Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
#Bir_kitob_haqida
📚 Fyodor Dostoevskiy: Qimorboz
„Qimorboz“ — Fyodor Mixaylovich Dostoevskiyning ilk marta 1866-yilda nashr etilgan romani.
Yaratilish tarixi:
1863-yilda Fyodor Dostoyevskiy dam olish uchun Viesbadenga keladi. U yerda bir necha kunlar ichida qimor oʻynab, nafaqat oʻzining, balki doʻsti Polina Suslovaning ham barcha naqd pullarini sovurib yuboradi. Ushbu qarzlaridan qutulish maqsadida esa „Qimorboz“ nomli yangi romanini tezroq yozib tugatish uchun nashriyot bilan shartnoma tuzdi.
Dostoyevskiy Bad Homburgga uch marta tashrif buyuradi. U yerda kazinoda qimor oʻynab, ruletda bir necha bor katta miqdordagi pullarini yoʻqotadi va ohir-oqibat umidsizlikka tushadi. Romanni yozishda muallif Bad Homburg taassurotlaridan foydalangan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, „Qimorboz“ romani Sankt-Peterburgdagi Stolyarniy duradgorlik xiyobonida yozilgan.
Ushbu roman ustida ishlayotgan Fyodor Dostoyevskiy doʻsti A. P. Milyukovning maslahati bilan asarni ilk marta oʻz qoʻli bilan yozishga emas, balki stenograf xizmatidan foydalanishga qaror qiladi. Avvaliga Dostoyevskiy darhol rozi boʻlmaydi, chunki bunday usul uning uchun gʻayrioddiy edi. Ammo ish jarayonida u oʻziga Anna Snitkina ismli stenograf yollaydi va tez orada u bilan yaqinlashib, unga uylanadi. Toʻydan soʻng, kelin-kuyov asal oyi uchun Yevropaga, xususan, ruletka hikoyasi takrorlangan Baden-Badenga sayohatga boradilar. Shundan soʻng, Dostoyevskiy xotiniga boshqa qimor oʻynamaslikka vaʼda beradi va haqiqatan ham hayotining soʻnggi 10 yilida biror marta ham qimor oʻynamaydi.
Romanning mavzusi qimor oʻyinlariga boʻlgan ehtirosdir. Romandagi Polina Aleksandrovna obrazi hayotda barcha pullarini sovurib yuborgan Dostoyevskiyning doʻsti Suslova hisoblanadi. Asardagi qimorbozning Polina bilan ogʻriqli munosabatlari ham Dostoevskiy va Suslova oʻrtasidagi murakkab munosabatlarning aksidir.
Syujet:
Inson uchun endilikda hayotning asl maʼnosi oʻyin va yoki hatto hayotning oʻzi ham emas, balki borliqning yagona va ekzistensial mohiyatiga aylangan ehtiros haqida hikoya qiluvchi roman. Voqealar Germaniyaning Ruletenburg nomli kurort shahrida boʻlib oʻtadi. Bosh qahramon Aleksey Ivanovich isteʼfodagi generalning oilasi bilan uning bolalariga oʻqituvchi sifatida sayohatga chiqadi. Oiladagi har bir kishi katta merosga ega boʻlish ilinjida buvisining oʻlimini kutishayotgan boʻladi. Ayni paytda bosh qahramon Aleksey generalning o‘gay qizi boʻlmish Polinani sevib qoladi. Ammo qizning oʻzi esa fransuz yigiti de Griega oshiq boʻladi. Bu orada hamma oʻlimini intizorlik bilan kutayotgan kampir shaharga, ularning oldiga butunlay sogʻlom tarzda tashrif buyuradi, kampir ruletka oʻynashga juda qiziqadi va shu tufayli u ham boyligining bir qismini qimorda yoʻqotadi. Aleksey Polina uchun qimorda katta miqdorda pul yutib olib yordam berishga harakat qiladi, lekin magʻrur qiz Alekseydan bu pullarni qabul qilmaydi. Hikoyaning barcha qahramonlari birmuncha vaqt bir-birlarini koʻrmaydilar, Alekseyning oʻzi qimorbozga aylanadi va oradan ikki yil oʻtgach, aslida Polina ham uni sevganiga amin boʻladi.
Kitobning elektron shakli shu yerda
📚 @kitoblar_apk
👤 Chingiz Aytmatov
📙 "Alvido, ey Gulsari"
Chingiz Aytmatov o‘zining bu qissasida Vatan urushidan keyingi og‘ir yillarda qirg‘iz yilqichilari va cho‘ponlari – partiya a’zolarining qahramonona mehnatlarini tasvirlaydi.
Asarda Gulsari ismli ot bosh obraz qilib olingan. Qissaning bosh qahramoni Tanaboy yilqichilikdan cho‘ponlikka o‘tganda falokatga yo‘liqadi. Vaqtida qo‘yxonalarni ta’mirlamagan, pichan tayyorlamagan ferma mudirining kasofatidan bahorda sovliq qo‘ylar, qo‘zilar nobud bo‘ladi, lekin yuqori idoralarga joylashib olgan byurokratlar hamma aybni cho‘ponga to‘nkaydilar. Tanaboy partiyadan nohaq o‘chiriladi, lekin bu narsa cho‘ponning e’tiqodini susaytirmaydi, u haqiqiy kommunistligicha qoladi.
Ch. Aytmatovning bu qissasida ham ekologiya masalasi, tabiatni, hayvonot dunyosini asrash, avlod-avlodlarga sog’lom va asl holida yetkazish masalasi izchillik bilan qalamga olinadi.
📚 @kitoblar_apk
#Dunyo_adabiyoti
🔘 Dunyo adabiyoti. Stendal
Stendal asarlari:
📖 Qizil va qora
📖 Parma ibodatxonasi
📚 @kitoblar_apk
#iqtibos
Kitob hayotning eng olis va qorongʻu yoʻllariga nur baxsh etgan afsonaviy chiroqdir.
✍ Andrey Upit
📚 @kitoblar_apk
Endi rus tili juda juda oson. Bu yerda o‘rganing:
Читать полностью…🕸NeverMore Books🕸
🦋Ingliz tilida PDF kitoblar va hikoyalar
🦋
1. Animal Farm
2. The Silver Chair
3. Daughter of the Moon Goddess
4. The Last Leaf
5. Magnus Chase and the Gods of Asgard
6. Quiet Girl in a Noisy World
7. The Diary of Young Girl
8. Happily Ever After and Everything in Between
9. 2022- yilning eng mashhur kitobi
10. The Speckles Band (Sherlock Holmes)
11. Murder on the Orient Express
12. "Transformerlar: Yirtqichlar yuksalishi". Movie
13. J.K Rowling haqida (Garri Potter muallifi)
14. Very Good Lives: The Fringe Benefits of Failure and the Importance of Imagination
15. Adventure of Wisteria lodge
Sherlock Holmes haqida.
16.The Little Prince
17. Cat in the Hat
18. Tale of two cities
19. Adventure of Sussex Vampire
20. Vampirlar Kimlar? Bu tushuncha qanday paydo bo'lgan? – Telegraph
21. "The picture of Dorian Grey" asari ortida yashiringan sirlar
22. Gulliver's Travels
23. Scandal in Bohemia
24. Pride and prejudice
25. Pride and Prejudice Movie
26. BESTSELLER KITOBLAR - 2023
27. The Secret Garden
28. Battleground by Stephen King
29. Stiven King, Jang. Audio
30. Little Women by Louisa May Alcott
31. Little Women (2019) Movie
32. Trailer: Marvels
32. Around the world in 80 days
33. Around the world in 80 days Movie
34. Trailer: Wonka
35. The War of Worlds
36. 10 Fantasy Books of all Time
37. Kdrama: "The Uncanny Counter"
38. And There Were None
by Agatha Christie
39. Gabriel Garcia Marquez. Eyes of a Blue Dog
40. "Мовий ранг итнинг кўзлари", аудиоҳикоя
41. "Hello" so'zi tarixi
42. Oliver Twist
43. PIRAMIDA 1-Bob
44. Sariq devning o'limi
45. Madagascar 1 Animation
46. My Sky by Kha Kun
47. Red Sky by Kha Kun
48 The Amulet by Kha Kun
49. Frankenstein
50. Book lovers by Emily Henry
51. The Man in the Iron Mask
52. Journey to the centre of the Earth
53. Journey to the centre of the Earth (Movie)
54. Zaharli kitoblar
55. Gorgeous. Jackie Chan. Movie
56. Love in the Sky by Kha Kun✅New Book✅
Extra: GAME IS ON.
@NeverMore Books
#iqtibos
Kitoblar sizni minglab asr avval dunyodan oʻtgan dohiylar bilan uchrashtiradi.
✍ Rene Dekart
📚 @kitoblar_apk
📓 "Muhammad alayhissalomning bolaligi va yoshliklari"
✍ Shohista Kamol qizi
📚 @kitoblar_apk
Hozirgi kunda eng ko‘p tinglanayotgan va yuklab olinayotgan audio kitoblar:
Читать полностью…#iqtibos
Kitob oʻqimagan odamning murdadan farqi yoʻq.
✍ Tomas Jefferson
📚 @kitoblar_apk
✍ Abdulla Qodiriy
📓 "Mehrobdan chayon"
"Mehrobdan chayon" — oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning ikkinchi yirik asari 1928-yil fevralda yozib tugatilgan. Roman birinchi marta 1929-yil Samarqandda bosilib chiqdi. Roman mavzui XIX asr hodisalari — „xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli singdirilgan.
Asarni „Mehrobdan chayon“ deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan murod muqaddas dargoh — sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir. Romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslar tomonidan yozuvchining jiddiy yutugʻi deya hisoblanadi.
📚 @kitoblar_apk
📓 "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
👤 O'tkir Hoshimov
Bu bitiklar har insonning taqdirida takrorlanaveradi…
Yaralganimizdan to bugungi kunimizgacha bizga nimalar ayon – nimalar noayon, nimalarni topdik – nimalarni yo‘qotdik, kimlarga mehr berdik – kimlarni esa xo‘rladik yoki tahqirladik, o‘zimizga havola. Ko‘nglimizdan kechadigan ana shu haqiqatlarni yodga soladigan mazkur kitob xuddi shu jihati bilan qalbimizga yaqin. O‘qing, ishoning, zero, har bir odam bolasi hayoti davomida kitobda qayd etilgan bitiklarga qayta va qayta duch kelaveradi…
📚 @kitoblar_apk
⚡️Rasman: Abituriyentlar kirish imtihonlarida to'plagan bali bilan "Navoiy innovatsiyalar universiteti" talabasi bo'lishi mumkin!
Siz kirish imtihonlarida to'plagan DTM ballingiz bilan ushbu havola orqali ro’yxatdan o'ting va talaba bo'ling!
👉 https://www.niuedu.uz
Call-markazimiz 24/7 rejimida faoliyat yuritadi, hoziroq qong’iroq qiling👇
📞+998555000043 | @niueduuz
Telegram | Instagram | web-sayt
Друзья привет 🖐️
Меня зовут Лазиз, и я являюсь автором блога на LinkedIn 👨💼. Я пишу о ритейле и все что с ним связано.🏆
Я буду делиться своими мыслями, опытом и знаниями в этой области, и жду тебя у себя на странице.
Ссылка снизу , жми и присоединяйся 😉
www.linkedin.com/in/lazizislamkhodjaev
#iqtibos
Bir insonning qiymati oʻqigan kitoblari bilan oʻlchanadi.
✍ Herbert Spenser
📚 @kitoblar_apk
👤 Tog'ay Murod
📕 "Otamdan qolgan dalalar"
Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida bir o‘zbek dehqoni sulolasining uch vakili — bobo, ota va o‘g’il taqdiri timsolida o‘zbek xalqining istibdod ostida kechgan 130 yillik hayoti badiiy mahorat bilan ochib berilgan.
”Otamdan qolgan dalalar” asari o‘quvchilarning milliy qadriyatlarimiz haqida tasavvurga ega bo‘lishlariga yordam beradi.
“Otamdan qolgan dalalar” bosh qahramonining nomi qahhorona tarzda ismi jismiga mos – Dehqonqul. Muallif roman yaratilishi jarayonidagi ijodiy-ruhiy holati ustida to‘xtalib: “Endi qonim o‘z g‘animlarim uchun qaynamadi. Yo‘q, o‘z g‘animlarim o‘z yo‘lida qoldi. Endi qonim…qudratli g‘animlarim uchun qaynadi…, –deb yozadi. Bu lo‘nda e’tirofda romanning asosiy ruhi – pafosi aniq ravshan ifodalangan.
Kitob haqida
📚 @kitoblar_apk
Kitoblar turkumi: Islomiy
Kitoblar tartib raqami: 01-20
📖 01. Qur'oni karim ma'nolari tarjimasi
📖 02. Sahihi Buxoriy
📖 03. Tarixi Muhammadiy
📖 04. Saodat asri qissalari
📖 05. Mukoshafat-ul qulub
📖 06. Ilm olish sirlari
📖 07. Til ofatlari
📖 08. Ar-rahiq al-maxtum
📖 09. Nurul-yaqin
📖 10. Shamoili Muhammadiyya
📖 11. Sunani Termiziy
📖 12. Al-Adab al-Mufrad
📖 13. Riyozus solihiyn
📖 14. Payg‘ambarlar tarixi
📖 15. Tanbehul g‘ofilin
📖 16. Ibodati islomiya
📖 17. Gunohi kabiralar
📖 18. Qiyomat va oxirat
📖 19. Bo‘ston ul-orifiyn
📖 20. Ey, farzand
Kitoblar turkumi: Mumtoz
Kitoblar tartib raqami: 21-30
📖 21. Ichindagi ichindadur
📖 22. Temur tuzuklari
📖 23. Siyosatnoma
📖 24. Shohnoma
📖 25. Qobusnoma
📖 26. Tazkirat ul-avliyo
📖 27. Yusuf va Zulayxo
📖 28. Makorim ul-axloq
📖 29. Mantiqut tayr
📖 30. Boburnoma
Kitoblar turkumi: Tarixiy
Kitoblar tartib raqami: 31-40
📖 31. Amir Temur saltanati
📖 32. Buyuk Temur
📖 33. Ulug‘bek xazinasi
📖 34. Navoiy
📖 35. Yulduzli tunlar
📖 36. Avlodlar dovoni
📖 37. Ko‘hna dunyo
📖 38. Sulton Jaloliddin Manguberdi
📖 39. Zafarnoma
📖 40. Spitamen
Kitoblar turkumi: Bolalar adabiyoti
Kitoblar tartib raqami: 41-60
📖 41. Kichkina shahzoda
📖 42. Mittivoy va Karlson
📖 43. Rim ertaklari
📖 44. Maugli
📖 45. Pinokkioning boshidan kechirganlari
📖 46. Alisa mo'jizalar mamlakatida
📖 47. O'n besh yoshli kapitan
📖 48. Tom Soyerning sarguzashtlari
📖 49. Tom Soyerning yangi sarguzashtlari
📖 50. Gulliverning sayohatlari
📖 51. Jelsomino yolg'onchilar mamlakatida
📖 52. Alisaning sayohatlari
📖 53. Bilmasvoy Quyosh shahrida
📖 54. Bilmasvoy va do'stlarining boshdan kechirganlari
📖 55. Qor odam
📖 56. Oltin bola
📖 57. Mumu
📖 58. Ko'r muzikachi
📖 59. Rim ertaklari
📖 60. Uch baqaloq
Kitoblar turkumi: O‘zbek adabiyoti
Kitoblar tartib raqami: 61-80
📖 61. O‘tkan kunlar
📖 62. Mehrobdan chayon
📖 63. Kecha va kunduz
📖 64. Yulduzli tunlar
📖 65. Avlodlar dovoni
📖 66. Ufq
📖 67. Jimjitlik
📖 68. Lolazor
📖 69. Chinor
📖 70. Ulug‘bek xazinasi
📖 71. Ko‘hna dunyo
📖 72. Shum bola
📖 73. Navoiy
📖 74. Qutlug‘ qon
📖 75. Bolalik
📖 76. Farg‘ona tong otguncha
📖 77. Ko'ngil ozodadur
📖 78. Shinelli yillar
📖 79. Oltin zanglamas
📖 80. Bozor
👤 Agata Kristi
📱 "O'g'irlangan million dollar"
Ushbu ajoyib kitobga detektiv janri qirolichasi nomini olgan yozuvchi Agata Kristining eng qiziqarli hikoyalari tanlab olindi. Ushbu hikoyalar bir-biridan qiziqarli, sirliligi bilan kitobxon e’tiborini tortadi.
Yozuvchining asarlari kitobxonni voqealarning sirli jumboqqa boyligi bilan o‘ziga tezda jalb qiladi. Uning izquvar qahramonlari fikri tiniqligi, jinoyatlarni fosh qilishda yaqindan ishtirok etishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, qo‘ng‘iz mo‘ylov Puaroning jinoyatlarni fosh etishi yoki Marpl xonimning jinoyatlarni ochishda masalaning yechimida o‘zining aniq xulosasini berishi kishini hayratga soladi. Siz, aziz o‘quvchi, kitobni o‘qish jarayonida bunga amin bo‘lasiz.
📚 @kitoblar_apk
#Bir_kitob_haqida
📖 Oydin tunlar (roman)
„Oydin tunlar“ — XIX asr taniqli rus yozuvchisi Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy qalamiga mansub roman.
✅ Yaratilish tarixi
Roman Dostoyevskiy tomonidan 1848-yilning sentabr-noyabr oylarida yozilgan. Bu vaqtda Dostoyevskiy shoir va yozuvchi Aleksey Plesheev bilan yaqin doʻst boʻlib, ular ushbu asarni ilk bora Nikolay va Andrey Beketovlarning adabiy-falsafiy doiralarida, keyinchalik esa Mixail Petrashevskiy davrasida muhokama qilishadi.
1848-yil 31-oktabrda roman nashr etilishi uchun Peterburg senzura qo‘mitasidan ruxsat olingan. Roman ilk marta „Otechestvennyye zapiski“ jurnalining oʻn ikkinchi sonida doʻsti shoir va yozuvchi Plesheevga bagʻishlab nashr etilgan[1].
Keyinchalik roman sezilarli darajada qayta koʻrib chiqildi. 1860-yilda Dostoyevskiy oʻzining sheʼriy toʻplamini tayyorlashda roman monologini ham qayta ishlab, unga Pushkin usuliga xos obrazlarni qoʻshadi va qahramonning ishqiy motivlariga yanada kenroq urgʻu beradi.
✅ Syujet
Asar bosh qahramoni xayolparast, orzumand, yolg‘iz va gʻamgin yigit. Oydin bir tunlarning birida xayol surib yurgan yigit tasodifan Nastenka ismli bir qiz bilan uchrashadi va unga oshiq boʻladi, shu bilan birga Nastenkaning nigohida u oʻzining umr yoʻldoshi va birodari timsolini ham koʻradi. Nastenka unga hayotida boʻlib oʻtgan bir voqeani aytib beradi. Uning yoshlik yillari ota-onasi vafotidan soʻng koʻzlari ojiz buvisi bilan oʻtadi. Buvisi uzoq vaqt Nastyani qoʻyib yubormaydi va hatto uni oʻzidan uzoqlashtirmaslik uchun nabirasining koʻylagini oʻz koʻylagiga toʻgʻnagʻich bilan qadab qoʻyadi. Nastyaning hayoti bir xilda va qaygʻuli kechardi. Ammo ularning uyiga tashrif buyurgan va Nastyaga rahmi kelgan yangi mehmonning sharofati bilan uning hayotida hamma narsa oʻzgarib ketadi. Nastya bu yangi mehmonni sevib qoladi va u bilan qochib ketishni istaydi, lekin baxtga qarshi yigit juda kambagʻal edi va oradan bir yil oʻtib, Nastyani olib ketishga vaʼda berib, u yerdan ketishga majbur boʻladi. Oradan bir yil oʻtgach ham ortiga qaytmagan yigit haqida butun shahar xabar topadi, shunday boʻlsa-da Nastya oʻsha yigitni chin yurakdan sevgani uchun uni kutishda davom etadi. Ammo yigitdan darak boʻlmaydi va hatto u Nastyaning maktublariga biror marotaba boʻlsa ham javob xati yozmaydi. Va, nihoyat, sevgan insoni uni tashlab ketganini tan olishga majbur boʻlgan Nastenka endigina uchratgan oʻsha xayolparast yigitning unga nisbatan boʻlgan his-tuygʻulariga javob berishga qaror qiladi. Biroq shunday kunlarning birida Nastenka toʻsatdan eski sevgilisi bilan uchrashib qoladi va hali ham oʻsha insonni sevishini anglab, yangi xayolparast oshigʻidan qochib ketarkan, unga oʻzining bu xiyonati uchun kechirim soʻrab yozgan xatini qoldiradi. Bosh qahramon — oʻsha xayolparast va qalbi toza oshiq, Nastenkani chin yurakdan kechiradi va uni yoʻqotganiga qaramay, unga boʻlgan sevgisini qalbida pokiza saqlashda davom etadi. U Nastenka uni tashlab ketganiga qaramay, qizni oʻzining hayotidagi eng goʻzal hodisot deb biladi va Nastenkaga, unga sevishni oʻrgatgani, muhabbat deb atalmish „oniy halovat“ni tuhfa etgani uchun faqat va faqat baxt tilaydi, Nastenkaning qalbi hech qachon ozor chekishini istamaydi. Oʻzi esa pok muhabbatidan ayriladi va bu hayotda yana yolgʻiz qoladi.
✅ Bosh qahramonlar
Hikoyaning bosh qahramoni xayolparast va orzumand yigit. Dostoyevskiy oʻz davrida koʻp uchraydigan bunday insonlarning xususiyatlarini oʻrganib chiqadi: „bunday insonlar harakatga, yashashga, hayot haqiqatlariga tashna, ammo ular zaif, ayollik xususiyatlariga ega, nozik sifatli, asta-sekinlik bilan bunday insonlar haqiqiy insorlardan farqli oʻlaroq xayolparast kimsalarga aylanib boraveradi“.
Yozuvchi bunday insonlarning paydo boʻlish sabablari etib Rossiyada insonlarni birdamlikka chaqiruvchi jamoat manfaatlariga qiziqishning yoʻqligi va bu davrda „harakatga tashnalik“ hissini qondirish imkonsizligini keltirib oʻtadi.
„Oydin tunlar“ asari bosh qahramoni prototipi qisman Dostoyevskiyning oʻzidir.
Kitobning elektron shakli shu yerda
📚 @kitoblar_apk
#Hikoya
Burgut baland bir daraxtda shunchaki dam olib o‘tirgan edi.
Uning bu o‘tirishini ko‘rib qolgan quyoncha burgutdan so‘radi:
— Xuddi sendek hech narsa qilmay, bamaylixotir o‘tirishim mumkinmi?
— Albatta, mumkin, nimaga yo‘q ekan, — dedi burgut.
Quyoncha daraxtning tagiga o‘tirib dam olishni boshladi. Shunda birdan qayerdandir tulki paydo bo‘ldi-yu, uni ushlab, yeb qo‘ydi.
Qissadan hissa. Agar sen hech ish qilmasdan bemalol va xotirjam bo‘lishni xohlasang juda-juda yuqorida o‘tirishing kerak. Ko‘rpangga qarab, oyoq uzat.
📚 @kitoblar_apk
#Hikoya
Kunlarning birida sichqon ferma xo‘jayini qo‘ygan qopqonni ko‘rib qoldi. U bu haqda qo‘yga, tovuqqa hamda sigirga aytib berdi. Ammo ular: “Qopqon bizning muammoimiz emas. Biz uning nimasidan qo‘rqamiz? Uning bizga hech qanday aloqasi yo‘q”, deb javob qaytarishdi.
Kunlardan bir kun qopqonga ilon tushib qoldi va xo‘jayinning xotinini chaqib oldi. Xotinining tanasidan ilonning zahrini chiqarib tashlash va unga quvvat bo‘ladi, degan umidda fermer tovuqni so‘ydi-da, undan xotiniga tovuq sho‘rva tayyorlab berdi. Kasalmand xotinini ko‘rishga kelayotganlar oldida uyalib qolmasligi uchun qo‘yni so‘ydi hamda uning go‘shtidan turli taomlar tayyorlab, mehmonlarni kutib oldi. Ammo, afsuski, xotini vafot etdi. Marakani o‘tkazish uchun fermer sigirni ham so‘yishga majbur bo‘ldi.
Bu o‘tgan vaqt mobaynida vaziyatni o‘z uyasidan kuzatib turgan sichqon bo‘lib o‘tgan hodisalar haqida fikr yuritardi...
Qissadan hissa. Bu hayotda hech kim hech narsadan himoyalanmagan, shu sababli boshqaning muammosiga befarq bo‘lmaslik kerak.
📚 @kitoblar_apk
Bepul va oson RUS tili! RUS tilini mukammal o‘rganing. Qo‘shiling: 👇
Читать полностью…#iqtibos
Kitob yigʻish yaxshi ishdir, ularni oʻqimoq esa foydali.
✍ Frenchesko Petrarka
📚 @kitoblar_apk
Abdulla Qodiriy. Yig‘indi gaplar
Yer islohoti munosabati bilan O‘zbekistonda boshqa islohotlar ham yasalar emish, deb eshitdim. Darhaqiqat, mamlakatda islohotga muhtoj masalalar ko‘bdir. Masalan, kattalarga aql va basirat islohoti, muharrirlarga til va ma’no, shoirlarga ilhom va uslub (ma’no bo‘lmasa ham mayli), yoshlarg‘a axloq va kiyim, xotinlarga jabru zulm, domlalarg‘a din va salla, “Mushtum” yozishguchilarig‘a faqat shaxslarning yoqasiga yopisha berishlik va boshqa mavzular to‘g‘risida o‘ylab ham qaramaslik va hokazo islohotlarga nihoyat darajada ehtiyoj ko‘bdir.
"Mushtum" - 1926-yil, 2(27)-son, 2-3 bet, 25-fevral
📚 @kitoblar_apk
#Kitobdan_parcha
Ivan Ivanovich! Men senga yuz o‘ttiz yil yurtim to‘rini berdim, yuz o‘ttiz yil uyim to‘rini berdim — ammo sen bilan el bo‘lmadim!
Men sen bilan yuz o‘ttiz yil yelkama-elka kun kechirdim, yuz o‘ttiz yil chizgan chizig‘ingdan chiqmadim — ammo sen bilan el bo‘lmadim!
Yuz o‘ttiz yil tur desang turdim, o‘tir desang o‘tirdim, yuz o‘ttiz yil kul desang kuldim, yig‘la desang yig‘ladim — ammo sen bilan el bo‘lmadim!
Men yuz o‘ttiz yil o‘zim kiymadim — senga kiydirdim!
Men yuz o‘ttiz yil o‘zim kiymadim — senga kiydirdim, yuz o‘ttiz yil o‘zim
yemadim — senga yedirdim, yuz o‘ttiz yil o‘zim ichmadim — senga ichirdim... ammo sen bilan el bo‘lmadim!
Men yuz o‘ttiz yil kofir to‘q — musulmon tinch, maqomda kun ko‘rdim... ammo
sen bilan el bo‘lmadim!
Dini boshqa minba’d-minba’d el bo‘lmaydi!
Tili boshqa minba’d-minba’d el bo‘lmaydi!
Sen tirigim tirnog‘in yeding, sen o‘ligim yog‘in yeding — ammo to‘ymading!
Men ochlikdan o‘lmadim — sen to‘qlikdan yorilmading!
Men seni yuz o‘ttiz yil to‘ng‘ich akam, dedim. Bo‘ldi — men endi sen to‘ng‘ich akam, demayman.
Men endi seni to‘ng‘ich aka degich tillarimni kesib itga tashlayman!
✍ Tog‘ay Murod. "Otamdan qolgan dalalar"
📚 @kitoblar_apk
Endi turk tili juda juda oson. Bu yerda o‘rganing:
Читать полностью…