Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
#iqtibos
Shoh asarlarning buyuk qimmati shundan iboratki, ular odamni bama'ni suhbatga, jiddiy va samimiy gapga, mulohazaga ruhlantiradi.
📚 @kitoblar_apk
❗️Ingliz tilini o'rganmoqchi bo'lgan diqqatiga
⭕️ Bilamizki hozirda ingliz tilini o'rganishga talab kundan kunga oshib bormoqda. Siz ham ushbu imkoniyatdan foydalanib qolishni xohlaysizmi ?
📌 Unda biz sizga @English_with_Irow kanalini tavsiya qilamiz. Bu yerda siz:
- Beginner darajadan Advancedgacha chiqish imkoni;
- Tezlashtirilgan va sifatli darslar orqali 1 yilda mukammal o'rganish;
- Va eng muhimi uyda o'tirgan holda ushbu natijalarga erishish imkoniyatiga ega chiqishingiz mumkin.
Qulay imkoniyatdan foydalanib qoling. Kanalimizda ko'rishguncha 😉
#Bir_kitob_haqida
NIKKOLO MAKIAVELLI: Hukmdor
Leonardo da Vinchining zamondoshi, Mikelandjeloning do’sti, 27 yoshida Florentsiya Respublikasining davlat arbobi, tarixchi va shoir, bir qator G’arbiy Yevropa mamlakatlarida elchi sifatida faoliyat ko’rsatgan Makiavelli XV asr oxiri va XVI asr boshlarida uzluksiz urushlardan jabr ko’rgan, markazlashgan davlatga ehtiyoj sezayotgan Italiya manfaatlarining ifodachisi edi.
„Makiavelli va uning ta’limoti tarafdori bo’lgan boshqa mualliflar, — deydi F. Bekon, — u yoki bu vaziyatda odamlar qanday qadam qo’yishlari lozimligini emas, balki odatda, amalda qanday qadam qo’yishlarini ochiq va to’g’ridan-to’g’ri bayon qilganliklari uchun ham hurmatga loyiqdirlar». Siyosat dunyosini o’rganishda Makiavelli tadqiqotning yangi usullaridan foydalandi.
Siyosiy ta’limotlar tarixini tahlil etish bilan shug’ullangan ayrim mutaxassislar „maqsad vositani oqlaydi» degan tamoyilni ilgari surgani uchun Makiavellini keskin tanqid qiladilar. Masalaga bugungi kun talabidan kelib chiqib emas, balki o’sha davr ehtiyoji nuqtai nazaridan turib yondashilsa, muammo oydinlashadi. Chunki Makiavelli Rim papasiga tobe bo’lmagan, kuchli, markazlashgan milliy davlat tuzish yo’lida mamlakatni birlashtiruvchi, xalq saylagan islohotchi podshoning barcha vositalardan foydalanishini ma’qullab, agar natija ko’ngildagidek bo’lsa, barcha vositalarni, garchi ular noaxloqiy bo’lsa-da, oqlash mumkin deb bilar edi.
Makiavelli „milliy davlatni qurish va mustaxkamlashda davlat boshlig’i sherdek dovyurak, tulkidek ayyor bo’lishi, agar pirovard maqsad foydali bo’lsa, o’z va’dalarini bajarmasligi xam mumkin, chunki yuksak natijalar xuddi shunday yo’l tutgan knyazlarga nasib etgan. Shafqatsizlikni, agar bir marotaba, unda ham fuqarolar manfaati uchun qo’llanilgan taqdirda oqlash mumkin, lekin fuqarolarni ezish uchun doimiy ravishda qo’llanilsa, uni oqlash mumkin emas», deb qayd etadi. Shuningdek, Makiavelli o’sha davr siyosiy boshqaruvida foyda hamda kuch asosiy mezon bo’lganligidan kelib chiqqan holda hukmdor kuchli armiya to’g’risida qayg’urishi kerak va qaysi tarafning armiyasi kuchli bo’lsa, taqdir o’sha tarafga kulib boqadi, degan fikrni olg’a suradi. Makiavelli nazarida barcha davlat va xalqlarning tabiatida hokimiyatparastlik, munofiqlik, jur’atsizlik, nonko’rlik, qo’rqoqlik, dangasalik va ikkiyuzlamachilik, hasadgo’ylik va bir-birini ko’rolmaslik illatlari uchraydi. Shu bois davlat boshlig’i inson tabiatini yaxshi bilmog’i, bu boradagi bilimlarini davlat manfaatlari yo’lida ishlata bilmog’i kerak, deya ta’kidlaydi.
Makiavelli davlat boshqaruvida respublika shaklini ma’qul ko’radi. Omma qirolga nisbatan aqlliroq va doimiyroqdir. Xalq ovozi — xudo ovozidir, chunki xalq barcha masalalarda xukmdorga nisbatan odilroq mulohaza yuritadi. Respublika idora usuli o’rnatilsa, davlat mustahkam va barqaror bo’ladi, deb xisoblaydi.
Makiavelli „Hukmdor» asarida respublikani boshqarishning to’g’ri va qulay shakli deb bilsada, avvalo, „yangi hukmdor» yakka hukmronligi o’rnatilib, u Italiyani birlashtirishi, isloh qilishi va yuksaltirishi, so’ng uning o’rnini respublika yoki boshqaruvning „aralash» shakli (demokratiya, aristokratiya, monarxiya elementlaridan iborat) egallashi lozimligini qayd etadi. Shu tariqa Makiavelli davlatchilikning monarxiyadan respublikaga tomon rivojlanishini oldindan aytib o’tgan.
Umuman olganda, Sohibqiron Amir Temurning „Kuch adolatdadir» tamoyili aks etgan „Temur tuzuklari» Sharq mamlakatlari hukmdorlari uchun qanchalik zarur qo’llanma bo’lgan bo’lsa, ko’proq „Adolat kuchdadir» degan g’arbona mentalitet aks etgan Makiavellining „Hukmdor» asari 400 yildan ko’proq davr mobaynida Farb mamlakatlari davlat boshliqlari diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etib kelmoqda. Shuni unutmaslik lozimki, Uyg’onish davrining bu mutafakkiri qarashlari o’sha davr ehtiyojlari in’ikosi bo’lib, hali klassik liberalizm g’oyalari darajasiga yetmagan edi. Makiavelli ta’limotida inson ijtimoiy hodisa, mavjudot sifatida katta ma’no kasb etmagan, uning manfaatlari davlat va umummanfaatlarga tobe etib qo’yilgan edi.
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
"Vaqt borida shoh asarlarni o'qib qoling, aks holda, bunga ulgurmaysiz!"
✍ G.Toro
📚 @Kitoblar_apk
#Video
🔘 Nega biz kitobxon millat emasmiz?
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
O'z fikrimizni, umuman tabiat va xususan insonni tadqiq etgan buyuk aql egalarini o'qish bilan mustahkamlamog'imiz lozim.
✍ D.I. Pisarev
📚 @kitoblar_apk
⌨ Ingliz tilini 0 dan o‘rganing
Endi o‘rganmaslikka bahona yo‘q. Biz siz uchun tizimli darslar ishlab chiqdik. Barchasi bepul.
Detektiv kitoblar ishqibozlari uchun maxsus!
Mana eng sara detektiv kitoblar:
Kitob o'qish haqida
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitob o‘qishdagi tajriba va tavsiyalaridan:
«Har bir kitobni boshlashda o‘sha kunni daftarga qaydlab qo‘yasiz. Kitobda tushuna olmagan, savol tug‘ilgan o‘rinlar uchun ham daftarga ishora qo‘yib borasiz. Biror jumla yoki gapni tushuna olmasangiz, ko‘p o‘ylanib vaqtni ketkazmaslik kerak, vaqti-soati kelib, biror joydan o‘sha gapning sodda ifodalangan shakli chiqib qoladi, jumboq o‘z-o‘zidan yechiladi. Keyin kitobni tugatgan sanangizni belgilaysiz. Shunda qancha va qaysi kitoblarni o‘qiganingiz ko‘z o‘ngingizda bo‘ladi. Bu holat sizga yanada shijoat beradi».
📚 @kitoblar_apk
👤 Akrom Malik
📖 "Halqa"
“Halqa” qissasidagi voqealar oxirgi yuz yillikda bo‘lib o‘tadi. Qahramonlar qismati sizni goh Malayziya, goh Hind ummoni, goh Hind o‘lkasi, Afg‘on sahrolari, qadim Turkiston zamini, Bolqon yarimoroli va Uyg‘ur diyorlariga yetaklaydi. Iymon va kufr, mo‘min va shayton orasidagi kurash, zolimning halokati, mazlumning saodati haqida hikoya qiladi.
O‘sha dahriy tuzumdagi adabiyot Xudodan ajragan holatda bo‘lgani hech kimga sir emas. Sovet tuzumi iymon eʼtiqodni cheklagani uchun, ongi bichilgan adabiyot yuzaga kelganini, kitob bayon qilmoqda. "Millat o‘zligini tanishga intilar ekan, Xudoni tanishga majbur" deydi kitob muallifi Akrom Malik. O‘quvchi bu qissadan o‘zgacha ibrat olishidan umidvormiz!
📚 @kitoblar_apk
Arab tilini uydan turib onlayn o‘rganuvchilar uchun maxsus kanal. Biz bilan Arab tilini, NOLDAN boshlab, ONLAYN va MUSTAQIL o‘rganing.
Kanalga qo‘shiling👇
#Bir_kitob_haqida
📖 Mutolaa zavqi. "Qumdagi xotin" xususida
Yapon xalqi azaldan qat’iyatli va metin irodali xalq deb hisoblanib kelinadi.
Samuraylar harakati, 200 yildan oshiq davom etgan «yopiq eshiklar» siyosati... juda qiziq xalq xullas.
Tarixiga qiziqsam-da, hech adabiyoti bilan tanishmagandim.
Shu sabab XX asrda yashab, o‘ziga xos yo‘nalishda ijod qilgan Kobo Abening «Qumdagi xotin» romanini o‘qib chiqishga qaror qildim.
Juda qiziq. O‘quvchi qum so‘ziga shunchalik ko‘p duch keladiki, kitobni o‘qish davomida qahramonlar o‘rnida o‘zini issiq «qafas»da yashagandek his qiladi. Masalan, «...suv ochib ketgan og‘zidagi so‘lakni yutmoqchi edi, yutolmadi – tomog‘iga tiqilib qoldi... So‘lagi qo‘ng‘ir, quyqa ko‘pik bo‘lib yig‘ilib qolipti. So‘lagini tupurib tashlarkan, og‘zida qolgan qumning go‘dirligini yana ham kuchliroq seza boshladi. U lablarining ichki tomonlarini tilining uchi bilan yalab, tupurib tashlamoqchi bo‘lgan edi, iloji bo‘lmadi. Qaytaga og‘zi qurib, hamma yog‘i yallig‘lanib ketgandek bo‘ldi».
Romanda ko‘tarilgan asosiy g‘oya shaxs va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, manfaatlar to‘qnashuvi, inson qadriga qaratilgan.
Bosh qahramonni adashib qolib, keyin tutqunlikda ushlab turilgan ilk kunlarda, u «soliq to‘lab,tekin medisina hizmatidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan» odam sifatida polisiya uni qidirishi, gazetalar u haqida tinmay yozishi, o‘qituvchilar huquqini himoya qiluvchi kasaba uyushmalari uni qidirishiga ishonchi komil edi. Lekin uni qidirishmaydi, vaqt o‘tib o‘lganlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yishadi va xotiradan o‘chib ketadi.
Yozuvchi bu bilan o‘sha davrda insonning qadri qanchalik jamiyat uchun past bo‘lganini ko‘rsatmoqchi, fikrlashga chorlamoqchi bo‘lgandek.
Qum. Hamma joy qum. Uning bag‘rida joylashgan, bosh qahramonni tutqunlikda ushlab turgan qishloq. Qishloqning o‘ziga xos jihati shundaki,uchib yuruvchi qumlarni vaqtida tozalab turmasa chuqurlikda joylashgan qum nurab borayotgan uylarni bosib qoladi. Tozalash vazifasi esa chuqurdagi kichik «qullar» jamoasiga yuklatilgan. Ya’ni jamiyatning butun og‘ir yuki ma’lum toifa insonlarga yuklatilib, qolganlar ularni ustida «haybarakalla»chilik qiladi.
Bosh qahramonga sherik bo‘lgan xotin hayotining mazmuni – qumni tozalash, ularni yig‘ish, xolos. Bu kabi odamlarni yozuvchi, faqat «bir tarafga borish uchun chiptasi bor» insonlar deb ta’riflaydi. Borish bor, qaytish yo‘q.
Fikrimcha, qumlar bu - turmush tashvishlari,bizga yuklab qo‘yilgan burch va vazifalar. Hayotimizga bir qarang, bir xil. Romandagi xotin kabi qumlar (turmush tashvishlari)ni tozalash (bajarish)ni to‘xtatib, do‘ppini boshdan olib, hayotdan maqsadim ne, nima uchun bu dunyoga keldim deb o‘ylamaymiz. Uni o‘rniga qumlarni tozalab, umrimizni o‘tkazamiz...tozalab, umrimizni o‘tkazamiz...
Kitobning elektron shakli shu yerda
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
MAKIAVELLI HIKMATLARI
* * *
Maqsad vositani oqlaydi.
* * *
Faqirligim — halolligim va sodiqligim isboti.
* * *
Har qanday vaziyatda ham marhamatli bo‘lishni istovchi odamga ko‘plab marhamatsiz kishilar orasida halok bo‘lishdan o‘zga yo‘l qolmaydi.
* * *
Hokimiyatni saqlab qolishni istovchi odam zolimlikka tayanishi kerak.
* * *
Har bir ishni u qanday vositalar bilan amalga oshirilganiga qarab emas, balki maqsadga erishilgan-erishilmaganiga ko‘ra baholaydilar.
* * *
Zamon va axloqiy mezonlar o‘zgaruvchandir. Shuning uchun zamonga peshvoz chiqqan kimsaning hamma orzusi ushaladi va u baxtiyor bo‘ladi. Zamondan va vaziyatdan yuz o‘girgan odam baxtsizlikka mahkum.
* * *
Xushomadni yo‘qotishga uringan hukmdor o‘ziga nisbatan nafrat uyg‘otib qo‘yishi mumkin. Buning sababi shunday izohlanadi: tabiblar deydilarki, sil kasalligini boshlang‘ich davrda aniqlash qiyin, ammo davolash oson. Agar xastalik o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, aksincha, uni aniqlash oson-u, davolash mushkul. Davlat ishlarida ham shunday: endigina paydo bo‘layotgan illat o‘z vaqtida aniqlansa, uni yo‘qotish qiyin emas. Bunga faqat dono hukmdorlargina qodirdirlar. Agar illat har kimga yaqqol ko‘rinadigan darajada avj olgan bo‘lsa, hech qanday dori-darmon kor qilmaydi.
* * *
Mamlakat ichidagi favqulodda farmonlar ham hukmdorlarga ulug‘vorlik bag‘ishlaydi… Boshqacharoq aytganda, fuqarolardan biri diqqatga loyiq ishga qo‘l urganda hukmdor uni imkon qadar uzoqroq yodda saqlanib qoladigan tarzda taqdirlashi yoki jazolashi foydalidir. Hukmdor uchun eng asosiysi barcha amallari bilan yuksak aql-idrokka ega bo‘lgan buyuk inson shuhratiga erishishga intilishdir.
* * *
Insonning izlagani va topgani o‘rtasidagi doimiy nomuvofiqlikdan kim bexabar?
* * *
Faqat to‘g‘ri qaror qabul qilishga umid bog‘lash yaramaydi. Har qanday qarorning shubhali ekaniga tan berish kerak. Chunki odatda bir ko‘ngilsizlikka chap berib, ikkinchisiga ro‘para bo‘lamiz. Ammo barcha ko‘ngilsizliklarni taroziga solib, eng oz darajadagisini ezgulik deb qadrlash aqllilikdir.
* * *
Yaxshilik ham xuddi yomonlik kabi nafrat uyg‘otishi mumkin.
* * *
Garchi yangi tartiblar odamlar ongini o‘zgartirsa-da, eskisini imkon qadar ko‘proq saqlab qolish kerak.
* * *
Hech bir ish yo‘qki, uning amalga oshishi eski tartiblarni yangilari bilan almashtirishga nisbatan og‘irroq, kechishi xavfliroq, muvaffaqiyati shubhaliroq bo‘lsin. Yangi tartiblarni joriy etishni boshlagan har bir odamni eski tartib tarafdorlarining adovati, yangilaridan manfaatdorlarning beparvoligi kutadi. Beparvolikni qisman qonun himoyasidagi raqibdan cho‘chish, qisman amaliyotda ijobiy baho olmaguncha yangilikka ishonmaydigan odamlarning ishonchsizligi bilan izohlash mumkin. Eskilik tarafdorlari imkoniyat tug‘ilishi hamonoq shiddat bilan xuruj qilganda, yangilik tarafdorlari sustkashlik bilan mudofaaga o‘tadilar.
* * *
Faqat o‘zingga va jasoratingga asoslangan himoyadan yaxshirog‘i, ishonchlirog‘i, pishiqrog‘i yo‘q.
📚 @kitoblar_apk
✍ Bodo Shefer
📓 "G‘oliblar qonuni"
Yevropaning birinchi raqamli moliyaviy maslahatchisi Bodo Sheferning "G‘oliblik qonuniyatlari" kitobi.
Hayotda farovon turmush asoslarini barpo qilish yoki noshudlik orqasidan qashshoq yashash-shaxsan o‘zingizga bog‘liq ekanligi ruhiy-falsafiy tarzda sodda bayon etiladi. Qo‘lingizdagi bu kitob hayotda muzaffar bo‘lishni xohlaganlar uchun yozilgan.
📚 @kitoblar_apk
#DIQQAT YANGILIK 🎉
📖 Kitobxonlar uchun ajoyib yangilik:
Kitobsevarlarga bepul kitoblar sovg'a qiluvchi kanalni tavsiya qilamiz!🎊
@iqrokutubxonasi - kitobxonlar uchun sovg'larga boy kanal! 🎁📚
Siz ham tanlovlarimizda hech qanday shart bajarmasdan kitob yutib olishingiz mumkin.
Batafsil👉 /channel/iqrokutubxonasi/83
Abituriyentlar uchun DTM imtihonida tushadigan testlar tahlili shu yerda qilinyapti ekan. Qo‘shilib oling:
Читать полностью…📕 "Gunohi kabiralar"
👤 Imom Zahabiy
Islom olamining mo‘tabar olimlari qatorida, shubhasiz, Imom Zahabiy hazratlarining ham munosib o‘rni bor.
Imom Zahabiyning qirqqa yaqin asarlari bo‘lib, ularning ichida eng ko‘p tarqalgani, shubhasiz, «Kaboir» kitobidir. Qur’on va hadisda tilga olingan, had-jazo belgilangan, Alloh va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam la’natlagan gunoh ishlar ushbu kitobda batafsil yoritilgan.
Inson yomonlikka tushib qolmasligi uchun uni yaxshilab tanib olishi kerak. Ushbu kitob bizga bu borada katta yordam beradi. To‘g‘ri, oldin ham katta gunohlar haqida ba’zi risolalar chop etilgan. Lekin ular Imom Zahabiyning «Kaboir» asaridan parchalar edi.
Gunohlardan chekinish va ulardan poklanish yo‘lida ushbu kitob o‘quvchilarimizga zarur qo‘llanma bo‘lishiga umidimiz bor.
📚 @Kitoblar_apk
#iqtibos
O'qilgan asarlarni takror o'qish savodlilikning eng ishonchli tarozisidir.
✍ F.Gebbel
📚 @kitoblar_apk
📖 "Halokat"
✍️ Rabindranat Tagor
Ikki juftning – Romesh bilan Sushilaning, Nolinakxa bilan Kamolaning to‘ylari eski hind odatiga muvofiq o‘tkaziladi, ya’ni bir-birlarini ko‘rmay-bilmay, sevishmay, faqat kattalarning xohishlariga bo‘ysunib nikohlanadilar. Har ikki oila o‘z hayotlarini otalariday eskicha asosda qurishlari lozim edi. Biroq daryoda qo‘zg‘algan bo‘ron girdobi natijasida to‘y tantanalarining qatnashchilari halok bo‘ladi.
📚 @kitoblar_apk
#Bir_kitob_haqida
📖 "Nur va soyalar"
Hikoya o'tgan asr boshlarida Hindistonda mustamlakachilik zulmini tortgan, insoniy huquqlari poymol etilgan hind xalqi hayotidan muhim bir lavhani hikoya qiladi. Asar qahramoni Shoshibushon o'qimishli, kamsuqum, dilkash yigit. U advokatlikka o'qigan, biroq biror bir tayinli ish qilishdan ko'ra yolg'izlikda kitob mutolaasi bilan shug'ullanishni afzal ko'radi. Hikoyada qayd etilganidek, Shoshibushon «...osoyishtalik, tinchlikni yaxshi ko'rardi, shuning uchun uylanishni ham xohlamasdi”. Biroq ko'p o'tmay uzlat va tanholikni xush ko'radigan bu yigit o'zgarib, tez-tez g'azabi jo'shib, o'zini qo'ygani joy topolmay qoladi. Uning bu ahvolga tushishiga sabab, o'z atrofida ro'y berayotgan nohaqlik, adolatsizlik edi. Shoshibushon qishloqdagilardan bezib Kalkuttaga jo'nay deb turganda, qishloqqa okrug sudyasi kelib qoladi. Uning yugurdaklari, xizmatchilari, politsiyachilari, itlari, otlari va otboqari butun qishloqni larzaga keltiradi. Sudya barchani urib-so'kib zulm qila boshlaydi. Bunday adolatsizlikni ko'rgan Shoshibushon chidab turolmaydi. Hamisha odamlardan yashirinib yurgan yigit sudya huzuriga kelib, u jabrlagan kishilarni qonun nomidan o'z himoyasiga olishini ma'lum qiladi.
Adib mustamlaka yillarida Hindistonda hukm surgan tushkun ahvol, ingliz istilochilari tomonidan qo'rqoq, yuvosh, mute avomga aylantirilgan yurtdoshlari taqdirini, bitta-yarimta insonning yurak yutib aytgan so'zi yoki qilgan ishi shamolga sovurilayotganligini «Nur va soyalar» hikoyasida yorqin tasvirlagan. Ushbu asar jafokash hind xalqini qullikda ushlab turishga intilgan ajnabiy mustamlakachilar va ularga zulm pichog'ini qayrab bergan mahalliy amaldorlar haqida bitilgan aybnoma kabi o'qiladi.
Kitobning elektron shakli shu yerda
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
Inson va buyumlarning tabiati noziklik kuzatilib aks ettirib berilgan kitoblar hech qachon yoqmay qolishi mumkin emas.
K.Gelvetsiy
📚 @kitoblar_pdf
#iqtibos
Har qanday yaxshi kitobning fazilati shundaki, u kishi ulg'aygan sari tobora yoqib boradi.
G.Lixtenberg
📚 @kitoblar_pdf
📓 "Ibodati Islomiya"
👤 Ahmad Hodiy Maqsudiy
Ushbu kitob diyorimiz musulmonlari orasida boshlangʻich diniy qoʻllanma sifatida maʼlum va mashhurdir. Unda ahli val jamoaning, xususan, hanafiy mazhabi boʻyicha shariat qoidalari tushuntirilgan. Asar asrimiz boshlarida oʻsha paytdagi til meʼyorlariga mos ifoda va iboralar ila bitilgan. Bu yoʻsin hozirgi zamon oʻquvchisining tushunishida bir oz qiyinchilik tugʻdiradi, albatta. Shu bois muallif tilini xiyol zamonaviylashtirilgan.
Ushbu darslik-qoʻllanma keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan boʻlib, maktab yoshidagi tolibi ilmlarga ham va ulugʻ yoshdagi savodli kishilarga ham eʼtiqodu amal masalalarini oʻrganishda xizmat qiladi.
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
Agar kitob yurakdagi jasorat va olijanoblikni uyg'otib, qalbga ko'tarinkilik baxsh etsa, uni ayni o'sha tuyg'ular bilan baholang: bu san'atkor qo'li bilan yaratilgan chinakam asardir.
✍ J.Labryuyer
📚 @kitoblar_pdf
📱 Ilm olish sirlari
👤 Imom Zarnujiy
Hadisi sharifda taʼkidlanganidek, “Ilm o‘rganish har bir muslim va muslimaga farzdir”. Maʼlumki, har bir ishni oxiriga yetkazish va uni mukammal ado etish uchun unga oid ilmlarni o‘rganish asosiy omil hisoblanadi. Insonga hamma ilmlarni o‘rganishi farz emas. Balki, hozir bajarilishi lozim bo‘lgan amalning ilmini bilishi kerak. Shunda bajaradigan ishi nuqson va kamchiliklardan holi va ilm asosida qilinganidan mukammal bo‘ladi.
Ushbu kitobda ilm olishga oid barcha zaruriy masalalar atroflicha yoritilgan. Mazkur asar ilm olish istagida bo‘lgan har bir kishiga dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi, inshoolloh.
📚 @kitoblar_apk
#Tezkor
Sovrin qoʻyilgan TEKIN onlayn test boshlandi!
❗️Bugun 09:00 dan 23:59 gacha boʻlib oʻtadi!
🏆YUTUQ: 1.000.000 so'm!
📆 Bugun, 9-iyul kuni Oliygoh.uz va Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 52-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.
📆Test vaqti: 9-iyul
(09:00 dan 23:59 gacha)
💳Ishtirok etish narxi: BEPUL
👉Ro'yxatdan o'tish shart!
Kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!
Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH
NIU - Finlandiya bilan hamkorlikda 12 ta bakalavriat, 6 ta magistratura, 4 ta PhD ta'lim dasturlari bo‘yicha ta'lim berib kelayotgan Universitet.
👨🏻💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish
🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!