Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
#smartfon #android #maslahat
⏱ Ishlarimizni rejalashtirib borish va monitoring qilish uchun 3 mobil ilova
⠀
1️⃣. Dreamie Planner | Yuklab olish
Ko‘plab chiroyli fonlar va smayliklarni o‘z ichiga oluvchi yorqin va qulay mobil ilova. Oy, hafta, kun uchun rejalashtirish imkoniyati mavjud.
⠀
2️⃣. My Tasks To Do List & Diary | Yuklab olish
Kalendar, kundalik, rejalashtirgichlarning ajoyib uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan oddiy va qulay interfeysli mobil ilova. Kun yoki haftalik vazifalaringizni oson tuzib boring.
⠀
3️⃣. To Do List & Goal Planner | Yuklab olish
Oddiy va minimalistik tamoyilidagi mobil ilova. Uning yordamida maqsadlar, vazifalar, quyi vazifalar, qaytariluvchi vazifalarni belgilash, ularni guruhlash, eslatmalar, vidjetlar yaratish imkoni bor. Shuningdek ishlardagi taraqqiyotning avtomatik hisobi ham yuritiladi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Barcha yumushlarni barajarishga ulgurish uchun ko‘maklashuvchi rejalashtirgich
• Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
• O‘rganish uchun Top-7 mobil ilovalar ro‘yxati
• Rubik kubikini yig'ish sxemalarini taqdim etuvchi 9 mobil ilova
• Sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha mobil ilovalar
• Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova
• Video bilan ishlash uchun foydali mobil ilovalar
• Chizmachilik uchun mobil ilovalar
• Dasturlashni o‘zlashtirib borish uchun mobil ilovalar
• Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova
• Dasturlash tillaridan turli qiyinchilikdagi misollarni ishlash uchun 25 ta sayt
• Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar
• Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova
• Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar
• List of English & IELTS Channels to follow
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #internet #IT_humor
Sizda qanday... 😉
ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Siz uchun #foydali botlar ro'yxati
@BepulDarslarBot — 160.000 dan ziyod obunachilar ro'yxatdan o'tgan bepul IT darslar platformasi
@MilliyTalimResursBot — 11.000 dan ortiq obunachilar mavjud, Xalq ta'lim vazirligining zamonaviy kasblarni o'rganishga qaratilgan platformasi
@AppSearch_Robot — 3.000 dan ziyod obunachilar ro'yxatdan o'tgan kompyuter va smartfon uchun xohlagan dasturingizni topib beradigan bot
👉 @ITMastersUz | #foydali_botlar
#excel
Ustunlar o‘rnini almashtiramiz (2-usul) 🧾
👉🏻 1-usul
Excel'da ustunlarning o‘rnini shuningdek qaynoq klavishlar yordamida almashtirish mumkin:
— 1-qadam
Sarlavhasi ustiga bosish orqali ma’lumotlar keltirilgan ustunni butunlay belgilaymiz va ustunni "kesib olish" uchun CTRL
+ X
klavishlari birikmasini bosamiz.
— 2-qadam
"Kesib olingan" ustunni joylashtirish uchun kerakli ustunni tanlaymiz (bunda joylashtirilayotgan ustun belgilangan ustunning chap tomoniga joylashishi hisobga olinadi).
— 3-qadam
Ustun ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan kontekst menyusidan Вставить вырезанные ячейки bandini tanlaymiz (rasmda ko‘rsatilgan).
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Satr va ustunlarni qotirib qo‘yish (закрепление строк и столбцов)
• Satrlar va ustunlarning sarlavhalarini har bir sahifada chop etish (Печать сквозных строк и столбцов)
• Foydalanuvchi Excel dasturining 17 milliarddan ko‘proq katagini to‘lg‘azib chiqdi
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet #security
Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin? 🔓🤔
Agar siz boshqa brauzer yoki qurilma yordamida saytga kirish paytida parolni unutib qo‘ygan bo‘lsangiz, biroq Chrome’ga uni saqlash uchun ruxsat bergan bo‘lsangiz, uni osonlikcha shaxsiy kompyuter orqali ko‘rishingiz mumkin:
1️⃣. Chrome’ni ishga tushiring.
2️⃣. Oynaning yuqori o‘ng burchagida uch vertikal nuqta ustiga bosing va ochilgan menyuda “Настройки”ni tanlang.
3️⃣. “Автозаполнение” bo‘limiga qadar pastga qarab tushing va “Пароли” ustiga bosing.
4️⃣. Keyingi bosqichda “Сохраненные пароли”ni ko‘rasiz. U yerga kiring va kerakli veb-saytni izlang.
5️⃣. Parolni ko‘rsatishdan oldin sizdan qayd yozuvingizni tasdiqlash so‘raladi. Tasdiqlang va “OK”ni bosing.
6️⃣. “Ko‘zcha” ustiga bosing va parollarni ko‘ring.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor
Hayot qanchalar murakkab... 🙄
📌 P.S.: Tushungan tushundi ruknidan...
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word
⌨️ Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Microsoft Word'da matnni tahrirlash uchun mo‘ljallangan klavishlar birikmalari
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👨🏻💻Shoshiling, online kursga ro'yxatdan o'tish uchun bir kuni qoldi!
Web-dasturlashni 0 dan O‘RGANING!
FRONTEND dasturlash kursining yangi formatdagi darslariga qabul boshlandi.
Bu kursimizda siz professional WEB dasturchi bo'lib yetishasiz. Asosiy talab - vazifalarini o'z vaqtida bajarsangiz bo'lgani.
Kursni muvaffaqiyatli tugatganlarga amaliyot va ish topishda yordam beriladi. ( jamoamizsiga qo'shilish imkoniyati mavjud)
Kurs oxirida pulingiz qaytarib beriladi. (Darslarimizdan qoniqmasangiz yoki ishga kira olmasangiz)
🔸 Format: Onlayn (1-dars tekin);
🔸 Narxi: Oyiga 600 000 so‘m (boshlang'ich 10kishiga 25% chegirama bilan 450 000);
🔸 24/7 dars bo'yicha savollaringiz javob beradigan professional jamoa;
🔺👨💼 O'qituvchi: Berdiyev Javohir
🔺Qabul tugash muddati: Ertaga 😎
🔹Kurs haqida to'liqroq - linkni bosing
👉 Roʻyxatdan oʻtish
✍️ Murojaat uchun: @frontend_admin
#mulohaza_uchun #maslahat
⏱ Taym menejment bo‘yicha 3 maslahat (1-qism)
1️⃣. Umuman olganda nima uchun kechikayotganingizni aniqlang
Unda-bunda sodir bo‘ladigan kechikishlar hisobga olinmaydi: bu hamma bilan sodir bo‘ladi. Ammo agar kechikishlar umumiy bir tizimga aylanib ulgurgan bo‘lsa, buni o‘z vaqtida jiringlamagan budilnik yoki kechikib kelgan avtobus bilan bog‘lay olmaysiz. Ehtimol, muammo yana ham tubroqda joylashgandir.
2️⃣. Oldinroq tayyorgarlik ko‘ring
Bolaligimizda ota-onamiz ertangi kun oldidan kechki payt ryukzak va kiyimlarimizni tayyorlashni bizga qanday o‘rgatganliklarini eslaysizmi? Kun boshida bajarilishi majburiy bo‘lgan ishlar qancha kam bo‘lsa, rejadan tashqari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar uchun vaqt ajratish shuncha oson bo‘ladi.
3️⃣. Vaqtingiz nima uchun sarflanayotganini aniqlang
Taymer bilan qurollaning va hafta davomida tayyorgarlik ko‘rish va yo‘l uchun umuman olganda qancha vaqt sarflayotganingizni belgilab boring. Bu muntazam bajarilib keluvchi amallarning o‘rtacha davomiyligini aniqlash uchun qo‘l keladi. Bunday ma’lumotlar bilan bir kunlik jadvalni tuzish va ishga o‘z vaqtida ulgurish uchun aslida qaysi vaqtda uyg‘onish lozimligini taxmin qilish siz uchun osonroq bo‘ladi.
Ushbu postning 2-qismi
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Dasturchi uchun Time Management kerakmi?
• Yangi start!
• O‘qish vaqtida diqqatni jamlash bo‘yicha maslahatlar
• Taqdirimizga ta’sir qiluvchi besh tavsiya
• O‘zimizga nisbatan qo‘llashni to‘xtatishimiz lozim bo‘lgan narsalar
• Muvaffaqiyatli kishilar qanday qilib barchasiga ulgurishadi?
• Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar
• Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
• Telegram’da rejalashtirilgan xabarlar yuborish
• Telegram'dan Reminder (eslatib turuvchi) sifatida foydalanish
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet
🗂 Google Chrome'dagi barcha sahifalar manzilini bir harakatda nusxalash
Google Chrome brauzerida ochilib turgan sahifalarning barcha sarlavhalari va manzillarini nusxalab olish uchun TabCopy kengaytmasidan foydalanish mumkin.
O‘rnatilganidan so‘ng kengaytma tomonidan 3 ta nusxa ko‘chirish varianti taqdim etiladi:
1️⃣. Copy selected tab – joriy varaqa (вкладка)ni nusxalash;
2️⃣. Copy N tabs in window – ochiq oynadagi varaqa (вкладка)larni nusxalash;
3️⃣. Copy all of N tabs – barcha ochiq oynalardagi barcha varaqa (вкладка)larini nusxalash.
Nusxa ko‘chirish variantlaridan keyin joylash uchun 3 ta rejim mavjud. Ya’ni kengaytirilgan yoki ixcham rejim, shuningdek faqat sayt manzillarini nusxalash.
Ma’lumotlar nusxalanganidan so‘ng, ularni istalgan matn muharririga, masalan, CTRL
+
V
klavishlari birikmasi yordamida joylashtirish mumkin.
📝 Manba: @kompyuter_akademiyasi | @pcTeapot
📌 P.S.: Ushbu kengaytma bir qancha varaqa (вкладка)larda kerakli manzillar mavjud bo'lganda hammasini bittalab nusxalamasdan birdaniga nusxalash uchun kerak bo'ladi.
ℹ️ Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#powerpoint
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati ⌨️📋
Agarda taqdimotlarni yaratish va shunchaki tomosha qilish uchun MS PowerPoint dasturiga ishingiz ko‘p tushsa, u holda undan samarali foydalanish uchun asosiy klavishlar birikmasi bilan tanishib chiqish foydadan holi emas.
KO‘P QO‘LLANILUVCHI KLAVISHLAR BIRIKMASIF1
– Dastur ma’lumotnomasiCTRL + N
– Yangi taqdimotni yaratishCTRL + M
– Joriy slayd ostiga yangisini qo‘shishCTRL + C
– Slayddan nusxa olishCTRL + V
– Nusxasi olingan slaydni joylashtirishCTRL + X
– Belgilangan matn, obyekt yoki slaydni kesib olishCTRL + Z
– So‘nggi harakatni bekor qilishCTRL + S
– Slaydni saqlashESC
– Slaydlar namoyishini yakunlashCTRL + D
– Obyektning nusxasini yaratishCTRL + G
– Belgilangan obyektlarni guruhlashCTRL + SHIFT + G
– Belgilangan obyektlarni guruhdan ajratishCTRL + SHIFT + C
– Qo‘llanilgan formatni nusxalashCTRL + SHIFT + V
– So‘nggi nusxalab olingan formatni qo‘llashCTRL + K
– Giperhavola qo‘shishCTRL + Y
– So‘nggi harakatni qayta qo‘llashCTRL + W
– Hujjatni yopishCTRL + O
– Hujjatni ochishCTRL + P
– Hujjatni chop etishTAB
– Slayddagi to‘ldirish elementlari bo‘ylab o‘ngdan chapga o‘tishCTRL + YUQORIGA STRELKA
– Slaydning o‘rnini yuqoriga qarab almashtirishCTRL + PASTGA STRELKA
– Slaydning o‘rnini pastga qarab almashtirishCTRL + SHIFT + YUQORIGA STRELKA
– Slaydni dastlabki slaydga aylantirishCTRL + SHIFT + PASTGA STRELKA
– Slaydni so‘nggi slaydga aylantirishCTRL + F
– IzlashCTRL + H
– Izlash va almashtirishF4
yoki CTRL + Y
– So‘nggi harakatni takrorlashF12
– … sifatida saqlashCTRL + F5
– Onlayn taqdimot
MATNNI FORMATLASHCTRL + B
– qalin shriftCTRL + I
– kursiv shriftCTRL + U
– ostiga chizilgan shriftF2
– shakldagi matnni tahrirlashni boshlash / yakunlashCTRL + [
– shriftni kichraytirishCTRL + ]
– shriftni kattalashtirishCTRL + L
– belgilangan abzatsni slaydning chap cheti bo‘ylab tekislashCTRL + R
– belgilangan abzatsni slaydning o‘ng cheti bo‘ylab tekislashCTRL + BACKSPACE
– So‘zni chapga qarab o‘chirishCTRL + BACKSPACE
– So‘zni o‘ngga qarab o‘chirishCTRL + A
– Barchasini belgilashALT + CTRL + Shift + >
– Yuqori indeksALT + CTRL + Shift + <
– Pastki indeksF7
– Imloni tekshirishCTRL + E
– abzatsni slaydning o‘rtasiga tekislangan holda joylashtirishCTRL + J
– abzatsni slaydning ikki cheti bo‘ylab tekishlangan holda joylashtirishCTRL + L
– abzatsni slaydning chap chetiga tekislangan holda joylashtirishCTRL + R
– abzatsni slaydning o‘ng chetiga tekislangan holda joylashtirishSHIFT + F3
– belgilangan matnning registrini almashtirish/kichik harfni katta qilish va katta harfni kichraytirish
SLAYDLAR NAMOYISHIF5
– Slaydlar namoyishini dastlabki slayddan boshlashSHIFT + F5
– Slaydlar namoyishini joriy slayddan boshlash
SLAYDLAR NAMOYISHI REJIMIDA NAVIGATSIYA N
– keyingi slaydga o‘tishP
– oldingi slaydga o‘tishB
– qora ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitishW
– oq ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitishCTRL + P
– Ruchkani tanlashCTRL + E
– O‘chirg‘ichni tanlashCTRL + A
– Ko‘rsatkich sifatida strelkani tanlash
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
💫 Orzu qilgan hayotingizga qanday erishish mumkin yoki "IDU universitetiga xush kelibsiz"
❗️Barcha abituriyentlar va universitetga kirishni xohlovchilarni diqqatiga!
23-noyabr, , O’zbekistonning yetakchi tadbirkorlaridan biri Ibrohim Xurramov maxsus vebinar o‘tkazadi.
Vebinarda:
- Qanday qilib universitet va ta’lim sizni orzularingizga olib keladi?
- Nega shunchaki diplom olish emas, balki tashil olish muhimdir?
-IDU Universitetini tanlash hayotingizga qanday taʼsir ko’rsatadi?
-Nima uchun boshqa yuzlab universitetlar emas, aynan IDU? IDUning imkoniyatlar qanday?
- Qanday qilib IDU o‘z bitiruvchilarini 3.000$ maoshlik ish bilan taʼminlaydi?
Vebinar 23-noyabr , soat 20:00 bo’lib o’tadi.
Vebinarada ishtirok etish uchun 👉🏻 https://wep.wf/1go0fu 👈🏻havola orqali ro’yxatdan o’ting!
Web dasturlashni "0" dan o'rganmoqchi bo'lganlarga ajoyib yangilik.
FRONTEND dasturlash kursining yangi formatdagi darslariga qabul boshlandi.
Bu kursimizda siz professional WEB dasturchi bo'lib yetishasiz. Asosiy talab - vazifalarini o'z vaqtida bajarsangiz bo'lgani.
Kursni muvaffaqiyatli tugatganlarga amaliyot va ish topishda yordam beriladi. ( jamoamizsiga qo'shilish imkoniyati mavjud)
Kurs oxirida pulingiz qaytarib beriladi. (Darslarimizdan qoniqmasangiz yoki ishga kira olmasangiz)
🔸 Format: Onlayn (1-dars tekin);
🔸 Narxi: Oyiga 600 000 so‘m (boshlang'ich 10kishiga 25% chegirama bilan 450 000);
🔸 24/7 dars bo'yicha savollaringiz javob beradigan professional jamoa;
🔺Chegirma: Faqat boshlang'ich 10 kishi uchun;
👨💼 O'qituvchi: Berdiyev Javohir:
🔹 5 yillik tajribaga ega
🔹 30+ loyihalar bilan ishlagan, WebDev loyihasining asoschisi.
🔹Kurs haqida to'liqroq - linkni bosing
👉 Roʻyxatdan oʻtish
✍️ Murojaat uchun: @frontend_admin
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor
Dasturlashdagi kodingizga qo‘shimchalar kiritayotib ularga izoh (komment) qoldirmay ketganingizda... 🙄
📌 P.S.: Sizda ham shundaymi? 🤔
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #telegram #game
🏁 Telegram'da bot yordamida mamlakatlar bayroqlarini o‘rganamiz
Угадай флаг! – telegram-boti smartfondan chalg‘imagan holda, mamlakatlar bayroqlarini eslab qolishingizda yordam beradi. Buning uchun bir olam reklamalar bilan keluvchi hech qanday ilovani alohida o‘rnatib o‘tirishishga hojat yo‘q.
Foydalanish uchun havola bo‘ylab o‘tish va botni ishga tushirish yetarli. O‘yin nihoyatda oddiy: 1 bayroq va 4 javob varianti ko‘rsatiladi, ulardan faqat bir donasi to‘g‘ri. Botda “jon”lar mavjud, agar xatolikka yo‘l qo‘ysangiz, 1 jon olib tashlanadi.
Bunday o‘yinni bir necha marotaba o‘ynab ko‘rish orqali barcha mamlakatlar bayroqlarini bir qarashda farqlaydigan bo‘lib qolasiz. 😉
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #smartfon #android #iOS
🌿 Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
01. Puzzle Alarm Clock (Android)
02. Timetable (Android)
03. MyScript Calculator (Android, iOS)
04. Scanbot (Android, iOS)
05. Clockwork Tomato (Android)
06. ToDoist (Android, iOS)
07. Dict EN-RU (Android, iOS)
08. Nike+ Training Club (Android, iOS)
09. AppBlock (Android)
10. FBReader (Android)
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Talabalar uchun tavsiyalar
• Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar
• Psixolog va talabalar
• Ustoz...
• Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?
• Muvaffaqiyatli kishilar qanday qilib barchasiga ulgurishadi?
• Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik — XXI asr epidemiyasi
• “Qo‘llarim yo‘q bo‘lgani bilan aqlim bor” — Doniyor tengdoshlariga motivatsiya bera oladi
• Talaba va o'quvchilar uchun kompyuter tanlaymiz + narxlar
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar (1-qism) 🛠
Tizimning turli yordamchi va amaliy dasturlarini tezkor tarzda ishga tushirish uchun xizmat qiluvchi Выполнить oynasini biz WIN + R klavishlari birikmasi yordamida ekranga chaqiramiz.
📝 O‘QING: WIN (Windows) tugmasi qaysi?
Masalan, Редактор реестра (Reyestr muharriri)ni ishga tushirish uchun biz regedit, Сведения о системе (Tizim haqida ma’lumotlar)ni ishga tushirish uchun esa – msinfo32 buyrug‘idan foydalanamiz.
Jami 3 qismdan iborat postlarimiz orqali Выполнить oynasi uchun asosiy buyruqlar ro‘yxati bilan yaqindan tanishamiz.
1️⃣. Tizim yordamchi dasturlari va u bilan birga keluvchi ba’zi dasturlarni ishga tushirish uchun buyruqlar:
❗️ Ushbu buyruqlarni .exe qo‘shimchasisiz ham kiritishingiz mumkin.
• explorer.exe – bir qarashda ushbu buyruq foydalidek tuyulmaydi: u shunchaki Проводник oynasini ekranga chaqiradi, lekin bu muammosiz ishlayotgan tizim uchun shunday. Aytaylik, siz tizimni ishga tushirayotib, “qora ekran”
va “sichqoncha ko‘rsatkichi”
holatiga duch kelib qolsangiz, ushbu buyruq boshqacha tarzda ishlash ehtimolligi bor: u ishchi stoli, vazifalar paneli va Windows'ning odatiy boshqa elementlarini ishga tushiradi (bu payt CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasi yordamida Диспетчер задач oynasi ishga tushiriladi va unda Файл -> Новая задача (Выполнить...) bandlari orqali Выполнить oynasi chaqiriladi).
• msconfig.exe – buyrug‘i yordamida biz har tomonlama foydali bo‘lgan Конфигурация системы oynasini ekranga chaqiramiz. Ushbu oyna yordamida biz: turli parametrlar bilan xavfsiz rejim (Безопасный режим)ni faollashtirishimiz yoki Windows 10'ning odatiy yuklanishini amalga oshirishimiz; yuklanishdan keraksiz operatsion tizimlarni olib tashlashimiz; Сервис varaqa (вкладка)sida tizim bilan birga keluvchi diagnostika dasturlarini ishga tushirishimiz mumkin.
• control.exe – buyrug‘i Windows'ning Панель управления oynasini ekranga chaqiradi.
• msinfo32.exe – buyrug‘i yordamida biz Сведения о системе oynasini ekranga chaqiramiz. Ushbu oynada kompyuteringizning apparat va dasturiy komponentlari haqida: asosiy plataning modeli, MAC-manzil, operativ (tezkor) xotira hajmi, protsessor yadrolari soni, Windows 10'ning versiyasi va razryadi (arxitekturasi) kabi ma’lumotlarni olishimiz mumkin.
• cleanmgr.exe – buyrug‘i tizim bilan birga keluvchi Очистка диска Windows yordamchi dasturini ishga tushiradi. Ushbu dastur keraksiz vaqtinchalik fayllar, Очистить системные файлы tugmasi bosilganida esa — hajmi ba’zida gigabaytlardan ham oshuvchi, qo‘llanilmayotgan tizim fayllarini o‘chirish uchun mo‘ljallangan.
• mstsc.exe – Подключение к удаленному рабочему столу oynasini ekranga chaqiradi.
• sdclt.exe – buyrug‘i tizimni tiklash diskini yaratish, fayllarning tarixini sozlash, tizimning rezerv nusxasini yaratish imkonini beruvchi Windows 10'ni rezerv nusxalash va tiklash parametrlari oynasini ishga tushiradi.
• mmc.exe – Консоль управления (MMC) oynasini ishga tushiradi — bu, birinchi navbatda tizim administratorlari uchun tizimning apparat va dasturiy komponentlari holatini boshqarish va monitoring qilishga mo‘ljallangan Microsoft'ga va boshqa ishlab chiqaruvchilarga tegishli ulanadigan platformalar bilan ishlash uchun vositadir.
• resmon.exe – buyrug‘i tizim resurslarining samaradorligi va iste’molini tahlil qilish uchun qulay bo‘lishi mumkin bo‘lgan, tizim bilan birga keluvchi Монитор ресурсов yordamchi dasturini ekranga chaqirish uchun xizmat qiladi.
🔽 Ushbu postning 2-qismi | 3-qismi
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Sotiladi: Noutbuk Samsung Book Go 14" 4/128
Ekran: 14 dyum, 1920x1080px
Protsessor: Qualcomm Snapdragon 7c gen2 2.55Ghz, 8 yadro
RAM: 4gb operativka
SSD: 128gb doimiy xotira
Korpus: Alyumin material, kumush rang
OS: Windows 11 litsenziyali
Charger: Type C, korobka.
Yangi, protsessori ARM asosli bo‘lgani uchun batareyka 10 soatdan ko‘pga yetadi, yengil, ingichka (slim design), ofis ishlari, internet b-n ishlash, ta’lim olish uchun juda qulay. Narxi 320$. Naqt, Click, Payme. Rassrochka / kredit yo'q.
Xarid uchun: @samsungbookgo
🇯🇵Yapon standartlariga asoslangan xalqaro universitetga GRANT asosida o'qishga kiring va Yaponiyada ishlash imkoniyatini ega bo'ling!
💠 Japanese International University (JIU) o'z talabalariga quyidagi yo'nalishlarni taklif etadi:
🔸Biznes Boshqaruv
🔸Moliya
🔸IT
🔸Pedagogika
🔸Turizm
💼 Eng asosiysi, JIU universiteti Yaponiyaning SSI tashkiloti bilan hamkorlikda eng yaxshi natija ko'rsatgan talabalarni Yaponiyada ish bilan taminlaydi.
👨🎓 Agarda Siz ham JIU universiteti talabsi bo'lib, Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida ishlamoqchi bo'lsangiz, unda quyidagi link orqali ariza qoldiring!
👉 https://jiuuz.info/itspcz
#operatsion_tizim #hardware
⌨️🖱 Klaviaturadan sichqoncha sifatida foydalanamiz
Agar u yoki bu sababga ko‘ra sichqonchangiz ishlamay qolsa, Windows 10, 8 va 7'larda sichqoncha ko‘rsatkichini klaviatura yordamida boshqarish imkoniyati taqdim etilgan, bunda qandaydir qo‘shimcha dasturlarga yuzlanish shart emas, kerakli opsiyalar tizimning o‘zida keltirilgan.
Ushbu opsiya LEFT ALT + LEFT SHIFT + NUM LOCK
klavishlari birikmasi orqali faollashtiriladi (faolsizlantirish ham shu tarzda bajariladi). Yuzaga keluvchi oynada opsiyani faollashtirish lozimligini tasdiqlaymiz (uning qo‘shimcha sozlamalariga oyna ostidagi ko‘k yozuv ustiga bosish orqali o‘tiladi).
Kursorni boshqarish klaviaturaning o‘ng qismida joylashgan raqamlar orqali amalga oshiriladi. Sichqonchaning chap tugmasi vazifasini bunda sonlar guruhidagi “5
” klavishi bajaradi. Sichqonchaning o‘ng klavishi vazifasini har doim RIGHT CTRL
klavishining chap yonidagi kontekstli menyuni chaqiruvchi klavisha bajaradi.
Ushbu opsiyaning qo‘shimcha sozlamalarida kursorni harakatlantirish tezligini sozlash, shuningdek uning harakatini tezlashtirish va sekinlashtirish uchun mos tarzda CTRL
va SHIFT
'ni bosib turilishi imkoniyatini faollashtirish mumkin.
📝 Manba: @komputeer
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #texnologiya #game
🏎🕹 Sho‘ng‘ish effektini ta’minlovchi uchta o‘rnatilgan ekran va haqiqiy poyga o‘rindig‘iga ega avtosimulyator.
📌 P.S.: Ashaddiy geymerlarga misol tariqasida: 1-post | 2-post
ℹ️ O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #hardware
🚫 Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash
Ba’zida foydalanuvchilar kompyuterning mustaqil ravishda uyqu rejimidan chiqishi holatiga duch kelishadi. Turli xil periferik qurilmalar, masalan, klaviatura, sichqoncha, tarmoq adapterlari buning sababchilari bo‘lishi mumkin.
Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash uchun Buyruq satri (Командная строка)ni administrator nomidan ishga tushiring va unda powercfg -devicequery wake_armed
buyrug‘ini bajarishga yuboring (ENTER)
. Ushbu tarzda biz kompyuterni uyqudan “uyg‘otuvchi” qurilmalar ro‘yxatini hosil qilamiz.
Taqiqni faollashtirish uchun bir nechta usullarni qo‘llash mumkin. Buyruq satri (Командная строка)da powercfg -devicedisablewake "Ro‘yxatdagiQurilmaNomi"
buyrug‘ini qo‘llang (ENTER)
.
Yoki Qurilmalar dispetcheri (Диспетчер устройств)ni ishga tushiring (WIN
+
R
→ devmgmt.msc
→ ENTER
) va ro‘yxatdan kerakli qurilmani toping. Uning xususiyatlari (Свойства) oynasini oching va undagi Управление электропитанием varaqa (вкладка)siga o‘tib, Разрешить этому устройству выводить компьютер из ждущего режима bandidan qushcha belgisini olib tashlang, kiritilgan o‘zgartirishlarni saqlang (OK).
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
• Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Gibernatsiya rejimini faollashtirish
• Windows 10’da gibernatsiya
• Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish
• Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
• Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
• SHUTDOWN buyrug‘i
• Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish
• Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz
• Noutbuk (laptop)ni tezkor quvvatlash
• Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #excel #IT_humor
MS Excel jadvaliga kiritiluvchi kasr sonlarni ifodalashda nuqta (.)
va vergul (,)
bilan bog‘liq doimiy dardlarimizdan biri... 🙄
📌 P.S.: Kasr sonlarni jadvalga kiritish paytida, butun sonni kasr sondan ajratuvchi belgi dastur interfeysi:
🇷🇺 rus tilida bo‘lganida — (,)
🇬🇧 ingliz tilida bo‘lganida — (.)
ko‘rinishida keltirilishi o‘rinlidir.
Formulalarda ham atributlarni bir-biridan ajratish uchun:
🇷🇺 ruscha interfeysda — (;)
🇬🇧 inglizcha interfeysda (,)
qo‘llaniladi.
Dastur interfeysi tilidan qat’i nazar, fayl tarkibidagi ma’lumotlar shunga mos tarzda ko‘rsatiladi.
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet #maslahat
🗒 Google Keep onlayn-bloknoti
Google Keep — eng mashhur bepul onlayn-bloknotlardan biri bo‘lib, unda soddalik va ilg‘or sozlamalar mujassamlashgan.
Birinchidan, shunchaki oddiy qaydlar emas, balki cheklistlar, biriktirilgan fayllar, rasmlar va ovozli fayllar bilan qaydlar yaratish mumkin.
Ikkinchidan, odatiy vazifalarni almashish funksiyasidan tashqari, bu yerda siz (taqvim bilan sinxronizatsiya qilingan) eslatmalarni nafaqat vaqt, balki joylashuv bo‘yicha ham o‘rnatishingiz mumkin. Masalan, ishga kelishingiz bilanoq, eslatma eshigingizni taqillatadi.
Onlayn xizmatdan tashqari, shuningdek Android va iOS uchun ilovalar, Google Chrome uchun kengaytma mavjud.
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet
🚀 Chrome'ning ishlashini tezlashtiramiz
Brauzer operativ xotirani katta hajmda iste’mol qilganligi sababli, vaqti-vaqti bilan nosozliklar yuzaga kelishi mumkin. Ammo bir juft sozlamalarni o‘zgartirish orqali ularning sonini kamaytirish mumkin.
1️⃣. Silliq skrollingni faollashtiring. Brauzerning manzil satriga chrome://flags
havolasini kiritamiz, ochilgan sahifaning qidiruv satriga #smooth-scrolling
'ni kiritib izlaymiz. Ushbu sozlama uchun ro‘yxatdan Enabled'ni tanlaymiz va brauzerni qayta ishga tushiramiz. Keyingi heshteg bilan ham xuddi shunday yo‘l tutamiz.
2️⃣. Grafik protsessor va sahifalar renderingini tezlashtiring (#ignore-gpu-blocklist
). Ushbu holatda rasmlar, videolar va bannerlar tezroq yuklanadi.
📝 Manba: @trojan_anonym
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Uchta farq: Google kompaniyasi Chrome yorlig‘ini o‘zgartirmoqda
• Google Chrome'ga muqobil eng yaxshi brauzerlar
• Google Chrome'da yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash
• Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish
• Google Chrome'dagi barcha sahifalar manzilini bir harakatda nusxalash
• Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
• Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
• Google Chrome'ni bir zumda tozalash
• Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
• Google Chrome brauzeri oynasini belgilangan kenglik va balandlikda ochish
• Google'da sirli minio‘yinlarni faollashtiramiz
• Chrome orqali Super Mario'ni o‘ynaymiz
• Google Chrome’dagi dinozavrcha keltirilgan o‘yinda to‘siqlar bo‘ylab o‘tish
• Chrome brauzerida internetni uzmagan holda Dino o‘yinini o‘ynaymiz
• Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish
• Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish
• Chrome'da maqolaning muayyan qismini havola sifatida nusxalab olish mumkinmi?
• Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
• Internet Explorer vs. Google Chrome (IT hazil)
• Google Chrome vs. operativ xotira (IT hazil)
• Google Chrome haqida yana bir hazil post
• Corsair kompaniyasi Google Chrome va Photoshop’ning operativ xotirani iste’mol qilishi yuzasidan kuldi
• Google Chrome yangi kengaytmalar platformasi – Manifest v3'ga o‘tmoqda
• Google Chrome brauzeridagi PDF fayllarni alohida o‘z dasturi orqali ochish haqida
• Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
• Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish
• Google Chrome'da qoida bo‘yicha sozlangan qidiruv tizimini o‘zgartirish
• Google Chrome'da ochilib turgan varaqa (вкладка)larni bir guruhga qo‘shish
• Google Chrome'da “doimiy” yashirin – “Инкогнито” rejimni faollashtiramiz
• Kurbanoff.net'dan parollar xavfsizligiga oid tavsiya
• Brauzerdagi xavfsizlik va maxfiylik
• Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?
• Brauzer ishlashini tezlashtirish
• Chrome'da fayllar yuklanishini tezlashtirish
• Brauzerda videoning qotib ishlashi
• Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma
• Chrome'da uy sahifasi o‘rniga zakladkalarni faollashtiramiz
• Chrome'da har qanday obyektdan matnni tezkor nusxalab olamiz
• Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi
• Chrome brauzeri foydalanuvchilari uchun foydali maslahatlar
• Android’dagi Google Chrome’da matn keltirilgan sahifadan turib tog‘ridan-to‘g‘ri soddalashtirilgan qidiruvni amalga oshirish
• Kesh nima?
• Google'ga to‘g‘ri so‘rov yuborish bo‘yicha 5 maslahat
• Chrome brauzeridagi “Vazifalar dispetcheri” (Диспетчер задач)
• Google qidiruv tizimiga rasm yuklab, u bo‘yicha ma’lumot izlash
• Google qidiruviga “Открыть в полном размере” tugmasini qaytaramiz
• Google Keep onlayn-bloknoti
• Google kompaniyasining hozirgi narxi qanday?
• Muayyan shrift nomini qanday aniqlash mumkin?
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#telegramda_kanal_yuritish #rasm_bilan_ishlash
💡 Post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
Ostiga media (rasm, video yoki GIF) biriktirilgan matnli postni tayyorlash uchun bizga quyidagilar talab etiladi:
1. Postning ostki qismida ko‘rsatish uchun kerakli bo‘lgan fayllarni internetga yuklash va yuklangan fayl uchun havolani olish.
2. Post matniga faylning sirli havolasini qo‘shish.
@ControllerBot boti orqali postni qo‘shganimizda barchasi oddiy bajariladi – botda post uchun mediani biriktirish funksiyasi mavjud. Batafsil ushbu postimizda.
Postlarni kanallar va guruhlarga botlar yordamisiz qo‘shishda esa savol yuzaga keladi: “Postga qo‘shiladigan o‘sha sirli havolani olish uchun mediani qanday qilib va qayerga yuklash lozim?”
Bunda bizga @MediaUploadBot yordamga keladi. Ushbu botlar sizning rasm, video va GIF-fayllaringizni o‘ziga yuklab oladi va darhol havolasini uzatadi.
Olingan havolani postning boshlanishida biror tinish belgisi yoki emodzi ortiga berkitamiz. Masalan, e’tiborni jalb etish maqsadida biz postlarimizni emodzilar bilan boshlaymiz, aynan shu kichik elementlarning ortida biriktirilayotgan medianing havolasini berkitish qulaydir.
Havolani berkitish deganda - biriktirilayotgan media uchun olingan havolani postga qo‘shish tushuniladi. Xuddi oddiy matn bilan bo‘lgandagi kabi, biroq havola matn tarkibida sezilar-sezilmas darajada aks etishi lozim.
Bor yo‘g‘i shu - biriktirilgan mediali postimiz nashr etish uchun tayyor :)
📌 P.S.: Postning ostki qismiga biriktiriladigan rasm, video yoki GIF-faylning hajmi 5Mb’dan oshmasligi lozim.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
➡️ Windows 10'da virtual xotira (файл подкачки)ni boshqa diskka o‘tkazish
Ilgari “Файл подкачки” haqida ushbu postimizda ma’lumot berib o‘tgan edik, bu uchun Windows'da “pagefile.sys” fayli qo‘llaniladi. Bu tizimga tegishli fayl bo‘lib, odatda C diskida berkitilgan ko‘rinishda joylashgan bo‘ladi, jismoniy RAM xotirasi yetmay qolgan taqdirda dasturlarning ishlashi uchun doimiy HDD yoki SSD saqlash qurilmalaridan qo‘shimcha xotira ajratadi.
Ushbu opsiyaning qo‘shimcha imkoniyatlaridan biri – ushbu faylni bir diskdan boshqasiga o‘tkazishdir. Bu tizim bo‘limida joy yetmagan taqdirda yoki ushbu faylni yanada tezroq saqlash qurilmasiga o‘tkazish zarurati yuzaga kelganda kerak bo‘lishi mumkin.
Virtual xotira (“Файл подкачки”)ni boshqa diskka o‘tkazish qadamlari quyidagicha:
1️⃣. WIN
+
R
klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqiring va unga sysdm.cpl
buyrug‘ini kiritib, ENTER
'ni bosish orqali ishga tushiring.
2️⃣. Ochilgan muloqot oynasining “Дополнительно” varaqasiga o‘ting va “Быстродействие” bo‘limidagi “Параметры” tugmasini bosing.
3️⃣. Keyingi oynadagi “Дополнительно” varaqasida “Виртуальная память” bo‘limidagi “Изменить” tugmasini bosing.
4️⃣. Agar sizda “Автоматически выбирать объем файла подкачки” bandi faol bo‘lsa, undan qushcha belgisini olib tashlang.
“Файл подкачки” hozirda joylashgan diskni belgilang va u uchun “Без файла подкачки” → “Задать” → “Да” bandlari bo‘ylab o‘ting. So‘ngra “Файл подкачки” ko‘chirilishi lozim bo‘lgan diskni belgilab, u uchun “Размер по выбору системы” → “Задать” → “ОК” bandlari bo‘ylab o‘ting va kompyuterni qayta yuklang.
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #bilasizmi #maslahat
💡 Telegram'da saqlangan vaqtinchalik kontaktlari ko‘p bo‘lgan foydalanuvchilar uchun layfxak
Ko‘pchilik qatori sizga ham lokatsiya ulashish yoki "bir martalik yozishish" uchun biror ulashilgan raqamni saqlashga to‘g‘ri kelgan bo‘lishi tabiiy. Natijada sizda "pizza kuryeri", "do‘kon ishchisi" kabi kontaktlar to‘lib ketib, ularni keyinchalik bittalab tozalab o‘tirishingizga to‘g‘ri kelgan.
Buning yechimi esa quyidagicha – shunchaki qadrdon Chrome yoki boshqa brauzeringizni ishga tushirib, undagi manzil satriga t.me/telefon_raqami kiritilishi yetarlidir
❗️Telefon raqami kodi bilan to‘liq kiritilishi maqsadga muvofiqdir (+998).
Tayyor – sizga vaqtinchalik kerak bo‘lgan inson bilan o‘rtangizdagi chat ochiladi va uning raqamini Telegram kontaktlariga saqlash zarurati yuzaga kelmaydi. 😉
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software
Kompyuterning kutish rejimiga zastavka sifatida maxsus soat o‘rnatamiz 😉
🎞 Video'ni ko'rish | 📎 Dasturni yuklab olish
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software
🔍 Windows'da dasturlarning ishga tushirilish tarixini qanday olish mumkin?
Windows'da barcha ishga tushirilgan dasturlar o‘zidan qandaydir iz qoldiradi, bu nafaqat o‘rnatilgan, balki portativ dasturlarga ham tegishlidir. Dasturlarning ishga tushirilish izi jurnal yozuvlari, harakatlar tarixi, reyestr kalitlari, shuningdek prefetching fayllari ko‘rinishida qoladi.
Umuman olganda Windows'da yanada oddiy va qulay yechim – audit siyosati (политика аудита) mavjud. Sozlama faollashtirilganidan so‘ng Windows'dagi u yoki bu dasturning bajaruvchi fayli ishga tushirilganida tizim hodisalari jurnalida avtomatik ravishda ma’lumotli yozuvlar qoldiriladi.
Buning amalga oshirilish qadamlari quyidagicha:
1️⃣. WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqiring va unga gpedit.msc
buyrug‘ini kiritib, ENTER
'ni bosish orqali “Редактор локальной групповой политики”ni ishga tushiring.
2️⃣. Ochilgan oynaning chapki menyusida ushbu ketma-ketlik bo‘yicha o‘tamiz: “Конфигурация компьютера” → “Конфигурация Windows” → “Параметры безопасности” → “Локальные политики” → “Политика аудита”.
3️⃣. “Аудит отслеживания процессов” parametrini ishga tushiring va undagi “Успех” bandini faollashtirib, qo‘llanilgan sozlamalarni saqlang (OK).
Audit yozuvlarini o‘qish uchun yana WIN
+
R
klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqiring va unga eventvwr.msc
buyrug‘ini ishga tushirish uchun yuboring (OK). “Журналы Windows” → “Безопасность” yo‘nalishi bo‘ylab o‘ting. 4688 kodi bilan belgilangan hodisalar jarayonlarning ishga tushirilishini anglatadi. Ushbu kodli hodisalarni saralash uchun “Фильтр текущего журнала” bandini qo‘llashingiz mumkin.
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija