kitoblar_apk | Unsorted

Telegram-канал kitoblar_apk - Mobil kutubxona

12942

Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

Subscribe to a channel

Mobil kutubxona

O'ng va so'l tomoningga qarasang, qayg'u egalarini ko'rasan, har hovlida faryod, har yanoqda ko'z yosh, har vodiyda Banu Sa'dlar bordir, musibat faqat senga kelmaydi, balki sening musibating boshqalarga qaraganda ozdir.
Necha yil to'shakka mixlanib, og'riqning zo'ridan o'ngu so'liga ag'darilib faryod chekayotgan kasallar qancha.
Necha yillar quyoshni ko'rmay, zindon bo'lmasidan boshqa joyni bilmaydigan mahbuslar qancha?
Baxtsizlar, qarzga botganlar, turli balolarga duchor bo'lganlar qancha?
Bas, sen ana shulardan ibrat olmoqliging kerakki, bu hayot mo'min uchun qamoq va qayg'ular hovlisidir.

"Mahzun bo'lma"

✍️ Shayh Oiz Al- Qarniy

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🤩Bitta kitob o’qib 15 millionlik sovg’alarni yutib olishni xohlaysizmi?

😊 “Mutolaa” loyihasi ajoyib kitobxonlik tanloviga start beryapti!

Tanlovda g’oliblar soni naqd 100 ta bo’ladi.

💰1-o’rin: 5 million
💰2-o’rin: 3 million
💰3-o’rin: 1 million


Hamda boshqa qimmatbaho va eksklyuziv sovrinlar🎁

Hech qanday shart talab etilmaydi, hamma qatnashishi mumkin.


📌Qatnashish uchun quydagi linkni bosing:

/channel/+zRV8b0E-N9tiNmNi
/channel/+zRV8b0E-N9tiNmNi
/channel/+zRV8b0E-N9tiNmNi

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romanini o‘qishga 5 sabab

1️⃣ Xorazmshohlar tarixidan hikoya qiluvchi uch romandan iborat "Jayhun epkinlari", "Faqat sen yig'lama", "Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz" trilogiyasi adiba ijodining cho'qqisidir.

2️⃣ Qur’oniy timsollar bilan ziynatlanib, nazmiy ehtiroslar ila to'yintirilgan.

3️⃣ O‘quvchini yurtimizning ulug'vor, ayni paytda g'ussalarga to'liq o'tmishi tomon yetaklaydi.

4️⃣ Bu o‘tmishning salmoqli sahifasi o'laroq tarixga bitilgan Xorazmshohlar davlatining - Pomir-u Tyanshanga, Fors ko'rfazidan Frot va Dajla sohillarigacha quloch yozgan bu ulkan saltanatning yuksalishi va inqirozidan gapiradi.

5️⃣ So'nggi hukmdor Jaloliddin Manguberdining chingiziy mo'g'ul istilochilariga qarshi beomon kurashi, ushbu ulug'vor sulolaning so'nggi vakili - sulton Qutuzning butun arab o'lkalari xaloskoriga aylanishidan hikoyalar qiladi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Inson uchun o‘zidan murakkab jumboq yo‘q. Chunki u o‘zini ba’zida juda yolg‘iz his qiladi. Atrofi to‘la odam, biroq u yolg‘iz. Kimdir, nimadir unga kamlik qilgandek tuyuladi. Bu holat, qalbshunoslarning aytishicha, kechqurungi oltidan to sakkizgacha juda seziladi. Bizning qahramonlarimiz ayni damda yolg‘iz emasdilar, balki o‘zlarini yolg‘iz his etmasdilar ham, lekin ularning qalblarida qandaydir kemtik bor edi. Buni so‘z bilan tushuntirib berish mushkul, hamma buni o‘z qalbi bilan his etadi.

📘 Furqat Alimardon, “Qorakuya”

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Rus tilini tez va oson o‘rganmoqchimisiz?

📌 6, 7 va 8-aprel kunlari — Telegram kanalimda bepul jonli darslar oʻtkazyapman!

Bu darslarda siz:

✔️ Rus tilida oddiy gaplar tuzishni o‘rganasiz
✔️ Talaffuzni yaxshilash va aksentdan qutilish usullarini bilib olasiz
✔️ Rus tilini mustaqil o‘rganish uchun foydali maslahatlar olasiz
✔️ Til o'rganishda faqat eng kerakli narsalargagina e’tibor berib vaqtingizni tejaysiz

🎁Darsda qatnashgan barchaga "150 вопросов для разговора" kitobi sovgʻa sifatida beriladi!


Kanalga qo‘shiling va til o‘rganishni zavq bilan boshlang👇

/channel/+IgZmwpMThmAyNDNi
/channel/+IgZmwpMThmAyNDNi

Читать полностью…

Mobil kutubxona

​​📘 Anisaning uyi

Bir-biriga umuman notanish bo‘lgan ikki bolajonni maʼlum vaqt holi qoldirsangiz ham, o‘rtasida ajib beg‘ubor munosabat, hech bir manfaatsiz mehr paydo bo‘lganini sezasiz. Bunaqasini qirq yillik qarindoshlar orasidan ham topolmaysiz baʼzida.

Ertak-hikoyaning jajji qahramoni ham shu bolajonlardan biri. Anisa o‘rtoqlari – mitti jonivorlardan borini ayamaydi, murg‘ak tafakkuri tasdiqlagan barini ularga so‘zlab beradi. Inson, hatto u bola bo‘lgan vaqtida ham hayvonlar bilan do‘st tutinishi uchun ulkan yurak, musaffo ko‘ngil egasi ham bo‘lishi kerakligini kuzatsangiz bilasiz.

Bizning musaffoko‘ngil qizchamiz esa boz ustiga aqlliligini, kitobxonligini, zig‘irday qizaloq bo‘la turib muqaddas kitobimiz Qurʼonni yodlashga bel bo‘glaganini aytmaysizmi!.. Uning go‘zal qalbidan taralgan zako nuri til-u zabonsiz hayvonlarni ham o‘ziga oshno etib turgan vaqtda bolajonlaringiz ham undan o‘rnak olmasdan, taʼsirlanmasdan, qilganlarini qilmasdan qolmaydi, albatta.

Bunga bolalaridan ham avval ota-onalar ishonishi esa ertaklar olamini qayta va qayta boyitaveradi, boyitaveradi. Bolalaringizning dunyoqarashi kengayaverishiga, mehrlanishiga yana bir go‘zal yo‘l Anisaning uyiga olib boradi!

©️ Gulrang Ubayeva

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“Jon” asarini o‘qish davomida kitobxon mualliflik filmlarini tomosha qilganday bo‘ladi. Qandaydir mavhumlik bor, go‘yo hech narsani tushunmaysiz, lekin shu bilan birga syujet odamning ko‘ksini g‘ijimlab, nafas olishingizga yo‘l qo‘ymaydi, tanangizdagi eng nozik asab tolalarini uzib yuboradi.

Bu kitobni o‘qish kitobxon uchun qiyin – asarning ichiga kirib o‘qisangiz, o‘pkangizga qum tiqilib qolganday bo‘ladi, qulog‘ingiz ostida bo‘g‘izlangan odamning nochor xirillashi eshitilib turadi. Yolg‘izlik. Vayronagarchilik. Umid yo‘q. Ammo ma’no chuqur. Teran metafora tiniq ko‘rinib turadi – jon qavmi saodat izlab sahro bo‘ylab sarson-sargardon bo‘ladi, odamlar adashgan qo‘ylardek tarqalib ketishadi, birov holsizlanib yiqiladi, birov o‘ladi...

Omon qolish uchun qon kerak – u suv o‘rnini bosadi. Ammo asarni tiriklikning rangli surati deb atash mumkin. Asar ruhiyatiga
chidash uchun, bu ruhiyatni yengib o‘tish uchun kitobxonga jasorat kerak.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona


Dostoyevskiydan iqtibosla
r

️Rahm-shafqat butun insoniyat uchun tiriklikning eng muhim va, ehtimol, yagona shartidir.

▪️Erk — bu shataloq otish emas, balki o‘zingni nazorat qila olishing.

▪️Har narsaning kesib o‘tish xavfli bo‘lgan chegarasi bor. Bir marta o‘tdingmi, tamom, ortga yo‘l yo‘q.

▪️Baxt bu baxtning o‘zida emas — unga erishishda.

▪️Hayotni uning mazmunidan ko‘ra ko‘proq sevish kerak.

▪️Rus xalqi iztirobdan rohat tuyadigandek.

▪️Maqsadsiz hayot inqirozga yuz tutadi.

▪️Mutolaa qilmaslik bu fikr qilmaslik demakdir.

▪️Rohat-farog‘atda baxt yo‘q, baxt azoblar orqali sotib olinadi
.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🤯 Dangasalikni butunlay yengib, istalgan maqsadingizga kuchli intizom bilan erishish usullarini BEPUL o'rganing!

Eslab qolish bo'yicha Rossiya rekordchisi va miyani rivojlantirish bo'yicha 12 yillik tajribaga ega ekspert — Davronbek Turdievdan BEPUL onlayn masterklass!

15-16-17-aprelda bo'lib o'tadigan masterklassda:

✅ Qanday qilib diqqat-e'tiborni kuchaytirib, chalg‘imasdan soatlab o‘qish va ishlashni

✅ Miyangizni defolt tizimini ishlatgan holda dangasalikni yengib, kuchli intizom bilan maqsad sari to'xtamasdan harakat qilishni

✅ Xotirani 10 barobar kuchaytirib, chet tili so‘zlarini va istalgan ma'lumotlarni tez yod olishni BEPUL o‘rganasiz.

🎯 Bu usullar orqali 45 000 dan ortiq insonlar o'z maqsadlariga erishib, hayotlarini butunlay o'zgartirishdi.

Havolani bosib siz ham yopiq kanalga qo'shilishga ulguring chunki vaqt cheklangan.

👉 Hoziroq BEPUL qo'shilishga ulguring
👉 Hoziroq BEPUL qo'shilishga ulguring
👉 Hoziroq BEPUL qo'shilishga ulguring

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Dadam 50 yoshida, onam 30 yoshida mеn tug‘ilganman. Shu o‘lib kеtmasin dеb oldin Abdurauf qo‘yishgan-da, o‘zlari qo‘rqib kеtishgan. Abdurauf dеganda Fitratni mo‘ljalga olishgan-da. Fitrat Fayzulla Xo‘jaеvning ustozi, dеmak, mumkin emas. Tinchgina Tursunali qo‘yaylik dеgan.

Ikkita ismim bor. Bolalikdan Abduraufman. Lеkin hujjatlar zudlik bilan Tursunali dеb olingan. Kеyin 5, 6 yosh kattaroq ko‘rsatishib 39-yilda tug‘ilgan dеb qo‘yishgan. U paytda mumkin ekan-da, mеtirka-pеtirka bo‘lmagan-da. Darrov mеni qaritishgan. Agar 43-yilda tug‘ilsa, urush paytida nimaga bu inson bu yog‘da yuribdi dеmasin dеyishgan-da. Bu juda qiziq.

📘 Rauf Parfi, “Hukmnoma”

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Quloq o‘zing haqdagi maqtov so‘zlarni eshitishga moyil. Mabodo biror yomon gap eshitib qolguday bo‘lsa, bu so‘zlar quloqqa yoqmasligi aniq. Buning ustiga, ko‘ngilga og‘ir botadi. Ko‘ngli nozik insonlarga qiyin, atrofdagilar uchun ularning eng nozik joyini mo‘ljalga olish xamirdan qil sug‘urganday oson kechadi. Qulatish cho‘t emas – bitta zarbaning o‘ziyoq yetarli.

📘 Xurshid Abdurashid: Dardisar

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🔥Endi rus tilida gaplashish tez, oson va qulay bo’ladi!

Rus tilidagi darajangizni 0 dan A1 va A2 gacha oshiring!


«Быстро, легко, удобно» kitobining birinchi qismi 12 ta eng asosiy mavzuni o’z ichiga olgan;
✅Har bir mavzu rus va o’zbek tillarida berilgan (kitobdagi so’zlarning 90% o’quvchilar qiynalmasligi uchun o’zbek tiliga tarjima qilingan);
✅Ushbu kitob grammatik jihatdan yengil, oson va qulay tushuntirilgan. Mavzularni mustahkamlash uchun qiziqarli mashqlar, o’yinlar, yangi so’zlar, testlar, matnlar, dialoglar, iqtiboslar, qo’shiqlar va sherlar keltirilgan;
✅Eng katta qulayliklaridan biri — “Kitob + daftar”;
✅Kitob rangli shaklda nashr qilingan;
✅Shuningdek rus tili o’qituvchilari uchun ham katta yordamchi bo’lib xizmat qiladi.

Batafsil ma‘lumot uchun:
(94) 685 00 94
@russkiysgulshirin

📌 Rus tilini tez, oson, samarali va qulay o’rganish uchun Russkiy s Gulshirin kanaliga ulanishingiz mumkun!

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Sovgʻangizni olishingiz uchun bugun oxirgi imkoniyat berildi 🎁

🌙🎉 Sizga Ramazon Hayiti uchun sovgʻa yutib olish imkoniyati berildi 😍

Bu
imkoniyatdan foydalanib qoling. Oxirgi muddat bugun tugaydi. Shoshiling! 🎁

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🔥🔥🔥🔥📢📢📢📢📢📢

Respublika tanigan Hamid Qurbonboyev va Madina Mustafaqulova muallifligidagi yana bir kitob‼️

Kitobda dekabr oyidagi milliy sertifikat namunasiga mos 20 ta diagnostik test mavjud.
Namuna esse: ehtimoli yuqori bo'lgan 20 xil namunadagi esse ham kiritilgan.
G'azal testlari

Kitobni ortiqcha maqtab o'tirmaymiz,buning qiymatini A+ kitobini ishlaganlar biladi

Bu kitob milliy sertifikatni olish yo'lidagi eng muhim qo'llanma‼️

Kitobni,albatta,sotib olishingiz kerak.Yaxshi natijalar sizni kutmoqda‼️

➡️Buyurtma berish uchun:
🔔+998334461122
☺️@Spectrum_nashriyoti
💻@zamon_kitob_uz

/channel/ona_tili_Qurbonboyev

Читать полностью…

Mobil kutubxona

PO-RUSSKI V SETI tomonidan RUS TILI ONLINE ÕRGANISH UCHUN SKIDKA

100 MING

🛎🛎/channel/+BWeBi7B1M8ZlOWEy

❤️ HAYIT AYYOM UCHUN KURS SOVĜA QILING. 😊

💐 A-A1- daraja. Talaffuz qoidalari va sifat, son, ravish ( YANGI NABOR OCHILDI)

💐 A1-A2- daraja. 700 ta sõz boyligi va padejlar, vaqt kun soat qoidalari

💐 A2-B1 guruh 1000 ta sõz boyligi va fe'llar umumiy qoidasi

💐✅ DARSLAR JONLI HAFTASIGA 3 KUN va razgovor chiqarishga qaratilgan

💐 BAYRAM SOVĜASI SIFATODA 100 ming CHEGIRMA narxida õqimoqchi bõlsez AYYOM sõzini yozing va chegirmada to'lov qiling


ADMIN : @TchLova.
Promokod- 📌📌📌 AYYOM

👆👆👆sõzini yozing va chegirmada to'lov qiling. To'lov oldindan va 3.04.25- gacha davom etadi

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📖 Harper Li: Mazaxchini o‘ldirish

Siz bu kitobni har gal qayta o'qiganingizda undan yana yangi nimadir topishingizga ishonaman. Harper Li kitobda oiladagi munosabatlar aslida qanday bo'lishi kerakligini Attikusning hatti-harakatlari misolida ko'rsatib bergan. Atrofdagi bosimga qaramasdan halol va to'g'ri inson bo'lib qolgan ota!...

Kitobda bolalarning beg'ubor kundalik "ermak"larini va o'sha vaqtning o'zida Amerikadagi ijtimoiy tengsizlik, qora tanlilarga nisbatan jirkanch munosabatlar juda aniq tasvirlanadi. Naqadar mohirona tarzda balans ushlangan.

Menga qolsa shu yil kitobni yana qayta o'qib chiqaman, sababi o'zim uchun "Redli alvasti" qiyofasini uncha yaxshi ocha olmadim. Lekin shunisi aniqki, kitobda Attikusning muammolari, his-tuyg'ulari bilan birga yashadim... Uni his qila oldim...

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#parchalar

0️⃣ Har qanday taraqqiyotning negizi ta’lim, tanazzulniki esa ta’limsizlik emasmi?;
0️⃣ Mana bir lahzada ikki jirkanch manzara, qay biri qayg‘uliroq? O‘z yurtimizda ona tilimizda gapira olmasligimizmi yoki o‘z opa-singillarimizni o‘zimiz shu darajada kamsitib qo‘yganimizmi?;
0️⃣ Ilmsiz xalqqa ozodlik nega kerak bo‘lsin? Bunday xalqni bir burda non va bir parcha yer bilan aldab qo‘yish mumkin. Makkorlar bundan foydalanadilar va ma’rifat emas, yemish taklif etadilar. Shunda sodda xalq ozodlik haqida o‘ylamay ham qo‘yadi va oniy to‘qlikka shukr qilishga o‘rganadi;
0️⃣ Yetim deb erkatoy va juda ko‘p savol beradigan bolalarga aytiladi. Lekin buni o‘ziga aytish odobdan bo‘lmaydi. Bu so‘zni senga kim aytgan bo‘lsa ham juda farosatsiz ekan;
0️⃣ Oyimni so‘rasam ham xech kim javob bermaydi, meni quchoqlab olishadi. Yig‘lab ham berishadi.

Muhammadxon Yusupov, “Deraza ortida”

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Turk tilini shunaqa oson o‘rgansa ham bo‘larkan:
Turk tili oson

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Andrey Platonovdan iqtiboslar

0️⃣Hayot meni bir zumda boladan kattalarga aylantirib, yoshligimdan mahrum qildi.

0️⃣Odamlar allaqachon barcha fikrlarni o‘ylab topishgan, bizning barcha fikrlarimiz eski, faqat his-tuyg‘ularimiz doimo yangi.

0️⃣Insonning chegarasini hech qayerda topolmaysan va uning qalbi xaritasini keng miqyosda chizib bo‘lmaydi.

0️⃣Men baxtga o‘xshash biror narsani o‘ylab topishim mumkin edi, shunda ruhiy ma’no tufayli unumdorlik oshgan bo‘lardi.

0️⃣Odamlar yolg‘iz kasal bo‘lganlari va ularni sevadigan hech kim yo‘qligi uchun o‘lishadi.

0️⃣Menda shaxsiy pessimizm bor, optimizmim esa to‘liq ijtimoiy.

0️⃣Erkaklarning ojizligi xuddi muhabbat singari she’riyatning kuchli manbasidir.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Murod Chovushning qahramoni begona emas, u orqali bizni hechliknig cheksiz qiyofalariga safar qildiradi.

Bu dunyoga kelgan har bir inson hechlik ko‘chasidan baribir o‘tadi. Ammo, har kim har xil tarzda.

Bir umr topolmaganhaqiqat bir kun ro‘y berishini anglab yetdimu, yuragim zirqirab ketdi. Men uch marotaba avtomobil halokatidan tirik qoldim. Bir qadam...dan qaytib keldim.

Ammo, bu haqiqat qachondir ro‘y beradi. Balki hali ko‘p yillar o‘tib... Uni tan olishga majburman. U — o‘lim. O‘lim haq. Bu dunyoda faqatgina o‘lim hech emas.

O‘ljaboy Qarshiboy

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Maxsus Dars!
🎧 Listening Part 6🎧
🎓 Sizni kutayotgan yangi dars!
Listening Part 6 bo'yicha o'quvchilarni chuqur tahlil va amaliy mashg'ulotlar bilan tayyorlash.
📆 Sanasi: 4.04.2025
Vaqti: 21.30
📍 Joylashuv: London, The UK

Darsda nimalar o'rganasiz?
✔️ Listening testini qanday samarali o'tish
✔️ Murakkab savollarni aniqlash va javob berish strategiyalari
✔️ Dastlabki natijalarni yaxshilash uchun fokuslar va maslahatlar

🔗 Kanalga qo'shiling va darsga yoziling!
🔗 Kanalga qo'shiling va darsga yoziling!

O'zingizni maksimal darajada tayyorlash uchun bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang! 🏅

🔥Bonusiga EXAM-ADVICE darsi ótib beriladi

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🔥👍👍👍👍👍👍🔥

🧑‍💻 MUVAFFAQIYATLI 101 KUN kursi E'lon qilindi, murojaat uchun

✉️Bosh koordinator @Olima_713

🔔YUKSALISH SARI HARAKAT



📌Barcha foydali ilmlar, kitoblar tahlili, va intizomli hayotni yo'lga qo'yishda
Ko'makchi bo'la olgan maxsus challengelar  kanaliii
       

📢Tez qo'shilib oling👇

🔗/channel/OLiMA_ZiYO
🔗/channel/OLiMA_ZiYO
🔗/channel/OLiMA_ZiYO

Читать полностью…

Mobil kutubxona

​Ushbu loyiha yurtimizdagi kitobxonlarni bir joyda to'plash (xoh onlayn bo'lsin, xoh offlayn) ularning sonini yanada ko'paytirish, saviyali va foydali kitoblar mutolaasini oshirish, nashriyotlarda chiqayotgan kitoblarning sifati, xatolari, tarjimasi va muharrirlik ishiga erkin va holisona fikr bildirish, yutuqlarini e'tirof etishni vazifa qilib oladi. Maqsad o'zbek kitobxoni sifatli va saviyasi yuqori kitob o'qisin. Keling, ko'ring, safimizga qo'shiling va kitobxonlik atmosferasidan bahramand bo'ling.

/channel/Kitobxonlar_ligasi_uz

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📘 Jianna Molinari: Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin

​​
2019-yil Jianna Molinarining mazkur asarini “Deutsches Buchpreis” (Germaniyadagi eng nufuzli adabiy mukofot) nomzodlari ro‘yxatida ko‘rib, uni o‘qib chiqqandim. Mutoalaa asnosida o‘ziga xos uslubi bilan menga ma’qul bo‘ldi va uni tarjima qilishni boshladim.

Oradan biroz vaqt o‘tib, asar muallifi bilan Shveysariyada o‘tkaziladigan seminar haqidagi e’lon diqqatimni tortdi va men unda qatnashish uchun ariza berdim. Seminar bir hafta davom etdi va unda yetti xil til vakillari, ya’ni ushbu romanni o‘z tillariga o‘girish istagida bo‘lgan tarjimonlar ishtirok etdilar.

Bu ajoyib tajriba edi. Dastlab, muallif tarjimonlardan asardan olgan taassurotlarini so‘radi. Qizig‘i shundaki, uni har kim turlicha, o‘z madaniyati va dunyoqarashidan kelib chiqqan holda talqin etgandi. Shu jumladan, asarda uchraydigan ramziy obrazlarni ham. Yosh tarjimonlarga bunday seminarlarda ishtirok etish o‘z uslubini rivojlantirish, asliyatdagi matnni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Qolaversa, so‘lim maskan, hamroz dillar, savollaringga javob berishga shay turgan muallif...

Tarjimon uchun bundan a’loroq ijod uchun sharoiti yaratish mumkinmi?! Shu tariqa Jianna Molinari o‘zbek tilida gapira boshladi.

Gulnoz Nabiyeva
tarjimon

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🇬🇧 General English darajangizni  oshirmoqchimisiz ?


Sizlarga har kuni Grammatika va Vocabulary bo‘yicha video darsliklar tashlanadigan foydali kanalni tavsiya qilmoqchiman 👇

↪️Agar siz Ingiliz tilini o‘rganayotgan bo‘lsangiz;
↪️Grammatika va Vocabulary darajangizni ochirishni istasangiz;
☑️Bu kanal sizga albatta yordam beradi!

➡️ t.me/AzizabonuAsatullayeva
➡️ t.me/AzizabonuAsatullayeva

🔹 Kanalimga 15 ga yaqin lug'at va grammatika videodarsliklarini
joylaganman ❗️

Biz kanalda 16 zamonni o'rganishni boshladik 🖇

Siz ham safimizga qo'shiling ❗

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Bu dunyoda har kimning o‘z Puankaresi bor. Inson maqsadsiz yasholmaydi. Hammaning maqsadi mavjud. Ammo shu maqsadlar turlicha bo‘ladi. Kimdadir katta, kimdadir kichik, kimdadir esa oliy. Hayotda mayda-chuyda yumushlar, chalg‘ituvchi omillar ko‘p. Siz o‘z yo‘lingizda maqsadingiz sari dadil yurib borarkansiz, ana shu mayda-chuydaliklar, maishiy muammolar, tiriklik tashvishlari yo‘lingizga to‘siq bo‘lib, chalg‘itishga urinadi.

Agar chalg‘ib, birorta to‘siqni bartaraf qilishga ovora bo‘lib qolsak, albatta, ikkinchisi ham tayyor turgan bo‘ladi. Oqibatda umr o‘tib ketganini bilmay qolamiz. Keyin esa biz zabt etmoqchi bo‘lgan cho‘qqida o‘zgani ko‘rgach, dardi dunyomiz qorong‘ilashadi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Aziz Nesin hikoyalarida inson psixologiyasiga chuqur sho‘ng‘iydi. Uning qahramonlari odatda ichki kurashlar, ijtimoiy bosim va o‘z shaxsiy ehtiyojlari o‘rtasida muvozanat izlaydigan oddiy odamlardir. "Hamma gap baqirishda" hikoyasida inson qadr-qimmati va jamiyatdagi munosabatlarning qanday tubdan o‘zgarishi qiziqarli tarzda ochib berilgan.

To‘plamdan joy olgan "Ko‘zoynak" hikoyasi ayni damda bizning jamiyat uchun ham muammoli bo‘lgan tibbiyotning ustidan kulsa, "Tayoq yemasdan turolmayman" hikoyasi orqali fanatizm va uning orqasidan inson va jamiyat boshiga kelishi mumkin bo‘lgan balolarni oddiy futbol muxlisi misolida tushunarli ochib beradi.

©️

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Ba’zi otalar, janob, o‘zlari ketayotgan yerga bolalarini olib ketishmaydi. Bu katta xatodir. Otalar hamisha o‘g‘illari bilan qadrdon bo‘lishlari kerak. Masalan, men bu o‘g‘limni kurash musobaqalarini tomosha qilishdan mahrum qilganim yo‘q. Axir bu bola bo‘lsa, har bir narsani ko‘rishi, o‘rganishi lozim. Unga sovg‘a bo‘lsin dedim, ko‘rib turganingizdek ikkalamiz ham shu yerdamiz.

📘 Aziz Nesin: “Tayoq yemasdan turolmayman

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

​​«…yulduzlar yiroqligidan, oy oydinligidan, oftob otashligidan, yer yumshoqligidan, tosh qattiqligidan, suv suyuqligidan, tun qorong‘iligidan, yo‘l uzunligidan norozi qichqirmoqda. Odamlar jim, odamlar jim, odamlar jim!»

Tasavvur qiling, notanish asarni o‘qiy boshladingiz. Roviy syujetni bayon qilyapti: do‘sti unga o‘zining do‘stining sirli o‘limi haqida hikoya qilyapti va shu asnoda u marhumning kundaligini o‘qib beryapti. Asosiy voqealar o‘zi shu kundalikda yozilgan, ammo ungacha o‘quvchi nechta hikoya ichidagi hikoyalardan o‘tib borishi, qancha dahshatlarni boshdan kechirishi kerak. Daftarni har bir hikoyachi o‘qiydi va esi og‘ib qolaveradi. Oxirida o‘sha daftarga yetib borgan o‘quvchini ham dahshat bosadi — men ham esdan og‘amanmi endi deb. Kompozitsiya shunaqa — kvest, labirint!

Qahramon haqiqat qidiradi, topadi, topgan haqiqatini ichda saqlasa, esdan og‘ib o‘ladi, birovga aytsa, o‘ldirishadi...

Temurpo‘lat Tillayevning «O‘lim o‘pqoni» sizga qo‘rquv bilan tango tushishni o‘rgatadi.

©️

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

#Parfimaniya

Vaqt o‘tkan sayin yo‘qotganlaringizning alami kattarib o‘zingizning yo‘qolib borayotganingizni his qilib yashar ekansiz. Hamma yillar, hamma oylar, hamma soatlar ayriliqlardan iboratdek tuyuladi men uchun. Xayolimda iztiroblar sira kamaymadi, aksincha ortib bordi. Chorasiz sayyoramiz inson faryodini ko‘tarib aylanaverdi, aylanaverdi.

Hech narsani tugataolmadik. O‘lim ko‘zimizni to‘sib turaverdi.

Nahotki, zulm abadiy bo‘lsa, nahotki ezgulik bu qadar zaif. Hazrat Navoiy aytganlaridek, «g‘amingga chorasizlik chora bo‘lmish».

Chorasizlik Insonni yerga urib, osmonga otadi. Bas qiling aldoqni, yovuzlikni, deb bo‘shliqqa hayqirasiz. Hayqirig‘ingizning ichiga cho‘kib ketasiz.

Lekin, noumid shayton, yaxshi kunlar albatta oldinda bor.

Inson Umidi bilan Inson.

Rauf Parfi «Hukmnoma»

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…
Subscribe to a channel