kitoblar_apk | Unsorted

Telegram-канал kitoblar_apk - Mobil kutubxona

12942

Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

Subscribe to a channel

Mobil kutubxona

Minglab eshitgandan birlab ko‘rganning ta’siri ortiq bo‘lishi kerak edi. Endi shunisi qiziq, eng hayron qolarlik ishdurki, uyg‘urlar qon-qarindoshlari o‘zbeklar boshlariga kelgan shundayin ulug‘ ofat-balolarni ko‘ra-bila turib, ongsizlik, ilmsizlik kasofati sababli bundan ta’sirlanib qilchalik ibrat olmagan edilar.
Chunki, bu shum maslak rivojlanishiga ikki narsa: kambag‘allik, ongsizlik bo‘lishi albatta shartdir. Bular esa Rusiya tuprog‘ida, ayniqsa, Sharqiy Turkiston, Xitoyda to‘liq topilganlikdan dahriylar bundan foydalanib, shu sassiq maslaklarini bu o‘rinlarda joylashtira oldilar. Natijada qurol kuchi bilan majburiyat orqali xalq bo‘yniga yuklanib, shu kungacha tushirilmas og‘ir yuk bo‘lib ortilib qoldi.

- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🔥 INGLIZ TILINI 0 DAN O‘RGANING YOKI DARAJANGIZNI OSHIRING! 🔥

💰 Atigi 150 MING SO‘M — 1 OYDA NATIJA KAFOLATLANGAN!

🎯 Darajalar:
Beginner
Elementary
Intermediate
Multilevel

📚 Kursda sizni kutadi:
👂 Listening – Inglizcha matnlarni tushunish
📖 Reading – Oson va tez o‘qish ko‘nikmalari
💬 Speaking – To‘g‘ri talaffuz va so‘z boyligini oshirish
✍️ Writing – Chiroyli va to‘g‘ri yozish
📘 Grammar – Eng kerakli qoidalarni sodda tushunish
🗣 Pronunciation – Har kuni talaffuz mashqlari
🔡 Transkripsiya – Inglizcha so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish
🧠 Vocabulary – Har kuni yangi so‘zlar va iboralar

💯 NATIJA KAFOLATLANGAN!
Agar kurs yoqmasa — pulingizni qaytaramiz! 💸

✉️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun yozing:
👉 @Teacher_Ravshanova

KURSLAR 7-YANVARDAN BOSHLANADI

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🌎 Ingliz tilini ONLINE o‘rganmoqchimisiz?
Men — Nodiraxon Daminova

KURS NARHI 💰
850.000 so'm INDIVIDUAL

🎓 Ta’limim:
📚Bakalavr — Singapur Menejementni Rivojlantirish Instituti (MDIST)
🌷 Magistratura — Xalqaro Westminster Universiteti (WIUT)
MA Learning and Teaching (TESOL) yo‘nalishida


Probniy dars pullik. 40.000 so'm.

📩 Murojaat uchun:
Telegram username:
@Nodira_Studies_eng

Читать полностью…

Mobil kutubxona

MADAMINBEK

Xoinlardan bezib ketgan yuragim,
Fargʻonani tutib turgan tirgagim,
Oʻzingizsiz Turkistonga keragim,
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Ot choptiring, otlar uchib oʻynasin,
Ochofatlar dunyosiga toʻymasin,
Qoʻrboshilar qurolini qoʻymasin,
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Mardni izlab tolganmikan koʻzingiz,
Sizni eslar mahzun, oʻgʻil-qizingiz,
Margʻilonda qolganmidi izingiz,
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Sado bergin, ey togʻlar sen sado ber,
Bizdek mute avlodlarni gado der,
Ozodligu, nomus uchun fido er-
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Shermuhammad, Ergashbek deb boʻzlarman,
Bu zaminda chin doʻst bormi, izlarman?
Bilmam qaysi manzillarni koʻzlarman,
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Siz ketdingiz paranjilar yoqildi,
Koʻkraklarga qizil bayroq taqildi,
Munofiqlar iymonini "oq" qildi,
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Kofirlarni qiysiratib oʻtdingiz,
Iymon, Islom bayrogʻini tutdingiz,
Siz gʻolibsiz, siz shahidsiz, yutdingiz,
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Yoʻllar uzun, yoʻllar sira bitmasmi?
Oʻris kofir boshimizdan ketmasmi?
Ona xalqim orzusiga yetmasmi?
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Siz yoʻq, masjid, madrasalar yopildi,
Chin erkakning aziz boshi chopildi,
Qancha kaslar gʻanimlarga sotildi,
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Duo qiling, Xudo bizni qoʻllasin,
Rahmi kelib, haq yoʻliga yoʻllasin,
Lablaringiz Kavsar bilan hoʻllasin,
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

© Ahror Aʼzam

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

G‘avvoslikning muhim bir qoidasi bor, unga ko‘ra chuqur suv tubiga sho‘ng‘igan inson suv yuzasiga ko‘tarilayotganda qatʼiy tartib va qoidalarga amal qilishi kerak, agar amal qilmasa vafot etishi mumkin. Bu "dekompressiya” deyiladi. Ayni jarayon siyosatda ham kuzatiladi: maʼlum bir totalitar rejim tubidan adolatlik hayotga ko‘tarilayotgan jamiyat ham siyosiy dekompressiya (destalinizatsiya, dekolonizatsiya va h.k.) talablariga rioya qilishi kerak. Agar rioya qilinmasa eski rejim asoratlaridan aslo qutilib bo‘lmaydi, balki u yana qaytalaydi Abulfayz Elchibey aytganidek: " Qulsifatlar ozod qilinsa, yo qullik davrini qo‘msaydi yoki bozordan o‘ziga quldor sotib oladi ".
  Taraqqiyot uchun, avvalo, insonning oʻzi taraqqiy etishi kerak, inson esa taraqqiyotni barpo qiladi, bu eng toʻgʻri yoʻldir.

©Vatslav Gavel (1993-2003-yillarda Chexiya Respublikasining prezidenti)ning " Kuchsizlar kuchi" asaridan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

O‘QISH
Qamoqdalik paytimda o‘qishga qattiq berildim. Mening qachon ko‘rishsa qo‘limda kitob bilan ko‘rishar edi. Yer yuzidagi biror-bir kuch mendan kitobni tortib ololmas edi.
Kitob o‘qish menga ajib eshiklarni ochdi. O‘qishni boshlab, kitob ichidagi maʼnolarni anglab borar ekanman, yangi olamni kashf qila boshladim. Go‘yo kitoblarni hazm qilib borar edim...
Qamoqxona kutubxonasidan u yerning qonunlari ruxsat berganidan ortiq kitoblarni ola boshladim. Bir kunda o‘n besh soatlab kitob o‘qishga qodir edim.
Kitob o‘qish mening hayotimni tubdan o‘zgartirib tashladi. Kitob o‘qishdan maqsadim tashkilotimning faoliyatini yaxshilash yoki uni tubdan o‘zgartirish uchun qandaydir guvohnoma olish emas edi. Men faqat fikran tirilishni istar edim xolos!

Malkolm X

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Shuncha gunohdan keyin kulishga xaqqing bormi Ey nafs?!

- Nafs olovini qanday so‘ndirsa bo‘ladi?
- Ehtiyojsizlik bilan, bolam. Hech narsaga bog‘lanma, ehtiyojing tushmasin, bolam. Kim qo‘l siltasa, boy bo‘ladi.

Tana qartaydi, ruh charchadi, lekin nafs hanuz navqiron.

Tarbiya - nafs va uning tasarruflarini aqlga bo‘ysundirishdir.
Masalan, aroq ichish, sigaret chekish, besoqolbozlik, g‘iybat va chaqimchilik kabi zohiriy hamda riyo, adovat, kibr va hasad kabi botiniy illatlarni aql zararli hisoblaydi. Kishi bu ishlarda aql chaqirig‘iga quloq solib, uning aytganiga kirsa, tarbiyali hisoblanadi. Aksi o‘laroq nafsining ko‘yiga tushib, aqlni inkor etsa va shu illatlar bilan yashasa tarbiyasiz bo‘ladi.

“Ma’rifatun nafs”

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Baribir bizga qolmaydigan dunyo uchun biz bilan qoladigan gunohlar qilmoqdamiz…

Malkolm X “Fitrat”

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Hammadan ham Maqsudbek hayratda edi. Tasavvurida rus harbiylarining hammasi dushman; ular bilan murosa qilib bo‘lmaydi. Shu kungacha hatm qilgan tavorixlarda, “Tarixi Aliquli amirlashkar”, “Tarixi jadidayi Toshkand”, “Tarixi Farg‘ona”yu “Tarixi Turkiston”lardan, yana qancha-qancha tarixlardan tasavvuri shunday edi: rus zobiti yoki askari gerdaygan, kalondimog‘, rahm-shafqatdan begona; faqat o‘ldirmoq, o‘lja haydamoq yoki siyosat qayg‘usida qamchi o‘ynatmoqni biladi, xolos. Rus zobitlari qarshisiga chiqayotgan Madaminbekni to‘xtatib, shu haqlarda so‘zlagisi, aytib qichqirgisi ham keldi. Lekin so‘nggi soniyalarda istihola g‘olib kelib, jurʼatiyu shashti so‘ndi. “Nahot bularni Bek aka bilmaydi?” – degan o‘y ko‘nglini hijil qildi...

“MADAMINBEK. QONLI GULLAR VODIYSI”

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

РУС ТИЛИ онлайн ДЕКАБРЬ янги йил олди кизикарли дарслар 🌨❄️☃️


✅ Гурух 3 -4 кишилик-300 минг
🤝 Гурух 5-6 кишилик- 250 минг
🔟 Гурух 7-10 кишилик -200 минг
💼 Запись дарслар -100 минг
☑️индивидуал-1 кишилик 600 минг


☑️ 🔴Грамматика+ сузлашув тезлаштирилган осон методикаси

☑️🔴 Чет элдан дарс олувчилар учун кулай дарс вакти

✔️🔴 Нольдан В2 даражасига обчикиш

☑️🔴 Сухбатга, рус филологияси талабалари ва иш фаолияти учун таййорлов


Админ. @TchLova 👇👇👇
🛎дарс вакти ( грухлар ва индивидуальный учун танлов вакт)
🛎толов учун ( толов олдиндан ва дарс записьларни эштиб куришиз мумкин)
🛎 библиотека гурухи учун( лугат, китоблар кино берилади)

/channel/+BWeBi7B1M8ZlOWEy

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Qasamki, umring tugʻilgan kuningdan emas, balki Alloh taoloni tanigan kuningdan boshlanadi.
•Sen haqiqiy sifatlaringni koʻrsat, U senga Oʻz sifatlari bilan madad beradi.
•Sen xorligingni koʻrsat, U azizligi bilan madad beradi.
•Sen faqirligingni koʻrsat, U boyligi bilan madad beradi.
•Sen zaifligingni koʻrsat, U quvvati bilan madad beradi.

Atoulloh Sakandariyning "Haqqa qara'' kitobidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

📚 Do’stlar, barcha rus-tili o’rganuvchilari e’tiboriga!

Книжный Клуб - Mibris — bu rus-tili va rus adabiyoti haqida juda foydali materiallar joylanadigan joy:
📖 Asarlarning chuqur tahlillari va sharhlari
🎧 Eng yaxshi audio kitoblar to’plamlari
✍️ Buyuk yozuvchilar va shaxslarning tarjimai hollari
📝 Rus tili haqida eng qiziqarli ma’lumotlar
💡 Adabiyot dunyosidan kutilmagan faktlar va qiziqarli viktorinalar.
Agar siz kitoblar haqida sifatli kontent va rus-tilini o’z ona-tilingizdek o’rganishga yordam beradigan joy izlayotgan bo’lsangiz —bu aynan siz uchun!

Bu yerda sizni ko’plab qiziqarli ma’lumotlar kutmoqda

Sizni kanalimiz safida ko’rishdan benihoya hursandmiz!

👉 /channel/mibris_books

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Biz oʻlimtik, choʻchqa goʻshti yemaydigan, biroq bir-birini yeydigan millatmiz.

Kimlardir oʻzini haq uchun qurbon qilishi oson, bunday insonlarni tarbiyalash ham qiyin emas. Asosiy masala - mana shu insonlarning fidokorligiga ega chiqadigan xalq topiladimi, yoʻqmi...

Adam Uzkusaning "Tutqun" asaridan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Odamda masʼuliyat hissi boʻlmasligi aybni birovga toʻnkash, oʻzini jabrdiyda his etib norozi boʻlish, oxir-oqibat ishni ortga surishga sabab boʻladi. Shaxsiy javobgarliksiz hech bir kompaniya yoki inson erkin bozorda muvaffaqiyatli raqobatlashishi, oʻz oldiga qoʻygan maqsad-vazifalariga erishishi, mukammal xizmat koʻrsatishi, ajoyib jamoaviy ishda qatnashishi va odamlarni professional oʻstirishi ehtimoldan juda yiroq.

Jon G. Millerning fikricha, kompaniyalar jabr koʻrayotgan bu muammolarni kimnidir ayblash orqali hal qilib boʻlmaydi. Masalaning chinakam yechimi shaxsiy javobgarlikni his etganimizdagina topiladi. Ushbu kitobda “Nima uchun hammasini biz bajarishimiz kerak?” yoki “Aybdor kim oʻzi?” singari salbiy va notoʻgʻri berilgan savollar odamlarda masʼuliyat yetishmasligidan darak beradi, deydi. “Vaziyatni yaxshilash uchun nima qila olaman?” yoki “Men qanday hissa qoʻshishim mumkin?” kabi toʻgʻri savollar esa hayotimiz va jamoamizni ham oʻzgartirib yuboradi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Men din dushmanlarining kuchidan qo‘rqmayman, aksincha musulmonlarning loqaydligidan
qo‘rqaman. Ular bizdan olgan narsalarini kuch bilan ­ olishmagan, aksincha, bizning loqaydligimiz va beparvoligimiz tufayli olishgan.

Modomiki ovozim foyda berar ekan, qamchimni ishlatmayman. Modomiki jim turishim foyda berar ekan, ovozimni ishlatmayman.

Qiziq! Sadaqa qilayotganimizda cho‘ntagimizdagi eng mayda pulni qidiramiz, Allohdan so‘raganimizda esa Firdavs jannatini so‘raymiz.

“Ey qizim” kitobidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Kitobxon bolalarga 8 tavsiya

1. Kuniga bir soatni kitob o‘qish uchun ajrating. Bunda davomiylik muhim ahamiyatga ega. O‘zingizga har kuni kamida bir soat kitob o‘qishni vazifa qilib oling. Shu tarzda kitob o‘qish tezligingiz muntazam oshib boradi. Sekin-asta kunlik kitob o‘qish soatini ham oshirib borish mumkin.

2. O‘zingizga yoqadigan qulay joyda mutolaa qiling. Yotib o‘qimaslikka harakat qiling — ko‘zingiz charchaydi. Kitobni ko‘zingizdan 30-40 sm uzoqlikda, 45° burchak ostida o‘qing. Yorug‘lik chap tarafdan tushgani maʼqul, muhimi yetarli darajada bo‘lsin. Kitob tanlashda matnning hajmi, shrifti sizga qulay ekaniga eʼtibor qarating.

3. Mutolaaga eng qulay vaqtni tanlay biling. Uxlashdan avval kitob o‘qish tavsiya qilinmaydi — kun davomida turli axborotlarni qayta ishlagan miyangiz kechqurun biroz toliqishi va maʼlumotni yaxshi qabul qilmasligi mumkin. Erta tongdagi mutolaa esa juda foydali — yaxshi dam olgan miyangiz axborotlarni oson qayta ishlaydi va uzoq vaqt eslab qoladi.

4. Kitobdan olgan eng yaxshi fikr va faktlarni qayd etib boring. Baʼzilar bunda kitobning o‘ziga chizish yoki bo‘yashdan foydalanadi. Unday qilmang — sizdan keyin ham birov o‘qishi mumkin. Alohida daftar tutib, unga yozib borsangiz foydaliroq. Mutolaadan so‘ng kitobdan olgan xulosalaringizni ham qayd eting.

5. Qo‘lingizga tushgan har qanday kitobni ham o‘qiyvermang. Kitobni tanlay bilishni o‘rganing. Avvalo ota-onangiz, ustozlaringizdan kitob tavsiyalarini oling. Yoshingizga mos, sizga qaysi biri foydali ekanini ular yaxshiroq bilishadi. Tavsiyalar asosida o‘qishingiz kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxatini tuzib oling. Reja asosida mutolaa qiling.

6. “To‘g‘ri o‘qish” bu tez o‘qib tugatish degani emas. Muhimi — tushunib o‘qish. Kitob o‘qish salmog‘i uning betlari soni bilan emas, qanchalik tushunganingiz bilan o‘lchanadi. Kitobdagi tushunarsiz so‘z va jumlalar maʼnolarini bilish uchun lug‘at va ensiklopediyalar titkilashdan erinmang yoki yaqinlaringizdan so‘rang.

7. Hadeb bir xil mavzu va janrdagi kitoblarni o‘qiyvermang. Bir marta sarguzasht qissa o‘qisangiz, keyingi safar tarixiy asar o‘qing. Ilmiy adabiyotlar, axloqiy kitoblar, psixologik qo‘llanmalar ham foydali. Imkon boricha turli mavzulardagi kitoblarni mutolaa qiling — dunyoqarashingiz kengayadi.

8. Kitob yoqmasa — o‘qimang. Avvalo kitobning mundarijasi bilan tanishing. Agar kitob ilmiy-ommabop bo‘lsa, oldin o‘zingizga yoqqan mavzularni o‘qing. Kitob yoqmadimi, miyangiz qabul qilmayaptimi, charchadingizmi — davom ettirmang. Tanaffus qiling. Istasangiz ovoz chiqarib o‘qing. Yoqtirmagan kitobingizni o‘zingizni majburlab tamomlashingiz kerak emas. Muhimi — o‘zingizga foydali va tushunarli kitobdan zavq olish.

Davronbek Tojialiyev, Ziyouz.com kutubxonasi asoschisi

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

✨ 2026-yilni maqsadlar va o‘zgarishlar bilan boshlang🤍

@Nihoyat_saodatni_topdim

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Ma’muriy choralar — ya’ni qonunlar, qarorlar, turli taqiqlar, buyruqlar va jarimalar, ularni kim qabul qilishidan qat’i nazar, u politsiyachi, inspektor yoki boshqa turdagi mansabdor shaxs yoki idora bo‘ladimi inson xatti-harakatlarining o‘ndan bir qisminigina tartibga soladi xolos.

Ma’muriy nazorat normativ (tartibli va ijobiy) xulq-atvorni kafolatlamaydi. Axloqiy tushunchalar tizimi va ijtimoiy nazorat joriy qilinmas ekan, har bir burchak va butaning orqasiga militsiya xodimi qo‘yib chiqilsa ham, yo‘llarda harakatlanish madaniyatini yaxshilashni umid qilmasa ham bo‘ladi. Katta ehtimol bilan, "tezliksevar" haydovchilar hajmi ham, mast holda mashina boshqarayotganlar soni ham kamaymaydi.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Nizomulmulk oʻz kitobi vositasida quruq pand nasihatni maqsad qilib qoʻymaydi. U oʻzining va turli davlatlar hukmdorlaring tajribasidan bizga maroqli hikoya qiladi. Buyuk istiqbolli mustaqil Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshish ishtiyoqida boʻlgan har bir ziyoli vatandoshimiz mazkur kitobda bayon etilgan ajdodlar tajribasidan oʻz faoliyatlari uchun zarur saboq va maʼnaviy quvvat olishlari aniq.

Siyosatnoma

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Muntazam kitob o‘qiy olmayapsizmi?

Ismim Rustam. O‘qituvchiman.
Talabalik davrimdan beri bitta savol ustida izlanaman: kitobni qanday boshlabgina qolmay, oxirigacha yetkazish mumkin?

Ko‘pchilikda muammo bir xil: kitob boshlanadi — lekin davom etmaydi.

Shu sabab shaxsiy blog ochdim. Bu yerda kitob o‘qish majburiyat emas, kundalik odatga aylanadi.

Buning uchun oddiy, lekin ishlaydigan yechimdan foydalanamiz — “Har kuni kitob o‘qiymiz” chek-listi.

⚠️ Chek-list 24 soat ichida o‘chiriladi.

👉 Hozir kanalimga qo‘shiling
va bepul yuklab oling:
@Ravshanov_Rustam

Читать полностью…

Mobil kutubxona

O‘lganda gunohi o‘zi bilan o‘lgan kishiga jannat bo‘lsin!

Bu o‘rinda o‘lganidan keyin hayotda qilgan gunohlarining asari va izi o‘chgan kishi nazarda tutilmoqda. Ayrim gunohlar borki, egasi o‘lganidan keyin ham uning taʼsiri boshqalarda aks etib turadi, o‘zgalar tomonidan davom ettiriladi. Bunga oldin bo‘lmagan gunoh ishlarni joriy qilgan, keyingi avlodning ongini zaxarlaydigan botil fikr va noto‘g‘ri tushunchalarni yoygan, gunohni oshkor qilib, boshqalarni unga targ‘ib etgan kishilarning qilmishlari misol bo‘ladi.

Birortamiz gunohdan xoli emasmiz. Ularga tavba qilamiz va o‘lishimiz bilan ularni biz bilan o‘ldirishini Allohdan so‘raymiz!

Imom Gʻazzoliy dan “Oltin oʻgitlar va ibratli hikoyalar”

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“Dard va musibat bir kelsa, ketma-ket keladi”, deyishadi-ku, mening hayotimda ham xuddi shunday bo‘lgandi... Agar hammasi iziga tushib ketishini Rabbim xohlasa, u sizning xayolingizga ham kelmagan go‘zal kunlarni nasib qilar ekan... Najotga erishish umidi ila yana-da duoga bog‘langan lahzalarimda Uning O‘zi ana shu muammolardan chiqish yo‘lini ko‘rsatdi. Bir kecha tahajjud namozidan keyin duo qilarkanman, vujudimga titroq taraldi, etim junjikib ketdi va Rabbim qanday duo qilish kerakligini ko‘nglimga
soldi”.

“Qo’rqma Sen ayolsan”

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🛎 Merhaba Turk tiliga !!! 🇹🇷
💡 Sersifikat
💻 Onlayn darsning imkoniyatlari katta- uydan chiqmasdan sizga jonli dars o'tiladi
🅾 dan boshlab yangi guruh
2⃣4⃣- dekabrdan darslar boshlanadi
Ulgurib qoling.

Oylik to'lov atiga- 179 ming so‘m
🕚 Soat : 1⃣1⃣➖0⃣0⃣         
To'lovdan keyin sizga-
🎁 Bonusga - ... 4⃣kun dars , mavzularning  lug'atlari , pdf kitoblar, testlar to'plami,  vedio darslar

Darsga yozilish uchun: @kitap101

Ofitsalniy kanal: @turktilibaza
Shu darslarni ko'rib ishonchni oshiring.
/channel/maxsusdarskanali

Joylar soni cheklangan !!!

Читать полностью…

Mobil kutubxona

O'z qadrini saqlashning asosiy qonuni:
Agar dushmaning pastkash bo'lsa, u bilan jang qilma!

Haqiqat baʼzilarning gʻashini (gʻazabini) keltirishini koʻrgan paytingda, sukut aslida hikmat ekanini anglab yetasan.

Agar sen faqat nur orqali zohir bo‘lgan narsanigina ko‘rib, ovozlar orqali yetib kelgan narsanigina eshitayotgan bo‘lsang, haqiqatda ko‘rmas va eshitmas ekansan.

Jubron Xalil Jubron
ning “Kesik qanotlar” kitobidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Solih salaflardan birlari aytadilar: To oʻzingizning gunohingiz kechirilganini bilmaguningizcha, birovni gunohi bilan ayblamang!
Hech birimiz gunohimiz kechirilganini bilolmaymiz. Bu faqat Qiyomat kuni maʼlum boʻladi. Demak..

Solih salaflarimiz qiyinchilik kunlarda bir-birlariga shunday nasihat qilishar ekan:

“Bu kunlar tezda oʻtib ketadi. Vaʼda qilingani esa jannatdir!”.

"Solihlar bo‘stoni"

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

DAHSHAT
Jubron Xalil Jubrondan so‘rashibdi:
- Insondagi eng dahshatli narsa nima?
Jubron Xalil Jubron shunday javob beribdi:
- Inson bolalikdan zerikadi. Tezroq katta bo‘lishni orzu qiladi. Katta bo‘lganidan so‘ngra yana yosh bola bo‘lib qolishni orzu qiladi. Mol yig‘ish uchun salomatligidan judo bo‘ladi. So‘ngra topgan molini o‘zini davolatish uchun ishlatadi. Kelajagi uchun qayg‘urib bugunini ham boy beradi. Hech o‘lmaydigandek yashaydi. Xuddi hech yashamagandek o‘ladi!

“Kesik qanotlar” kitobidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

"Zoe bolishimiz tabiiy. Biz oyoq kiyim tanlashda ko'p vaqtimizni safrlab qo'ydik. Ammo yuradigan yo'lni tanlashni unutdik!"


Inson hamyonini yoʻqotganini, qoʻl telefonini yoʻqotganini, soatini yoʻqotganini... Qoʻyingki, har qanday mayda-chuydani yoʻqotganini juda tez anglaydi. Ammo OʻZLIGINI yoʻqotganini bir umr farqlamay oʻtishi mumkin...

Adam Uzkusaning "Jannatga taklifnoma" kitobidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Shu to'rt yarim oy ichida yana bir haqiqatni anglab yetdim: barcha omadsizlar pul topish va ish joyiga ega bo'lish umidida har qanday haqoratga chidarkan. Ahmoqona bo'lmag'ur umid! Tan berish va ko'nikish muvaffaqiyatga erishishda yetarli emas. Boshni egib kimni oyog'ini o'pish kerakligini bilish ham kerak! Inson o'z qadridan voz kechar ekan, u beixtiyor nochor, badbaxtga aylanarkan, shunda u sadoqatli xizmatchiga emas, balki ashaddiy dushmanday ko'rinarkan. Shuning uchun yordam so'rab murojaat qilganda, yo unga ahamiyat berishmaydi, yo uni jinoyatchi deb bilishadi.
Yashirib nima qildim? Ba'zida umuman boshqacha hayol qildim: "Meni nohaq jazolashdi - bir umrga peshonamga tamg'a bosishdi. Jamiyat mendan shubhalanadi. Demak, jinoyat qilishga haqqim bor"

Rashod Nuri Guntekinning "Tamg‘a" asaridan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Hayotda ochiq ko‘rinib turgan narsalardan biri shuki, agar kuchlilar o‘zaro xusumatlashsa, Alloh ularni sabablarga suyantiradi. Ulardan har biri sabablar bilan muomala qilgani miqdoricha g‘alabadan nasibador bo‘ladi.

Ammo zaifga kuchli odam zulm qilsa, Alloh zaifga qasosini olib bermagunicha kuchli o‘lmaydi.

Allohdan o‘zga panohi bo‘lmagan zaiflarga zulm qilishdan ehtiyot bo‘ling!

“Nabaviy tarbiya” kitobidan

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Olimni ''xiyonati'' uchun otuv joyiga olib kelishdi...
Qarasa, qachonlardir jim o‘tirgani uchun 5 baho qo‘yib bergan o‘quvchisining nishonida turibdi.
O‘limiga rozi bo‘ldi...


📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…
Subscribe to a channel