Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
#operatsion_tizim #security
Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi? 🛡🚫
“Защитник Windows”, ya’ni ushbu operatsion tizim tarkibida keluvchi ichki antivirus kompyuter resurslarining aksariyat qismini iste’mol qiladi. Shunday ekan, agarda kompyuteringiz parametrlari kuchsizroq bo‘lsa, unda uning ish samaradorligini oshirish maqsadida ushbu opsiyani o‘chirib qo‘yish mumkin.
1️⃣. Windows'ning qidiruv satriga Безопасность Windows'ni kiritib toping va ishga tushiring. Защита от вирусов и угроз varaqa (вкладка)siga o‘ting.
Параметры защиты от вирусов и других угроз bo‘limida Управление настройками'ning ustiga bosing.
Bu yerda biz real vaqtdagi himoyani, bulutli himoyani va antivirusning boshqa funksiyalarini o‘chirib qo‘yishimiz mumkin.
2️⃣. WIN + R
klavishlari birikmasini bosish orqali Выполнить oynasini ekranga chaqiring va unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritib, ENTER
klavishini bosish orqali Редактор локальной групповой политики oynasini ishga tushiring.
Chap tomondagi panelda quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting: Конфигурация компьютера → Административные шаблоны → Компоненты Windows → Антивирусная программа “Защитник Windows”.
O‘ng tomondagi katta panelda Выключить антивирусную программу «Защитник Windows» parametrini toping. Uning ustiga ikki marta bosing va o‘tkazgichni Включено holatiga o‘rnating.
❗️Защитник Windows o‘rniga sizda Microsoft Defender deb yozilgan bo‘lishi mumkin.
Shundan so‘ng, Windows’ning himoya tizimi ishlamay qoladi, bu haqda sizga bildirishnoma keladi. Endi kompyuterni shu holicha qoldirishingiz yoki boshqa antivirus dasturini o‘rnatishingiz mumkin.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows Defender (Защитник Windows)ni tezkor o‘chirish
• Аntivirus va viruslarga oid postlar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #hardware #mulohaza_uchun #maslahat
🔋 Sovuq havoda smartfon akkumulyatorini asrash bo‘yicha maslahatlar
Ayoz ob-havoda smartfonda eng ko‘p ikki element: kimyoviy akkumulyator va displey jabr ko‘radi. Birinchisida, ayniqsa, uzoq muddatli sovuqda ichki umumiy quvvatlanish hajmi yo‘qoladi, ikkinchisida esa suyuq kristallarning dinamikasi yomonlashadi, bu LCD sensorlar va ekranlarning javob vaqti va reaksiyasiga ta’sir qiladi.
Sovuqda smartfon ekranida aks etayotgan quvvat qoldig‘iga ham ishonishning hojati yo‘q. Ayoz tufayli qurilma ishlashida “qotib qolish”lar ko‘p kuzatiladi. Diodli AMOLED-displeylarida ushbu qotish effekti bo‘lmaydi, ammo sovuq havoda ko‘zga seziluvchi yoqimsiz miltillash paydo bo‘lishi mumkin.
Butkul muzlagan smartfonda polimer membranalarining harakatchanligi yomonlashadi. Shu sababli, karnaylarning ovozida ham o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Qurilma ishlashidagi jiddiy buzilishlarning oldini olish va qurilmaning ish faoliyatini saqlab qolish uchun bir nechta eng muhim va sodda qoidalar mavjud:
1️⃣. Telefoningizni silikon, plastmassa yoki rezinali g‘ilofda saqlang. Bunday materiallar minimal issiqlik o‘tkazuvchanligiga ega;
2️⃣. Qurilmangizni muz va qor bilan qoplangan sirtlarga qo‘ymang;
3️⃣. Smartfonni cho‘ntagingizda, o‘zingizga yaqinroq tuting;
4️⃣. Sovuqda quvvatlashdan, ayniqsa tezkor quvvatlashdan saqlaning, chunki batareyaga zarar yetkazish yoki uning ish faoliyatini qaytarib bo‘lmaydigan darajada yomonlashtirish xavfi mavjud. Agar busiz hech iloji bo‘lmasa, telefonni zaif tok oqimi bilan va uzoq bo‘lmagan muddatda quvvatlang;
5️⃣. Biroq, agar sizda portativ quvvatlagich (Power Bank) bo‘lsa, smartfonni cho‘ntagingizda quvvatlashni boshlashingiz mumkin. Quvvatlashdagi tok oqimi smartfonning o‘zi va batareyasini biroz isitadi va shu bilan uning sovib qolish tezligini sekinlashtiradi;
6️⃣. Qattiq sovuqda batareya quvvatini 40-70% oralig‘ida saqlang. Standart litiyli batareyalar uchun sovuqda juda kam quvvat, shuningdek, maksimal quvvat, muayyan litiy hujayralari resurslariga (ya’ni umumiy ishlash davomiyligi sikliga) salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
7️⃣. Agarda batareya olinadigan bo‘lib, smartfon juda sovib ketsa, batareyaning o‘zini qo‘lingizda yoki xona sharoitida isitishga urinib ko‘rishingiz yoki issiq cho‘ntagingizda zaxira batareyaga ega bo‘lsangiz, ularning o‘rnini vaqtinchalik almashtirishingiz mumkin (hozirda bunday smartfonlar qariyb qolmagan desa ham bo‘ladi);
8️⃣. Agar telefoningizni issiq cho‘ntagingizdan kamroq chiqarishga yordam beradigan bo‘lsa, qo‘shimcha simli yoki simsiz gadjetlardan foydalaning. Masalan, quloqchinlar yoki aqlli soatlarning ba’zi modellari bilan qo‘ng‘iroqlar va xabarlarga javob berishingiz mumkin;
9️⃣. Haroratning tezkor o‘zgarishidan saqlaning. Sovuqdan issiqqa qaytganingizda, telefonni asta-sekin xona haroratida isishiga qo‘yib bering va tashqi isitish elementlaridan foydalanmang. Telefoningizni hali isishga ulgurmagan cho‘ntagingiz yoki sumkangizda qoldiring. Smartfonning xona haroratiga silliq qaytishi uni ham tashqi va eng muhimi, korpusning ichki qismidagi kondensatsiyadan himoya qiladi.
📝 Manba: @bugnotfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Batareyalarga oid mavzularimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #hardware #operatsion_tizim
💾 SSD va HDD xotiralar bir-biridan qanday farq qiladi?
— SSD disklarda mexanik qismlar bo'lmaydi va ular HDD disklardan anchagina mustahkam bo‘ladi. Kompyuteringizga shikast yetguday bo‘lsa, SSD xotiraga ko‘p hollarda zarar yetmaydi.
— SSD va HDD xotiraning tezligi bir-biridan katta farq qiladi. Kompyuterni yoqqaningizda va dasturlarni ishga tushirayotganingizda SSD disk katta o‘rin egallaydi va u HDD diskdan ancha tez ishlaydi. Ularning tezligini videoni tomosha qilgan holda solishtirib ko'ring👇🏻🎞.
📌 P.S.: Hozirgi kunda zamonaviy kompyuter va noutbuklarda ikki turdagi disklar ham o‘rnatiladi. Lekin eski modeldagi kompyuterlarga SSD xotira o‘rnatilishi maslahat beriladi, chunki ularda faqatgina HDD disk mavjud bo'lib, bunday qurilmalar sezilarli darajada sekin ishlaydi.
📝 Manba: @kompyuter_bilimlari
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak?
• Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish
• HDD'dan SSD'ga qanday qilib “og‘riqsiz” o‘tish mumkin?
• Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish
• Windows 10'da Buyruq satri (Командная строка) yordamida disk harfini o‘zgartirish
• WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)
• Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
🖥 Ekran ortida g‘oyib bo‘lgan oynani ko‘rinadigan joyga olib chiqamiz
Odatda bizning barcha ochilib turgan oynalarimiz qarshimizda yoki vazifalar paneliga tushirilgan holida joylashgan bo‘ladi. Ammo Windows – sirli narsa bo‘lib, u ham kamchiliklardan holi emas, ba’zida unda ham sodir bo‘lishi lozim bo‘lmagan vaziyatlar yuzaga keladi.
Juda kam hollarda ochilgan oynalar ko‘rinib turgan ekran doirasidan tashqarida joylashib qoladi yoki ba’zi hollarda oyna shu qadar chetga suriladiki, uni u yerdan sichqoncha yordamida qayta tortib, ko‘rinadigan joyga chiqarishning imkoni bo‘lmaydi. E’tiboringizga Windows'da berkinib qolgan oyna bilan bog‘liq muammoni hal qilishga doir bir nechta usulni keltirib o‘tamiz.
1️⃣. Oynani butun ekranga yoyish (Развернуть окно). Sichqoncha kursorini ochilgan dastur yoki oynaning vazifalar panelidagi belgisi ustiga olib boring – oyna prevyusi yuzaga keladi. Belgi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyudan “Развернуть” bandini tanlang. Tayyor.
2️⃣. Oynalarni kaskad bo‘yicha joylashtirish (Расположить окна каскадом). Vazifalar panelining bo‘sh joyiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyudan “Расположить окна каскадом” bandini tanlang. Barcha ochilib turgan dasturlar va oynalar ustma-ust ko‘rinishda ekranda taxlanadi va ularni saralash mumkin bo‘ladi.
3️⃣. Qaynoq klavishlardan foydalanish. ALT
+
TAB
klavishlari birikmasini bosing va ALT
'ni qo‘yib yubormagan holda TAB
klavishini bosish yordamida kerakli oynani tanlang. So‘ngra oynani ekranning chap yarmiga joylashtirish uchun WIN
+
←
klavishlari birikmasini bosing. Bunday hotkey'lar haqida batafsil ushbu postimizda so‘z yuritganmiz.
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10'da bir nechta oynalar bilan ishlash
• Windows'da ekranni qaynoq klavishlar yordamida ikkiga ajratamiz
• Windows 10'da oyna elementlarini boshqarish uchun foydali klavishlar birikmalari
• Windows'ning vazifalar panelidagi oynalar prevyusini kattalashtiramiz
• Faol oynadan tashqari qolgan barchasini vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish
• Windows 10’da barcha oynalarni pastga tushirish va joyiga qaytarish
• Ekranda ochilib turgan hujjat oynalari o‘rtasida tezkor o‘tish
• Windows 10'da sichqoncha kursori ko‘rinishini o‘zgartirish
Dasturlar:
• Icecream Screen Recorder Pro
• Movavi Screen Recorder
• TechSmith SnagIt
• Bandicam
• FastStone Capture
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet
🚀 Chrome'ning ishlashini tezlashtiramiz
Brauzer operativ xotirani katta hajmda iste’mol qilganligi sababli, vaqti-vaqti bilan nosozliklar yuzaga kelishi mumkin. Ammo bir juft sozlamalarni o‘zgartirish orqali ularning sonini kamaytirish mumkin.
1️⃣. Silliq skrollingni faollashtiring. Brauzerning manzil satriga chrome://flags
havolasini kiritamiz, ochilgan sahifaning qidiruv satriga #smooth-scrolling
'ni kiritib izlaymiz. Ushbu sozlama uchun ro‘yxatdan Enabled'ni tanlaymiz va brauzerni qayta ishga tushiramiz. Keyingi heshteg bilan ham xuddi shunday yo‘l tutamiz.
2️⃣. Grafik protsessor va sahifalar renderingini tezlashtiring (#ignore-gpu-blocklist
). Ushbu holatda rasmlar, videolar va bannerlar tezroq yuklanadi.
📝 Manba: @trojan_anonym
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Uchta farq: Google kompaniyasi Chrome yorlig‘ini o‘zgartirmoqda
• Google Chrome'ga muqobil eng yaxshi brauzerlar
• Google Chrome'da yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash
• Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish
• Google Chrome'dagi barcha sahifalar manzilini bir harakatda nusxalash
• Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
• Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
• Google Chrome'ni bir zumda tozalash
• Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
• Google Chrome brauzeri oynasini belgilangan kenglik va balandlikda ochish
• Google'da sirli minio‘yinlarni faollashtiramiz
• Chrome orqali Super Mario'ni o‘ynaymiz
• Google Chrome’dagi dinozavrcha keltirilgan o‘yinda to‘siqlar bo‘ylab o‘tish
• Chrome brauzerida internetni uzmagan holda Dino o‘yinini o‘ynaymiz
• Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish
• Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish
• Chrome'da maqolaning muayyan qismini havola sifatida nusxalab olish mumkinmi?
• Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
• Internet Explorer vs. Google Chrome (IT hazil)
• Google Chrome vs. operativ xotira (IT hazil)
• Google Chrome haqida yana bir hazil post
• Corsair kompaniyasi Google Chrome va Photoshop’ning operativ xotirani iste’mol qilishi yuzasidan kuldi
• Google Chrome yangi kengaytmalar platformasi – Manifest v3'ga o‘tmoqda
• Google Chrome brauzeridagi PDF fayllarni alohida o‘z dasturi orqali ochish haqida
• Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
• Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish
• Google Chrome'da qoida bo‘yicha sozlangan qidiruv tizimini o‘zgartirish
• Google Chrome'da ochilib turgan varaqa (вкладка)larni bir guruhga qo‘shish
• Google Chrome'da “doimiy” yashirin – “Инкогнито” rejimni faollashtiramiz
• Kurbanoff.net'dan parollar xavfsizligiga oid tavsiya
• Brauzerdagi xavfsizlik va maxfiylik
• Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?
• Brauzer ishlashini tezlashtirish
• Chrome'da fayllar yuklanishini tezlashtirish
• Brauzerda videoning qotib ishlashi
• Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma
• Chrome'da uy sahifasi o‘rniga zakladkalarni faollashtiramiz
• Chrome'da har qanday obyektdan matnni tezkor nusxalab olamiz
• Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi
• Chrome brauzeri foydalanuvchilari uchun foydali maslahatlar
• Android’dagi Google Chrome’da matn keltirilgan sahifadan turib tog‘ridan-to‘g‘ri soddalashtirilgan qidiruvni amalga oshirish
• Kesh nima?
• Google'ga to‘g‘ri so‘rov yuborish bo‘yicha 5 maslahat
• Chrome brauzeridagi “Vazifalar dispetcheri” (Диспетчер задач)
• Google qidiruv tizimiga rasm yuklab, u bo‘yicha ma’lumot izlash
• Google qidiruviga “Открыть в полном размере” tugmasini qaytaramiz
• Google Keep onlayn-bloknoti
• Google kompaniyasining hozirgi narxi qanday?
• Muayyan shrift nomini qanday aniqlash mumkin?
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word
DOC va DOCX formatlari o‘rtasidagi farq 🤔
MS Word dasturida hujjatlarni saqlash uchun .docx
va .doc
eng keng qo‘llaniladigan fayl kengaytmalari hisoblanadi.
Microsoft kompaniyasi MS Word ilovasida qo‘llaniladigan matnli hujjatlar bilan ishlash uchun o‘z formatini ishlab chiqqan. Microsoft Office 97-2003 versiyalarida DOC formatidan foydalanilgan, Microsoft Office 2007 va undan keyingi versiyalarida esa – DOCX formatini qo‘llashga o‘tilgan.
Ushbu formatlar o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardan iborat:
— MS Word'ning yangiroq versiyalarida ichki o‘rnatilgan maxsus ZIP-arxiviga siqish funksiyasi tufayli DOCX fayli hajmi DOC fayli hajmiga nisbatan kamroq joy egallaydi.
— DOCX – matn, belgilash, jadvallar, konteyner va ssenariylar haqidagi ma’lumotlarni alohida fayllar va papkalarda saqlovchi konteyner formatidir, DOC formatida esa barcha ma’lumotlar bitta faylda saqlanadi.
— DOCX'dan foydalanganda foydalanuvchi matnli hujjatlar bilan ishlashda ko‘proq funksional imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Hujjatning hajmini maksimal darajada siqish mumkinmi?
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word
📄 Hujjat sahifasidagi jadvalning so‘nggi satrlarini keyingi sahifaga “majburiy” o‘tkazish sozlamasi
Hujjatda jadval bilan ishlayotgan paytimiz shunday holat kuzatiladiki, yuqoridagi sahifaga ma’lumot kiritilishiga qarab, jadval ostidagi muhim, masalan, yuqoridagi satrlarda keltirilgan sonlar yig‘indisi (summasi)ni ko‘rsatuvchi so‘nggi satr yakka holda keyingi sahifaga o‘tib qoladi.
Bunday holatda so‘nggi satr yuqorisida joylashgan bir-ikki satrni majburiy “biriktirish”ni amalga oshirish mumkin. Bunda bizga menyu satridagi Главная yoki Макет/Разметка страницы (eskiroq versiyalarda) varaqa (вкладка)lari orqali chaqiriluvchi Параметры абзаца muloqot oynasining Положение на странице varaqa (вкладка)sidagi Не отрывать от следующего bandining faollashtirilishi ko‘mak berishi mumkin.
Shunda ko‘rsatib o‘tilgan jadval satrlari yangi sahifaga birgalikda o‘tkaziladi. Ushbu jarayonning qanday amalga oshirilishi post ostidagi videoda batafsil keltirilgan👇🏻🎞.
📝 Manba: @office_killer
📌 P.S.: Xuddi shu sozlamani jadval yuqorisida keluvchi tartib raqami va sarlavhasining jadval bilan turli sahifalarda qolib ketishi oldini olish uchun qo‘llash mumkin.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Word'da jadvallarni birlashtirish
• Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish
• Ko‘rinmas jadvalni qanday yaratish mumkin?
• Hujjatda turli ko‘rinishdagi chiziqlar va jadvalni tezkor hosil qilish
• Jadval yordamida matnni qanday aylantirish mumkin?
• Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim?
• Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish
• Jadvalning sahifa boshida kelishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish
• Hujjatdagi jadval sarlavhasini qanday qilib boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilish mumkin?
• Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim?
• Jadval kataklarini qanday ikkiga ajratish/birlashtirish mumkin?
• Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli
• MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
• Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi?
• Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz
• Hujjatga ramka qo‘shamiz
• Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin?
• Word'da chiziqlarni o‘chirish
• Matnni ustunlar yordamida ajratish
• Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish
• Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
• Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet
🐌 Brauzerda videoning qotib ishlashi
Ba’zida ayrim foydalanuvchilar brauzerda, masalan, YouTube'da ijro etilayotgan videoning qotishni boshlashi bilan bog‘liq muammoga duch kelishlari mumkin. Eng qizig‘i, ushbu vaziyatda Internet bilan bog‘liq hech qanday muammo bo‘lmaydi.
Brauzerdagi apparat tezlashuvining qoida bo‘yicha faollashtirilgani bunga asosiy sababchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu opsiyani faolsizlantirib, videoning ijro etilishini qayta sinashga urinib ko‘ring.
Chrome brauzerining o‘ng yuqori burchakdagi ochiluvchi menyusidan Настройки bandiga o‘ting. Sahifa bo‘ylab pastga qarab tushing yoki oynaning chapki panelida Дополнительные'ni ustiga bosish orqali qo‘shimcha bandlarni oching va Система bo‘limida Использовать аппаратное ускорение (при наличии) bandini faolsizlantiring.
Edge brauzeri uchun klaviaturada WIN + R birikmasi orqali Выполнить oynasini ekranga chaqirib, u orqali inetcpl.cpl buyrug‘ini ishga tushiring. Дополнительно varaqa (вкладка)siga o‘ting va ro‘yxatning eng oxirida Использовать программную отрисовку вместо графического процессора bandini faolsizlantiring.
Яндекс.Браузер'da browser://flags/#disable-accelerated-video-decode
manzili bo‘ylab o‘ting va sariq rang bilan yoritilgan funksiyani o‘chiring.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube’da o‘z kanalingizni yaratishingiz uchun batafsil qo‘llanma
• Youtube.com saytidan videoni yuklab olish
• YouTube'da videoni kerakli joyidan ko‘rsatish
• YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!
• YouTube’dagi barcha videolarni tomosha qilish uchun qancha vaqt ketadi?
• 720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?
• YouTube'ni fon rejimida va reklamasiz tomosha qilish (bepul)
• Layfxak: YouTube'dagi barcha obunalarni avtomatik bekor qilish
• YouTube qaynoq klavishlari
• YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
• YouTube'dagi videodan audioni MP3 formatida qanday yuklab olish mumkin?
• Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi?
• YouTube'ning ko‘zga ko‘ringan yulduzlari qancha mablag‘ to‘plashdi va buni qanday sarf qilishni maqsad qilishdi?
• Qo‘shimcha dasturlarsiz har qanday saytdan videolarni yuklab olish uchun 10 universal servis
• Google siz haqingizda nimalarni biladi?
• Qaysi brauzer ShK resurslarini kamroq talab etadi?
• Filmdan parchani topish va yuklab olish
• Videomontaj oson bo‘lishi kerakmi?
• Telegram orqali YouTube'dan media fayllarni yuklab olish uchun botlar ro‘yxati
• Telegram’dagi “tasvir ichida tasvir” funksiyasi
• Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash
• NewPipe mobil ilovasi
• Snaptube mobil ilovasi
• Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar
• "Kompyuter Akademiyasi" YouTube-kanali
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #maslahat
🎙 Diktofon orqali yozib olishda sukunatni avtomatik ravishda o‘chirish
Aytaylik, smartfoningizni yoqilgan holatdagi diktofon bilan, masalan, uxlayotgan paytingizdagi tovushlar yoki insonlarning suhbati jarayonini yozib olish maqsadida bir necha soatga qoldirish lozim.
Qurilmaga o‘rnatilgan holda keluvchi diktofonni bu uchun qo‘llash variant emas, boisi ko‘p soatlik yozuv bo‘ylab mustaqil ravishda oldinga/orqaga qarab o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Yechim — sukunatni o‘tkazib yuborish funksiyasi bilan keluvchi Smart Recorder ilovasidan foydalanishdir.
Ilova ilk marotaba ishga tushirilganida sukunat sifatida qabul qilinadigan shovqinning optimal darajasini tanlash tavsiya etiladi, ushbu bosqichdan keyin ilova oddiy diktofon singari qo‘llaniladi.
📝 Manba: @trojan_anonym
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Android uchun diktofon tanlaymiz
• Windows 10'da mikrofonni tekshirish – mikrofon ishlamasa nima qilish kerak?
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
Windows'da ishchi stolidagi kontekstli menyuga kerakli dasturni qo‘shish (juda foydali qo‘llanma) 🧾
Kontekstli menyu – bu sichqonchaning o‘ng tugmasini bosganda yuzaga keluvchi menyudir.
Windows'da kerakli dasturlarga tezkor murojaat etish uchun, ishchi stolidagi kontekstli menyuga kerakli dasturni qo‘shib qo‘yishimiz mumkin.
Misol uchun, kontektsli menyuga Mozilla Firefox brauzerini qo‘shishni ko‘rib o‘tamiz, Sizdan e’tiborli bo‘lishni va keltirilgan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishni so‘rab qolamiz.
1️⃣. "Win + R" klavishlari birikmasini bosish orqali "Выполнить" oynasini chaqirib, undagi matn kiritish maydoniga "regedit" buyrug‘ini (qo‘shtirnoqlarsiz) kiriting.
2️⃣. Ochilgan "Редактор реестра" ("Reyestr muharriri") oynasining chap tomonida keluvchi quyidagi bo‘limga o‘tamiz: HKEY_CLASSES_ROOT\Directory\Background\shell
3️⃣. Shell papkasi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va "Создать -> Раздел"ni tanlaymiz.
4️⃣. Kontekstli menyuda ko‘rinib turadigan va Firefox brauzerini ishga tushirish uchun nom beramiz, misol uchun "Mening dasturim".
5️⃣. Hosil bo‘lgan "Mening dasturim" bandi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, "Создать -> Раздел"ni tanlaymiz va "command" deb (qo‘shtirnoqlarsiz) nom beramiz.
6️⃣. "Command" papkasini belgilab, o‘ng tomonda paydo bo‘lgan По умолчанию (Default) yozuviga sichqonchaning chap tugmasi bilan ikki marta bosamiz.
7️⃣. Paydo bo‘lgan oynaning "Значение" bandiga Firefox brauzerining kompyuterdagi joylashgan manzilini to‘liq kiritamiz, misol uchun: C:\Program Files (x86)\Mozilla Firefox\firefox.exe
8️⃣. "OK" tugmasini bosib, ushbu menyu va oynadan to‘liq chiqib ketamiz.
Natijada, Windows'ning ishchi stolida sichqonchaning o‘ng tugmasini bossangiz, kontekstli menyuda "Mening dasturim" bandi hosil bo‘lganini ko‘rasiz, uning ustiga bosish orqali Mozilla Firefox brauzeri ishga tushishiga amin bo‘lamiz.
☝️Ushbu harakatlar ketma-ketligini diqqat bilan bajaring, tajribasiz reyestr bilan ishlash biroz xavfli, boshqa hech narsani o‘zgartirmang.
📎 Bu yerda ushbu postning video talqini ham keltirilgan, xohishga ko‘ra uni ham tomosha qilishingiz mumkin.
📝 Manba: @planetait
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
📌 P.S.: Siz kompyuterni quyidagi kiritish qurilmalarining qaysi biri yordamida boshqarishni ko‘proq ma’qul ko‘rasiz?
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software #security
👾 Virusga duch kelish ehtimolini qanday bartaraf etish mumkin?
Notanish dastur yoki havolani ishga tushirganda, uning ortida qandaydir virus yashiringan bo‘lishi mumkinligini hech qachon istisno etib bo‘lmaydi.
Bunda o‘z xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida Sandboxie ilovasini o‘rnatishingiz mumkin. Bu maxsus “qum maydoni” (Песочница) bo‘lib, u orqali ishga tushirilgan har qanday soft (dastur) tizim fayllari, Windows reyestriga murojaat eta olmaydi, tizimga qandaydir o‘zgartirish kiritish yoki zarar yetkazish xavfining oldi olinadi.
Ushbu tarzda siz faylni tahdidlarga qarshi tekshirishingiz va muammo mavjud bo‘lmasa, uni operatsion tizimning o‘zi orqali ishga tushiringingiz mumkin.
📎 Sandboxie v5.53.2 dasturini yuklab olish.
📝 Manba: @trojan_anonym
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #software #IT_humor
Ayniqsa kompyuteringizning operativ xotirasi hajmi kichik bo‘lganida 🙈
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #rasm_bilan_ishlash #texnologiya
Photoshop bir chetda dam olmoqda 😅
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet #maslahat
“Internet Download Manager” dasturida yangilashni o‘chirib qo‘yish 🚫
Aytaylik, saytlardan turli ko‘rinishdagi fayllarni va eng asosiysi — videolarni yuklab olish uchun xizmat qiluvchi “Internet Download Manager” dasturining kalit talab etmaydigan versiyasini o‘rnatdingiz.
Dastur o‘rnatilganidan so‘ng, brauzerlarni ishga tushirdingiz va ushbu dasturning kengaytmalarini o‘rnatdingiz, barchasi joyida, dastur yaxshi ishlab turibdi.
Muammo shundaki, dastur Internetga ulanganingizni sezgani zahoti o‘z bazasiga murojaat etadi va yangi versiya yuklab olish uchun mavjudligini sizga taklif etadi, bilmay qolib, shoshilinchda kichik oynadagi “Обновить” tugmasini bosib yuborsangiz dastur yangilanadi, lekin login va parol talab etuvchi oynani chiqaradigan bo‘lib qoladi.
Bu esa aksariyat hollarda dasturni kompyuterdan o‘chirishni, kompyuterni qayta yuklashni va o‘rnatish uchun dastlab foydalangan versiyangizni kompyuterdan topib, qaytadan o‘rnatishga sizni majbur qiladi. Xo‘sh, dasturning versiyasini yangilash bilan bog‘liq ushbu muammoni bartaraf etish mumkinmi? Ha, albatta!
Buning uchun klaviaturada Win + R klavishlari birikmasini bosasiz va ochiluvchi “Выполнить” oynasida regedit
buyrug‘ini kiritasiz va Enter klavishini yoki oynachadagi “OK” tugmasini bosasiz.
Ochilgan “Редактор реестра” oynasida quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha tegishli bo‘limlarga o‘tasiz: HKEY_CURRENT_USER → Software → DownloadManager → LstCheck (REG_SZ)
→
oynachadagi kodni 31/12/99
’ga o‘zgartirasiz → “OK”ni bosasiz.
📎 Bu haqida batafsilroq esa ushbu post ostida biriktirilgan rasm orqali bilib olishingiz mumkin. 👇🏻
ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #maslahat
Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish 🗓
Odatda, Windows operatsion tizimining quyi o‘ng tomonida soat va sana ko‘rinib turadi, misol uchun:19:10
Biz shu ma’lumotga hafta kunlarini ham qo‘shishni ko‘rib chiqamiz, ba’zan shu ma’lumot ham kerak bo‘lib qoladi. Windows operatsion tizimida qaysi tilni o‘rnatganingizga qarab, hafta kunlari shu tilda chiqadi.
04.09.2020
Hafta kunlarini 2 xil ko‘rinishda chiqarish mumkin: qisqartirilgan (Чт)
va to‘liq (четверг)
.
Ko‘pchilik tizimni rus tilida o‘rnatganligi sababli, hafta kunlarining o‘zbekcha tarjimasini eslatib o‘tamiz:
Dushanba - Понедельник (Пн)
Seshanba - Вторник (Вт)
Chorshanba - Среда (Ср)
Payshanba - Четверг (Чт)
Juma - Пятница (Пт)
Shanba - Суббота (Сб)
Yakshanba - Воскресенье (Вс)
Soat oldida qo‘shimcha hafta kunini chiqarish uchun quyidagi ko‘rsatmaga amal qiling:
1️⃣. Win + R → control va Enter yoki Пуск → Панель управления;
2️⃣. Ochiluvchi menyu yoki oynadan “Региональные стандарты” tanlanadi.
3️⃣. Paydo bo‘lgan oynaning quyi qismidagi “Дополнительные параметры” tugmasi bosiladi.
4️⃣. Yuqorida oxirgi turgan “Дата” varaqa (вкладка)siga o‘tiladi.
5️⃣. “Форматы даты” bo‘limidagi “Краткая дата:” qarshisidagi maydonga quyidagini kiritamiz:
Qisqa format uchun: ddd, dd.MM.yyyy
To‘liq format uchun: dddd, dd.MM.yyyy
6️⃣. “Применить” va “OK” tugmalari bosiladi.
Shundan so‘ng vaqt va sana haqidagi ma’lumot bilan birga – hafta kunlari ham ko‘rinib turadi. 😉
☝️Windows 10 operatsion tizimida tekshirildi.
📝 Manba: @planetait
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Oddiy “Калькулятор” dasturi yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash;
• Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi?
• Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet #rasm_bilan_ishlash
🖼 PDF hujjatidan rasmlarni tezkor ajratib olish (2-usul)
PDF-faylidan rasmlarni ajratib olishning ko‘plab usullari mavjud. Skrinshotlarni hosil qilish va har bir rasmni alohida qirqib o‘tirish yoki Photoshop yordamida barchasini darhol import qilish mumkin. Dastlabki usul rasm sifatini juda pasaytirib yuborsa, ikkinchi usul kompyuterda Photoshop'ning mavjudligini talab etadi.
Agar PDF-fayli sizda allaqachon mavjud bo‘lib, Photoshop dasturi o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda Internet sizga talab etilmaydi. Quyida esa PDF-fayllarini tahrirlash uchun maxsus PDFCandy onlayn-xizmati yordamida amalga oshirish borasida to‘xtalib o‘tamiz.
Ushbu xizmat joriy vazifani maksimal soddalashtiradi. “Извлечь изображения” funksiyasi yordamida xizmat bir necha klik orqali PDF-faylidan barcha rasmlarni ajratish va yuklab olish imkonini taqdim etadi.
Foydalanish tartibi quyidagicha:
1️⃣. Havola bo‘ylab o‘tiladi.
2️⃣. PDF-fayli tanlanadi.
3️⃣. Kerakli rasmlar yuklab olinadi.
📝 Manba: @komputeer
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• PDF-fayllaridan rasmlarni ajratib olishni o‘rganamiz
• Rasmdan matnni nusxalaymiz
• PDF-faylni Word'ga o‘girishning 15 ta bepul usuli
• Taqdimot faylini PDF'ga o‘tkazish/aylantirish
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Pullik dasturlarni bepuliga almashtiramiz
• Google Chrome brauzeridagi PDF fayllarni alohida o‘z dasturi orqali ochish haqida
• Qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatib o‘tirmasdan smartfon yoki kompyuterdagi fayllar bilan ishlash
• Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova
• PDF-XChange Pro kompyuter dasturi
• PDF Extra mobil ilovasi
• OfficeSuite Pro + PDF mobil ilovasi
• eReader Prestigio mobil ilovasi
• Librera Reader mobil ilovasi
• Moon+ Reader mobil ilovasi
• CamScanner mobil ilovasi
• Genius Scan+ mobil ilovasi
• PDF hujjatlar bilan ishlash bo'yicha postlar
• Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?
• Telegram uchun foydali botlar
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
🔤 Excel jadvali yacheykalari tarkibidagi matnlar orasidan ortiqcha probellarni olib tashlash
Matnlar orasidagi ortiqcha probel va chop etilmaydigan belgilar hayotimizni doim murakkablashtirib kelgan (negadir ko‘pchilikda ikki so‘z oralig‘ida kamida ikkita probel qoldirib ketish kasalligi bor 🥴). Ular tufayli formulalar, saralashlar, yig‘ma jadvallar (сводные таблицы) va hokazolar noto‘g‘ri ishlashi mumkin. Matndagi ushbu xatoliklarni bartaraf etish uchun, odatda СЖПРОБЕЛЫ (ortiqcha probellarni o‘chiradi) va ПЕЧСИМВ (chop etilmaydigan belgilarni o‘chiradi) funksiyalari qo‘llaniladi.
Xuddi shu funksiyalarni jadval yacheykalariga nisbatan shartli formatlash qoidasini yaratish uchun ham qo‘llash mumkin, u tarkibida ortiqcha belgilari mavjud bo‘lgan yacheykalarni ajratib ko‘rsatadi. Batafsilroq esa yuqoridagi videoda 👆🏻.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software
🚀 Windows'ni bir klikda tezlashtirish
Tizimning odatiy foydalanuvchilariga ko‘p narsa kerak emas: ishchi stolida bir juft qo‘shimcha yorliq, faol jarayonlarda esa ± o‘sha-o‘sha holatlar. Bunday tizimlar odatda “uchadi”! Biroq shunday vaziyat ham bo‘ladiki, dasturlarni sanab sanog‘iga yeta olmaysiz – boz ustiga, barchasi zaruriydir! Bunda kompyuter odatda sekinlashib, ora-orada qotib ham turadi. Xo‘sh, nima qilish mumkin?
Ko‘pchilikning fikriga kompning temir qismini “chaqqonroq” uskunalar bilan yangilash keladi, buning moliyaviy tomoni esa, tabiiyki, ko‘pchilikni o‘ylantiradi. Aynan shunday holatlarda Advanced SystemCare sahnaga chiqadi, u keraksiz fayllar va viruslarni o‘chiradi, drayverlarni yangilaydi va operativ xotirani bo‘shatadi. Dastur internetni tezlashtiradi, reyestrni tozalaydi, “axlatlar”ni ochiradi va hkz.
Xullas o‘ziga xos har tomonlama ustamon raqamli xizmatchi! Boz ustiga to‘lov qilish ham shart emas. Bunaqasini qayerda ko‘rgansiz? Eng e’tiborlisi esa, Advanced SystemCare foydalanishda juda qulay, jarayonni ishga tushirish uchun katta “Пуск” tugmasiga bosish yetarli. Interfeysi esa hattoki boshlang‘ich darajadagi foydalanuvchilar uchun ham tushunarli.
📎 Advanced SystemCare Pro v14.6.0.307 dasturini yuklab olish.
📝 Manba: @HeMicrosoft
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kompyuterda joy “o‘g‘irlab” yotgan fayllarni aniqlovchi 3 dastur
• CCleaner’ning foydali 6 ta imkoniyati
• CCleaner Pro kompyuter dasturi
• CCleaner mobil ilovasi
• Windows’ga o‘rnatilgan vositalar yordamida kompyuterning ishlashini tezlashtirish mumkinmi?
• Windows 10 interfeysini soddalashtirish orqali uning ishlashini tezlashtirish
• PC ishlashini tezlashtirishning 10 usuli
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Windows 10'da Internet tezligini oshiramiz
• Protsessorga bo‘lgan yuklamani kamaytirish va Windows ishini tezlashtirish
• Windows'da bajarilayotgan jarayon uchun prioritet belgilash
• Windows 10 bo‘yicha maslahatlar: har kunlik qo‘llaniluvchi vazifalarni tezroq va qulayroq bajaramiz!
• Windows 10'da oyna elementlarini boshqarish uchun foydali klavishlar birikmalari
• Windows'ning “Проводник” fayl menejeri oynasi bilan ishlash uchun tezkor klaviatura birikmalari
• Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi
• Windows 10'ni tezkor ishga tushirish
• Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?
• Kompyuterning to‘liq qotib qolishi
• Kompyuterga o‘rnatilgan dasturlar ro‘yxatini tezkor hosil qilish
• Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz!
• SSD va HDD xotiralar bir-biridan qanday farq qiladi?
• Photoshop'ning ishlashini tezlashtirish
• Brauzer ishlashini tezlashtirish
• Google Chrome'ni bir zumda tozalash
• Android operatsion tizimi o‘rnatilgan smartfonning ishlashini tezlashtirish
• Android-smartfonni tezlashtirish va tozalash uchun “.thumbnails” papkasini o‘chiramiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software #hardware
🔋 Noutbuk batareyasining eskirganlik darajasini aniqlash
Akkumulyatorni diagnostika qilish hech qachon kech emas, chunki uni almashtirish vaqti kelgan bo‘lishi mumkin. Akkumulyatorning eskirganlik darajasini aniqlash uchun, batareyaning asl quvvat hajmi va uning eskirganligini foizlarda ko‘rsatuvchi BatteryCare dasturidan foydalanish mumkin.
Foydalanish tartibi quyidagicha:
1️⃣. Dasturni rasmiy saytidan yuklab olamiz.
2️⃣. Uni o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.
3️⃣. Vazifalar panelining soat yonidagi tizim treyidan (fonda ishlab turgan dasturlar orasidan) dastur belgisini topamiz va ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va ochilgan kontekstli menyudan “Показать BatteryCare” bandini tanlaymiz.
4️⃣. Eskirganlik darajasini bilish uchun “Дополнительно” varaqa (вкладка)si ustiga bosamiz va “Износ батареи” satrini izlaymiz.
Agarda batareyaning eskirganlik darajasi 15-20% dan katta bo‘lsa, u holda uning ishlashidagi avtonomlik tezroq pasayadi va uni almashtirish borasida o‘ylab ko‘rish mumkin bo‘ladi.
📎 Battery Care v0.9.36 dasturining tizimga o‘rnatiluvchi va o‘rnatish talab etilmaydigan versiyalarini kanalimizdan yuklab oling: Install version | Portable Version
📝 Manba: @bugnotfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Aldanib qolmang: noutbukni ochmasdan batareyasini tekshirish usullari
• Uy sharoitida noutbukdan foydalanish uchun layfxak
• Batareya bilan bog‘liq eng yoqimsiz holat...
• Noutbuk (laptop)ni tezkor quvvatlash
• Ekspert maslahati: ishlayotgan noutbukni qayerga qo‘yish xavfli?
• Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz
• Modern Standby kutish rejimi
• Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?
• Wi-Fi vs 4G: smartfon quvvatini qay biri tezroq tugatadi?
• Telefon quvvatining tez tugashi sabablari
• Smartfoningizni quvvatlashdagi bu odatlaringizni darhol to‘xtating
• Smartfoningiz quvvati tez tugab qolyaptimi?
• Smartfonning quvvati kam qolganida asqotadigan 9 tavsiya
• Smartfonni tunda quvvatlashga qo‘yib yotish xavflimi?
• Nega smartfonni 100 foiz quvvatlash mumkinmas?
• Smartfon batareyasi umrini qisqartiruvchi narsalar — 0 dan 100 gacha
• Zaryadsiz bir hafta: smartfonlarda quvvatni tejash rejimlari haqida
• Android'da batareyaning eskirganligini aniqlash (va smartfonni oqilona quvvatlash)
• Smartfonlar uchun ixcham dizayndagi va moslashuvchan tashqi akkumulyator
• Smartfonni quvvatlash uchun ajoyib g‘oya
• Nega smartfonni avtomobilda quvvatlantirib bo‘lmaydi?
• iPhone'dagi batareyaning so‘nggi foizlarini asraymiz
• iPhone'da avtomatik quvvatni tejash rejimi
• iPhone akkumulyatorini tejashga doir tavsiyalar
• Jazirama issiqning smartfonga zarari qanday?
• O‘z smartfonimizni o‘lkamiz jaziramasidan qanday asrash kerak?
• Yaroqsiz batareykani nima qilish kerak?
• Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #word #excel #powerpoint
🏎 Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz!
Matn kiritish tezligi sizda qanchalik yuqori bo‘lmasin, tan olish kerak — bir oynadan ikkinchisiga CTRL
+ C
, CTRL
+ V
klavishlari yordamida o‘tkazish doim qulay bo‘lib kelgan.
Lekin nusxalab o‘tkaziluvchi bunday fragmentlar ko‘p bo‘lib, matn katta bo‘lsachi? Hamma narsa yuz berishi mumkin: qayerga kelganingiz yodingizdan ko‘tariladi, tasodifan kerakli havolani yopib qo‘yasiz, qo‘ng‘iroqqa chalg‘iysiz va fikringizni yo‘qotasiz… Oynadan oynaga o‘tish esa har doim ham yoqavermaydi! Barcha kerakli narsalarni birdaniga nusxalab olishga nima deysiz?
Bir nechta fragmentlarni kesib oling yoki nusxalang (albatta CTRL
+ X
yoki CTRL
+ C
qaynoq klavishlari bilan), so‘ngra ular joylashtirilishi (Вставить qilinishi) lozim bo‘lgan oynaga o‘ting va WIN
+ V
'ni bosing.WIN
— bu “Пуск” menyusini chaqirish uchun xizmat qiluvchi Windows logotipi tushirilgan klavisha. Qoida bo‘yicha u chap-pastki qatorda, ALT
klavishining yonida joylashgan bo‘ladi. Agar almashinish buferi o‘chirilgan bo‘lsa, unda WIN
+ V
dastlabki marotaba bosilganida, uni faollashtirish taklifi yuzaga keladi.
Ko‘plab marotaba kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan fragmentlarni “qotirib” qo‘yish (“Pin” qilish) mumkin — shunda hattoki bufer tozalangan taqdirda ham ular hech qayerga ketib qolmaydi. Buning uchun elementdan o‘ng tomonda joylashgan uch nuqtali tugma ustiga bosing va “Закрепить”ni tanlang.
Fragmentlarni ketma-ket belgilash bilan birga, ularni bir nechta qurilmalarga yuborishga nima deysiz? Agar sizdagi qurilmalar (masalan, ish yoki uydagi kompyuter) bir akkauntga ulangan bo‘lsa, unda almashinish buferi ular uchun umumiy bo‘ladi. Buning uchun qidiruv menyusida “Параметры буфера обмена”ni kiriting va qurilmalar o‘rtasidagi sinxronizatsiyani faollashtiring.
Agar sizda Windows'ning eskiroq versiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, ishingiz esa Word, Excel yoki PowerPoint bilan bog‘liq bo‘lsa, unda MS Office ilovalarining istalganida Главная varaqa (вкладка)sidagi Буфер обмена (Almashinish buferi)ni faollashtirsangiz bas. Ushbu saqlagich matn bilan birgalikda rasmlar, jadvallarni ham saqlash imkoniyatiga ega bo‘lib, 24 taga qadar elementlarni o‘ziga sig‘dira oladi.
Aytgancha, ekran fragmentlarini WIN
+ SHIFT
+ S
klavishlari birikmasi yordamida tez va qulayroq nusxalash mumkin. Ixchamgina mini-skrinshot darhol almashinish buferiga borib tushadi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Windows 7 ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши)
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari”
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Kanalimizdagi Microsoft Word dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar mundarijasi
• Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
• Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши)
• YouTube qaynoq klavishlari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
Excel fayl formatlari 💾
Ehtimol, Excel’dagi eng murakkab muammolardan biri bu fayl formatlarining qariyb ajablantiradigan darajadagi miqdoridir. Excel 2007 paydo bo‘lishi bilan barchasi yanada chigallashib ketdi, chunki ushbu versiyada bir qancha yangi formatlar paydo bo‘ldi:
• XLSX — tarkibida makroslari bo‘lmagan kitob fayli;
• XLSM — tarkibida makroslari mavjud kitob fayli;
• XLTX — tarkibida makroslari bo‘lmagan kitob shabloni fayli;
• XLTM — tarkibida makroslari mavjud kitob shabloni fayli;
• XLSA — qo‘shimcha sozlamalar fayli;
• XLSB — eski XLS formatiga o‘xshash, ammo yangi xususiyatlarni o‘z ichiga olishga qodir ikkilik fayli;
• XLSK — zaxira nusxasi fayli.
Faylni dasturning eski versiyasida foydalanish uchun saqlash
Keyinchalik Excel’ning eski versiyasida foydalanish maqsadida faylni saqlash uchun Файл → Сохранить как...’ga o‘ting va ochiluvchi ro‘yxatdan mos keluvchi formatni tanlang.
Faylni ushbu formatlarning birida saqlashda muvofiqlikni tekshirish oynasi paydo bo‘ladi — unda barcha mumkin bo‘lgan muvofiqlik muammolari ro‘yxati bo‘ladi.
Agar siz eski formatlardan biridan qoida bo‘yicha (saqlashdagi asosiy format sifatida) foydalanmoqchi bo‘lsangiz, Файл → Параметры so‘ngra Сохранение bo‘limiga o‘ting. Сохранять файлы в следующем формате: ochiluvchi ro‘yxatidan qoida bo‘yicha o‘rnatmoqchi bo‘lgan fayl formatini tanlang.
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software #word #excel #powerpoint #outlook
Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish 📥
Windows ISO Downloader – Microsoft serverlaridan Windows operatsion tizimining rasmiy obrazlarini oddiy yuklab olish uchun mo‘ljallangan bepul dastur.
Dastur obrazini yuklab olish mumkin bo‘lgan mavjud operatsion tizimlar ro‘yxatini ko‘rsatadi. Ayni damda bu Windows 7, Windows 8.1, Windows 10 va Insider Preview, shuningdek MS Office 2010, Office 2013, Office 2016, Office 2019 va Expression Studio'lardir. Mos keluvchi tizim tanlanganidan so‘ng, dastur Microsoft Techbench saytidagi kabi monand formani aks ettiradi.
Kompyuterga allaqachon o‘rnatilgan va qo‘llanilib turgan operatsion tizimning tayyor ISO obrazini yuklab olish, tizimni qayta o‘rnatish yoki tiklash uchun ajoyib variant hisoblanadi.
📎 Windows ISO Downloader v8.46.0.154 kompyuter dasturini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
• Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
• Drayverlarni topish va o‘rnatish
• Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
• Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
• Dastur o‘rnatish san’ati
• Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
• Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
• Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
• Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
• Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
• Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
Windows’ga o‘rnatilgan vositalar yordamida kompyuterning ishlashini tezlashtirish mumkinmi? 🖥📈
1️⃣. “Мой компьютер” belgisi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing.
2️⃣. Ochilgan kontekstli menyudan “Свойства”ni tanlang.
3️⃣. Oynaning chap tomonida keltirilgan “Дополнительные параметры системы” bandiga murojaat eting.
4️⃣. “Быстродействие” bo‘limi tarkibidagi “Параметры” tugmasini bosing.
5️⃣. “Параметры быстродействия” oynasida “Обеспечить наилучшее быстродействие” bandini tanlang.
6️⃣. Dastlab “Применить”, so‘ngra “OK” tugmalarini bosing.
🚫 “Обеспечить наилучшее быстродействие” bandini tanlash orqali Windows 10’ning barcha animatsiyalari faolsizlantiriladi.
📍Tizimdan foydalanish juda noodatiy bo‘lib qolmasligi uchun, “эффекты разворачивания и сворачивания” kabi ba’zi funksiyalarni faol holatda qoldirish mumkin.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• PC ishlashini tezlashtirishning 10 usuli
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Protsessorga bo‘lgan yuklamani kamaytirish va Windows ishini tezlashtirish
• Windows'da bajarilayotgan jarayon uchun prioritet belgilash
• Windows 10 bo‘yicha maslahatlar: har kunlik qo‘llaniluvchi vazifalarni tezroq va qulayroq bajaramiz!
• Windows 10'ni tezkor ishga tushirish
• Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
• Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz!
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?
• Kompyuterning to‘liq qotib qolishi
• Android operatsion tizimi o‘rnatilgan smartfonning ishlashini tezlashtirish
• Android-smartfonni tezlashtirish va tozalash uchun “.thumbnails” papkasini o‘chiramiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#tabriknoma
📊 “IT specialist” kanali uchun @TGStat loyihasi tomonidan 2022-yil sarhisobi
IT-savodxonligingiz oshishiga zig‘ircha bo‘lsa ham xissa qo‘sha olgan bo‘lsak, biz shundan baxtiyormiz va duoingizdan umidvormiz! 🤲
2023-yilda yangi postlar orqali koʻrishguncha!
📌 P.S.: Ushbu sarhisobni o‘z kanalingiz uchun olish istagida bo‘lsangiz, @TGStat_Bot'ni ishga tushirib, unga 2022 @username
buyrug‘ini yuborasiz!
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android
💸 Monefy - shaxsiy daromad va xarajatlaringizni kiritib borgan holda – moliyaviy hisobingizni yuritish uchun oddiy va samarali ilova. Android 4.0+ Pro-versiya.
📎 Monefy Pro v1.9.12(1155) mobil ilovasini yuklab olish.
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Pul boshqaruvi ustalaridan 4 ta moliyaviy maslahat
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #learn_english_with_software
📲🇬🇧 “English Grammar in Use” mobil ilovasi qarshi oling!
📚 Cambridge University Press — ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha dunyoning yetakchi o‘quv adabiyotlari nashriyoti. Ilovaning tarkibidagi kontent ushbu sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
Raymond Murphy tomonidan yaratilgan “English Grammar in Use” rasmiy ilovasi. Hayotning barcha jabhalari uchun qo‘l keluvchi, ingliz tilining o‘rtacha darajasini o‘zlashtirayotganlar uchun ingliz tili grammatikasini mashq qilishda yordam beradi. Boshlang‘ich to‘plami grammatikaning oltita bo‘limidan (hozirgi va o‘tgan zamonlar) iborat bo‘lib, tushuntirishlar va interaktiv mashqlar, glossariy va qaysi grammatika bo‘limini o‘zlashtirishingiz lozimligini aniqlashda yordam beruvchi uslubiy qo‘llanmani o‘z ichiga oladi.
💸 Dunyo bestselleri
Raymond Murphy’s English Grammar in Use — Cambridge University Press tomonidan nashr qilingan, tilning o‘rtacha darajasini o‘zlashtirayotganlar uchun ingliz tili grammatikasi bo‘yicha dunyo bestselleri. Ushbu ilovaga kitobning 4-nashrida keltirilgan 145 grammatika bo‘limi va sizga mashq qilish hamda o‘z ko‘nikmalaringizni yaxshilashda ko‘mak beruvchi yuzlab interaktiv mashqlar kiritilgan. Siz barcha 145 bo‘limni xarid qilishingiz yoki ular orasidan faqat keraklilarini tanlashingiz mumkin.
🤗 Har qayerda va har qachon
Grammatik tushuntirishlar va mashqlar Raymond Murphy tomonidan smartfon va planshetlar uchun maxsus yozilgan bo‘lib, grammatikani istalgan vaqtda va istalgan joyda o‘zlashtirish imkonini beradi.
✅❌ Avtomatik baholash
Grammatika mashqlariga javoblar avtomatik ravishda baholanadi, agar xato qilsangiz to‘g‘ri javobni darhol ko‘rsatadi. Mustaqil o‘rganish uchun ayni muddao.
🎧 Namunalarning eshittirilishi
Namunali jumlalarning audio yozuvlari sizga tinglash ko‘nikmalari hamda grammatikani yaxshilashga yordam beradi.
📥 English Grammar in Use v1.11.18 mobil ilovasini yuklab olish.
✅ Ilovada jami 145 ta unit mavjud bo‘lib, ulardan dastlabki 6 ta unit oldindan ilovaga yuklab olingan bo‘lib, foydalananish uchun ochiq bo‘ladi, qolgan Unitlarga murojaat etishingiz bilan ochiluvchi ogohlantiruvchi oynada OK tugmasi bosiladi va qolgan 139 ta unit yuklab olinishi jarayoni boshladi. Barchasi yuklab olinganidan so‘ng ilovadan erkin foydalanaverasiz! 😉
🤝 Texnik qo‘llab-quvvatlash: ptsupport@cambridge.org
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tomosha qilish, tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Darslarni onlayn tomosha qilish uchun “Cambridge University Press ELT” YouTube kanali
• “Grammar in Use”ning 30 yilligi uchun Raymond Murphy bilan maxsus intervyu
• “Basic Grammar in Use” kompyuter dasturi
• “Basic Grammar in Use 3rd Edition” elektron kitobi
• “English Grammar in Use 5th Edition - 2019” elektron kitobi
• “English Grammar in Use Supplementary Exercises 5th Edition - 2019” elektron kitobi
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software
🗑 Keraksiz dasturlarni tag-tugi bilan izsiz o‘chirish
Uninstall Tool — kompyuterga o‘rnatilgan keraksiz dasturlarni to‘liq o‘chirish, tizim komponentlari va Microsoft Store do‘konidagi ilovalarni o‘chirish uchun yordamchi dastur. Dasturiy ta’minot tarkibida kuchli qo‘shimcha vositalar: Мастер удаления (O‘chirish ustasi) va Монитор установки ПО (Dasturiy ta’minotlar o‘rnatilishi monitori) mavjud.
Монитор установки ПО funksiyasi dasturning kompyuterda o‘rnatilishini, shuningdek operatsion tizimdagi barcha o‘zgarishlarni kuzatishga yordam beradi. Dastur jarayonlarni kuzatish uchun yadro drayveri rejimidan foydalanadi.
Ushbu usul dasturni kompyuterga o‘rnatishning barcha parametrlarini to‘liq kuzatish imkonini beradi. Keyinchalik ushbu nazorat qiluvchi modul muayyan dasturga tegishli barcha ma’lumotlarning tizimdan to‘g‘ri o‘chirilishiga yordam beradi.
📎 Uninstall Tool v3.5.10.5670 dasturini yuklab olish.
📝 Manba: @computer_life
📌 P.S.: Operatsion tizim va drayverlar o‘rnatilishi bilan dastlab ushbu dasturni, keyin qolganlarini o‘rnatish maqsadga muvofiqdir!
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #texnologiya
🚗 Ushbu videoda mashinani pult orqali boshqarishning afzalligi bo‘yicha hozirgi ob-havo sharoitiga mos juda zo‘r misol keltirilgan 😎
📝 Manba: Good Master
📌 P.S.: Barcha obunachilarimizga shunday boshqaruvdagi zamonaviy avtomobillar nasib etsin, boshlangan yangi hafta barchamiz uchun xayrli amallarga boy bo‘lsin! 🤲😉
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #hardware #operatsion_tizim
HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak? 🤔
Dastlab qaysi biri qanday tuzilgan va qay tariqa ishlashini ko‘rib chiqamiz:
HDD (Hard Disk Drive) – ma’lumot saqlashda elektrga bog‘liq bo‘lmagan qattiq (жесткий) disk. U bir necha metal disklardan tashkil topgan bo‘lib, ushbu metal disklar aylanishi hisobiga diskdan ma’lumotlar o‘qiladi.
SSD (Solid State Drive) – ma’lumot saqlashda elektrga bog‘liq bo‘lmagan qattiq (твердотельное устройство) qurilma yoki disk. U asosan mikrosxemadan tashkil topgan bo‘lib, ma’lumotlarni HDD kabi metall disklarda emas, balki flesh xotiralarda saqlaydi. Ishlash prinsipi bo‘yicha fleshkani eslatib yuborsa-da, biroq undan tezroq va ishonchliroqdir.
↔️ Endi ularning farqlari haqida to‘xtalib o‘tamiz:
📌 Tezlik. SSD qurilmasi HDD'ga qaraganda tezroq ishlaydi, chunki u yerda mexanik aylanishlar bo‘lmaydi, barchasi mikrosxemalarda bajariladi.
📌 Narx. HDD arzonroq, lekin SSD'larning ham narxlari tushib bormoqda.
📌 Ishonchlilik. HDD'larda biror mexanik vaziyat (tushib ketish, biror nimaga urib olish) sodir bo‘lsa, ishdan chiqish ehtimoli juda katta (o‘z tajribamizda bo‘lgan vaziyat), SSD disklar ham jaaa buldozer 🚜 emas, ular ham buziladi, lekin HDD'larda mavjud bo‘lgan mexanik disklar va ularni o‘quvchi kallaklar (головки) SSD'larda bo‘lmagani evaziga biroz ishonchliroqdir.
📌 Shovqin. HDD disklarda metall distlar aylanganligi sababli shovqinli hisoblanadi, yuklama tushganda disklar aylanayotganini eshitishingiz ham mumkin.
📌 Quvvat. SSD disklar kam quvvat talab qiladi, HDD disklarda esa metall disklarni katta tezlikda aylantirish uchun yaxshigina quvvat zarur.
📌 Hajm. Hajm bo‘yicha ikkalasida ham muammo yoq desa ham bo‘ladi, turli xil variantlari bor, lekin shunday bo‘lsa-da, HDD'larda bu borada variant ko‘proq.
📌 Form faktor (tashqi ko‘rinishi). SSD disklar HDD'ga qaraganda o‘lcham jihatidan kichikroq, yengilroq va olib yurish uchun ham qulaydir.
📌 Ishlash davomiyligi. HDD disklar qandaydir mexanik ta’sirlar bo‘lmasa anchagacha ishlashi mumkin. SSD disklarga ma’lum bir marotabagacha yozish va o‘qish chegaralari bor, bu chegaralar uy kompyuteringizdagi SSD disklar uchun unchalik ahamiyatsiz, bu chegara asosan serverlar uchun muhimroqdir.
📊 Asosiy farqlari shu, endi kimga qaysi birini tanlash kerakligiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak:
✅ Geymerlar, ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchilar, dasturchilar, video va foto montajchilar va albatta o‘z kompyuterida tezkor ishlashni xohlovchilar uchun – SSD yaxshi variant.
✅ Katta hajmdagi video fayllarni saqlovchilar, arxiv ma’lumotlari bilan ishlovchilar, videokuzatuv ma’lumotlarini saqlovchilar, asosan ofis ishlari bilan shug‘ullanuvchlar uchun ma’lumot saqlashda – HDD'dan foydalanish mumkin.
✅ Optimal variant – aralash qilib ishlatish. Tizim tezroq yonishi uchun, uni SSD'ga o‘rnatib, ma’lumotlarni saqlash uchun HDD'dan foydalansa bo'ladi yoki montaj ishlari uchun SSD'ni tayinlab, qolgan dasturlarni HDD'ga o‘rnatish mumkin, bular endi o‘zingizdagi fantaziya, ish sharoiti va albatta moddiy imkoniyatlar bilan bog‘liq.
🦅 SSD tezligini tasavvur qilishingiz uchun misol: SSD disk orqali Windows'ni yuklasangiz HDD'ga nisbatan tizimingiz 5, 6 marotaba tezroq yuklanadi.
☝️Kimga qaysi biri kerak degan savol nisbiy berilgan, mablag‘ bo‘lsa istalgan odam uchun SSD qulay. Bunda bitta farq – ma’lumotlar bazasi bilan (serverlarda) ishlashda tanlov ustida shoshmagan ma’qul, chunki yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, SSD disklarda yozish chegarasi mavjud.
📝 Manba: @planetait
📌 P.S.: Xo‘sh, sizchi, shaxsiy kompyuter yoki noutbukingizda ushbu qurilmalarning qaysi biridan foydalanasiz?
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security
🔄 Windows'ning himoya tizimi (“Защита системы”) funksiyasini faollashtirish
Windows'dagi “Защита системы” funksiyasi operatsion tizimni avvalgi holatiga tezkor qaytarish maqsadida tiklash nuqtalarini yaratish uchun mo‘ljallangan va u har doim ham qoida bo‘yicha faollashtirilmagan bo‘ladi.
Tizimning xususiyatlari (“Свойства системы”) oynasida “Защита системы” funksiyasini faollashtirish tartibi quyidagicha:
1️⃣. WIN + R
birikmasini bosing va ochilgan “Выполнить” oynasiga sysdm.cpl
buyrug‘ini kiritib, ENTER
klavishini bosing. Ochilgan oynadagi “Защита системы” varaqa (вкладка)siga o‘ting.
2️⃣. “Защита системы” varaqasida disklar ro‘yxati va ular uchun himoya holatini ko‘rishingiz mumkin. Muayyan diskka nisbatan tizim himoyasini faollashtirish zaruratiga ko‘ra ular orasidan keraklisini tanlaymiz va “Настроить” tugmasini bosamiz.
3️⃣. Keyingi oynada “Включить защиту системы” bandini faollashtiramiz va tiklash nuqtasini yaratish uchun diskda qancha hajmdagi soha qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatamiz.
4️⃣. “OK” tugmasini bosamiz. Tayyor – tanlangan disk uchun tizim himoyasi faollashdi!
📝 Manba: @trojan_anonym
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija