Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
#operatsion_tizim #software #hardware #maslahat
☀️ Klaviaturadagi yorqinlikni boshqarish klavishlari ishlamasa nima qilish lozim?
Windows 10 parametrlaridagi yorqinlikni boshqarish opsiyasi ravon ishlab, ammo klaviaturadagi bu uchun mo‘ljallangan klavishlar ishlamasa, u holda qariyb har doim gap noutbuk ishlab chiqaruvchisining ushbu va boshqa funksional klavishlar ishlashi uchun xizmat qiluvchi maxsus dasturiy ta’minot (DT) yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Bunday DT(lar)ni qurilma drayverlari bilan bir qatorda ishlab chiqaruvchining rasmiy saytidan (taxminan Drivers & Support, Драйверы и поддержка bo‘limi orqali) aynan qurilmangiz modeliga tegishli bo‘lganini yuklab olish muhimdir (bunda operatsion tizim versiyasi va razryadiga ham ahamiyat berishni unutmang)
.
Ushbu, odatda juda oz hajmdagi yordamchi dasturlarning nomlanishlari turlicha bo‘lishi mumkin, ba’zida esa bir emas, bir nechtasini o‘rnatishga to‘g‘ri keladi, quyida bunga misollar keltirilgan:
➖Lenovo — AIO Hotkey Utility Driver (monobloklar uchun), Hotkey Features Integration for Windows 10 (noutbuklar uchun);
➖ASUS — ATK Hotkey Utility (va, ATKACPI o‘rnatilgani ma’qul).
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #learn_english_with_software🇬🇧
Полиглот 16/32 va boshqalar — ingliz tili grammatikasini rus tili asosida o‘zlashtirish uchun puxta o‘ylangan, samarali va tezkor metodikani taqdim etuvchi mobil ilovalar. Android 4.0+. Barcha darslar va imtihonlar blokdan chiqarilgan.
📥 Yuklab olish uchun to‘plam:
• Полиглот (01-16) v4.12
• Полиглот (17-32) v3.12
• Полиглот. Английские cлова v2.16
• Полиглот. Артикли v2.03
• Полиглот. Аудирование v2.18
• Полиглот. Мой словарь v4.9
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #learn_english_with_software #bilasizmi
🙋🏻♂️🙋🏻♀️ Assalomu alaykum tilshunos do‘stlar, sizlarning e’tiboringizga til bo‘yicha bilimlaringizni oshirib borishingiz uchun kanalimizda e’lon qilingan dasturlar, ilovalar va foydali maslahatlarimizni taqdim etamiz:
💻 Kompyuter dasturlari:01.
Straighforward Macmillan Beginner;02.
Straighforward Macmillan Elementary;03.
Straighforward Macmillan Pre-Intermediate;04.
Straighforward Macmillan Intermediate;05.
Straighforward Macmillan Upper Intermediate;06.
Straighforward Macmillan Advanced;07.
Basic Grammar in Use, Third Edition;08.
Cambridge Advanced Learners Dictionary;09.
ABBYY Lingvo x6 Pro (Ru-En, En-Ru lug‘at);10.
WordWeb 10.02 Free (x86/x64);11.
Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun kichik dasturlar.
📱Mobil ilovalar:01.
Duolingo;02.
Drops;03.
Memrise;04.
Busuu;05.
Полиглот 16/32 va boshqalar;06.
English LinDuo;07.
Rosetta Stone;08.
English Galaxy;09.
Lingvist;10.
IELTS Test;11.
English Level Checker;12.
English Tenses;13.
English Grammar in Use;14.
4 pics 1 word;15.
Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar;
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
💡Foydali ma’lumotlar va tavsiyalar:
• Xorijiy tillarni o'rganishga berilayotgan eʼtibor va imtiyozlar;
• CV nima? + Namuna;
• Kompyuterni yaxshi o'rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?
• Dasturlashni o'rganish uchun ingliz tilini bilish kerakmi?
• Udemy - onlayn taʼlim platformasi;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar;
• List of English & IELTS Channels to follow;
• Top 10 onlayn lug‘atlar;
• Interactive glossaries;
• Uz-En, En-Uz lug‘at;
• O‘zb-Rus, Rus-O‘zb lug‘at;
• Filmdan parchani topish va yuklab olish;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun samarali 5 layfxak;
• Kompyuterni yaxshi o‘rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?;
• Ingliz tili grammatikasi jadvallarda (En-Ru);
• Ingliz tilida qaysi so‘zlarni birinchi bo‘lib o‘rganish kerak?;
• Ingliz tilini o‘rganuvchilarning 80% shuni xato aytishadi;
• Ingliz tilida qaysi harf eng ko‘p ishlatilishi haqida bilasizmi?;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin;
• Abituriyentlar uchun test topshiriqlarini yechish bo‘yicha namunaviy testlar va tavsiyalar;
• Ingliz tilidan o‘z bilim darajangizni ko‘rsatib o‘ting;
• Bu shunchaki imtihon!
• Ingliz tilining lug‘ati aynan qancha so‘zdan iborat ekanligini bilasizmi?
• Xan akademiyasi: har kim har yerda bepul ta’lim olishi mumkin.
• Dunyodagi eng birinchi dasturchi ingliz ayol kim ekanligini bilasizmi?
• Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mulohazaga chorlovchi maslahat;
• “Xato qilishdan qo‘rqqan odam hech qachon til o‘rgana olmaydi”. 15ta xorijiy oliygoh talabasi bo‘lgan o‘quvchi bilan suhbat;
• IELTS va TOEFL nima farqi bor?
• Dunyo bo‘ylab butun ma’lumotlarning qancha foizi ingliz tilida saqlanishini bilasizmi?
• Qanday qilib ingliz tilini samarali va zerikmasdan o‘rganish mumkin?
• Ingliz tilini o‘zlashtirishga ko‘mak beruvchi 10 ta film
🤝 Hamkor kanal: @Kompyuter_Akademiyasi
📍Ushbu postimizni o‘zingiz uchun foydali deb bilsangiz, unda do‘stlaringiz bilan ham baham ko‘rishni unutmang, zero ingliz tilida aytganda – “Sharing is caring!”
😉
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash
🖼 Windows 7/8/8.1'lardagi odatiy rasmlarni tomosha qilish vositasini Windows 10/11'ga qaytaramiz
Средство просмотра фотографий Windows — Windows 10'ga qadar bo‘lgan tizimlarda rasmlarni tomosha qilish uchun qoida bo‘yicha mo‘ljallangan vositadir.
Windows 10/11'lar uchun rasmlarni tomosha qilish uchun qo‘llanilayotgan Фотографии ilovasi chiqarilganidan so‘ng, eski “viewer” tizimdan g‘oyib bo‘ldi.
Biroq agar siz Средство просмотра фотографий Windows'ga odatlangan bo‘lsangiz, tizimdan o‘chirilgan ushbu ilovani osonlik bilan Windows 10/11'ga qaytarishingiz mumkin.
📥 Buning uchun shunchaki ushbu reyestr tvikini yuklab oling va arxivdagi tegishli fayl ustiga ikki marta bosish orqali ilovani faollashtiring yoki qayta o‘chirib qo‘ying.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Windows 10’ga standart rasmlarni ko‘rish dasturi qanday qaytariladi?
• Windows reyestri bilan bog‘liq mavzular ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Mutlaqo bepul kriptotreyding asosida daromad qilish bo’yicha video darslar
20-dekabrdan boshlab O’zbekistonliklar tomonidan tashkil qilingan Dubaydagi HBS Trading kompaniyasi tomonidan bepul darslar boshlanadi.
Darslar, faqatgina kanaldagi ishtirokchilarga taqdim qilinadi va barcha bilimlar Islom moliyasi bo'yicha o'rgatiladi.
Kanalga o’tib, darslar haqida batafsil ma’lumot oling. Tez orada qabul yopiladi!
Kanal - @hbstrading
#smartfon #android
🩻 Human Anatomy Atlas 2023 – inson tanasining eng batafsil va sifatli atlasi. Android 5.0+. Barchasi blokdan chiqarilgan
📎 Human Anatomy Atlas 2023 v2023.02.001 mobil ilovasini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kengaytirilgan voqe'lik va kimyo
• Yapon maktabidagi kimyo darsidan lavha
• Kimyoni zerikishsiz o‘zlashtirish va kimyoviy tajribalarni laboratoriyasiz vizuallashtirish
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #texnologiya
🏗 Lego kubikchalaridan Fransiya poytaxti Parij shahridagi Eyfel minorasi maketining yasalishiga oid video animatsiya effekti
📌 P.S.: Buni qurishni boshlab yakunlashga har kimning ham sabri chidamasa kerak 😣
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
11-sinfda o‘qib turib Xalqaro IT universitetning 1-kursida o‘qisa bo‘ladimi? 🧐
Ha, albatta bo‘ladi 🚀
IDU universiteti bu imkoniyatni barcha 11-sinf o‘quvchilariga taklif qiladi.
Yaʼni maktabni tugatmay turib TALABAsiz, aqlbovar qilmaydi🔥
📩 Batafsil maʼlumot uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
https://forms.amocrm.ru/rlrlzxr
#mulohaza_uchun #maslahat
🌬Charchagan paytingizda o‘zingizni biror ish bilan mashg‘ul bo‘lishga qanday undashingiz mumkin?
– O‘rningizdan turing va o‘qishingiz, ishingiz yoki uydagi biror yumush bo‘yicha aynan nima qilish lozimligi borasida bir to‘xtamga keling;
– O‘zingiz uchun qahva yoki choy damlab oling. Bu aynan nima bo‘lishi muhim emas, asosiysi, siz buning haqiqiyligiga ishonch bildirsangiz bas;
– Maqsad va vazifalaringiz haqida o‘ylang va yozing: agar juda charchagan bo‘lsangiz, unda sizga muayyan bir vaqt davomida bajarishingiz mumkin bo‘lgan kichik maqsadlar zarurroqdir;
– To‘xtab qolmang: kerakli ritmga tushib olishingiz bilan, bajarayotgan ishingiz sizga osonroq bo‘lib tuyuladi. Muvaffaqiyat kaliti – bu asl charchoqni prokrastinatsiyadan farqlay bilishda va hattoki ishni keyinga qoldirish istagida bo‘lgan paytingiz ham, ishlashga o‘zingizni unday olishingizdadir.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
📊 Excel dasturidagi 201 mohirliklar jamlangan kitob endi o'zbek tilida! Uni Qo'llanmalar bo'limidan olishingiz mumkin.
🔄 Bundan tashqari quyidagi yangilanishlar ham amalga oshirildi:
• Videodarslar bo'limiga Milliy ta'lim resurslarining kursiga havolalar qo'shildi;
• Dastur imkoniyatlarini oshirish uchun Kengaytmalar bo'limi ochildi va dasturchalar joylab borilmoqda;
• Mavjud bo'limlarga turli formatdagi ma'lumotlar qo'shilmoqda.
😎 Hammasi yagona botda: @ExcelDarsBot
#operatsion_tizim #game
📺 Windows'da FPS'ni ko‘rsatish uchun ichki o‘rnatilgan vositani faollashtirish
FPS (frame per second) — o‘yin jarayoni kadrlar buferidagi tasvirning yangilash chastotasini ko‘rsatuvchi o‘lchov birligi. Windows 10'da esa faollashtirilishi oson bo‘lgan ichki o‘rnatilgan FPS hisoblagichi mavjud.
Buni amalga oshirish tartibi quyidagicha:
1️⃣. WIN
+
G
klavishlari birikmasini bosamiz.
2️⃣. Game Bar'da “Производительность” bo‘limini ochamiz.
3️⃣. “FPS” bandi ustiga bosamiz.
4️⃣. “Запросить доступ”ga bosamiz.
5️⃣. Kompyuterni qayta yuklaymiz.
6️⃣. O‘yinni ishga tushiramiz va “Производительность” bo‘limini ochamiz.
Hammasi shunday iborat! Buning natijasida nafaqat FPS, balki GPU (videokarta), CPU (protsessor) va RAM (operativ xotira)ning ham yuklanganlik darajasi ko‘rinadigan bo‘ladi.
📝 Manba: @tech_lifehacks
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kompyuteringizdagi “FPS” aslida nimaligini bilasizmi?
• O‘yinlar tufayli kompyuterni eskirishdan qanday himoyalash mumkin?
• Kompyuter qanday o‘yinlarni “ko‘tara olishini” aniqlaymiz
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word #excel #security
🔏👀 Word va Excel'da himoyalangan ko‘rish (Защищенный просмотр)ni o‘chirib qo‘yish
Microsoft Word va Excel'larda hujjat yoki jadval fayllarini ochishda “Защищенный просмотр” bildirishnomasiga, unga qo‘shimcha ravishda esa: “Будьте осторожны: файлы из Интернета могут содержать вирусы. Если вам не нужно изменять этот документ, лучше работать с ним в режиме защищенного просмотра” yoki “Изменение файлов этого типа запрещено параметрами политики” kabi keltirilgan izohlarga ko‘zingiz tushishi mumkin. Ushbu holatda hujjat tahrirlanishi joiz bo‘lsa, himayalangan ko‘rish rejimidan chiqish talab etiladi.
Ushbu ko‘rsatmamizda ushbu rejimning nega faollashishi va qanday qilib Word va Excel'larda himoyalangan ko‘rishni o‘chirib qo‘yish mumkinligi xususida so‘z yuritamiz.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan
postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #tarmoq #internet
Materiklar o‘rtasidagi Internet ta'minoti qanday yo‘lga qo‘yilganini bilasizmi? 🤔
🌐 Qaysi dargohda faoliyat yuritishimizdan qat’i nazar, barchamiz Internet tarmog‘idan faol tarzda foydalanib kelamiz. Xo‘sh, ushbu global tarmoqning materiklar o‘rtasidagi ta’minoti qanday ko‘rinishda yo‘lga qo‘yilgan deb o‘ylaysiz, simlimi yoki simsiz?
❓Simli va simsiz ulanishdagi uzatish tezligi orasidagi farq qanday ekanligini sizga alohida tushuntirib o‘tirishga hojat bo‘lmasa kerak.
🛰 Ko‘pchilik materiklar orasidagi Internet ta’minoti sun’iy yo‘ldoshlar orqali amalga oshiriladi deb o‘ylaydi. Bu qaysidir ma’noda to‘g‘ri, lekin butunlay emas. Agar siz ham shu paytgacha shu kabi fikrlab kelgan bo‘lsangiz, unda ushbu postimiz bu boradagi qarashlaringizni o‘zgartiradi, degan umiddamiz!
👆🏻Media fayllar orqali, materiklar orasini Internet bilan bog‘lovchi optik tolali kabellarning umumiy ko‘rinishi va ulanish sxemalari bilan tanishishingiz mumkin.
📝 Manba: @tarmoq_tizim
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security
🚫 Windows 10'da torrentlar va “keraksiz” dasturiy ta’minotlarni bloklashni bekor qilish
Tizimga ichki o‘rnatilgan “Windows Defender” (“Защитник Windows”) 2021-yilning avgust oyidan boshlab uTorrent, CCleaner va boshqa “yomon” mavqega ega dasturlarning ishlashini cheklashni boshladi. Ushbu opsiyani bekor qilish usuli mavjud.
Buning uchun “Параметры” oynasini ekranga chaqirib (WIN
+
I)
, ushbu oynada “Обновление и безопасность” > “Безопасность Windows” > “Управление приложениями/браузером” > “Параметры защиты на основе репутации” bandlari bo‘ylab o‘ting.
Bu yerda kompyuterdagi ilovalarni bloklash uchun mas’ul bo‘lgan “Блокировка потенциально нежелательного приложения” bandi mavjud. Uni o‘chirib qo‘yish yetarlidir.
📝 Manba: @guide_it
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#dasturlash #maslahat
📋 Dasturlash tillaridan turli qiyinchilikdagi misollarni ishlash uchun 25 ta sayt
Quyidagi saytlar orqali bilimlaringizni yanada mustahkamlashingiz va turli algoritmlarni o‘rganishingiz mumkin:01.
HackerEarth02.
HackerRank03.
Exercism04.
SPOJ05.
Programmr06.
TopCoder Challenges07.
CodeForces08.
CodeWars09.
CodeChef10.
CodeGym11.
CodePen Challenges12.
CodinGame13.
LeetCode14.
GeeksForGeeks15.
ProjectEuler16.
URI Online Judge17.
Reply Challenges18.
KickStart — Google’s Coding Competitions19.
Code Jam20.
Kaggle Learn21.
SoloLearn22.
Geektastic23.
Coding Bat24.
CodeSignal25.
Edabit
Yuqoridagi saytlar orqali dasturlashni o‘rganish, turli qiyinchilikdagi misollarni biror dasturlash tilida amaliy ishlab ko‘rish, kod va algoritm to‘g‘ri yozilganligini tekshirib ko‘rish imkoniyati ham mavjud.
Yana bir qulayliklaridan biri – siz istalgan kodingizni ishga tushirib, tekshirib ko‘rsangiz ham bo‘ladi. Bu haqida keyingi maqolalarimizda batafsil yozamiz.
🇬🇧 Saytlar haqidagi batafsil ma’lumot ingliz tilidagi ushbu maqolada keltirilgan.
📝 Manba: @tutorialsuz
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish tavsiya etiladi:
• Dasturchi uchun Time Management kerakmi?
• Dasturchilar qancha daromad topadi?
• Dasturchilik kasbi, unga o‘qish narxlari va maoshlar — dasturchi Botir Ziyatov bilan suhbat
• “Oyiga 5 000 – 7 000 AQSh dollarigacha daromad topyapman!..” 23 yoshli frilanser Sardor Islomov bilan suhbat
• “Qanday qilib frilanser bo‘lish mumkin“ligi to‘g‘risidagi to‘liq ko‘rsatmalar yoki hamyurtimiz hikoyasi
• Qanday qilib oliy maʼlumotsiz muvaffaqiyatga erishish mumkin: mahalliy IT-mutaxassislar tarixi
• Dunyoga mashhur tizimlarning yaralishida qo‘llanilgan dasturlash tillari
• Dasturlash, uning sohalari, har bir soha uchun kerak bo‘luvchi kompyuter xarakteristikalari
• Dasturlash bilan shug‘ullanish uchun kompyuter tanlash (rus tilidagi video)
• Python dasturlash tili haqida 5 fakt
• Bolalarni dasturlashga o‘rgatuvchi eng yaxshi 9 o‘yin
• Mimo | SoloLearn | Основы HTML и CSS mobil ilovalari
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
OCHIQ SUHBAT | 💥
🇬🇧 Britaniya standartlari bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’lib rivojlangan mamlakatlarda kamida 3.000$ maoshlik ishda ishlashni istaysizmi?
Unday holda IDU universitetiga marhamat!
🗣Biz sizni IDU asoschisi - Ibrohim Xurramov bilan ochiq suhbatga taklif etamiz!
Suhbat dovimida:
📌IDUning xususiyatlari qanday va u o’z talabalari uchun qanday eshiklarni ochadi?
📌Nima uchun aynan IT sohasini tanlash kerak?
📌Qanday qilib 100 ta grant sohiblaridan biri bo'lib IDU universitetida oliy ma'lumotga bepul ega bo’lish mumkin?
📌Qanday qilib universitetni ikkinchi kursidan 500$ dan ortiq daromadga chiqish mumkin?
🔎 Barcha savollarga javobni batafsil 20-dekabr saot 19:00da bo’lib o’tadigan ochiq suhbatimiz davomida olasiz. O’tkazib yubormang!💫
Ochiq suhbat uchun havola (link) ertaga
👉 @idu_uz telegram kanalimizda, bir soat oldin (18:00)da joylanadi
#operatsion_tizim #hardware
❌ Windows xotira kartasi (fleshka)ni formatlashni uddalay olmagan holatda nima qilish mumkin?
Bunda bizga diskni tozalash uchun xizmat qiluvchi DISKPART opsiyasini qo‘llash usuli yordam berishi mumkin.
Buyruq satri (Командная строка)ni administrator nomidan ishga tushiramiz, so‘ngra navbat bilan ushbu buyruqlarni kiritamiz:
1️⃣. diskpart
– maxsus buyruq bilan ish boshlanadi;
2️⃣. list disk
– ushbu buyruqning bajarilishi natijasida formatlanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasining raqamini eslab qoling, keyingi o‘rinlarda bu — N
;
3️⃣. select disk N
– raqamiga qarab kerakli diskni tanlash;
4️⃣. clean
– tanlangan saqlash qurilmasidagi ma’lumotlarni tozalaymiz;
5️⃣. create partition primary
– asosiy bo‘limni yaratamiz;
6️⃣. format fs=fat32 quick
(yoki fs=ntfs quick
) – tanlangan saqlash qurilmasini FAT32 yoki NTFS fayl tizimida formatlaymiz (quick
qo‘shimchasi jarayonni tezlashtirish uchun xizmat qiladi);
7️⃣. Agar 6-banddagi buyruq bajarilib, formatlanish jarayoni tugallanganidan so‘ng Windows'ning Проводник (WIN
+ E
) oynasida saqlash qurilmasi paydo bo‘lmasa, 8-bandni qo‘llang, aks holda uni o‘tkazib yuboring;
8️⃣. assign letter=Z
– bu yerda Z — fleshka yoki xotira kartasi uchun tayinlamoqchi bo‘lgan harfimizdir;
9️⃣. exit
– DISKPART opsiyasi ishini yakunlaymiz.
Shundan keyin buyruq satri oynasini yopishingiz mumkin.
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #maslahat
🗂 Рабочий стол'imizda 5 daqiqada shaffof (ko‘rinmaydigan) papka yaratamiz
Agar ushbu maqolamizga muvofiq Рабочий стол (Ishchi stol)ingizdagi ma’lumotlarni D diskida saqlanadigan qilib sozlab olgan bo‘lsangiz, endi unda ma’lumotlarni qo‘rqmasdan saqlayversangiz bo‘ladi.
Tizim ma’lum sabablarga ko‘ra buzilib qolib, ishga tushmay qolgan taqdirda ham siz C diskini formatlab, unga yangi tizimni o‘rnatasiz, D diskidagi ma’lumotlaringiz esa saqlanib qoladi! (bu ham sizning ehtiyotkorligingizga boq‘liq, albatta!) 😉
Endi Ishchi stolida doimiy qo‘llab keladigan fayllaringizni shaffof (ko‘rinmaydigan) papkada saqlasangiz ham bo‘ladi, buni amalga oshirish qadamlari bilan tanishamiz:
1️⃣. Shaffof ikonkani yuklab olamiz.
2️⃣. Ishchi stolida yaratilgan (CTRL
+
SHIFT
+
N)
papkani ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan menyu ostidagi “Свойства” bandini tanlaymiz.
3️⃣. Ochilgan muloqot oynasida papkaning nomini belgilab, ALT
klavishini bosib turgan holda klaviaturaning raqamli blokida 255
'ni kiritish orqali ko‘rinmas probelni hosil qilamiz va barmog‘imizni ALT
klavishidan olamiz.
4️⃣. Ushbu oynaning o‘zida “Настройка” varaqa (вкладка)siga o‘tamiz → oyna ostidagi “Сменить значок” tugmasiga bosamiz → oynaning yuqori o‘ng burchagidagi “Обзор” tugmasiga bosamiz → yuklab olingan ikonka joylashgan manzilni ko‘rsatamiz.
📎 Tayyor! Endi papkaning rasmi (ikonkasi) shaffof bo‘ladi va uni hech kim ko‘rmaydi! Biroq shuni inobatga olish lozimki: Ishchi stolidagi barcha elementlar belgilanganida (CTRL
+
A)
papka sezilib qolishi mumkin.
Mayli, hechqisi yo‘q, hech bo‘lmaganda sizni “xaker” deb hisoblab, “Buni qanday qilding?” deb qiziquvchilar ortadi! 😉
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software
⏱ Kompyuterni o‘chirish uchun oddiy taymer dasturi
Ba’zida bizda biror dasturiy ta’minot yoki apparat tugmalariga murojaat etgan holda kompyuterni qo‘lda o‘chirish uchun imkoniyat, vaqt yoki shunchaki xohish bo‘lmasligi mumkin. Aynan shunday vaziyatlarda Shutdown PC Timer yordamchi dasturi bizga yordamga keladi.
Shutdown PC Timer — bu taymer orqali kompyuterni o‘chirish uchun eng oddiy yordamchi dasturdir. Uning yordamida tizimni muayyan vaqtdan so‘ng osongina o‘chirish, qayta yuklash yoki uyqu rejimiga yuborish mumkin.
Kompyuterning o‘chirilishi bunga hali tayyor bo‘lmagan foydalanuvchini ajablantirmasligi uchun yordamchi dastur uni avval o‘n daqiqa qolganida, keyin esa bildirishnomalar yordamida bir daqiqa qolganida ogohlantiradi.
Shutdown PC Timer sozlamalarida ushbu dasturni boshqa oynalar ustidan ko‘rinib turadigan qilish, bildirishnomalar chiqishini cheklash va dasturni to‘liq yopish o‘rniga uni tizim soati yonidagi treyga tushib turadigan qilib sozlash mumkin.
📝 Manba: @komputeer
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
• Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Gibernatsiya rejimini faollashtirish
• Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash
• Kompyuterda uyqu rejimidan chiqishda so‘raluvchi parolni o‘chirib qo‘yish
• Windows 10’da gibernatsiya
• Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish
• Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
• Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
• SHUTDOWN buyrug‘i
• Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish
• Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz
• Noutbuk (laptop)ni tezkor quvvatlash
• Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Original Windows'ni yuklashni o'rganamiz! Nega faqat original Windows faylidan foydalanish kerak?
#videodars / #windows
ℹ️ Nega aynan original windows'dan foydalanish kerak?
Ekspertlarning fikricha windows'ni turli dasturchilar tomonidan sborka qilinishi har doim ham xavfsiz emas ekan. Ba'zi sborkalarda kerakli funksiyalar olib tashlangan, ortiqcha fayllar (ba'zan viruslar) hamda windows "chala" tayyorlangan bo'lishi mumkin ekan.
✅ Bugungi darsimizda original windows'ni microsoft.com saytidan va bir ajoyib dastur yordamida windows va MS Office dasturlarining turli versiya, yangilanish va redaksiyalarini yuklashni o'rganamiz.
▶️ YouTube'da ko'rish (HD)
⏳: 06:44 💾: 22.5 mb
📌 Mavzuga oid postlar:
• Windows 7'ni o'rnatish bo'yicha videokurs
• Windows 10'ni mustaqil o'rnatishni o'rganamiz
• Windows'larning barcha turlari, redaksiyalari bilan tanishamiz. O'zimiz uchun Windows tanlaymiz!
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
#word #maslahat
📄 Microsoft Word uchun layfxaklar (2-qism)
Ushbu postimizda Microsoft Word'da ishingizni osonlashtirishi mumkin bo‘lgan ba’zi layfxaklar haqida ma’lumot berishni boshlagandik. Bugun hujjatni bezatish va tayyor matnning o‘qilishini yaxshilash borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
5️⃣. Bir nechta alohida matn bo‘laklarini ajratish
Ketma-ket kelmagan matn bo‘laklarini ajratish imkonini taqdim etuvchi juda foydali funksiya. Bunda CTRL
klavishini bosib turgan holda hujjatning turli qismlari sichqonchaning chap tugmasi bilan boshqariluvchi kursor yordamida belgilanadi.
6️⃣. Ichki almashinish buferi (Буфер обмена)
Word barcha nusxalayotgan narsalaringizni eslab qoladi va ushbu elementlarning istalganini kengaytirilgan almashinish buferidan topish mumkin.
Ushbu opsiya post ostidagi rasmda👇🏻 ko‘rsatilgan “Буфер обмена” tugmasini bosish orqali chaqiriladi va hujjatni ishga tushirib, uni yopguningizga qadar bo‘lgan tahrirlash davomidagi nusxalashlaringiz tarixini o‘ziga yozib borishi mumkin.
Agar “Параметры” menyusidagi mos keluvchi opsiya faollashtirilsa, uni istalgan vaqtda CTRL
+ C
klavishlari birikmasini ikki marta bosish orqali ekranga chaqirish mumkin.
7️⃣. Satr oxiridagi uzun so‘zlarni bo‘laklarga ajratish (Расстановка переносов)
Uzun so‘zlarni bo‘laklarga ajratish – ularning o‘qilishini yaxshilaydi, shuningdek so‘zlar orasida uzun intervalli bo‘shliqlar qoldirilishining oldini oladi.
Siz ularni birma-bir qo‘lda o‘rnatib chiqishingiz (matnning kerakli qismiga borib, CTRL
+ -
klavishlari birikmasini bosish orqali, bunda harflar yuqorisida joylashgan “minus” belgisi nazarda tutilgan) yoki buni kompyuterning o‘ziga topshirishingiz mumkin.
Buning uchun menyu satrining “Макет” varaqa (вкладка)siga o‘ting, “Расстановка переносов” tugmasi bosish orqali uning ro‘yxatini oching va “Авто” variantini tanlang.
📌 P.S.: Ushbu usul ko‘proq rus va ingliz tilidagi matnlar bilan ishlashda qo‘l kelishi mumkin, o‘zbek tilidagi matnlar bilan ishlashda dastur xatolik bilan yondashadi, ammo o‘zbek tilidagi uzun so‘zlarga nisbatan yuqorida keltirilgani kabi bo‘g‘inlarga qo‘lda ajratish usulini bemalol qo‘llayverishingiz mumkin.
8️⃣. Ajralmas probellar
Ba’zida abzatsda familiya va ismning bosh harflari kabi so‘zlar qatnashsa va ular muayyan satrning oxiriga kelib qolsa, familiyalar yuqori satrning oxirida, ismlarning bosh harflari pastki satrning boshiga o‘tib ketadi, bunga sonlardan o‘lchov birliklarining keyingi satrda ajralib tushib qolishini ham misol o‘rnida keltirish mumkin (masalan: 5 sm, 10 kg, 25 l).
Bunday holatlarda hujjatdagi matnning o‘qilishiga jabr yetmasligi uchun – ajralmas probellarni qo‘llash qulay va to‘g‘ridir. Ular tufayli matn elementlari bir-biriga “yelimlanadi” va ushbu usulda biriktirilgan ikki so‘z hech qachon turli satrlarga ajralib qolmaydi.
Buning uchun ikki so‘z o‘rtasidagi oddiy probelning o‘rniga CTRL
+ SHIFT
+ PROBEL
birikmasi bosiladi. Ajralmas defis (chiziqcha) ham xuddi shu tamoyilda qo‘llaniladi va bunda CTRL
+ SHIFT
+ -
(harflar yuqorisidagi “minus” belgisi) birikmasi bosiladi. Misol uchun: ketma-ket, qop-qora, zim-ziyo, qarama-qarshi, birma-bir va shu kabi boshqa juftlikda keluvchi so‘zlarda.
📌 P.S.S.: Ushbu foydali opsiya haqida ushbu postimizda ham qo‘shimcha ma’lumot keltirilgan:
• Ajratib yozaymi yo qo‘shib?
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word #maslahat
📄 Microsoft Word uchun layfxaklar (1-qism)
Word bilan hamma ishlaydi, biroq har kim ham undagi ishni ancha osonlashtiruvchi fishkalari haqida bilmaydi. E’tiboringizga har kuni bajariluvchi vazifalarni avtomatlashtirish va matnni tayyorlashni tezlashtirish bo‘yicha bir nechta sir-asrorlarni havola etmoqchimiz.
1️⃣. Hujjatga sana va vaqtni tezkor joylashtirish
Joriy kun, oy va yilni hujjatga tezkor joylashtirish uchun SHIFT
+ ALT
+ D
klavishlari kombinatsiyasini qo‘llash mumkin. Sana KK
.OO
.YYYY
formatida aks etadi.
Vaqt bilan ham xuddi shu amalni SHIFT
+ ALT
+ T
birikmasi yordamida amalga oshirish mumkin.
📌 P.S.: Hujjatga ushbu usul yordamida joylashtirilgan sana va vaqt – hujjat har safar qayta ishga tushirilganida yangilanib boradi 🔄.
2️⃣. Registrni tezkor almashtirish (harf katta-kichikligini boshqarish)
Agarda tasodifan matnni mos kelmagan registrda kiritib qo‘ygan bo‘lsangiz, ushbu matn bo‘lagini belgilang va SHIFT
+ F3
klavishlari birikmasi yordamida registrni kattadan kichikka va aksincha o‘zgartiring.
3️⃣. Kursorni so‘zlar bo‘ylab o‘tkazish
Agarda kursorni klaviatura strelkalari yordamida boshqarsangiz, u har bir simvol bo‘ylab siljiydi. Ushbu siljishni “tezlashtirish” uchun strelkalarni bosish oldidan CTRL
klavishini bosib turing. Kursor so‘zdan-so‘zga o‘tish orqali tezkor siljiydi.
📌 P.S.S.: CTRL
+ SHIFT
va strelkalarni bosish orqali so‘z hamda abzatslarni tezkor belgilashingiz mumkin.
4️⃣. Ro‘yxat elementlari/jadval satrlari o‘rnini o‘zgartirish
Agarda ro‘yxat elementlari/jadval satrlari tartibini o‘zgartirish zarurati yuzaga kelsa, o‘rni almashtirilishi lozim bo‘lgan satrga kursorni joylashtiring va SHIFT
+ ALT
birikmasini bosib turgan holda mos ravishda ↑
va ↓
strelkalarini bosing.
Davomi keyingi postda... 😉
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #game
💣 Bomber Friends – yo‘lingizda uchragan hamma narsani portlating va o‘zingizni portlatib yubormaslikka harakat qiling, o‘yinda fantastik janglar bo‘lib o‘tadigan ko‘plab bosqichlar va lokatsiyalar mavjud. Skinlar blokdan chiqarilgan
.
📎 Bomber Friends v4.69 mobil o‘yinini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security
⤴️ O‘chirilgan fayllarni tiklash
Agar tasodifan qandaydir kerakli fayllar o‘chirib yuborilgan bo‘lsa, xafa bo‘lishdan boshqa hech narsa kutilmasligi tayin. Misol uchun, fleshkadan o‘chirishda fayllar Корзина'ga borib tushmaydi, balki darhol o‘chiriladi. Biroq fleshka uchun Корзина'ni sozlashning usuli mavjud.
O‘chirilgan fayllarni tiklash uchun Microsoft'ning Windows File Recovery dasturidan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Dasturni Microsoft Store yoki microsoft.com saytidan yuklab olish imkoniyati mavjud.
Dasturni o‘rnatgandan so‘ng fayllarni tiklash uchun papka yarating. Ushbu papka fayllar tiklanayotgan diskdan boshqa diskda joylashgani maqsadga muvofiq.
Ilova konsol oynasi bilan ishlaganligi bois, Командная строка ishga tushirilishi lozim (WIN
+
R
→ cmd
→ ENTER
). Ochilgan konsol oynasida winfr G: D:\recover
buyrug‘ini ishga tushiring – bu yerda G
- fayllar tiklanayotgan disk harfi, D:\recover
esa - tiklangan fayllarni saqlash uchun oldinroq yaratilgan katalog (papka) manzili.
support.microsoft.com sayti orqali yordamchi dasturning imkoniyatlari haqida batafsilroq tanishish mumkin.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
• “Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin?
• Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish
• Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash
• Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
• Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
• Windows 10'da video drayverini qayta ishga tushirish (перезапуск)
• Kompyuterning ishga tushishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish
• MSDaRT (Microsoft Diagnostic and Recovery Toolset) kompyuter dasturi
• WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• CyberShredder kompyuter dasturi
• DiskDigger mobil ilovasi
• Microsoft Office dasturlarida saqlamasdan yopilgan hujjatlarni tiklash
• Excel'da saqlanmay yopilgan hujjatlarni tiklash
• Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
• “Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
• “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
• Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
• Android'ni zavod tomonidan o‘rnatilgan sozlamalarga xavfsiz qaytarish
• Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash
• Google Chrome'da yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #operatsion_tizim #security #maslahat
⤴️ Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash
Smartfonlar operatsion tizimlarining so‘nggi versiyalaridagi fayl menejerlarida, agar ulardan fayllar o‘chirilguday bo‘lsa, ularni ehtiyot shart “Корзина”ga yuborish imkoniyati qo‘shilgan. Bu bizga keyinchalik ushbu fayllarni qayta tiklash imkoniyatini taqdim etadi, ammo bunday imkoniyat barcha smartfonlarda ham mavjud emas. Shunday noma’qul vaziyat yuzaga kelganida bizga maxsus Wondershare Recoverit dasturi yordamga keladi.
Ushbu yordamchi dasturdan foydalanish tartibi quyidagicha:
1️⃣. Dasturni yuklab olamiz va kompyuterga o‘rnatamiz.
2️⃣. Uni ishga tushiramiz.
3️⃣. Saqlash qurilmasini shaxsiy kompyuterga ulaymiz.
4️⃣. O‘chirilgan fayllarni izlashni ishga tushiramiz
└ Dastur barcha o‘chirilgan fayllarni topadi va ularni turli toifalar bo‘yicha papkalarga ajratadi.
5️⃣. Bizga kerakli fayllarni tanlaymiz.
6️⃣. Ma’lumotlarni boshqa saqlash qurilmasiga saqlaymiz.
Tayyor! Smartfonlar, planshetlar, foto-, videokameralar, qattiq disklar – bularning barchasi Wondershare Recoverit dasturi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Xalqimizda: “Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q”, “So‘nggi pushaymon – o‘zingga dushman” kabi maqol mavjud. Shunday ekan, avvalambor qurilmadagi fayllardan doim back-up olib turishga, ularni saqlashda bulutli texnologiyalardan foydalanishga odatlanmog‘imiz lozim.
📝 Manba: @GooogleTM
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Tiklash mavzusiga doir barcha postlarimiz ro‘yxati.
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #texnologiya #internet
📹🏪 Beysyachju – strimerlar qishlog‘i
Umumiy 22 gektar maydonni egallagan va 13 ming doimiy aholisi boʻlgan qishloq dunyodagi eng yirik kichik ulgurji bozori makoni boʻlgan Iu shahri yaqinida joylashgan.
Xitoyning 1-raqamli elektron tijorat qishlog‘i kuniga millionga yaqin posilka jo‘natadi. Minglab aholi vakillari jonli translyatsiyalar orqali katta miqdordagi mahsulotlarni arzon narxlarda sotadilar.
ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
💻 Tekinga Android dasturlashni o‘rganing!
Assalomu alaykum, men Sanjar Suvonov Android dasturlash sohasida bir necha yil tajribaga ega dasturchiman.
‼️Hozirda ko‘pchilik insonlar IT'ni o‘rganish uchun o‘quv kurslariga, akademiyalarga katta to‘lov evaziga kasb o‘rganmoqdalar.
Sharoiti og‘ir va moddiy tomonlama imkoni bo‘lmagan insonlarda esa o‘rganish imkoniyati bo‘lmaydi 😔
Shu sababdan men o‘zimning SanjarSuvonov">YouTube-kanalimda Android dasturlashdagi bilimlarimni video-darslik ko‘rinishida ulashishga qaror qildim 🎉
🎞Videodarsliklarni ko‘rib siz bemalol Android'da mobil dasturlar yarata olasiz. Yaxshisi o‘zingiz SanjarSuvonov">YouTube-kanalimga kirib xolisona baho bering.
Videodarslar ma’qul kelsa, boshqalarga ham tavsiya qiling. Bu darslar barchamiz uchun manfaatli bo‘lsin 🤲
🔗 Link: SanjarSuvonov" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@SanjarSuvonov
#smartfon #android #game
🧩 World of Goo — kuchli fizikaga ega mashhur o‘yinning mobil talqini. Rus tiliga tarjima qilingan + zamonaviy qurilmalarga moslashtirilgan
.
📎 World of Goo v1.2 mobil o‘yinini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor
Sizdachi, odatda eng kattasi qaysi? 😉
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet #game
🕹 Chrome brauzerida internetni uzmagan holda Dino o‘yinini o‘ynaymiz
Google dinozavrchasi – Google Chrome foydalanuvchilarida Internet o‘chganida brauzer oynasida avtomatik yuzaga keluvchi o‘yin personaji.
Foydalanuvchi avtonom rejimda bo‘lganida, unga Internetga ulanmaganligi xabari chiqib turadi. Yuqorisida Tirannozavr ko‘rinib turadi, Android yoki iOS'da uning ustiga bosish yoki shaxsiy kompyuterlarda SPACE
(PROBEL) klavishining bosilishi o‘yinni ishga tushiradi.
Agar ushbu o‘yinni biroz o‘ynash istagi bo‘lsa, u holda Internetni uzib o‘tirish shart emas. Uni Chrome brauzerining ichki manzillariga o‘tish orqali brauzer oynasiga chaqirish mumkin:
1️⃣. chrome://network-error/-106
– o‘yin odatdagidek Internetga ulanish mavjud emasligi to‘g‘risidagi xabar bilan birgalikda kichik shaklda ko‘rinib turadi.
2️⃣. chrome://dino/
– ortiqcha elementlarsiz to‘liq ekranli o‘yin.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome’dagi dinozavrcha keltirilgan o‘yinda to‘siqlar bo‘ylab o‘tish
• Karantin vaqtida Arduino bilan unumli vaqtichog‘lik
• Chrome orqali Super Mario'ni o‘ynaymiz
• Google'da sirli minio‘yinlarni faollashtiramiz
• Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin
• Android’da o‘yinlardagi grafika sifatini oshirish
• Barcha geymerlar uchun qadrdon bo‘lishga ulgurgan Counter Strike o‘yini kodlari
• Katta o‘yin yaratish istagi nimadan boshlanadi?
• “Сапёр” o‘yinidan qanday qilib tez o‘tish mumkin?
• Kompyuter qanday o‘yinlarni “ko‘tara olishini” aniqlaymiz
• Ushbu postimiz ko‘proq “Gamer”lar uchun!
• FPS darajasining tasvir sifatiga ta’siri
• Kompyuteringizdagi “FPS” aslida nimaligini bilasizmi?
• Windows'da FPS'ni ko‘rsatish uchun ichki o‘rnatilgan vositani faollashtirish
• O‘yinlar tufayli kompyuterni eskirishdan qanday himoyalash mumkin?
• Mashhur video o‘yinlardagi ovozlarni qanchalik eslay olasiz?
• Kompyuter o‘yinlariga qaramlik kasallik deya tan olindi
• Virtual reallikka asoslangan o‘yinlardagi sahnalar qanday tasvirga olinadi?
• Windows 10’da o‘yin rejimi qanday faollashtiriladi?
• Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
• Yurtimizdagi ilk tarixiy video oʻyin
• “Tetris” o‘yini tarixi haqida qisqa ma’lumot
• “Электроника” o‘yin qurilmalari
• Android 10'dagi sirli o‘yinni qanday ochish mumkin?
• “Sudoku otasi” vafot etdi
• Eng murakkab Sudoku boshqotirmasi
• VR yordamida poyga o‘yini jarayoniga to‘liq sho‘ngish
• 3 ta 49 dyuymli monitor sinxron ishlaganida
• “Dota 2” bo‘yicha “The International 2021” jahon chempionati g‘olibi
• To‘qima xaritalarning yaratilish jarayoni
• Telegram'da bot yordamida mamlakatlar bayroqlarini o‘rganamiz
• GTA Vice City o‘yinini eslaymiz
Dasturlashni o‘rganish uchun saytlar va mobil ilovalar:
• SoloLearn
• Mimo
• Основы HTML и CSS
• Bolalarni dasturlashga o‘rgatuvchi eng yaxshi 9 o‘yin
• Qarshi oling: Grasshopper – JavaScript’da dasturlashni o‘rgatuvchi bepul o‘yin!
• O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
Hazil postlar:
• GTA – bolalar versiyasi
• Uyquchilar uchun juda mos keluvchi budilnik
• Onlayn mashg‘ulot vs. video o‘yin
• “O‘qish” uchun kompyuter konfiguratsiyasi
• Geymer & muhandis
Kompyuter / mobil qurilmalar uchun dastur va o‘yinlar:
• Game Protector kompyuter dasturi
• Rubik kubikini yig'ish sxemalarini taqdim etuvchi 9 mobil ilova
• Subway Surfers, u bo‘yicha qiyosiy hazil va uning akapella guruhi tomonidan ijrosi
• PC Creator PRO - PC Building Simulator
• Numpuz
• Angry Birds 2
• Quick Brain
• Tap Tap Dash
• Geometry Dash World
• Plants vs. Zombies
• Plants vs. Zombies 2
• Bridge Constructor
• Crossy Road
• Hill Climb Racing
• Among Us
• Sea Battle 2
• Monopoly
• The Archers 2
• Machinarium
• 4 pics 1 word
• Ko'paytirish jadvali
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija