kitoblar_apk | Unsorted

Telegram-канал kitoblar_apk - Mobil kutubxona

12942

Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

Subscribe to a channel

Mobil kutubxona

📜“Ehtiyotkorlik nima?” deb soʻralganida, arablardan biri aytdi: “Modomiki, bir narsaning rioyasini qilgan ekansan, shu holatni saqlash va kifoya qiladigan darajadagi narsadan ham uzoqroq turish”. “Ojizlik nima?” deb soʻralganida, aytdi: “Ojizlik – imkondan oldin va zamon bilan oʻzaro kelishuvdan ilgari shoshilish”. “Majd nima?”– deyilsa: “Ulugʻ ishlarni bino qilish, qarz-u majburiyatlarni koʻtarish, muhim holatlardan xabardorlik va nafsni harom qilingan ishlardan toʻsish” – dedi. “Sharaf nima?” deb soʻralsa, dedi: “Qoʻshnilarga saxovat, qadr-qimmatni pok saqlash, xoh boy, xoh kambagʻal holatda soʻralgan narsani bera olish”. “Muruvvat nima?” deyilsa, aytdi: “Yuksak himmat va oʻzni yomon otliq boʻlishdan saqlash”. “Hilm nima?” deb soʻralsa, dedi: “Nafrat oʻtini oʻchirish, gʻazablangan paytda nafsni tiyish va jazolashga qodir boʻlaturib, kechirib yuborish”.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

TOPIK Imtihonidan daraja olishni istasangiz biz bilan tayyorlaning📌

Guruhda atiga 10 tadan o’quvchi bo’ladi, hamma bilan individual shug’ullanish imkoniyati🇰🇷

Ulgurib qoling 👩🏼‍💻
Murojaat uchun:
@Nafisa_abdullayeva

Koreys tiliga va o’rganishga oid bepul bilimlar uchun:
/channel/+1fC9af6Wk2gyMjNi

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Uxlaganlarni, agar qodir esak, uyg'otamiz!
A.Qodiriy

Turkistonning XV-XX asrlardagi hayoti yoritilgan ushbu kitob jamoatchilik uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 42 yillik urushda jon bergan qurbonlar buning guvohidir (1853 – 1895). Undan keyin yana o‘nlab yillar qarshilik harakati davom etdi. O‘z erkimiz, dinimiz, odatimiz va yerimizning egasi bo‘lamiz, degan umidda qo‘liga qurol olganlarning nomi bosmachi bo‘ldi. Sopimizni o‘zimizdan chiqardi. Biz o‘zlarining va bizning (o‘sha paytda hali kelajak avlod) mustaqilligimiz uchun kurashgan haqiqiy mujohidlarimizni, asl bosmachi – xo‘jayinlarga ergashib, bosmachi deya atay boshlaganimizni ham ushbu kitob tarixiy hujjatlar asosida isbotlab beradi. Shukrlar bo‘lsinki, B.Xayitning “bosmachilar” haqidagi inkor qilib bo‘lmaydigan fikrlari hozir O‘zbekiston bo‘ylab tarqala boshladi. To‘g‘ri, uni biz turli odamlardan eshityapmiz.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

EFFEKT LATTE deb nomlanuvchi amerikalik moliyachi va tadbirkor Devid Bax tomonidan ommaga taklif qilingan moliyaviy konsept bor. Bunga koʻra, kundalik mayda-chuyda xarajatlardan voz kechilsa (masalan kunda ichiladigan qahvadan) oy va yil davomida anchagina pul ekonom qilib qolish mumkin deyilgan. Misol tariqasida bir amerikalik qizning xarajatlarini taftish qilib, kuniga 11 $ qahvaga sarflashini, agar shu qahvadan voz kechsa, oyiga 330 $ , yiliga 4000$ tejab, uni 10 % foyda keltiradigan yerga investitsiya qilsa 40 yildan keyin millioner boʻlishini hisoblab beradi.

Bizda qahva ichishmaydi. Bizda Flesh (energetik), kola ichishadi xar kuni. Shu narsalar kaxva oʻrnida EFFEKT LATTE konseptiga tushadi.

Bu konseptni tanqid qiladiganlar xam koʻp. Atigi kuniga 11 $ ni deb, oʻzini kunlik hayotdagi xursandchiliklardan mahrum qilishga arzimaydi deydiganlar ham bor.

Ikkala tarafniyam haqiqati oʻz prizmalaridan qaraganda toʻgʻriga oʻxshaydi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🌳 Kim o‘z uyining jannatdek bo‘lishini xohlamaydi? Ha, er-xotin o‘zaro mehr-muhabbat bilan bog‘langan, hayot qiyinchiliklariga qarshi bir-birini qo‘llab-quvvatlagan, farzandlar mehr-oqibat va hurmat doirasida ulg‘ayadigan oila muhitiga ega bo‘lish barchaning orzusi. Afsuski, bugungi oilaviy masalalar beparvolik bilan tilga olinib, yechim topish o‘rniga ular hal qilib bo‘lmas holga kelmoqda, muammolar yana-da ildiz otib, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik avj olmoqda, ajrimlar yil sayin ortib bormoqda.
Ushbu kitob Qur'on va sunnatda bayon etilgan baxtli oila tendensiyasi bayon etilgan...

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

"Amerika - bu xato!"

Z. Freyd

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Tilini, madaniyatini, tarixini yòqotgan millat tanazzulga mahkumdir...

- Yaxshi suhbat bòlayaptiyuu nega samalyotdan tushib qolmoqchi?! Qiziq...

- U - odamlar ketayotgan samolyotdan emas, sovetlar ketayotgan yo‘ldan chiqib ketishni orzu qiladi.

- Chiqib keta oladimi?

- Men hali òqib tugatmadim

- Ketolmaydida... asar ana shu haqida aslida. Yaʼniki inson ko‘ra bila turib ham, tushunib ham, istab ham olomondan ajralib chiqib ketolmaydi...

-Aslida ana shu xolat: chorasizlikdan inson xatto o‘lib qutulishni ham orzu qiladi...

Yefreyim Sevelaning "To‘xtating samalyotni tushib qolaman" romanidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Tirik edi, ammo yashamayotgandi...

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

“Erkinlik” so‘zidek turli xil ma’no kasb etadigan va tafakkurda shuncha ko‘p taassurot hosil qiladigan so‘z bo‘lmasa kerak.

Ba’zilar erkinlikni - o‘zlari tomonidan taqdim etilgan hokimiyatga ega chiqqan zolimni taxtdan ag‘darishning sodda imkoniyati deb biladilar;

ayrimlar erkinlikni – o‘zlari bo‘ysunishi mumkin bo‘lgan insonni saylay olish huquqida;

boshqalar - qurol olib yurish va zo‘rlik qilish huquqida;

to‘rinchilari esa erkinlikni - o‘z millatiga mansub shaxsning boshqaruvida bo‘la olish yoki o‘zlarining qonunlariga bo‘ysunish imtiyozida ko‘radilar.

Shunday xalqlar ham bor edi-ki, ular uzun soqol qo‘ya bilish odatini uzoq vaqt davomida - erkinlik deb bilgan edi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🎉🎉 Bepul Arab Tili Darslari 🎉🎉

🗓 24 - yanvardan boshlab

✅ Darslar Hamma Uchun ✅

🇸🇦 Arab tilini ikki boshqichda:

➖ 0⃣ dan harflar, oʻqish va yozish
➖ Tarjima qilish mahorati, grammatik qoidalar bilan oʻrganamiz.

⚡️ Darslar Mobaynida:

🎬 Har kunlik eksklyuziv video darslar
🎁 Motivatsion jonli darslar
📚 Mukammal o'quv qo'llanmalari

... va yana turli imtiyozlarga ega bo'lasiz! 🎁🎁🎁

🔰 Darslarni minglab shogird yetishtirgan, ko'p yillik tajribaga ega ustozimiz Abdullox Normuminov olib boradilar.

❗️☝️Hoziroq darslarga qo'shiling, aks holda shunday ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy berasiz.

⬇️ Darsga Yozilish Uchun Pastdagi Tugmani Bosing ⬇️

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Kitobni oʻqish uchun qoʻlga olar ekanman, moliyaviy erkinlik haqidagi navbatdagi zerikarli asar boʻlsa kerak degan oʻy oʻtdi. Ochib qarasam, badiiy kitob ekan! Kutmagan edim. Bu mavzuda badiiy kitob boʻlishini oʻylab koʻrmagan ekanman.

Kitobning qisqacha mazmuni ortiqcha xarajatlardan tiyilish orqali boy boʻlish mumkinligi haqida ekan. Hatto bu haqida aniq hisobotlar kelgan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

😱 Kanal a'zolari sizlarga zo'r kanal topib qo'ydim @IELTS_PRACTISE_RESOURCE.

🔑IELTS materiallari imtixonda 1ga1 tushyabdikan. Natijalar vabshe bombaaaaa💣

✅  50 Real exam passages
✅  50 Real exam listening sections

💯 NATIJALAR ⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️

1. Overall [ IELTS 8.5] ➡️ L 9 R 9
2. Overall [ IELTS 8 ] ➡️ L 9 / R 9
3. Overall [ IELTS 8 ] ➡️ L 9 / R 8.5
4. Overall [ IELTS 7.5]➡️ L 7.5 / R 8
5. Overall [ IELTS 7 ] ➡️ L 8.5 / R 8
6. Overall [ IELTS 7] ➡️ L 7 / R 9

🎁Xatto ingliz tilini 0 dan bepul o'rgansangiz ham bo'larkan.

✅Kanalga a'zo bo'lish uchun:👇👇👇
/channel/IELTS_PRACTISE_RESOURCE

Читать полностью…

Mobil kutubxona

O'ng va so'l tomoningga qarasang, qayg'u egalarini ko'rasan,har hovlida faryod,har yanoqda ko'zyosh,har vodiyda Banu Sa'dlar bordir,musibat faqat senga kelmaydi,balki sening musibating boshqalarga qaraganda ozdir.
Necha yil to'shakka mixlanib,og'riqning zo'ridan o'ngu so'liga ag'darilib faryod chekayotgan kasallar qancha.
Necha yillar quyoshni ko'rmay,zindon bo'lmasidan boshqa joyni bilmaydigan mahbuslar qancha?
Baxtsizlar, qarzga botganlar, turli balolarga duchor bo'lganlar qancha?
Bas,sen ana shulardan ibrat olmoqliging kerakki,bu hayot mo'min uchun qamoq va qayg'ular hovlisidir.

"Mahzun bo'lma" Qayta nashr
Shayh Oiz Al- Qarniy

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Birov sening ustingga faqat egilganingdagina minib olishi mumkin…

“Uxlaganlar” qul boʻlib uygʻonadi!

Zolim doimo mazlumni umidsizlikda ushlab turishga harakat qiladi. Chunki mazlumning harakati uni qo‘rqitadi. Ammo shuni biling, zolim mazlumning umididan qo‘rqadi...

Malkom X ning "Fitrat" kitobidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

✍ Agar hozir boʻlmasa qachon? Agar men boʻlmasam kim?
✍ Diningga koʻra yashamasang, yashash tarzing diningga aylanib qoladi...
✍ Hech narsa uchun turmaydigan odam hamma narsa uchun
yiqiladi.
✍ Faqat ahmoqgina farzandini ta'lim olishi uchun dushmanining qo‘liga topshiradi...
✍ Hozir hamma sovuq qurol bilan qurollangan. Toshqotgan fikrlar bilan…
✍ Shunchaki yashash bilan o’limni nima farqi bor?

Malkom X ning "Fitrat" kitobidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Insonni koʻrganlaringdan iborat deb bilma. Haqiqatning surati ichidadir, tashi shunchaki — manzara...

Roʻza — koʻngil koʻzini ochish uchun, jismni koʻr qiladi.

Qachonki jarohatimizdan shikoyat qilsak, undan battarogʻi bilan imtihon qilindik. Shuning uchun ham “Tavakkul yaxshidir” deydigan boʻldik...

​Foniy boʻlgan ishq yoʻqdir. Ishqlarning bari boqiydir. Farqi shuki, kimdir sanʻatkorning sanʻatini koʻrur, kimdir sanʻatkorning oʻzini...

"…Masalan, bir odamning ko'ngli farahlasa (quvonsa), demak, u kimnidir sevintirgan va undagi quvonch ana shu ishning mukofotidir. Xuddi shunday, insonning xafagarchiligi — uning boshqa birovning ko'nglini og'ritganiga munosib javob…"

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Behuda umr

Bir kishi tush ko‘rdi va uyg‘onganidan so‘ng tushining ta'birini bilish uchun ta'birchining yoniga bordi.

Ta'birchi u kishiga "Avval uyqudan uyg‘on" deb javob berdi.

Jubron Xalil Jubronning “Kesik qanotlar” kitobidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Agar pul insonni baxtiyor qilganida, bugun G'arbda har bir oilaning shifokori bilan birga o'z psixologlari ham bo'lmas edi.


Said Chamlija "Iymon va huzun" kitobidan

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Kibrning qoidasi:
Men undan yaxshiman!

Pir yetti yoshga to‘lganda otasining vafotidan chuqur g'amga botdi. Bolaning yuragi dosh berolmaydigan qayg‘u xuddi dengizda cho‘kayotgan odamning bo‘g‘ilishga o‘xshardi. Bu bir ilohiy rahmat ekanligini bolakay hali bilmasdi. Zero, kalb baʼzan chukur bilim va ruhiy holatlarga og'riqli tarzda tayyorlanadi. Ichidagi g‘am-qayg‘uning bo'ronlari iloxiy sifatlarning zuhurini unga ergashtiradi. Ana shunday chuqur qayg‘u ichida u Sayramda daryo bo'yida yolg‘iz sayr qiladi. Suv oqimiga kilgan holda ota-onasining yo‘qligiga ko‘nikishga harakat qilar ekan, ko‘zlarini uyqu bosdi. Ko'z qovoqlarini asir etgan uyqu Rahmoniy bir tushga yo'l ochdi. Ana shunda Xoja Ahmad Yassaviy ilk marotaba Xizr bilan uyqusida yuzlashdi. Xizr uning qalbini ilohiy zukkolik ilmi ila to‘ldirib, bo shidan kechirajak ruhiy holatlarga tayyorlay boshladi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

🇷🇺 Rus tilini o‘rganmoqchi bo'lganlar uchun eng kerakli kanallardan biri
/channel/+EMGAzjSH1TA3N2Ux

➡️ 5 yillik tajriba va C1 darajadagi ustoz
➡️ Dam olish kunlari jonli muloqot darslari
➡️ Til o'rganish bo'yicha eng kerakli maslahatlar
➡️ Rus tilida qiziqarli filmlar
➡️ Rus tilidagi ko'plab darslik va badiiy kitoblar


Kim mustaqil o‘rganmoqchi bo'lsa dars rejasi ham yuborilgan kanalga!

🌹Kanalga link:
/channel/+EMGAzjSH1TA3N2Ux

❤️Ustoz:
@ziyodarustilikurs yozing yangi gruppalar haqida ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz.

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Livanlik mashhur adib, shoir va faylasuf Jubron Xalil Jubron aytadi:

Ya’ni: "kuchli shaxsiyatga ega bo‘lgan inson qasos olmaydi balki, odamlarni avvalgi g‘arib (yolg‘iz) hollariga qaytarib qo‘yadi".

Adibga ko‘ra, kuchli inson biror yaqinidan yomonlik ko‘rsa, unga adovat qilib, o‘ch olmas ekan balki, uni qadrlamagani uchun shunchaki, undan uzoqlashish orqali avvalgi g‘aribligiga qaytarib qo‘yar ekan, xolos.

"Kesik qanotlar"

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Qul bilan Robbisi orasidagi parda - qulning nafsidir, bu olam emas!

"Maktubot"

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Ular Allohga tavakkal qiladilar va bu orqali o'zlariga kelgan yukdan halos bo'ladilar...

Puldan boshqa hech vaqosi yo‘q kishi odamlarning eng kambag‘alidir...

Shunday gʻalati zamonda yashayapmizki, unda boy ham, kambagʻal ham har kuni bir necha chaqirim masofa yuradi. Ularning orasidagi farq esa: Kambagʻal qornini toʻydirish uchun yuradi, boy esa qornidagini hazm qilish uchun!

"Musulmon tadbirkor" kitobidan

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Qachonki erkinlik qadriyati yo‘qolsa, moyil qalblar shuhratparastlikka to‘ladi va hamma tamagirlikni yuqtiradi. Istak predmetlari o‘zgaradi: ilgari sevganlarini endi sevishmaydi; ilgari qonunlarga ko‘ra erkinlik bor edi, endi esa noqonuniy erkinlikni istashadi; qoida bo‘lgan narsa, endi qattiqqo‘llik bo‘lib tuyula boshlaydi; intizom esa cheklovga aylandi, ehtiyotkorlik [sabr] ni qo‘rqoqlik deb atashadi, o‘ziga tortqilash chanqoqligini emas, mo‘tadillikni – ochko‘zlik deyishadi. Ilgari, xususiy mulk jamoatchilik xazinasini tashkil qilgan bo‘lsa, endi jamoatchilik xazinasi xususiy mulkka aylandi. Respublika o‘ljaga, uni kuchi - ozchilik qudrati va umumiy o‘zboshimchalikka aylanadi.

Hashamat doim mulk tengsizligiga proporsionaldir. Davlatda boylik teng taqsimlansa hech qanday hashamat bo‘lmaydi, zotan u [hashamat] faqat, ayrim insonlarning boshqalar mehnati hisobidan o‘zlashtiradigan qulayliklariga asoslanadi.

Monteske, "Qonunlar ruhi"

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Agar sizda :

— Rejalagan ishlaringizga yetarli vaqt topilmayotgan;
— Shaxsiy majburiyatlar, loyihalar, vaqt ortsa, oʻqiyman deganingiz talay jurnal va kitoblar yuki bosib qolgan. Biroq siz ularga ulgurmayotgan. Ishlaringizni toʻliq ado etishga umid ham qilmayotgan;
— Koʻnglingizdagidek dam olishga vaqt orttira olmayotgan;
— Ishlaringizni samarali yoʻlga qoʻyish usullarini har qancha oʻrganmang, rejalagan yumushlaringiz ortib, baribir vaqt yetmay qolayotgan boʻlsa, ushbu kitob aynan siz uchun!

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Salmon Forsiy roziyallohu anhu: “Uch narsa meni ajablantirdi, hatto kuldirdi ham: o‘lim ortidan quvib kelishiga qaramay, dunyo orzu-havasini qilayotgan kishi; uni unutib qoldirib ketilmasligi aniq bo‘lgan g‘ofil; Rabbil a’lamiyn undan rozimi-yo‘qmi bilmay, og‘zini to‘ldirib kulayotgan kishi.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

✍️ Suhbatimiz erkaklik va ayollik emas, erkinlik yoki
asirlik haqida.

✍️ Sen futbol o‘ynaginu ammo futbol seni o‘ynamasin!

✍️ Hech bir zamon ishing vaqtingdan oz boʻlmasin.

✍️ Shu foniy dunyoda insonning joynamozdanda vafoliroq do‘sti yo‘qdir.

✍️ Qancha ko‘p qur’on, shuncha ko‘p ramazon.

✍️Yoshlar.. Sizning Badringiz internet, Uhudingiz ota-ona rizosidir. Bomdod namozingiz, Makkaning fathi kabi qadrlidir.

✍️ Chora- farzandlarimizni yaxshi maktablarga berish emas, oldin o‘z uyimizni maktablashtirishdir.

✍️ Har o‘qish, o‘qish emas.
Har ilm ilm, har olim ham olim emas.

✍️ Har egilib, turish namoz bo‘lmagani kabi, qo‘liga kitob olgan hamma ham o‘qigan bo‘lmaydi.

✍️ Har diplom sohibiga olim deyilmaydi.

✍️ Namozni kechiktirib o‘qish kasallik edi, ofatga aylandi. Azon vaqtni bildirmaydi, namozga chaqiradi!

"Hur yurak" kitobidan tagiga chizib o'qiladigan jumlalar...

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

• Sizni vaqtinchalik chiroy va tentaklik shuhrat halokatli xatarga yo‘naltirmasin.
• Yaqinda siz uning hujumiga afsuslar qilasiz. O‘shanda bu nadomat sizni biror narsadan qutqara olmaydi.
• Chiroy tez ketadi.
• U o‘zidan sizga birgina asarni qoldiradi: U og‘ir tashvish bo‘lib unda siz olovga haydalasiz.
• Men sizni yo‘q bo‘lib ketuvchi shahvatga to‘yinishingiz va foniy lazzatga qaram bo‘lishingiz yo‘lida tangri taoloning hamda jannat va do‘zaxni yaratuvchisi bo‘lgan Allohning g‘azabini chiqarishingizdan ehtiyot bo‘lishga chorlab ogohlantiraman.
• Men sizni hayajonli ochiq (yalang‘och) tanangizni kishilarning axloqlarini toyiltiradigan va ularning aqllarini yo‘qotadigan hamda adashish va zalolat vodiylariga tushiradigan sirg‘anchiq joy qilib qo‘yishingizdan ogohlantiraman.

“Ey qizim” kitobidan.

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

Insonni koʻrganlaringdan iborat deb bilma. Haqiqatning surati ichidadir, tashi shunchaki — manzara...

Roʻza — koʻngil koʻzini ochish uchun, jismni koʻr qiladi.

Qachonki jarohatimizdan shikoyat qilsak, undan battarogʻi bilan imtihon qilindik. Shuning uchun ham “Tavakkul yaxshidir” deydigan boʻldik...

​Foniy boʻlgan ishq yoʻqdir. Ishqlarning bari boqiydir. Farqi shuki, kimdir sanʻatkorning sanʻatini koʻrur, kimdir sanʻatkorning oʻzini...

"…Masalan, bir odamning ko'ngli farahlasa (quvonsa), demak, u kimnidir sevintirgan va undagi quvonch ana shu ishning mukofotidir. Xuddi shunday, insonning xafagarchiligi — uning boshqa birovning ko'nglini og'ritganiga munosib javob…"


“Qalb koʻzingni och”

📚 @kitoblar_apk

Читать полностью…

Mobil kutubxona

- Ingliz tili Gramatika Darajangizni oshirish uchun ajoyib Quiz Test kanal 💖
Tilni o'rganishda yordam beruvchi kanal

- Admindan holis tavsiya kirib ko'ring 🌚
/channel/+fnlHCJFRUQVhNGYy
/channel/+fnlHCJFRUQVhNGYy
/channel/+fnlHCJFRUQVhNGYy
/channel/+fnlHCJFRUQVhNGYy

📌 Kanal yopiq, kirish kod: 1234 💖

Читать полностью…
Subscribe to a channel