Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
#mulohaza_uchun #hardware
👨🏻🎨 Yozuv mashinkasi yordamida rasm yaratish jarayoni.
📌 P.S.: Sabringiz yetarmidi? 😉
📝 Manba: @solonabiraem
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• СОЛО на клавиатуре dasturi
• Klaviatura bilan ishlashga oid yana boshqa mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
⌨️ Oynani kattalashtirish, ekranning 1/2 yoki 1/4 qismini egallaydigan qilish yoki vazifalar paneliga tushirishWIN
+ ⬅️➡️ – oynani ekranning yarmini egallaydigan qilib mos ravishda chap yoki o‘ng tomoniga o‘tkazadi;WIN
+ ⬇️ – joriy oynani vazifalar paneliga tushiradi (fonga o‘tkazadi);
Agar oyna ekran chetiga biriktirilgan holda, uning 1/2
qismi (yarmi)ni egallab turgan bo‘lsa, u dastlab 1/4
(chorak) qismini egallaydigan bo‘lib kichrayadi. Birikmaning takroriy bosilishi oynani butunlay fonga o‘tkazadi.WIN
+ ⬆️ – joriy oynani butun ekranga yoyish;
Agar oyna ekran chetiga biriktilgan holda, uning 1/2
qismi (yarmi)ni egallab turgan bo‘lsa, u dastlab 1/4
(chorak) qismini egallaydigan bo‘lib kichrayadi va takroriy bosishda butun ekranni qoplaydi.
🖱 Yaqin orada Sizga sichqonchaning keragi ham bo‘lmay qoladi! 😉
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz roʻyxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #texnologiya
📹 Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar reklamasining tasvirga olinish jarayoniga guvoh bo‘lamiz.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🚀 2020-yilda IT olamiga qadam qo'ygan Mardon, endi sotuvchi saytlar yaratish va sotuv sohasida top ekspert! Ushbu o’zbek yigit hozirda Malayziyada frilanser bo’lib O’zbekiston va xalqaro bizneslarga xizmat ko’rsatadi. O’tgan 4 yil davomida 150+ bulardan, Shohida Ibragimova, Ixtiyor Do'stmetov, Alisher Avezov, Marifat Jamal kabi ekspert va biznesmenlar, bilan hamkorlikda professional ish olib bordi. 50+ ortiq muvaffaqiyatli veb-sayt va loyihalarini amalga oshirdi va mijozlariga saytlari orqali keltirigan umumiy foydasi $420,000 dan oshadi.
🔥 Top dizayndagi sotuvchi saytlar yasashni, mashxur tadbirkorlar bilan yaqindan tanishish, sotuv strategiyalari orqali oyiga $1500-3000$ gacha topishni va chet elda frilanserlik qilish haqida Mardonning so'nggi tajribalaridan va bilimlaridan foydalaning.
IT, dizayn va sotuv haqida hech qayerda aytilmagan ma’lumotlarni olish uchun Mardonning shaxsiy blogiga qo’shiling 👇
@mardontursunov
@mardontursunov
@mardontursunov
🤔 Dasturlashda pul borligini bilasiz, ammo qanday qilib «SOQQA» qilishni bilmaysizmi?
•Unda mening blogim aynan siz uchun.
👨💻 Men Javohir Hayitov dasturlashda 4 yillik tajribam bo’lib va shu paytgacha 35 dan ortiq shogirdlarimni 0 dan daromadga chiqarganman.
•Blogimga hoziroq obuna bo’lsangiz 0 dan qanday qilib $800+ daromad qilishni bepulga o’rgatib boraman.
BLOGIMGA QO’SHILISH👇
@JAVOHIR_PYTHON
😎 Hammani kutaman dasturchi grajdanlar)
#operatsion_tizim
📸 Ekranning bir qismini rasmga olish⌨️
WIN
+ SHIFT
+ S
birikmasi
Ko‘pchilik boshqa, an’anaviy usuldan xabardor bo‘lib, Windows 10'da bunday imkoniyat mavjudligidan bexabar bo‘lishi mumkin. Ba’zilar esa bu uchun alohida dasturlardan foydalanib kelishadi.
Ushbu usul bilan esa hech narsani qo‘shimcha tarzda yuklab olish, o‘rnatish va ishga tushirishga hojat bo‘lmaydi, barchasi nihoyatda sodda va oddiy! 😉
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
✅ Mantiqiy funksiya yordamida muayyan ko‘rsatkichdan oshgan qiymatlarni saralash
Ushbu usul yordamida qiymati ma'lum ko‘rsatkichdan oshgan yacheykalarni tezkor tarzda aniqlash mumkin. Keltirilayotgan misolda — 600 dan ortiq sotilgan tovarlar mantiqiy funksiya yordamida aniqlangan.
Buning uchun quyidagi qadamlar bajariladi:
1️⃣. Ushbu namunadagi kabi formula qo‘llaniladi: =ЕСЛИ(E5>600;"+";"-")
🏷 Bu yerda E5
— asos sifatida olingan raqamni o‘z ichiga olgan yacheyka (sotilgan mahsulotlar soni);600
— belgilangan ko‘rsatkich (kiruvchi qiymat);+
va -
— 600 dan ortiq (+) va undan kam (-) qiymatlar uchun qo‘llaniluvchi matnli status bo‘lib, uning matni boshqacha keltirilishi ham mumkin.
📌 P.S.: ИСТИНА
(rost) yoki ЛОЖЬ
(yolg‘on) argumentlar o‘rnida formulalar ham qo‘llanilishi mumkin.
2️⃣. Formulani pastroqdagi qolgan yacheykalar uchun ham qo‘llaymiz. Tayyor! 👆🏻🎞
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security #internet #maslahat
Windows 10'da yangilanishlar o‘rnatilishini osongina cheklab qo‘yamiz 🚫
Microsoft kompaniyasi yaqin orada Windows 10 May 2020 Update yangilanishini tarqatadi. Garchi unda foydalanuvchilarga tizim yangilanishlarini boshqarish imkoni ham berilishi aytilgan bo‘lsa-da, ehtiyotkorlik zarar qilmaydi...
2018-yilgi – October 2018 Update apdeyti butun dunyo bo‘ylab ko‘plab noutbuk va kompyuterlarni ishdan chiqargani, hatto Windows 10'ning navbatdagi yangilanishi iPhone egalariga ham muammolar olib kelgani esingizda bo‘lsa kerak. Shu bois ham tizim yangilanishlarini o‘rnatishga shoshmagan va avtomatik yangilanishlarni to‘xtatib qo‘ygan ma’qul.
Yangilanishlarni to‘xtatib qo‘yishning har xil yo‘llari bor, ammo Windows 10 sozlamalariga kirib, ularni o‘chirib chiqish birmuncha murakkab. Undan ko‘ra, apdeyt fayllarining Microsoft serverlaridan yuklab olinishini bir-ikkita tugmachani bosish orqali taqiqlovchi utilitalar qulayroq.
Shulardan biri – Windows Update Blocker deb nomlanadi va Windows 10 yangilanishlarini to‘xtatishda qo‘l keladi. Ushbu bepul, interfeysi sodda va foydalanishga qulay dasturni ushbu havola yordamida ko‘chirib olishingiz mumkin. Keyin esa uni administrator huquqi bilan ishga tushirasiz (ilova yoki uning havolasi ustiga sichqonchaning chap tugmachasi yordamida bosasiz va “Запуск от имени администратора” bandini tanlaysiz). Windows Update Blocker dasturida ikkitagina opsiya bor: “Enable Service” hamda “Disable Service”. Agarda bulardan birinchisi faol holatda turgan bo‘lsa, tizimga yangilanishlar keladi, ikkinchisi faol bo‘lsa – yangilanish to‘xtatilgan. Keraklisini tanlab, “Apply Now” tugmachasini bosasiz – bo‘ldi! Yaxshi tomoni – bunda kompyuterni (noutbukni) o‘chirib-yoqishga ham hojat bo‘lmaydi.
Windows Update Blocker tizimning yirik apdeytlaridan tashqari, kichik patchlarning ham kelishini to‘xtatib qo‘yadi. Qachonki yangilanishlar xavfsizligiga ishonch hosil qilsangiz, mana shu dasturni ochib, “Enable Service” opsiyasini tanlaysiz va “Apply Now” tugmachasi orqali faollashtirasiz.
📝 DiMaX @terabaytuz
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?
📌 P.S.: Windows'ingizda yangilanishdan foydalanasizmi?
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android
💸 Monefy - shaxsiy daromad va xarajatlaringizni kiritib borgan holda – moliyaviy hisobingizni yuritish uchun oddiy va samarali ilova. Android 4.0+ Pro-versiya.
📎 Monefy Pro v1.9.12(1155) mobil ilovasini yuklab olish.
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Pul boshqaruvi ustalaridan 4 ta moliyaviy maslahat
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#Foydali
Kimda Click Up ilovasi bo‘lsa xizmatlar bo‘limiga o‘tib, aksiya ustiga bosing, barabanni aylantirish uchun bitta imkoniyat paydo bo‘ladi. Agar Promo kod bilan kirsangiz 2 ta imkoniyat bo‘ladi.
Asosiy sovrin: BYD Song Plus elektromobil
IPhone 14 Pro Max (8 ta)
Apple Watch 8 (8 ta)
Yandex Alisa Station (8 ta)
Apple AirPods Pro (8 ta)
Promokod: ICAC7Z
(ustiga bosib nusxalang)
P/S: Omad kulishi hech gap emas!
#mulohaza_uchun #hardware #bilasizmi
💿📄 1994-yilda Bill Geyts baland (taxminan 330 mingdan ortiq) qog‘ozlar uyumi ustida qo‘lida disk bilan alpinistlarning maxsus moslamasi yordamida suratga tushgan va “Qo‘limdagi ushbu kompakt disk (CD-ROM) ostimdagi barcha qog‘ozlardan ko‘ra ko‘proq ma‘lumotni o‘zida saqlashi mumkin”, deya ta’kidlagan.
⚡️ Ushbu yangilik o‘sha davrning asl inqilobi bo‘lgan!
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Bill Geyts haqida postlar
• Stiv Jobs haqida postlar
• Ilon Mask va Tesla haqidagi postlar
• Djeff Bezos haqida postlar
• Pavel Durov haqida postlar
• Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar
• Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word #excel #powerpoint
MS Office dasturlarida yangi hujjatni tezkor yaratamiz 📄
Aytaylik, o‘zingiz uchun notanish bo‘lgan biror kompyuter (yoki o‘z shaxsiy kompyuteringiz) qarshisiga ish yuzasidan o‘tirdingiz va unda Word, Excel yoki PowerPoint dasturidan birini ishga tushirishingiz lozim, biroq siz bu kompyuterda dasturni ishga tushiruvchi yorliq aynan qayerda joylashganini bilmaysiz va uni izlashingiz kerak.
Bunday vaziyatda kompyuter ishga tushgani zahoti ishchi stolining o‘zidan boshqa hech qayerga chalg‘imasdan, WIN
+ R
klavishlarini bosish va ochilgan “Выполнить” oynasiga mos ravishda winword
| excel
| powerpnt
buyruqlaridan keraklisini kiritib, ENTER
'ni bosish maqsadga muvofiqdir.
Natijada siz bir zumda kerakli dasturlardan birini ishga tushirasiz va yangi hujjat bilan ishingizni boshlaysiz. Ushbu tryuk MS Windows operatsion tizimi va Office paketining istalgan versiyasida ishlaydi.
❗️Agar MS Office paketi yoki uning tarkibidagi siz so‘rov berayotgan dasturlardan biri o‘rnatilgan bo‘lmasa, u holda shunchaki xatolik oynasiga duch kelasiz va bu orqali o‘zingiz uchun dastur kompyuterda bor-yo‘qligi haqida tezkor xulosa chiqarasiz.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Slayddagi ro‘yxatlarning to‘g‘ri va teskari yuzaga kelish animatsiyasini qo‘llash
• Namoyish vaqtida kiritilgan qaydlarni saqlash
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
ARTEL 4218 МИНИ ПЕЧЬ
✅ ЦЕНА 65$
✅ ГАРАНТИЯ 1 год
✅ ECONOM MODEL
✅ ДИЗАЙН на ваш Вкус
✅ ДОСТАВКА
#холодильник #инвертор #artel #минипечь
#word
Hujjatdagi matnni qanday berkitish mumkin? 🤔
Kimdakim Lex.uz saytidan biror normativ-huquqiy hujjatni yuklab olib, hujjatni Word dasturida ishga tushirib, dasturdagi “¶” belgisi yordamida chop etilmaydigan belgilarni faollashtirgan bo‘lsa, odatda yashil rangda keltiriluvchi izohlarga ko‘zi tushgan bo‘lsa kerak, bu matnlar axborot beruvchi xarakterga ega bo‘lib, hujjat chop etilgan paytda ko‘rinmaydi.
Ushbu postimizda, yuqorida keltirilgan misoldagi ko‘rinmas matnni qanday qo‘llash borasida to‘xtalib o‘tamiz.
Odatda, matnning ma’lum qismini berkitish uchun foydalanuvchilar kichikroq shrift va oq rangli harflardan foydalanadi, biroq berkitishga bo‘lgan ushbu urinishni oson payqash mumkin.
Matnni begona ko‘zlardan to‘liq berkitish uchun, uni dastlab belgilab olib, CTRL
+ D
klavishlari birikmasini bosing — bu dasturning Шрифт muloqot oynasini ekranga chaqiradi, undagi Скрытый bandi qarshisiga maxsus belgini o‘rnating.
Matn berkitiladi, bo‘shagan sohadan esa keyinchalik foydalansa bo‘ladi. Matndagi berkitilgan matnlarni tezkor ravishda ko‘rinadigan qilish uchun, CTRL
+ A
yordamida butun hujjatni belgilang, so‘ngra CTRL
+ D
'ni bosing va ochilgan muloqot oynasida Скрытый bandi qarshisidagi qushcha belgisini olib tashlang va OK tugmasini bosing.
ℹ️ Microsoft Word ruknidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #tarmoq #internet #security #maslahat
Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz 💻🖥🔐
Odatda uydagi yoki ishxonadagi Wi-Fi tarmog‘iga bir marta ulangach, paroli kompyuterimiz, smartfonimiz yoxud noutbukimizda saqlanib qoladi, o‘zimiz esa unutib yuboramiz. Biroq keyinchalik biror sabab bilan (masalan – mehmonga taqdim etish uchun) Wi-Fi paroli kerak bo‘lib qolishi mumkin...
To‘g‘ri, agarda router qutisi o‘zingizda bo‘lib, undagi dastlabki parolni o‘zgartirmagan bo‘lsangiz – uni topish muammo emas. Shuningdek, router sozlamalari orqali ham Wi-Fi parolini aniqlash imkoni bor. Biroq Wi-Fi tarmog‘i o‘zingizniki bo‘lmasa, routerga kira olmasangiz, u holda tarmoq parolini boshqa yo‘llar bilan aniqlashga to‘g‘ri keladi.
Bugun sizlarga Wi-Fi tarmog‘ining parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbuklarda aniqlashning oson yo‘lini ko‘rsatmoqchimiz. Buning uchun avval o‘sha tarmoqqa ulangan Windows-qurilmangizda PowerShell dasturini yoki buyruqlar satrini ma’mur (administrator) nomidan ochasiz. U yerga netsh wlan show profiles buyrug‘ini kiritib, “Enter” klavishasini bosasiz. Shunda mazkur kompyuter (yoki noutbuk) qachonlardir ulangan barcha Wi-Fi tarmoqlarining nomlari ro‘yxat tarzida chiqadi. Ulardan keraklisining – ayni hozir parolini aniqlash zarur bo‘layotgan tarmoqning nomini eslab qolasiz yoki nusxalab olasiz.
Keyingi qadamda netsh wlan show profile name=TarmoqNomi key=clear buyrug‘ini kiritasiz; agarda bu nom ikki yoki undan oshiq so‘zdan iborat bo‘lsa, barchasini bitta qilib "Tarmoq nomi" tarzida qo‘shtirnoq bilan yozasiz. Buyruqni kiritib bo‘lgach “Enter” klavishasini bossangiz, o‘sha tarmoqqa tegishli ma’lumotlar batafsil ko‘rsatiladi. “Параметры безопасности” bo‘limidagi “Содержимое ключа” qatorida esa aynan siz izlayotgan parol aks etgan bo‘ladi (maqola ostida biriktirilgan rasmga e’tibor bering).
Ushbu usulning yaxshi tomoni shundaki, ayni damda o‘sha – paroli qidirilayotgan tarmoqqa ulangan bo‘lishingiz ham talab etilmaydi. Ishlatayotgan noutbukingiz yoki kompyuteringiz qachondir bir marta bo‘lsayam ulangan barcha Wi-Fi tarmoqlarining parollarini istalgan paytda shu yo‘l bilan aniqlay olasiz.
📝 DiMaX @terabaytuz
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #texnologiya
Instagram'da Lego'dan mahsulotlar “tayyorlanmoqda” 😋. Juda murakkab montaj va millionlab ko‘rishlar soni.
🍗🍟 Qovurilgan tovuq oyoqchalari va fri ishtirokida olingan rolikning o‘zi 3 kun ichida deyarli 1,5 million layk to‘pladi.
📌 P.S.: Buni bir marta ko‘rish bilan cheklanish qiyin! 😉
🏗 Lego ishtirok etgan qolgan postlar: 1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣
📝 Manba: @bugnotfeature
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software
❌ Operatsion tizim bilan birga keluvchi ilovalarni o‘chiramiz
Ko‘p holatlarda operatsion tizimimiz bilan birga keluvchi ilovalar keraksiz va shunchaki diskda ortiqcha joy egallab turgan bo‘ladi. Ularni odatiy tarzda o‘chirib bo‘lmaydi, bunda bizga Windows 10 App Remover yordamga keladi.
Yordamchi dastur ishga tushirilganidan so‘ng bizdan faqat bir harakat — xalos bo‘lishimiz lozim bo‘lgan dastur nomi keltirilgan tugma ustiga bosish talab etiladi.
Shu bilan birga, yordamchi dastur yordamida muammoli dasturning xatoliklarini kuzatish imkoni mavjud. Buning uchun Show Log bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnatish talab etiladi.
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet #rasm_bilan_ishlash
🖼 Veb-saytdan barcha rasmlarni ajratib olish
Agar biror-bir saytdagi rasm sizga ma’qul kelgan bo‘lib, uni yuklab olishni uddalay olmayotgan bo‘lsangiz yoki shunchaki saytdagi barcha rasmlarni yuklab olishga zarurat bo‘lsa, u holda Image Extractor xizmatidan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Xizmat avtomatik ravishda saytdagi barcha rasmlarni ajratib oladi.
Undan foydalanish tartibi quyidagicha:
1️⃣. Havola bo‘ylab o‘tiladi.
2️⃣. Havola joylashtiriladi va “Extract” tugmasi bosiladi.
3️⃣. Ma’lum bir rasmlar tanlanadi yoki “Select all” tugmasi bosiladi, so‘nggi qadamda “Download selected” tugmasi bosiladi.
📝 Manba: @komputeer
ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
📀 Mustaqil ravishda Windows 10 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish — rasmiy usul
Ilgari, yuklanuvchi va o‘rnatuvchi fleshkalar kamdan-kam uchrardi va ularni asosan kompyuter ustalari yoki dasturchilar / tizim administratorlarining qo‘lida ko‘rish mumkin edi. Agar ilgari Microsoft hattoki Windows XP obrazini yuklab olishga ruxsat bermagan bo‘lsa, bugungi kunda yuklanuvchi fleshkalarni yaratishning juda ko‘p usullari mavjud. Shu jumladan Microsoft'ning o‘zi ham ushbu imkoniyatni taqdim etmoqda.
Undan foydalanish tartibi quyidagicha:
1️⃣. Internetga barqaror ulanish, diskda yetarli joy va 5 Gb'dan kam bo‘lmagan hajmdagi bo‘sh fleshkamiz mavjudligiga ishonch hosil qilamiz.
2️⃣. Media Creation Tool yordamchi dasturini Microsoft'ning rasmiy saytidan, “Скачать средство сейчас” katta ko‘k tugmasini bosish orqali yuklab olamiz.
3️⃣. Yordamchi dasturni ishga tushiramiz va “Создать установочный носитель”ni tanlaymiz.
4️⃣. Agar Windows'ni joriy kompyuterga o‘rnatish rejalashtirilayotgan bo‘lsa, “Использовать рекомендуемые параметры для этого компьютера”ni tanlaymiz. Yoki boshqa kompyuterga mos keluvchi parametrlarni kiritamiz.
5️⃣. “USB-устройство флэш-памяти”ni tanlaymiz, mavjud qurilmalar ro‘yxatidan kerakli saqlash qurilmasini ko‘rsatamiz va tanlovimizni tasdiqlaymiz.
6️⃣. Fayllar bilan amaliyotlar tugallanishini kutamiz — so‘ngra dastur barchasini o‘zi bajaradi.
Barchasi shulardan iborat. Toza Windows 10 bilan legal o‘rnatiluvchi fleshka foydalanish uchun tayyor!
📝 Manba: @tech_lifehacks
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet #mulohaza_uchun
🌊 Dunyo okeani sathi darajasi bilan o‘ynashish
FloodMap — bu dunyo okeani sathi darajasini o‘z xohishingizga ko'ra o‘zgartirish imkonini beruvchi ajoyib saytdir. O‘zingizga qiziq bo‘lgan qirg‘oq bo‘yi shaharlarida suvga oid turlicha ssenariylar ta’sirida qanday o‘zgarishlar yuz berishini ko‘rishingiz mumkin.
Kerakli qiymatlarni metrlarda kiritish orqali dunyo okeanlari sathi darajasini sozlashingiz mumkin. Sarguzashtlarga ixlosmandmisiz? Manfiy qiymatlarni kiritib hattoki sayyorani quritishingiz mumkin.
Suv sathini muntazam oddiy o‘zgartirishingiz yoki ekstremal ssenariylarni qo‘llashingizdan qat’i nazar, FloodMap interfeysi o‘zgartirishlaringiz ta’sirini real vaqtda kuzatish imkonini beradi.
FloodMap jo‘shqin fantaziya uchun platformani taqdim etadi. O‘zingizni okean sathining o‘zgaruvchan interaktiv dunyosida his qiling va ko‘z o‘ngingizda qirg‘oq chiziqlari o‘zgarishini namoyon eting.
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Internet rukni ostidagi kanalga joylashtirgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor
🎂 Dasturchining tug‘ilgan kuni uchun atalgan tortga o‘rnatish uchun 2
raqami topilmaganida.
📌 P.S.: Ikkilikdan o‘nlik sanoq tizimiga o‘girib yoshini aniqlab olaverasiz! 😉
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Toshiba Electronics kompaniyasi Oʻzbekiston bozorida videokuzatuv, videotahlil va katta hajmdagi maʼlumotlarni uzoq muddat saqlash vazifasi uchun optimallashtirilgan maxsus HDD seriyalarini taqdim etadi:
- S300 — boshlangʻich va oʻrta darajadagi videoregistratorlar, raqamli videoregistratorlar (DVR) va tarmoqli videoregistratorlar (NVR) uchun. Hajmi 1-6 Tb.
- S300 PRO — kuzatish tizimlari uchun raqamli videoregistratorlar (SDVR), kuzatish tizimi uchun tarmoqli videoregistratorlar (SNVR) va gibrid SDVR uchun moʻljallangan. Hajmi 6-10 Tb.
- MG — 20 Tb gacha boʻlgan hajmdagi disklarda video maʼlumotlari tahlili va katta hajmdagi video maʼlumotlarini uzoq muddat saqlash vazifalari uchun.
Tafsilotlar rasmiy saytda
Yoki Oʻzbekistondagi Toshiba rasmiy distribyutori — ASBIS kompaniyasi saytida
6-sentyabrdan 8-sentyabrgacha sizni “Securex Uzbekistan 2023” koʻrgazmasiga kelishni hamda Toshiba va ASBIS kompaniyalari vakillari bilan koʻrishishni taklif etamiz.
📍Stend V 102, Pavilyon №1, NVK “Uzekspomarkaz”, Toshkent
Sizda barcha qiziqtirgan savollaringizni muhokama qilish imkoniyati boʻladi!
#bilasizmi #internet
YouTube'dagi videodan audioni MP3 formatida qanday yuklab olish mumkin? 🎧
Agar sizda YouTube'dagi har qanday videodan audiosini yuklab olish zarurati yuzaga kelsa, bu uchun onlayn-xizmatdan foydalanishingiz mumkin.
1. Ushbu saytga o‘ting.
2. Qidiruv satriga videoning nusxalab olingan havolasini joylashtiring.
3. O‘ng tomondagi strelkachaga bosing (yoki biroz kuting), tizim kerakli videoni izlab topadi.
4. “📥 Загрузить” tugmasini bosing.
5. Tizim videoga ishlov bergunga qadar bir daqiqa atrofida kuting.
6. So‘ngra “📥 Download.mp3” tugmasini bosib, audioni qurilmangizga yuklab oling.
Shuningdek saytdagi qidiruv satriga havolaning o‘rniga videoning nomlanishini kiritishingiz mumkin, sayt qidiruvni bu rejimda ham amalga oshira oladi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
🤔 UEFI yoki BIOS: qanday tekshirsa bo‘ladi?
Qaysi oilaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, barcha operatsion tizimlarda mikrodastur turi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi ichki vositalari mavjud bo‘ladi.
Kerakli ma’lumot deyarli har doim ichki “Сведения о системе” dasturida mavjud bo‘ladi. Biroq shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, noutbuk egalari u yerdan izlanayotgan ma’lumotni topa olmasliklari mumkin.
Sizda qanday quyi tizim qo‘llanilayotganini aniqlash uchun WIN
+
R
tugmalari birikmasini bosing va ochilgan “Выполнить” oynasiga msinfo32
buyrug‘ini kiritib ENTER
'ni bosing. Ochilgan “Сведения о системе” oynasining shu nomdagi (chap paneldagi dastlabki band) bo‘limida “Режим BIOS” parametrini toping va uning qiymatini tekshiring.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
• Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz!
• Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
• Kompyuterning asosiy (ona) platasidagi batareyka nima uchun xizmat qiladi?
• BIOS bilan bog‘liq IT-hazil
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#android #game #smartfon
Happy Color mobil o‘yini 📲
Raqamlar bo‘yicha eng zo‘r bo‘yash o‘yinini yuklab oling, rasmni tanlang va bo‘yab chiqing 🌈.
Yorqin, qiziqarli rasmlar stressdan xalos bo‘lishingizda yordam beradi! 😊
1000 dan ziyod hayvonlar 🐼, yakkashohlar 🦄, manzaralar 🏞, odamlar 😀 rasmlari sizni kutmoqda ☝️. Kattalar va kichiklar, bolalar 👦 va qizlar 👧 uchun har qanday didga mos keluvchi rasmlar tavsiya etiladi. O‘zingizga kundalik hayotdan chalg‘ish hamda ranglar va relaks olamiga sho‘ng‘ishga imkon bering ❤️.
Har bir rasmlarda siz raqamni ko‘rishingiz mumkin 1️⃣, har bir raqamga biror rang mos keladi 🔴. Palitradagi 🎨 raqamlar bo‘yicha rasmni bo‘yab chiqing hamda o‘zingiz va do‘stlaringiz uchun chiroyli tasvirni hosil qiling 🏞. Rasmlar kolleksiyasi doimiy tarzda yangilanib boradi.
Ushbu ilova mobil qurilmangizda ko‘p joyni egallamaydi va batareyani ko‘p sarflamaydi.
⚪️ Har qanday joyda o‘ynash mumkin: bog‘da, ishda, uyda!
🔴 Ilovada yengil va murakkab, yorqin va qiziqarli rasmlarning katta tanlovi mavjud.
🔵 Bo‘yash o‘yini konsentratsiya va e’tiborni rivojlantiradi. Shuningdek u kundalik ishlardan chalg‘ish va stressni yengishda ko‘mak beradi.
⚫️ Ushbu bo‘yash o‘yinining interfeysi oddiy va qulay, barcha uchun tushunarlidir.
Raqamlar bo‘yicha rangli tasvirlarni hosil qiling, orom oling! 👌
📥 Happy Color mobil o‘yinini yuklab olish.
📌 P.S.: Reklamasiz va cheksiz maslahatlar bilan ulashilgan versiyasi: Happy Color v2.12.4.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar ⌨️
Windows operatsion tizimidagi aksariyat masalalarni yechishda, ko‘p holatlarda “Выполнить” menyusi orqali komandalarni amalga oshirish mumkin (bundan tashqari ushbu menyu yordamida bizning ko‘zimizdan berkitilgan dasturlarni ham ishga tushirish mumkin).
Ba’zi komandalarni Windows’ning Панель управления’si yordamida ishga tushirish mumkin, lekin odatda bunga biroz ko‘proq vaqt talab etiladi. Haqiqatdan ham siz uchun nima osonroq, bir komandani kiritib ENTER klavishasini bosishmi yoki 10ta ketma-ketlikda oynadan-oynaga o‘tishmi?
O‘z tavsiyalarimizda biz ko‘pincha u yoki bu komandalarga murojaat etishni, ularni qanday kiritish va hkz.larga murojaat etamiz. Aynan shuning uchun ham “Выполнить” orqali ko‘pincha ishga tushirishga to‘g‘ri keladigan eng kerakli va dolzarb komandalarni o‘z ichiga oluvchi maqola yaratish bo‘yicha g‘oya tug‘ildi.
👉🏻 Batafsil...
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet
🚫 YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
YouTube'da videolarni tomosha qilishda qariyb har bir rolikda reklama uchraydi. Bu ushbu xizmatning o‘zi taqdim etuvchi reklama videosi yoki uzoqroq vaqt talab etuvchi alohida reklama integratsiyasi bo‘lishi mumkin. Reklamani bloklash uchun Google Chrome uchun mo‘ljallangan kengaytmalardan birini qo‘llashni tavsiya etamiz.
1️⃣. YouTube uchun AdBlock – kengaytma kontentni filtrlaydi, butun reklamani, shuningdek bannerlar va sizib chiquvchi oynalarni bloklaydi. Reklama integratsiyalarini o‘tkazib yuborish, YouTube pleyeridan foydalanuvchi saytlardagi reklamani bloklash imkonini beradi.
2️⃣. SponsorBlock for YouTube – asosan videodagi homiylik integratsiyalari, shuningdek zastavkalar va obuna bo‘lishga chorlovlarni o‘tkazib yuborish uchun mo‘ljallangan. Kengaytma videodagi homiylikni aniqlash uchun foydalanuvchilar tomonidan yuborilgan ma’lumotlar bazasidan foydalanadi.
3️⃣. uBlock Origin – reklamani bloklashni o‘z ichiga oluvchi, kontentni filtrlash uchun mo‘ljallangan kross-platformali brauzerlar uchun kengaytma. Foydalanuvchiga reklamani bloklash uchun o‘z qoidalarini yaratish imkonini beradi.
⏫ Ushbu postimizda kengaytmaning qo‘shimcha imkoniyati haqida so‘z yuritilgan: Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
ARTEL MARVARID 12
✅ ЦЕНА 335$
✅ ГАРАНТИЯ 3 год
✅ LOW VOLTAGE
✅ ДИЗАЙН на ваш Вкус
✅ ДОСТАВКА
#холодильник #инвертор #artel
#maslahat #learn_english_with_software #bilasizmi
🙋🏻♂️🙋🏻♀️ Assalomu alaykum tilshunos do‘stlar, sizlarning e’tiboringizga til bo‘yicha bilimlaringizni oshirib borishingiz uchun kanalimizda e’lon qilingan dasturlar, ilovalar va foydali maslahatlarimizni taqdim etamiz:
💻 Kompyuter dasturlari:01.
Straighforward Macmillan Beginner;02.
Straighforward Macmillan Elementary;03.
Straighforward Macmillan Pre-Intermediate;04.
Straighforward Macmillan Intermediate;05.
Straighforward Macmillan Upper Intermediate;06.
Straighforward Macmillan Advanced;07.
Basic Grammar in Use, Third Edition;08.
Cambridge Advanced Learners Dictionary;09.
ABBYY Lingvo x6 Pro (Ru-En, En-Ru lug‘at);10.
WordWeb 10.02 Free (x86/x64);11.
Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun kichik dasturlar.
📱Mobil ilovalar:01.
Duolingo;02.
Drops;03.
Memrise;04.
Busuu;05.
HelloTalk;06.
Полиглот 16/32 va boshqalar;07.
English LinDuo;08.
Rosetta Stone;09.
English Galaxy;10.
Lingvist;11.
IELTS Test;12.
English Level Checker;13.
English Tenses;14.
English Grammar in Use;15.
4 pics 1 word;16.
Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar;
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
💡Foydali ma’lumotlar va tavsiyalar:
• Xorijiy tillarni o'rganishga berilayotgan eʼtibor va imtiyozlar;
• CV nima? + Namuna;
• Kompyuterni yaxshi o'rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?
• Dasturlashni o'rganish uchun ingliz tilini bilish kerakmi?
• Udemy - onlayn taʼlim platformasi;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar;
• List of English & IELTS Channels to follow;
• Top 10 onlayn lug‘atlar;
• Interactive glossaries;
• Uz-En, En-Uz lug‘at;
• O‘zb-Rus, Rus-O‘zb lug‘at;
• Filmdan parchani topish va yuklab olish;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun samarali 5 layfxak;
• Kompyuterni yaxshi o‘rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?;
• Ingliz tili grammatikasi jadvallarda (En-Ru);
• Ingliz tilida qaysi so‘zlarni birinchi bo‘lib o‘rganish kerak?;
• Ingliz tilini o‘rganuvchilarning 80% shuni xato aytishadi;
• Ingliz tilida qaysi harf eng ko‘p ishlatilishi haqida bilasizmi?;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin;
• Abituriyentlar uchun test topshiriqlarini yechish bo‘yicha namunaviy testlar va tavsiyalar;
• Ingliz tilidan o‘z bilim darajangizni ko‘rsatib o‘ting;
• Bu shunchaki imtihon!
• Ingliz tilining lug‘ati aynan qancha so‘zdan iborat ekanligini bilasizmi?
• Xan akademiyasi: har kim har yerda bepul ta’lim olishi mumkin.
• Dunyodagi eng birinchi dasturchi ingliz ayol kim ekanligini bilasizmi?
• Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mulohazaga chorlovchi maslahat;
• “Xato qilishdan qo‘rqqan odam hech qachon til o‘rgana olmaydi”. 15ta xorijiy oliygoh talabasi bo‘lgan o‘quvchi bilan suhbat;
• IELTS va TOEFL nima farqi bor?
• Dunyo bo‘ylab butun ma’lumotlarning qancha foizi ingliz tilida saqlanishini bilasizmi?
• Qanday qilib ingliz tilini samarali va zerikmasdan o‘rganish mumkin?
• Ingliz tilini o‘zlashtirishga ko‘mak beruvchi 10 ta film
🤝 Hamkor kanal: @Kompyuter_Akademiyasi
📍Ushbu postimizni o‘zingiz uchun foydali deb bilsangiz, unda do‘stlaringiz bilan ham baham ko‘rishni unutmang, zero ingliz tilida aytganda – “Sharing is caring!”
😉
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #hardware #maslahat
↕️ Noutbukning sensorli paneli uchun 10 ta ishora
Sensorli panel (touchpad) ishoralari oyna va boshqa tizim elementlarini boshqarishni osonlashtiradi. Shaxsiy kompyuteringizdan foydalanishni optimallashtirish uchun ulardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ba’zan sensorli panel sozlamalaridagi individual xususiyatlarni ishlab chiqaruvchi o‘chirib qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Buni tekshirish va kerakli imo-ishoralarni faollashtirish uchun “Параметры” (WIN
+
I)
-> “Устройства” -> “Сенсорная панель” bandlari bo‘ylab o‘tish mumkin.
👉🏻 Batafsil...
📌 P.S.: Sensorli panel uchun 10 ta ishorani o‘rganib oling. Eski noutbuk modellarida ishlamasligi mumkin.
📝 Manba: Layfhacker.ru | @kompyuter_akademiyasi
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Android smartfoniga periferik qurilmalar qanday ulanadi?
• O‘z kompyuterimizda USB portlarni bloklash
• Birinchi sharikchali sichqoncha
• Soyuz davrida ishlab chiqarilgan sichqoncha
• Windows 10’da sichqoncha tugmalari o‘rnini almashtirish
• Windows 10’da sichqonchaning chap va o‘ng tugmalari o‘rnini reyestr orqali almashtirish
• Windows 10'da sichqoncha kursori ko‘rinishini o‘zgartirish
• Sichqonchani avtomatik ravishda qoida bo‘yicha bosiluvchi tugmaga o‘tadigan qilib sozlash
• Sichqoncha va klaviaturani bloklash
• Smartfondan Wi-Fi sichqoncha sifatida foydalanish
• Klaviaturadan sichqoncha sifatida foydalanamiz
• Windows'da sichqoncha kursorini klaviatura yordamida boshqarish
• Windows'da ekranni qaynoq klavishlar yordamida ikkiga ajratamiz
• Telefondan sichqoncha vazifasida foydalanamiz
• Bluetooth qurilmalarining zaryadi darajasi
• O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
• Hujjatning istalgan joyiga sichqoncha kursorini o‘rnatib matn kiritish
• Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish
• Kompyuter sichqonchasining brauzer ilovasidagi funksiyalari
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija