kitoblar_apk | Unsorted

Telegram-канал kitoblar_apk - Mobil kutubxona

12942

Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

Subscribe to a channel

Mobil kutubxona

⚡️“Atom odatlar” — aniq maqsadga oʻzingizni oldindan qanday tayyorlash haqidagi sinalgan yoʻriqnoma!

Agar oʻrgangan feʼl-atvoringizni oʻzgartirish qiyin kechsa, muammo oʻzingizda emas, balki notoʻgʻri tutgan yoʻrigʻingizda. Yomon odatlar ularni oʻzgartirishni istamaganingiz uchun emas, balki notoʻgʻri oʻzgarishlarga amal qilayotganingiz uchun ham yoʻqolmaydi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“Men to’grilik orqasidan bosh ketsa “ih” deydirgan yigit emasman. Garchi men turlik bo’hton, shaxsiyat va soxtalar bilan, ham anglashmovchiliklar orqasida ikkinchi oqlanmaydurg’on bo’lib qoralandim. Loaqal ularning, qoralovchi qora ko’zlarning ko’ngli uchun bo’lsa ham menga oliy bo’lg’on jazoni bera ko’ringiz. Ko’nglida shamsi g’uboroti, teskarichilik maqsadi bo’lmag’on sodda, go’l, vijdonlik yigitga bu qadar xo’rlikdan o’lim tansiqroqdir”.
Samarqand. 1926-yil.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🛎 Merhaba Turk tiliga !!! 🇹🇷
💡 Sersifikat va suhbatlashish uchun zo‘r imkoniyat.
💻 Onlayn darsning imkoniyatlari katta- uydan chiqmasdan sizga qulay vaqtda jonli tarzda o'tiladi.
0 dan boshlab darslar📚✍
Oylik to'lov atiga- 145 ming so‘m
Kech soat 21:30
Ertalab 10:00
11:00
🎁 Bonusga - ... 4 kun dars , mavzularning  lug'atlari , pdf kitoblar, testlar to'plami,  vedio darslar
Darsga qo'shilish uchun: @kitap101

Ofitsalniy kanal: @turktilibaza

Shu darslarni ko'rib ishonchni oshiring.
/channel/maxsusdarskanali

Joylar soni cheklangan !!!

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“O’qish uchun berilgan yuklamaning oxirini stiker yopishtirib yoki xatcho’p qo’yib belgilash yaxshi odat. Bu qanchalik oldinga siljish bo’layotganini ko’rsatib turadi. Marra chizig’i ko’rinib turganida ishtiyoq yanada ortadi”.

🌐“Raqamlar uchun yaralgan idrok” | Barbara Oukli

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Alloh meni sen uchun Bayyina surasini o’qib berishimni buyurdi”,- deganlaridan ta’sirlanib, “Alloh meni ismimni tilga oldimi, ya Rasululloh, Robbul Olamiynning huzurida zikr qilindimmi?”
-Ha!
-Uning ko’z yoshlari to’kildi.
“U mening ismimni aytdimi”,- dedi va ho’ngrab yig’lab yubordi.

✨U kishi Ubay ibn Kaab roziyallohu anhu edilar.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Kim o‘z uyining jannatdek bo‘lishini xohlamaydi? Ha, er-xotin o‘zaro mehr-muhabbat bilan bog‘langan, hayot qiyinchiliklariga qarshi bir-birini qo‘llab-quvvatlagan, farzandlar mehr-oqibat va hurmat doirasida ulg‘ayadigan oila muhitiga ega bo‘lish barchaning orzusi. Afsuski, bugungi oilaviy masalalar beparvolik bilan tilga olinib, yechim topish o‘rniga ular hal qilib bo‘lmas holga kelmoqda, muammolar yana-da ildiz otib, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik avj olmoqda, ajrimlar yil sayin ortib bormoqda.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

✨ ”Sunani Dorimiy”

Nabiy alayhissalom: “Sizga Allohdan qo’rqishni, garchi, habash banda boshliq bo’lsa ham unga quloq solish va itoat etishni vasiyat qilaman. Chunki mendan keyin yashaydiganlar tez orada ko’p ixtiloflarni ko’radi. Shunda siz mening sunnatim va to’g’ri yo’ldagi xulofoi roshidinning yo’lini lozim tuting. Uni oziq tishlaringiz bilan tishlang. Dinda yangi paydo bo’lgan ishlardan saqlaning. Chunki dinda yangidan paydo bo’lgan har narsa bid’atdir” dedilar.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Imom Omir Shaʼbiy: “Biror narsani eshitsangiz, devorga boʻlsa ham yozib qoʻying. Shu sizga sahifadagi holatidan koʻra yaxshiroqdir. Bir kun kelib oʻzingizga kerak boʻlishi muqarrar”.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Safar | Adem Uzkusa

🛳 Safar qilishda sog'lik hamda ruhiy tetiklik uchun ham ko'p manfaatlar bor. Chunki safar tabiatan harakatga bog'liq bo'ladi va tabarruk joylar ziyorati kishiga ruhiy quvvat bag'ishlaydi.
Arab tilidagi "safar" so'zining yana bir ma'nosi ham "kashf etmoq, ko'rsatmoq"dir.

🪂Sayohat qilasiz - kashf qilasiz.
Hazrati Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vassalam hadisi shariflarida: "Safar qilinglar, sog'lom va rizq-u nasibali boʻlasizlar", deb marhamat qilganlar.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

​​“Haqiqat yo’li”

⚡️Islomga kalta oʻy va cheklangan qarash egalari tomonidan qattiq zulm qilingan. Bundaylar bilganini tan olib, bilmaganini inkor qilgan odamlardir.

⚡️Bilimsizlik aslida butparastlikdir. Chunki u fikr paydo qilmaydi, balki yukinadigan sanamlar yasaydi.

⚡️Buzuq dindorlikning ofati shundaki, unda hidoyat gʻilofi ostida havoi nafs yashiringan boʻladi.

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Minglab eshitgandan birlab ko‘rganning ta’siri ortiq bo‘lishi kerak edi. Endi shunisi qiziq, eng hayron qolarlik ishdurki, uyg‘urlar qon-qarindoshlari o‘zbeklar boshlariga kelgan shundayin ulug‘ ofat-balolarni ko‘ra-bila turib, ongsizlik, ilmsizlik kasofati sababli bundan ta’sirlanib qilchalik ibrat olmagan edilar.
Chunki, bu shum maslak rivojlanishiga ikki narsa: kambag‘allik, ongsizlik bo‘lishi albatta shartdir. Bular esa Rusiya tuprog‘ida, ayniqsa, Sharqiy Turkiston, Xitoyda to‘liq topilganlikdan dahriylar bundan foydalanib, shu sassiq maslaklarini bu o‘rinlarda joylashtira oldilar. Natijada qurol kuchi bilan majburiyat orqali xalq bo‘yniga yuklanib, shu kungacha tushirilmas og‘ir yuk bo‘lib ortilib qoldi.

- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🎁 Til bayrami uchun 2+1 aksiyasi: sovg‘ani o‘zingiz tanlaysiz!

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Asaxiy Books 2+1 aksiyasini e’lon qildi!
Istalgan 3 kitobni xarid qilasiz - ular ichidan eng arzoni sizga sovg‘a bo‘ladi.

Taklif har 3 kitob uchun amal qiladi:
6 ta olsangiz - 2 tasi, 30 ta olsangiz - 10 tasi sovg‘a! 😍

Aksiya faqat BUGUN amal qiladi, foydalaning:
• Asaxiy do‘konlari manzili: havola
• Onlayn buyurtma berish: asaxiy.uz/u/68f728142eae2

Buyurtmalar O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi. O‘zingizni va yaqinlarni bayramda xursand qiling!

Kanalga ulanish: @asaxiybooks

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Ishdan charchab keldim. Ust-boshimni almashtirib, biroz dam olish uchun mehmonxonaga kirdim. Qarasam, ikkita farzandim “O’yinchoqlar tarixi-3” multfilmini berilib tomosha qilishyapti. Gazeta olib, bolalar yoniga o’tirdim.
So’ng bolalarga qaradim. Bolajonlarim biram yoqimtoyki. Ular bilan birga maroqli vaqt o’tkazgim keldi. Bolaligimdagi qiziq xotiralardan gapirishni boshladim.
Gapirganim sari bolalarning ko’zi yanada porlay boshladi. 2 yoshli farzandim ham ekrandan o’girilib menga qarab turardi.
O’zimdan “Men hozir “Pixar” mahsuloti, million dollar sarflangan shu “O’yinchoqlar tarixi” multfilmidan qiziqarliroqmanmi?” deb so’radim. Hikoya qilib berganim sari savollar yog’ildi, savollar yog’ilgani sari jo’shib, gapirishda davom etdim.
Birozdan so’ng gilamda bolalar bilan kurash tushishni boshlab yuboribmiz. Ko’zoynagimni yechib, divanga uloqtirdim.
Farzandlarim bilan turli harakatlar ishlatib kurash tushar ekanmiz, “Pixar” ga ajoyib bir professional zarba berdim. 6 yoshli o’g’lim meni mag’lub etdi.
Yerda yotibman. Bolalar “Dadamni yengdik!” deb baqirishyapti. Men esa texnologiyani yengganimga chin ko’nglimdan zavqlanyapman.

«Virtual dunyoda ota-onalik mashaqqati» kitobidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Mashhur psixoanalist va ijtimoiy faylasuf Erix Fromm millionlab insonlarga sevgi uchun yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish orqali boy va samarali hayotga erishishga yordam berdi. Ushbu samimiy kitobda u bu gʻayrioddiy tuygʻu hayotingizning barcha yoʻnalishini qanday oʻzgartirishi mumkinligini koʻrsatib beradi.

Koʻpchilik sevgiga boʻlgan qobiliyatini haqiqatan ham muhim boʻlgan darajada rivojlantira olmaydi bu - yetuklik, oʻz-oʻzini bilish va jasorat bilan birlashtirilgan sevgi. Sevishni oʻrganish, boshqa sanʼatlar singari amaliyot va diqqatni jamlashni talab qiladi. Hatto boshqa har qanday sanʼatga qaraganda, u chinakam mulohaza va tushunishni talab qiladi.

Fromm asarida sevgini har tomonlama tadqiq etadi — yolgʻon tushunchalar va yuksak umidlarga botgan ishqiy sevgini emas, balki ota-ona, bolalarga boʻlgan sevgi, oʻzini sevish va Xudoga boʻlgan muhabbatni ham oʻrganadi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

"Raqamlar uchun yaralgan idrok"

Fanlarni oʻzlashtirishga qiynalayotgan talaba boʻlasizmi yoki lavozimda yuqorilash uchun yangi bilimlarni oʻrganishi kerak boʻlgan xodim, “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobi ushbu muammoni yechish uchun zarur vositalarni taklif qiladi. Kitobda aniq va tabiiy fanlarni oʻrganishning samarali usullari keltirilgan. Turli hiylalar, masala yechish, tahlil va yodlashning noodatiy usullari sizga qoʻl kelishi hamda fanlarga qiziqishingizni oshirishi shubhasiz. Kitobni oʻqib, siz miyadagi neyronlar tarmogʻining chinakam egasi boʻlishga oʻrganasiz, shuningdek, miya ikkita rejimda ishlashi, chalgʻib turish foydalari hamda tasavvur kuchi haqida bilib olasiz.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🔖Hadicha onamizning laqablari “Tohira” bo’lgan. Islomdan keyin esa “Kubro” sifati bilan tanildilar.

🔖Rasul alayhissalomning ilk ayoli, islomni qabul qilgan birinchi inson edilar.

🔖Ular vafot etgan yillari “Mahzunlik yili” deb nomlangan.

🔖Tirikliklarida jannat xabarini olgan bo’lib, o’limlaridan keyin ham dugonalari Habibimiz sollallohu alayhi vasallam tomonidan ziyorat qilinganlardan edilar.

🔖Rasululloh tomonidan: “Vallohi, menga undan yaxshisi qaytib berilmadi” deya e’tirof etilgan edilar.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

⚓️ Hokimiyat o‘z yolg‘onlari asiri bo‘lganligi uchun soxtakorlikka ehtiyoj sezadi. O‘tmishni, bugunni, kelajakni va statistikani qalbakilashtiradi.
U o‘zini qudratli va zo‘ravon politsiya apparati mavjud emasday tutadi. Inson huquqlariga rioya qilayotganini surbetlarcha ta’kidlaydi. Muvofiqlikni muvofiqlik ortiga yashiradi.
⚖️U yoki bu diktaturaning faoliyat doirasi qanchalik tor va jamiyat madaniyatsiz bo‘lsa, diktatorning xohish-irodasi ham shunchalik ochiq: aytaylik, "yalang‘och" intizom, "dunyoga murakkablashtirilmagan munosabat" (o‘zining sharafsiz diktator ekanligini dunyo hamjamiyatidan yashirmay totalitar boshqaruvda davom etish) va "o‘z-o‘zini dafn" (ya’ni, diktatura o‘z o‘lim urug‘ini o‘zi bilan olib yuradi) qilish orqali amalga oshiriladi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Abdurrahmon Mag’ribiy rohmatullohi alayhdan hikoya qilinadi. U kishi shunday dedilar: “Menga aytib berishdiki, “Xallod ibn Kasir joni chiqqanidan keyin boshlarini tagidan riq’a (xat turi) topildi. Unda “Bu Xallod ibn Kasirga do’zaxdan ozodlik xati”dir deb yozilgan edi. Uning ahlidan “Bu kishining nima amallari bor edi?” deb so’ralganida, ahllari “U kishi juma kuni ming marotaba “Allohumma solli a’la Muhammadin Nabiyyil ummiy” deb salavot aytar edilar” dedi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

⌛️O'tmishning asiri, kelajakning quli. Biz yo o'tmishning asiri, yoki kelajakning quli bo'lganimiz bois uning ichidagi vaqtni qadrlamaymiz.

🕰Kecha o'tdi, ertangi kun – orzu, bugun esa – Robbimizdan bizga bir in'omdir. Keling, ushbu kundan umr yo'ldoshimiz, farzandlarimiz, va qarindoshlarimiz bilan birga bahramand bo'laylik. BAXT – bu «yugurib» hayot kechirish emas, balki yaqinlarimizga vaqt ajratish, ayni lahzalardan unumli foydalanishdir.

❤️‍🩹Hayotimizda roʻy bergan ogʻriqli voqealarni har gal eslar ekanmiz, ularni yana yashab oʻtgan kabi tushkunlikka tushamiz, vujudimiz kimyosi oʻzgaradi. Bu holat bizdan sogʻligʻimizni tortib oladi. Demak, ayni damlarda yashaylik, oʻtmish gʻamlari yodi bilan emas. Shukr sabr, kengfeʼllik, xotirjamlik va ibrat bilan umr kechiraylik!

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Sahobalarni bilmayman-u, ammo munofiq Ubay ibn Salulning oʻzining iflos maqsadi yoʻlida bomdod namozini qoldirmaganini bilaman. Uning budilnigi boʻlmagan. Oʻsha davrda oʻzini musulmon koʻrsatib yurgan munofiqning ahvoli shunaqa boʻlgan. Ixlosli sahobalarni qoʻyavering.

Ajoyib narsa oʻqigan edim. Bir kishi buvisi haqida yozgan edi: “Buvim bizni bomdod namoziga uygʻotib: “Turinglar! Jannatda sonimiz kamayib qolishini istamayman!”, der edilar!”.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

✨“Boshimning toji”

"Hijob - yuk, uning o'ziga yarasha yuki bor"- deyishganini ko'p eshitamiz.
Aslida, nomahramlarning nigohini ortib yurish - yuk, nomahramni zinoga yetaklagan sochlar - yuk...bularning gunohi - buyuk yuk!

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

😊 “Koʻrinmas dunyo” kinosini koʻrdingizmi?

Mutolaa”da siz tinglayotgan har bir sifatli audiokitob ortida mas’uliyatli va jonkuyar insonlar mehnati mujassam. Ko‘zi ojiz xodimlar audiokitoblarni montaj qilish, tovushdagi eng kichik detallarni aniqlash va mukammal sifatga yetkazishda beqiyos hissa qo‘shmoqda.

Ular hayoti, orzulari va jamiyatdagi o‘rni haqida chuqurroq fikr yuritish maqsadida biz maxsus film suratga olindi. Bu film nafaqat bir loyiha, balki inklyuziya, inson qadr-qimmati va jamiyatimizning asl kuchi haqida boʻldi. Ushbu badiiy-publissitik filmni yosh ijodkorlar jamoasi suratga oldi.

https://youtu.be/re-j4WOi3vk
https://youtu.be/re-j4WOi3vk
https://youtu.be/re-j4WOi3vkj

Mutolaa ilovasini yuklab oling

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“O‘zing bilan olib kelasan”

Bir kuni Bahlul dono Horun ar-Rashid saroyiga ust-boshi changga botib, g‘amgin ahvolda kirib bordi.
Uni bu holda ko‘rgan xalifa xavotirlanib:
– Bu nima ahvol, qayerdan kelyapsan? – deb so‘radi.
Bahlul unga:
– Jahannamdan kelyapman, – deb javob berdi.
Xalifa hayron bo‘lib:
– Jahannamga nega bording, ey Bahlul? – dedi.
Bahlul dono:
– Olov olib kelishga borgandim, – dedi.
Xalifa:
– Xo‘sh, olov olib keldingmi? – deb so‘radi.
Bahlul:
– Yo‘q, maloikalar berishmadi, “Bu yerda olov bo‘lmaydi olovni dunyodan o‘zing bilan olib kelasan deyishdi”, – dedi.
Xalifa boshini egib:
– Haq gap aytding, ey Bahlul. – dedi va ko‘p yig‘ladi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Quyon ilmiy maqola yozib, muharrir Tulkiga olib boribdi. Tulki asarni ko‘rib chiqqach, unga o‘z nomini ham tirkash shartligini aytib:
— Buni Bo‘riga ko‘rsatib chiqay, uning ham nomi bo‘lgani ma’qul, — deya maslahat bilan Bo‘rining oldiga kirib ketibdi.

Bo‘ri ham bir-ikki qalam tekkizgandek bo‘libdi-da, asar mualliflarining ro‘yxatidan joy olibdi va asarni Sherga olib kirish lozimligini, u ruxsat bermasa asar bosilmasligini aytibdi.

Sherxon asarning birinchi betidagi mualliflar ro‘yxatini ko‘rgach:
— Bu yerda Quyon nima qilyapti? Uning nomini o‘chiringlar! — deb, muallif degan joyiga o‘zining Sherxon nomini yozdiribdi...

Shu bilan asar nashrdan chiqibdi.
...Asarning mavzusi esa sabzining xususiyatlari borasida edi...

©️

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Odamlar bilan to’la avtobusga chiqdim. Haydovchi orqa eshikni ochdi, hammamiz u eshikdan chiqdik. “Bepul ketar ekanmiz-da, deb o’ylab turgandim, hamma cho’ntagidan pul chiqarib haydovchiga uzatdi. Pullarning qaytimi ham yana qo’lma-qo’l qaytib keldi. Shu kuni men musulmon bo’lganlar bilan musulmon bo’lmaganlarning farqini angladim. Dunyoning hech bir yerida bunday holatni ko’rmagan edim.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

"Ichindagi ichindadur" Mavlono Rumiy

Insonni koʻrganlaringdan iborat deb bilma. Haqiqatning surati ichidadir, tashi shunchaki — manzara...

Roʻza — koʻngil koʻzini ochish uchun, jismni koʻr qiladi.

Qachonki jarohatimizdan shikoyat qilsak, undan battarogʻi bilan imtihon qilindik. Shuning uchun ham “Tavakkul yaxshidir” deydigan boʻldik...

​Foniy boʻlgan ishq yoʻqdir. Ishqlarning bari boqiydir. Farqi shuki, kimdir sanʻatkorning sanʻatini koʻrur, kimdir sanʻatkorning oʻzini...

"…Masalan, bir odamning ko'ngli farahlasa (quvonsa), demak, u kimnidir sevintirgan va undagi quvonch ana shu ishning mukofotidir. Xuddi shunday, insonning xafagarchiligi — uning boshqa birovning ko'nglini og'ritganiga munosib javob…"

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

…Ayrim shaxslar (sening yoningda yursalar ham aslida) senga emas, balki sen orqali amalga oshadigan ozlarining ehtiyojlariga, manfaatlariga muxlis boladilar. Ehtiyojlari ozgarishi bilanoq senga muxlisliklari ham ozgaradi.

Hayot qisqa. Uni oʼzingni oqlashga urinib, behuda oʼtkazma. Seni yaxshi koʼradiganlar senda doimo yaxshilikni koʼrishadi. Seni yomon koʼradiganlarni esa hech qachon rozi qila olmaysan!

Sen bilan birga kulgan insonni kun kelib
unutishing mumkin, ammo birgalashib yigʼlagan insonni hech qachon unutolmaysan...

"Kesik qanotlar" kitobidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🇷🇺 Рус тилидан 2 кун бепул жонли дарс!

🎯 Рус тилини энди ўрганишни бошлаган бўлсангиз, ёки

анча вақтдан бери ўрганиб, лекин ҳали ҳам сўзларни тўғри боғлай олмаётган бўлсангиз — бу дарс айнан СИЗ учун! 🫵

🚀 Дарслар онлайн тарзда, тўғридан-тўғри йопиқ Telegram каналда ўтказилади.


📌 Жойлар чекланган!
Каналга ўтинг ва дарсларда БЕПУЛ иштирок этинг! 👇

/channel/+HQ7jIuHD9hUzOWYy
/channel/+HQ7jIuHD9hUzOWYy

Читать полностью…

Mobil kutubxona

РУС ТИЛИ онлайн разговорный курс ва С1 сертификат учун таййорлов

✅ Гурух 3 кишилик-300 минг
🤝 Гурух 8 кишилик- 200 минг
💼С1 сертификат учун -300 минг
☑️индивидуальный- 1 укувчи 500 минг


☑️ 🔴 РАЗГОВОР ЧИКАРИШГА КАРАТИЛГАН ДАРС

☑️🔴 ДАРСЛАР ХАФТАСИГА 3 КУН ЖОНЛИ ДАРС

☑️🔴 ДАРСДАН ТАШКАРИ ДОИМИЙ ТЕСТ ВА ВИДЕО ГУРУХИДА ИШЛАШ

✔️🔴 Нольдан В2 даражасига обчикиш


Админ. @TchLova

/channel/+BWeBi7B1M8ZlOWEy

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🔥 0 dan Boshlab Turk Tili Qisqa Muddatda Oʻrganishni Xohlaysizmi? 🔥
Vaqt oz qoldi — biz bilan intensiv tayyorgarlikni boshlang!
💡 Haftada 4 kun jonli dars
📚 Davomiyligi 3 oy B2 ga qadar

⚡️Har bir oʻquvchi bilan individual ishlanadi
⚡️Har dars konuşma yangi lugʻatlar, quiz testlar
⚡️Gramatika eng oson usullarda tushuntiriladi
👩‍🏫 Ustozalar Muhayyoxon Tursunova Nigora Nabiyeva C1 daraja
✅ Dars sifati va nazorat kafolatlanadi!

💰Narx: 200 ming so'm (1oy uchun)
Namuna dars beriladi!
Darslarimiz haqidagi fikrlar 🫴/channel/natijalar_Tursunova

Guruhga faqat ayol qizlar qabul qilinadi

Batafsil @Tursunova0204 ga yozing

/channel/+NDL4QJEKGcg3Y2Ni
/channel/+NDL4QJEKGcg3Y2Ni

Читать полностью…
Subscribe to a channel