kitoblar_apk | Unsorted

Telegram-канал kitoblar_apk - Mobil kutubxona

12942

Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

Subscribe to a channel

Mobil kutubxona

Umuman olganda, texnologiyadagi rivojlanish manipulyativ diktaturalarning ham samaradorligini oshirdi. Internet qulayligi sabab bugun diktatorlar katta kapital sarf qilmasdan turib butun aholining axborot iste’moliga ta’sir ko’rsata oladi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali davlat tomonidan ishlab chiqilgan propaganda aholining muayyan qismlariga maxsus shaklda yetkazilib, hukumatning legitmligi mustahkamlanadi.
Oqibatda, yangi informataion texnologiyalar manipulyativ diktaturalarni klassik diktaturalarga nisbatan ko’proq mustahkamlaydi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Tibbiy diagnostika faqat boylar uchunmi?

— yo’q, u endi barcha uchun BEPUL🔥

Bot’ga kirib sog’lig’ingiz bilan bo’layotgan muammolarni yozing, u sizga simptomlaringizga qarab birlamchi tibbiy maslahatlar va ishonchli tavsiyalar beradi.

📌Kasallikka oldindan chora ko’rish, bepul diagnostika qilish imkoniyatini qo’ldan boy bermang.

Bot patentlangan, dalillarga asoslangan tibbiy protokollarga asosida ishlaydi. U ishonchli tibbiy manbalar bazasi asosida javob beradi.


Link👉🏼 : @SinoAIAgentBot

Читать полностью…

Mobil kutubxona

1918-1920-yillarda Fargʻonaning minglab erksevar yigitlari boshini bir qilib, din va millat shaʼni uchun kurashdi. Mana shu kurash Baxtiyor Abdugʻafurning “Madaminbek. Qonli gullar vodiysi” romanida badiiylashtirildi. Bu asar nafaqat kurash, balki soʻngsiz afsus-nadomatlar, armonlar haqida hamdir. Millatimizning qora kunlarga batamom hukm qilinishi haqidagi bir tarixdir. Bu armonli kechmishni har bir musulmon oʻqishi lozimdir. Zero, tarix ulugʻ murabbiydir!

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🌾Najot yo‘li qaysi? Biz nimalar bilan band bo‘lishimiz kerag-u, nima bilan bandmiz?

Yagona najot yo‘li — butun olam saltanati Sultoniga banda bo‘lishdir. Alloh yerni Odam avlodiga bo‘ysunishi uchun, inson qalbini esa Uning ilohiy ulug‘vorligiga mahkam bog‘lanishi uchun yaratgan.

Biz hozir hayot yo‘lida yovuz nafsga berilib, Alloh yo‘lida panoh topishni unutganlardanmiz!

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🔖Hadicha onamizning laqablari “Tohira” bo’lgan. Islomdan keyin esa “Kubro” sifati bilan tanildilar.

🔖Rasul alayhissalomning ilk ayoli, islomni qabul qilgan birinchi inson edilar.

🔖Ular vafot etgan yillari “Mahzunlik yili” deb nomlangan.

🔖Tirikliklarida jannat xabarini olgan bo’lib, o’limlaridan keyin ham dugonalari Habibimiz sollallohu alayhi vasallam tomonidan ziyorat qilinganlardan edilar.

🔖Rasululloh tomonidan: “Vallohi, menga undan yaxshisi qaytib berilmadi” deya e’tirof etilgan edilar.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

⚓️ Hokimiyat o‘z yolg‘onlari asiri bo‘lganligi uchun soxtakorlikka ehtiyoj sezadi. O‘tmishni, bugunni, kelajakni va statistikani qalbakilashtiradi.
U o‘zini qudratli va zo‘ravon politsiya apparati mavjud emasday tutadi. Inson huquqlariga rioya qilayotganini surbetlarcha ta’kidlaydi. Muvofiqlikni muvofiqlik ortiga yashiradi.
⚖️U yoki bu diktaturaning faoliyat doirasi qanchalik tor va jamiyat madaniyatsiz bo‘lsa, diktatorning xohish-irodasi ham shunchalik ochiq: aytaylik, "yalang‘och" intizom, "dunyoga murakkablashtirilmagan munosabat" (o‘zining sharafsiz diktator ekanligini dunyo hamjamiyatidan yashirmay totalitar boshqaruvda davom etish) va "o‘z-o‘zini dafn" (ya’ni, diktatura o‘z o‘lim urug‘ini o‘zi bilan olib yuradi) qilish orqali amalga oshiriladi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Abdurrahmon Mag’ribiy rohmatullohi alayhdan hikoya qilinadi. U kishi shunday dedilar: “Menga aytib berishdiki, “Xallod ibn Kasir joni chiqqanidan keyin boshlarini tagidan riq’a (xat turi) topildi. Unda “Bu Xallod ibn Kasirga do’zaxdan ozodlik xati”dir deb yozilgan edi. Uning ahlidan “Bu kishining nima amallari bor edi?” deb so’ralganida, ahllari “U kishi juma kuni ming marotaba “Allohumma solli a’la Muhammadin Nabiyyil ummiy” deb salavot aytar edilar” dedi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

⌛️O'tmishning asiri, kelajakning quli. Biz yo o'tmishning asiri, yoki kelajakning quli bo'lganimiz bois uning ichidagi vaqtni qadrlamaymiz.

🕰Kecha o'tdi, ertangi kun – orzu, bugun esa – Robbimizdan bizga bir in'omdir. Keling, ushbu kundan umr yo'ldoshimiz, farzandlarimiz, va qarindoshlarimiz bilan birga bahramand bo'laylik. BAXT – bu «yugurib» hayot kechirish emas, balki yaqinlarimizga vaqt ajratish, ayni lahzalardan unumli foydalanishdir.

❤️‍🩹Hayotimizda roʻy bergan ogʻriqli voqealarni har gal eslar ekanmiz, ularni yana yashab oʻtgan kabi tushkunlikka tushamiz, vujudimiz kimyosi oʻzgaradi. Bu holat bizdan sogʻligʻimizni tortib oladi. Demak, ayni damlarda yashaylik, oʻtmish gʻamlari yodi bilan emas. Shukr sabr, kengfeʼllik, xotirjamlik va ibrat bilan umr kechiraylik!

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Sahobalarni bilmayman-u, ammo munofiq Ubay ibn Salulning oʻzining iflos maqsadi yoʻlida bomdod namozini qoldirmaganini bilaman. Uning budilnigi boʻlmagan. Oʻsha davrda oʻzini musulmon koʻrsatib yurgan munofiqning ahvoli shunaqa boʻlgan. Ixlosli sahobalarni qoʻyavering.

Ajoyib narsa oʻqigan edim. Bir kishi buvisi haqida yozgan edi: “Buvim bizni bomdod namoziga uygʻotib: “Turinglar! Jannatda sonimiz kamayib qolishini istamayman!”, der edilar!”.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

✨“Boshimning toji”

"Hijob - yuk, uning o'ziga yarasha yuki bor"- deyishganini ko'p eshitamiz.
Aslida, nomahramlarning nigohini ortib yurish - yuk, nomahramni zinoga yetaklagan sochlar - yuk...bularning gunohi - buyuk yuk!

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

😊 “Koʻrinmas dunyo” kinosini koʻrdingizmi?

Mutolaa”da siz tinglayotgan har bir sifatli audiokitob ortida mas’uliyatli va jonkuyar insonlar mehnati mujassam. Ko‘zi ojiz xodimlar audiokitoblarni montaj qilish, tovushdagi eng kichik detallarni aniqlash va mukammal sifatga yetkazishda beqiyos hissa qo‘shmoqda.

Ular hayoti, orzulari va jamiyatdagi o‘rni haqida chuqurroq fikr yuritish maqsadida biz maxsus film suratga olindi. Bu film nafaqat bir loyiha, balki inklyuziya, inson qadr-qimmati va jamiyatimizning asl kuchi haqida boʻldi. Ushbu badiiy-publissitik filmni yosh ijodkorlar jamoasi suratga oldi.

https://youtu.be/re-j4WOi3vk
https://youtu.be/re-j4WOi3vk
https://youtu.be/re-j4WOi3vkj

Mutolaa ilovasini yuklab oling

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“O‘zing bilan olib kelasan”

Bir kuni Bahlul dono Horun ar-Rashid saroyiga ust-boshi changga botib, g‘amgin ahvolda kirib bordi.
Uni bu holda ko‘rgan xalifa xavotirlanib:
– Bu nima ahvol, qayerdan kelyapsan? – deb so‘radi.
Bahlul unga:
– Jahannamdan kelyapman, – deb javob berdi.
Xalifa hayron bo‘lib:
– Jahannamga nega bording, ey Bahlul? – dedi.
Bahlul dono:
– Olov olib kelishga borgandim, – dedi.
Xalifa:
– Xo‘sh, olov olib keldingmi? – deb so‘radi.
Bahlul:
– Yo‘q, maloikalar berishmadi, “Bu yerda olov bo‘lmaydi olovni dunyodan o‘zing bilan olib kelasan deyishdi”, – dedi.
Xalifa boshini egib:
– Haq gap aytding, ey Bahlul. – dedi va ko‘p yig‘ladi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Quyon ilmiy maqola yozib, muharrir Tulkiga olib boribdi. Tulki asarni ko‘rib chiqqach, unga o‘z nomini ham tirkash shartligini aytib:
— Buni Bo‘riga ko‘rsatib chiqay, uning ham nomi bo‘lgani ma’qul, — deya maslahat bilan Bo‘rining oldiga kirib ketibdi.

Bo‘ri ham bir-ikki qalam tekkizgandek bo‘libdi-da, asar mualliflarining ro‘yxatidan joy olibdi va asarni Sherga olib kirish lozimligini, u ruxsat bermasa asar bosilmasligini aytibdi.

Sherxon asarning birinchi betidagi mualliflar ro‘yxatini ko‘rgach:
— Bu yerda Quyon nima qilyapti? Uning nomini o‘chiringlar! — deb, muallif degan joyiga o‘zining Sherxon nomini yozdiribdi...

Shu bilan asar nashrdan chiqibdi.
...Asarning mavzusi esa sabzining xususiyatlari borasida edi...

©️

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Odamlar bilan to’la avtobusga chiqdim. Haydovchi orqa eshikni ochdi, hammamiz u eshikdan chiqdik. “Bepul ketar ekanmiz-da, deb o’ylab turgandim, hamma cho’ntagidan pul chiqarib haydovchiga uzatdi. Pullarning qaytimi ham yana qo’lma-qo’l qaytib keldi. Shu kuni men musulmon bo’lganlar bilan musulmon bo’lmaganlarning farqini angladim. Dunyoning hech bir yerida bunday holatni ko’rmagan edim.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

"Ichindagi ichindadur" Mavlono Rumiy

Insonni koʻrganlaringdan iborat deb bilma. Haqiqatning surati ichidadir, tashi shunchaki — manzara...

Roʻza — koʻngil koʻzini ochish uchun, jismni koʻr qiladi.

Qachonki jarohatimizdan shikoyat qilsak, undan battarogʻi bilan imtihon qilindik. Shuning uchun ham “Tavakkul yaxshidir” deydigan boʻldik...

​Foniy boʻlgan ishq yoʻqdir. Ishqlarning bari boqiydir. Farqi shuki, kimdir sanʻatkorning sanʻatini koʻrur, kimdir sanʻatkorning oʻzini...

"…Masalan, bir odamning ko'ngli farahlasa (quvonsa), demak, u kimnidir sevintirgan va undagi quvonch ana shu ishning mukofotidir. Xuddi shunday, insonning xafagarchiligi — uning boshqa birovning ko'nglini og'ritganiga munosib javob…"

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Kishilarning dilidagi islomiy ahkomlarga nisbatan bo’lgan shubhalar haqida yaxshilab o’ylab ko’rsangiz, hammasining asosiy sababi shuki, Alloh taolo va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ta’zimi va muhabbati qalblardan ko’tarilib ketdi. Muhabbat va ta’zim qolmagach, har bir hukmda yuzlab savollar paydo bo’laveradi. Davlatda biror qonun o’rnatilsa, mana bu qonunning qanday hikmati bor deb so’rashga hech kim jur’at etmaydi. Agar birortasi so’ragan taqdirda ham, javob beruvchi “qonun qoida shunaqa” deyishdan nariga o’tmaydi. Lekin islomning hukmlari va qonunlari haqida so’z borganida hech kim “Alloh taolo va Rasulullohning hukmlari shunday” degan gapni yetarli hisoblamaydi. Buning hammasi Alloh va uning Rasuli ta’zimi dillarda kamayib ketganiga dalolat qiladi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“Tushunmay bajarilgan har qanday ish qusrli bo‘lur”.

⚡️
Barchaga bir xil vaqt berilgan, biroq vaqtidan va imkoniyatlaridan oqilona foydalana olganlargina muvaffaqiyatga erishadilar.

⚡️Harakatlaringiz samarali bo‘lishi uchun istalgan ishni tushunib bajarish lozimdir.

⚡️Mazkur kitob orqali muvaffaqiyat yo‘lining asosiy bosqichlarini o‘rganing va mohiyatini anglab yetmasdan hozirda amalga oshirayotgan ba’zi harakatlaringiz yo‘nalishini to‘g‘rilang.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

РУС ТИЛИ онлайн ва оффлайн

ОСОНЛАШТИРИЛГАН рус тили 👇👇👇

✅ Гурух 3 -4 кишилик-300 минг
🤝 Гурух 5-6 кишилик- 250 минг
🔟 Гурух 7-10 кишилик -200 минг
💼 Запись дарслар -100 минг
☑️индивидуал-1 кишилик 600 минг


☑️ 🔴Грамматика+ сузлашув тезлаштирилган осон методикаси

☑️🔴 Фан устозларига рус синфларда дарс бериш учун

☑️🔴 Чет элдан дарс олувчилар учун кулай дарс вакти

✔️🔴 Нольдан В2 даражасига обчикиш

☑️🔴 Сухбатга, рус филологияси талабалари ва иш фаолияти учун таййорлов


Админ. @TchLova

/channel/+BWeBi7B1M8ZlOWEy

Читать полностью…

Mobil kutubxona

⚡️“Atom odatlar” — aniq maqsadga oʻzingizni oldindan qanday tayyorlash haqidagi sinalgan yoʻriqnoma!

Agar oʻrgangan feʼl-atvoringizni oʻzgartirish qiyin kechsa, muammo oʻzingizda emas, balki notoʻgʻri tutgan yoʻrigʻingizda. Yomon odatlar ularni oʻzgartirishni istamaganingiz uchun emas, balki notoʻgʻri oʻzgarishlarga amal qilayotganingiz uchun ham yoʻqolmaydi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“Men to’grilik orqasidan bosh ketsa “ih” deydirgan yigit emasman. Garchi men turlik bo’hton, shaxsiyat va soxtalar bilan, ham anglashmovchiliklar orqasida ikkinchi oqlanmaydurg’on bo’lib qoralandim. Loaqal ularning, qoralovchi qora ko’zlarning ko’ngli uchun bo’lsa ham menga oliy bo’lg’on jazoni bera ko’ringiz. Ko’nglida shamsi g’uboroti, teskarichilik maqsadi bo’lmag’on sodda, go’l, vijdonlik yigitga bu qadar xo’rlikdan o’lim tansiqroqdir”.
Samarqand. 1926-yil.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🛎 Merhaba Turk tiliga !!! 🇹🇷
💡 Sersifikat va suhbatlashish uchun zo‘r imkoniyat.
💻 Onlayn darsning imkoniyatlari katta- uydan chiqmasdan sizga qulay vaqtda jonli tarzda o'tiladi.
0 dan boshlab darslar📚✍
Oylik to'lov atiga- 145 ming so‘m
Kech soat 21:30
Ertalab 10:00
11:00
🎁 Bonusga - ... 4 kun dars , mavzularning  lug'atlari , pdf kitoblar, testlar to'plami,  vedio darslar
Darsga qo'shilish uchun: @kitap101

Ofitsalniy kanal: @turktilibaza

Shu darslarni ko'rib ishonchni oshiring.
/channel/maxsusdarskanali

Joylar soni cheklangan !!!

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“O’qish uchun berilgan yuklamaning oxirini stiker yopishtirib yoki xatcho’p qo’yib belgilash yaxshi odat. Bu qanchalik oldinga siljish bo’layotganini ko’rsatib turadi. Marra chizig’i ko’rinib turganida ishtiyoq yanada ortadi”.

🌐“Raqamlar uchun yaralgan idrok” | Barbara Oukli

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Alloh meni sen uchun Bayyina surasini o’qib berishimni buyurdi”,- deganlaridan ta’sirlanib, “Alloh meni ismimni tilga oldimi, ya Rasululloh, Robbul Olamiynning huzurida zikr qilindimmi?”
-Ha!
-Uning ko’z yoshlari to’kildi.
“U mening ismimni aytdimi”,- dedi va ho’ngrab yig’lab yubordi.

✨U kishi Ubay ibn Kaab roziyallohu anhu edilar.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Kim o‘z uyining jannatdek bo‘lishini xohlamaydi? Ha, er-xotin o‘zaro mehr-muhabbat bilan bog‘langan, hayot qiyinchiliklariga qarshi bir-birini qo‘llab-quvvatlagan, farzandlar mehr-oqibat va hurmat doirasida ulg‘ayadigan oila muhitiga ega bo‘lish barchaning orzusi. Afsuski, bugungi oilaviy masalalar beparvolik bilan tilga olinib, yechim topish o‘rniga ular hal qilib bo‘lmas holga kelmoqda, muammolar yana-da ildiz otib, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik avj olmoqda, ajrimlar yil sayin ortib bormoqda.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

✨ ”Sunani Dorimiy”

Nabiy alayhissalom: “Sizga Allohdan qo’rqishni, garchi, habash banda boshliq bo’lsa ham unga quloq solish va itoat etishni vasiyat qilaman. Chunki mendan keyin yashaydiganlar tez orada ko’p ixtiloflarni ko’radi. Shunda siz mening sunnatim va to’g’ri yo’ldagi xulofoi roshidinning yo’lini lozim tuting. Uni oziq tishlaringiz bilan tishlang. Dinda yangi paydo bo’lgan ishlardan saqlaning. Chunki dinda yangidan paydo bo’lgan har narsa bid’atdir” dedilar.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Imom Omir Shaʼbiy: “Biror narsani eshitsangiz, devorga boʻlsa ham yozib qoʻying. Shu sizga sahifadagi holatidan koʻra yaxshiroqdir. Bir kun kelib oʻzingizga kerak boʻlishi muqarrar”.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Safar | Adem Uzkusa

🛳 Safar qilishda sog'lik hamda ruhiy tetiklik uchun ham ko'p manfaatlar bor. Chunki safar tabiatan harakatga bog'liq bo'ladi va tabarruk joylar ziyorati kishiga ruhiy quvvat bag'ishlaydi.
Arab tilidagi "safar" so'zining yana bir ma'nosi ham "kashf etmoq, ko'rsatmoq"dir.

🪂Sayohat qilasiz - kashf qilasiz.
Hazrati Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vassalam hadisi shariflarida: "Safar qilinglar, sog'lom va rizq-u nasibali boʻlasizlar", deb marhamat qilganlar.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

​​“Haqiqat yo’li”

⚡️Islomga kalta oʻy va cheklangan qarash egalari tomonidan qattiq zulm qilingan. Bundaylar bilganini tan olib, bilmaganini inkor qilgan odamlardir.

⚡️Bilimsizlik aslida butparastlikdir. Chunki u fikr paydo qilmaydi, balki yukinadigan sanamlar yasaydi.

⚡️Buzuq dindorlikning ofati shundaki, unda hidoyat gʻilofi ostida havoi nafs yashiringan boʻladi.

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Minglab eshitgandan birlab ko‘rganning ta’siri ortiq bo‘lishi kerak edi. Endi shunisi qiziq, eng hayron qolarlik ishdurki, uyg‘urlar qon-qarindoshlari o‘zbeklar boshlariga kelgan shundayin ulug‘ ofat-balolarni ko‘ra-bila turib, ongsizlik, ilmsizlik kasofati sababli bundan ta’sirlanib qilchalik ibrat olmagan edilar.
Chunki, bu shum maslak rivojlanishiga ikki narsa: kambag‘allik, ongsizlik bo‘lishi albatta shartdir. Bular esa Rusiya tuprog‘ida, ayniqsa, Sharqiy Turkiston, Xitoyda to‘liq topilganlikdan dahriylar bundan foydalanib, shu sassiq maslaklarini bu o‘rinlarda joylashtira oldilar. Natijada qurol kuchi bilan majburiyat orqali xalq bo‘yniga yuklanib, shu kungacha tushirilmas og‘ir yuk bo‘lib ortilib qoldi.

- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🎁 Til bayrami uchun 2+1 aksiyasi: sovg‘ani o‘zingiz tanlaysiz!

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Asaxiy Books 2+1 aksiyasini e’lon qildi!
Istalgan 3 kitobni xarid qilasiz - ular ichidan eng arzoni sizga sovg‘a bo‘ladi.

Taklif har 3 kitob uchun amal qiladi:
6 ta olsangiz - 2 tasi, 30 ta olsangiz - 10 tasi sovg‘a! 😍

Aksiya faqat BUGUN amal qiladi, foydalaning:
• Asaxiy do‘konlari manzili: havola
• Onlayn buyurtma berish: asaxiy.uz/u/68f728142eae2

Buyurtmalar O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi. O‘zingizni va yaqinlarni bayramda xursand qiling!

Kanalga ulanish: @asaxiybooks

Читать полностью…
Subscribe to a channel