Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
#bilasizmi #internet #rasm_bilan_ishlash
Google qidiruv tizimiga rasm yuklab, u bo‘yicha ma’lumot izlash 🖼🔍
Qidiruv uchun rasmni yuklashda quyidagi qadamlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:
1. Kompyuterda brauzerni ishga tushiring (masalan, Chrome или Safari).
2. Google Картинки sahifasiga o‘ting.
3. Поиск по картинке belgisi ustiga bosing.
4. Загрузить файл -> Выберите файл yoki Обзор bo‘ylab o‘ting.
5. Kompyuteringizdagi rasmni tanlang.
6. Открыть yoki Выбрать'ning ustiga bosing.
📍Batafsil ma’lumot rus tilidagi ushbu ko‘rsatmada.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Rasm bilan ishlash rukni ostida turli mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #texnologiya #IT_humor
Noodatiy hech narsa yo‘q, shunchaki muhandisda tushlik tanaffusi 😄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#rasm_bilan_ishlash #mulohaza_uchun
Photoshop'dagi qatlamlar bilan ishlash jarayonini ushbu rasmning yuzaga kelish uchun ketgan mehnat bilan qiyoslash mumkin, rasm xoh sun'iy, xoh tabiiy ravishda yaratilmasin, ikkisi uchun ham iqtidor va tajriba talab etiladi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #internet #maslahat
Google'ga to‘g‘ri so‘rov yuborish bo‘yicha 5 maslahat 🔎
XXI asrda ma’lumot izlashni bilish — internetning har bir foydalanuvchisi uchun “must have”dir. Quyidagi maslahatlar yordamida esa siz qidiruv jarayonini osonlashtirishingiz, hattoki tezlashtirishingiz ham mumkin.
1️⃣. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qidirish
Google aynan muayyan bir jumlani izlashi uchun, muhim jumlani “mana bunday qo‘shtirnoqlar” ostiga oling. Masalan:
“the best programming language”
2️⃣. Yulduzcha belgisi
Unutilgan so‘z o‘rniga yulduzcha belgisini kiriting va Google so‘rovni o‘zi to‘ldirib beradi. Masalan:
“twinkle twinkle little star how I * what you are”
3️⃣. So‘zlarni filtrlash
Agar so‘z oldidan minus belgisi qo‘yilsa, ushbu so‘zni o‘z tarkibiga oluvchi natijalar filtrlanadi. Masalan:
“the best programming language for a beginner -python”
⚠️ Izoh: Qidiruv natijalarida Python dasturlash tili bo‘lmaydi.
4️⃣. Fayllar bo‘ylab izlash
Fayllarni izlash uchun “filetype”dan foydalaning. Masalan:
“python presentation filetype:pptx”
5️⃣. Ortiqcha belgilar
So‘rovingizdan tinish belgilari va boshqalarni olib tashlang. Google ularni baribir hisobga olmaydi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• 9 правил поиска в GOOGLE, о которых не знают 99% пользователей
• Google qidiruv tizimiga rasm yuklab, u bo‘yicha ma’lumot izlash
• Google qidiruviga “Открыть в полном размере” tugmasini qaytaramiz
• Google'ga har daqiqa qancha so‘rov kelib tushadi?
• “Ok, Google” nimalarga qodir?
• OK Google imkoniyatlari
• Google siz haqingizda nimalarni biladi?
• Google'ga kim va qachon asos solgan?
• Google rahbari hayotiy muvaffaqiyatga eltuvchi ikkita tamoyilni aytdi
• “Gugol” soni
• Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
• Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
• Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
• Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
• Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish
• Kesh nima?
• Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash
• Telegram Desktop’da kanal yoki guruhning birinchi xabariga tezkor o‘tish
• Dasturlarning muqobil variantlarini qanday izlash mumkin?
• Windows 10'da kengaytirilgan qidiruvni faollashtirish
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor
Dasturlashdagi kodingizga qo‘shimchalar kiritayotib ularga izoh (komment) qoldirmay ketganingizda... 🙄
📌 P.S.: Sizda ham shundaymi? 🤔
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #operatsion_tizim #security #hardware
😣 Kompyuterning to‘liq qotib qolishi
⚠️ Sabablar: Windows'ga tegishli ba'zi muhim fayllarning bexosdan o‘chib ketishi, ko‘plab miqdordagi kompyuter viruslari, reyestrning haddan ziyod yuklanib ketishi, operativ xotiraning shikastlanishi.
✅ Yechimlar: zamonaviy antivirus yordamida kompyuterni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazish, tizim ishlashini turli dasturlar yordamida optimallashtirish, tizimni yaxshi ishlaydigan holatiga tiklash yoki butunlay qaytadan o‘rnatish, operativ xotirani yangisiga almashtirish.
📌 P.S.: Bu borada Sizda nima gaplar?
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #dasturlash
📱⌨️ Mimo — rus yoki ingliz tiliga qalaysiz, agar til borasida muammoingiz bo‘lmasa, u holda ushbu mobil ilova bilan dasturlashni o‘rganish endi yanada oson va qulay!
⏱ Kuniga atigi 5 daqiqa vaqt ajratish orqali siz kod yozishni, ilovalar, o‘yinlar, saytlar yaratish va boshqa ko‘plab narsalarni o‘rganishingiz mumkin.
✅ HTML, CSS, JavaScript, SQL, Python, Kotlin, Swift va boshqa dasturlash tillarini 0 dan o‘zlashtiring! (Pochta manzili yoki Facebook-akkaunt orqali ro‘yxatdan o‘tish maqsadga muvofiq). Pro-versiya.
📎 Mimo Pro v3.83 mobil ilovasini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
• SoloLearn mobil ilovasi
• Основы HTML и CSS mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #excel
Unutilgan Scroll Lock klavishi ⌨️😔
Klaviaturadagi Scroll Lock klavishidan deyarli hech kim foydalanmaydi. Xo‘sh, agar shunchalik kerak bo‘lmasa, unda nega klaviaturadan joy olgan? 🤔
Klaviaturada 3 ta led chiroqlarni yoqib o‘chishiga sabab bo‘luvchi klavishlardan biri – Scroll Lock'dir.
Scroll Lock klavishi eski avlod kompyuterlarida ko‘proq foydalanilgan. Ushbu klavisha faollashtirilganida kursor o‘rnida qotib, klaviatura strelkalari yordamida matn bo‘ylab yuqoriga/pastga siljish imkoni bo‘lgan.
Hozirda buning o‘rnini sichqonchada o‘rnatilgan g‘ildirakcha (scroll) egallagan, undan foydalanish esa nisbatan ancha qulayroqdir.
Scroll Lock klavishidan hozirda Microsoft Office paketining Excel dasturida foydalanish mumkin.
U faollashtirilib, strelkali klavishlar bosilganida kursor yacheykadan yacheykaga sakramaydi, bunda strelkali klavishlar jadval bo‘ylab yuqoriga/pastga/o‘ngga/chapga siljish uchun xizmat qiladigan rejimga o‘tadi.
Strelkalar yordamida yana yacheykalar bo‘ylab o‘tish uchun Scroll Lock klavishini qayta bosib, uni faolsizlantirish lozim bo‘ladi.
📝 Manba: @geek_boy_uz
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Operatsion tizim ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet #maslahat
“Internet Download Manager” dasturida yangilashni o‘chirib qo‘yish 🚫
Aytaylik, saytlardan turli ko‘rinishdagi fayllarni va eng asosiysi — videolarni yuklab olish uchun xizmat qiluvchi “Internet Download Manager” dasturining kalit talab etmaydigan versiyasini o‘rnatdingiz.
Dastur o‘rnatilganidan so‘ng, brauzerlarni ishga tushirdingiz va ushbu dasturning kengaytmalarini o‘rnatdingiz, barchasi joyida, dastur yaxshi ishlab turibdi.
Muammo shundaki, dastur Internetga ulanganingizni sezgani zahoti o‘z bazasiga murojaat etadi va yangi versiya yuklab olish uchun mavjudligini sizga taklif etadi, bilmay qolib, shoshilinchda kichik oynadagi “Обновить” tugmasini bosib yuborsangiz dastur yangilanadi, lekin login va parol talab etuvchi oynani chiqaradigan bo‘lib qoladi.
Bu esa aksariyat hollarda dasturni kompyuterdan o‘chirishni, kompyuterni qayta yuklashni va o‘rnatish uchun dastlab foydalangan versiyangizni kompyuterdan topib, qaytadan o‘rnatishga sizni majbur qiladi. Xo‘sh, dasturning versiyasini yangilash bilan bog‘liq ushbu muammoni bartaraf etish mumkinmi? Ha, albatta!
Buning uchun klaviaturada Win + R klavishlari birikmasini bosasiz va ochiluvchi “Выполнить” oynasida regedit
buyrug‘ini kiritasiz va Enter klavishini yoki oynachadagi “OK” tugmasini bosasiz.
Ochilgan “Редактор реестра” oynasida quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha tegishli bo‘limlarga o‘tasiz: HKEY_CURRENT_USER → Software → DownloadManager → LstCheck (REG_SZ)
→
oynachadagi kodni 31/12/99
’ga o‘zgartirasiz → “OK”ni bosasiz.
📎 Bu haqida batafsilroq esa ushbu post ostida biriktirilgan rasm orqali bilib olishingiz mumkin. 👇🏻
ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security
🛡 Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Aytaylik, siz boshqa operatsion tizimni o‘rnatishga qaror qildingiz, vaholanki yuklanish prioritetlari to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa-da, biroq tizim yuklanuvchi fleshkani ko‘rmayapti deylik. Bunday holatda sizga Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish talab etiladi.
U kompyuter ishga tushirilgan paytda avtorizatsiyadan o‘tmagan operatsion tizim va dasturiy ta’minotlarning ishga tushirilishiga to‘sqinlik qilish funksiyasini ta’minlaydi.
Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish uchun, avvalambor, kompyuteringizning UEFI (BIOS) sozlamalariga kirishingiz lozim. Buning uchun odatda ShK ishga tushirilishi bilan DEL
yoki F2
klavishlaridan birini bosish talab etiladi.
Ushbu postimizda turli ishlab chiqaruvchilarga tegishli asosiy plata (материнская плата)larda ushbu funksiyani o‘chirib qo‘yishga misollarni keltirib o‘tamiz.
👉🏻 Batafsil…
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
• Drayverlarni topish va o‘rnatish
• Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
• Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
• Dastur o‘rnatish san’ati
• Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
• Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
• Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
• Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
• Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
• Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar (3-qism) 🛠
🔼 Ushbu postning 1-qismi | 2-qismi
• gpedit.msc — lokal guruh siyosati (Групповая политика) muharriri. Windows 10 Home (Домашняя)da mavjud emas.
• ncpa.cpl — Windows'dagi tarmoq ulanishlari ro‘yxati, ushbu vosita yordamida ularning holatini kuzatish va sozlash mumkin.
• appwiz.cpl — buyrug‘i dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish (Программы и компоненты) interfeysini ekranga chaqirish.
• lusrmgr.msc — lokal foydalanuvchilar va guruhlar (Локальные пользователи и группы)ni boshqarish.
• powercfg.cpl — noutbuk yoki ShK elektr ta’minoti (Электропитание) parametrlarini sozlash oynasiga murojaat etish.
• firewall.cpl — Windows brandmauer (tarmoqlararo ekran, Firewall)i parametrlari.
• sysdm.cpl — virtual xotira fayli (файл подкачки), tizimni himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan tiklanish nuqtalari (точки восстановления), tizimning tezkor ishlash parametrlari (параметры быстродействия), o‘zgaruvchi muhitlarni sozlash uchun mo‘ljallangan Параметры системы oynasini ekranga chaqirish.
• mmsys.cpl — Windows'ning yozib olish va ijro etish qurilmalari holatini kuzatish oynasi (Звуки).
• taskschd.msc — Windows 10'dagi vazifalarni rejalashtirish (планировщик заданий) oynasini ishga tushirish.
3️⃣. Windows 10'ning tizimli papkalarini tezkor ochish uchun buyruqlar:
❗️ Ushbu buyruqlar qo‘shtirnoqlarsiz kiritiladi.
• “\
” — bevosita (C:
) diskiga o‘tish.
• “.
” — Joriy foydalanuvchining papkasini ochish (C:\Users\Foydalanuvchi_nomi
).
• “..
” — “Foydalanuvchilar” (“Пользователи”, “Users”) papkasini ochish.
• “%temp%
” — Vaqtinchalik fayllar papkasi (Temp)ni ochish.
• “%appdata%
” — Joriy foydalanuvchining AppData\Roaming
papkasini ochish.
• “%localappdata%
” — Joriy foydalanuvchining AppData\Local
papkasini ochish.
• “%systemroot%
” — C:\Windows
papkasini ochish.
• “%programdata%
” — C:\ProgramData
papkasini ochish.
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word
🧾 Word'da ro‘yxatlarni tezkor yaratamiz
Odatda, ro‘yxat yaratish uchun Word dasturi menyu satrining Главная varaqa (вкладка)siga qaytib, mos keluvchi band ustiga bosishga to‘g‘ri keladi.
Biroq shunchaki *
(asteriks) belgisini kiritib, probelni bosish va yangi markerlangan ro‘yxat bilan ishni boshlash mumkin, uning keyingi satrlari esa ENTER
'ni bosgan holda kiritishda davom etilaveradi.
Ro‘yxat bilan ishlayotgan mahal, uning quyiroq darajali elementlarini TAB
'ni bosgan holda yaratish mumkin, yana yuqori darajaga qaytish uchun esa SHIFT
+
TAB
'ni bosish talab etiladi.
✅ Ushbu tavsiyamiz raqamli ro‘yxatlar uchun ham o‘rinlidir.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish
• Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
• Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
• Hujjatga ramka qo‘shamiz
• Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin?
• Word'da chiziqlarni o‘chirish
• Matnni ustunlar yordamida ajratish
• Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi?
• Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz
• MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
• Hujjat sahifasidagi jadvalning so‘nggi satrlarini keyingi sahifaga “majburiy” o‘tkazish sozlamasi
• Word'da jadvallarni birlashtirish
• Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish
• Ko‘rinmas jadvalni qanday yaratish mumkin?
• Hujjatda turli ko‘rinishdagi chiziqlar va jadvalni tezkor hosil qilish
• Jadval yordamida matnni qanday aylantirish mumkin?
• Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim?
• Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish
• Jadvalning sahifa boshida kelishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish
• Hujjatdagi jadval sarlavhasini qanday qilib boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilish mumkin?
• Sahifa oxiriga kelib qolgan jadval satrining boshi avvalgi sahifada qolib, davomi keyingi sahifaga o‘tib ketadigan holat uchun yechim
• Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim?
• Jadval kataklarini qanday ikkiga ajratish/birlashtirish mumkin?
• Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Gravirovka — lazer nuri orqali klaviaturaga krill alifbosini qo'yish jarayoni
👉 Bizning barcha loyihalar
🇯🇵Yapon standartlariga asoslangan xalqaro universitetga GRANT asosida o'qishga kiring va Yaponiyada ishlash imkoniyatini ega bo'ling!
💠 Japanese International University (JIU) o'z talabalariga quyidagi yo'nalishlarni taklif etadi:
🔸Biznes Boshqaruv
🔸Moliya
🔸IT
🔸Pedagogika
🔸Turizm
💼 Eng asosiysi, Universitetmizning 2023-yil bahorgi semestiriga Grant asosida o'qishga kirishingiz hamda Yaponiyada yiliga $30,000 maosh beradigan kafolatlangan ishga ega bo'lishingiz mumkin.
👨🎓 Agarda Siz ham JIU universiteti talabasi bo'lib, Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida ishlamoqchi bo'lsangiz, unda quyidagi link orqali ariza qoldiring!
👉 https://jiuuz.info/yyt
#android #game #smartfon
Happy Color mobil o‘yini 📲
Raqamlar bo‘yicha eng zo‘r bo‘yash o‘yinini yuklab oling, rasmni tanlang va bo‘yab chiqing 🌈.
Yorqin, qiziqarli rasmlar stressdan xalos bo‘lishingizda yordam beradi! 😊
1000 dan ziyod hayvonlar 🐼, yakkashohlar 🦄, manzaralar 🏞, odamlar 😀 rasmlari sizni kutmoqda ☝️. Kattalar va kichiklar, bolalar 👦 va qizlar 👧 uchun har qanday didga mos keluvchi rasmlar tavsiya etiladi. O‘zingizga kundalik hayotdan chalg‘ish hamda ranglar va relaks olamiga sho‘ng‘ishga imkon bering ❤️.
Har bir rasmlarda siz raqamni ko‘rishingiz mumkin 1️⃣, har bir raqamga biror rang mos keladi 🔴. Palitradagi 🎨 raqamlar bo‘yicha rasmni bo‘yab chiqing hamda o‘zingiz va do‘stlaringiz uchun chiroyli tasvirni hosil qiling 🏞. Rasmlar kolleksiyasi doimiy tarzda yangilanib boradi.
Ushbu ilova mobil qurilmangizda ko‘p joyni egallamaydi va batareyani ko‘p sarflamaydi.
⚪️ Har qanday joyda o‘ynash mumkin: bog‘da, ishda, uyda!
🔴 Ilovada yengil va murakkab, yorqin va qiziqarli rasmlarning katta tanlovi mavjud.
🔵 Bo‘yash o‘yini konsentratsiya va e’tiborni rivojlantiradi. Shuningdek u kundalik ishlardan chalg‘ish va stressni yengishda ko‘mak beradi.
⚫️ Ushbu bo‘yash o‘yinining interfeysi oddiy va qulay, barcha uchun tushunarlidir.
Raqamlar bo‘yicha rangli tasvirlarni hosil qiling, orom oling! 👌
📥 Happy Color mobil o‘yinini yuklab olish.
📌 P.S.: Reklamasiz va cheksiz maslahatlar bilan ulashilgan versiyasi: Happy Color v2.12.4.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet #office #rasm_bilan_ishlash
PDF ixlosmandlari uchun onlayn-uskunalar
iLovePDF – PDF-fayllarini birlashtirish, ajratish, siqish, Office hujjatlarini PDF-fayllariga aylantirish, PDF-fayllarini JPG va JPG'larni PDF'ga aylantirish uchun to‘liq bepul onlayn-uskunalardir.
Yuklangan va ishlov berilgan fayllar ikki soat mobaynida saqlanadi, so‘ngra serverdan to‘liq o‘chiriladi. Barcha yuklanmalar maxfiylikni ta’minlash uchun shifrlashni o‘z ichiga oladi.
Xullas bir post bilan barcha uskunalarni ta’riflashga joy yetmaydi. Shunchaki saqlab qo‘ying va PDF bilan ishlash uchun eng yaxshi servisni yo‘qotib qo‘ymang. 😉
📝 Manba: @pcteapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• PDF-fayllari bilan ishlash bo‘yicha mavzular, dastur va mobil ilovalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
📁 Bir nechta papkani bir urinishda yaratish imkoniyati haqida bilasizmi?
Yangi papkani yaratish uchun kimdir sichqonchaning o‘ng tugmasini bosadi va menyudan Создать - Папку bandlarini tanlaydi. Yana kimdir esa CTRL + SHIFT + N
klavishlari birikmasidan foydalanadi. Hammasi yaxshikuya, biroq, masalan, 30 ta muayyan nomdagi papkani yaratish kerak bo‘lib qolsa, nima qilish kerak? 🤔
Buning uchun Командная строка bizga yordamga keladi. Papkalar yaratilishi lozim bo‘lgan manzilga o‘ting va Проводник oynasining manzil satriga cmd buyrug‘ini kiritib ENTER
'ni bosing. Ushbu buyruq kerakli manzildagi konsol oynasini chaqiradi (cd papka_manzili
buyrug‘iga o‘xshash).
So‘ngra md 1-papka 2-papka 3-papka
buyrug‘ini ishga tushiring, bu yerda md ortidan yangi papkalarning barcha nomlari probel bilan ajratgan holda sanab o‘tiladi. Agar papka nomida probel mavjud bo‘lsa, u holda buyruqda uning nomini qo‘shtirnoqlar orasida ko‘rsating. Masalan, md 1-papka 2-papka "Yangi papka"
.
🎞 Postga biriktirilgan video ko‘rsatma orqali batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin 👇🏻
📌 P.S.: md
(make directory)'ning o‘rniga mkdir
'dan foydalanish ham mumkin, agarda yaratilgan papkalarning barchasini yana o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, unda buyruqni konsol oynasiga qayta joylashtirib, buyruqning boshidagi md
(mkdir
)'ni rd
(rmdir
, remove directory)ga o‘zgartirasiz va ENTER
'ni bosasiz.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz
• SHUTDOWN buyrug‘i
• Windows brandmaueri yordamida kompyuterda saytga kirishni bloklash
• Wi-Fi tarmog‘i signalini tekshirish
• Kompyuterga o‘rnatilgan dasturlar ro‘yxatini tezkor hosil qilish
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor
Do‘sting zo‘r dasturchiligingni kimgadir aytib qo‘yganidan so‘ng, sendan o‘sha kimdir Windows, drayver, printer yoki skanerini o‘rnatib berishni so‘raganida do‘stingga nisbatan sen 😣
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word
⌨️ Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Microsoft Word'da matnni tahrirlash uchun mo‘ljallangan klavishlar birikmalari
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
📊 Kanalimizdagi Microsoft Excel dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar bilan tanishing (1):
• Pavel Kogandan MS Excel'ga oid eng yaxshi 15 tryuk (rus tilida)
• Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
• Hisob-kitoblar uchun qaynoq klavishlar
• Excel’dagi formulalarni kiritish bo‘yicha umumiy yo‘riqnoma
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar:
1-qism | 2-qism | 3-qism
• Funksional klavishlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Son formatlari haqida
• КОНМЕСЯЦА funksiyasi
• РАЗНДАТ funksiyasi
• ЧИСТРАБДНИ.МЕЖД funksiyasi
• ОКРУГЛ (ROUND) funksiyasi
• ЕФОРМУЛА funksiyasi
• ВПР funksiyasi: 1-misol | 2-misol
• СУММЕСЛИ funksiyasi
• СУММПРОИЗВ funksiyasi
• ДЛСТР (LEN) funksiyasi
• MS Excel’da filtr qo‘llanganida satrlarning avtomatik qayta raqamlanishi haqida
• Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin?
• Berkitilgan listlar mavjudligini aniqlashning tezkor usuli
• Belgilangan diapazonda ma’lumotning qayta takrorlanmasligi uchun sozlash
• Ma’lumotni qayta kiritishga cheklov o‘rnatish
• O‘z uslub (stil)imizni yaratish va undan foydalanish
• "Лист"ni super ko‘rinmaydigan qilib berkitish
• Tezroq ishlash uchun Автозамена’dan foydalaning!
• Muayyan katakka nisbatan havola turini o‘zgartirish
• Aralash havola turidan foydalanish bo‘yicha misol (Karra jadvali)
• Vazifaning bajarilish holatini vizual tasvirlashda shartli formatlashdan foydalanish
• Ochiluvchi ro‘yxatlar
• Ochiluvchi ro‘yxatni yaratish
• Noyob ro‘yxatni yaratishning 3 usuli (1-qism)
• Foydalanuvchi Excel dasturining 17 milliarddan ko‘proq katagini to‘lg‘azib chiqdi
• Kasr sonlar bilan ishlashda yuzaga keladigan muammoni hal etish
• Kasr sonlar bilan ishlashda yuzaga keladigan muammoni hal etish (qo‘shimcha)
• Sananing elementlarini nusxalab Excelga o‘tkazganimizda yuzaga keladigan yana bir muammoning yechimi
• Excel bilan 10 tezkor tryuk
• Microsoft korporatsiyasi Word, Excel va PowerPoint dizaynini yangilaydi
• Yacheykalarni mohirona birlashtirish usuli
• Excel sahifalari va kitobidan himoyani olib tashlash
• Yacheykalar diapazoni nima?
• Microsoft Excel dasturida Avtoto‘ldirish (Автозаполнение) imkoniyatidan foydalanish
• Excel'da o‘z avtoto‘ldiriluvchi ro‘yxatimizni yaratamiz (video)
• R1C1 ko‘rinishidagi havolani A1 ko‘rinishiga qaytarish (video)
• Satrlar va ustunlarning sarlavhalarini har bir sahifada chop etish (Печать сквозных строк и столбцов) + video ko‘rsatma
• Satr va ustunlarni qotirib qo‘yish (закрепление строк и столбцов)
• Excel dasturida yacheyka uchun maxsus tanlanadigan ro‘yxat yaratish (Создание выпадающих списков)
• To‘ldirilgan diapazondagi ma’lumotlarni xatolikka qarshi tekshirish (video)
• Excel'ning “Промежуточные итоги” imkoniyatidan foydalanish (video)
• Excel'ning “Окно контрольного значения” imkoniyatidan foydalanish (video)
• Excel'ning “Диспетчер имен” imkoniyatidan foydalanish (video)
• Excel'da makros yaratishga misol (video)
• Yacheykada u yoki bu so‘z necha marta uchrashini hisoblash (video)
• Diagramma yasashda qiymatsiz satrlar keltirilgan taqdirda bo‘sh nuqtalarni bildirmaslik bo‘yicha ko‘rsatma (video)
• Microsoft Excelda Автозаполнение yordamida ro‘yxat tuzish va undan foydalanish bo‘yicha
• Microsoft Excel dasturida birdaniga bir nechta yacheykaga ma’lumot kiritish
• Microsoft Excel dasturida ПОИСК va ЛЕВСИМВ funksiyalarini qo‘llash haqida
• Microsoft Excelda ma’lumot kiritilishiga qarab amalga oshiriladigan numeratsiya
• Microsoft Excelda joriy sana uchun hafta kunini aniqlash
• Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
• Ma’lumotlarni solishtirishda Лист’lar bilan ishlashda qulaylik yaratish haqida
📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatning 2-qismi | 3-qismi.
🔠 Agar Microsoft Excel bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalaringizni sinab ko‘rish istagida bo‘lsangiz, unda #test heshtegi yordamida turli ruknlardagi (nafaqat MS Excel) test savollariga o‘tib ko‘rishni tavsiya etamiz.💡Kanalimizda MS Excel bo‘yicha taqdim etilgan ushbu maqola va tavsiyalardan iborat mundarijani do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!
😉
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #game
Eng murakkab Sudoku boshqotirmasini finlyandiyalik matemetik Arto Inkala tomonidan 2012-yilda yaratgan. Odatda ushbu yapon boshqotirmasi murakkabligi o‘lchanadigan shkalaga ko‘ra, Inkala sudokusi 11 ballga baholangan.
⚔️ Ushbu o‘yinning butun dunyo bo‘ylab boshqa foydalanuvchilar bilan Battle, ya’ni onlayn tarzda musobaqalashish uchun tavsiya etiluvchi, o‘zimiz muntazam foydalanadigan versiyasini yuklab oling (reklamalari muntazam chiqib turadi, shunisi biroz noqulaychilik tug‘dirishi mumkin):
📥 https://play.google.com/store/apps/details?id=easy.sudoku.puzzle.solver.free
🆓 Agarda reklamasiz versiyalari kerak bo‘lsa, u holda ushbu versiyalaridan ham foydalanib ko‘rishingiz mumkin:
1️⃣. Sudoku Master
2️⃣. Classic Sudoku
3️⃣. Monopoly Sudoku
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #bilasizmi
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi ⌨️
Klaviaturadagi SHIFT klavishi ko‘p vazifalarni bajaradi. Eng ko‘p ishlatiladigan va siz biladigan vazifalari quyidagilar:
– Harflarni katta-kichik ko‘rinishda yozish (SHIFT klavishini bosgan holda harf teriladi);
– Fayl va papkalarni butunlay o‘chirish (SHIFT + DELETE);
– Yozish tillarini o‘zgartirish (odatda ALT + SHIFT yoki CTRL + SHIFT) va hokazo.
Bu imkoniyatlardan tashqari, SHIFT klavishini fayl, papka va ish stolida (sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali chaqiriluvchi) kontekstli menyu bilan birga ishlatish mumkin:
1️⃣. SHIFT klavishini bosib, ushlab turgan holda, biror fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosamiz va hosil bo‘lgan menyuga qo‘shimcha “Копировать как путь” bandi qo‘shilganiga guvoh bo‘lamiz, ushbu band bizga faylning kompyuterda joylashgan manzili nusxasini olib beradi.
2️⃣. Biror papka ustiga SHIFT klavishini bosib, ushlab turgan holda holda, sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosamiz, shunda hosil bo‘lgan kontekstli menyuda qo‘shimcha “Открыть в новом процессе”, “Копировать как путь”, “Открыть окно PowerShell здесь”, kabi qo‘shimcha bandlar paydo bo‘ladi.
3️⃣. Biror dastur yorlig‘i (ярлык, shortcut) ustiga SHIFT klavishini bosib, ushlab turgan holda, sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosilsa, qo‘shimcha “Запуск от имени другого пользователя”, “Копировать как путь” kabi qo‘shimcha bandlar paydo bo‘ladi.
👉🏻 Eng asosiysi, biror fayl, papka yoki yorliq ustiga, SHIFT klavishini bosib, ushlab turgan holda, sichqonchaning o'ng tugmasi bilan bosib, ochilgan kontekstli menyuda “Отправить” menyusiga tushilsa, tanlangan obyektning nusxasini ancha-muncha joyga jo‘natish mumkin bo‘ladi
📍Yuqoridagi holatlarning barchasida SHIFT klavishi bosib, ushlab turiladi va sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilganidan so‘ng SHIFT klavishi qo‘yib yuboriladi.
☝🏻Ushbu imkoniyat Windows 10 operatsion tizimida sinab ko‘rildi, operatsion tizimning boshqa versiyalarida ishlamasligi mumkin.
📝 Manba: @planetait
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) funksiyasi bo’yicha
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri (1)
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri (2)
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Windows 7'ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши)
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari”
• Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
• Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши)
• YouTube qaynoq klavishlari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
Windows'ning buyruq satri (Командная строка)da kiritilgan buyruqlar tarixi 📜
Faraz qiling, siz Windows'ning konsol oynasida ishlamoqdasiz. Qaysidir onda sizga oldinroq kiritilgan buyruqni qayta qo‘llash zarurati paydo bo‘lib qoldi, biroq siz uning kiritilish tartibini unutdingiz.
Bunday vaziyatda nima qilish lozim? Barcha kiritilgan buyruqlar bo‘ylab yuqoriga/pastga qaratilgan strelkachali klavishlarni bosish orqali tartib bilan o‘tishmi? Bu ortiqcha vaqt olishi mumkin.
🗝 Buning osonroq yechimi – F7
funksional klavishidan foydalanishdir. U kiritilgan buyruqlar ro‘yxatini o‘zida aks ettiradi.
📋 Siz buni qo‘llash orqali kerakli bo‘lgan buyruqni tezroq topib, uni ENTER
klavishini bosgan holda ishga tushirishingiz mumkin.
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
👁🗨 Windows'da fayl kengaytmalarini ko‘rinadigan holatga keltirish
Fayl nomining kengaytmasi — faylni identifikatsiya qilish maqsadida, uning nomiga qo‘shimcha qilinadigan belgilar ketma-ketligidir. Masalan, .png - bu rasm fayllarga tegishli bo‘lsa, .docx - MS Word matnli fayllari tegishlidir.
Qoida bo‘yicha fayl nomlari kengaytmasiz ko‘rinishda keltirilgan bo‘ladi. Agar uni Проводник'da ko‘rinadigan qilish lozim bo‘lsa, unda quyidagi amallar ketma-ketligini bajaring:
1️⃣. Панель управления'ni oching va Параметры Проводника bo‘limiga o‘ting.
2️⃣. Перейдите на вкладку Вид varaqa (вкладка)siga o‘ting va Скрывать расширения для зарегистрированных типов файлов bandidan qushcha belgisini olib tashlang.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
💎 Siz yasagan model umringiz davomida foyda keltirsa-ya?!
💰 Hozirgi kunda 3DsMax dasturini o'rganishga bo'lgan talab keskin oshgan, ammo pullik kurslar narxi - osmonda!
✳️ Sizga qulaylik yaratish maqsadida 3DMaxBot loyihasini yaratdik. Ushbu loyiha 3D modeling sohasiga qiziquvchilar uchun bepul resurslarni taqdim etadi!
Loyihamiz manzili: 👉 @UchDsMaxBot
#tarmoq #mulohaza_uchun #maslahat
Shunday vaziyatlarda kabel tortish uchun juda oqilona usul, “Momiqvoy, va nihoyat sening ham bizga foydang tegadigan bo‘ldi!” 😉
ℹ️ Tarmoq rukni ostidagi barcha postlarimiz roʻyxati: 1-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software #hardware
⌨️ Matn kiritilishidan bir necha soniya o‘tib CapsLock klavishini avtomatik o‘chadigan qilish
Agarda biror hujjat bilan ishlash yoki chatda yozishish paytida CapsLock
'ni ko‘p qo‘llasangiz, kerak bo‘lgan paytida ushbu klavisha faolligi hayolingizdan ko‘tarilib, katta harfni kiritaman deb SHIFT
'ni bosasiz va bunda harflar aksincha kichik kiritilishi asabingizga tegib, ortiqcha vaqtingizni oladi, biror guruhda esa hadeb katta harfda matn kiritishingiz adminlarning jig‘iga tegib, sizni shunchaki ban qilishlari mumkin.
Siz shunday qilishingiz mumkinki, matn kiritishni to‘xtatishingiz bilan CapsLock
bir necha soniya o‘tib o‘zi o‘chadigan bo‘ladi. Foydalanuvchi tomonidan belgilangan vaqtdan so‘ng CapsLock
klavishini avtomatik o‘chirib qo‘yish uchun mo‘ljallangan CapsUnlocker kichik yordamchi dasturini yuklab oling va arxivni alohida papkaga ajratib olib, CapsUnlocker.exe faylini ishga tushiring.
1️⃣. Yordamchi dasturni ishga tushirib, uning menyusini tizim soati yonidagi ishga tushirilgan dasturlar treyidan oching va “Option” bandini tanlang.
2️⃣. “Unlocking Interval” sozlamasiga ahamiyat bering, qoida bo‘yicha uning qiymati sifatida 30 soniya — ya’ni faol turgan CapsLock
'ni avtomatik o‘chirish vaqti belgilangan.
3️⃣. Sizga kerakli vaqt oralig‘ini ko‘rsating va sozlamalarni saqlang.
📎 CapsUnlocker v1.1 dasturini yuklab olish.
📝 Manba: @trojan_anonym
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #internet #hardware
⌨️ Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori
Tez matn kiritish o‘rganishga ko‘maklashuvchi ko‘plab klaviatura trenajyorlari mavjud. Bu alohida o‘rnatiluvchi dasturlar yoki veb-xizmatlar bo‘lishi mumkin. TypeRacer boshqa foydalanuvchilar bilan raqobatlashish imkoniyati tufayli ularning ko‘pchiligidan ajralib turadi.
TypeRacer — raqobat rejimiga ega klaviatura trenajyori. G‘oyasi nihoyatda sodda: siz va sizning raqib(lar)ingiz xizmatga ulanasiz va bir vaqtning o‘zida matn kiritishni boshlaysiz. Barchasi ekranda harakatlanuvchi mashinalar ko'rinishida vizuallashtiriladi va kimning mashinasi marraga birinchi yetsa, o‘sha foydalanuvchi g‘alabaga erishadi. Saytda bezatish uchun bir qancha mavzular va turli tillar tanlovi mavjud.
Siz peshqadamlar jadvalida o‘zish uchun shunchaki vaqt yoki ochkolar bo‘yicha raqobat qilmaysiz, balki real vaqtda haqiqiy raqib(lar) bilan raqobatlashasiz.
📝 Manba: @komputeer
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish (Ratatype)
• Klaviaturada tezkor matn kiritish uchun Stamina xizmati
• Onlayn klaviatura trenajyorlari
• СОЛО на клавиатуре kompyuter dasturi
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word #excel #powerpoint #telegram #hotkey
Matnni formatlashda eng ko‘p qo‘llaniluvchi ushbu tezkor klavishlar MS Office paketidagi mashhur uch dastur (Word, Excel, PowerPoint), Telegram Desktop'da va yana ko‘plab matn kirituvchi dasturlarda qo‘llanilishi mumkin:
• CTRL + B
– qalin yozuv (жирный, Bold);
• CTRL + I
– kursiv yozuv (курсив, Italic);
• CTRL + U
– ostiga chizilgan yozuv (подчеркнутый, Underline).
📌 P.S.: Tezkor klavishlarni amaliyotda ko‘proq qo‘llash va klaviaturaga qaramasdan matn kiritish mahoratini o‘zlashtirish orqali ish samarangizni ancha oshirishingiz mumkin! 😉
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
• Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word #maslahat
📄 Microsoft Word uchun layfxaklar (1-qism)
Word bilan hamma ishlaydi, biroq har kim ham undagi ishni ancha osonlashtiruvchi fishkalari haqida bilmaydi. E’tiboringizga har kuni bajariluvchi vazifalarni avtomatlashtirish va matnni tayyorlashni tezlashtirish bo‘yicha bir nechta sir-asrorlarni havola etmoqchimiz.
1️⃣. Hujjatga sana va vaqtni tezkor joylashtirish
Joriy kun, oy va yilni hujjatga tezkor joylashtirish uchun SHIFT
+ ALT
+ D
klavishlari kombinatsiyasini qo‘llash mumkin. Sana KK
.OO
.YYYY
formatida aks etadi.
Vaqt bilan ham xuddi shu amalni SHIFT
+ ALT
+ T
birikmasi yordamida amalga oshirish mumkin.
📌 P.S.: Hujjatga ushbu usul yordamida joylashtirilgan sana va vaqt – hujjat har safar qayta ishga tushirilganida yangilanib boradi 🔄.
2️⃣. Registrni tezkor almashtirish (harf katta-kichikligini boshqarish)
Agarda tasodifan matnni mos kelmagan registrda kiritib qo‘ygan bo‘lsangiz, ushbu matn bo‘lagini belgilang va SHIFT
+ F3
klavishlari birikmasi yordamida registrni kattadan kichikka va aksincha o‘zgartiring.
3️⃣. Kursorni so‘zlar bo‘ylab o‘tkazish
Agarda kursorni klaviatura strelkalari yordamida boshqarsangiz, u har bir simvol bo‘ylab siljiydi. Ushbu siljishni “tezlashtirish” uchun strelkalarni bosish oldidan CTRL
klavishini bosib turing. Kursor so‘zdan-so‘zga o‘tish orqali tezkor siljiydi.
📌 P.S.S.: CTRL
+ SHIFT
va strelkalarni bosish orqali so‘z hamda abzatslarni tezkor belgilashingiz mumkin.
4️⃣. Ro‘yxat elementlari/jadval satrlari o‘rnini o‘zgartirish
Agarda ro‘yxat elementlari/jadval satrlari tartibini o‘zgartirish zarurati yuzaga kelsa, o‘rni almashtirilishi lozim bo‘lgan satrga kursorni joylashtiring va SHIFT
+ ALT
birikmasini bosib turgan holda mos ravishda ↑
va ↓
strelkalarini bosing.
Davomi keyingi postda... 😉
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija