itspecuz | Unsorted

Telegram-канал itspecuz - IT specialist

16672

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

Subscribe to a channel

IT specialist

#word

🔤 Matnni tezkor belgilash uchun layfxaklar

Ko‘pchiligimiz matnni belgilashda asosan sichqonchani ishga solamiz, ba’zi holatlarda esa klaviatura yoki ushbu ikki qurilmaning birgalikda qo‘llanilishi ishimizdagi samaradorlikni ancha oshirishi mumkin.

Ushbu postimizda bu borada bizga yordam berishi mumkin bo‘lgan ba’zi layfxaklar bilan bo‘lishamiz:

1️⃣. So‘zni belgilamay turib o‘ngdan chapga yoki chapdan o‘ngga qaratib tezkor o‘chirish uchun mos tarzda CTRL + BACKSPACE / CTRL + DELETE klavishlari birikmasidan foydalaning.

2️⃣. Matnni vertikal tarzda belgilash uchun, ALT klavishini bosib turgan holda sichqonchaning chap tugmasini bosib, kursorni kerakli yo‘nalishda harakatlantiring.

3️⃣. Abzats tarkibidagi biror so‘zni tezkor belgilash uchun SChT (sichqonchaning chap tugmasi)ni kerakli so‘z ustiga ikki marta bosing.

4️⃣. Muayyan abzatsni tezkor belgilash uchun SChT (sichqonchaning chap tugmasi)ni abzats tarkibidagi biror so‘z ustiga uch marta bosing.

5️⃣. Jumlani to‘liq belgilash uchun, uning tarkibidagi istalgan so‘z ustiga CTRL + SO‘T (sichqonchaning o‘ng tugmasi)ni bosing — Word avtomatik tarzda jumlaning boshi va oxirini aniqlaydi.

6️⃣. Matnni kursor joylashgan joyidan boshlab hujjatning boshi yoki oxiriga qadar tezkor belgilash uchun mos tarzda CTRL + SHIFT + HOME / CTRL + SHIFT + END klavishlari birikmasidan foydalaning (bu ko‘p sahifali hujjatlarda matnni tezkor tarzda belgilash va o‘chirish uchun qulaydir).

7️⃣. Hujjatning istalgan joyidan sichqoncha kursori so‘nggi bor o‘rnatilgan joyga tezkor qaytish uchun SHIFT + F5 klavishlari birikmasidan foydalaning.

📝 Manba: @hacks_office

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#word

🔢 Word'da ochiluvchi ro‘yxat qanday yaratiladi?

Faraz qilaylik, foydalanuvchilar ma’lumotlari kiritiluvchi shablon hujjatni tayyorlash lozim va unda ayrim ma’lumotlar qaytariluvchi va bir-biriga yaqin hisoblanadi. Bunday holatlarda xatoliklarning oldini olish uchun tarkibida muayyan qiymatlarga ega ochiluvchi ro‘yxatni yaratish mumkin.

Boshlanishiga menyu satrida Файл → Параметры → Настроить ленту → Все вкладки bandlari bo‘ylab o‘tib Разработчик varaqa (вкладка)sini faollashtirish lozim.

So‘ngra ochiluvchi ro‘yxat yaratilishi lozim bo‘lgan joyga sichqoncha kursorini o‘rnating va yangi qo‘shilgan Разработчик varaqa (вкладка)sidagi Раскрывающийся список bandini tanlang.

Shundan keyin xuddi shu varaqa (вкладка)ning o‘zida Свойства bo‘limi yuzaga keladi, uning ustiga bosgan holda ochiluvchi ro‘yxatning nomi, ko‘rinishi va rangini tanlash mumkin.

Ostki menyuda Выберите элемент bandini o‘chiring (aks holda u ro‘yxatda ko‘rinib turadi), Добавить tugmasi yordamida sizning holatingizda kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni kiriting va OK tugmasini bosish orqali muloqot oynasini yoping.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Excel'da ochiluvchi ro‘yxatni yaratish
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#powerpoint

🔢 Slaydlarni sahifalashga oid layfxak

Mutaxassislar slaydlarni qo‘lda birma-bir emas, balki ichki o‘rnatilgan vosita orqali raqamlash lozimligi to‘g‘risida ko‘p marotaba ta’kidlaydilar. Biroq ushbu vosita bilan bog‘liq bir muammo mavjud. Ba’zida joylashtirilgan slayd raqamlari o‘rnini siljitish yoki formatlashga to‘g‘ri keladi. Agar slayddagi biror raqam o‘rni siljitilsa – qolganlari o‘zgarishsiz qoladi.

Har bir slaydni qo‘lda tahrirlab o‘tirish shart emas, albatta. To‘g‘ri yondashuv – “Образец слайдов(Slaydlar namunasi)ga o‘tib, u yerda slayd raqami shablonini kerakli tarzda siljitish va formatlash hisoblanadi. Namuna sozlamalari oynasi yopilganidan so‘ng, o‘zgarishlar taqdimotdagi har bir slaydga nisbatan darhol qo‘llaniladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
MS PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
MS PowerPoint bo‘yicha video darslar
• MS PowerPoint rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #texnologiya

🖨 Mahsulotlarni plastik emas, balki yog‘ochga ishlov berish orqali hosil qiluvchi noodatiy 3D printer

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#word

🧾 Sahifa oxiriga kelib qolgan jadval satrining boshi avvalgi sahifada qolib, davomi keyingi sahifaga o‘tib ketadigan holat uchun yechim

Ko‘p satrli jadvallar bilan ishlashda ko‘pincha yuzaga keluvchi muammolardan biri, bu sahifa oxiriga kelib qolgan satrning bir sahifada boshlanib, sig‘magani uchun keyingi sahifaga o‘tib ketishida kuzatiladi.

Ushbu vaziyat esa ko‘pchiligimiz uchun yoqimsiz, albatta, ayniqsa satrning boshi avvalgi sahifada arzimagan joyni egallab, davomi esa keyingi sahifada ko‘p joyni band etganida... Bu holatda satr mazmunini tushunish uchun u sahifadan bu sahifaga o‘tishga to‘g‘ri keladi. 😣

Ushbu muammoning yechimi esa quyidagicha:

1️⃣. Jadvalning kerakli satrlari belgilanadi;

2️⃣. Belgilangan soha ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va ochiluvchi kontekstli menyu ostidagi “Свойства таблицы” bandi tanlanadi;

3️⃣. Menyu bandida keltirilgan nom ostida ochilgan muloqot oynasida “Строка” varaqasiga o‘tiladi;

4️⃣. “Параметры” guruhidagi “разрешить перенос строк на следующую страницу” bandi faolsizlantiriladi;

5️⃣. “OK” tugmasini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirish saqlanadi, tayyor!

Ushbu sozlama bilan post ostidagi video ko‘rsatmada batafsil tanishishingiz mumkin👇🏻🎞.

📝 Manba: @office_killer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Hujjat sahifasidagi jadvalning so‘nggi satrlarini keyingi sahifaga “majburiy” o‘tkazish sozlamasi
Word'da jadvallarni birlashtirish
Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish
Ko‘rinmas jadvalni qanday yaratish mumkin?
Hujjatda turli ko‘rinishdagi chiziqlar va jadvalni tezkor hosil qilish
Jadval yordamida matnni qanday aylantirish mumkin?
Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim?
Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish
Jadvalning sahifa boshida kelishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish
Hujjatdagi jadval sarlavhasini qanday qilib boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilish mumkin?
Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim?
Jadval kataklarini qanday ikkiga ajratish/birlashtirish mumkin?
Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli
MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi?
Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz
Hujjatga ramka qo‘shamiz
Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin?
Word'da chiziqlarni o‘chirish
Matnni ustunlar yordamida ajratish
Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish
Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

📢 Смартфон харид қилиш истагида юрганлар учун яхши янгилик.

📱Айни пайтда Texnomart, Credit Asia, Media Park каби дўконларда сўнгги урфдаги HONOR X9a телефонини сотиб олиш мумкин. Хўш, унинг қандай афзалликлари бор?

✅ Янгиланиш частотаси 120 Гц.ни ташкил қилган қайрилган OLED-экран;
✅ Ихчам ва фойдаланишда қулай корпус;
✅ Асосий сенсори 64 мегапикселдан иборат ҳалқали дизайндаги учталик камера;
✅ Snapdragon® 695 5G процессори, маълумотларни сақлаш учун 128 ГБ ва 11 ГБ гача оператив хотира;
✅ 5100 мА*с батарея ва тезкор қувватланиш.

Энг асосийси, HONOR X9a смартфонини харид қилиб, HONOR CHOICE Earbuds X3 Lite қулоқчинларини совғага олиш мумкин. Махсус таклиф 11 майдан 31 майга қадар амал қилади.

Бот: /channel/honor_uz_online_bot
Instagram

Читать полностью…

IT specialist

👨🏻‍💻Shoshiling, online kursga ro'yxatdan o'tish uchun bir kuni qoldi!
Web-dasturlashni 0 dan O‘RGANING!

Kursni muvaffaqiyatli tugatganlarga amaliyot va ish topishda yordam beriladi. (WebDev jamoasiga qo'shilish imkoniyati mavjud)

Bu kursimizda siz professional WEB dasturchi bo'lib yetishasiz. Asosiy talab - vazifalarini o'z vaqtida bajarsangiz bo'lgani.

Kurs oxirida pulingiz qaytarib beriladi. (Darslarimizdan qoniqmasangiz yoki ishga kira olmasangiz)

👨‍💼O'qituvchi : Berdiyev Javohir
◻️ 5 yillik tajribaga ega
◻️ 30+ loyihalar bilan ishlagan, Hozirda Natija LLC da mutahasis dasturchi bo'lib ishlaydi
🔹Kurs haqida to'liqroq - linkni bosing

🔻Kursda quyidagi texnologiyalar o‘rgatiladi:
🔹 HTML5
🔹 CSS3, Sass
🔹 BootStrap, jQuery
🔹 JavaScript (ES6)
🔹 ReactJS (web application yasash uchun)
🔸 Redux, Git, use React in Typescript

🔸 Format: Onlayn
🔸 Davomiyligi: 7 oy (haftasiga 3 marotaba)
🔸 Narxi: Oyiga 600 000 so‘m (20% chegirama bilan 480 000 BIR KUN QOLDI);

✍️ Murojaat uchun: @frontend_admin

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #software

Kompyuterni o‘chirish uchun oddiy taymer dasturi

Ba’zida bizda biror dasturiy ta’minot yoki apparat tugmalariga murojaat etgan holda kompyuterni qo‘lda o‘chirish uchun imkoniyat, vaqt yoki shunchaki xohish bo‘lmasligi mumkin. Aynan shunday vaziyatlarda Shutdown PC Timer yordamchi dasturi bizga yordamga keladi.

Shutdown PC Timer — bu taymer orqali kompyuterni o‘chirish uchun eng oddiy yordamchi dasturdir. Uning yordamida tizimni muayyan vaqtdan so‘ng osongina o‘chirish, qayta yuklash yoki uyqu rejimiga yuborish mumkin.

Kompyuterning o‘chirilishi bunga hali tayyor bo‘lmagan foydalanuvchini ajablantirmasligi uchun yordamchi dastur uni avval o‘n daqiqa qolganida, keyin esa bildirishnomalar yordamida bir daqiqa qolganida ogohlantiradi.

Shutdown PC Timer sozlamalarida ushbu dasturni boshqa oynalar ustidan ko‘rinib turadigan qilish, bildirishnomalar chiqishini cheklash va dasturni to‘liq yopish o‘rniga uni tizim soati yonidagi treyga tushib turadigan qilib sozlash mumkin.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Gibernatsiya rejimini faollashtirish
Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash
Kompyuterda uyqu rejimidan chiqishda so‘raluvchi parolni o‘chirib qo‘yish
Windows 10’da gibernatsiya
Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish
Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
SHUTDOWN buyrug‘i
Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish
Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz
Noutbuk (laptop)ni tezkor quvvatlash
Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

Dasturlashni o'rganmoqchi bo'lib yurganlar va men dasturchi bo'la olamanmi deb yurganlar, qani yaqinroq kelinglar. Gap bor...

Hullas, tajribali Web dasturchi Javohir Berdiyev 7-May kuni soat 20:00 o'z kanalida Ovozli chat (Video chat) tashkillabdi!

Mavzu: Dasturlash kimlar uchun yoki Daturlashga ilk qadam

Dasturchi bo'lishni maqsad qilib yurganlar uchun bu ajoyib taklif. Agar bu mavzu sizga qiziq bo'lsa tezroq kanaliga obuna bo'lib, ovozli chatda qatnashing!

Ha aytgancha, ovozli chat oxida uztozning online kurslarga chegirmalar ham yutib olishingiz mumkin. Kanalga azo bo'lib qo'ying

Chat manzili: 👉 @javohir_webdev

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim

Drayverlarni qo‘shimcha dastur va vositalarsiz yangilashga urinamiz 🔄

Kompyuteringizni ishchi holatida saqlash uchun qurilmalar (videokarta, taqmoq platasi va boshq.) drayverlarini muntazam yangilab turish tavsiya etiladi.

Buni Windows'ning standart vositalari orqali amalga oshirish mumkin. Drayverlarni yangilash uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

1️⃣. Tizim parametrlarini oching. Buning uchun Этот компьютер yorlig‘i ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va ochiluvchi menyudan Свойства bandini tanlang.

2️⃣. Система oynasida Диспетчер устройств bandini topib murojaat eting.

3️⃣. Ro‘yxatdan drayveri yangilanishi lozim bo‘lgan qurilmani tanlang. Uning nomi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va menyudan Обновить драйвер bandini tanlang.

4️⃣. Автоматический поиск обновленных драйверов'ning ustiga bosing. Agar yangi drayverlar mavjud bo‘lsa, ular avtomatik ravishda o‘rnatiladi.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlariga tayyorlanish endi yanada qulay va oson.

3-6-sinf o'quvchilari uchun Mantiqiy Fikrlab nomli onlayn kursga qabul boshlandi.

Ushbu kursda videodarslar va topshiriqlarimizni o'zlashtirgan holda imtihonlarga to'liq va sifatli tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.

✅ Kurs haqida batafsil: /channel/mantiqiy_fikrlab/3

✅ Kurs narxi chegirma bilan: 150,000 so'm

Namunaviy darslar bilan @mantiqiy_fikrlab kanalida tanishing.

Kursni sotib olish va yopiq telegram guruhga qo'shilish uchun @fikrlab_aloqa_bot ga yozing.

➡️ KURS HAQIDA TO'LIQ MA'LUMOT

➡️ KURSNI HARID QILISH

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #security

🚫 Windows 10'da tashqi saqlash qurilmalaridan foydalanishni cheklash

Foydalanuvchi USB-razyomiga yangi qurilmani ulaganida, Windows avtomatik ravishda uni aniqlaydi va mos keluvchi drayverni o‘rnatadi, shundan keyin qurilma darhol foydalanish uchun tayyor holatga keladi.

Bu juda qulay, biroq korporativ kompyuterlarda tashqi saqlash qurilmalarini ulashdagi ushbu qulaylik xavfsizlik va maxfiylikka nisbatan tahdid solishi mumkin.

Agarda sizda ShK'ga tashqi saqlash qurilmalarini ulash imkoniyatini cheklash zarurati bo‘sa, u holda WIN + R birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqirib, unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritgan holda ENTER klavishini bosing, bu “Редактор локальной групповой политики” (Lokal guruh siyosati muharriri) oynasini ochish uchun xizmat qiladi.

Oynaning chapki panelida Конфигурация компьютера - Административные шаблоны - Система - Доступ к съёмным запоминающим устройствам yo‘nalishi bo‘ylab o‘ting. So‘nggi bo‘limda u yoki bu turdagi tashuvchi qurilmani bloklash imkonini beruvchi 20 ga yaqin siyosat mavjud.

Agarda barcha turdagi saqlash qurilmalarining ulanishini cheklash lozim bo‘lsa, u holda Съемные запоминающие устройства всех классов bandi ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan ikki marta bosib, ochilgan navbatdagi oynada Включено bandi tanlanadi.

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
O‘z kompyuterimizda USB portlarni bloklash
Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash
Windows 10'ni o‘rnatish uchun PowerShell yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish
Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
USB Safely Remove dasturi
USB-fleshkani kompyuterdan qanday chiqarib olish kerak?
Layfxak: USB-kabel va fleshkani bir urinishdayoq to‘g‘ri kiritishni o‘rganamiz!
USB standartlari va ulardagi ma’lumot almashish tezliklari
Avtomobilda smartfonni zaryadlash uchun xizmat qiluvchi kabelning ko‘p joy egallamasligi uchun layfxak
Android smartfoniga periferik qurilmalar qanday ulanadi?
Kompyuterni Android-qurilma orqali internetga ulaymiz
Har qanday Windows o‘rnatilgan kompyuterda Android telefoni ekranini aks ettirish va boshqarish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #tarmoq #IT_humor

Bepul Wi-Fi va uning paroli... 🙄

ℹ️ Ushbu postimizga qo‘shimcha ravishda quyidagilar bilan tanishib ko‘rish tavsiya etiladi:
Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz
Windows 10’da buyruq satri (Командная строка) yordamida Wi-Fi parolini topish
O‘z routeringizdagi Wi-Fi parolini qanday aniqlash mumkin?
Wi-Fi tarmog‘i parolini bilishning 5 usuli
Wi-Fi tarmog‘i signalini tekshirish
Wi-Fi vs 4G: smartfon quvvatini qay biri tezroq tugatadi?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #texnologiya

🚗📹 Xitoyning haydovchilar monitoringini olib boruvchi real vaqt tizimi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim

🗜 WinRAR yordamida faylni qismlarga bo‘lish

Ba’zida katta faylni biror joyga, masalan, elektron pochta, Telegram va boshqa xizmatlar orqali yuborish uchun bir xil o‘lchamdagi bir nechta qismga bo‘lishga to‘g‘ri keladi. WinRAR ushbu vazifani a’lo darajada bajaradi.

Buning uchun bajariladigan qadamlar quyidagicha:

1️⃣. Kerakli fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Добавить в архив…” bandini tanlang.

2️⃣. “Общие” varaqa (вкладка)sidagi “Разделить на тома размером” maydonida joriy fayl ajratilishi lozim bo‘lgan qismlar hajmini kiriting.

3️⃣. O‘z soningiz va o‘lchov birligingizni kiriting (bayt, kilobayt, megabayt yoki gigabayt), yoki ochiluvchi ro‘yxatda keltirilgan eng mashhur qiymatlar orasidan birini tanlang.

4️⃣. “OK” tugmasini bosish orqali yuqoridagi harakatlaringizni tasdiqlang.

Agar arxivlash oynasidagi parametrlarda ushbu arxivning saqlanish joyini uchun manzilni o‘zgartirmagan bo‘lsangiz, papka tarkibidagi joriy faylning yonida faylning ajratilgan qismlari paydo bo‘ladi. So‘nggisidan tashqari qolgan barcha qism (том)lar bir xil o‘lchamda bo‘ladi.

Yaratilgan joriy arxiv faylning tarkibini ko‘rish yoki uni qayta siqilgan holatidan qayta yaxlit fayl holatiga ajratib olish uchun, nomlanishining oxirida “part1” bilan tugagan qism (том)ning ustiga ikki marta bosib oynani ishga tushirish lozim. Fayl qayta yaxlit holatiga tiklanishi uchun faylning barcha qism (том)lari bir papka tarkibida joylashtirilishi shart.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterdagi ma’lumotlarimizni qanday himoyalashimiz mumkin? (WinRAR misolida)
WinRAR kompyuter dasturi
WinRAR mobil ilovasi
Arxiv fayllar bilan ishlash bo'yicha kanaldagi postlar (Kompyuter akademiyasi)
WinRAR bo‘yicha test savoli❓
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #hotkey #maslahat

Windows'da “Залипание клавиш” funksiyasi qanday o‘chiriladi? ⌨️🤔

Ushbu funksiya qanday vazifani bajarishi va uning hadeb ishga tushirilishidan aziyat chekuvchilar uchun uni faolsizlantirishning uch oddiy usuli borasida to‘xtalib o‘tamiz.

👉🏻 Batafsil...

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid yana boshqa mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

🔥Yoz - bu dam olish va sarguzashtlar vaqti, lekin nega buni IT sohasidagi yangi bilim va ko'nikmalarga sarflashni o'ylab kurmagansiz?

Professional dasturchi bo'lishni va qiziqarli loyihalar ustida ishlashni xohlaysiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? 🧐

Kurs boshlanishidan oldin tanishtiruv dars bo'lib o’tadi, u yerda butun kurs haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin! 🤩

Tanishtiruv darslarimizga keling va 1 oylik BEPUL ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ling. 🔥

▪️WEB DASTURLASH — 23 may | 15:00 | 17:00 | 19:00

✅ Tezroq
tanishtiruv darsga yoziling
👉 proweb.uz
📞 +998 78 113 01 21

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #texnologiya #hardware

🧲 Musiqa ritmiga qarab harakatlanib shaklini o‘zgartiruvchi ferromagnitli suyuqlik bilan keluvchi Bluetooth-karnay

📌 P.S.: Asabiy foydalanuvchilar uchun yaxshi antistress ekan 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#learn_english_with_software #smartfon #android

🇬🇧 English Galaxy — kerakli darajani aniqlagan/tanlagan holda – bir vaqtning o‘zida grammatik bilimlar va lug‘aviy boylikni bosqichma-bosqich oshirib borishni istaganlar uchun noyob ilova.

📎 English Galaxy Premium v1.2.5 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Duolingo
Drops
Memrise
Busuu
Полиглот 16/32 va boshqalar
English LinDuo
Rosetta Stone
Lingvist
IELTS Test
English Level Checker
English Tenses
4 pics 1 word
Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar
Ingliz tilini kompyuterda o‘zlashtirish uchun dasturlar
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim

📸 Ekranning bir qismini rasmga olish

⌨️ WIN + SHIFT + S birikmasi

Ko‘pchilik boshqa, an’anaviy usuldan xabardor bo‘lib, Windows 10'da bunday imkoniyat mavjudligidan bexabar bo‘lishi mumkin. Ba’zilar esa bu uchun alohida dasturlardan foydalanib kelishadi.

Ushbu usul bilan esa hech narsani qo‘shimcha tarzda yuklab olish, o‘rnatish va ishga tushirishga hojat bo‘lmaydi, barchasi nihoyatda sodda va oddiy! 😉

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#smartfon #android #game

🏗 LEGO Bricktales – LEGO kubiklari bilan yangi ajoyib o‘yin. Innovatsion “g‘ish ustidan g‘isht” qurilish mexanikasini o‘zlashtiring va boshqotirmalarni yechish uchun o‘z tasavvuringizdan foydalaning. Barcha imkoniyatlar blokdan chiqarilgan.

📎 LEGO Bricktales v1.5 mobil o‘yinini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

⭕️⭕️⭕️

Python bo‘yicha bepul seminarga marhamat!

👩‍💻 Python dasturlash tilini o'rganishni oldingizga maqsad qilib qo'ydingiz va offline kurslar izlamoqdamisiz? Unda IT HOUSE sizni Python dasturlash tili bo'yicha bepul seminarga taklif qiladi.

👨‍💻 Xalqaro bozorda o'z o'rnini yildan yilga mustahkamlab borayotgan Python dasturlash texnologiyalarini professionallardan o'rganing.

📆 Bepul seminar sanasi: 10-may, 10:00

📲 Python kursiga yozilish uchun
📞 Tel: +998900352727

💬Telegram 📹 Instagram
📹 ithouse.uz?_t=8W3uZYUTZzu&_r=1">TikTok 📹 YouTube

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim

Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz 💻⚙️

Noutbuk foydalanuvchilari, uning ustki qismi yopilganida, tizim uyqu rejimiga o‘tishiga ko‘nikib qolganlar. Ushbu standart harakatni esa biz o‘z xohishimizga ko‘ra o‘zgartirishimiz mumkin.

⚠️ Noutbuk (batareyasi) yangi bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilikda uni dastlab o‘chirib, keyin ustki qismini yopish odati bor, uyqu rejimi imkoniyatidan bexabar bo‘lsangiz, unda buni bilib qo‘yish zarar qilmaydi, buning noutbuk uchun ziyoni yo‘q.

Buning uchun Панель управления oynasini ekranga chaqiramiz (WIN + RcontrolENTER) va undagi Электропитание bo‘limiga o‘tamiz. Ushbu bo‘limga tezkor murojaat etish uchun WIN + R birikmasi yordamida Выполнить oynasini chaqirib, unga powercfg.cpl buyrug‘ini kiritgan holda ENTER'ni bosishimiz mumkin.

Oynaning chapki panelida Действие при закрытии крышки bandi ustiga bosing. Noutbukning batareya yoki elektr manbasidan quvvat olish mahalida, uning ustki qismi yopilgan taqdirda amalga oshishi kerak bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatib o‘ting.

❗️Bunda noutbuk ishlashda davom etadigan qilish (Действие не требуется), uyqu (Сон) yoki gibernatsiya (Гибернация) rejimiga o‘tishi, o‘chirilishi (Завершение работы)ni sozlash mumkin.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Windows 10’da gibernatsiya
Gibernatsiya rejimini faollashtirish
SHUTDOWN buyrug‘i
Aldanib qolmang: noutbukni ochmasdan batareyasini tekshirish usullari
Ekspert maslahati: ishlayotgan noutbukni qayerga qo‘yish xavfli?
Qizib ketgan noutbuk o‘chib qolyapti: nima qilish kerak?
Noutbukning to‘g‘ri sovutilishi uchun maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#hardware #texnologiya #arduino #maslahat

⚡️ Arduino 3D-simulyatori

Arduino simulyatori ham tajribali dasturchilar, ham yangi foydalanuvchilar uchun mukammal vositadir. Diode – bu plata va qo‘shimcha elementlar bilan tajriba o‘tkazish imkonini beruvchi maxsus sayt.

Sayt arsenalida virtual simlar, lampalar, motorlar, taymerlar va tranzistorlar bor. Arduino'da dasturni kompilyatsiya qilish imkonini beruvchi ichki o‘rnatilgan kod muharriri mavjud.

Batareya elementi uchun kuchlanish sozlamalari bor, rezistor uchun qarshilik darajasi o‘rnatilishi mumkin. Shuningdek moslashuvchan kamera sozlamalari va eslatmali yorliqlar mavjud. Boshqaruv esa intuitiv tushunarlidir.

📝 Manba: @bugfeature

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #texnologiya #hardware

🚗🖥 BMW'ning M760 rusumidagi avtomobili orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan monitor

📝 Manba: Good Master

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

Million auditoriya, yuzlab hamkorlar, hamyonbop narxlar...

Telegramda 30 ga yaqin sifatli texno-loyihalar birlashib Techno Advertising Agency tashkil etganimizga mana 2 yil to'ldi.

Shu vaqt ichida yuzlab hamkorlar bilan ishladik, millionlab auditoriya yig'dik, sifatli reklama xizmatlarini ko'rsatdik.

Agar sizda ham bizni agentlikka xizmat bo'lsa, agentligimizga obuna bo'ling va qulay reklama xizmatlarimizdan foydalaning!

Agentlik manzili: ➡️ @techno_ads

Читать полностью…

IT specialist

Web dasturlashni "0" dan o'rganmoqchi bo'lganlarga ajoyib yangilik.

FRONTEND dasturlash kursining yangi formatdagi darslariga qabul boshlandi.

Bu kursimizda siz professional WEB dasturchi bo'lib yetishasiz. Asosiy talab - vazifalarini o'z vaqtida bajarsangiz bo'lgani.

Kursni muvaffaqiyatli tugatganlarga amaliyot va ish topishda yordam beriladi. ( jamoamizsiga qo'shilish imkoniyati mavjud)

Kurs pulingiz qaytarib beriladi. (Darslarimizdan qoniqmasangiz yoki ishga kira olmasangiz)

🔸 Format: Onlayn (1-dars tekin);
🔸 Narxi: Oyiga 600 000 so‘m (boshlang'ich 5 kishiga 20% chegirama bilan 480 000); Kurs 20 kishi bilan boshlanadi
🔸 24/7 dars bo'yicha savollaringiz javob beradigan professional jamoa;
🔺Chegirma: Faqat boshlang'ich 5 kishi uchun;

👨‍💼 O'qituvchi: Berdiyev Javohir:
🔹 5 yillik tajribaga ega
🔹 Ko'plab loyihalar bilan ishlagan

💃 Birinchi darsda qatnashish uchun ushbu kanalga a`zo bo'ling: Kanal link 🔤

✍️ Murojaat uchun: @frontend_admin

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #maslahat

👤🔄 Windows'da foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish

Operatsion tizim o‘rnatilgan diskda odatda nafaqat tizim uchun zarur bo‘lgan fayllar/papkalar, balki undagi foydalanuvchilar profiliga oid papkalar ham joylashgan bo‘ladi. Uning tarkibiga esa quyidagi kataloglar kiradi: Документы (Hujjatlar), Загрузки (Yuklanmalar), Рабочий стол (Ishchi stoli), Видео (Videolar), Музыка (Musiqalar) va boshqalar.

Agar siz ushbu direktoriyalardan faol foydalansangiz-u, tizim o‘rnatilgan disk bejizga tez to‘lishini istamasangiz, u holda foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka ko‘chirish uchun zaruriy harakatlar ketma-ketligini taqdim etamiz:

1️⃣. Profilingizni ko‘chirib o‘tkazmoqchi bo‘lgan joyingizda yangi papkani yarating (CTRL + SHIFT + N).

2️⃣. C:\Users\Foydalanuvchi_nomi yo‘nalishi bo‘yicha foydalanuvchi profilidagi papkalarga o‘ting.

3️⃣. “Документы” katalogi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Свойства”ni tanlang (yoki ushbu papkani tanlab, ALT + ENTER birikmasini bosing).

4️⃣. Ochilgan muloqot oynasida “Расположение” varaqa (вкладка)siga o‘ting va “Переместить...” tugmasi ustiga bosing.

5️⃣. 1-banddagi ko‘rsatmaga muvofiq yaratgan direktoriyangiz joylashgan manzilni ko‘rsating.

6️⃣. “Выбор папки”ni ustiga bosing va fayllar ko‘chirilib o‘tkazilishini kuting.

7️⃣. Foydalanuvchi profiliga tegishli boshqa papkalar uchun ham yuqoridagi 2-6-bandda keltirilgan harakatlarni takrorlang, tayyor! 😉

📝 Manba: @GooogleTM

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Ma’lumot izlashga doir mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim

WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish 📀

Barcha “qutqaruvchi” disklar orasida WinPE 10-8 Sergei Strelec internetning ruscha segmentida ancha ma’lum va mashhurdir. Bu kabi ko‘plab to‘plamlar singari, Стрелец tomonidan taqdim etiluvchi ushbu disk ham saqlash qurilmalari (DVD, USB, External HDD)ga keyichalik yozish maqsadida ISO-obrazi ko‘rinishida tarqatiladi.

E’tiboringizni qaratmoqchi bo‘lgan jihatimiz, kompyuterning qattiq diskida joylashgan obrazning turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu “qutqaruv” diskining tiklash muhitini yuklash imkoniyatidir. Buning uchun dastlab disk obrazini yuklab oling, va uni virtual diskka ulang.

📎 “WinPE10 8 Sergei Strelec x86 x64 2021.01.05” obrazini o‘z ichiga oluvchi arxiv fayllarini yuklab olish: 1-qism | 2-qism

📋 Yuklab olingan arxiv fayllarini yaxlit ISO-fayl ko‘rinishida Извлечь qilish bo‘yicha ko‘rsatma.

Ulangan diskka murojaat etib, undagi SSTR papkasini istalgan joyga (yaxshisi D diskiga) ko‘chirib oling. Disk obrazining endi bizga keragi yo‘q, virtual diskni faolsizlantirsa ham bo‘ladi. Nusxalab o‘tkazilgan papkada Bootx86WinPE.cmd va Bootx64WinPE.cmd fayllarini toping. Operatsion tizimingiz razryadiga mos tushuvchi faylni ishga tushiring.

Tez fursatda kompyuter qayta yuklanadi va siz “qutqaruv” diskining tiklash muhitiga o‘tasiz. Zaruriy ishlaringizni amalga oshirib bo‘lganingizdan so‘ng, kompyuterni qayta yuklang, bunda yana o‘zingizdagi o‘rnatilgan operatsion tizimi oddiy rejimda yuklanadi. Agar “qutqaruv” diski o‘zini yuklanuvchi menyuga qo‘shib qo‘ysa, u holda asl sozlamalarni tiklash uchun SSTR papkasidagi BCDrecovery.cmd faylini ishga tushiring.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash
Windows 10’da “Этот компьютер” belgisini ish stoliga qaytarish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim

Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar (2-qism) 🛠

🔼 Ushbu postning 1-qismi

regedit.exe – juda ko‘p marotaba esga olinuvchi buyruq, Редактор реестра oynasini ishga tushiradi, u tizimning “juda nozik”, foydalanuvchidan o‘ta ehtiyotkorlikni talab etuvchi sozlamalarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Uni boshqarishni yaxshi tushunib olish orqali tizimni o‘zingiz uchun qulay holda sozlash va uning ishlash tezligini ancha oshirishingiz mumkin.

perfmon.exe – tizim samaradorligini kuzatish vositalarini o‘z ichiga oluvchi Системный монитор yordamchi dasturini ishga tushiradi. Shuningdek u, tizim barqarorligi monitorini o‘z ichiga oladi.

mrt.exe – buyrug‘i tizim bilan birga keluvchi Средство удаления вредоносных программ Microsoft Windows yordamchi dasturini ishga tushiradi, uning tizimda mavjudligini ko‘pchilik bilmasligi ham mumkin (Защитник Windows bilan adashtirmang). U har oy yangilanadi va kompyuterga tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarni tekshirish uchun birlamchi vosita sifatida xizmat qilishi mumkin.

winver.exe — o‘rnatilgan Windows'ning versiyasi, nashri va yig‘ilishi (сборка) haqida ma’lumot beruvchi oynani ekranga chaqiradi.

calc.exe — tizim bilan birga keluvchi Калькулятор dasturini ishga tushiradi.

charmap.exe — foydalanuvchiga klaviaturada uchramaydigan, qo‘shimcha belgi (simvol)lardan foydalanish imkonini beruvchi Таблица символов yordamchi dasturini ishga tushiradi.

osk.exe — sichqoncha yordamida boshqariluvchi ekran klaviaturasini ishga tushiradi.

taskmgr.exe — Windows'da ishlab turgan jarayonlar, xizmatlar, avtoyuklanishda turgan dasturlar, protsessor, operativ xotira, disklar, tarmoqning ishlash ko‘rsatkichini o‘zida aks ettiruvchi oynasi ishga tushiradi.

dxdiag.exe — tizim, kompyuterning grafik va ovoz komponentlari parametrlari va imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi, DirectX diagnostika uchun yordamchi dasturini ishga tushiradi.

shutdown.exe — kompyuterni o‘chirish, qayta yuklash va boshqa vazifalar uchun buyruq, masalan, shutdown /o /r /t 0 buyrug‘i kompyuterni tiklash muhitida qayta yuklash uchun xizmat qiladi.

2️⃣. Boshqaruv paneli (Панель управления) va boshqaruv konsoli (Консоль управления)larga tegishli elementlarini ishga tushirish buyruqlari:

compmgmt.msc — buyrug‘i kompyuterni boshqarish elementlari (tizim yordamchi dasturlari)ni taqdim etuvchi oynani ochadi. Ularning barchasini alohida ochish ham mumkin, albatta, biroq kimgadir aynan shunday interfeys ma’qul kelishi mumkin.

devmgmt.msc — Kompyuterga ichki va tashqi ulangan qurilmalar dispetcheri (Диспетчер устройств).

diskmgmt.msc — Windows disklarini boshqarish (Управление дисками). (Qattiq) diskni bo‘lim (раздел)larga bo‘lish va disklar bilan ishlashdagi boshqa maqsadlar uchun qo‘llanishi mumkin.

eventvwr.msc — Windows hodisalarini kuzatish (Просмотр событий). Nosozliklar yuz berganda tizimning xatti-harakatlarini tahlil qilish, xatoliklar sabablarini aniqlashga imkon beradi.

services.msc — buyrug‘i Xizmatlar (Службы) oynasini ishga tushiradi, u orqali Windows'dagi ishlab turgan xizmatlarning joriy holatini ko‘rish, ularni ishga tushirish yoki to‘xtatish, ishga tushirish turini o‘zgartirish mumkin.

🔽 Ushbu postning 3-qismi

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…
Subscribe to a channel