Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
💿 Til o‘rganish va tafakkuringizni o‘stirish uchun eng sara filmlar izlayapsizmi?
Mana bu yerda ekan: Shunchaki kerakli tilni tanlang.👇
#iqtibos
Aslida qandaydir yangiliklarni qamragan asarlarnigina kitob deb atash mumkin, qolganlarining hammasi esa u yoki bu jabhada nima qilingani haqida tezroq ma'lumot olish vositasidir, xolos.
✍ G.Lixtenberg
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
Haqiqiy olimning eng qimmatli kitobi - o'ziga nima mavhumligini ro'yirost tan olgan kitobidir. Muallif qiyinchiliklarni yashirsa, kitobxonaga hammavaqt yomon.
✍ E.Galua
📚 @kitoblar_apk
📓 "Jodugar"
Asar qahramoni Ibrohimning hayotida lo‘li qiz paydo bo‘lgach, barchasi ag‘dar-to‘ntar bo‘ldi. Jodu-garlar avlodkga mansub qiz unga abadiy muhabbat va tavqi la’nat tashlab ketdi...
O‘lim topmas yigit va jodugar qiz hayotidan so‘zlovchi fantastik qissa sizni o‘tmish asrorlari, sehr-jodu tilsimlari, insoniy tuyg‘ular va chin muhabbat voqeasi bilan tanishtiradi. Ushbu asarni bir nafasda o‘qib, fantastika olamiga sayohat qilasiz.
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
Ochganingda huzurlanib, yopganingda seni ruhan boyitgan kitobgina yaxshi kitobdir.
✍ A.Olkott
📚 @kitoblar_apk
KOREYS TILI 0 dan sifatli ta’lim xohlovchilar uchun
👩Ayollar guruhi
Ustoz: Lobar Kodirova
Daraja: Topik 6
Qo’shimcha: Bolalar ta’limi va tarbiyasi bo’yicha magistir
👫Umumiy guruh
Ustoz: Boburbek
Daraja: Topik 5
Qo’shimcha: 5 yildan ortiq dars berish tajribasi
🌟O’rgatiladi: Insoniylik, to’g’ri kun tartibi tuzish, Erkin Gapirish, Yozish, Topik(barchasi birdaniga)
🔥Darslardan lavha: https://youtu.be/Uq1Gx2tir0Y
🔥Onlayn darsimizdagi Boshlang’ich o’quvchilarimiz: https://youtu.be/1ZpFqIfZ7Vw
✨Darslar: Bir Oyda 13 dars + 2 imtihon
✨Darslar boshlanadi: Iyuldan
✨Dars to’lovi: 270 ming so’m
⚠️A’zolik uchun: @family_admin
@YoonJianFamily
#iqtibos
Odamning qanday odamligini hamisha u o'qiydigan kitoblardan bilish mumkin.
✍ S.Smayls
📚 @kitoblar_apk
Imtixonsiz top universitetga Kirish? Rivojalangan arab davlatlarida tekinga oʻqish 🇸🇦? Turkiya Top universitetlarida oʻqish 🇹🇷?
Bu Haqida:@turkiyadatalbalik
Kanal nimalar haqida?
1.Qanday qilib diplom baholari bilan top universitetlarda oʻqish
2.Chet elda oʻqimoqchi boʻlganlar uchun tekin maslahatlar
3.Oliy ta’limni islomiy bilimlar yoʻnalishida oʻqish
4.Turli xil Grantlarni qoʻlga kiritish
t.me/turkiyadatalabalik
#iqtibos
Nimani o'qishingni ayt, men sening kimligingni aytib beraman, Odamning aqli va xulq-atvorini kutubxonasiga ko'z tashlab turib ham to'g'ri bilsa bo'ladi.
✍ L.Blan
📚 @kitoblar_apk
Ingliz tilidan online imtihon topshiring va xalqaro universitet talabasi bo'ling
🤓 Samarqandda tashkil etilgan Yapon Xalqaro Universiteti abituriyentlar uchun faqat ingliz tilidan onlayn imtihon topshirib, nufuzli va zamonaviy oliygohda ta'lim olish imkoniyatini taqdim etadi.
👨💻 Japanese International University’da quyidagi yo'nalishlarda ta'lim oling:
- Biznes boshqaruvi
- Moliya
- IT
- Turizm
- Pedagogika
🎓 Universitet va imtihon jarayonlari, JIU'ning Grant hamda boshqa ko'plab imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot olish uchun
👉 https://jiuuz.info/xzmr
Telegram | Instagram | Facebook
#Bir_kitob_haqida
“Qaynona” – barcha qaynona va kelinlarga o‘rnak bo‘luvchi asar
Syujet:
Munavvarxonim ismli beva ayol Mustafo ismli o‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘ladi va kelin izlay boshlaydi. Unga Amina ismli aqlli-hushli, yaxshi xonadon qizi Aminani tavsiya qilishadi. Har ikki tomonning surishtiruvi natijasida Mustafo va Amina unashtiriladi.
Aminani qo‘rquv bosadi. Birinchidan, oilasini tashlab ketishdan iztirobga tushsa, ikkinchi tarafdan, miyasiga atrofdagilar tomonidan o‘rnatilgan “qaynona zolim, qaynona johil, qaynona zulmkor” kabi fikrlar tinch qo‘ymasdi. Qo‘ni-qo‘shni bo‘lmish kelinlar qaynonadan ko‘rgan dard-alamlarini aytaverib qiz bechorani qo‘rqitib qo‘yishgandi.
Bu orada har ikki xonadonning orasiga sovuqchilik solib, bir-biridan aynitmoqchi bo‘lgan ko‘rolmas fitnachilar ham chiqib qoladi. Ammo oqil insonlar hisoblanmish Munavvarxonim va Aminaning otasi Mahmud og‘a ham bunday qutqularga uchmaydi.
Munavvarxonim Aminalarnikiga mehmonga kelganda negadir Aminaning barcha qo‘rquvlari butkul tarqab ketadi. Birinchi marta ko‘rayotgan bo‘lishiga qaramay, o‘zini Munavvarxonimning qizidek his qila boshlaydi. Bunga sabab Munavvarxonimning yuzidagi nur, iliqlik, tabiatidagi halimlik edi.
Chindan ham Munavvarxonimda dunyodagi jamiki yaxshi fazilatlar, xulq-atvorlar jamlanib, siyratidagi pok nur yuziga balqib chiqqandi. Esini tanibdiki, nafsi bilan kurashib, o‘zini davomiy tarbiyalab kelgan Munavvarxonimni barcha baravariga hurmat qilardi. Shunday ayolning o‘g‘li Mustafo ham, albatta, tengqurlariga nisbatan ancha aqlli, tarbiyali, solih farzand bo‘lib yetishgandi.
Hammaga faqat yaxshilik sog‘inuvchi Munavvarxonim Aminani kelin qilib olgach ham o‘zini qaynonadek emas, chin mehribon onadek tutdi. Aminani o‘z qizim deb qabul qildi. Amina uxlab yotgan qaynukasi Alining ustiga bilmay qaynoq suv to‘kib yuborganida bu aybni o‘z bo‘yniga oldi. Hech kimga Amina to‘kkanini sezdirmadi.
O‘z o‘rnida Amina ham yaxshi kelin, yaxshi qiz bo‘lishga harakat qildi. Zero, katta arava qayerga boshlasa, kichigi ham o‘sha yo‘ldan yuradi. Munavvarxonimdek aqlli, tajribali, vazmin qaynonalar bor xonadonda fayz-baraka, tinchlik-osoyishtalik, mehr-oqibat arimaydi.
Tahlil:
Munavvarxonim ham o‘z o‘rnida kelin bo‘lgan, zulm ko‘rgan, haqsizliklarga uchragandi. Ammo o‘zidagi yuksak odob, axloq, yaxshi fazilatlar bilan unday sinovlarni yengib chiqqan. Qaynonaga yoki kelinga zug‘um qilish, azob berish, kamsitish uning tarbiyasiga, qadriyatlariga, umuman, tabiatiga butunlay yot edi. Chunki Munavvarxonim onalik, qaynonalikdan ham ko‘ra, avvalo, o‘zini inson hisoblardi. Insoniylikda esa hatto biror jonzotga ozor berish ham ayb sanaladi.
Munavvarxonimning fikricha, kelin kimningdir ko‘zining oqu qorasi, asrab-avaylab o‘stirgan guli. Shunday ekan, bu gulga ozor beraverish, huda-behudaga tergab ranjitaverish insofdan emas. Zero, qaynonaning kelinda haqqi bo‘lgani singari kelinning ham qaynonada haqqi borligini, har ikki tomon ham o‘z haqlarini halol va to‘liq ado qilsa, olam gulistonligini Munavvarxonim chuqur anglaydi.
Asarda muallif Munavvarxonim obrazi orqali hamma qaynona ham “qaynab” turmasligini, zulmkor emasligini, qaynonami, kelinmi avvalo inson sifatida o‘zini o‘zi tarbiya qilishi lozimligini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari romanda yetimning boshini silashdagi xayr, to‘y-ma’rakalardagi isrofgarchilik, ortiqcha urf-odatlar haqida ham gap boradi.
Kim bo‘lishidan qat’i nazar, hammamiz Allohning bandasimiz. Shunday ekan bir-birimizga ozor berishga, turtkilashga, adolatsiz tergashga va kamsitishga haqli emasmiz. Shaxs o‘z-o‘zini doimiy nazorat qilsa, axloqiy jihatdan taftish qilsa, adolat bilan qaror chiqarsa, jamiyatda illat kamayadi. Turli fojialarning oldi olinadi.
Oila jamiyatning eng kichik va asosiy boshlang‘ich bo‘g‘inidir. Qaynona-kelin jiqqamusht xonadonda farzandlarning kayfiyati, tabiati yaxshi bo‘lmaydi. Shunday ekan barcha qaynonalar Munavvarxonimdan, barcha kelinlar Aminadan ibrat olishlari lozim.
✍ Gulasal Qodirova, kitobxon
Kitobning elektron shakli shu yerda
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
Hech qachon bema'ni kitoblarni o'qimang.
✍ R.Emerson
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
Qo'lga tushganini emas, nechog'i tanlab-saralab o'qing. Did va tafakkuringizni tarbiyalang.
✍ I.S.Turgenev
📚 @kitoblar_apk
👤 Chingiz Aytmatov
📓 "Qiyomat"
So‘nggi yuz yillikning dunyoga mashhur yozuvchilaridan biri, qardosh qirg‘iz adabiyotining yetakchi namoyandasi Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” (“Kunda”) romani ilk marotaba 1986-yilda rus tilida nashr etilgan. Biroz o‘tib, rus tilidan qirg‘izchaga tarjima qilingan. Roman avval o‘zbekchaga “Kunda” nomi bilan tarjima qilinib, 1988-yilda “Sharq yulduzi” jurnalining 8, 9, 10-sonlarida e’lon qilingan.
Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” romanida ezgulik va oliyjanoblikning, yaxshilik va to‘g‘rilikning, adolat va haqgo‘ylikning, Qiyomat qoyim darajasiga tushayotgan holatlari tabiat, jamiyat, inson va iymon muammolarini aks ettirish orqali ko‘rsatiladi. Romanda bir-biri bilan mohirona bog‘langan va ayni paytda umuman boshqa-boshqa zamon va makonda yuz beradigan voqealarning har birini soatlab tahlil qilish mumkin.
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
Yaxshi kitob har qanday sinovga ham bardosh bera oladi va u bir umr eng jiddiy murabbiy sifatida xotirada saqlanib qoladi. Shunday kitoblarni tanlay bilmoq zarur.
✍ P.A. Pavlenko
📚 @kitoblar_pdf
#Video #Dunyo_adabiyoti
🔘 Dunyo adabiyoti: Chingiz Aytmatov
📚 @kitoblar_apk
#Ruscha
👤 Jyul Vern
📱 «Dunyo bo‘ylab 80 kun»
"Dunyo bo‘ylab 80 kun" kitobini rus tilida mutolaa qiling.
Telefoningizga mos formatda yuklash
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
Suhbati yaxshi kitoblarning o'rnini bosadigan odamlarni va o'qiganingizda allomalar bilan suhbatlashganday bo'ladiganingiz kitoblarni axtaring.
✍ P.Buast
📚 @kitoblar_apk
📓 "Istaklar amalga oshishi"
Shuni esdan chiqarmangki, har qanday muammo va to'siq dastlab fikrlarimizda yengiladi. Shunday keyin ko'pchilik hollarda haqiqiy hayotda biror ish qilishning keragi ham bo'lmaydi. Chunki sharoit birdaniga o'zgarib qoladi. Bu narsa tasodifan ro'y berdi deb o'ylaysizmi? Albatta yo'q. Har doim o'zingizga ishoning va imkonsiz ishlarni o'zi yo'q. Bizning bu dasturimizi yuklab oling va Istaklaringizni amalga oshiring.
📚 @kitoblar_apk
#Kitobxon_fikri
Tahminan bolaligimni 13-14 yoshidan qandaydir juda nomafhum tushlar ko'rishni boshlaganman. Va qizig'i, ularning ba'zilari amalga oshardi, yoki meni miyamni bir hiylalaridan biridir (ya'ni, aslida, unaqa tush ko'rmaganman, lekin shunday bo'lib kelgani uchun keyingilaridanam shuni kutib "aha, men buni ko'rganman-ku!", deyarman). Hech boshqalardan bu haqida so'rab ko'rmagan ekanman, rostan qiziq narsa.
Yaqinda Frommni "Inson qalbi" degan kitobini tugatdim. Kitob Frommni ikki asarini o'z ichiga olgan edi, birinchisi, "Inson qalbi" - insonning hukmdorlik va tobelikka layoqati va zo'ravonlikning bir necha ko'rinishi orqali buning o'zagiga nazar soladi. Shuningdek, ikkinchi asar - "Unutilgan til" bo'lib, unda tushning oddiy ma'nisiz hikoya emasligini har tomonlama tahlil qilib, tush tilini anglash san'atini izohlab o'tiladi.
Frommning aytishicha, tush shuning uchun bema'no tuyuladiki, chunki uning voqealar rivoji ongsizlik holatida ongosti tomonidan shakllantiriladi. Ko'pchiligingiz bilsangiz kerak, 'ongsizlik holati bu ong ishtirokisiz sodir bo'ladigan ruhiy jarayon va holatlar. Misol uchun, alahlash, gallyutsinatsiya kabi patalogik hodisalar, uxlash, gipnoz yoki lunatizm davomida yuz beradigan psixik faoliyat onglizlik holati deya sanaladi'.(Wikipedia). Ongsizlik holatida biz ongimiz siqib chiqargan istaklar, hislar va hodisalarni istar-istamay amalga oshiramiz, negaki ular jamiyatda "yomon" sanaladi, va lekin ular ayni bizniki bo'lgani uchun ham yo'q bo'lib ketmaydi. Ongosti haqida ham ikki og'iz aytib o'tsak, u biz ayni paytda sezmaydigan, lekin to'satdan yoki biror turtki sabab ongga qaytadigan tajriba. Misol uchun, siz avtobusdasiz va bir qariya kishi chiqdi, shunda katta ehtimol bilan siz hech nimani o'ylamay joyingizni tez bo'shatib berishingiz mumkin, yoki kimdir qo'l cho'zsa aniq bilasiz, hozir salom berib, uni qandayligini so'raysiz, hech qanaqa ongli qarorsiz. Xo'p, endi, tushning nega bema'ni tuyulishi izohiga kelsak, tushda biz ongostidagi ma'lumotlar bilan tanishamiz, ya'ni biz e'tibor bermagan yoki ongimizda eslolmaydigan narsalar bilan. Va bu jarayon jamiyatning axloqiy qoidalari tomonidan ezg'ilangan ego - superegoning ishlamaydigan holati - ongsizlikda ro'y beradi. Va mana shuning uchun ham, tushda hech qanaqa +18 demasdan, sizni "uyaltiradigan" voqealar sodir bo'ladi. Shunday qilib, biz uyqudan turganimizda tushimizni ma'nisini shuning uchun anglolmaymizki, endi biz voqeaga endi istar-istamay ong orqali yondashamiz, biz narsalarni anglashda bunday yondashuvga tayanishga allaqachon o'rganib qolganmiz.
Shuningdek, kitobda ham nega tushimizdagi ba'zi voqea va haqiqatlar to'g'ri chiqishi haqida to'xtab o'tilgan. Erixxning fikricha, ongostimiz biz ongimiz orqali anglolmaydigan holatlarni tahlil qiladi hamda tushda namoyon etadi, va tushdagi bu "bashorat"larni ba'zilarini rostligini keyinchalik anglaymiz. Kitobda bunga bir misol keltiriladi, bir odam tushida "oshna-og'aynilar"i, "mahalla"si tomonidan shuningdek, istar-istamay o'zi tomondan ham anchagina yaxshi baholangan insonni "asl bashara"sini ko'radi. So'ngra, u kishini hayotda yana o'sha yaxshi fazilatlari bilan ko'rganda, demak, u odamga nisbatan menda adovat va ko'rolmaslik hissi bor deb o'ylaydi. Ma'lum bir vaqt o'tgandan keyin, tushdagi "qusuri ko'rinib qolgan" kishi rostan shunday tabiatga ega ekanligi aniq bo'ladi.
Bundan tashqari, tushlarimizdagi axloqiy tomondan bizni uyaltiradigan ishlarimizni o'zagi - yoshligimizdagi rad etilgan istaklar va ruhiy jarohatlar tashkil etishini ta'kidlab o'tilgan.
Inson tabiati haqidagi qiziq va o'ylantiruvchi kitob qidirayotganlarga mos kitob.
📚 @kitoblar_apk
#Video
📹 “1984” romani – barcha zamonlarning dahshatli ssenariysi
📚 @kitoblar_apk
📖 "Jangchi"
✍ Akrom Malik
"Xudodan ajralgan adabiyot o‘limga mahkumdir. Adabiyotning o‘limi - uning o‘qilmay qolishidir. Bizda o‘zbek adiblari XX asrda nima uchun jahon miqyosida tanilmagani haqida o‘ylaydiganlar bor. Javobi oddiy: dahriy tuzum ularni xudodan ajratdi. Ular yozgan asarlarda xudo yo‘q edi va bu asarlarni istibdod ichidagi xalqimizgina majburan o‘qidi. Erkin xalqlar esa mutlaqo qiziqmadi. Qiziqmaydi ham, albatta.
Jahonning barcha mumtoz asarlari ilohiyat va odam masalasini yoritgan. Masalan, Dante, Shekspir, Gyote, Tolstoy, Dostoyevskiy, Markes va hokazo. Sovet tuzumi iymon-e’tiqodni ta’qiqlagani uchun ongi bichilgan adabiyot bu haqda his etish tugul, o‘ylashga qodir emas edi.
Bugun mohiyatga qaytish fursati keldi. Millat o‘zligini tanishga intilarkan, albatta, Xudoni tanishga majbur. Kaminaning "Jangchi" qissasi shu yo‘lda bir tajribadir.
~ Muallif
📚 @kitoblar_apk
#Video
📹 Kitob qanday chop etilishini bilasizmi?
📚 @kitoblar_apk
#Kitob_tavsiyalari
O‘qishingiz kerak bo‘lgan ruhiyat haqidagi 35 kitob
Insonning o‘zgarishi, ruhan kamol topishi uchun ba’zan kichik bir kitob ham asosiy omil vazifasini o‘tab berishi mumkin. Hayotingizni o‘zgartirishga qodir bo‘lgan, qarashlaringizga yangilik baxsh etadigan ushbu kitoblar ro‘yxati esa sizga ham bu borada yordam beradi.
1.Alfred Adler. Inson tabiatini tushunish
2. Erik Bern. Odamlarning o‘ynaydigan o‘yinlari
3.Stanislav Grof. Miya chegarasidan tashqarida
4. Edvard de Bono. Lateral fikrlash. Ijodiy fikrlash qo‘llanmasi
5. Grey Djon. Erkaklar Marsdan, ayollar Veneradan
6. Fromm Erix. Gumanistik psixotahlil
7. Klarissa Pinkola Estes. Bo‘rilar bilan yugurayotgan odam
8. Devid D.Berns. Yaxshi hissiyot: Kayfiyatning yangi terapiyasi
9. Robert Chaldini. Ta’sir etish ruhiyati
10. Mixay Chiksentmixayi. Oqim izlab: Kundalik hayotga qiziqish psixologiyasi
11. Milton Erikson (muallif Sidney Rozen). Mening ovozim siz bilan qoladi
12. Erik Erikson. Bolalik va jamiyat
13. Gans Ayzenk. Shaxsiyat o‘lchovlari
14. Syuzan Foruard. Emotsional shantaj
15. Viktor Frankl. Ongga berilgan erkinlik
16. Anna Freyd. “Men” ruhiyati va himoya mexanizmlari
17. Zigmund Freyd. Tushlar izohi
18. Malkolm Gladuell. Ravshanlik: bir onli qarorlar kuchi
19. Deniel Goulman. Ishdagi emotsional intellekt
20. Tomas E. Xarris. Men - o'key, sen - o'key
21. Erik Xoffer. Haq dindor: shaxs, hokimiyat va ommaviy jamoa harakatlari
22. Karl Yung. Arxetip va timsol
23. Melani Klyayn. Hasad va shukronalik
24. R. D.Leng. Parchalangan Men
25. Karen Xorni. Bizning ichki kurashlarimiz
26. Abraxam Maslou. Inson ruhiyatining uzoq sarhadlari
27. Enn Moyrva Devid Djessel. Miya jinsi: Erkaklar va ayollar orasidagi real tafovut
28. Pavlov I. P. Erkinlik refleksi
29. Uilyam Jeyms. Ruhiyat
30. Frits Perlz. Geshtalt terapiya teoriyasi
31. Jan Piaje. Bolalarning so‘zi va fikrlashi
32. Karl Rodjers. Shaxsning shakllanishi: Psixotarepiyaga nigoh
33. Oliver Saks. Xotinini shlyapa deb qabul qilgan inson
34. Martin Seligman. Yangi pozitiv psixologiya: baxt va hayot ma’nosiga ilmiy nazar
35. Geyl Shixi. Yosh inqirozlari
📚 @kitoblar_apk
👤 Amina Shenliko‘g‘li
📓 "Johiliston kelini"
📚 @kitoblar_apk
⚡️ Rasman: 22-iyun kirish imtihonlari andozasidagi onlayn test tashkil etiladi!
🏆YUTUQ: 1.000.000 so'm!
📆 Payshanba, 22-iyun kuni Oliygoh.uz va Namangan Xalqaro Universiteti hamkorligida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 50-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.
📆Test vaqti: 22-iyun (19:00)
💳Ishtirok etish narxi: BEPUL
👉Ro'yxatdan o'tish shart!
Kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!
Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH
Namangan Xalqaro Universiteti - 8 ta yo‘nalish bo'yicha xalqaro darajadagi sifatli taʼlim berib kelayotgan Namangandagi xalqaro universitet hisoblanadi.
👨🏻💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish
🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!
📱 "Kecha va kunduz" (roman)
✍ Cho‘lpon
O‘zbek adabiyotida inson ichki kechinmalari orqali siyosiy-ijtimoiy muhitning ma’naviy-axloqiy muammolarini ochib berish Cho‘lpon qalamiga mansub “Kecha va kunduz” romanida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Cho‘lpon o‘zbek adabiyotiga o‘z asarlari bilan yangicha ruh, yangicha uslub, yangi nafas, samimiyat, hayotiylik va harorat olib kirgani ayni haqiqat. “Kecha va kunduz” romanida ijodkor psixologizmning turli usullarini qo‘llab, tariximizning g‘oyat murakkab, mas’uliyatli bir davrini, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ziddiyatlar kuchaygan bir paytni aks ettirgan.
📚 @kitoblar_apk
#Bir_kitob_haqida
“So‘nggi to‘fon” - halollik haqida asar
Hech halol va harom orasida ikkilanib ko‘rganmisiz? Ha, deb javob berishingiz tayin. Chunki hayotimiz butunlay halol va harom o‘rtasidagi kurashdan iborat. Bu tom ma'nodagi jang davomida nafsimiz goh u tomonga yon bossa, goh bu tomonga yon bosadi.
Ba'zan shunday «olishuv»da aqlimizni tanigan insonlar bo‘lsak-da, ikkilanamiz. Ko‘rinishi bizga foyda keltiradigan yumush bo‘lsa-da, sha'ran noma'qul ishni qilishimizga to‘g‘ri kelib qolganda «tirikchilik ko‘yida-ku», deya o‘zimizni oqlaymiz. Ammo shunda ham ichimizning allaqayeri simillab og‘rib qo‘yadi. Bizki, oq va qorani ajratadigan yoshda bo‘la turib, mana shunday yo‘l oldida ikkilanish sezyapmiz, tasavvur qiling-chi, maktabga chiqib-chiqmagan go‘dak qanday yo‘l tutgan bo‘lardi? Murg‘akkina halol va haromni tanlashi kerak bo‘lganda halol tomon to‘g‘rilik ekanini farqlay olarmidi?
Qalami o‘tkir turk yozuvchisi Ahmad Lutfi Qozonchining «So‘nggi to‘fon» asarini o‘qir ekansiz, qahramon Hasanning yosh bolaligidan tortib ulg‘aygunga qadar chekkan iztiroblarini — onasi bilan birga otasi tomonidan xo‘rlanishini, o‘z padari o‘g‘rilikka undashini, nafsi bilan olib borilgan muhorabalarni, o‘smirlik yoshining bosimlarini hamda Hasan bu sinovlardan qanday o‘tganini, yetti yot begona insonlardan ko‘rgan yaxshiliklari ko‘ngliga qanday kechinmalar solganini, kelajakda qanday qilib chin ma'noda muslim, xushxulq inson bo‘lib yetishganini tushunib yetasiz va umuman olganda, qodir Allohning toshda ham gul unishi borasidagi tushunchaga bergan mukammal misoli bilan tanishasiz.
Haqni tanigan taqvodor ayol Farida hamda bebosh, bezori, oqibatda o‘g‘riga aylangan Tursunning farzandi Hasan kichik yoshidanoq sovuq, ochlik hissini totib ko‘radi. Tengdoshlari issiq uylarda yashab, qalin oyoq kiyimlar bilan o‘zlarini muhozafa qilganda ularga havas bilan termularkan, o‘zi sal yomg‘ir yog‘sa ichiga suv to‘ladigan oyoq kiyim bilan kun o‘tkazadi. Kun kelib, rahmdil inson unga yangi oyoq kiyim hadya qilganda bezori ota o‘g‘liniki bo‘lgan bu etikchalarni qimorda yutqazdi. Taqdir faqat shu bilan kifoyalanganda edi…
Yo‘q, baxtga qarshi oldinda bundan ham katta sinovlar bor edi. Padari endi o‘z o‘g‘lini qing‘ir ishga qanday chorlash ustida bosh qotira boshladi. Bir kun bunga qat'iy undadi ham. O‘zganing dargohiga otasining yetaklovi bilan kirgan Hasanning oldidan kutilmaganda «ov o‘ljasi» — duru marvaridlar chiqib qoldi. Shu oniy lahzada bolakay xayolining ming bir ko‘chasida o‘zi bilan olishdi. Qilishga tutingan ishi gunohi kabira ekanligini bilgani holda, otasining tazyiqidan qanday qutulishni bilolmay qoldi. Murg‘akkinaning ko‘ngliga Alloh solgan to‘g‘rilik shu lahzada ham o‘zini oqladi — bola birovning mulkini o‘zining dastro‘molchasi orqali o‘zidan muhofaza qildi. Hasanga yillar o‘tib orom olayotgan shu uy egalarining soliha farzandiga yor bo‘lishini o‘sha payt aytishganda tasavvur ham qilolmasdi ehtimol. Biroq, bu haqiqat edi.
Oradan o‘tgan yillar uning uchun katta sinov bo‘ldi. Umr yo‘lida tasodifan uchragan yo‘lovchi, uning yordami bilan topgan ustozi, suyukli yori unga mudom hamroh bo‘lishdi. Bu orada anchagina yo‘qotishlar ham qilishiga to‘g‘ri kelsa-da, faqirlik jon-jonidan o‘tib ketganiga qaramay, o‘zini harom ish qilishdan, «o‘g‘rining bolasi o‘g‘ri bo‘ladi» degan xulosadan asrab keldi.
E'zozxon ISMATOVA,
NavDPI talabasi
Kitobning elektron shakli shu yerda
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
Bir martadan keyin o'qishga arzimaydigan kitob mutlaqo o'qishga arzimaydi.
✍ K.Veber
📚 @kitoblar_apk