Хаётий ва Ибратли ҳикоялар... Хикматлар хазинаси... Инсон такдирини аччик синовлари... Hamkorlik va reklama uchun 👇👇 @Bronzam . . . . . .
🌿Qanday yaxshi edi...
Semichkani stakan o‘lchovi bilan olgan kunlarimiz;
Yarmini yo‘llarda to‘kib-sochib qatiq ichganlarimiz;
Nonga suzma surtib,ustiga piyoz yoki sarimsoq qo‘yib olib ko‘chada yeganlarimiz;
Yaltiroq qog‘ozli pechenye, vafli-shokolad olganimizdagi quvonchlarimiz;
Birovning uyidagi jihozlarni kamsitmaganimiz;
To‘rt-besh aka-uka,opa-singil bir tovoqdan ovqat yeganimiz va hech qanday mikrob yoki virus yuqtirmaganimiz;
Akamiz yo opamizga yangi kiyim olganlarida,eskisini men kiyaman deb quvonchdan osmonga sakraganlarimiz;
Qo‘shni yangadan tanbeh eshitib,
o‘qituvchimizdan tayoq yegan kunlarimiz;
"Hakka xabarkash"lik qilganlar bilan arazlashib, ertasi kuni unutib,qo‘l ushlashib o‘ynaganlarimiz;
Paxtaga borib,qo‘shni polizdan tarvuz-qovun o‘g‘irlab kir qo‘lchalarimiz bilan yorib yegan,
nonga pomidor surtib, bir-birimizga qarab ishtaha bilan kavshangan kunlarimiz;
Gʻamsiz, dardu iztirobsiz,
biz BIZ bo‘lgan, hamma INSON bo‘lgan paytlar...
Qanday yaxshi edi a, naqadar go‘zal edi!?
🌿 Boshlang‘ich sinfda o‘qirdim. Bo‘yim biroz cho‘zilib qolgan bo‘lsa kerak, birinchi sinfda kiygan kiyimlarim to‘g‘ri kelmay qoldi. Bu ham yetmaganidek, onam shimimning qayerigadir yamoq solib bersa, ikki kun o‘tmay, boshqa joyidan sitilib ketaverdi. Qishda katta opamning qizil paltosini kiygandim. Akamning eski oyoq kiyimi bilan sinfni zo‘rg‘a tugatdim. Xullas, ota-onam yangi kiyim olib beradigan bo‘lishdi. Bozorga otlandik...
Bozor. Ulug‘lar aytganidek, qorni och odam bozorga borsa, to‘yadi. Yemasayam to‘yadi. Jillaqursa, bozor ko‘rib yurgan odamning ko‘zi to‘q bo‘ladi. Otam bilan kiyim-kechak sotiladigan tomonni qariyb yarim kun aylandik. Har bir xaridor yonidan uzoqlasharkanmiz, otam taassuf bilan bosh chayqardi. Ko‘zimga qaramaslikka urinardi. Xullas, menga “to‘g‘ri keladigan” kiyim topildi. Qizig‘i, otam olib bergan shim va ko‘ylak, oyoq kiyim ham ancha katta keldi. Otam “Ikki-uch yil bemalol kiyasan”, deb qo‘ydi. O‘zimda yo‘q xursand bo‘ldim. Erta-indin maktabga borib, sinfdoshlarimga maqtanishni dilimga tugib qo‘ydim.
Kiyim bozoridan chiqarkanmiz, dimog‘imga “gup” etib taomlarning hidi urildi. Ayniqsa, kabob ko‘zimga olovdek ko‘rindi.
– “Shashlik” olib bering,– otamning nigohini qo‘ra tomonga burmoqchi bo‘ldim.
– ...
Qarang, ota, mengayam olib bering, och qoldim.
Bu so‘zni hech bir ota “ko‘tara olmaydi” nazarimda, juda og‘ir gap qilgandim. Otamning bir qo‘lida mening yangi kiyimlarim, ikkinchi qo‘li esa cho‘ntagida edi... Nimalarnidir chamaladi, shekilli, beixtiyor tamaddixona tomon burildi.
– Yur o‘g‘lim, bir seni “shashlik”ka to‘ydiray,– balki kenja farzand bo‘lganim uchundir otam biror marta iltimosimni yerda qoldirmagan. Oshpaz amaki bitta shapati non va ikki dona sixda kabob olib keldi. Likopchada piyoz ham qo‘ydi. Men dastlab hech narsaga e’tibor qilmay, oldimga qo‘yilgan taomni shoshilgancha yeb boshladim. Bitta sixini tugatgach, biroz nafsim qondi, shekilli, otamga yuzlandim:
– Siz yemaysizmi?
– Sen yeyaver, o‘g‘lim, mening qornim to‘q, – otam shapati non bilan piyoz chaynab o‘tirardi.
Kabobni oxirigacha tugatdim, otam esa achchiq piyozni nonga qo‘shib yedilar...
Yillar o‘tsa-da, bu voqeani negadir esimdan chiqara olmadim. Otam bilan bog‘liq o‘sha voveani yuragim ezilib eslayman. Chunki u paytlarda otamning menga har yili yangi kiyim olishga puli yo‘q edi.
Bugun bolalarimni istagancha kabobga to‘ydira olaman. Xohlagan kiyimlarini kiyishadi. Cho‘ntagimda pulim tugaydi, degan xavotirim yo‘q. Otam ham tirik. Yaqinda o‘sha bolalik iztiroblarimni eslab, otamga kabob olib bermoqchi bo‘ldim. O‘ylamang, bu bilan mening qarzim uziladi, degan fikrdan mutlaqo yiroqman. Ammo insonda shunday xislar bo‘ladiki, ularga izoh berib bo‘lmaydi. Shunchaki, yurak buni amr etadi.
Zamonaviy restoranda otam ikkimiz o‘tirdik. Dasturxonni uch-to‘rt xil kabob bilan to‘ldirdim. Eng noyob taomlarga buyurtma berdim. Otam bitta sixini qo‘liga oldi-da, ancha vaqt tikilib qoldi. Bir chimdim yegan bo‘ldi.
O‘zimcha o‘yladim, otam ham o‘sha voqeani eslayotganmikan?
– Oling, ota.
– Bolam, bularingni yeyishga tishim yo‘q-da, undan ko‘ra achchiqqina ko‘k choy aytsang-chi...
Yuragim uzilib ketdi. Otam o‘shandayam achchiqqina piyoz bilan qorin to‘yg‘azgandi!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
👑 Sultonimga...
💞 Ey qalbimning sultoni 👑
Meni, xato qilsam hadeb ularni yuzimga solib, mulzam qilavermang, xatolarimni unuting, o‘zimni emas...
Oila a’zolaringizga yomonlamang, ularni mendan ko‘nglilarini qoldirmang...
👑 Ey umrimning podshohi,.
Menga qo‘l ostingizdagi qulingizdek, cho‘ringizdek qaramang, malikangizdek qarang... Boshqa ayollarni menga maqtamang, fazilatlarini aytmang, meni boshqalarga qiyoslamang.
Men — qizg‘onsa, begonasirab, o‘zini ortiqcha his qilib, uzoqlashadigan, yuragi muzlaydigan, nafrati qo‘ziydigan hilidanman... 💔
👑 Ey hayotimning homiysi..
Ishga ketayotganingizda, ko‘chaga shoshayotganingizda, men bilan quyuq xayrlashing. Baqirib-chaqirib uyni tark etmang. Chunki siz kun davomidagi kayfiyatimning omilisiz. Siz ko‘chada insonlar bilan ovora bo‘lib, meni unutishingiz mumkin, ammo mening sizdan boshqa ko‘nglimni hushlaguvchi yo‘q...
👑 Ey ko‘nglimning ko‘chasini yashil bog‘chasi... Men ko‘chadan kelishingizni to‘rt ko‘z bilan kutaman, ko‘chadan kelib meni e’tiborsiz qoldirmang. Kichkinagina bo‘lsa ham shirinlik qistirib keling qo‘ltig‘ingizga. Chunki men muhabbatni hadyalar bilan his qiladigan fitratda yaratilganman.
👑 Ey jannatimning rahbari...
Menga so‘kinishlar bilan, haqoratlar bilan, yomon hulqli ayollarga ishlatiladigan so‘zlar bilan tanbeh bermang, chunki men muslimaman, farzandlaringizni onasiman, qalbim so‘kishlarga o‘rganib, beparda so‘zlardan iymanmaydigan, hulqi buzuq ayolga aylanib qolmay. Quloqlarimni fahshdan qutqaring, unga o‘rgatib qo‘ymang. Siz menga qilayotgan muomalani men farzandlarimga qilaman.
Men sizning, farzandlarimiz esa mening takrorimdir...👨👩👦👦
✨ Post sizga yoqqan boʻlsa, reaksiyalaringizni kutaman 🤗
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар:
«Тўрт нафар зот борки, жаннат уларга муштоқдир: ҳазрат Абу Бакр Сиддиқ, ҳазрат Умар ибн Хаттоб, ҳазрат Усмон ибн Аффон ва ҳазрат Али ибн Абу Толиб – розияллоҳу анҳум».
Яна ул зот алайҳиссалом дедилар:
«Жаннат тўрт нафар кишига муштоқдир: ҳазрат Али, ҳазрат Аммор ибн Ёсир, ҳазрат Миқдод ва ҳазрат Салмон Форсий – розияллоҳу анҳум».
Яна ул зот алайҳиссалом дедилар:
«Тўрт тоифа кишига жаннат муштоқдир: очларни тўйдирувчига, рамазон ойи рўзасини тутувчига, етимларга инъом-икром қилувчига ва кечаси одамлар ухлаган вақтда намоз ўқувчига».
Шайх Аҳмад Ғаззолий, "Баҳрул-маҳабба" асаридан.
☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🥰Uyda o’tirgan ayollar va talabalar
diqqatiga❗️Kurs Skidka narxda
🤔❓ oylik olasiz puldan qiynalyabsiz togrimi??
🔈🔈Bizning ish aynan siz uchun uydan chiqmagan holda daromad qiling biz bilan yuksalasiz bitta telefon va internet bolsa kifoya💬
Isbot kanalda👇
@naazimovas_blog
✍️ MUROJAAT UCHUN: @Shokhida_blogs
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
😱Ислом Каримов Hима сабабдан? Юлдуз Усмонова билан Обид Асомовни Ўзбекистондан Запрет Қилиб ҳайдаган
Уларга ҳаттоки Ўзбекистонга киришга ҳам Рухсат бермаган Каримов, бунга сабаб нима?😳
Ўзи Ислом Каримовга нима дейишган ва нимага Aйрапортдан Ҳайдалган ҳаммаси🎥Видеода 😳👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/bne6vz3kLlVkNjEy
🖤 .....
Qalbimda, sen tomonga sog'inchim bor Madina.🫀
Agarda siz ham Madinani sog'ingan bo'lsangiz yurakchani bosing. ❤️
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🍀 O'zingizni baxtiyor eting
Bilasizmi? Ikki-uch bo'lmag'ur kishilar o'zingizni qiynashingizga arzimaydi... Yolg'on-yashiqni ma'rifat deb bilganlarni o'zingizga do'st tutmang... Sizni o'ylamaydiganlar uchun kechalaringizni bedor o'tkazishingiz shart emas... Va yana bir narsa: hech narsa yanoqlaringizga tabassum ilib olishingizdan muhim emas... 🙂 O'zingiz uchun ham o'zingizni oz bo'lsa-da baxtiyor eting!..
Har qanday holda ham Allohga nisbatan goʻzal gumon qiluvchilardan boʻling )) mana koʻrasiz, Inshaalloh hali hammasi yaxshi boʻladi 🙃 Har bir qaro tun ortida albatta yorugʻ bir tong bordir...!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Chiroyli duolar ekan. Sizga ham ilindim dugonajonlar...
Mehribon Rahimli Alloh nomi bilan Boshlayman !
Allohim, Mehribonim,
Rahimli Rahmonim,
Xoliqim, Razzoqim,
Sultonim, Qiblagohim,
Sajdagohim Gʻoiblarni bilguvchi faqat Sensan, Bizlarni yo‘qdan bor qilgan zot o‘zingsan. O‘zingga banda, Xabibingga ummat qilganing uchun,O‘zini tanittirib Onalik (otalik) maqomini berganliging uchun O‘zingga Shukrlar,
Shukronalar bo‘lsin.
Robbim! Sendan Ojizlik bilan, xorlik, qullik bilan duo qilib so‘rayman o‘zingdan yalinib yolvorib so‘raganim gunohlarimni AFV ET, MAGFIRAT QIL. O‘tmishda qilgan katta-yu kichik, Kabira va Sag‘ira, Xufyona va oshkora gunohlarimni O‘zing kechir!Qolgan xayotimni, umrimni xayrli, barokatli, mazmunli, savobli amallar bilan o‘tkazishga qodir qil, Robbim! Dinu-Dunyo ishlarimni O‘zing o‘ngla, o‘zing oson qil, O‘zingdan boshqasiga, xatto o‘g‘il qizlarimgayam bir daqiqa, bir nafas muxtoj qilma, umrimni uzoq qilginki, sen bergan umrning natijasida tutolmagan ro‘zalarimni tutay, o‘qiyolmagan namozlarimni o‘qiy Sen meni nima uchun yaratgan bo‘lsang, faqat shu narsa bilan mashg‘ul bo‘lay, Kechasiyu - Kunduzi zikringda bo‘lib, Bergan ne’matlaringni Shukrini qilib, Sening rizoligingni topay, qarilik gashtini farzandlarim ardog‘ida,uylarining to‘rida, qo‘llarim hamisha duoda bo‘lib, Shirin so‘zlik bilan oʻg‘il-qizlarimga, Kelin, nevaralarimga Mehr berib , ulardan mehr-oqibat ko‘rishlikni nasib qil. Qayta-qayta Xaj, umralar qilib Ka’bai Muazzamani Tavoflar qilib, Ka’bapushga bosh qo‘yib erkalanish, Labbayka aytishdek Ulug‘ Baxtni nasib qil! Paymonam to‘lib, Umrim poyoniga yetganida Tahoratli pok xolimda, Men seni suyub turganimda, Sen meni sevib turganingda, Sen menga omonat qilib bergan butun vujudim O‘zimga bo‘ysinib turganida, tillarim zikringni qilgan xolatda, ko‘zlarim kalomingni ko‘rib turganida, Oyoqlarim ilm majlislaridan Uzilmagan vaqtlarida, Peshonam sajdada turgan xolatda,O‘z qo‘llarim bilan ehsonlar qilib, O‘zgalar omonati bo‘lsa Salomat bergan vaqtimda, Rizoligingni Topgan xolatimda, Laa ilaahaa Illalloh Muhammadur Rasululloh Kalimasi Tilimga jo bo‘lgan xolatda Omonatingni topshirishni so‘rayman!
Reaksiya bosib yaqinlaringizga yuborishni unutmang!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Ularning sevgisi vaqt o‘tib unutilmadi. Aksincha, har yili yangidan gullagan bir gulday, yana-yana yurakda jonlandi. Ular birga bo‘lolmadilar, lekin sevgilari abadiy qoldi — u yong‘oq ichidagi yurakday, hech kim ko‘rmaydi, lekin u yerda, ichkarida, eng chuqur joyda yashaydi.
Ular bir-birlarini o‘ylashda davom etadi, go‘yo vaqt o‘tgani sayin yurakdagi izlar chuqurlashaveradi. Muhabbatlari vaqt bilan emas, masofa bilan emas — ayriliq bilan abadiylashdi. Chunki haqiqiy sevgi tanani emas, ruhni bag‘riga bosadi.
Yuraklar bir-birini chaqirardi, lekin taqdir ularga “birga bo‘lish”ni emas, “bir-biring uchun ketish”ni yozgan edi. Har kuni ko‘z yoshlari bilan o‘tmish eslanar, ammo yurakda bitta so‘z o‘chmasdi: “Men seni hamon sevaman”.
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Kutmoq...
Har kim ertani kutadi. Bugunda yashab turib, hammasi o‘tishini, ketishini kutadi...
"Tezroq boshlansaydi" deb kutgan tomoshalarimiz tugaydi...
"Tezroq tugasin" deb kutgan uzun navbatlarimiz ham...
"Yonimizga tezroq qaytsin" deb do‘stlarni kutamiz, "Tezroq ketsaydi" deb yoqimsiz mehmonlar ketishini ham...
"Ko‘zi tezroq ochilsaydi, do‘stligimiz yodiga tushsaydi" deymiz yuz o‘girganlar ortidan...
"Tezroq kimligini bilsaydim" deymiz, chalkash fitnasiga toyiltirgan kimnidir ilg‘ab...
"Qaniydi, hammasini aytadigan paytim kelsaydi" deb haqiqatlarimizning pishib yetilar paytini poylaymiz...
"Bu g‘amgin kunlar tez o‘tsaydi" dedik...
"Bizning ko‘chamizda ham bayram bo‘lajak" deb umid qildik...
Oyning o‘n beshini yorug‘ bo‘lishini kutdik...
Zulmatlar tarqashini, bu uzun tonnel tugashini xohladik...
Endi oynadan boqadigan siymoyimiz o‘zimizga notanish...
Kutishlar qaritdi bizni...
Yuzimiz soatlarga aylandi, barmoqlarimiz soat millariga, yillarimiz raqamlarga aylanib, barmoqlar orasidan to‘kilib bitdi...
©️Ummu Zaynab Ummu
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
ДУНЁ УЧУН ҒАМ ЧЕКМА
Эй, ўғлим! Панд-насиҳат қилсанг, аввал ўзинг амал қил. Сўзни ўз аҳволига қараб сўзла. Одамларнинг қадр-қийматини бил. Ҳамма одамнинг ҳаққини жойига келтиргин. Сирингни ҳеч кимга айтма. Дўстингни бошингга қаттиқ иш тушганда синагин. Аблаҳ ва нодон кишилардан қочгин. Зийрак ва доно одамга дўст бўлмоқни ихтиёр қил.
Эй, ўғил! Бир иш қилсанг доно кишининг маслаҳати билан қил. Сўзни далил билан сўзлагин. Ёшликни ғанимат бил. Икки дунёнинг ишини яхши ва қувватли вақтингда ва ёшлигингда ростлагин ва тайёрлагин. Дўсту ёрларингни ҳурмат ва иззат қил. Дўсту душманга қовоғингни очиб юргин. Устозни отангдек яхшироқ бил. Сарф ва харажатни топишингга қараб қил. Жами ишда ўртача юрадиган бўл.
Эй, ўғил! Сахийликни одат қил. Меҳмонни яхши кутиб ол. Бировнинг уйига кирсанг, кўзингни ва тилингни эҳтиёт қил. Кийимларингни ва баданингни пок қилиб юргин. Кўпчилик билан бўлиб, илм ва одоб ўрган. Ёшларга илм ва одоб ўргат. Агар мумкин бўлса, ўқ отишни ва от минишни ўрган ҳамда билмайдиган кишиларга ҳам таълим қилгин. Ковуш, маҳси ёки этикни кийсанг ўнг оёқдан, кийгин ва ечишда чапдан ечгин. Ҳар кимнинг ишини ўз аҳволига қараб қилгин.
Эй, ўғил! Кечаси сўзласанг, оҳиста ва мулойим сўзла, кундузи сўзласанг, ҳар тарафга қараб, кейин гапир. Емоқлик ва ухламоқлик одобларини билиб ол. Ўзингга раво кўрмаган нарсаларни бошқаларга ҳам раво кўрма. Бирор иш қиладиган бўлсанг, аввал кўриб, билиб, тадбир билан бажар. Ўрганмастан туриб, усталик қилма. Хотинга ва ёш болаларга сирингни айтма. Ўйламасдан бирор ишни қилма, қилмаган ишни қилган деб ҳисоблама.
"Ғам-қайғусиз яшай десангиз (ўксинма)" китобидан.
☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар:
«Тўрт нафар зот борки, жаннат уларга муштоқдир: ҳазрат Абу Бакр Сиддиқ, ҳазрат Умар ибн Хаттоб, ҳазрат Усмон ибн Аффон ва ҳазрат Али ибн Абу Толиб – розияллоҳу анҳум».
Яна ул зот алайҳиссалом дедилар:
«Жаннат тўрт нафар кишига муштоқдир: ҳазрат Али, ҳазрат Аммор ибн Ёсир, ҳазрат Миқдод ва ҳазрат Салмон Форсий – розияллоҳу анҳум».
Яна ул зот алайҳиссалом дедилар:
«Тўрт тоифа кишига жаннат муштоқдир: очларни тўйдирувчига, рамазон ойи рўзасини тутувчига, етимларга инъом-икром қилувчига ва кечаси одамлар ухлаган вақтда намоз ўқувчига».
Шайх Аҳмад Ғаззолий, "Баҳрул-маҳабба" асаридан.
☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
БЎҒИМЛАР УЧУН – ЯНГИ УМИД!
Бўғимдан азият чекувчилар учун табиий ечим яратилди.
Табиий таркибдаги восита тўқималарни озиқлантиради, шишни камайтиради ва оғриқни босади.
ТЎЛИҚ ШУ ЕРДА КЎРИНГ:
👉 http://doctorneo.uno/o2/
Уколларсиз даволаниш мумкин экан, яқинларга жўнатиб қўйинг!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
😱 Култик терлаши нохуш хидлардан азият чекяпсизми бизда 😍 буни йэчими давоси😱 бор💃
Бутунлай Култик Терлашдан Халос Булишингиз мумкин👇
Батафсил видеода🎥👇👇
#ЯНГИ_ЎҚУВ_ЙИЛИГА_АКЦИЯ
☺️АССАЛОМУ АЛАЙКУМ, КАНАЛИМИЗНИНГ ГЎЗАЛ ОБУНАЧИЛАРИ, СИЗЛАР УЧУН ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА 🇨🇳ПЕКИН, 🇹🇷ИСТАНБУЛ ВА 🇰🇬БИШКЕКДАН ТРЕНДАГИ ЛИБОСЛАРНИ ХАМЁНБОП НАРХЛАРДА ОЛИБ КЕЛДИК 😍
✅ХАММАСИ НАЛИЧИДА
🚚ЎЗБЕКИСТОН БЎЙИЧА ЕТКАЗИБ БЕРИШ БОР
🏃♀➡️ ТУГАБ ҚОЛМАСИДАН БИР КИРИБ КЎРИНГДА 😉👇
/channel/+GDOCMSCGgKwzNDM6
😍 Гўзаллик дуосини биласизми?
🤲 Юзини нурли ва чиройли, тиниқ бўлишини истаган кишилар учун Қуръони Карим оятлари ичида бир оят борки, унда ажойиб бир сир яшириб қўйилган.
❗️Бу оятни 7 кун кетма-кет ҳар кеча уйқудан олдин зайтун мойига 21 марта ўқиб дам солиб, юзига суриб ётган кишининг юзларидан ғуборлар кетиб, дилкаш ва тиниқ бўлиб, гўзаллашади. Ушбу оят матни шундай...
Давоми👇
ЭРНИ АЁЛИГА МУҲАББАТЛИ ҚИЛИШ УЧУН 3 #ДУО.
Ҳар бир аёл эри уни яхши кўришлигини хохлайди. Эр хотин ўртасида муҳаббат бўлмаслиги, оилавий ҳаётни зерикарли, совуқ қилиб қўяди. Ҳаёт шавқли, завқли, қувноқ бўлиши учун эр ва хотин ўртасида муҳаббат зарурдир.
Эрнинг муҳаббатини қозониш учун бирор дуо борми?
#Жавоб: Ҳа бундай дуо бор.
👉Дуони ўқиш
Ибрат...
1. Отанг сенга танбеҳ берганида у сени ёмон кўрмайди.
2. Отанг сенга босим қилганида у сени ўсишингни истайди.
3. Отангни жим турганини кўрганингда у сени келажагинг ҳақида бош қотираётган бўлади.
4. Отанг иқтисод қилган пайтда билиб қўй, у ўз нафсини бутунлай маҳрум қилган бўлади.
5. Отанг ҳансираб қолганини кўрсанг билиб қўй, у сен сабабли шундай бўлган.
6. Отанг кулган пайтида билиб қўй, бунинг ҳам сабабчиси сенсан.
7. Отанг қаттиққўл бўлиб қолса билиб қўй, сен унинг кўрсатмаларига юрмаган бўласан.
8. Отанг эшик хонасини қулфлаб олган пайтида билиб қўй, у йиғлаётган бўлади.
9. Отангга нисбатан овозингни баландлатсанг уни тириклайин гўрга тиққанингни билиб қўй.
10. Сен ўзингни дарбадар ва саргардон ҳолда кўрсанг билиб қўй, отанг сендан ғазабланган бўлади.
11. Отанг тўшакка чўзилиб олиб, гапирмаётганини кўрсанг билиб қўй, сен улкан суячиқ тоғни йўқотиб, бўшлиққа юз тутган бўласан. У бўшлиқни ҳеч қандай хотира ҳам тўлдира олмайди.
☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 “OYATAL-KURSIY”ni o‘qigan qiz.
Angliyaning Manchester shahri shimoliy- sharqida joylashgan Rochdeyl shaharchasi mahalliy gazetasida bir xabar paydo bo‘ldi. “O‘tgan oqshomda baland binolar orasidagi qorong‘u tor ko‘chada ikki ayolning nomusiga tegishdi”...
...Tahminan shu vaqtning o‘zida yoshgina bir muslima qiz uyiga kollejdan qaytayotgan edi. Kech bo‘lib ketganligini yaxshi anglagan holda u uyiga tezroq qaytish uchun tez-tez qadam tashlab borardi. Onasining qanchalik qattiq xavotir olishini tasavvur qilib yo‘lda shoshardi. Yarim yo‘lga yetganda qiz bir qiyin tanlovga duch keldi.
Masofani qisqartirish uchun tor qorong‘u joydan kesib chiqish yoki yorug‘ va havfsiz bo‘lgan uzunroq yo‘lni tanlash. Kechikayotgani uchun onasining xavotir olishini ko‘z oldiga keltirgan qiz qisqa yo‘lni tanladi... Yo‘lda yurib borarkan uzoqdan u tomon
kelayotgan bir kishining qo‘rqinchli, qop-qora siymosini ko‘rdi. Qiz qadamini tezlatdi va Allohdan asrashini so‘rab ichida Oyatal- Kursiyni o‘qiy boshladi... Erkak ko‘zlarini olaytirgancha unga yaqinlashib kelardi.. va nimadir bo‘ldiyu qizning yonginasidan o‘tib ketdi. Qiz uyiga yetib olgach bo‘lgan voqeani ota-onasiga aytib berdi. Ertasi kuni gazetadagi nomusiga
tegilgan ayollar haqidagi mudhish xabarni o‘qigach ota-onasi qizga polisiyaga borib qorong‘uda ko‘rgan odam haqida aytib berishini so‘rashibdi. Qiz polisiyaga borganida undan barcha tafsilotlarni so‘rab, notanishning tashqi ko‘rinishi haqida ma’lumotlarni olishibdi. Bir necha kundan so‘ng qizni polisiyaga chaqiribdilar.
Uning qarshisida bir qancha erkaklar tizilib turardi va ularning ichidan o‘sha qorong‘u ko‘chada ko‘rganini tanlashi lozim edi. Tajjubki, muslima qiz ham, nomusiga tegilgan ayollar ham bir odamga ishora qilibdilar. Polisiya xodimlari tushunolmay sarosimada qoldilar va zo‘ravonga savol beribdilar:
- Nega sen anovi ikki ayolga tashlandingu, mana bu bittagina qizga tegmading?
Muslima qiz haqida tushuntirish berganida zo‘ravon shunday javob beribdi:
- Qanday qilib men u qizga tashlanishim kerak? Axir uning ikki yonida bahaybat ikki erkak bor edi... “Muslimaning yonida paydo bo‘lgan ikki erkak kim edi?” degan savol tug‘iladi. Shubhasiz bu Alloh tomonidan himoya uchun yuborilgan farishtalar edi...
Sabab? Chunki qiz o‘zini Allohning panohiga to‘liq topshirib “Oyatal-Kursiy”ni o‘qib borardi...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Men hech qachon egilmayman demang...
Men hech qachon bu ishni qilmayman, qo‘limni sovuq suvga urmayman demang...
Men pokman, shu darajada o‘zimga to‘g‘rimanki, bir vagon erkakning ichiga tushsam, sha’nimni o‘z bilganimcha saqlay olaman demang...
Men baland oxurdan yem yeganlardanman, aslo past ketmayman, demang...
Umuman hech narsada katta gapirmang!
Hech narsada!
Dunyo fitnakordir, fitnalarni katta gapirib o‘zingizga chaqirmang!
Egilmayman, men shunaqa g‘o‘ddayganman, kerak bo‘lsa men bilan hisoblashishsin, chunki men shuni istayman deyish ketmaydi...
Dunyo egilmagan bellarni sindirib ulardan rels quradi-da ustidan arava yurgazib, aravada quyon ovlaydi...
Ta’biringiz shu...
Taqdiringiz mana shu yo‘ldan o‘tishini - to‘g‘ri, bugun tush ko‘rmagansiz...
Lekin bu ertami-indin sodir bo‘ladi...
Qilmayman degan ishingizni kun keladi qilishga majbur bo‘lasiz, hatto eng past ko‘ringan ishingizni ham qilasiz...
Mening taqvoyim kuchli, men hech qachon etagimni zino uchun ko‘taradigan odam emasman deb balki o‘zingizga ishonganingizdan og‘iz ko‘pirtirdingiz, ammo...
Qayerdan bilasiz, balki tasodifiy kelgan qandaydir bir dard etagingizni ko‘tarib boshingizga kiyishga majbur etib qo‘yar...
Undan ko‘ra so‘rang: xushimni o‘zim bilan qil, bu fitnakor dunyodan, bu zino yomg‘irdek yog‘ayotgan olam javonibdan quruq o‘tishni, zino yomg‘iri ostida shalabbo bo‘lib ketmaslikni O‘zing nasib et, deb...
Bandai ojizsiz, bandai ojizmiz...
Ojizligimiz har borada...
So‘rang: davron berib sinamasin, imkon berib sinamasin, olib sinamasin, berib sinamasin...
Hushingizda bo‘ling: bergani sinov, olgani sinov, yo‘qotganingiz sinov, topganingiz sinov, og‘iz ko‘pirtirgan mavzuyingiz sinov, katta ketgan imkoningiz, sizga yetgan faqirlik sinov, boylik va hatto ko‘zingizga qarab bugun kulib turgan bolangiz ham sinov...
Hammasi sinov!
Sinovli dunyoda fitnadan omon o‘ting, qadrdonim...
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
🌿 Allohni ishini qarang a!?
Misrlik yigitning dengizga "bizni kechiring, qardoshlarimiz" deb otgan yeguliklari qancha masofa bosib, g‘azzaliklarga yetib borganini ko‘rganimdan beri "MashaAlloh, Allohning qudratini-ya!?" deyapman. Allohning ishini qarang, bu yigit beparvo bo‘lmadi, qo‘lidan kelganini qildi, Ibrohim alayhissalomga suv toshigan chumoliday ish qildi, Alloh esa uni noumid qilmadi, dengizning u tomonidagi odamning rizqini yetkazib qo‘ydi. Agar fanga suyansangiz, dengiz u tomonga oqmaydi! Qanday yetkazdi bilasizmi? Alloh yerni, osmonni, quyoshni bandasi uchun musaxxar qilib, xizmatkor qilganiday, dengizni ham xizmatkor qilgan edi. Qiziqsangiz, nahl surasidagi 14 oyatni o‘qing, rizqingiz uchun uniyam xizmatkor qilib qo‘yganini bir ming besh yuz yil avval aytib qo‘ygandi.
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
😱Ислом Каримов Hима сабабдан? Юлдуз Усмонова билан Обид Асомовни Ўзбекистондан Запрет Қилиб ҳайдаган
Уларга ҳаттоки Ўзбекистонга киришга ҳам Рухсат бермаган Каримов, бунга сабаб нима?😳
Ўзи Ислом Каримовга нима дейишган ва нимага Aйрапортдан Ҳайдалган ҳаммаси🎥Видеода 😳👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/bne6vz3kLlVkNjEy
Bilasizmi, kutilgan javobni olmaslik sizni nimaga olib keladi?
Bu sizga ayni paytda kimdan nimani kutish mumkinligini — yoki umuman hech narsa kutmaslik kerakligini — o‘rgatadi.
Avvallari bunday gaplarni faqat nazariy qabul qilardim, lekin endi ularni yuragim bilan his qila olyapman.
Boshlanishda sizga aziyatdek tuyulgan narsa zamirida aslida butunlay boshqa ma’no yotadi.
Har bir bizga yoqqan yoki yoqmagan voqea-hodisada albatta biror hikmat, biror hayr bordir.
Aynan shuni chiroyli tarzda ifodalagan “Jumali” asari menga juda ma’qul bo‘lgan edi.
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
❤️MUHABBAT TESTI
✅Quyidagi 4 rasmga qarang. Sizga eng ko‘p yoqqan holatni tanlang va sevgi va baxt darajangiz qanday ekaningizni bilib oling.👇
😱ЮЛДУЗ УСМОНОВАНИ ОЗОДА ҲАҚИДАГИ АЙТГАН ГАПЛАРИ БУТУН ИНТЕРНЕТНИ ПОРТЛАТДИ🔥💥 😨👆ВИДЕОНИ ОЧИБ КЎРИНГ
🔥ОЗОДА НУРСАИДОВА ҲАМ БУ ГАПЛАРГА ЖИМ ҚАРАБ ТУРГАНИц ЙӮҚ😱 ЮЛДУЗНИ ГАПИДАН ҲАМ БАТТАРОҚ БӮЛДИ 😳
САҲНА ЖАНГ МАЙДОНИГА АЙЛАНИБ КЕТДИ😡
🎬ТЎЛИҚ ЖАНЖАЛ ВИДЕОНИ КАНАЛГА ЖОЙЛАДИК‼️ ТЕЗ КИРИБ КӮРИНГ ӮЧИРАМИЗ🚫👇
https://telegram.me/joinchat/Ha1vGVD5MyE3NzEy
AMALIY TEST
✅Suratdagi qay bir ayol e'tiboringizni kòproq tortdi bu sizni ayollik jozibangiz qay darajada ekanligini aniqlaydi kòproq qaysi surat jalb qildi tanlab javobini hoziroq bilib oling👇
Ибрат...
1. Отанг сенга танбеҳ берганида у сени ёмон кўрмайди.
2. Отанг сенга босим қилганида у сени ўсишингни истайди.
3. Отангни жим турганини кўрганингда у сени келажагинг ҳақида бош қотираётган бўлади.
4. Отанг иқтисод қилган пайтда билиб қўй, у ўз нафсини бутунлай маҳрум қилган бўлади.
5. Отанг ҳансираб қолганини кўрсанг билиб қўй, у сен сабабли шундай бўлган.
6. Отанг кулган пайтида билиб қўй, бунинг ҳам сабабчиси сенсан.
7. Отанг қаттиққўл бўлиб қолса билиб қўй, сен унинг кўрсатмаларига юрмаган бўласан.
8. Отанг эшик хонасини қулфлаб олган пайтида билиб қўй, у йиғлаётган бўлади.
9. Отангга нисбатан овозингни баландлатсанг уни тириклайин гўрга тиққанингни билиб қўй.
10. Сен ўзингни дарбадар ва саргардон ҳолда кўрсанг билиб қўй, отанг сендан ғазабланган бўлади.
11. Отанг тўшакка чўзилиб олиб, гапирмаётганини кўрсанг билиб қўй, сен улкан суячиқ тоғни йўқотиб, бўшлиққа юз тутган бўласан. У бўшлиқни ҳеч қандай хотира ҳам тўлдира олмайди.
☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
"СОЛИҲА АЁЛ..."
БОМДОД намозини ўтказиб юборишга "КЎНИКМАГАН" солиҳа аёл, ўша куни ўзи истамаган холда намозга туролмай, ўтказиб юборди...
Солиҳа шундай қаттиқ ҲАФА бўлибдики, хўнг хўнг йиғлаб, ич ичидан ёнгандек, оғриқ ҳиссини туйди...
Бомдод намози унинг учун БУЮК МАРОСИМдек эди. Ўтказиб юборгани учун ҳасрат ва надоматдан куйиб, ўзини хеч кечиролмай фақат йиғлади... Шундан сўнг ўзини "ЖАЗОЛАМОҚЧИ" бўлиб, куни билан жойнамозидан силжимай узулмасликка қатъий қарор қилди...
Умр йўлдоши аёлини берилиб ҚУНТ билан жойнамози устида ўтирганини кўриб, индамай ишига
кетди...
Ишидан қайтгач не кўз билан кўрсинки аёли ҳали ҳануз ўша ерда ўтирганича, йиғлаб ИБОДАТ
қилаётган экан. Эр индамасдан хонасига кириб ухлади...
Эрта тонг билан уйғониб қараса, аёл ҳамон жойидан силжимай, Роббисига тинмай ИЛТИЖО қилаётган эмиш.. Эр ўша куни шомдан кейин тўғридан тўғри ибодатдан чарчамаган аёлининг олдига бостириб кириб, маҳкам бағрига босиб, бор овози билан:
«Аллоҳга қасамки, УНИНГ ОЛДИГА БОШҚА БОРМАЙМАН»,
«Қасам ичиб айтаман, бормайман бошқа», деб йиғи аралаш бақириб айтди...
Аслида солиҳанинг умр йўлдоши унга БИЛДИРМАЙ бошқа бир аёл билан АХДлашиб қўйган эди... Ўша куни улар эр хотинлик риштасини боғлаш мақсадида, никоҳдан ўтишни мўлжаллаб қўйишган эди...
Аммо аёлининг дили нима сабабдан тилка пора бўлаётганини БИЛМАГАН эр, бошқа аёлга уйланаётганидан аёли хабар топгани учун ғамга ботиб кетди, дили вайрон бўлди, деб ўйлади...
Шундан сўнг қалбини фақат аёлига бағишлаб, ҳеч қачон бошқа аёлга уйланмаслигини айтиб, онт ичди...
Бахт саодат ўзимиз эга бўлмаган нарсаларни қўлга киритиш эмас...
Балки, "ЭГА БЎЛГАН" нарсаларимизнинг қадру қимматини ИДРОК қилиб, англаб етишимиздир!
☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
📚 Ibratli Hikoyalar 📚
* * *
Кимнидир йўқотмоқ бу оғир эмас,
Оғирдир яшамоқ ҳар куни йиғлаб.
Юрак яна бироз чидаб берса бас,
Унутиб олсайдим сени амаллаб!
Юрсам кўчаларда тирилар изинг,
Уйимда деворлар киради тилга.
Ҳар кун суратингни чизасан ўзинг.
Ўзинг тўкиб кетган мажруҳ кўнгилга!
Елкамни эзади армон деган юк,
Кулсам, кулгуларим олар бўғзимдан.
Лекин қийноғинг ҳам шунчалар суюк,
Қизғаниб кетаман уни ўзимдан!
Кун бўйи ҳаёлинг этар фаромуш,
Хажринг яноғимга босаверар лаб.
Тунлари умидинг майидан сарҳуш,
Соғинчинг бағрида қоламан ухлаб.
Соатлар бир лаҳза олмайдилар тин,
Йиллар бирон марта олмас танаффус.
Қанча авайламай, асрамай, лекин,
Хотиранг кексайиб бормоқда...
Афсус!
Шундай яшаяпман...
Омонат бўлиб,
Билсанг, борлиғимни барбод этгансан.
Менинг Қуёшимни қўйнингга солиб,
Ойимни етаклаб олиб кетгансан!
Малика Тавфиқ
📚 Ibratli Hikoyalar 📚