kitoblar_apk | Unsorted

Telegram-канал kitoblar_apk - Mobil kutubxona

12942

Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

Subscribe to a channel

Mobil kutubxona

…Ayrim shaxslar (sening yoningda yursalar ham aslida) senga emas, balki sen orqali amalga oshadigan ozlarining ehtiyojlariga, manfaatlariga muxlis boladilar. Ehtiyojlari ozgarishi bilanoq senga muxlisliklari ham ozgaradi.

Hayot qisqa. Uni oʼzingni oqlashga urinib, behuda oʼtkazma. Seni yaxshi koʼradiganlar senda doimo yaxshilikni koʼrishadi. Seni yomon koʼradiganlarni esa hech qachon rozi qila olmaysan!

Sen bilan birga kulgan insonni kun kelib
unutishing mumkin, ammo birgalashib yigʼlagan insonni hech qachon unutolmaysan...

"Kesik qanotlar" kitobidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🇷🇺 Рус тилидан 2 кун бепул жонли дарс!

🎯 Рус тилини энди ўрганишни бошлаган бўлсангиз, ёки

анча вақтдан бери ўрганиб, лекин ҳали ҳам сўзларни тўғри боғлай олмаётган бўлсангиз — бу дарс айнан СИЗ учун! 🫵

🚀 Дарслар онлайн тарзда, тўғридан-тўғри йопиқ Telegram каналда ўтказилади.


📌 Жойлар чекланган!
Каналга ўтинг ва дарсларда БЕПУЛ иштирок этинг! 👇

/channel/+HQ7jIuHD9hUzOWYy
/channel/+HQ7jIuHD9hUzOWYy

Читать полностью…

Mobil kutubxona

РУС ТИЛИ онлайн разговорный курс ва С1 сертификат учун таййорлов

✅ Гурух 3 кишилик-300 минг
🤝 Гурух 8 кишилик- 200 минг
💼С1 сертификат учун -300 минг
☑️индивидуальный- 1 укувчи 500 минг


☑️ 🔴 РАЗГОВОР ЧИКАРИШГА КАРАТИЛГАН ДАРС

☑️🔴 ДАРСЛАР ХАФТАСИГА 3 КУН ЖОНЛИ ДАРС

☑️🔴 ДАРСДАН ТАШКАРИ ДОИМИЙ ТЕСТ ВА ВИДЕО ГУРУХИДА ИШЛАШ

✔️🔴 Нольдан В2 даражасига обчикиш


Админ. @TchLova

/channel/+BWeBi7B1M8ZlOWEy

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🔥 0 dan Boshlab Turk Tili Qisqa Muddatda Oʻrganishni Xohlaysizmi? 🔥
Vaqt oz qoldi — biz bilan intensiv tayyorgarlikni boshlang!
💡 Haftada 4 kun jonli dars
📚 Davomiyligi 3 oy B2 ga qadar

⚡️Har bir oʻquvchi bilan individual ishlanadi
⚡️Har dars konuşma yangi lugʻatlar, quiz testlar
⚡️Gramatika eng oson usullarda tushuntiriladi
👩‍🏫 Ustozalar Muhayyoxon Tursunova Nigora Nabiyeva C1 daraja
✅ Dars sifati va nazorat kafolatlanadi!

💰Narx: 200 ming so'm (1oy uchun)
Namuna dars beriladi!
Darslarimiz haqidagi fikrlar 🫴/channel/natijalar_Tursunova

Guruhga faqat ayol qizlar qabul qilinadi

Batafsil @Tursunova0204 ga yozing

/channel/+NDL4QJEKGcg3Y2Ni
/channel/+NDL4QJEKGcg3Y2Ni

Читать полностью…

Mobil kutubxona

1️⃣ SPEAKING 8.5 maqsadmi?
2️⃣ 32 kun — jonli dars har kuni
3️⃣ Real feedback, band tahlil, mock
4️⃣ Demo 18–19 okt 2025 | 21:00
👉 Join:
/channel/+9YvHVu5fUEo2NzEy

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Hech narsa soʻramagan ayol haqiqatda hamma narsaga haqli ayoldir. Lekin uni koʻp kutishga majburlama...

Xalil Jubron Xalilning «Kesik qanotlar»

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Olimlardan biri shunday degan edi:
“Domla, farzandimga kunda uchta kitob o’qib berdim, ammo uni kitob o’qishga qiziqtira olmadim”.
Ichimda dedim:
“Ustoz, siz bolani bezdirib yuboribsiz. Bolaga bir kunda uchta kitob o’qib bersangiz, albatta, mutolaani yomon ko’radi-da”.
Eng yaxshi ko’rgan mevamiz olma bo’lsin. Bir dona tortiq qilinsa, rahmat aytib, maza qilib yeb olamiz. Ikkinchi va uchinchilarni ham bir amallab yeymiz, ammo qo’limizga tinimsiz olma berilib, yeyish talab etilsa, albatta, olma biz uchun ozuqa, shifo emas, balki zahmat, balo bo’ladi. Hayotini kitoblardan qurilgan devor bilan o’rasangiz, bolaning joniga tegasiz. Shuning uchun maqsadingiz uning o’rganishidan ko’ra qiziqishiga, yoqtirib qolishiga sababchi bo’lishingiz kerak. O’rgatishga yopishib olmay, avvalo, qilayotgan ishidan zavqlanishiga sharoit yarating.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Odam oʻzini samimiy tutmasa, yolgʻon soʻzlasa, oʻzi sezmagan holda ezilib, stulga yopishib, nimadandir yashirinmoqchiday, hatto oʻzining gapidan oʻzi qoʻrqqanday harakat qiladi. Agar odam xatarni his qilsa, oʻz fikri, gapi, gʻoyasiga ishonchi boʻlmasa, bu uning tashqi koʻrinishida aks etadi.

Bunday kishilar xiyol egiladi, baʼzilari boshini boʻyin ichiga tortadi. “Toshbaqa shaklini olayotgan kishiga nazar soling. Oʻzini noqulay sezadi, ochiq joyda yashirinishga urinadi. Bu noqulaylik va xatardan choʻchish belgisidir. Kitob insonning ana shunday sirli holatlari va bu holatlarning tahliliga bagʻishlanadi.

Jo Navarro: Siz nimani oʻylasangiz men oʻshani koʻraman🧐

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

⏳“G’arbning o’limi”

Mazkur kitobni mutolaa qilgan kishining nazarida muallifning ko’pgina fikrlari o’ta bahsli, hatto biryoqlama bo’lib ko’rinishi mumkin. Biroq, demografik vaziyatning keskinlashuvi, kishilarning ongi va dunyoqarashidagi o’zgarishlar, azaliy urf-odat va qadriyatlarning yemirilayotgani, g’arb oilasining tanazzulga yuz tutayotgani, immigratsiyaning tobora keskin tus olayotganini tasdiqlaydigan ma’lumotlar hech kimni befarq qoldirmasa kerak.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“TOQAT” 🌾

Hokimiyat zararli mazmunga ega kitoblarni
Yoqishga buyruq berganda,
Gulxanga tashlanadigan kitoblar ortilgan
Ho’kizlarni qamchi bilan har tomondan haydashganida,
Bir quvg’indagi muallif, yaxshilardan biri
Yoqiladigan kitoblar ro’yxatini ko’rdi va to’satdan
Daxshatga tushdi.
Ko’rdiki, uning asarlari bu ro’yxatda yo’q.
Unutilgan.
U shoshib o’tirdi maktub bitmoqqa,
G’azab bilan hukumatga xat yozdi.
“Meni ham yoqinglar!”-uning uchar qalami yozdi.
Meni tashlab ketmang, bunaqa qilmang!
Nahot? Men yozgan kitoblarda haqiqat yo’qdir?!
Haq kitoblar yoqilayotganda siz
Menga yolg’onchiday munosabat qilyabsiz!
Agar Haqni yozmagan bo’lsam,
Buyuraman:
“Meni yoqinglar!”

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

50 yil oldingi hayotni tasavvur qilolasizmi?

Ota-onangiz, yoki yoshi sal kattaroq odamdan soʻrasangiz "sovet" paytini maqtaydi, buning asosiy sababi propogandada yotadi, lekin aslida-chi?!

Statistik ma'lumotlarga qaraganda biz hozir 50 yil avval yashagan avloddan ancha yaxshi hayot kechirmoqdamiz:
-yaxshi oylik, koʻproq tanlov, avtomatlashkan ishlar, osonlashkan imkoniyatlar;

Roʻyhatni davom ettirishim mumkin, lekin maqsaddan uzoqlashib ketmay deyman.

50 yil oldin 81% aholi asosan jismoniy ish qilgan, zavodlarda chiroqlar oʻchirilganda ishni ham zavodda tashlab kelishkan. Biz-chi, hozirgi kunda aksariyat odam aqliy ish qiladi.

Hayot tarzimiz yaxshilashkani bilan - stress, depressiya, oʻzini joniga qasd qilish va notoʻgʻri psixologik muammolar ham paydo boʻldi.

Sababi nima deb oʻylaysiz, meni xayolimga faqat bir narsa kelyapti - ozodlik.

Biz hayotimizni gadgetlarga, internet, moda va odamlarni fikriga qaratib qoʻyganmiz.

Turli-xil firklardan esa qutilolmay sarsonmiz. Miyamizni tinmay ishlatamiz.

Ishingizni tugatkan joyingizda tashlab dam olishga odatlaning.

Yaqin 5-10 yillikda tabiiy mashgʻulotlarga boʻlgan xohish oshishi aniq. Chunki biz mehnat qilib katta boʻlganmiz, stress'ga botib emas.

O'zingizni eshitishga intilish uchun esa qo'shiling @AkbarNosirov_Shaxsiyblog

Читать полностью…

Mobil kutubxona

РУС ТИЛИ онлайн разговорный курс ва С1 сертификат учун таййорлов

Октябрь ойи учун набор очилди 👇👇👇

✅ Гурух 3 кишилик-300 минг
🤝 Гурух 8 кишилик- 200 минг
💼С1 сертификат учун -300 минг
☑️индивидуальный- 1 укувчи 500 минг


☑️ 🔴Грамматика+ сузлашув тезлаштирилган осон методикаси

☑️🔴 Фан устозларига рус синфларда дарс бериш учун

☑️🔴 Россиядан укийдиган мигрантлар учун дарс

✔️🔴 Нольдан В2 даражасига обчикиш

☑️🔴 Сухбатга, рус филологияси талабалари ва иш фаолияти учун таййорлов


Админ. @TchLova

/channel/+BWeBi7B1M8ZlOWEy

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“...baxtsiz millatning biri ikki boʻlmay, shu qolajagi boʻlsa, muteʼlik unga sharafli qismat boʻlib bitilmish ekan...”

"Qonli gullar vodiysi"

1918-1920 yillarda Fargʻonaning minglab erksevar yigitlari boshini bir qilib, din va millat shaʼni uchun kurashdi. Mana shu kurash Baxtiyor Abdugʻafurning “Madaminbek. Qonli gullar vodiysi” roʻmonida badiiylashtiriladi. Bu roʻmon nafaqat kurash, balki soʻngsiz afsus-nadomatlar, armonlar haqida hamdir. Millatimizning qora kunlarga batamom hukm qilinishi haqidagi bir tarixdir. Bu armonli kechmishni har bir musulmon oʻqishi lozimdir. Zero, tarix ulugʻ murabbiydir!

Oʻzligini anglashni, salaflaridan ibrat olishni va kelajagini mustahkam asosga qurishni istagan millat kishilariga Baxtiyor Abdugʻafur qalamiga mansub “Madaminbek. Qonli gullar vodiysi” kitobini oʻqishni tavsiya qilaman.

©️Mubashshir Ahmad

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Yusuf alayhissalom zindonband etilgandan keyin zindonlar hikmat uyiga aylangan...

Yusuf alayhissalom quduqqa tashlashdan avval akalari tomonidan do‘pposlanganlarida tabassum qilgan ekanlar, akalari nega tabassum qilayapsan deganlarida ''Kuchli akalarim bor, hech kim meni urolmaydi!'' deb yurardim Alloh meni sizlarga urdirdi...
Allohdan o‘zgaga suyanishning oqibatini ko‘rib kulyapman... dedilar

Adam Uzkusaning ''Tutqun'' kitobidan

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Qish: “Bahor mening qalbimda” desa, unga kim ham ishonardi?

Jubron Xalil Jubronning ''Kesik qanotlar'' kitobidan...

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Ishdan charchab keldim. Ust-boshimni almashtirib, biroz dam olish uchun mehmonxonaga kirdim. Qarasam, ikkita farzandim “O’yinchoqlar tarixi-3” multfilmini berilib tomosha qilishyapti. Gazeta olib, bolalar yoniga o’tirdim.
So’ng bolalarga qaradim. Bolajonlarim biram yoqimtoyki. Ular bilan birga maroqli vaqt o’tkazgim keldi. Bolaligimdagi qiziq xotiralardan gapirishni boshladim.
Gapirganim sari bolalarning ko’zi yanada porlay boshladi. 2 yoshli farzandim ham ekrandan o’girilib menga qarab turardi.
O’zimdan “Men hozir “Pixar” mahsuloti, million dollar sarflangan shu “O’yinchoqlar tarixi” multfilmidan qiziqarliroqmanmi?” deb so’radim. Hikoya qilib berganim sari savollar yog’ildi, savollar yog’ilgani sari jo’shib, gapirishda davom etdim.
Birozdan so’ng gilamda bolalar bilan kurash tushishni boshlab yuboribmiz. Ko’zoynagimni yechib, divanga uloqtirdim.
Farzandlarim bilan turli harakatlar ishlatib kurash tushar ekanmiz, “Pixar” ga ajoyib bir professional zarba berdim. 6 yoshli o’g’lim meni mag’lub etdi.
Yerda yotibman. Bolalar “Dadamni yengdik!” deb baqirishyapti. Men esa texnologiyani yengganimga chin ko’nglimdan zavqlanyapman.

«Virtual dunyoda ota-onalik mashaqqati» kitobidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Mashhur psixoanalist va ijtimoiy faylasuf Erix Fromm millionlab insonlarga sevgi uchun yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish orqali boy va samarali hayotga erishishga yordam berdi. Ushbu samimiy kitobda u bu gʻayrioddiy tuygʻu hayotingizning barcha yoʻnalishini qanday oʻzgartirishi mumkinligini koʻrsatib beradi.

Koʻpchilik sevgiga boʻlgan qobiliyatini haqiqatan ham muhim boʻlgan darajada rivojlantira olmaydi bu - yetuklik, oʻz-oʻzini bilish va jasorat bilan birlashtirilgan sevgi. Sevishni oʻrganish, boshqa sanʼatlar singari amaliyot va diqqatni jamlashni talab qiladi. Hatto boshqa har qanday sanʼatga qaraganda, u chinakam mulohaza va tushunishni talab qiladi.

Fromm asarida sevgini har tomonlama tadqiq etadi — yolgʻon tushunchalar va yuksak umidlarga botgan ishqiy sevgini emas, balki ota-ona, bolalarga boʻlgan sevgi, oʻzini sevish va Xudoga boʻlgan muhabbatni ham oʻrganadi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

"Raqamlar uchun yaralgan idrok"

Fanlarni oʻzlashtirishga qiynalayotgan talaba boʻlasizmi yoki lavozimda yuqorilash uchun yangi bilimlarni oʻrganishi kerak boʻlgan xodim, “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobi ushbu muammoni yechish uchun zarur vositalarni taklif qiladi. Kitobda aniq va tabiiy fanlarni oʻrganishning samarali usullari keltirilgan. Turli hiylalar, masala yechish, tahlil va yodlashning noodatiy usullari sizga qoʻl kelishi hamda fanlarga qiziqishingizni oshirishi shubhasiz. Kitobni oʻqib, siz miyadagi neyronlar tarmogʻining chinakam egasi boʻlishga oʻrganasiz, shuningdek, miya ikkita rejimda ishlashi, chalgʻib turish foydalari hamda tasavvur kuchi haqida bilib olasiz.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Usmoniylarning Ka’bai muazzamaga haddan ziyoda ehtirom ko’rsatgani bu ta’mir asnosida yaqqol ko’zga tashlanadi.
Sulton Murod davrida sel toshqini ro’y berib, Ka’baning ikki tomoni cho’kadi.
Ka’bani ta’mirlash uchun Rizvon og’ani darhol Ka’baga yuboradilar. Tekshiruv ishlarini olib borgan me’mor cho’kkan joylarni ta’riflar ekan, Ka’bai muazzama haqida “yiqildi”, “cho’kdi” deb ta’birlash odobsizlik deb, shunday ifoda qo’llaydi: “Ka’batullohning falon, falon qismlari sajdaga boribdi”.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Ishdan charchab keldim. Ust-boshimni almashtirib, biroz dam olish uchun mehmonxonaga kirdim. Qarasam, ikkita farzandim “O’yinchoqlar tarixi-3” multfilmini berilib tomosha qilishyapti. Gazeta olib, bolalar yoniga o’tirdim.
So’ng bolalarga qaradim. Bolajonlarim biram yoqimtoyki. Ular bilan birga maroqli vaqt o’tkazgim keldi. Bolaligimdagi qiziq xotiralardan gapirishni boshladim.
Gapirganim sari bolalarning ko’zi yanada porlay boshladi. 2 yoshli farzandim ham ekrandan o’girilib menga qarab turardi.
O’zimdan “Men hozir “Pixar” mahsuloti, million dollar sarflangan shu “O’yinchoqlar tarixi” multfilmidan qiziqarliroqmanmi?” deb so’radim. Hikoya qilib berganim sari savollar yog’ildi, savollar yog’ilgani sari jo’shib, gapirishda davom etdim.
Birozdan so’ng gilamda bolalar bilan kurash tushishni boshlab yuboribmiz. Ko’zoynagimni yechib, divanga uloqtirdim.
Farzandlarim bilan turli harakatlar ishlatib kurash tushar ekanmiz, “Pixar” ga ajoyib bir professional zarba berdim. 6 yoshli o’g’lim meni mag’lub etdi.
Yerda yotibman. Bolalar “Dadamni yengdik!” deb baqirishyapti. Men esa texnologiyani yengganimga chin ko’nglimdan zavqlanyapman.

«Virtual dunyoda ota-onalik mashaqqati» kitobidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📜Yusufiy aql egasi ishning soʻngiga qaraydi, havoyu havas Zulayxosi shu soat bilangina oziqlanadi.

📜Yusufni aql qaytardi, Zulayxodan tabiati ustun keldi.

📜Donishmandlardan biri aytdi: “Insonning biror kishini aldamasligi
uning hushyorligidan, biror kishiga aldanmasligi esa aqlining
komilligidandir”.

📜Kim jazolanishga ishonsa, yomonlik qilmaydi.

📜Neʼmatni yoʻqqa chiqarishda zulmdan koʻra tezroq narsa yoʻq.

"Unvonul bayon" kitobidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📘 Milliy sertifikatga tayyorgarlikni biz bilan boshlang!
🧮 Har kuni yangi testlar, izohli yechimlar va to‘liq tahlillar!
✅ Avvalgi yillarda chiqqan savollar
✅ Har bir mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar
✅ Tez eslab qolish uchun formulalar va grafiklar

🎓 Natijaga yo‘naltirilgan tayyorgarlik!
Bilimingizni sinovdan o‘tkazing, Milliy sertifikat sizniki bo‘ladi!
Kanal linki:https: t.me/mathematic_matematika
📲 Obuna bo‘ling — bilim bilan g‘alaba qozoning!
/channel/mathematic_matematika

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🌸 Xotin-qizlar uchun maxsus individual ingliz tili kursi!
🎧 Siz istagan vaqtda o‘qish, 100% shaxsiy yondashuv.

📚 3 oyda:

0 dan → A2/B1

A2/B1 dan → B2/C1


🎯 Video va audio darslar, har bir mashq tahlili oʻqtuvchi tomonidan va uyga vazifalari bilan.
Uyda, bola bilan yoki ish orasida ham o‘qish mumkin 💕
Toʻliq maʼlumot uchun
/channel/tilbilganelbiladii

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🎓 IDM – O‘quv markazlar uchun qulay monitoring tizimi!

📊 IDM — bu imtihon va davomat jarayonini avtomatik boshqaruvchi zamonaviy tizim.

💡 Asosiy xususiyatlari:
✅ 1000 dan ortiq o‘quvchini qamrab oladi
✅ 20 tagacha guruh bilan ishlash imkoniyati
✅ Internetsiz ham ishlaydi
✅ Ma’lumotlar kunlik, oylik va yillik tahlil shaklida ko‘rinadi

🕒 Shanba soat 20:00
📍 IDM tizimidan foydalanishni o‘rgatuvchi bepul vebinarlar!

💬 Vebenaryda ishtirok etish uchun havola: @IDMrepetitor

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“Ehtiyotkorlik nima?” deb soʻralganida, arablardan biri aytdi: “Modomiki, bir narsaning rioyasini qilgan ekansan, shu holatni saqlash va kifoya qiladigan darajadagi narsadan ham uzoqroq turish”. “Ojizlik nima?” deb soʻralganida, aytdi: “Ojizlik – imkondan oldin va zamon bilan oʻzaro kelishuvdan ilgari shoshilish”. “Majd nima?”– deyilsa: “Ulugʻ ishlarni bino qilish, qarz-u majburiyatlarni koʻtarish, muhim holatlardan xabardorlik va nafsni harom qilingan ishlardan toʻsish” – dedi. “Sharaf nima?” deb soʻralsa, dedi: “Qoʻshnilarga saxovat, qadr-qimmatni pok saqlash, xoh boy, xoh kambagʻal holatda soʻralgan narsani bera olish”. “Muruvvat nima?” deyilsa, aytdi: “Yuksak himmat va oʻzni yomon otliq boʻlishdan saqlash”. “Hilm nima?” deb soʻralsa, dedi: “Nafrat oʻtini oʻchirish, gʻazablangan paytda nafsni tiyish va jazolashga qodir boʻlaturib, kechirib yuborish”.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

"Xolid ibn al-Valid"

Muallif asarni yozishda aniq tarixiy manbalarga asoslangan, qolaversa, jang bo‘lib o‘tgan hududlarni shaxsan borib ko‘rgan, xaritalarini shakllantirgan. Kitob islomning dastlabki, muhtasham yillarida sodir bo‘lgan janglar va voqealarni jonli tarzda tavsiflagani bilan ahamiyatlidir.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

KOʻPAYIB KETAYOTGAN VAZIRLIKLAR, QOʻMITALAR VA AGENTLIKLAR HAQIDA ERTAK (Mehnatkash chumoli rolida xalqimiz)

... Pashsha raislik qilgan majlisda bir xodimni qisqartirish masalasi koʻndalang qoʻyiladi. Uzoq baxs-munoza
ralardan soʻng chumolini ishdan boʻshatishga qaror qabul qilishadi. Chumolini ishdan bo’shatilishiga quyidagi muhim asoslarni keltirib oʻtishadi:
1). Chumoli doim ishi koʻpligidan nolishi;
2). Chumoli doim boshqa xodimlardan oyligi kamligidan nolishi;
3). Pul mukofotlari olmaganligi uchun eʼtirozlari;
4). Doim qoʻshimcha chumoli olish haqidagi talablari;
5). Ishdan kech ketib, ertasiga ishga kech qolib kelishi va xokazolarni inobatga olib bir ovozdan chumolini ishdan bo’shatishadi.

Ishdan boʻshagan chumoli oʻzini avvalgi sevimli ishiga qaytganidan bagʻoyat xursand va baxtiyor holatda oʻz sevgan ishini davom ettiribdi...

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Ikki kishining oʻrtasidagi masofalarning eng yomoni - tushunmovchilikdir.

Jubron Xalil Jubronning "Kesik qanotlar" kitobidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“Yigirma bir yoshdaman, ammo yigit emasman. Yigit kishi, haqiqiy er kishi boʻlganimda Istanbulni qaytarib olardim. Mard boʻlganimda Rimga koʻz tikkan boʻlardim. Vaholanki, burnimning tagidagini ham koʻrishga ojizman. Nomardlar bizni qoʻgʻirchoqqa aylantirib qoʻydi. Jilovim ularning qoʻlida. Tayyorlov kursi, imtihon, universitet... Birgina qiladigan foydali ishim test yechish. Ancha avval oʻzgartirilishi lozim boʻlgan tizim izmida yuribman. Istanbulni yoʻqotdim, Bagʻdodni yoʻqotdim. Quddusni boy berdim. Rimni unutdim. Maqsadlarim oddiy: yaxshi fakultet, baland maoshli ish, iloji boʻlsa goʻzal rafiqa, ishlaydigan boʻlsa, yanada yaxshi. Axir bu davrda birgina erkakning topgani nima boʻlardi? Yashash qiyin. Keyin yaxshi uy, undan keyin yangi mashina, bola-chaqa, xullas, shu tarzda yashab oʻtamiz. Eh, meni kim shu koʻyga soldi?..”

Umar Foruq Doʻnmazning “Hamza” asaridan

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Zulmat mavjud emas, Nursizlik bor xolos...

Kitob insonni, inson dunyoni o'zgartiradi...

"Insonning ozgina narsaga juda xursand yoki xafa bo'lishi uning qalbi zaif ekanligidan dalolat".

''Iymon va huzun'' kitobidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…
Subscribe to a channel