itspecuz | Unsorted

Telegram-канал itspecuz - IT specialist

16672

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

Subscribe to a channel

IT specialist

#learn_english_with_software

🇬🇧 Aziz tilshunos do‘stlar, ingliz tili shinavandalari! 🇺🇸

Ingliz tilidan har kuni bir oz vaqt ajratgan holda, bilimingizni oshirib borishingiz uchun foydali dasturlarni bosqichlari bilan Sizlar uchun bo‘lishamiz:

📝 Foydalanuvchi yo‘riqnomasi

1️⃣ Straightforward Macmillan Beginner

2️⃣ Straightforward Macmillan Elementary

3️⃣ Straightforward Macmillan Pre-Intermediate

4️⃣ Straightforward Macmillan Intermediate

5️⃣ Straightforward Macmillan Upper-Intermediate

6️⃣ Straightforward Macmillan Advanced

7️⃣ Basic Grammar in Use, 3rd Edition

Marhamat, dasturlarni yuklab oling, ulardan foydalanish uchun arxivdan chiqarib oling, do‘stlaringizga ulashing va birgalikda mashq qilib boring! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim

Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar ⌨️

Windows operatsion tizimidagi aksariyat masalalarni yechishda, ko‘p holatlarda “Выполнить” menyusi orqali komandalarni amalga oshirish mumkin (bundan tashqari ushbu menyu yordamida bizning ko‘zimizdan berkitilgan dasturlarni ham ishga tushirish mumkin).

Ba’zi komandalarni Windows’ning Панель управления’si yordamida ishga tushirish mumkin, lekin odatda bunga biroz ko‘proq vaqt talab etiladi. Haqiqatdan ham siz uchun nima osonroq, bir komandani kiritib ENTER klavishasini bosishmi yoki 10ta ketma-ketlikda oynadan-oynaga o‘tishmi?

O‘z tavsiyalarimizda biz ko‘pincha u yoki bu komandalarga murojaat etishni, ularni qanday kiritish va hkz.larga murojaat etamiz. Aynan shuning uchun ham “Выполнить” orqali ko‘pincha ishga tushirishga to‘g‘ri keladigan eng kerakli va dolzarb komandalarni o‘z ichiga oluvchi maqola yaratish bo‘yicha g‘oya tug‘ildi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#learn_english_with_software #smartfon #android

🌐📱Chet tillarini qulay shaklda o‘zlashtirish uchun eng zo‘r ilova — Duolingo’ni qarshi oling. Android 5.1+. Super-versiya (ilovaning ushbu yangilangan versiyani o‘rnatish oldidan qurilmangizdagi oldinroq o‘rnatilgan versiyasini o‘chirishga to‘g‘ri kelishi mumkin).

📎 Duolingo Max v6.3.3 ilovasini yuklab olish.

❗️Erishilgan yutuqlaringiz doimiy saqlanib borishi uchun, imkon qadar ilovaga faol tarzda foydalanib kelayotgan Google yoki Facebook'dagi akkauntingizga ulab olish tavsiya etiladi, shunda ilovani qaysi qurilmada qo‘llashingizdan qat’i nazar, natijalaringiz saqlanib/yangilanib boraveradi! 😉

📌 P.S.: Kompyuterda Straighforward Macmillan hamda Basic Grammar in Use dasturlaridan, smartfonda esa qo‘shimcha ravishda Drops va Memrise mobil ilovalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

ℹ️ Tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim

Oddiy “Калькулятор” dasturi yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash 📆🧮

Windows operatsion tizimi tarkibida o‘rnatiladigan “Калькулятор” dasturidan ko‘pchilik foydalanuvchilar asosan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalanishadi.

Ushbu dasturda qo‘shimcha tarzda ikki sana oralig‘ini ko‘rsatgan holda, ushbu sanalarning necha yil, oy, hafta va kunga farq qilishini yoki ma’lum bir yil, oy, kunni ko‘rsatgan holda, ma’lum bir sanaga nisbatan kunlar sonini qo‘shish yoki ayirish orqali qanday sanaga mos kelishini aniqlash mumkin. Ushbu video ko‘rsatmamizda shu haqida so‘z yuritiladi. 👆

📄 Asosiy kanalimizdagi matnli postimiz ostidagi Batafsil... havolasi ustiga bosgan holda ushbu jarayon haqida o‘qib ko‘rishingiz ham mumkin.

🎞 @itspecuz_videos

Читать полностью…

IT specialist

#word #excel #powerpoint

Fayllarni qoida bo‘yicha saqlash papkasini o‘zgartirish 💾🗄

Qoida bo‘yicha Word barcha fayllarni Документы papkasiga saqlaydi.

Buni o‘zgartirish uchun Файл menyusi → ПараметрыСохранение bo‘ylab o‘ting.

Расположение локальных файлов по умолчанию satrida o‘zingiz uchun kerakli bo‘lgan papkani tanlang. Ushbu oynaning o‘zida hujjatlarning qoida bo‘yicha formati, avtomatik saqlash va boshqa ko‘plab narsalarni sozlashingiz mumkin.

📌 P.S.: Word uchun berilgan ushbu maslahatimiz Excel va PowerPoint’lar uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni maslahat beramiz:
Microsoft Word bo‘yicha kanalga joylashtirilgan maqolalar mundarijasi
C diskidagi Users papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

🎞 Bizning bepul videokurslarimiz:

🏬 3DS MAX dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 5 (davomi yo'q: sababi)
Autodesk 3DS Max dasturini o'rnatishdan boshlab to tayyor 3D modelni sotishgacha bo'lgan jarayonlarni 0 dan o'rganamiz.

🏗AutoCAD dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 5 (davomi bor)
AutoCAD dasturini o'rnatishdan boshlab istalgan chiqmani chizishni o'rganadigan darajaga chiqamiz. Darslar 0 dan o'rgatiladi.

7️⃣ Windows 7 o'rnatish
Darslar soni: 4
Kompyuter uchun Windows 7'ni yuklash, fleshkaga yozish, kompyuterga o'rnatish, kerakli sozlamalar, drayverlarni yangilashni mustaqil amalga oshiramiz.

🔟 Windows 10 o'rnatish
Darslar soni: 7
Kompyuter uchun Windows 10'ni yuklash, fleshkaga yozish, kompyuterga o'rnatish, kerakli sozlamalar, drayverlarni yangilash, kerakli dasturlarni o'rnatish ishlarini mustaqil amalga oshiramiz.

🧮 Excel dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 7
Microsoft Excel dasturini 0 dan o'rganamiz.

🧮 "Excel - Formula ustasi" videokursi
Darslar soni: 8
Excel dasturidagi murakkab amal va formulalarni amaliyotda qo'llashga o'rgatadigan kurs.

🔠 Word dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 8
Microsoft Word dasturini 0 dan o'rganamiz.

🖼 PowerPoint dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 7
Microsoft PowerPoint dasturini 0 dan o'rganamiz.

🎦 Movavi Video Editor (videomontaj) bo'yicha videodarslar
Ushbu dastur videomontajni kuchsiz kompyuterlarda ham amalga oshirish uchun qulay va sodda dastur hisoblanadi.
Videoni montaj qilishni 0 dan o'rganamiz! 1-qism I 2-qism

🌁 Paint NET dasturi bo'yicha videodarslar
Rasmlarni tahrirlash uchun sodda va qulay dastur.
Photoshop qiyinmi? Unda PaintNET dan boshlaymiz!
Rasmlarni tahrirlashni o'rganamiz!
Eski chizmalarni tiklash

📄 PDF hujjatlari bilan ishlash bo'yicha videodarslar
Hujjatlarni PDF dan Word ga o'tkazishning 3 ta sinalgan usuli!
PDF hujjatlarni istalgancha o'zgartiramiz!
PDF sahifalarni birlashtirish
PDF ni qirqishni eng sodda usuli (Chrome orqali)

🗜Arxiv fayllar bilan ishlash bo'yicha videodarslar
Arxiv bilan ishlash. WinRAR dasturini o'rnatish/foydalanish
WinRAR dasturi bo'yicha MasterClass. Murakkabroq amallarni o'rganamiz!
Katta hajmli fayllarni yuklash usullari

🛡Eset NOD32 antivirus dasturi
ESET NOD32 antivirusini o'rnatish
Antivirusni vaqtincha o'chirib turish
NOD32 antivirus bazasini internetsiz (oflayn) yangilash
NOD32 antivirus bazasini onlayn yangilash


🔄 Nasib qilsa, ushbu ro'yxatni kengayib boramiz...

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh

Читать полностью…

IT specialist

Bugungi kunda bozorda ma’lumotlarni saqlash uchun turli xil yechimlar mavjud bo‘lib, ular bulutli xizmatlardan maxsus qurilmalargacha bo‘lgan tizimlarni o‘z ichiga oladi. Uyda foydalanuvchilar va biznes uchun birdek mos keladigan vositalardan biri NAS (Network Attached Storage) uskunasi hisoblanadi.

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda QNAP biznesini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy menejeri Karlis Luts NAS qurilmalari foydalanuvchilarga qanday imkoniyatlar taqdim etishi, bu sohadagi tendensiyalar va QNAP o‘z mijozlariga nimalarni taklif qilayotgani haqida so‘zlab berdi.

QNAP NAS ma’lumotlarni saqlash qurilmalarining imkoniyatlari va ushbu segmentda brend nimani taklif qilishi haqida (asbis.uz)

Читать полностью…

IT specialist

IT sohasiga qiziqasizmi va uning sir-asrorlaridan bexabar qolib ketmaslikni xohlaysizmi 😄

Unda IT |FAOL kanaliga obuna bo'ling va quyidagi bepul imkoniyatlardan bepul foydalaning 👇

⚡️IT va texnologiya sohasidagi eng yangi va muhim yangiliklar
⚡️Dasturlar va texnologiyalarning tahlillari va sharxlari
⚡️Foydali qo'llanmalar,dasturiy ta'minotlar va texnologuik resurslar

@it_faoltexnologiya va kompyuter dunyosida sizning ishonchli yo'lboshchingiz

Читать полностью…

IT specialist

#excel

#️⃣ Excel'ning yashirin imkoniyatlari: samaradorlikni oshiruvchi tezkor klaviatura birikmalari

1️⃣. Ctrl + Shift + L — jadval uchun filtrlarni faollashtirish/o‘chirish.

2️⃣. Alt + Enter — Matnni katakcha (yacheyka) ichidagi keyingi satrga o‘tkazadi.

3️⃣. F4 — Formula tarkibidagi muayyan katakcha havolasini nisbiy/aralash/mutlaq ko‘rinishga o‘tkazish (A1 / $A1 yoki A$1 / $A$1).

4️⃣. Ctrl + 1 — Katakchaning formatlash oynasini ekranga chaqirish.

5️⃣. Ctrl + Shift + ; — Joriy vaqtni katakchaga joylashtirish.

6️⃣. Ctrl + Shift + "+" — Yangi satr yoki ustunlarni joylashtirish/qo‘shish.

7️⃣. Ctrl + "-" — Satr yoki ustunlarni o‘chirish.

8️⃣. Ctrl + ` — Jadvaldagi barcha formulalarni aks ettirish.

9️⃣. Ctrl + Shift + U — Formulalar satrini kengaytirish/qisqartirish.

🔟. Ctrl + Tab — Ochilgan Excel oynalari bo‘ylab o‘tish.

Yanada ko‘proq foydali tezkor klavishlar birikmalari ushbu havolada!

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #hardware #texnologiya

🖥 Zamonaviy ekranlar

Yaqindagina barchamiz tugmachali telefonlardan foydalanib yurardik, bugun esa monitorlar egiluvchan qilib ishlab chiqarilmoqda... 😯

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

Raqamli texnologiyalar maktabida IT mutaxassisligini bepul egallang

School 21 da raqamli sohada tajribasiz ham kuchli IT mutaxassislariga aylanish mumkin. Ta’lim barcha ishtirokchilar bir-biridan o‘rganadigan "tengdosh-tengdoshga" usuli asosida amalga oshiriladi. Natijada, ishtirokchilar IT jamoalari uchun muhim bo‘lgan ko‘nikmalarni egallaydilar: stressga chidamlilik, vaqtni rejalashtirish va samarali aloqalarni o‘rnatish qobiliyati.

Shuningdek, ta’lim jarayonida ta’sirli portfolio to‘playsiz va TBC Bank, PayMe, BRB, Truss Global Tas kabi IT-kompaniyalarda haq to‘lanadigan majburiy tajriba amaliyotini o‘taysiz!

Hoziroq 21-school.uz saytiga ariza topshiring.

🗓 Navbatdagi saralash bosqichlarining boshlanishi:
— 30 sentyabr va 4 noyabr kunlari Samarqand shahrida, arizalar muvofiq ravishda 25 sentyabr va 30 oktyabrga qadar qabul qilinadi
— 4-noyabr Toshkent shahrida, arizalar 30-oktabrgacha qabul qilinadi

👉🏻 Batafsil School 21 Telegram kanalida

Читать полностью…

IT specialist

#excel #maslahat

🤼
Matn bilan kurashamiz (yoxud matn formatidagi sonlarni sonli formatga o‘tkazish usullari) 🤼

Samuray tunni 1C qarshisida o‘tkazib,
Ipak savdosi ma’lumotlarini yuklab oldi.
Jangchi chuqur qayg‘u va iztirobda,
Chunki sonlar matn formatida...


Korporativ tizimdan ma’lumotlarni yuklab olib, sonlarni matn formatida ekanligiga ko‘p guvoh bo‘lgandirsiz?

Yoki matndan sonni ЛЕВСИМВ, ПРАВСИМВ va ПСТР funksiyalari orqali ajratib olib, son hali ham matnligicha qolganiga guvoh bo‘lgansiz, to‘g‘rimi?

Odatda matn formatidagi sonlarni sonli formatga o‘tkazishdan maqsad, ular bilan keyinchalik matematik amallarni bajarishdir.

Biroq ba’zan shunday g‘alati holatlar bo‘ladiki, katakdagi sonlarga nisbatan formati Текстовый'dan Числовой'ga o‘tkazilgani bilan, bu besamar bo‘ladi!

Quyida esa matn formatida kiritilgan sonlarni sonli ko‘rinishga o‘tkazish bo‘yicha top usullarni keltirmoqdamiz:

🥊 1) Asoslar asosi

ЗНАЧЕН () funksiyasi. Matnni songa o‘tkazadi. Toza, oddiy va ishchan usul.
Yechimi: = ЗНАЧЕН(matnli katak havolasi)

🥊 2) 1 soniga ko‘paytiramiz

Matnli qiymatni 1 soniga ko‘paytiramiz, va syurprizni qarangki, matn avtomatik ravishda songa qayta formatlanadi.
Yechimi: = matnli katak havolasi * 1

🥊 3) Ikki minus belgisi

Matn yoki havola oldidan ikki minus belgisini kiritasiz va ko‘paytirish bilan bo‘lgandagi kabi effekt qaytariladi.
Yechimi: = --matnli katak havolasi

Matnni qiynamang, uni sonli formatga oson o‘tkazing. 😉

📝 Manba: @helloexcel

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#excel

↔️ Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma)

Istalgan hujjatda keltirilgan matnga qarab, uni ba’zida kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish zarurati yuzaga kelib turadi.

Ushbu postimizda buni amalga oshirish uchun maxsus makros va undan foydalanish ketma-ketligi borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz:

1️⃣. Kerakli Excel ishchi kitobini ishga tushiring.

2️⃣. Ishchi kitobidagi kerakli listga o‘ting.

3️⃣. Makrosni hujjatga biriktirish uchun xizmat qiluvchi Microsoft Visual Basic for Applications dasturi oynasini ekranga chaqirish uchun bosiladi: ALT + F11

4️⃣. Ochilgan dasturda File → Import File... → Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas (faylni joylashgan manziliga o‘tib tanlaymiz) F5 Ochilgan oynachada Lotin yoki Kirill'ni mos tarzda tanlaymiz O‘ng tomondagi dastlabki Run tugmasi Ochilgan oynadagi OK tugmasini bosamiz, tayyor!

📥 Excel dasturiga biriktiriluvchi Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas makros faylini yuklab olish.

Yuqorida matnli ko‘rinishda keltirilgan harakatlar ketma-ketligini ushbu post ostidagi video qo‘llanmada amaliy ko‘rishingiz mumkin👇🏻🎞.

📄 Microsoft Word uchun kanalimizda ulashilgan Translit kengaytmasi orqali buni MS Word dasturida Microsoft Basic for Applications dasturi yordamisiz qulay bajarish mumkin, buni ham sinab ko‘ring (sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz albatta 😉).

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim

🔑 Windows 8.1, 10, 11'ni tezkor aktivatsiya qilish

Windows 8.1, 10 yoki 11'ni aktivatsiya qilish uchun KMS-aktivatorlar yoki tarkibida virusli fayllar bilan kelish ehtimolligi yuqori bo‘lgan boshqa dasturiy ta’minotlarni yuklab olish shart emas.

Microsoft tomonidan taqdim etiluvchi ko‘p marotaba o‘rnatiluvchi kalitlardan foydalanib aktivatsiyani Командная строка'da bir daqiqa mobaynida amalga oshirish mumkin. Saytga o‘ting va o‘zingizdagi Windows versiyasi (WIN + RwinverENTER) uchun kalitni nusxalab oling.

Командная строка (Buyruq satri)ni administrator nomidan ishga tushiring va quyidagi buyruqlarni ketma-ket bajaring:
slmgr /ipk SAYTDAN_OLINGAN_KALIT
slmgr /skms kms.digiboy.ir
slmgr /ato

❗️Buyruq satrini administrator nomidan ishga tushirish uchun Пуск (Start) menyusining qidiruv satriga “Командная строка(“Command Line (Prompt)”) matnini kiriting va hosil bo‘lgan dastlabki natija ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, “Запуск от имени администратора(“Run as administrator”) menyu bandini tanlang.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Mini KMS Activator Ultimate dasturi
Windows 10'dan aktivatsiyasiz qancha vaqt foydalanish mumkin va bunda qanday cheklovlar mavjud?
Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash
Aktivatsiya mavzusiga oid postlar
Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?
Аntivirus va viruslarga oid postlar
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #hardware #internet

⌨️ Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish

Bunda bizga 10 ta barmoqni butunlay qo‘llagan holda klaviaturaga qaramasdan matn kiritish usulini o‘zlashtirish imkonini beruvchi — Ratatype xizmati yordam berishi mumkin.

Bu qanday ishlaydi: o‘z matn kiritish tezligingizni aniqlab olish uchun siz dastlab testdan o‘tasiz. U yakunlanganidan so‘ng siz tasniflanasiz va ko‘nikmangizni tasdiqlovchi sertifikatni olasiz.

Keyingi qadamda ro‘yxatdan o‘tish, mos keluvchi kursni tanlash va ko‘nikmani shakllantirish uchun uning bosqichlaridan muntazam ravishda o‘tib borish talab etiladi.

📝 Manba: @iteach_tb

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Onlayn klaviatura trenajyorlari
Klaviaturada tezkor matn kiritish uchun Stamina xizmati
Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori (TypeRacer)
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

💸 150 ming so'mga kompyuterni oʻzingizga qulay vaqt va muddatda to'liq o'rganishni istaysizmi?

👨‍💻 Videokurs kompyuter boʻyicha dars berishda 4 yillik tajribaga ega ustoz tomonidan tayyorlangan.

Kursda o'qish va ish davomida kerak bo'ladigan barcha amaliy ko'nikmalar berib o'tilgan.

📃O'tiladigan darslar ro'yxati I PDF

ℹ️ Batafsil ma'lumot: @ks_kursi yoki kompyuter-savodxonligi.uz

Читать полностью…

IT specialist

Qanday qilib dasturchi bo'lish mumkin?

👨‍💻 Agar sizda ushbu sohaga qiziqish bo'lsa va qanday boshlashni bilmayotgan bo'lsangiz, PDP Akademiyasi bu borada sizga eng kerakli ustozdir!

💬 Ushbu dasturlash akademiyasida siz:

- Ayni paytdagi eng ommabop dasturlash tillarini professional va tez o'rganish;
- o'z sohasida yetakchi dasturchi ustozlardan ham nazariy ham amaliy ta'lim olish;
- real loyihalarda ishtirok etish orqali tajriba orttirish imkoniyatlarini
qo'lga kiritishingiz mumkin.

🤝 Darslarni to'liq o'zlashtirgan bitiruvchilarimizning katta qismi, kurslarni bitirmasdanoq nufuzli kompaniyalardan ishga taklifnomalar olishi mumkin!

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:

Murojaat uchun:

📞 78-777-47-47

Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

IT specialist

“Edfix grantlari” minimarafoni


❤️❤️❤️❤️❤️ - 20 ga yaqin zamonaviy kasblarni o’z ichiga olgan onlayn bilimlar makoni.


210 million so‘mlik “Edfix grantlari” oyligi minimarafoni WikiStipendiya va Edfix.uz bilan hamkorlikda — zamonaviy kasblarni o‘rganishga qiziqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan loyiha.

G‘oliblarga zamonaviy kasblar bo‘yicha 6 oylik bepul o‘quv kurslari uchun “Edfix grantlari” maxsus g‘oliblik sertifikati beriladi.

Marafon shartlari:
— Har bir ishtirokchi o‘zbekcha Vikipediyada kamida 200 so‘zdan iborat sifatli maqola yozishi kerak;
— Maqola kamida 2 ta nufuzli manbaga asoslangan bo‘lishi lozim;
— Boshqa tildagi Vikipediyalarda mavjud, ammo o‘zbekcha Vikipediyada yo‘q maqolalarni ham yaratish mumkin;
— Individual tarzda ishtirok etiladi.


Marafon 16-oktabrdan 16-noyabrgacha davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @EdWiki_bot

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

IT specialist

👉 Русскую версию можно найти на нашем канале.

K-Lab AKToʻquv markazi Koreyaning Milliy IT-sanoatni rivojlantirish agentligi (NIPA) koʻmagida bepul kurslar oʻtkazadi.

K-Lab yangi kurs sifatida oson va qiziqarli amaliy ishlab chiqarish boʻyicha kurslar uchun o’quvchilar qabuli boshlanmoqda.

Kurslar quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi:
– Doimiy kurs: Boshlang’ich Arduino (ultratovush va chiziqli sensorlar yordamida AI avtonom haydash)
– Bir kunlik kurs:
- 3D qalam
- Lazer o'ymakorligi
- Vinil kesish

Kurslar haqida ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardan olishingiz mumkin.

👉 Basic Arduino

👉 3D Pen

👉 Laser Engraving

👉 Vinyl Cutting

Ariza yuborish uchun bizning Telegram kanalga obuna bo'lib, kanaldagi postning past qismidagi havolalar orqali ariza to'ldirib yuboring
t.me/KLABUZ

Manzil: UEnter binosining pastgi qavatida (B1) K-Lab AKT ta'lim markazi

Читать полностью…

IT specialist

Bugungi kunda bozorda ma’lumotlarni saqlash uchun turli xil yechimlar mavjud bo‘lib, ular bulutli xizmatlardan maxsus qurilmalargacha bo‘lgan tizimlarni o‘z ichiga oladi. Uyda foydalanuvchilar va biznes uchun birdek mos keladigan vositalardan biri NAS (Network Attached Storage) uskunasi hisoblanadi.

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda QNAP biznesini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy menejeri Karlis Luts NAS qurilmalari foydalanuvchilarga qanday imkoniyatlar taqdim etishi, bu sohadagi tendensiyalar va QNAP o‘z mijozlariga nimalarni taklif qilayotgani haqida so‘zlab berdi.

QNAP NAS ma’lumotlarni saqlash qurilmalarining imkoniyatlari va ushbu segmentda brend nimani taklif qilishi haqida (asbis.uz)

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #security

⤴️ O‘chirilgan fayllarni tiklash

Agar tasodifan qandaydir kerakli fayllar o‘chirib yuborilgan bo‘lsa, xafa bo‘lishdan boshqa hech narsa kutilmasligi tayin. Misol uchun, fleshkadan o‘chirishda fayllar Корзина'ga borib tushmaydi, balki darhol o‘chiriladi. Biroq fleshka uchun Корзина'ni sozlashning usuli mavjud.

O‘chirilgan fayllarni tiklash uchun Microsoft'ning Windows File Recovery dasturidan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Dasturni Microsoft Store yoki microsoft.com saytidan yuklab olish imkoniyati mavjud.

Dasturni o‘rnatgandan so‘ng fayllarni tiklash uchun papka yarating. Ushbu papka fayllar tiklanayotgan diskdan boshqa diskda joylashgani maqsadga muvofiq.

Ilova konsol oynasi bilan ishlaganligi bois, Командная строка ishga tushirilishi lozim (WIN + RcmdENTER). Ochilgan konsol oynasida winfr G: D:\recover buyrug‘ini ishga tushiring – bu yerda G - fayllar tiklanayotgan disk harfi, D:\recover esa - tiklangan fayllarni saqlash uchun oldinroq yaratilgan katalog (papka) manzili.

support.microsoft.com sayti orqali yordamchi dasturning imkoniyatlari haqida batafsilroq tanishish mumkin.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
“Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin?
Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish
Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash
Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
Windows 10'da video drayverini qayta ishga tushirish (перезапуск)
Kompyuterning ishga tushishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish
MSDaRT (Microsoft Diagnostic and Recovery Toolset) kompyuter dasturi
WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
CyberShredder kompyuter dasturi
DiskDigger mobil ilovasi
Microsoft Office dasturlarida saqlamasdan yopilgan hujjatlarni tiklash
Excel'da saqlanmay yopilgan hujjatlarni tiklash
Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
“Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
Android'ni zavod tomonidan o‘rnatilgan sozlamalarga xavfsiz qaytarish
Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash
Google Chrome'da yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #security

🔐 Kompyuterni dinamik bloklash

Agar kompyuteringizga parol o‘rnatib, uni bloklash (WIN + L) xizmatidan foydalansangiz, u holda dinamik bloklash bunga ajoyib qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.

Bu Bluetooth-adapteri bilan jihozlangan kompyuterni, unga biriktirilgan qurilma (masalan, smartfon, smart soat yoki braslet) ma’lum masofaga uzoqlashgan taqdirda bloklash imkonini beradi.

Boshlanishiga qurilmani kompyuter bilan biriktiring. Bu Параметры (WIN + I) oynasidagi Устройства -> Bluetooth и другие устройства bo‘limida amalga oshiriladi.

So‘ngra Параметры oynasidagi Учётные записи -> Варианты входа bo‘limiga o‘ting.

Sahifa bo‘ylab pastga qarab, Динамическая блокировка bo‘limiga qadar tushing va Разрешить Windows автоматически блокировать устройство в ваше отсутствие bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating. Tayyor, bu yog‘i amalda kompyuterdan uzoqlashib, bloklanish jarayonini sinash qoladi xolos! 😉

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

School 21 bilan IT sanoatining bir qismiga aylaning 🔥

Kecha: kodlashni o‘rganasiz, maktab tizim ma’muriga yordam berasiz, skriptlarni yozasiz.
Bugun: yoqtirmagan ishingizda zerikasiz
Ertaga: eng yaxshi IT loyihalarini amalga oshirasiz.

«Bugun» va «erta»ning o‘rtasida - School 21. O‘z ko‘nikmalaringiz oshiring, yangi bilimlarni o‘zlashtiring va IT hamjamiyatining bir qismiga aylaning. BEPUL!

P. S. Bizda TBC Bank, PayMe, BRB, Truss Global Tas kabi yirik kompaniyalarda haq to‘lanadigan amaliyot mavjud

📲 21-school.uz sayti orqali School 21ga yozilish mumkin.

🗓 Navbatdagi saralash bosqichlarining boshlanishi:
— 4-noyabr Samarqand shahrida, arizalar 30-oktabrgacha qabul qilinadi
— 4-noyabr Toshkent shahrida, arizalar 30-oktabrgacha qabul qilinadi

👉🏻 Batafsil School 21 Telegram kanalida

Читать полностью…

IT specialist

Junior dasturchi bo‘lishdan charchadingizmi? Tezroq Middle darajasigacha o‘sishni xohlaysizmi?

Keling va School 21 bilan o‘z karyerangizni oshiring. BEPUL
Dasturlashning talabgir yo‘nalishlari va muhim tillarini o‘zlashtirish orqali, siz ikki va hatto uch greydga o‘sishingiz mumkin. Agar anchadan buyon o‘zingizni yangi yo‘nalishda sinab ko‘rishni orzu qilayotgan bo‘lsangiz, masalan, GameDev, mobil ishlab chiqish yoki mashina tilida o‘rganish — bu bizda haqiqat.

School 21da 9 ta dasturlash tilini va mashhur yo‘nalishlarni o‘rganish mumkin. Maktabda haq to‘lanadigan majburiy amaliyot mavjud. Samarqand kampusida esa oylik to‘lovi 100 000 so‘m bo‘lgan yotoqxona mavjud.

O‘z qobiliyatingizni yuzaga chiqarish uchun munosib onlarni kutmang - bu vaqt allaqachon keldi. 21-school.uz saytida hozirning o‘zidayoq ariza qoldiring!

🗓 Navbatdagi saralash bosqichlarining boshlanishi:
— 30 sentyabr va 4 noyabr kunlari Samarqand shahrida, arizalar muvofiq ravishda 25 sentyabr va 30 oktyabrga qadar qabul qilinadi
— 4-noyabr Toshkent shahrida, arizalar 30-oktabrgacha qabul qilinadi

👉🏻 Batafsil School 21 Telegram kanalida

Читать полностью…

IT specialist

#word

🔢 Word'da ro‘yxatlar raqamlanishini tekislaymiz


Qoida bo‘yicha MS Word'da ro‘yxat raqamlari 10 tagacha satrdan iborat ro‘yxatda chiroyli ko‘rinishi mumkin bo‘lgan dastlabki turgan raqam bo‘yicha tekislanadi. Ikki yoki undan ortiq xonali raqamlar boshlanganida esa, ro‘yxatning ko‘rinishi unchalik qanoatlantirmasligi mumkin.

Ushbu muammoni hal qilish uchun ro‘yxat raqamlanishini o‘ng tomon bo‘yicha tekislash lozim. Buni amalga oshirish uchun bosh menyuning Абзац bo‘limida opsiyalar ro‘yxatini kengaytirish uchun Нумерация tugmasi yonidagi pastga qaratilgan strelka ustiga bosing.

Ochilgan oynada Определить новый формат номера'ni tanlang. Выравнивание blokidagi qiymatni По левому краю'dan По правому краю'ga o‘zgartiring.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Word'da ro‘yxatlarni tezkor yaratamiz
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#maslahat #bilasizmi #dasturlash

✍️
Barcha shpargalkalar bitta joyda

Turli dasturlash tillari va kutubxonalar bo‘yicha keng qamrovli shpargalkalar to‘plami. Alfavit tartibida guruhlangan. Hatto PDF-fayllar ham mavjud. Kerakli ma’lumotlarni tezkor topish uchun ajoyib manba.

💾 Havolani saqlab qo‘yamiz.

📝 Manba: @bugfeature

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim

🇬🇧|🇷🇺 Windows'ning ingliz tilida o‘rnatilgan versiyasida dastur va fayllar tarkibidagi ruscha shriftlarni o‘qiladigan qilish

Murojaat/savol:

Assalomu alaykum, hurmatli adminlar!

Menda Windows 7 Ultimate operatsion tizimining inglizcha versiyasi o‘rnatilgan. Biroq bir muammo mavjud, rus dasturchilari tomonidan yaratilgan dasturlarni o‘rnatishga yoki qandaydir rus tilidagi fayllarni ochishga uringanimda, shriftlarning odatiy ko‘rinishidan farqli ravishda, tizim tushunarsiz belgilarni ko‘rsatmoqda.

Bunda matn kiritish tillari orasida rus tili mavjud va ruscha harflarni kiritish bilan bog‘liq muammo yo‘q. Elektron pochta orqali keluvchi xatlarning o‘qilishida ham hammasi joyida. Yuqorida keltirilgan muammoni qanday bartaraf etish borasida biror yo‘l-yo‘rig‘i bo‘lsa, iltimos ulashsangiz, oldindan rahmat!

Javob:

Vaalaykum assalom, muammoingizni tushundik va quyidagi ketma-ketlik bo‘ylab o‘tib, tizimni o‘zingiz uchun sozlab olishingizni tavsiya etamiz (buning uchun sizda tizimdan administrator sifatida foydalanish huquqi bo‘lishi lozim):

1️⃣. Start (Пуск) menyusini oching va unda Control Panel (Панель управления)'ni ishga tushiring (WIN+R → control → ENTER).

2️⃣. Viewed by: Category (Просмотр: Категория) ro‘yxatini ochib (oynaning yuqori o‘ng burchagida joylashgan) → Small icons (Мелкие значки)'ga o‘zgartiriladi.

3️⃣. Control Panel (Панель управления) oynasida Region and Language (Язык и региональные стандарты) bandiga o‘ting.

4️⃣. Ochilgan muloqot oynasining (👇🏻 post ostidagi rasmda keltirilgan) Administrative (Дополнительно) varaqa (вкладка)siga o‘ting va Language for non-Unicode programs (Язык программ, не поддерживающих Юникод) bo‘limida Change system locale... (Изменить язык системы...) tugmasi ustiga bosib, ochilgan oynachadagi ro‘yxatdan Russian (Russia) (Русский (Россия))'ni tanlang.

5️⃣. Kiritilgan sozlamadan so‘ng tizimni qayta yuklash so‘raladi, bunga rozilik berasiz va muammoingiz hal bo‘lganini tekshirish uchun biror fayl yoki dasturni ochib tekshirasiz.

E’tiboringiz uchun rahmat, bergan tavsiyamiz sizga foydali bo‘ldi, degan umiddamiz.

📌 P.S.: Post ostida biriktirilgan rasmdagi Region muloqot oynasi Windows 10 Pro operatsion tizimiga tegishli, yuqorida keltirilgan tavsiya Windows 8, 8.1 va 10 uchun ham o‘rinli.

ℹ️
Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

Диққат! Танловда иштирок этинг ва қимматбаҳо совғаларни қўлга киритинг!

“Трастбанк” хусусий акциядорлик банки “C7 Security” билан биргаликда CTF, яъни киберхавфсизлик бўйича мусобақа ташкил этмоқда. У икки босқичда ўтказилади. Онлайн тарзда бўлиб ўтадиган биринчи босқичдан муваффақиятли ўтган энг яхши 20 нафар мутахассис мусобақанинг ёпиқ оффлайн босқичида иштирок этиш имкониятига эга бўлади.

Илк босқич жорий йил 24 август куни соат 12:00 дан 20:00 гача бўлган даврда онлайн тарзда ўтказилади. Унда иштирок этиш бепул. Ўзбекистондаги барча киберхавфсизлик бўйича мутахассислар қатнашишлари мумкин.

Ғолибларга қимматбаҳо совғалар топшириш билан бир қаторда “Трастбанк” ХАБда фаолият юритиш таклифи ҳам берилади.

Телефон:1287
+99877
477-47-89

Рўйхатдан ўтиш учун: https://forms.gle/WU17CdC5aPKxJSYB7

Каналга уланинг: @trustbankuz

Читать полностью…

IT specialist

UEnter dasturlash va raqamli texnologiyalar bo‘yicha bepul kurslarga navbatdagi qabul boshlanganligini e’lon qiladi.

O'qitish quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
- 3D texnologiyalari;
- Raqamli lazer texnologiyalari;
- Python tilida dasturlash;
- Java tilida dasturlash;
- Arduino bilan ishlash;
- UX/UI dizayni.

Kurs jadvali bilan tanishish.

Ariza yuborish.

Kurslar "KLab Uzbekistan" loyihasi doirasida tashkil qilinadi.
___

UEnter объявляет очередной набор на бесплатные курсы по программированию и цифровым технологиям.


Обучение будет проводиться по следующим направлениям:
- 3D технологии;
- Цифровые лазерные технологии;
- Программирование на Python;
- Программирование на Java;
- Работа с Arduino;
- UX/UI дизайн.

Ознакомиться с графиком курсов.

Записаться на курс.

Курсы организуются в рамках проекта "KLab Uzbekistan".

@uenteruz

Telegram | Instagram | Facebook | Website

Читать полностью…

IT specialist

School 21 raqamli texnologiyalar maktabi, TBC Bank va payme: O‘zbekiston IT-sohasini rivojlantirishning yangi bosqichi

Samarqand shahrida School 21, TBC bank va payme o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlar yangi avlod IT-mutaxassislarini tayyorlash uchun oʻz kuchlarini birlashtirmoqda. TBC Bank bosh direktori Davron Odilxoʻjaev IT-mutaxassislarini sifatli oʻqitish dolzarbligini bildirdi.

School 21 boshqaruv direktori Zarina Luxmonova esa o‘quvchilar katta potentsialga ega ekanligini va ular top fintex jamoalarida amaliyot o‘tashini ta’kidladi.

Читать полностью…
Subscribe to a channel