Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
#smartfon #android #learn_english_with_software
📲🇬🇧 “English Grammar in Use” mobil ilovasi qarshi oling!
📚 Cambridge University Press — ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha dunyoning yetakchi o‘quv adabiyotlari nashriyoti. Ilovaning tarkibidagi kontent ushbu sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
Raymond Murphy tomonidan yaratilgan “English Grammar in Use” rasmiy ilovasi. Hayotning barcha jabhalari uchun qo‘l keluvchi, ingliz tilining o‘rtacha darajasini o‘zlashtirayotganlar uchun ingliz tili grammatikasini mashq qilishda yordam beradi. Boshlang‘ich to‘plami grammatikaning oltita bo‘limidan (hozirgi va o‘tgan zamonlar) iborat bo‘lib, tushuntirishlar va interaktiv mashqlar, glossariy va qaysi grammatika bo‘limini o‘zlashtirishingiz lozimligini aniqlashda yordam beruvchi uslubiy qo‘llanmani o‘z ichiga oladi.
💸 Dunyo bestselleri
Raymond Murphy’s English Grammar in Use — Cambridge University Press tomonidan nashr qilingan, tilning o‘rtacha darajasini o‘zlashtirayotganlar uchun ingliz tili grammatikasi bo‘yicha dunyo bestselleri. Ushbu ilovaga kitobning 4-nashrida keltirilgan 145 grammatika bo‘limi va sizga mashq qilish hamda o‘z ko‘nikmalaringizni yaxshilashda ko‘mak beruvchi yuzlab interaktiv mashqlar kiritilgan. Siz barcha 145 bo‘limni xarid qilishingiz yoki ular orasidan faqat keraklilarini tanlashingiz mumkin.
🤗 Har qayerda va har qachon
Grammatik tushuntirishlar va mashqlar Raymond Murphy tomonidan smartfon va planshetlar uchun maxsus yozilgan bo‘lib, grammatikani istalgan vaqtda va istalgan joyda o‘zlashtirish imkonini beradi.
✅❌ Avtomatik baholash
Grammatika mashqlariga javoblar avtomatik ravishda baholanadi, agar xato qilsangiz to‘g‘ri javobni darhol ko‘rsatadi. Mustaqil o‘rganish uchun ayni muddao.
🎧 Namunalarning eshittirilishi
Namunali jumlalarning audio yozuvlari sizga tinglash ko‘nikmalari hamda grammatikani yaxshilashga yordam beradi.
📥 English Grammar in Use v1.11.18 mobil ilovasini yuklab olish.
✅ Ilovada jami 145 ta unit mavjud bo‘lib, ulardan dastlabki 6 ta unit oldindan ilovaga yuklab olingan bo‘lib, foydalananish uchun ochiq bo‘ladi, qolgan Unitlarga murojaat etishingiz bilan ochiluvchi ogohlantiruvchi oynada OK tugmasi bosiladi va qolgan 139 ta unit yuklab olinishi jarayoni boshladi. Barchasi yuklab olinganidan so‘ng ilovadan erkin foydalanaverasiz! 😉
🤝 Texnik qo‘llab-quvvatlash: ptsupport@cambridge.org
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tomosha qilish, tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Darslarni onlayn tomosha qilish uchun “Cambridge University Press ELT” YouTube kanali
• “Grammar in Use”ning 30 yilligi uchun Raymond Murphy bilan maxsus intervyu
• “Basic Grammar in Use” kompyuter dasturi
• “Basic Grammar in Use 3rd Edition” elektron kitobi
• “English Grammar in Use 5th Edition - 2019” elektron kitobi
• “English Grammar in Use Supplementary Exercises 5th Edition - 2019” elektron kitobi
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
Windows 10’da “Проводник” ilovasi tomonidan ochiladigan doimiy papkani o‘zgartirish 📁🔁
“Проводник” ilovasi tomonidan ochiladigan doimiy papka qanaqa?
Istalgan usul orqali “Проводник” oynasi ochilganda, qaysi papka namoyon bo‘lsa, shu doimiy papka hisoblanadi.
Aksariyat foydalanuvchilar, kompyuter diskidagi fayllar bilan ishlash uchun, ish stolidagi “Мой компьютер” belgisidan foydalanishadi. Bu oynani ochishning esa tezkor usuli bor:
🔹“Win (bayroqcha) + E” tugmalarini bosgan holda;
🔸“Пуск” menyusi joylashgan “Панель задач”, ya’ni odatda ekranning quyi qismidagi gorizontal menyuda joylashgan papka belgisi orqali.
Windows 10’da yuqoridagi usullardan foydalansangiz “Мой компьютер” oynasi ochilmaydi balki, “Быстрый доступ” papkasiga o‘tiladi.
Biz buni Windows 7’dagi singari “Мой компьютер”ning standart oynasini ochadigan holatga keltiramiz.
1️⃣. “Win (bayroqcha) + R” → control
va “Enter” yoki “Пуск” → “Панель управления”.
2️⃣. Kompyuterni sozlovchi menyusi orqali “Параметры проводника” (Параметры папок) menyusiga kiriladi.
3️⃣. Hosil bo‘lgan oynaning “Общие” varaqa (вкладка)sida, eng yuqorida joylashgan “Открыть проводник для:” qismi — “Этот компьютер”ga o‘zgartiriladi.
4️⃣. “Применить” → “OK”.
Endi, “Win (bayroqcha) + E” klavishlari birgalikda bosilsa, “Мой компьютер” oynasi ochiladi. Bu tugmalarni ishlatish juda qulay, chunki istalgan joyga borganda, ish stolidan “Мой компьютер” belgisini izlab yurmaysiz, masalan, ba’zi mutaxassislarning ishchi stolida bu belgini umuman ko‘rmaysiz. 😉
☝🏻O‘zimizdan qilib misol keltiradigan bo‘lsak, ancha yillardan buyon “Мой компьютер” oynasini ochish uchun, “Win + E” va boshqa ko‘plab funksiyalarni amalga oshiruvchi foydali klaviatura kombinatsiyalari va buyruqlaridan foydalanib kelamiz.
📝 Manba: @planetait
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Windows 7 ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши)
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari”
• Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
• Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши)
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🤩 PROWEB o'z hayotini yorqin kelajak sari o'zgartirishga tayyor insonlar uchun Ramazon oyi munosabati bilan sirli sovg'a tayyorladi.
Kompyuterni qanday yig'ilishiga yoki ishlashiga hech qiziqib ko'rganmisiz? 😱 Unda sizni KOMPYUTER YIG'ISH kursimizga taklif qilamiz!
Kurs boshlanishidan oldin tanishtiruv dars bo'lib o’tadi, u yerda butun kurs haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin! 🤩
▪️KOMPYUTER YIG'ISH — 19 aprel | 12:30
✅ Tezroq sovg'angizni qo'lga kiriting va bepul tanishtiruv darsga yoziling:
👉 @proweb_info_bot
#learn_english_with_software #smartfon #android
🇬🇧 HelloTalk — chat yordamida o‘z tilining tashuvchilari bilan muloqot qilish orqali chet tillarini samarali o‘rganish uchun mobil ilova. VIP-versiya.
📎 HelloTalk v5.2.26 mobil ilovasini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Mavzuga doir mobil ilovalar:
• Duolingo
• Drops
• Memrise
• Busuu
• Полиглот 16/32 va boshqalar
• English LinDuo
• Rosetta Stone
• English Galaxy
• Lingvist
• IELTS Test
• English Level Checker
• English Tenses
• English Grammar in Use
• 4 pics 1 word
• Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar
• Ingliz tilini kompyuterda o‘zlashtirish uchun dasturlar
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
Jadvalning sarlavhasini qanday qilib “muzlatib” qo‘yish mumkin? 🌬
Faraz qilamiz, jadvalingizda sarlavhalar bor va list bo‘ylab pastga qarab siljigan paytingizda – ularning doimiy ko‘rinib turishini istaysiz deylik.
Buning uchun sarlavhadan bitta pastda joylashgan satrni butunlay belgilash lozim (buni oynaning chapki chetidagi satr raqami ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan bosish yoki tegishli satrga strelkali klavishlar yordamida o‘tib, “SHIFT + PROBEL” klavishlari birikmasini bosish orqali amalga oshirish mumkin).
📍Aytaylik, masalan, sarlavha uchinchi satrda joylashgan bo‘lsa — siz to‘rtinchisini belgilaysiz.
Shundan so‘ng menyu satrining Вид varaqa (вкладка)si → Закрепить области'ga o‘tasiz. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, agar sarlavha birinchi satrda joylashgan bo‘lsa, siz satrlarni belgilamay turib, shunchaki ushbu boshqichdagi Закрепить верхнюю строку bandini tanlashingiz mumkin.
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word
Dastlabki sahifa uchun kolontitulni o‘chirish 📄
Kolontitul yaratishda (sahifaning yuqori yoki pastki qismiga ikki marta bosiladi) kiritilgan matn barcha sahifalarda bir xil aks etadi.
Biroq agar kolontitulni dastlabki sahifadan olib tashlab, qolgan sahifalarda esa qoldirish lozim bo‘lsa, quyidagi ko‘rsatmaga amal qiling:
— 1-qadam
Kolontitulni yarating va menyu satridagi yuzaga kelgan Конструктор varaqa (вкладка)siga o‘ting.
— 2-qadam
Параметры bo‘limida Особый колонтитул для первой страницы bandi qarshisiga maxsus belgini o‘rnating.
— 3-qadam
Dastlabki sahifaga o‘ting va kolontitulni o‘chiring yoki tegishli o‘zgartirish kiriting.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#tarmoq #security #internet #operatsion_tizim
Ushbu videoko‘rsatmada Wi-Fi tarmog‘ingizga kim ulanganligini bilish, uni tarmog‘ingizdan foydalanishga qarshi bloklash va qayta ruxsat berish to‘g‘risida so‘z boradi.
🎞 Videoni ko‘rish uchun havola.
📌 P.S.: Bizga murojaat etgan yosh vloger ukamiz Nodirbekka esa yangi videoko’rsatmalar yaratishida zafarlar tilab qolamiz! 🤝
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #mulohaza_uchun
👨🏻💻 O‘zbekistonda yigitlar IT mutaxassisi bo‘lishni istaydi — tadqiqot
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari farzandlar tarbiyasi va ularning kasb tanlashida ota-onalarning roli, shuningdek, buning betashvish keksalik gashtini surishdagi ahamiyatini aniqlashga qaratilgan tadqiqot o'tkazdi. Tadqiqot doirasida 10 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan bolalarning ota-onalari ishtirokida so'rov ham o'tkazildi.
👨👩👧👦 So‘rovda 2100 kishi ishtirok etdi. (N=2100). Respondentlarning 72 foizini ayollar, 28 foizini erkaklar tashkil etdi. Ta’lim darajasi bo‘yicha ularning 4,6 foizi ilmiy darajaga, 36,1 foizi oliy ma’lumotga, 21,2 foizi o‘rta, 38,2 foizi o‘rta maxsus ma’lumotga ega.
1️⃣ So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 28,7 foizi keksa ota-onasi bilan yashashi ma’lum bo‘ldi. Farzandlaringiz tarbiyasiga kim ko‘proq ta’sir qiladi, degan savolga ota-onalarning 41,6 foizi ona, 27,4 foizi ota, 9,3 foizi bobo va buvilar, 8,1 foizi aka-opalar, 7,3 foizi o‘qituvchilar, 3,7 foizi begonalar va 2,5 foizi boshqa qarindoshlar, deb javob bergan.
2️⃣ Soʼrovda ishtirok etganlarning aksariyati (80,2%) farzandlarini maʼlum kasb boʼyicha yetuk mutaxassis boʼlib, elga taniladigan inson sifatida koʼrishi ma'lum bo'ldi. Moddiy taʼminlanganlik va mulk egasi boʼlishi ikkinchi orzu bo'lib qolmoqda (7,9%). Ushbu savolning javoblari ota-onalarning millati va maʼlumot darajasi, farzandning jinsi boʼyicha farq qilmaydi.
3️⃣ Аksariyat ota-onalar (95,8 foiz) farzandlari kelajagi borasida oʼzaro maslahatlashgan. 88,3 foiz holatda ularning fikri bir joydan chiqqan bo'lsa, 7,2 foiz holatda fikrlar keskin farqlangan.
4️⃣ Soʼrovnoma javoblari shuni koʼrsatdiki, ota-onalar farzandlari kelajagini rejalashtirishda bolalarning fikriga ham eʼtibor bermoqda. Ota-onalarning 97,9 foizi oʼz farzandlari bilan ushbu mavzuda suhbatlashgan boʼlib, 86,3 foizi farzandlarining tanlovini maʼqullagan, 11,1 foizi qisman maʼqullagan, 1,3 foizi esa qoniqmagan.
5️⃣ Soʼrovnoma javoblariga binoan, yoshlarda tibbiyot yo'nalishidagi kasblarga (15,5 foiz) qiziqish kattaligi aniqlandi. Keyingi oʼrinlarni oʼqituvchi (9,7 foiz), IT mutaxassisligi (9,3 foiz), iqtisodchi (sohalar boʼyicha) (8,2 foiz), tadbirkor (7,7 foiz) kabi kasblar egalladi. Respondentlarning 2,5 foizi farzandlari kelajakdagi kasbi haqida hali qarorga kelmaganini ta'kidlagan. Qizlar kutilganidek ko'proq shifokor (16,3 foiz) va oʼqituvchi (13,8 foiz) kasblarini tanlagan boʼlsa, oʼgʼil bolalar birinchi oʼrinda IT mutaxassisligi (18,7 foiz), keyin esa shifokor (13,7 foiz), iqtisodchi (13,2 foiz) va tadbirkor (11,2 foiz) kasblarini afzal ko'rgan.
6️⃣ Farzandining kasb toʼgʼrisidagi qarori qanday boʼlmasin, ota-onalarning 81,6 foizi bu qarorni bajonudil qabul qilishini, 12,7 foizi esa ushbu qarorni oʼzgartirish kerakligini iltimos qilishini aytgan.
7️⃣ Ota-onalarning 55,7 foizi farzandlariga nisbatan talabchanlik qilish, kerak bo‘lganda yordam ko‘rsatish, 36,2 foizi nazorat qilish orqali tarbiya berish lozimligini, 6,4 foizi esa farzandlariga erkinlik berish kerakligini qayd etgan.
8️⃣ So‘rovda qatnashgan ota-onalarning 20 foizdan ortig‘i farzandlarining o‘qituvchilari bilan bir oyda bir marta muloqot qilishini, 16,4 foizi esa umuman muloqot qilmasligini bildirgan.
👉 Batafsil
📝 Manba: Xabar.uz | IMRS Research
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #IT_humor
Video darsdagi ma’ruzachi ortidan ulguraman degan paytingda... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor
Senga yangi kompyuter sovg‘a qilishsa-yu, sen undan foydalanishni bilmay ustabuzarmonlik qilganingda... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Lenovo M910Q Mini PC kompakt kompyuteri sotiladi
- Protsessor core i7-6700T 2.8GHz 8CPU
- RAM 32GB DDR4
- NVme SSD 1 TB + 2TB SSD SATA / umumiy 3TB ssd
- Windows 10-Pro 64x Licensed
- Monitor xtech curved 24 dyum / изогнутый - egilgan 1920x1080
- Bluetooth, klaviatura, mishka
Ofis, internet, dizayn, media uchun juda qulay.
Batafsil: https://www.olx.uz/d/oz/obyavlenie/lenovo-mini-pc-m910q-32gb-core-i7-3tb-ssd-ID3d9AK.html
#operatsion_tizim #tarmoq #internet
📶 Windows 10'da Wi-Fi'ni routersiz tarqatish
Agar sizning qurilmangizda Windows 10 o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda internetning tarqatilishini kompyuterning o‘zidan turib faollashtirish mumkin.
1️⃣. WIN
+
I
klavishlari birikmasi orqali “Параметры” oynasini ekranga chaqiring va unda “Сеть и Интернет” → “Мобильный хот-спот” bandlari bo‘ylab o‘ting. Bu yerda tarmoq nomi va parol keltirilgan bo‘ladi. Xohishga ko‘ra ularni “Изменить” tugmasini bosgan holda o‘zgartirish mumkin.
2️⃣. Oyna yuqorisidagi surgichni “Вкл” holatiga o‘tkazing.
📝 Manba: @trojan_anonym
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish
• Noutbukka lokal tarmoq orqali keluvchi Internetni Wi-Fi orqali tarqatishning oddiy usuli
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun
O‘ZIMIZGA NISBATAN QO‘LLASHNI TO‘XTATISHIMIZ LOZIM BO‘LGAN NARSALAR:
⛔️ Ichimizdagi salbiy muloqotni to‘xtatish;
⛔️ O‘zimizni boshqalar bilan solishtirishni to‘xtatish;
⛔️ Ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni behuda sarflashni to‘xtatish;
⛔️ O‘zimizga nisbatan g‘azablanishni to‘xtatish;
⛔️ Zaharli insonlar orasida bo‘lishni to‘xtatish;
⛔️ Hayotimizni qo‘rquv nazorat qilishini to‘xtatish.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software
🎥🖥 Movavi Screen Recorder - monitor ekranidagi harakatlarni video ko‘rinishida yozib olish hamda butun ekran, tanlangan oyna yoki oynaning bir qismidan skrinshot hosil qilish uchun dastur. Tayyor roliklarni mobil qurilmalar qo‘llab-quvvatlaydigan formatlarga konvertatsiya qilish mumkin. Video yozib olish jarayonida dasturlardagi tovushlar va foydalanuvchi ovozini yozib olish imkoniyati mavjud. Dastur ham oqimli audio manbasidan, ham o‘rnatilgan mikrofondan ovoz yozib olish imkoniyatiga ega.
DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v21.1.0
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi
📎 Movavi Screen Recorder v21.1.0 dasturini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScn) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
• PRINT SCREEN (PrtScn) klavishi yordamida ekran fragmentini rasmga olish
• Pikseliga qadar aniqlikdagi jozibador skrinshotlarni qanday yaratish mumkin? (Ksnip dasturi)
• Ekrandan videoni yozib olish uchun bepul ilovalar
• Telegram’ingizda screenshot olib bo‘lmayaptimi?
• Icecream Screen Recorder Pro kompyuter dasturi
• AZ Screen Recorder mobil ilovasi
• ADV Screen Recorder mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun
O‘QISH VAQTIDA DIQQATNI JAMLASH BO‘YICHA MASLAHATLAR:
✅ Barcha bezovta qiluvchi va chalg‘ituvchi omillarni olib tashlang: telefonni o‘chiring, eshikni yoping, televizorni o‘chiring;
✅ Ish joyingizni tartibga soling va tozalang;
✅ O‘quv mashg‘ulotlarini 1 soatdan ortiq o‘tkazmang;
✅ O‘qish uchun mahsuldor (samarali) bo‘lgan vaqtlaringizni aniqlang;
✅ O‘qishning har soati uchun maqsadlar belgilang;
✅ O‘z maqsadlaringizga nima uchun erishmoqchi ekaningizni biling.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Yangi start!
• Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar
• Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
• Dasturchi uchun Time Management kerakmi?
• O‘zimizga nisbatan qo‘llashni to‘xtatishimiz lozim bo‘lgan narsalar
• Taqdirimizga ta’sir qiluvchi besh tavsiya
• Muvaffaqiyatli kishilar qanday qilib barchasiga ulgurishadi?
• Telegram’da rejalashtirilgan xabarlar yuborish
• Telegram'dan Reminder (eslatib turuvchi) sifatida foydalanish
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet
🗑 O‘z akkauntlaringizni qanday qilib tezkor o‘chirishingiz mumkin?
Ko‘plab kompaniyalar foydalanuvchilarning o‘z akkauntlarini o‘chirishlari murakkab bo‘lishi uchun Dark Pattern texnologiyasini qo‘llashadi.
justdelete.me — bu ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar sahifalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalarni o‘z ichiga oluvchi saytdir.
1️⃣. Yuqorida keltirilgan sayt bo‘ylab o‘ting;
2️⃣. Akkaunti o‘chirilishi lozim bo‘lgan xizmatning nomini qidiruv satriga kiriting;
3️⃣. Paydo bo‘lgan natija ustiga bosing;
4️⃣. Akkauntni o‘chirish jarayonini boshlang.
Sayt akkauntni o‘chirishning murakkablik darajasini ko‘rsatib beradi:
• Easy – o‘chirish oson;
• Medium – qo‘shimcha qadamlarni bajarish talab etiladi;
• Hard – to‘liq o‘chirish xizmat vakillari bilan bog‘lanishni talab etadi;
• Impossible – o‘chirishning imkoni yo‘q.
Shunday qilib, sayt sahifalarini varaqlab o‘chirish tugmachasini izlab o‘tirmay, akkauntlaringizni tezda yo‘q qilishingiz mumkin.
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Internet rukni ostidagi kanalga joylashtirgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel #security
Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin? 🔐
Agar sizdan hujjatni qabul qiluvchilar unda qanday funksiyalarni qo‘llaganingizni bilishlarini istamasangiz – ularni osonlikcha berkitishingiz mumkin.
Buning uchun formulasi berkitilishi lozim bo‘lgan yacheykalarni belgilang, belgilangan fragment ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va yuzaga keluvchi ro‘yxatdan “Формат ячеек”ni tanlang. Ochilgan oynaning “Защита” varaqa (вкладка)sida “Скрыть формулы” bandi qarshisiga maxsus belgini o‘rnating va “OK” tugmasini bosing.
Ushbu usul ishlashi uchun tanlangan list ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va “Защитить лист” bandini tanlagan holda, yuzaga keluvchi oynachada parol o‘rnatish lozim (oynachaning qolgan bandlari o‘zgartirilmaydi).
🎞 Ushbu videoda esa buni vizual tarzda ko‘rishingiz mumkin.
ℹ️ Microsoft Excel ruknidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word
Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim? 📏
Aytaylik, siz jadval yaratdingiz, lekin matnning bir qismi kerakli satrga sig‘mayabdi va uning ortida “yo‘qolib qolmoqda”. Ushbu muammoni hal qilish uchun quyidagi qadamlarni amalga oshirish tavsiya etiladi.
— 1-qadam
Satr ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va hosil bo‘luvchi menyudan “Свойства таблицы” bandini tanlang.
— 2-qadam
“Строка” varaqa (вкладка)sida “Высота” bandidan maxsus belgini olib tashlang. Endi satrlar yangi matn qo‘shilib borgani sari “kengayib” boraveradi.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Pubg MOBILE-da UC xaridi uchun 10% cashback!
7-17 aprel kunlari har qanday UC nominallarini 10% cashback bilan sotib olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.
Bizning narxlarimiz hamyonbop ekanligiga ishonch hosil qilish uchun OSON ilovasini yuklab oling 😉
✅ IT va BIZNES sohasiga qiziqasizmi ?
Unday boʻlsa, IT va biznes sohasida IDU universitetida GRANTda oʻqishni qoʻldan boy bermang!
IDU - International Digital University
(Xalqaro Raqamli Universitet) 90% grantda oʻqishni taklif etadi.
📥Hujjatlar 27-aprelga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.
🎲 Universitetga kirish imtihoni 29-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fursatni qoʻldan boy bermang!
Joylar soni chegaralangan!
✅ Xalqaro diplom;
✅ Britaniya ta’lim standartlari;
✅Oʻqish mobaynida IT-kompaniyalarda malaka oshirish;
✅Bitiruvchilar uchun AQSH va Yevropa mamlakatlarida ish faoliyatini yuritish imkoniyati.
✅ 21-asrning eng talabgir IT va biznes yo'nalishlar sizni kutmoqda.
🔗Batafsil maʼlumot
Telegram | Instagram
#mulohaza_uchun #tarmoq #internet #IT_humor
– Allo, provayderga ulandimmi? Negadir internetim ishlamay qoldi, sababini bilish uchun ustani yubora olasizmi? 🙄
ℹ️ Tarmoq rukni ostidagi barcha postlarimiz roʻyxati: 1-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
O‘z karyerangizni boshlamoqchimisiz?
Toshkent shahridagi Amiti universitetida bo‘lib o‘tadigan bosh ish o‘rinlari yarmarkasi “Job Fair 2023” siz uchun ajoyib imkoniyat!
Ushbu qiziqarli tadbir mintaqadagi eng yaxshi ish beruvchilar, xususan, Huawei, Skillbox, Epam, Deloitte, PepsiCo, Makro, AKFA, UzTelecom, IT-Park, UZCARD va boshqa kompaniyalarni birlashtiradi va turli sohalarda keng ko‘lamli ish imkoniyatlarini taklif qiladi.
👉🏼 Ishga qabul qiluvchilar bilan yuzma-yuz uchrashish, savollar berish va hatto rezyume topshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Bundan tashqari, tadbir davomida qiziqarli o‘yinlar bo‘lib o‘tadi, g‘oliblarni planshet, telefon kabi qimmatbaho sovrinlar kutmoqda 🎁
📍Manzil: Toshkent shahridagi Amiti universiteti
🗓 O‘tkazilish kuni: 11-aprel
🕐 O‘tkazilish vaqti: 13.00-17.00
👉 @AmityUniversityTashkent
#operatsion_tizim
Fayl yoki papkaning xususiyati (Свойства)ni ekranga tezkor chaqirish 🏷
Ma’lum bir fayllar yoki papkalarning hajmini bilish uchun biz bir guruh elementlarni belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosgan holda ochiladigan kontekstli menyu (контектсное меню)ning ostida joylashgan Свойства (Properties) elementini tanlaymiz.
Buni klaviatura orqali amalga oshirishning soddaroq usuli bor, ya’ni xuddi boyagi kabi elementlarni SHIFT, CTRL, Пробел (Space) va strelkalar yordamida belgilagan holda ALT + ENTER tugmalar birikmasini bosishdir.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Microsoft Windows 7 | Windows 10 operatsion tizimida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Internet brauzerida tezkor ishlash uchun 38ta klaviatura birikmalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura birikmalari
• Telegram Desktop dasturida ishni tezlashtirish va qulaylashtirish hamda matnni formatlash uchun tezkor klaviatura birikmalari
• Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar 🚀
1️⃣. Bir nechta yacheykalarni bir xil qiymat bilan to‘ldirish uchun, ularni dastlab belgilang, yacheykalardan biriga qiymatni kiriting va CTRL + ENTER'ni bosing.
2️⃣. Listlar bo‘ylab tezkor o‘tish uchun CTRL + PAGE UP va CTRL + PAGE DOWN klavishlari birikmasidan foydalaning.
3️⃣. Agar birovning kompyuterida dasturdan foydalanish istagi yuzaga kelib, biroq Excel yorlig‘ini topa olmasangiz, unda WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить (Run)” oynasini chaqirib, unga “excel” so‘zini (qo‘shtirnoqlarsiz) kiritgan holda ENTER klavishini bosing (dastur kompyuterga o‘rnatilgan bo‘lsa ochiladi, aks holda xatolik oynasi yuzaga keladi).
4️⃣. Funksiyani qolgan satrlarga nisbatan pastga qarab tortish orqali qo‘llashdan tashqari, faol yacheykaning o‘ng pastki burchagidagi to‘rtburchak marker ustiga (sichqonchaning chap tugmasi bilan) ikki marta bosish orqali buni qo‘llash mumkin (ushbu post ostiga biriktirilgan rasmda ko‘rsatilgan👇🏻).
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• 15 лучших трюков от Павла Когана
• Excel bilan 10 tezkor tryuk
• Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula
• Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Hisob-kitoblar uchun qaynoq klavishlar
• Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi?
• MS Excel’da filtr qo‘llanganida satrlarning avtomatik qayta raqamlanishi haqida
• Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android
Android'da saqlangan parollarni qanday ko‘rish mumkin? 🔐🤔
Android'da veb-saytlar, xizmatlar va siz tomondan o‘rnatiladigan ilovalar parollarini saqlash uchun parollar menejerining mavjudligi haqida hamma ham bilmaydi. Natijada, siz hattoki dasturni o‘chirib tashlab, so‘ngra qayta o‘rnatgan taqdiringizda ham, sizga qayd ma’lumotlarini qayta qo‘lda kiritib o‘tirish zarurati bo‘lmaydi.
Xo‘sh, ushbu parollarni qanday ko‘rishimiz mumkin?
1️⃣. Smartfoningizdagi Настройки'ni oching va Google bo‘limiga o‘ting.
2️⃣. Ochilgan oynada Автозаполнение → Автозаполнение от Google bandlarini tanlang.
3️⃣. Пароли bandiga o‘ting.
4️⃣. Barcha saqlangan parollar ro‘yxati ochiladi, keraklisini tezroq izlab topish uchun qidiruvdan foydalanish mumkin.
5️⃣. Kerakli akkauntni tanlang va kirishni barmoq izi bilan tasdiqlang.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• iPhone'da turli saytlardagi barcha akkauntlarning login va parollarini ko‘rish
• iPhone'da sayt uchun saqlangan parolni qanday bilish mumkin?
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun
Nega yordam soʻrolmaysiz? Buning qanday zararlari bor? 🤔
Qandaydir muammoga duch kelganda, yordamga muhtoj boʻlsangiz ham, boshqalarga koʻmak berishini soʻrab murojaat qilolmaysizmi? Koʻpincha bunga qoʻrquv sabab boʻladi. Odamlar koʻpincha ikki holatdan choʻchiydi: rad qilinishdan va ojiz koʻrinishdan. Yoki ikkalasi birdan boʻlishi ham mumkin. “Menga rad javobi berishlari mumkin. Oʻzimni yetarlicha yaxshi emasligimni his qilaman. Ojiz koʻrinaman. Boshqa odamlar men haqimda notoʻgʻri fikrga boradi. Mendan yuz oʻgirishadi. Oʻzimni yolgʻiz his qilaman” singari gaplar miyangizda aylanadi. Yaxshisi, oʻzim eplayman, degan fikrga kelasiz. Bular psixikangizni ogʻriqli holatlardan himoya qilayotganday boʻlsa-da, ular ma’nisizdir.
Yordam soʻrolmaslik boshqa psixologik muammolar singari bolalikdan shakllanadi. Ehtimol bir necha bor yordamga muhtoj boʻlganingizda sizni rad etishlari, kamsitishlari holatiga duch kelgandirsiz. Salbiy hislarning ogʻrigʻini koʻrgan psixikangiz endi yordam soʻramaslik yaxshiligiga qaror qilgan boʻlishi mumkin.
Yordam soʻray olmaslik qanday oqibatlarga olib keladi?
1️⃣. Eng aniq va ma’lum oqibat – rostdan ham yordamga muhtojligingizda, uni ololmaslik. Insoniyat birdamlik orqali rivojlanishga erishgan. Haqiqatdan ham yaxshi natijalarga yolgʻiz erishish qiyin. Siz qiynalib qiladigan vazifalarni kimdir minimal resurslar bilan bajarishi va ishingizni yengil qilishi mumkin.
2️⃣. Har doim oʻzingizni mustaqil va kuchli koʻrsatishga urinar ekansiz, boshqalar bilan yaqin boʻlishingiz qiyinlashadi. Hatto yaqin odamlaringiz ham sizdan sovuqlik his qilishi mumkin. Axir rostdan ham toʻla ochilmayotgan boʻlasiz. Hech kimga ishonolmaysiz.
3️⃣. Yordam berganimizda oʻzimizni yaxshi his qilamiz. Agar yordam soʻrashdan qochsangiz, boshqalarning oʻzini yaxshi his qilishiga imkon bermaysiz. Saxiylik, yordamga shaylik, oqkoʻngillik kabi xislatlarini namoyon qilishiga yoʻl qoʻymaysiz. Natijada, sizga yaqinlashishlari qiyin boʻladi.
4️⃣. Rivojlanishingizni susaytirasiz. Birgalikdagi faoliyat – oʻrganish imkonidir. Hayotimizda uchragan har bir odam ustozimiz ekanini yodda tuting. Ulardan yordam soʻramas ekansiz, ularning mahoratini koʻrish, oʻzlashtirish, ilhom olishdan oʻzingizni mahrum qilasiz.
Nima qilish kerak?
Cheklovlar faqat miyangizda ekanini tushuning. Yordam soʻrashingiz – ishonayotganingiz va hamkorlik qilish xohishingizdan darak. Koʻpchilik odamlar koʻmak berishga tayyor boʻlishadi.
Mayda narsalarni iltimos qilishdan boshlang va kuzating: hech qanday dahshatli narsa sodir boʻlmayaptimi? Odamlarda qanday oʻzgarishlar boʻlyapti?
Koʻp hollarda qoʻrquvlaringiz asossiz ekanini tushunasiz.
📝 Manba: Xabardor.uz
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Dushanba kunlaridan qo‘rqishni qanday yengib o‘tish mumkin
• Hayajondan qanday qutulish mumkin yoki umuman hayajondan qutulish kerakmi?
• To‘g‘ri qaror – muvaffaqiyatning yarmi
• O‘zimizga nisbatan qo‘llashni to‘xtatishimiz lozim bo‘lgan narsalar
• Qilgan ezgu amaling albatta o‘zingga qaytadi
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#learn_english_with_software #smartfon #android
㊗️ Busuu – ko‘plab xorijiy tillarni amaliy va qulay shaklda o‘zlashtirish uchun mobil ilova.
📎 Busuu v30.0.3.60008530.0.3 mobil ilovasini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Duolingo
• Drops
• Memrise
• Полиглот 16/32 va boshqalar
• English LinDuo
• Rosetta Stone
• Lingvist
• IELTS Test
• English Level Checker
• English Tenses
• 4 pics 1 word
• Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar
• Ingliz tilini kompyuterda o‘zlashtirish uchun dasturlar
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #hardware #software
Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish 🔄
Agar sizni Windows tomonidan avtomatik ravishda disklarga nisbatan belgilangan harflar qoniqtirmasa yoki ular tizimning qayta o‘rnatilishi/yangilanishidan keyin o‘zgarib qolsa, ularni osongina o‘zgartirishingiz mumkin. Bu qattiq disklarga ham, SSD-disklarga ham (aniqrog‘i, ulardagi bo‘lim (раздел)larga), boshqa USB-saqlash qurilmalariga ham tegishli.
Ushbu ko’rsatmada operatsion tizimning ichki vositalari yordamida Windows'da disk harfini o‘zgartirishning ikki oddiy usuli haqida so‘z yuritiladi.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android
📚 FBReader Premium — Android bazasidagi qurilmalarda elektron kitoblarni о‘qish uchun eng ommabop ilovalardan biri. Barcha mashhur fayllarni qo‘llab-quvvatlaydi va foydalanish uchun qulay. Android 4.4+. Premium-versiya
FBReader Premium v3.1.5 mobil ilovasini yuklab olish.
📎
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tavsiya etiluvchi mobil ilovalar:
• WPS Office (Kingsoft Office)
• OfficeSuite Pro + PDF
• Moon+ Reader
• eReader Prestigio
• Librera Reader
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
⌨️ Funksional klavishlar (2-qism)
• F5
— Переход (O‘tish) oynasini aks ettirish;
– CTRL
+ F5
birikmasi tanlangan ishchi kitobi oynasining o‘lchamini tiklaydi.
• F6
— boshqaruv maqsadida ishchi list, menyu tasmasi, vazifalar sohasi va masshtabni boshqarish elementlari o‘rtasida tezkor o‘tish.
• F7
— Орфография (Imlo) oynasini aks ettirish;
– CTRL
+ F7
birikmasi, ishchi kitobi yoyilmay turgan (не развернуто) holatida, Переместить (Ko‘chirish) buyrug‘ini bajaradi.
• F8
— ajratish (выделение) rejimiga o‘tish va undan chiqish;
– SHIFT
+ F8
birikmasi strelkalar yordamida ajratilgan sohaga tashqi yacheykalar yoki diapazon qo‘shish imkonini beradi;
– CTRL
+ F8
birikmasi oyna yoyilmay turgan (не развернуто) holatida, Размер buyrug‘ini bajaradi;
– ALT
+ F8
birikmasi ekranga Макрос oynasini chaqiradi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
📌 1-qism | 3-qism
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija