uni ich-ichidan ezardi.

“Nima bo‘lyapti endi? Men uni sevaman-ku…” — deb o‘ylardi u. Ular bir-birini tushunishga harakat qilishar, lekin bu harakatlar natijasiz qolardi. Ko‘pincha Nigora hammasini juda jiddiy qabul qilib, ko‘p arazlar edi. Garchi ba’zida ular «ko‘z tegdi» deb ham o‘ylashardi.

Lekin urushmagan paytlar, ularning baxti osmonlarni zabt etgandek edi. Faqat ikki qalb, faqat ikkita inson dunyosi. Nigora yigitga birinchi marta taom pishirib berdi. U ishtaha bila yeydi, shirin so‘zlar bilan uni maqtardi. Shu lahzalarda hammasi baxt edi, hammasi yaxshi edi.

Ammo kunlar o‘tarkan, Nigoraning oilasidagi vaziyat murakkablashdi. U yigitdan uydagilari bila yana, bir bor qayta gaplashib kórishini iltimos qildi. Òz oilasidagi muammolarini aytdi.

O‘sha kecha Nigora erta uxlab qoldi, tong soat beshda uyg‘ondi. Telefoniga qaradi — kecha uxlab qolgan paytda yigitdan sms kelgan edi:
“Ayam bilan gaplashdim!”

Bu so‘zlar Nigorani hayajonga soldi, lekin erta bo‘lgani uchun qo‘ng‘iroq qilishga jur’at qila olmadi. Yigitning uyg‘onishini kutdi. Soat sakkizda yigit uyg‘ondi.

Ushbu daqiqagacha Nigora qalbida ming xil orzular o‘ynardi:
“Onasi yaxshi gapirgan bo‘lsa kerak…”
U turgach, choy tayyorlashga kirishdi va kelinlik hayoti haqida orzu qildi — sevgilisi uchun nonushta qilishni, birga baxtli kunlarni.

Nihoyat, soat sakkizda yigit telefon qildi. Nigoraning birinchi savoli:
— Ayangiz nima dedilar?

Yigitning ovozi kayfiyatsiz edi:
— Bilmadim… Yana o‘sha gap. Rozi emasday. O‘zi kelin topmoqchimi, hayronman.

Nigoraning ichi qattiq siqildi, ko‘zlarida yosh paydo bo‘ldi. Yuragi og‘riq bilan to‘ldi, lekin u hali umidni yo‘qotmadi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Shunday kunlar ohangsiz o‘tib borardi. Nigora uchun vaqt allaqachon odat tusiga kirgan edi — ertalab derazadan ko‘chani kuzatish, kun davomida sovuqqon yuzlar, kechqurun esa navbatdagi e’tibor izlovchi xabarlar…

Ammo bir kuni Telegram orqali yangi bir yigit yozdi.
Nigora uchun bu — oddiy hol edi. Har kuni kimdir yozadi, kimdir o‘zini tanishtiradi. U har doimgidek sovuqqonlik bilan, ehtiyotkor ohangda javob qaytardi. “Rahmat”, “ha”, “yo‘q” kabi qisqa jumlalar bilan. Ammo bu yigit… boshqacha edi.

Avvalambor, u o‘zini tanishtirdi. Adab bilan, shoshmasdan.
U aytishicha, u Nigora bilan bitta viloyatdan. o‘zining orzulari bor, hayotiy qarashlari aniq. Nigoradan atigi bir yosh katta. Juda ko‘p kitob o‘qir, fikrlari teran, gaplarida samimiyat va nozik hazil aralashib yotar edi.

Nigora bilmay qoldi — u bilan boshqacha yozisha boshladi.
O‘sha sovuq javoblar asta-sekin iliqlikka aylandi.
Endi u yigitning smslarini kutardi. Tez-tez telefoniga qarab qo‘yardi.
Har kech…
Ular yozishardi.
Soat o‘n ikkilar, hatto birgacha gaplashib o‘tirishardi — bu shunchaki yozishma emasdi, bu yuraklar orasida asta boshlab borilayotgan ko‘prik edi.

Nigora ilk marta orziqish bilan ekraniga qarayotgandi.
Uzoq yillardan beri birinchi marta kimningdir gaplari yuragiga iliqlik olib kelayotgandi. Boshqalar qanday sovg‘alar bergan bo‘lsa ham, bu yigit bergan eng katta sovg‘a — tinglash va tushunish edi.
Nigora u yigitni hayotda ko‘rishni juda-juda istardi. Uzoq yozishmalardan so‘ng nihoyat o‘sha kun yetib keldi — oradan o‘n kun o‘tgach, yigit uni uchrashuvga taklif qildi.

Go‘yo qanot bitgandek edi. Osmonda uchayotganday bir holatda… yuragi yorug‘, ko‘zlarida ishonch, ichida esa chiroyli bir hayajon.

15-dekabr.
Ertalabdan kechgacha Nigora faqat bitta narsa haqida o‘yladi — kechqurun bo‘ladigan uchrashuv. U yigit ham viloyatdan, hattoki Nigoraga tanish bir joydan edi. Balki shuning uchun ham Nigora o‘ziga nisbatan g‘alati ishonch sezgan edi.

Kech kirgach, Nigora yuragini to‘liq uyg‘otdi. Pardoz qildi — o‘sha hammani o‘ziga rom etgan nigohlarini ohista bo‘yab, lablariga sokin jilmayish berdi. Yuragi hapqirardi. Anchadan buyon bunday hissiyotlar unga begona bo‘lib qolgan edi.

Taksiga o‘tirdi. Yo‘nalish — Tashkent City xiyoboni.
Shahar chiroqlari deraza ortidan lipillab o‘tayotgandi. Nigora yuragining urishini bosa olmadi. Bu safar boshqacha edi.

Taksidan tushdi. Qor er ostidan shivirlayotganday qadamlarini bosdi.
Telefon jiringladi. Yigit keldi.

Ular ko‘rishishdi.
Yigit ozgina hayajonda edi. Ortiqcha emas, tabiiy.
Ozginadan kelgan, bug‘doyrang, oddiy kurtkada — ammo ko‘zida samimiyat chaqnagan bu yigit birinchi qarashdayoq Nigoraning qalbiga shivirlab bir eshik ochdi.

Ular aylanishdi. Atrof qor bilan qoplangan, havo sovuq edi, ammo Nigora sovuqni his qilmasdi. Yigit har qadamda ehtiyotkor edi — Nigora biroz toyilib ketsa, shoshib yordam berardi. Uning bu nozik g‘amxo‘rligi Nigorani ich-ichidan erita boshladi. Yuragida nimadir “jiz” etgandek bo‘ldi — unutib yuborgan, ichkarida qachonlardir qamalgan iliqlik uyg‘ongandek edi.

Ular uzoq suhbatlashishdi. Yigitning ohangida og‘irlik ham, yengillik ham bor edi.
Ovqatlanishga taklif qildi. Nigora esa atrofdagi restoran narxlarini bilgani uchun yigitni qiynashni xohlamadi. “Keyingi safar, maylimi?” dedi jilmayib.

Ha, bu yigit boshqa edi.
Oliy ma’lumotli, to‘rt tilda bemalol gaplasha oladigan, dunyoqarashi keng va eng asosiysi — yurak bilan gaplashadigan inson edi.

Va Nigora buni yuragi bilan sezdi.
Nigora u yigitni hayotda ko‘rishni juda-juda istardi. Uzoq yozishmalardan so‘ng nihoyat o‘sha kun yetib keldi — oradan o‘n kun o‘tgach, yigit uni uchrashuvga taklif qildi.

Go‘yo qanot bitgandek edi. Osmonda uchayotganday bir holatda… yuragi yorug‘, ko‘zlarida ishonch, ichida esa chiroyli bir hayajon

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ШАйх Саъдий айтади:

Анушервон одил бир кун ўз хизматчилари билан овга чиқди. Кўпгина ҳайвонларни овладилар. Анушервон овланган ҳайвон гўштларини кабоб қилишга  буюрди, туз йўқлиги учун бир хизматчисини чақириб:
—Шу яқин орадаги қишлоққа бориб туз  келтир, лекин баҳосини тўлаб, згасини  рози қил,-деб буюрди.

Хизматчи таажжуб қилиб:
-Арзимаган нарса учун ҳам эгаси норози бўладими? Ҳаққини тўламай олаверсак эгаси нима  зиён кўрарди?,-деди.
  
Анушервон айтди:
—Сўзинг тўғри эмас. Чунки зулм, адолатсизлик мана шундай арзимаган нарсадан бошланиб, зўрайиб кетади. Агар мен боғбоннинг бир дона олмасини арзимаган нарса деб, баҳосини тўламай олиб есам, одамларим  у олма дарахтини бутун илдизи билан  суғуриб оладилар ёки эгасидан сўрамай яримта тухум олиб есам, одамларим мингта  товуқни сихга тортадилар. Мана шундай қилиб, зулм, адолатсизлик кучая бориб, халқ бошига  кулфат балоси ёғилади.
Қани, тезда туз олиб келақол...

Хизматчи  қишлоққа йўл олди.
            ж
Атоқли олим Шорасул Зуннун
таржимаси

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Лочин

Бир куни қиролга лочин боласини совға қилишди. Қиролнинг қушбоқари уни катта қилди, аммо ҳеч учишга ўргатолмади. Лочин полапонлигида ўтирган дарахт шохини тарк этишни асло хоҳламасди.
Қушбоқар қиролга лочин устидан арз қилиб, уни асло учишга ўргатолмаётганини, ҳаттоки емишни ҳам қуш ўтирган шохга қўйишга мажбур бўлаётганини айтди.
Қирол жарчи орқали лочинни учишга мажбур қиладиган одам топишни эълон қилди ва эрталаб қуш боғ устида парвоз қилиб юрганини кўрди.
– Бу мўъжизанинг муаллифини олдимга келтиринглар! – деди қирол.
Унинг олдига оддий деҳқонни олиб келишди.
– Уни учишга қандай мажбур қилдинг? Сеҳргармисан?– сўради қирол.
Деҳқон қиролни хурсанд қила олганидан шод эди:
– Бу қийин бўлмади, зоти олийлари. Мен шунчаки лочин ўтирган шохни арралаб ташладим ва у қанотлари борлигини тушуниб уча бошлади.

Хулоса: айрим одамлар ҳам ана шу лочинга ўхшайди. Улар қанотлари борлигини англаб етмай дарахт шохида ўтираверишади. Ҳаёт айримлар ўтирган шохни синдиради ва шундагина улар уча олишларини тушунишади. Айримларнинг ҳамма нарсаси борлиги учун ўтирган жойларини йўқотишдан қўрқиб учишни исташмайди. Балки ҳаётимизда ҳеч бўлмаса бир бор парвоз қилишимиз учун кимдир биз ўтирган шохни арралаши керакдир? Баъзан бошида ёмондек туюлган воқеа ҳам парвоз қилишимиз учун имконият тақдим этиши мумкин.

@Hikoyalar kanalida yanada qiziqarli hikoyalarni o'qing.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

35 yoshimda ko'rdim.

G'alaba muborak 🎉🎉🎉🎉

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Кунлардан бир куни устоз ўқувчи аёлларга:
— Эй қизларим, бугун мен сизлар билан савол-жавоб тариқасида бир ақлни синовчи ўйин ўйнамоқчиман. Агар орангизда ким биринчи бўлиб бунда қатнашмоқчи бўлса, илтимос, доскага чиқсин! - дея уларнинг билимини синамоқчи бўлди.
  
Бир пайт ўқувчи аёллардан бири ўз хоҳиши билан доскага чиқади. Шунда устоз доскага чиққан ўқувчи аёлга:
— Сенга яқин бўлган йигирмата инсонни доскага ёз! - дейди. Ўша аёл бирма-бир ўзига яқин инсонларни доскага ёза бошлайди: "Отам, онам, турмуш ўртоғим, болаларим..." хуллас йигирмата инсонни мисол қилиб ёзади.
— Энди бу йигирматасини ичидан икки кишини ўчиргин! - дейди устоз.

Аёл икки кишини бу рўйхатдан ўчиради. Шунда устоз:
— Энди қолганлар ичидан яна тўрт кишини ўчиргин!Ҳ- дейди.
  
Шундай қилиб бирма-бир ўчиравериб доскада фақат тўрт кишининг исмини қолдиради. Булар: ота, она, турмуш ўртоқ ва фарзандлар...
  
Шунда бутун синф жимжит бўлиб, бу ҳеч қандай ўйин эмаслигини англаганча ўйланиб қолишади. Шунда устоз:
— Яна икки кишини шу рўйхатингдан ўчир! - дея буйруқ беради.
  
Шунда ўқувчи аёл қайси бирини ўчиришга иккиланиб турарди. Кўз ёшлари билан ота-онани бу рўйхатдан ўчиради. Ўчиради-ю кўз ёшларини тийиб туролмасдан ўксиб йиғлаб юборади. Буни кузатиб турган бошқа аёллар ҳам хаёлида нималарнидир ўтказганча устозни кейинги саволини кутиб туришади. Доскада эса турмуш ўртоқ ва фарзанд ёзилган турарди, холос. Шунда устоз:
— Қани, яна бир кишини бу рўйхатдан ўчиргин! - дея буйруқ беради.

Шунда бу аёл янаям қаттиқроқ йиғлай бошлайди. Устоз эса бу ҳолатга парво қилмасдан:
— Мен сенга яна бир кишини бу руйхатдан ўчиргин дедим! - дея гапини такрорлайди.
  
Шунда аёл доскага яқинлашиб минг бир ўксик йиғи билан ўз фарзандларини бу руйхатдан ўчиради. Доскада эса ёлғиз турмуш ўртоғи исми қолади. Кейин устоз унга:
— Қани, менга айтчи, ота-онанг сени дунёга келтирди, не-не азоблар билан катта қилди, лекин сен уларнинг исмларини ўчирдинг. Ва охирида сенга азиз бўлган фарзандинг исмини ҳам ўчирдинг. Охир-оқибат ёлғиз турмуш ўртоғингни танладинг. Буни қандай изоҳлайсан? - дея ундан сўради.
  
Аёл ўқувчи эса кўз ёшларини рўмолига артиб, шундай жавоб берди.
— Ота-она - бу Аллоҳнинг такдири, куни келиб улар вафот этадилар. Фарзандлар эса катта бўлгач уйланишади, турмушга чиқишади. Ва оёққа тургач турли баҳоналар билан мендан узоқлашади. Мен билан бир умр бирга қоладиган инсон бу менинг турмуш ўртоғим, - дея жавоб берди. Унинг бундай жавобини ҳеч ким кутмаганди.

@Hikoyalar kanalida ko'proq hikoyalar!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Qo'rqinchili hikoya o'qiymizmi?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Biznes olamidagi shov-shuvli,o'qimishli va jiddiy yigit Damir uylanishga kelganda tabiatdan injiq,o'qimagan va erka qizga uylanishiga to'g'ri keladi.
Uni o'zgartirishga qatiq kirishadi.
Ammo u bilmaydiki....

U qiz Damirni o'zini butkul o'zgartirib yuborib,uni shu injiq fe'li bilan sevib qolishini...

Asar nomi:Sukut va Nafrat
M:Venera

Asarni o'qish uchun:/channel/+WndOgZ0YGE1kNzQy

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Aytaylik, men miss Deyl bilan ishqiy aloqadaman. U holda yoqimli bo‘lardi. -Gapingiz to‘g‘ri. Miss Deyl yoqimtoy qiz. Buni hech kim inkor etmaydi. Janob Esmond o‘rnidan turib, eshik tomon yo‘naldi. -Siz bilan qanday bog‘lansam bo‘ladi?-beixtiyor so‘radi Fergyuson. -Sizda tashrif qog‘ozim bor. Soat beshgacha qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Lekin bugun shu soatdan kech qolmasdan qaror qabul qilishingiz kerak. Vaqt-pul, biz ish jadvaliga qat’iy rioya qilamiz. -Albatta,-dedi Fergyuson va jilmayib qo‘ydi.-Men sizning gaplaringizga ishonmayman. Sizlarning shartlaringizniyam bilmayman. -Sizning moddiy holatingizda bizning shartlarimiz arzimas bo‘lib ko‘rinadi. -Keyinchalik men siz bilan gaplashmaganimni, sizni hech qachon ko‘rmaganligimni aytishim mumkinmi? -Albatta. -Agar sizga qo‘ng‘iroq qilsam, albatta javob qaytarasizmi? -Soat beshgacha. Yaxshi qoling, janob Fergyuson. Esmond ketgach, Fergyuson qo‘llari qaltirayotganini sezdi. Suhbatdan u qattiq hayajonlangandi va u bugungi suhbatni miyasidan chiqarib yuborishga qaror qildi. Ammo bu oson emasdi. U ishga qanchalik jiddiy sho‘ng‘imasin, Esmondning har bitta so‘zi miyasida jaranglardi. Qandaydir yo‘l bilan yo‘q qilish xizmati uning xotini haqida ma’lumotga ega bo‘lgan. Fergyuson esa xotinining qanday ekanligini tan oldi. U yana ishga berildi. Ammo shu payt miss Deyl qog‘oz ko‘tarib kirib qoldi va Fergyuson beixtiyor uning nihoyatda go‘zalligini ichida tan oldi. -Yana biror topshirig‘ingiz bormi, janob Fergyuson?-so‘radi miss Deyl. -Nima? Ha, hozircha yo‘q,-dedi Fergyuson. Qiz chiqib ketgach, u eshikka anchagacha qarab o‘tirdi. Endi ishlashdan ma’ni yo‘q edi. U uyga ketishga qaror qildi. -Miss Deyl,-dedi u yelkasiga paltosini ilarkan,-meni chaqirib qolishdi... ish ko‘payib ketyapti. Biror kun kechki payt birga ishlasak rozimisiz? -Albatta, janob Fergyuson,-dedi qiz. U ishxonasidan chiqdi. Uyda xotini endigina kirlarni yuvib bo‘lgan ekan. Missis Fergyuson past bo‘yli, xunukkina ayol edi. U erini ko‘rib hayron bo‘ldi. -Bugun erta qaytibsan,-dedi u. -Ha, mumkinmasmi erta qaytish?-dedi Fergyuson bu gapidan o‘zi ham hayron bo‘lib. -Albatta yo‘q... -Nima, senga ishxonada o‘lib ketishim kerakmi? -Yo‘g‘-e... -Meni egovlama. -Egovlamadim!-qichqirdi xotini. -Men dam olaman,-dedi Fergyuson. U zina bo‘ylab yuqoriga ko‘tarildi va telefon oldida to‘xtadi. U soatga qaradi va chorak soat kam besh bo‘lganligini ko‘rdi. Fergyuson u yoqdan-bu yoqqa yura boshladi. U Esmondning tashrif qog‘oziga tikildi va ko‘z oldida go‘zal miss Deylning chehrasi namoyon bo‘ldi. U shoshib go‘shakni qo‘liga oldi. -Yo‘q qilish xizmatimi? Fergyuson gapiryapti. -Esmond eshitadi. Nima qarorga keldingiz, ser? -Men...-Fergyuson go‘shakni mahkam qisdi. «Shunday qilishga haqqim bor», dedi u o‘ziga o‘zi. Ular turmush qurishganiga o‘n yetti yil bo‘ldi. O‘n yetti yil! Ular hayotlaridagi nafaqat noxush damlarni, balki eng shirin damlarni ham birga o‘tkazishgan. Bu adolatdanmi? -Nima qarorga keldingiz, janob Fergyuson?-qaytardi Esmond. -Men... men... yo‘q! Menga sizlarning xizmatingiz kerakmas!-qichqirdi Fergyuson. -Ishonchingiz komilmi, janob Fergyuson? -Ha, ishonchim komil. Sizni panjara ortiga tiqish kerak. Xayr, ser! U go‘shakni ildi va yelkasidan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldi. U pastga shoshildi. Xotini u yomon ko‘radigan go‘sht qovurma tayyorlayotgandi. Lekin buning ahamiyati yo‘q. U mayda-chuyda noxushliklarga ko‘z yumishga tayyor edi. Eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi. -Ha, kirxonadan bo‘lishsa kerak,-dedi missis Fergyuson salat tayyorlarkan.-Eshikka qarab qo‘yasanmi? -Ha.-Fergyuson eshikni ochdi. Ostonada bir xil kiyingan ikki kishi katta qop ushlagancha turishardi. -Kirxonadanmisizlar?-so‘radi Fergyuson. -Yo‘q qilish xizmatidan,-dedi tashrif buyuruvchilardan biri. -Lekin men... Ular uni qo‘llarini qayirishdi va ustalik bilan qop ichiga solishdi. -Haqqingiz yo‘q!-chinqirdi Fergyuson. Fergyusonni bog‘ yo‘lagi bo‘ylab sudrab ketishdi. Avtomashina eshigi ochildi va qopni mashina ichiga solishdi. -Hammasi joyidami?-u xotinining ovozini eshitdi. -Ha, xonim. Ish jadvalimiz o‘zgardi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Ҳаёт ва қаҳва пиёласи

Обрўли бир олий ўқув юртини тамомлаган, ҳозир яхши жойларда ишлайдиган бир гуруҳ собиқ талабалар устозларини йўқлаб келишди. Суҳбат асносида гап ишга кўчди ва улар қийинчиликлар кўплигидан, турли муаммолардан шикоят қилишди.
Профессор меҳмонларга қаҳва таклиф қилди, розиликларини олгач, ошхонага йўналди ва бироздан сўнг патнис кўтариб чиқди. Унга турли хил – чинни, шиша, пластик ва биллур пиёлалар терилган эди. Айримлари оддий, айримлари қимматбаҳо эди.
Шогирдлари пиёлаларни олиб бўлгач, профессор уларга юзланиб деди:
– Эътибор беринглар, ҳаммаларинг қимматбаҳо ва зеб-зийнатли пиёлаларни олдинглар. Оддий ва арзонлари патнисда қолди. Бу аслида сиз учун меъёрдаги ҳолат – энг яхшисини истайсиз. Бироқ шу билан бирга бу кайфият барча муаммоларингиз ва ташвишларингизнинг илдизи ҳамдир. Ёдингизда бўлсин, пиёла ҳеч қачон қаҳванинг таъмини ўзгартириб, яхшилаб қўймайди. Қимматбаҳо пиёлалар баъзида ичидаги қаҳванинг асл кўринишини яширади ҳам. Ҳаммаларинг истаган нарса аслида қаҳва эди, пиёла эмас. Лекин сизлар онгли равишда чиройли идишларни танладинглар, кейин кимга қанақаси тушдийкан деб бир-бирларингнинг пиёлаларингга эътибор қаратдинглар.
Тасаввур қилинг, ҳаёт бу – қаҳва; иш, пул, вазият, жамият кабилар эса – пиёладир. Улар тирикчиликни таъминлаш воситалари, холос. Қандай пиёлага эга бўлишимиз ҳаётимизнинг моҳияти ва асл сифатини ўзгартирмайди. Баъзида, фақат пиёлаларга эътибор бериб, қаҳванинг таъмидан лаззатланишни унутиб қўямиз.

Ориф Толиб

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Мурод ҳайрон. Полициячи адашиб, бошқа самолётга чиққани учун уни туширмоқчи бўлдими? Ундай деса, адашгани йўқ. Чиптаси шу самолётга. Ҳар хил гумон-шубҳалар ичида қолди. Уни қаёққа олиб боришмоқчи? Нега? Юмшоқ, самимий муомалаларига қараганда, ташвиш тортадиган жойи йўқ.

Полициячининг чоққина хонасига киришди. Хона ўртасидаги стол устида чамадон турибди. Мурод чамадонини таниди.

– Сизникими? – деб сўрашди.

– Ҳа, меники, – деди.

– Очинг.

Мурод чамадонини очди. Кийим-бошлари, сотиб олган у-бу нарсалари. Бошқа ҳеч нарса йўқ. Полициячи кийимларнинг ичидан Мурод кеча Фудзиямадан рўмолчасига тугиб олган тупроқни кўрсатиб, “Бу нима?”, деб сўради.

– Тупроқ, Фудзияманинг тупроғи, – деди Мурод ўйламай-нетмай.

– Мумкин эмас, – деди полициячи тупроқни селлофан пакетга солар экан. Кейин ёнидаги ходимларига “Самолётни ушламай, йўловчини тезроқ салонга олиб боринглар”, деди.

Тупроқни олиб қолишганини айтмаса, Муродга ҳеч ким бошқа бир сўз ҳам демади, нега мумкин эмаслигини тушунтиришмади ҳам. Стюардесса ҳамроҳлигида самолётга қайтиб келиб, ўрнига ўтирди. Нима гаплигини билмаган йўловчилар унга олазарак нигоҳ билан қарашди.

Самолёт ҳавога кўтарилди.

Иллюминатордан орол кўринди. Улуғ баҳри уммон ўртасидаги япон ороли. Ёнидаги аёл оролга ифтихор билан қараётгани унинг юз-кўзидан кўриниб турарди. Мурод ҳам кўздан тобора узоқлашиб бораётган оролга тикилди, чуқур хаёлга чўмди. Ёнидаги аёлга ўгирилиб, “Мен Фудзияма тупроғидан бир сиқим олиб кетаётган эдим, шуни олиб қолишди”, деди. Аёл аввалига ҳеч нима демади, сўнг унга маъноли нигоҳ ташлаб, “Япон тупроғи муқаддас бойлигимиз, биз унинг бир чимдимини ҳам четга чиқармаймиз”, деди.

* * *

Самолёт баландлаб борарди. Муроднинг ёдига Басёнинг уч қатор шеъри тушди:

Гуллаган олчага тенг келолмай
Ўчди булутнинг овози.
Ой уялиб кетди…

Самолёт янада баландлаб уча бошлади. Улуғ баҳри уммоннинг ўртасида онасининг бир томчи кўз ёшидай япон ороли ястаниб ётар эди…

Қирғиз тилидан Аҳмаджон Мелибоев таржимаси

«Ўзбекистон адабиёти ва санъати» газетаси, 2023 йил 12-сон

@Hikoyalar da ko'proq hikoyalar o'qing)

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

– Бу тупроқни бир ой олдин Олойга бориб, отангнинг қабридан олиб келдим,− деди кампир ҳансираган ҳолда. – Ёмон гапда ҳам бир яхшилик бўлади, дейдилар. Ризқим тугаб, сўнгги қултум сув томоғимдан ўтиб, жонимни топширгудек бўлсам, шу тупроқни қабримга сепиб қўй, болам…

Мурод онасининг қўлидан халтачани олиб, уни беихтиёр ҳидлади, димоғига тупроқ ҳиди урилди, аммо онаси нега бундай қилганини тушунмади. Кўзи очиқлигидаёқ у дунё ҳақида ўйлай бошлаганига ақли етмади.

Онасининг ёнида унга узоқ тикилиб ўтирди. Кейин халтачани плашининг ён чўнтагига солди-да, кўнгилини кўтариш, бироз чалғитиш учун: “Эна, мен қайтиб келгунча ўлмай туринг, хўпми?”, деди.

Кампир билинар-билинмас бош ирғади ва “Буёғи энди Яратган эгамнинг иродаси. Умр ўтди – олов сўнди. Ўзинг омон бўл, соғ-саломат бориб кел. Омин”, деди озғин қўлларини бироз кўтариб дуо қилар экан.

Мурод онаси билан хайрлашаётиб, унинг ҳаёт шаъми сўниб бораётган юзига яна бир бор унсиз тикилиб қаради. Бир-бирларини сўнгги бор кўриб турганларини иккалалари ҳам сезиб туришар, аммо буни бир-бирларига билдирмасликка ҳаракат қилишди. Она ўғлига қараб, “Маъқул” дегандай қоқ суяк жағини қимирлатди.

* * *

Мурод халтадаги тупроқни Бишкекка олиб кетди. Хорижга учди. Орадан кўп ўтмай, эрта тонгда онаси оламдан ўтганини эшитди. Бу хабарни унга турмуш ўртоғи етказди. Телефонда қисқача гаплашиб олишгач, хотинига ҳозироқ йўл тадоригини кўриб, Стокгольмдан Москвага, сўнг Ўшга учишини айтди. Хотини ҳам Бишкекдан Ўшга қараб йўл олди.

* * *

Ўғли узоқдан етиб келишини ҳисоб қилиб, майитни бир кун ушлаб туришди.

Мурод кечки ғира-ширада дунёнинг узоқ бир бурчагидан Қорасувга етиб келди. Россияда яшайдиган қариндошлари ундан олдин келишибди. Муродни кўриб, ҳаммалари “Энам-мо, энажоним-о”, деб уввос солишди. Аза йиғиси армон йиғисига қўшилиб кетди. Ёш бир қариндоши онасининг исмини айтиб йиғларди. Унинг овози тош кўнгилларни ҳам титратиб юборгудек таъсирчан эди.

Мурод онаси ётган бўз уйга кирди, майит атрофида ўтирган қариндошларининг йиғиси янада кучайди. Тиззалаб чўкди. Онасининг жонсиз қўлларини ушлади. Йиғлади, аммо йиғиси қуруқ чиқди. Кўзига ёш келмади.

Аёллардан бири марҳуманинг юзини очди. Ажал кўзлари юмуқ, тириклик нишоналари юзини аллақачон тарк этган онани мангу уйқу дунёсига олиб кетаётган, ўлим шарпаси шундоққина кўриниб турган эди.

Эркаклар овозсиз, ич-ичидан йиғлашди. Мурод ўкраб йиғлай олмади. Овози эшитгулик даражада чиқмади, кўзига ёш, томоғига ўкирик келмади, вужудини титратиб турган қайғу-армон овозли йиғига айланмади.

Эртаси куни тонгда Муроднинг ёдига онаси берган халтачадаги бир сиқим тупроқ тушди. Онасининг омонати. Совуқ хабарни эшитиб, шошилинч йўлга тушганида эсламабди. Хотинига айтиб қўйганида, олиб келарди.

Пешинда жаноза ўқиладиган бўлди.

* * *

Бишкекда қолган ўн яшар қизига қўнғироқ қилди. Халтачани иш столининг ғаладонига солиб қўйган эди. Шаҳарда ўсиб, шаҳарлик бўлиб кетган қизига ижикилаб, аранг тушунтирди. Қизи қидира-қидира топди.Телефонда: “Дада, тупроқ-ку, уни нима қилиш керак?”, деди. Шу куни шофёри ҳам Қорасувга келиши керак эди. Унга қўнғироқ қилиб, уйимга борсанг, қизим бир нарса беради, шуни олиб кел, ёдингдан чиқмасин, деб қаттиқ тайинлади.

Шофёр вақтида етиб келди.

Майитни сувга олишди. Жаноза ўқилди. Эркаклар тобутни елкаларига олишлари билан сингиллари уввос солиб, йиғини кучайтиришди. Мурод овул қабристонига етгунларича тобутни елкасида кўтариб борди.

Майит қабрга қўйилди. Қуръон тиловат қилинди. Мурод халтачадаги тупроқни қўлига олди. Димоғига тупроқ ҳиди урилди. Тупроқнинг эмас, онасининг ҳиди. Умрида биринчи марта бу ҳидни сезди. Онаси халтачани ҳеч кимга кўрсатмай, кўп вақт бағрига босиб ётган эди.

Тупроқни гўр ичига сочди.

* * *

Орадан бир йил ўтди. Ҳаёт ўз ўзанида давом этарди.

Мурод бир сафар хизмат сафари билан Японияга борди. Бир ҳафта кунчиқар мамлакатда бўлди. Вақт жуда тез ўтди. Япония, тасаввур қилганидек, ажойиб юрт экан, аммо кўз билан кўришга нима етсин.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

АЛЛОҲ КЎНГИЛГА СОЛГАНДА...

Эшик қўнғироғи жиринглади. Асқар ака домофондан қарасалар раҳматли укасининг ёлғиз фарзанди Анваржон экан. Эшикни очиб, жиянни ичкарига таклиф қилди.

- Амаки, сиздан олган 300 доллар қарзни олиб келгандим, раҳмат. 
- Қийналиб қолмадингми, ишлатиб юришингга пулинг борми?
- Бор, амаки. Онам ҳам операциядан яхши чиқдилар. Энди бир-иккита реабилитация курсларини ўтасалар бўлди.
- Ҳали даволаниши давом этаяпти, дегин. Дори-дармон дегандай... пул керак бўлади-ку? Нима қиласан?
- Тоғамдан сўраб турарман...

Асқар ака ўзига тўқ, бадавлат тадбиркор эди. Бир нечта корхоналари ишлаб турибди. Кафелари, чойхоналари бор. Бундан ташқари шаҳардан ташқаридаги катта боғлари ҳам яхшигина даромад келтиради. У жиянидан 300 долларни олар экан, ўзини қандайдир ноқулай ҳис этди. Нега энди унинг жияни тоғасидан қарз сўраши керак?!

- Энди жиян, гап бундай. Эртага қурбон ҳайит байрами. Мен қўчқор сотиб олиб, сўйиб, камбағалларга тарқатмоқчи эдим. Лекин ҳадисда энг аввало ўз яқинларингга, улардан ортса бегоналарга қилгин деган. Шунинг учун мана бу пулни мен сенга бермоқчиман.
- Қарзгами?
- Қарзга эмас, пийсабиллоҳ, ўзингга. Сенга ҳайитлик. жиян. Яна бир гап. Агар қачон сенга пул керак бўлса бемалол сўрайвер. Ахир укамдан қолган ёлғиз ёдгоримсан.
- Раҳмат амаки! Раҳмат..

Анваржоннинг кўзларида миннатдорлик ёшлари милтиради. Келиб, амакисини қаттиқ бағрига босди. Асқар ака ҳам жиянини бағрига босиб, бошини силар экан, кўз ўнгидан раҳматлик укаси ўтди. Ўша машъум автофалокат бўлмаганида эди... У жиянини кузатиб қўйгач, ўзида руҳий енгиллик ҳис қилиб, кайфияти ҳам кўтарилди. Аллоҳ кўнглига ниманидир солгандай бўлди. Қўлига телефонни олиб, бирма-бир ундан қарз олганларга қўнғироқ қила бошлади.

- Алло, мен, Асқар акангман. Сенга берган қарздан пийсабиллоҳ кечдим!

БЕҲЗОД ҲОЖИМАТОВ.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

АДОЛАТНИ КИМДАН ИСТАЙДИЛАР?

Бир подшоҳ оғир хасталикка чалинди. Ҳакимлар бу дардни ўн уч ёшли боланинг жигари даволаши мумкинлигини айтди. Подшоҳ навкарлари мамлакат кезиб, ўз фарзандини сотишга рози бўладиган ота-онани топдилар.

Подшоҳ ота-онани рози қилди, қозилар «Подшо саломатлиги учун халқнинг бир вакилини қурбон қилиши вожибдир», деб ҳукм чиқариб беришди.

Жаллод болта билан боланинг олдига келганда у йиғлаш ўрнига негадир табассум қилди. Хайрон бўлган подшоҳ ундан сўради:
— Ҳозир ўласан-у, жилмайишингнинг боиси не?
Шунда бола:
— Боланинг эркалигини ким кўтаради? Ота-она! Аммо ўз ота-онам мени мол-дунёга алмашди. Даъвони кимга қиладилар? Қозига! Қози ўлимимга фатво чиқарди. Адолатни кимдан истайдилар? Подшоҳдан! Подшоҳга эса менинг жоним керак... Мен бу оламнинг телба-тескари ишларига ажабланиб, жилмайдим, — дея жавоб қайтарди.

Бу гапни эшитиб халойиқ йиғлаб дод солди, жаллоднинг болтаси қўлидан тушди, подшоҳ болага тан бериб, уни озод қилди ва ўз саройида олиб қолди...

@Hikoyalar kanalida yanada ko'proq hikoyalar o'qing)

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

O‘sha kun Nigora obedgacha yig‘lab yotdi. Ko‘zlari qizarib, yuragi og‘rib ketgandi. Ammo u turishga qaror qildi — kurashardi. U shunchaki sevmagan edi, umridagi birinchi chin dildan sevgi edi bu. Endi esa o‘sha sevgi uchun kurashish va yutish kerak edi.

Kechqurun yigitning ishxonasi oldiga borishga qaror qildi, lekin bu niyatini unga aytmadi. To‘g‘ri, quruq va sovuq bormoqchi emas edi u. Sevgilisini quvontirish uchun biron shirinlik tayyorlamoqchi edi, ammo fikridan qaytdi. O‘rniga palov pishirishga qaror qildi — hayotida birinchi marta.

Oldin hech qachon palov qilmagan edi, lekin qo‘rqmadi, cho‘chimadi. Sekin kiyinib, dehqon bozorga bordi, masalliqlarni sotib oldi. Keyin yigitga sms yozdi:
“Bugun oldingizga boraman.”

Nigora hammasini gaplashib olmoqchi edi. Balki bu oxirgi uchrashuv bo‘lar, ammo u orqaga chekinmas edi.

Palovni tayyorlashda har bir guruch donasiga mehr qo‘ydi, shuning uchun ham ta’mi juda yaxshi chiqdi. Salat ham tayyorladi, o‘zini ham bezadi. So‘ng borib, sevgilisini ko‘rdi — yuragi yumshadi, lekin sezdirmadi.

“Gaplashishimiz kerak,” dedi yigit. Ular suhbatlashishni boshladi. Yigit hayajon bilan aytdi:
— Bilmadim… Hozir sizga vada bersam, ota-onam rozi bo‘lmasa, baribir oldingizda yolg‘onchi bo‘lib qolmasmikanman?

Nigoraning ko‘zlari namlandi.
— Nega rozi bo‘lmayapti ular?

Yigit ozgina tortinib javob berdi:
— Sizni shaharlik, tannoz qiz deb o‘ylashyapti. Onam ham, opalarim ham oddir, sizni pardozda ko‘rishgani uchun «bu qiz tannoz bo‘lsa, kelajakda shunaqa qoladi» deb o‘ylashyapti, dedi.

Nigora yig‘lab qo‘ydi:
— Axir siz meni qanday ekanligimni bilasiz-ku…

— Bilaman, lekin ularga shuni tushuntira olmadim, òzim ham hayronman hayolimda siz yengil hayotga órgangandaysiz. Ota onamni hizmatini qila olmasangizchi? Manga ovqat qila olasizmi,uy ishlarini qilasizmi??  — dedi yigit, ko‘zlarida achinish bilan.
Tortishuv uzoq davom etdi. Yigitning achchiq so‘zlari Nigoraning yuragiga chuqur jarohat soldi. U jim holda yig‘ladi, ko‘z yoshlari to‘kildi. Olti oylik shirin orzular, umidlar — hammasi endi armonga aylanib ketayotgandek edi. Onasichi? Unga nima deydi? Nahotki Jondan suygan sevgilisi u uchun kurashmayabdi? Axir u birgina shu inson uchun hayotini, òzini òzgartirdiku shaddot,  aytganidan qaytmaydigan bu qiz sevgikisi uchun ózgardi. Hammadan va hammasidan kechdiku.Nahotki endi unga ishonishmasa??

Yigit sekin unga yaqinlashdi, bag‘riga oldi va ko‘z yoshlari oqayotgan Nigoraning yuzini muloyimlik bilan artdi.
— Boldi, bularni o‘ylamang. Siz yig‘lamang, — dedi u yumshoqlik bilan.

Nigora bu so‘zlarda ozgina tinchlik topdi, yana sevgining yorqin chirog‘ida uyga qaytdi.

Ammo ertasi kuni yana arazlashish boshlandi. Qattiq arazladi. YIGITNING har bir gapi yuragini teshib òtdi. Telefonni qòyib qòydi, Nigora qaytadan aloqaga chiqdi yana qóyib qòyildi..) Nigora o‘zining nima uchun g‘azablanganini hatto bilmasdi. Yigitni hayotining hamma sohasidan qora ro‘yxatga oldi. Yuragini egallagan tushunarsiz hislar uni siqib qo‘ydi. Unsiz yiģladi.

Mana hozir u ko‘p qavatli uylarning derazasida o‘tirar, telefonini quchoqlab, ko‘zlarida mayuslik bilan tashqariga qarar edi. Shu lahzalarda o‘tgan voqealar, har bir so‘z va har bir daqiqa yuragida qayta-qayta aks etdi. Yana òxshamadi a dedi pichirlab òziga òzi. Shu topda bu chiroyli qizning kòzlaridagi mayuslik va yuragidagi oģriq faqat òziga ayon edi.
Bu bahorning sóngi kuni edi)))

Bahor ketdi. Orzular ham. Lekin Nigora qoldi. Yanada kuchli, sabrli va kelasi bahorga umid bilan qoldi!


@Hikoyalar kanali o'quvchilaridan...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Bir kuni yigit Nigoraning yuragini titratadigan gap aytdi:
— Rasmingizni onamga ko‘rsatdim.

Nigoraning yuragi go‘yo to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
Ko‘zlari chaqnab ketdi, yuragida shirin bir ishonch uyg‘ondi.
“Axir bu jiddiy narsa-ku! Nahotki… nahotki u ham meni chin dildan sevadi?”

Darhol hayajon bilan so‘radi:
— Nima dedilar ayangiz?

Yigit jilmaydi.
— Hammasini aytolmayman, lekin siz yoqdingiz, — dedi qisqa qilib.

Nigora biroz bezovtalanib qoldi.
— Nega aytolmaysiz? Yomon gapmi?

— Yomon emas, bo‘ldi, so‘ramang. Yoqdingiz, deyapman-ku…

Nigora bu javobga qanoatlanmadi. Qaysarlik bilan turib oldi.
— Unda o‘sha smsni ko‘rsating!

Yigit biroz ikkilanib, telefonini uzatdi.
Nigora ekran tomon egildi. Onaning javobi quyidagicha edi:

“Ro‘moliga ishonma. Yaxshilab kuzat. Menga yoqdi, chiroyli ekan.”

Nigora jim qoldi.
Xafa bo‘lishni ham, quvonishni ham bilmay qoldi.
Bir tomondan — “Menga yoqdi” degan so‘z yuragiga iliq urildi.
Ikkinchi tomondan — “Ro‘moliga ishonma”… bu og‘ir edi.

Nigora hijobda edi. Bu tanlov — ichki e’tiqod, odob va o‘ziga bo‘lgan hurmatning ramzi edi. Lekin u yigitning onasini ham tushundi. Jamiyatdagi ko‘p yolg‘onlar, ikkiyuzlamachilik, ro‘molni niqob qilgan qizlarning noto‘g‘ri xatti-harakatlari — bular kattalarni shubha bilan qarashga majbur qilgan edi.

Nigora ichida chuqur nafas oldi.
“Axir muhimi — oxiri nima bilan tugaydi. Muhimi — niyatim pok. Muhimi — onasi meni yoqtirdi.”
Shunday deya, o‘zini tinchlantirdi.
Yana hammasini yaxshilikka yo‘ydi.
Yana kunlar sekin o‘tib borardi.
Tungi suhbatlar, shirin ovozlar, sovuq tunlarda yurakni iliq qiladigan izhorlar…
Nigora o‘zi uchun yangi dunyo ochilganday yashardi.

Bir kuni telefon jiringladi.
Bu yigit edi.

— Bir yaxshi, bir yomon xabarim bor… — dedi u sal jiddiy ohangda.
— Yaxshisidan boshlang, — dedi Nigora, yuragidagi allaqanday xavotirni yutib.

— Meni o‘sha orzu qilgan ishimga qabul qilishdi. Nihoyat! — dedi yigit quvonch bilan.

Nigoraning ko‘zlari chaqnab ketdi. Yuragi hapqirib, butun vujudi bilan quvondi:
— O‘zi xohlagan ishi-ku! Axir bu juda katta yangilik!

Ammo yuragi ichida nimadir g‘ash tortayotgandek edi.
Sekin so‘radi:
— Yomonchisi-chi?

Yigit jim bo‘lib qoldi. So‘ng asta ohangda dedi:
— Shu ishning boshlanishida, ikki oy bizning hududga, ya’ni viloyatga yuborishmoqda. Faqat ikki oy…

Nigora to‘satdan jim bo‘lib qoldi.
Go‘yo ustidan sovuq suv quyilganday bo‘ldi.
Ikki oy… uzoqlik… sog‘inch… yolg‘izlik…

Ammo u o‘zini tezda to‘g‘riladi. Yuragiga tasalli berdi:
“Axir orzusiga erishdi-ku! Endi ishlaydi, barqaror bo‘ladi. Ikki oy nima degan gap? Bu vaqt ham o‘tadi… Keyin biz…”
Ko‘z oldida chiroyli manzaralar jonlandi:
To‘y… u birga orzu qilgan uy… tinch, mehrli hayot.

Yigit ketishidan oldin ular so‘nggi marta ko‘rishishdi.
Birga ovqatlandilar.
Keyin uzoq yurishdi.
Qorli ko‘chalar, muzlagan havo… Ammo ular sovuqni his etmasdi. Ikki yurak bir-biriga qattiqroq bog‘lanayotgan, so‘nggi lahzalardan zavq olayotgan edi.

Va nihoyat… tun yarmiga yetdi.
Nigora yuragiga toshdek og‘irlik bilan yigitni kuzatdi.
Ko‘zlari nam, lekin o‘zini tutdi.
Qayta-qayta orqasiga qaradi… lekin baribir xayrlashish kerak edi.

U yigitni yo‘qotmaslik uchun — uni orzu qilganiga ishonib, yo‘lini ochib qo‘ydi.
Bu Nigoraning sevgidagi eng halol, eng fidokor qadami edi.
Yigit ketdi. Sinovli kunlar boshlandi.
Sog‘inch yurakni ezdi, har kuni video qo‘ng‘iroqlar bilan bir-birini eslashdi, gaplashishdi.
Har bir so‘z, har bir ohang — ularni yaqinlashtirardi, lekin ikki dunyo orasidagi masofa ham yuksak edi.

14-fevral keldi — Sevishganlar kuni.
Nigora o‘qishga bordi, lekin dard-u sog‘inch uni band qilolmaydi. O‘qishdan charchab, uyga qaytib, yotoqqa cho‘mib, uxlab qoldi.

To‘satdan telefon jiringladi. Nigora hushyorlandi. Telefon raqamiga qaradi — u edi.
“Pasta mashina kutyapti sizni. Bir narsa beradi, olib qoling,” dedi yigitning shirin ovozi.

Nigora tezda kiindi, hayajon bilan pastga tushdi. Ko‘chasida mashina kutardi. Ichkarida esa haydovchi unga yorqin rangdagi chiroyli gullardan iborat buket uzatdi.

Nigora hayajon bilan buketni qo‘liga oldi, ko‘zlarida yoshlar jildi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Nigora ko‘p qavatli uyning derazasidan pastga — mashinalar bilan to‘lib-toshgan poytaxt ko‘chaga qarab, chuqur o‘yga toldi. Quyosh botayotgan osmonda qizg‘ish ranglar to‘kilar, ammo uning yuragida botmagan, so‘nmagan, faqat tin olib turgan xotiralar titrab turardi.

Toshkentga ilk kelgan kunini esladi.
U o‘shanda…
Faqat orzulariga ishonib, bir sumka, bir daftarchadagi rejalar va yuragidagi beg‘ubor ishonch bilan poytaxt tomon yo‘l olgandi. Go‘yo u osmondan tushgan pok farishta edi – qishloqda ulg‘aygan, ko‘zlarida sadoqat, qalbida halollik bilan.

Ammo poytaxt…
Bu shahar mehr bilan qarshi olmadi. Nigora buni keyin tushundi — bu yerda hamma narsaning narxi bor edi. Hatto insoniylikning ham.
Qancha-qancha qiyinchiliklarni boshidan kechirmadi Nigora…
17 yoshida — hali ko‘ngli beg‘ubor, dunyosi tiniq bir qizaloq edi u, poytaxtda mustaqil hayot boshladi. Toshkent uni iliq kutib olmadi. Shaharning sovuq ko‘chalari, yolg‘on tabassumli odamlar, har biri bir niyatdagi erkaklar… Nigora asta-sekin o‘zgara boshladi.

U yosh edi, g‘o‘r edi. Hech kimga ko‘ngil bermagan, muhabbatga ishonuvchi oddiy qiz edi. Ammo shaharlik yigitlar — shirinsuxan, paytni poylagan, ko‘z bilan ko‘ngilni o‘g‘irlaydigan erkaklar unga mehr bilan emas, istak bilan yaqinlashdi.

U yuragini berdi…
Ammo nomusini emas.
U samimiy sevdi, ammo ko‘p bora aldanib, tushkunlikda qoldi.
Ko‘pincha kechqurun deraza oldida unsiz yig‘lardi — o‘sha derazadan ko‘cha chiroqlarini emas, o‘chib borayotgan ishonchini tomosha qilardi.

Ertasiga boshqa yigit “men seni sevaman” deb chiqardi. Bu hol takrorlanaverdi…
U har safar ko‘z yosh bilan yuvilgan sevgidan ortiqcha hech narsa olmay boshladi.

Bora-bora Nigoraning yuragi toshday soviy boshladi.
Endi u sevgini istamas, faqat boshqalarga o‘zini sevdirar edi.
Sevmasdi. Sevolmasdi.
Qalbida chuqur bir charchoq, ishonchsizlik va yolg‘izlik uy qurdi.Oshiqlari turli qimmatbaho hadyalar sovģa qilardi, eng qimmat restoranlarga taklif qilardi. Hohlaganicha pul Berardi. Lekin sevgi emas.... Nigora bunga órgandi. Yuragini battarroq sovuq muz egallardi. Hissiz insonga aylanib borayotgandi. Har kuni turli qimmatbaho mashinalar kelardi, dugonalari uni ketidan deraza orqali sekin módalab unga havas yoki hasad bilan termulib qolishardi lekin bu qizning ichki tuyģularini, yurak oģriģini bilishmasdi ham

“Shular…” — derdi u yurakda.
“Shular meni bu holga soldi.”
Katta kursga o‘tgach, Nigora qizlar bilan ijarada yashay boshladi. O‘sha uyda har kimning o‘z hayoti, orzusi, rejasi bo‘lsa-da — bir narsa hammaga ayon edi: Nigoraning oshiqlari ko‘proq edi.

Uning tim qora ko‘z-qoshlariga ehh, kimlar oshiq bo‘lmagan?! Kimlar jonini berishga tayyor emas edi?! Ayrim yigitlar yuragini qo‘liga tutib, go‘yo bir qarashini kutardi.

Qizlar ko‘p hazillashardi:
— Nigooor, bunaqa yurmasdan, shartta bitta boyni tutib, tegib olmaysanmi, a?

U bu gaplarga yuzaki kulimsirab javob qaytarardi, ammo yuragi jim bo‘lib qolardi. O‘zicha o‘ylardi:

“Nega? Nega men shunaqa qilmayman? Nega hammasi menga oson emas? Qaysi biri yurak yutib onamga telefon qilib rozilik so‘ray oldi? Qaysi biri uyimga sovchi qo‘ydi? Shu sevgi bo‘ldimi?”

Shu sovuq o‘ylar ichida u oshiqlarini yanada qattig‘roq sinardi.
Qo‘llari gul bilan to‘lgan, yuraklari umidga limmo-lim yigitlar birma-bir ko‘z oldida so‘nardi. Gohida guldasta kelar, egasi aniq bo‘lmasdi. Kimgadir havas, boshqalarga esa hasad uyg‘otardi bu hol.

Ammo Nigora boshqacha edi.
U boshqa qizlar kabi har bir sovg‘asini Instagram’ga joylab, qiyofa qilmasdi.
Unga nima berilishidan ko‘ra, kim va qanday niyatda bergani muhim edi.

Go‘yo…
Go‘yo u kimnidir kutayotgandek edi.
Oshiqlar orasidan emas, yuragini uyga olib kiradigan — shunday bir insonni. Qaniydi u ham shu gullarning orasidan chiqsa…

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

🥳 Uzoq kutilgan KONKURS shartlari ushbu videoda:

Fikr bildiring va Iphone 16 yoki boshqa sovg'alardan birini qo'lga kiriting!

Telegram Bot: @ZamaxshariySchool_konkurs_bot

*Ijtimoiy tarmoqlarda qo'yiladigan har bir post izohlaridagi faollik ham e'tiborga olinadi.

@zamaxshariy_school

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Barchaga Qurbon Hayiti Muborak!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Бахтли бўлишни ўзингдан бошла..

Бир куни донишманд одам сайр қилиб юриб, йўлида бир одамни учратиб қолибди.

У оғир ва машаққатли меҳнатдан чарчаган,ҳолдан тойган экан.

Шунда донишманд:
- Ўзингни бунча қийнамасанг, дебди.

- Ҳа, тўғри, ишим ва меҳнатим оғир. Аммо мен болаларим ва невараларим бахтли бўлиши учун ҳаракат қилаяпман.
Отам шундай қилган, отамнинг отаси ҳам шундай қилган, отамнинг отасининг отаси ҳам оғир меҳнат қилган.

- Яхши, аммо айтчи, санаганларингдан кимдир бахтли бўлганми?

- Йўқ, келажакда фарзандаларимиз бахтли бўлади, насиб...

- Ҳамма гап шунда. Сен ўзинг бахтли бўлмасанг, фарзандларинг ҳам бахтнинг нималигини билмай ўтади.

Бахтли бўлишни ўзингдан бошла, уларга ўрнак бўл, ҳар недан бахт топишни бил, шу сенинг фарзандларингга энг катта совғанг бўлади - деган экан....

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Tashlandiq yotoqxona (+16)
(Yuragi bo'shlar, asabiylar o'qishi mumkin emas)

Bu voqeani harbiy xizmatda yurgan vaqtlarimda o'sha yerda yashovchi aholi aytib bergandi.
Biz kelib tushgan harbiy qismni yonida ko'p qavatli tashlandiq bino bor edi. Aytishlaricha bu yer talaba qizlar yotoqxonasi bo'lgan ekan. Bu yotoqxona chegara yaqinida joylashgan bo'lib, ikki davlatdan kelgan talabalar uchun xizmat qilgan ekan. Chegaralar deyarli ochiq bo'lib, qo'riqlanmagan va to'siqlar qo'yilmagan. Bir kun tunda chegarani u tomonidan bir to'da jinoyatchilar yotoqxonaga bostirib kirib kelishib, qo'llariga tushgan qizlarni asir ola boshlashibdi. Qochganlari qochib qolib, qolganlari jinoyatchilar qo'lida qolibdi. Jinoyatchilar asirga olgan qizlarini, yotoqxona yerto'lasiga olib tushib, yalang'och holatda qo'llaridan bog'lab, osib qo'yibdi va ular bilan qilmagan ishlari qolmabdi. So'ng birin ketin hammasini pichoqdan o'tkaza boshlashibdi. Tashqariga qochgan qizlarni aytishicha, yotoqxonadan qizlarni daxshatli qichqiriqlari eshitilarkan. Bu chinqiriqlaridan ularni qiynab o'ldirishayotganini bilish qiyin emas ekan. Qochgan qizlar yordam chaqirib kelishgunga qadar, jinoyatchilar ortga qarab qochib ketishgan ekan. Yerto'laga tushishganida... buni tasvirlash qiyin... odam tanalari har tomonda sochilib yotar, yer esa, to'la qon... hali joni uzilmay qolganlarini xirillagan tovushlari eshitilib turarkan... Tiriklarga yordam berilib, murdalar esa ko'milib, yerto'la qon izlaridan tozalanibdi. Jinoyatchilarni topishganmi, jazolashganmi, bu haqida aytishmadi. Lekin shu voqeadan keyin bu yotoqxonada hech kim yashamabdi. Nechadir yillardan keyin bu yerga bu voqealardan behabar uysiz odamlar yashash uchun joylashishibdi. Lekin ko'p o'tmay, bu yerlardan ko'chib ketishibdi. Ulardan birini aytishicha, pastdan, qizlarni chinqirig'i har tunda eshitilarmush. 3-4 ta bo'lib, hamma yoqni aylanib chiqib ham, hech kimni topa olishmabdi. Hech nimaga tushunishmay, shu yerda yashovchilardan bo'lgan voqeani bilib olib, har tungi qichqiriqlarni aytib berishibdi va bu yerlardan ko'chib ketishibdi. Yana bir necha yillardan keyin shu bino yonidagi kichik o'quv binolariga harbiy qismni ko'chirib kelishibdi. Aytishlaricha kechasi navbatchilikda aylanib yurgan askarlar shu binodan qizlarni qichqiriqlarini eshitishibdi. Ular ham o'z navbatida bu qanday joy ekanini bilishmagan. Qiziqish ustunlik qilib, ichkariga 2 ta askar kirgan... ertalab ularni boshqa askarlar bino yerto'lasidan hushsiz holatda topishibdi... Shifoxonada o'ziga kelgan askarlar, zo'rg'a, duduqlanib gapirishar, aytishlaricha binoga kirib, ovoz kelgan tomonga yurishgan, yo'lda past bo'yli cholni ko'rishgan va uni ortidan quvishgan, u yerto'laga tushishgan... Yerto'lada hamma yog'idan qon otilib chiqayotgan qizlarni ko'rishgan. Ular tinmay yordam so'rab baqirisharkan. Birini qutqarmoqchi bo'lib, qo'llarini tekkizishgan ham ekanki... u yog'ini eslay olishmabdi. Ularni boshqa harbiy qismga jo'natishibdi. U yerda qolgan askarlarni esa vahima bosibdi. Ko'pchilik norozilik bildiribdi. Tekshiruv guruhi kelib, tashlandiq binoni hamma yerini tekshirib, hech qanday pakana cholni ham, "tirik murda" qizlarni ham topa olishmabdi. Askarlar noroziligi rad etilib, bu yotoqxonadagi voqealarni safsata deb baholashibdi. Va shu hammaga singdirilibdi. Lekin bu bilan hech narsa o'zgarmay, ovozlar yana chiqaveribdi. Harbiy qismdagilar domla olib kelib, jonlig' qurbonlik qilib, duoiy fotihalar qilishibdi. Shundan so'ng ovozlar tinibdi. Lekin ba'zi ba'zida ovozlar eshitilar, pakana chol esa, ko'chada navbatchilikdagi askarlarga bir bir ko'rinib qolar ekan. Men xizmat qilgan vaqtda, bu voqealar bo'lmadi. Biz ham buni safsata, qo'rqitish uchun o'ylab topilgan degan qarorga keldik. Bir qancha vaqtdan keyin yangi askarlar kelibdi. Bir askar negadir shu binoni nima ekanini ko'rmoqchi bo'lib, aylangani bir o'zi kiribdi... Uni pastdan oyoq qo'li singan holda topishibdi... Bu binoni qiziq jihati, pakana chol ham, qizlar tovushi ham ayollarga eshitilmas ekan...

/channel/hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Живанши шундай хотирлайди:

"Ўша куни — ўлим яқинлашганини англаганида — у мени Швейцариядаги уйига чақирди ва ўзининг ётоқхонасида қабул қилди. Бу хонада у бир неча ойдан бери тўшакда михланиб ётарди.

— Менда сен учун совға бор. Мана бу қутичага қара.

Ипак қоғоз ичида пальто ётарди. У менга шундай деди:

— Агар қачондир қайғуга ботсанг, бу пальтони елканга ташла. Ўшанда, Одри сенга тасалли бераётганини ҳис қиласан".

--- --- --- --- ---

1953 йилнинг ёзининг иссиқ кунларидан бирида, Париждаги Альфред де Виньи проспектида жойлашган Givenchy мода уйида 26 ёшли Юбер де Живанши муҳим меҳмонни кутаётган эди. Эрталаб котибаси унга “мисс Хепберн” келиши ҳақида айтганди. Юбер жуда хурсанд эди: ўзининг оддий шахсиятига шуҳратли актриса Кэтрин Хепберннинг ўзи эътибор қаратаётганди! Ёш йигит бир йил аввал ўзининг модалар уйини очган, мижозлар эса ҳали кўп эмасди.

Аммо белгиланган вақтда эшикдан “Оскар” соҳибаси эмас, балки 24 ёшли нотаниш қиз кириб келди.

— Менинг исмим Одри. Одри Хепберн, — деди у.

Юбер кейинчалик шундай хотирлайди: "У худди қамишдай эди. Кичкина сандаллар, оқ футболка, тор кийилган катак-катак шим ва гондола эшувчиларининг кулгули шляпасини кийиб олган ёш ўспирин".

Одри унинг олдига янги фильм — “Сабрина” учун либос тикиб берадиган дизайнер излаб келганини айтди. У истардики, қаҳрамони “французча назокат” билан кийиниб чиқсин.

Юберда у вақтда номаълум актрисага махсус кийим тикиш учун вақт йўқ эди, шунинг учун унга янги тикилган коллекциядан бирор кийим танлаб олишни таклиф қилди. Одри рози бўлди.

Ўша йили “Сабрина” фильми “Оскар” олди — аммо фақат костюмлар учун. Лекин мукофот Живаншига эмас, бошқа қаҳрамонлар либосини тиккан Эдит Хэдга насиб этди. Живанши исми титрларда ҳам кўрсатилмади. Бу учун Одри шахсан Парижга учиб келиб, ундан кечирим сўради. Живанши шундай деб эслайди:

"Мен унга тасалли берардим. Одри, ‘Сабрина’ туфайли шунча мижоз пайдо бўлдики, уларга улгура олмаяпман. Мен машҳур бўлдим. Бунда сенинг ҳиссан жуда катта”.

Шундай қилиб уларнинг дўстлиги бошланди.

Одри Хепберн — унинг илҳом париси эди. Юбер уни эркалаб “ёқимтойим Одри” деб атарди. Ва у учун ҳамма нарсани қилишга тайёр эди.

1961 йили экранга “Тиффаниникида нонушта” фильми чиқди. Одри бош қаҳрамон ролини ўйнади, Юбер эса у учун афсонавий “кичик қора либос” тикиб берди. Бу либос мадмуазель Шанель ўрнатган анъаналардан фарқли, янги услубда эди. Кейинчалик Одри бу ролни ҳаётидаги энг муваффақиятлиси деб атайди. Юбер эса: “Ушбу либос менга абадий ном қолдирди”, дейди.

Одри учун Юбер шунчаки шахсий дизайнер эмас, балки энг яқин дўст, йиғлаш учун елка, тасалли берар инсон эди. Дўсти унга “Сабрина” фильмдаги танишувдан кейинги биринчи муҳаббати — актёр Уильям Холден билан ажралишни енгишда ёрдам берганди.

Юбер Одрининг ҳаётидаги муҳим лаҳзаларда доимо ёнида бўлди: у актёр Мел Феррерга турмушга чиққанида, ўлик туғилган биринчи фарзандини дафн қилганида, 1960 йилда туғилган ўғли Шонни чўқинтирганда. Кейинчалик Одри психоаналитик Андреа Доттига турмушга чиққанида ҳам Юбер унга никоҳ маросими учун кулранг-кўк гулранг кийим тикиб берди...

Юбер Одри билан 42 йил бирга бўлди. Бу муносабат садоқат, тушуниш, сабр ва чуқур ҳурмат асосига қурилган эди. Одри 1993 йилнинг 20 январ куни саратондан вафот этди. Живанши унинг касаллик пайтида бутун кўз ёшини тўкиб бўлгани учун дафн маросимида йиғлай олмаганини айтганди.

Хепберн вафотидан кейин Юбер ишлай олмади — 1995 йилда у нафақага чиқиб, Givenchy мода уйини дизайнер Жон Гальяно бошқарувига топширди. У Париж яқинидаги қишлоқ уйида яшар, боғдорлик билан шуғулланар ва жамоат олдида кам кўринарди.

Ундан Одри ҳақида сўрашганда, шунчаки табассум қиларди:

— У ажойиб аёл эди. Мен унга жуда-жуда соғиняпман.

©️ Сарвар Раҳимий таржимаси

Читать полностью…
Subscribe to a channel