kitoblar_apk | Unsorted

Telegram-канал kitoblar_apk - Mobil kutubxona

12942

Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

Subscribe to a channel

Mobil kutubxona

Bolalarni Kitobxon Qilish Uchun 10 Ta Tavsiya

1. Oʼzingiz kitob oʼqib oʼrnak boʼling.

2. Bolangizga kitob oʼqib bering.

3. Uyquga yotishidan oldin ertak yoki hikoya oʼqib bering.

4. Kitob oʼqishning foydalari haqida unga soʼzlab bering.

5. Kitob oʼqiydigan bolalar bilan doʼstlashtiring.

6. Kitobdan chalgʼitishi mumkin boʼlgan narsalar – TV, telefon, kompyuter, planshetlardan meʼyorida foydalanishiga ruxsat bering. Shuningdek, bu jihozlardan meʼyorida foydalanish bilan oʼzingiz ham oʼrnak boʼling.

7. Unga suratli, qiziqarli kitoblar hadya qiling.

8. Kitob oʼqigani uchun mukofotlang. Masalan, bitta kitobni oʼqib boʼlsang, falon narsa olib beraman yoki falon joyga sayrga olib boraman deb unga xush keladigan vaʼdalarni bering va shartni bajarganda buni darhol, mamnuniyat ila amalga oshiring.

9. Koʼp kitob oʼqib, ilm oʼrganib muvaffaqiyatga erishgan kishilar haqida farzandingizga soʼzlab bering.

10. Farzandingiz bilan kitob doʼkon va kutubxonalarga boring. Oʼzi istagan kitoblarni olib bering.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#iqtibos

Kitob qanchadir yillardan keyin sizga manzur kela boshlasa, bu uning yaxshi kitob ekanidan dalolatdir.

✍ Georg Lixtenberg

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Har bir erkak o‘qib chiqishi kerak bo‘lgan kitoblar:

Читать полностью…

Mobil kutubxona

👤 Aziz Nesin
📓 "G‘aroyib bolalar"

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Kitobxon_fikri

''Aka-uka Karamazovlar''

''Aql tomonidan sharmandali deb topilgan narsa, yurak uchun batamom go'zal tuyuladi. Bunda Shayton Xudo bilan jang qiladi, jang maydoni esa odamlarning yuragi''. Aql va yuragingizni bir paytda ta'sirlantirib yuboradi a?!

Karamazovchilik - bu ehtiroslarning tiyiqsizligi, qalbni palidlik choxiga tashlamoq, ma'naviy mas'ulyatsizlikning eng tuban ko'rinishidir.

''Hamma narsa qilish mumkin, agar Xudo yo'q bo'lsa''.
Asar yuqoridagi holatlarning ayanchli oqibatlari haqida. Adib ushbu asari orqali inson bir marta boshdan kechirish imkoniga ega bo'lgan umrni qanday qilib jozibali o'tkazish mumkinligini ko'rsatib bergan. Dostoevsky syujetga ''tupurishi'' sizga ma'lum. Syujet - sirli qotillik, uning ortida esa yaxshigina falsafa, qotillik quyosh bo'lsa undan tarqalgan nurlar g'oyalardir.

Dostoevsky azoblanish orqali borliqni ko'ra oladigan va baxtni his eta olgan aql-idrok egasidir. Boshqalarnikiga nisbatan uning obrazlari tabiiy va insoniylikni qadrlaydiganroq, ularda kechgan holatlar sizda ham avval bo'lganini sezib turasiz, ular shunchalar samimiyki, bunday ochiqlik, iliqlikni real odamlarda ko'rishni istab qolasiz, afsuski bunday holatlar juda kam.

Bu asar menga, o'zimni ba'zi qahramonlar orqali tashqaridan ko'rish imkonini berdi, lekin bu meni xursand qilmadi, ha xursand qilmadi. To'g'risini aytsam, kitob ba'zi qarashlarimni o'zgartirdi, kengaytirdi, bilmadim bu qancha muddatga ekan, ''Tabiatni eshikdan haydasang, teshikdan kiradi''. 🙂

Tasavvur qiling hozir 100 yoshdasiz, shu paytgacha nimalar qildim? Nimaning ortidan yugurdim? Jin ursin shularni deb ovora bo'ldimmi?! O'zi aslida nima qilishim kerak edi?! ''Zero, mangu hakam sendan erisholmagan narsalaringni emas, erishganlaringni so'raydi''.
Fikrlar u yoqda tursin, ba'zan o'z qo'limiz bilan qilgan xatoyimizni tan olmaymiz, Dostoevsky qahramonlari xayoliga kelgan yomon fikr uchun vijdoni oldida azob chekmoqda, o'zini qurbon qilib bor aybni bo'yniga olmoqda, "Vijdon erkinligidan ko'ra inson uchun hech narsa jozibali emas''. 

To'qqiz yoshli Ilyushaning gaplarini eshitib, Jannatda olmani yegan kattalarku, nima uchun bolakaylar azoblanishi kerak, deb aytging keladi. Har safar kitobni qo'lga olganimda uzoq o'qidim, bu safar Dostoevsky meni qayerlarga yetaklarkin deb taxmin qilardim, chunki kitob bir tekisda ketmaydi, har bir bob o'zgacha bir ma'no, sal chalg'isangiz asosiy mavzuni yo'qotib qo'yishingiz mumkin, bu Dostoevskyning yana bir daholigidir. Kitobni o'qish davomida siz karamazovlarga birlashib ketasiz, ular bilan azob chekasiz, ularga achinasiz, ularni la'natlaysiz, ularni ko'klarga ko'tarib maqtaysiz. O'qigan kitoblarim to'rttagina bo'lsada, shubxasiz ''Aka-uka karamazovlar'' ularning eng yaxshilaridan biri bo'ldi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#iqtibos

Shunday odamlarni axtaringki, ular bilan suhbat qilmoq yaxshi kitob oʻqimoqqa barobar boʻlsin. Shunday kitoblarni axtaringki, mutolaasi faylasuflar suhbatiga teng boʻlsin.

✍ A. H. Baxmanyor

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Rus tilini noldan o'rganing.
✅ Endi o‘rganmaslikka bahona yo‘q. Mana imkoniyat:

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Zehniyatingiz uchun audio kitoblar:

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🏚Rasmdagi kitoblar uyingizda bormi?

📚Yuqoridagi kitoblarni TEKINGA olishni hohlaysizmi?

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Video
📹 Hayotimni o'zgartirgan kitoblar

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Bir_kitob_haqida

📖 Rashod Nuri Guntekin: Yashil kecha

Mashhur turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekinning bu asarida taraqqiyparvar ziyollilar hayoti aks ettirilgan. Boshlang’ich maktab o’qituvchisi Shohin afandi poytaxtdan yiroqdagi Saroiva qishlog’ida qoloq kishilar ongidagi sarqitlarni sidirib tashlab maktab o’quvchilarini yangi, ilg’or, zamonaviy hayotga yetaklash uchun qattiq kurashga otlanadi. U o’z atrofidagi xalqparvar kishilar bilan birgalikda mansabparastlar, johillar va ruhoniylar qarshiligini sindirishga erishadi.

Shoxin afandi-bosh qahramon. Boshlang’ich maktab o’qituvchisi

Asar qahramonlarining harakteriga ko’ra guruhlaymiz:
1926-yil, mart-sentabr oylari
Barcha voqealar nuqtasi Shoxin ismli Dorilmualliminni tugatgan muallimning maorif nazorati qoshidagi boshlang’ich ma’lumot bo’yicha birinchi bo’lim mudiri Basribey oldiga kelishi, undan Istanbuldek katta shaharda emas, balki Sariova singari kichik, ancha qoloq, poytaxtdan uzoqroq shaharda dars bermoqchigini aytgan kunidanoq boshlangan edi…

Shoxin 25-30 atroflaridagi yigit bo’lishiga qaramay dunyoqarashi keng, yaxshi tarbiya ko’rgan, din ilmini ham chuqur o’rgangan yosh muallimlardan edi. Otasi yoshligida vafot etib, yolg’iz, qari kasalmand onasi uchun ishlar, softalik qilar va uyma-uy yurib Ramazon oylarida zakot yig’ib yurardi. Qo’liga tushgan 3-4 so’mni onasiga yuborar, ko’proq pul yig’ib onasini oyoqqa turg’izmoqchi bo’lar edi. Ammo onasining o’limi uni bu ishlardan butunlay sovitdi. Garchi ona o’limini eshitib oddiy qabul qilgan bo’lsa-da, hayotdagi maqsadi yo’qoldi…
Sariovadek qoloq, madaniyatdan ancha yiroq bir qishloqda tub o’zgarishlar qilishni xohlagan Shoxinbek bu yerda anchayin qiyinchiliklarga duch keldi. Aholi ongiga o’rnashib olgan “din va o’ch” kabi sarqitlardan ularni qutqarib, bolalarga dunyoviy ilmlarni o’rgatmoqchi bo’lgan Shoxinbey, Ayub afandi, Zuhti afandi va Tolib Bey singari muallimlar jamiyati a’zolarining tazyiqiga uchradi. Ular bilan qanday bo’lsayam kurashib eski bir diniy madrasa o’rnida “Amir dada“ maktabini tashkil etgan Shoxin afandiga bu yo’lda diyonatli va halol kishilar Rasim, Najib tentak, Kozim afandi singari ko’plab kishilar yordam berdilar.

Yashil bayroq –davlat timsoli, yashil salla-din timsoli. Bu yerda barcha narsa yashil rangda. Hatto madrasa chiroqlari ham yashil rangda porlab turadi…Endigina o’zini tanigan bola borki, madrasa tahsiliga kirdimi tamom: boshida katta qilib o’ralgan salla (garchi bu oilalarni ortiqcha xarjga yetaklasa-da). Bola bo’lgani uchun ba’zida o’yin-o’yin salalarini tuproqga belab, daraxtlarda unutib qoldiradigan bolalar ham uchraydi. Shoxin afandi bu bolalarga salla kiydirmaslik uchun, ular miyasini turli diniy sarqitlardan asramoq uchun ham “Amir dada “maktabida ko’pgina choralarni qo’lladi.

Asarda juda keng hayot masalalari: insonlar ko’zini ko’r qilib qo’ygan boylik va dinga mutaasablik, buning natijasi o’laroq dunyoviy bilimlar qolib soxta diniy ta’limlarning bolalarga o’rgatilishi, ularning guldek hayoti yoshligidanoq barbod qilinishi va Shoxin Afandining shularga qarshi kurashi tasvirlangan. Asar voqealari juda ta’sirchan, hayotiy ibratlarga boy.
Shoxin afandi (Lochin Bey) butun umrini shu ezgulik yo’liga sarfladi. Bolalarni ilmni qilish uchun hatto kimning yodiga qurilgani aniq bo’lmagan bir maqbara o’rniga softalarning hiylasiga hiyla bilan javob qaytarib “Amir dada" maktabini qurdi.Unda bolalar erkin, qiynoqlardan xoli, sallalarsiz tehsil olishardi. Garchi urush, bosqinchilik harakatlari vaziyatni o’zgartirgan bo’lsa-da, ammo Shoxin Bey Saroivada kata inqilob qildi!
Yashil salla, yashil bayroq, yashil fonuslar …Tunni yashillikka burkagan bu rang dinning bir jonli aksi edi. Uni boshqarib turgan softalarning qilmishi tufayli mamlakat boshiga kulfatlar yog’ildi. “Yashil kecha” ning tugashi dinni niqob qilib olgan kishilar o’rniga ziyoli kishilarni, har tomonlama rivojlangan Sariovani dunyoga keltirdi.
Har qanday qilingan yaxshilik bir kun o’z mevasini beradi…

Kitobning elektron shakli shu yerda

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Mana o‘sha audio kitoblar:

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Endi Speaking'ni yorvorasiz:

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#iqtibos

Ko'hna haqiqatlarni sevishga undovchi kitob eng yangi va asl kitobdir.

✍ L.Vovenarg

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Video
Nima uchun kitob o'qish zararli?

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Nazmiy gulistonga marhabo, doʻstlar!

Oʻzbek va jahon adabiyotidan eng sara sheʼrlarni oʻqishingiz va tinglashingiz mumkin.

Nazm bogʻida sayr etamiz...

⤵️⤵️⤵️

@nazmiy_guliston

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📓 "Daydi qizning daftari"
👤 Solih Qahhor

Dunyodagi har bir insonning o‘z baxti, o‘z fojiasi bor, bu kunga olib kelgan o‘tmishi bor. Ana shu kechmishni o‘rganish birovga yo‘l ko‘rsatadi, birovni qaytaradi. Qanday baholash, xulosa chiqarish esa har kimning tarbiyasi, dunyoqarashi,  axloqiga bog‘liq.
Solih Qahhorning mazkur asarini yuzaki qarab bir «qo‘g‘irchoq»ning sarguzashtlari, deb baholash ham mumkin. Biroq hukm chiqarishga shoshilmang. Bu asar — ishqiy o‘yinlar, jinoyatchilar hayotining tafsilotigina emas, balki achchiq bir hayotning iztiroblari, Shayton bilan Rahmon o‘rtasidagi ziddiyatlar talqinidir.
Bu kitobni o‘qib chiqar ekansiz hayotga bo‘lgan qiziqish yanada ortib boradi.


📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#iqtibos

Yaxshi kitoblarni bugun oʻqing, yomon kitoblarni oʻqishga ertaga albatta vaqt topiladi.

✍ Isaak Barrou

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

⌨ Ingliz tilini 0 dan o‘rganing

Endi o‘rganmaslikka bahona yo‘q. Biz siz uchun tizimli darslar ishlab chiqdik. Barchasi bepul.

Читать полностью…

Mobil kutubxona

QANDAY QILIB OKTABR VA NOYABR OYIDA MILLIY SERTIFIKAT OLISH MUMKIN?!
————————————————
MAGISTRATURA va Doktaranturaga kirish imkoniyatini beruvchi TURK TILI Milliy sertifikat uchun tayyorlov boshlandi!

✅Davomiyligi: 2-3 oy Intensiv (A1,A2,B1,B2)
✅Boshlanish vaqti: 10.08.23
✅Ko’plab iltimoslarga ko’ra qo’shimcha
guruhlar shakllantirilyapti

Hoziroq
ro’yxatdan o’ting va chegirmalarga ega bo’ling😊
————————————————

👩🏻‍🏫 Menejerga bog’lanish

📞 (55)5006050

META-TA’LIM | Turk tili markazi
————————————————
Telegram 📱Facebook📱 javohir.sharopov?_t=8UwLWkxFoDR&_r=1">Tik-tok📱 You-tube📺 Instagram📱

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Video
📢 Muhammadali Eshonqulovdan kitob o‘qishga oid maslahatlar

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#iqtibos

Sizni o'ylashga majbur etadigan kitoblargina eng nafli kitoblardir.

✍ T. Parker

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Bir_kitob_haqida

Teador Drayzerning "Amerika fojia"si qanday asar?

Teador Drayzerning asarlaridan siz to'kis baxtni topa olmaysiz. U hayotning mavjud qonuniyatlarini shafqatsizlarcha ochib tashlaydigan adiblardan hisoblanadi. Ko'proq yoshlar hayotiga urg'u beradigan asarlarida hech qachon ularni yorug' kelajak sari yetaklamaydi. Men aynan uning ikki asarini mutolaa qilgach shunday xulosaga keldim. "Amerika fojea" si ularning biri. Asar ikki qismdan iborat. Shunday ekan uni mutolaa qilishdan oldin har ikkala qismini ham topib oling. Ma'lumotlarga qaraganda har qanday yirik asarni siz 40-betigacha o'qiy olsangiz, demak, bu kitob aynan sizbop ekan va uni davom ettirish sizda qiyinchilik tug'dirmaydi. Drayzer buni bilgan holda "Amerika fojia"sida voqealar rivojini tezlashtirib yuborgan. Uning bu asarlaridagi qahramonlardan muhabbatiga sadoqatli kishilarni topa olmaysiz. Manfaatparastlikni o'ta yorqin darajada ochib berolgani uchun ham asardan uzoqlashishni istamay qolasiz. Har uch betdan keyin endi buyog'i nima bo'larkin degan qiziqish sizni holi-joningizga qo'ymasligi aniq. Qizbolaning uyidan begona erkak bilan qochib ketishi (yana u diniy aqidalar bilan tarbiya topgan qiz bo'lsa) barchani qizitirishi tabiiy. Ammo buning yakuni oqibat nima bilan barham topishi ko'pchilikni o'ylantirsa kerak. Asarni o'qish barobarida sizda fikr-mulohazalardan ko'ra savollar ko'proq tug'iladi. Masalan, nima uchun asarda butun umri Xudojo'ylik bilan o'tayotgan bu xonadon egalariga har daqiqada baxtsizlik eshik qoqmoqda? Qanday qilib onaga pul zarur vaqtda o'g'il ularni ko'chadagi bir ayolga sarflashni ma'qul topmoqda?

Kitobning elektron shakli shu yerda

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#iqtibos

Ilmiy asarlarning eng yangisini, badiiy asarlarning esa eng qadimiysini o'qigan ma'qul. Klassik adabiyot sira eskirmaydi.

✍ E.Bulvar-Litton

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#iqtibos

O'qish san'ati o'zganing xiylagina ko'magi yordamida fikr yurutish san'atidir; o'qish o'zga bilan birga fikrlash, o'zganing fikrini mulohaza qilib ko'rish, o'zlarimizning fikrlarimizga o'xshash va unga zid fikrlarni xayoldan o'tkazish demakdir.

✍ E.Fage

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

😎 Chet tillarini tez o’zlashtirishning eng samarali 7 usuli

Japanese International University o’qituvchisi Yulduz sensei ingliz tiliga qiziqadigan va o'qishlarini xalqaro yoki chet el universitetlarida davom ettirmoqchi bo'lgan abituriyentlarga ingliz tilini tez va oson o'rganishga yordam beradigan ajoyib “life hack”larni taqdim etadi.

Universitetda Biznes boshqaruvi, Moliya, IT, Turizm yoki Pedagogika yo’nalishlarida ingliz tilida tahsil olib, O'zbekiston va xorijda talabgir bo'lgan mutaxassis bo'lishni istaysizmi?

Unda, JIU Universitetining kirish imtihonlarida qatnashing.

❗️Imtihonlar faqat ingliz tili fanidan bo’ladi. Eng yaxshi natijaga erishgan abiturientlar 80 % gacha GRANT yutib olish imkoniyati mavjud.

Yapon Xalqaro Universiteti malakali ustozlari yordamida xorijiy tillarni zaqvli va sifatli o’rganishni, zamonaviy yo’nalishlarda ta’lim olib, xalqaro kadr bo’lishni istasangiz, navbatdagi imtihonda ishtirok eting.

📌 Ro’yxatdan o’tish uchun havola: https://jiuuz.info/engll

👉 Kanal: @jiuuz

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#iqtibos

Eng yaxshi san'at asarlarini vaqti-vaqti bilan takror sinchiklab ko'rmoq zarur, ularda ko'z ilg'amas teranlik yashiringan bo'ladi.

✍ Gyote

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

✍ Said Ahmad
📓 "G‘ildirak"

Hajviyot O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning ijodida alohida o‘rin tutadi. Sevimli adibimiz satira va yumor tig‘ini hayotda mustahkam o‘rin topolmagan, yengil-yelpi kun ko‘ruvchi, olg‘a yurishimizga to‘sqinlik qiluvchi maʼnaviy qashshoq kimsalarga qaratadi. Bu jihatdan ayniqsa uning ham kuldiruvchi,ham o‘ylatuvchi "Kelinlar qo‘zg‘aloni", “Kuyov”, "Farmonbibi arazladi", "Hasan va Husan" komediyalari, nishonga aniq tegadigan kinoya bilan yo‘g‘rilgan hajviy hikoyalari va miniatyuralari diqqatga molikdir. Ushbu to‘plam orqali siz, aziz kitobxon, ana shu ajoyib asarlarning qahramonlari bilan uchrashasiz. To‘plamdan o‘rin olgan qissa - “G‘ildirak”da muallif mol-dunyoga hirs qo‘ygan kishilarning maʼnaviy inqirozini achchiq kinoya bilan tasvirlaydi.


📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Nega qarab turibsiz? Tezroq kiring, turk tilini o‘rganing:

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Mana o‘sha siz izlagan audio kitoblar:

Читать полностью…
Subscribe to a channel