12942
Dunyo kitoblari cho‘ntagingizda! Aloqa: @kitobxonrobot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
🇺🇿🤗Türkçeyi zevkle öğrenelim🇹🇷🙃
📢TURK TILIDAN ONLINE DARSLAR
🇹🇷 Turk tilini oson va zavq bilan o'rganing!
📚 Yangi boshlanuvchilar uchun turk tili kurslari
🔹 Onlayn format - dunyoning istalgan nuqtasidan o'qish
🇺🇿 Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlov
🔹 Qulay va hamyonbop narxlar
📚Darslar haftada 3 kun.
🇺🇿🤗🇹🇷🇺🇿🤗🇹🇷🇺🇿🤗🇹🇷🇺🇿🤗🇹🇷
👥 Kichik guruhlar yoki yakka tartibdagi darslar
🎓 Birinchi dars bepul!
🇺🇿🤗🇹🇷🇺🇿🤗🇹🇷🇺🇿🤗🇹🇷🇺🇿🤗🇹🇷
📩 Hoziroq roʻyxatdan oʻting va atigi 1 oy ichida turk tilida gaplashishni boshlang!
Murojat uchun:✔️@tercihseni
Muhabbatsiz kishi odam emasdir,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et!
Muhabbat bu - ohanglar og‘ushida ko‘rilgan reelslar sabab tuyilgan tuyg‘u emas, muhabbat bu - sevganingiz akkountlarini o‘zingizga ulab, nazorat qilish emas, muhabbat bu - sevgilingiz lablarining cheti va yanog‘i o‘rtasidagi chuqurga o‘zingizni ko‘mish emas, muhabbat bu - yor ko‘zlarining qa’riga cho‘kishingiz emas...
Muhabbat bu... Yaxshisi kitobni o‘qib muhabbatning haqiqatini anglang..
Abu Homid G‘azzoliy hazratlarining "Muhabbat va shavq" kitobini mutolaa qiling.
📚 @kitoblar_apk
✍🏼Shunchaki yashash bilan o’limni nima farqi bor?
✍🏼Baribir bizga qolmaydigan dunyo uchun biz bilan qoladigan gunohlar qilmoqdamiz…
✍🏼Harakatga o'tilmas ekan, duo qilib urushlarni (zulmni) toʻxtatolmaysiz!
📚Malkolm X ning "Fitrat" kitobidan.
✍🏼Ayrim odamlar oʻzlarining diniy mansubliklarini fikrlash masʼuliyatidan ozod etadi, deb oʻylashadi.
✍🏼Qurʻon adabiyot emas, hayotdir!
Unga tushuncha tarzida emas, mukammal hayot yoʻli sifatida qarash lozim!
✍🏼Tatbiq qilishga yaraydigan birgina yechim daftarda turadigan yuzlab ideal fikrdan afzaldir!
📚Aliye Izetbegovichning "Sharaf" kitobidan.
📚 @kitoblar_apk
✍🏼Qachonki ichingda gaplaring ko‘pligini his qilib, uni birovga aytishga ehtiyoj sezmasang, shunda pishib yetilgan bo‘lasan.
✍🏼Xotirjamlik ⸺ narsalarni tabiatiga ko‘ra qabul qilgan kishilarning nasibasidir.
✍🏼Musibatimiz shundaki:
Turmush quramiz, sevmaymiz.
Farzand ko‘paytiramiz, tarbiya bermaymiz.
Bino quramiz, taʼlim bermaymiz.
Namoz o‘qiymiz, taqvo qilmaymiz.
Ishlaymiz, mukammal amalga oshirmaymiz.
Gapiramiz, rost so‘zlamaymiz.
✍🏼Haqiqat baʼzilarning gʻashini (gʻazabini) keltirishini koʻrgan paytingda, sukut aslida hikmat ekanini anglab yetasan.
Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.
O'yga toldiruvchi, o'zni taftish qilishga undaydigan falsafiy hikoyalar muallifi Xalil Jurbonning ushbu to'plamidan joy olgan hikoyalar va jumlalar kitobxonni hayot mohiyati va tiriklikning bahosini his etishga undaydi. O'qir ekansiz, “qanday yashadim, endi qanday yashayman?” degan savollarga javob izlashga majbur bo'lasiz...
📚 @kitoblar_apk
📜“Ehtiyotkorlik nima?” deb soʻralganida, arablardan biri aytdi: “Modomiki, bir narsaning rioyasini qilgan ekansan, shu holatni saqlash va kifoya qiladigan darajadagi narsadan ham uzoqroq turish”. “Ojizlik nima?” deb soʻralganida, aytdi: “Ojizlik – imkondan oldin va zamon bilan oʻzaro kelishuvdan ilgari shoshilish”. “Majd nima?”– deyilsa: “Ulugʻ ishlarni bino qilish, qarz-u majburiyatlarni koʻtarish, muhim holatlardan xabardorlik va nafsni harom qilingan ishlardan toʻsish” – dedi. “Sharaf nima?” deb soʻralsa, dedi: “Qoʻshnilarga saxovat, qadr-qimmatni pok saqlash, xoh boy, xoh kambagʻal holatda soʻralgan narsani bera olish”. “Muruvvat nima?” deyilsa, aytdi: “Yuksak himmat va oʻzni yomon otliq boʻlishdan saqlash”. “Hilm nima?” deb soʻralsa, dedi: “Nafrat oʻtini oʻchirish, gʻazablangan paytda nafsni tiyish va jazolashga qodir boʻlaturib, kechirib yuborish”.
📚 @kitoblar_apk
TOPIK Imtihonidan daraja olishni istasangiz biz bilan tayyorlaning📌
Guruhda atiga 10 tadan o’quvchi bo’ladi, hamma bilan individual shug’ullanish imkoniyati🇰🇷
Ulgurib qoling 👩🏼💻
Murojaat uchun:
@Nafisa_abdullayeva
Koreys tiliga va o’rganishga oid bepul bilimlar uchun:
/channel/+1fC9af6Wk2gyMjNi
Uxlaganlarni, agar qodir esak, uyg'otamiz!
A.Qodiriy
Turkistonning XV-XX asrlardagi hayoti yoritilgan ushbu kitob jamoatchilik uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 42 yillik urushda jon bergan qurbonlar buning guvohidir (1853 – 1895). Undan keyin yana o‘nlab yillar qarshilik harakati davom etdi. O‘z erkimiz, dinimiz, odatimiz va yerimizning egasi bo‘lamiz, degan umidda qo‘liga qurol olganlarning nomi bosmachi bo‘ldi. Sopimizni o‘zimizdan chiqardi. Biz o‘zlarining va bizning (o‘sha paytda hali kelajak avlod) mustaqilligimiz uchun kurashgan haqiqiy mujohidlarimizni, asl bosmachi – xo‘jayinlarga ergashib, bosmachi deya atay boshlaganimizni ham ushbu kitob tarixiy hujjatlar asosida isbotlab beradi. Shukrlar bo‘lsinki, B.Xayitning “bosmachilar” haqidagi inkor qilib bo‘lmaydigan fikrlari hozir O‘zbekiston bo‘ylab tarqala boshladi. To‘g‘ri, uni biz turli odamlardan eshityapmiz.
📚 @kitoblar_apk
EFFEKT LATTE deb nomlanuvchi amerikalik moliyachi va tadbirkor Devid Bax tomonidan ommaga taklif qilingan moliyaviy konsept bor. Bunga koʻra, kundalik mayda-chuyda xarajatlardan voz kechilsa (masalan kunda ichiladigan qahvadan) oy va yil davomida anchagina pul ekonom qilib qolish mumkin deyilgan. Misol tariqasida bir amerikalik qizning xarajatlarini taftish qilib, kuniga 11 $ qahvaga sarflashini, agar shu qahvadan voz kechsa, oyiga 330 $ , yiliga 4000$ tejab, uni 10 % foyda keltiradigan yerga investitsiya qilsa 40 yildan keyin millioner boʻlishini hisoblab beradi.
Bizda qahva ichishmaydi. Bizda Flesh (energetik), kola ichishadi xar kuni. Shu narsalar kaxva oʻrnida EFFEKT LATTE konseptiga tushadi.
Bu konseptni tanqid qiladiganlar xam koʻp. Atigi kuniga 11 $ ni deb, oʻzini kunlik hayotdagi xursandchiliklardan mahrum qilishga arzimaydi deydiganlar ham bor.
Ikkala tarafniyam haqiqati oʻz prizmalaridan qaraganda toʻgʻriga oʻxshaydi.
📚 @kitoblar_apk
🌳 Kim o‘z uyining jannatdek bo‘lishini xohlamaydi? Ha, er-xotin o‘zaro mehr-muhabbat bilan bog‘langan, hayot qiyinchiliklariga qarshi bir-birini qo‘llab-quvvatlagan, farzandlar mehr-oqibat va hurmat doirasida ulg‘ayadigan oila muhitiga ega bo‘lish barchaning orzusi. Afsuski, bugungi oilaviy masalalar beparvolik bilan tilga olinib, yechim topish o‘rniga ular hal qilib bo‘lmas holga kelmoqda, muammolar yana-da ildiz otib, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik avj olmoqda, ajrimlar yil sayin ortib bormoqda.
Ushbu kitob Qur'on va sunnatda bayon etilgan baxtli oila tendensiyasi bayon etilgan...
📚 @kitoblar_apk
"Amerika - bu xato!"
Z. Freyd
📚 @kitoblar_apk
Tilini, madaniyatini, tarixini yòqotgan millat tanazzulga mahkumdir...
- Yaxshi suhbat bòlayaptiyuu nega samalyotdan tushib qolmoqchi?! Qiziq...
- U - odamlar ketayotgan samolyotdan emas, sovetlar ketayotgan yo‘ldan chiqib ketishni orzu qiladi.
- Chiqib keta oladimi?
- Men hali òqib tugatmadim
- Ketolmaydida... asar ana shu haqida aslida. Yaʼniki inson ko‘ra bila turib ham, tushunib ham, istab ham olomondan ajralib chiqib ketolmaydi...
-Aslida ana shu xolat: chorasizlikdan inson xatto o‘lib qutulishni ham orzu qiladi...
Yefreyim Sevelaning "To‘xtating samalyotni tushib qolaman" romanidan.
📚 @kitoblar_apk
Tirik edi, ammo yashamayotgandi...
📚 @kitoblar_apk
“Erkinlik” so‘zidek turli xil ma’no kasb etadigan va tafakkurda shuncha ko‘p taassurot hosil qiladigan so‘z bo‘lmasa kerak.
Ba’zilar erkinlikni - o‘zlari tomonidan taqdim etilgan hokimiyatga ega chiqqan zolimni taxtdan ag‘darishning sodda imkoniyati deb biladilar;
ayrimlar erkinlikni – o‘zlari bo‘ysunishi mumkin bo‘lgan insonni saylay olish huquqida;
boshqalar - qurol olib yurish va zo‘rlik qilish huquqida;
to‘rinchilari esa erkinlikni - o‘z millatiga mansub shaxsning boshqaruvida bo‘la olish yoki o‘zlarining qonunlariga bo‘ysunish imtiyozida ko‘radilar.
Shunday xalqlar ham bor edi-ki, ular uzun soqol qo‘ya bilish odatini uzoq vaqt davomida - erkinlik deb bilgan edi.
📚 @kitoblar_apk
🎉🎉 Bepul Arab Tili Darslari 🎉🎉
🗓 24 - yanvardan boshlab
✅ Darslar Hamma Uchun ✅
🇸🇦 Arab tilini ikki boshqichda:
➖ 0⃣ dan harflar, oʻqish va yozish
➖ Tarjima qilish mahorati, grammatik qoidalar bilan oʻrganamiz.
⚡️ Darslar Mobaynida:
🎬 Har kunlik eksklyuziv video darslar
🎁 Motivatsion jonli darslar
📚 Mukammal o'quv qo'llanmalari
... va yana turli imtiyozlarga ega bo'lasiz! 🎁🎁🎁
🔰 Darslarni minglab shogird yetishtirgan, ko'p yillik tajribaga ega ustozimiz Abdullox Normuminov olib boradilar.
❗️☝️Hoziroq darslarga qo'shiling, aks holda shunday ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy berasiz.
⬇️ Darsga Yozilish Uchun Pastdagi Tugmani Bosing ⬇️
Kitobni oʻqish uchun qoʻlga olar ekanman, moliyaviy erkinlik haqidagi navbatdagi zerikarli asar boʻlsa kerak degan oʻy oʻtdi. Ochib qarasam, badiiy kitob ekan! Kutmagan edim. Bu mavzuda badiiy kitob boʻlishini oʻylab koʻrmagan ekanman.
Kitobning qisqacha mazmuni ortiqcha xarajatlardan tiyilish orqali boy boʻlish mumkinligi haqida ekan. Hatto bu haqida aniq hisobotlar kelgan.
📚 @kitoblar_apk
🌙 Ramazon oyiga maxsus taklif! 🌙
📚 Intensiv rus tili kurslariga start beramiz!
Ko‘plab iltimoslar asosida haftasiga 3 marta o‘tkaziladigan intensiv guruh darslarini boshlaymiz.
🌙 Faqat muqaddas Ramazon oyida chegirma!
💰 Guruh darslari — 90 000 so‘m (oyiga)
🗓 Yangi guruhlar jadvali:
• Seshanba / Payshanba / Shanba — 21:00
• Dushanba / Chorshanba / Juma — 22:00
• Dushanba / Chorshanba / Juma — 06:00 (ertalabki guruh)
🎯 Kurs kimlar uchun?
— 0 dan boshlab Og‘zaki nutqini rivojlantirmoqchi bo‘lganlar
— Grammatikani mukammal o‘rganmoqchi bo‘lganlar
— To‘g‘ri va xatosiz yozishni o‘rganmoqchi bo‘lganlar
— Rus tilida deyarli aksentsiz, ishonch bilan gapirmoqchi bo‘lganlar
✅ Har bir topshiriq 100% tekshiriladi
✅ Har bir o‘quvchiga individual yondashuv
✅ 3 oy ichida bazaviy darajani mustahkam egallash
✅ O‘quvchilar erkin, ishonchli va grammatik jihatdan to‘g‘ri gapira boshlaydi
⚠️ Muhim!
Biz sifatga ishlaymiz, shuning uchun guruhlar kichik va joylar cheklangan.
Guruh to‘lishi bilan qabul yopiladi.
Darslarda sababsiz qatnashmaydigan va vazifalarni bajarmaydigan o‘quvchilar guruhdan chiqariladi. Biz bilan faqat haqiqatan ham o‘qishni istaganlar qoladi.
🎓 Individual darslar — faqat Ramazon oyida 250 000 so‘m (oyiga)
📅 Darslar rasman 23-fevraldan boshlanadi.
23-fevralga qadar guruhlar shakllantiriladi. Joylar cheklangan!
👩🏫 Darslarni 5 yillik tajribaga ega ustoz, doktorant olib boradi.
📌 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun kanalga o‘ting: @Pariso_01
👉 Yangiliklarni Kanalda kuzating /channel/Pariso_01Russianlanguage
Shoshiling, joylar soni cheklangan! 🚀
Hayvonlardan farqli o'laroq, Yaratgan bizni tik yuradigan qilib yaratdi. Aksariyat odamlar bu imtiyozdan foydalanmaydilar, ular umrining ko'p qismini "egilib" va hatto "emaklab" o'tadilar...
Hayot - iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlardan boshqa hech kim yuta olmaydigan o'yindir...
Men dushmanni la'natlayman, tarafsizlikka kelsak ular tupurishgada loyiqdir...
Hayotini faqat din va namoz bilan emas, balki ilm va amal ila tartibga solish kerakligiga inongan kishi Islomga oiddir...
Tarixni Alloh yozadi, biz faqatgina qayerda (qaysi tomonda) turishimizni tanlaymiz xolos...
Aliye Izetbegovichning "Sharaf" kitobidan.
Adam Uzkusaning "Safar" kitobidagi tagiga chizib o'qiladigan jumlalar
✍🏻 Hayot yashalgan kunlar emas esda qolgan kunlardir...
✍🏻 “Dunyoqarashi tor boʻlgan insonlarning har qanday narsani barbod qila olishlarini guvohi boʻlganimdan beri tafakkurimni
kengaytirish uchun sayohat qilaman”.
✍🏻 Barcha muhtasham hikoyalar ikki zaylda: bir insonning safarga chiqishi yoki bir shaharga begonaning tashrifi ila boshlanadi...
✍🏻 “Anʼana o‘liklarning tirik ruhi, anʼanaviylik esa tiriklarning o‘lgan ruhidir”.
✍🏻 “Hech qaysi oʻlimning ortidan Andalusiyaning ortidan yigʻlangani kabi yigʻlanmadi. Hech qaysi qabr toshi Andalusiyaning qabr toshiday hoʻl boʻlmadi”
📚 @kitoblar_apk
Fransuz faylasufi Montesk’ening “Qonunlar ruhi haqida” asarida insonlar oʻrnatgan qonunlarnigina emas, siz-u bizga boʻysunmas qonunlar, oʻsha qonuniyatning ruhi, oʻlchovlari haqida ham fikr yuritiladi. Bizning doiramizdan tashqaridagi qonunlar haqida gapirar ekan, shunday deydi:
“Dunyoda biz koʻrayotgan barcha hodisalar taqdirning koʻr-koʻronalik mahsulidir, deguvchilar(ateistlar) buyuk safsatani ta’kidlaydilar, chunki aqlli mavjudodlarni yaratgan soʻqir taqdirdan koʻra be’maniroq nima boʻlishi mumkin?“
Montesk’e boshqaruv shaklining tabiatidan kelib chiqadigan qonunlarni tasniflaydi, turli boshqaruv shaklidagi(demokratiya, monarxiya, despotik) hukumatlarning farqli qonunlariga chizgilar beradi.
Shuningdek, u hashamatga, hashamatning qonunlarga, qonunlarning hashamatga ta’siri haqida ham alohida boblar ajratadi. Doimo dolzarb boʻlib kelgan jamiyatda ayollarning oʻrni masalasiga ham bir-necha bob ajratadi.
Umuman olganda, “Qonunlar ruhi haqida” asarini oʻqirkansiz, nafaqat oʻzimizdagi balki boshqa hukumatlarning ham kamchiliklarini teranroq anglaysiz. Qonunlarning mohiyatini, jamiyat yoki hukumat ruhiyatiga ta’sirini koʻrib chiqqach savollaringiz oldingidan ham koʻpayadi. Yechim va bizdan avvalgilardan olingan xulosalar bor ekan, nega bu narsaga toʻgʻrilanmaydi deysiz beixtiyor.
Boshqaruvni doimiy qoʻrquvda tutib boʻlmasligi, bu jarayon ham haddan ortib ketsa yoki uzoq muddat davom etsa xalqning hukumatga qarshi birlashuviga olib kelishini eslatadi. Bunga esa quyidagicha izoh beradi:
“Men qoʻrquv odamlarni bir-biridan qochishga majbur qiladi dedim; lekin qoʻrquvlari bir-biriga oʻxshash ekanligini koʻrishlari bilanoq insonlarda oʻzaro yaqinlashish istagi paydo boʻladi”.
Shuningdek, kitobda boshqaruv shakllarining tanazzuli sabablari, qonunlarning hujumkor kuchga nisbatan munosabati, qonunlarning mudofaalanishiga ham toʻxtalib, ularning ruhiyati bilan birgalikda chuqur tahlil qilinadi.
📚 @kitoblar_apk
Insonni koʻrganlaringdan iborat deb bilma. Haqiqatning surati ichidadir, tashi shunchaki — manzara...
Roʻza — koʻngil koʻzini ochish uchun, jismni koʻr qiladi.
Qachonki jarohatimizdan shikoyat qilsak, undan battarogʻi bilan imtihon qilindik. Shuning uchun ham “Tavakkul yaxshidir” deydigan boʻldik...
Foniy boʻlgan ishq yoʻqdir. Ishqlarning bari boqiydir. Farqi shuki, kimdir sanʻatkorning sanʻatini koʻrur, kimdir sanʻatkorning oʻzini...
"…Masalan, bir odamning ko'ngli farahlasa (quvonsa), demak, u kimnidir sevintirgan va undagi quvonch ana shu ishning mukofotidir. Xuddi shunday, insonning xafagarchiligi — uning boshqa birovning ko'nglini og'ritganiga munosib javob…"
📚 @kitoblar_apk
Behuda umr
Bir kishi tush ko‘rdi va uyg‘onganidan so‘ng tushining ta'birini bilish uchun ta'birchining yoniga bordi.
Ta'birchi u kishiga "Avval uyqudan uyg‘on" deb javob berdi.
Jubron Xalil Jubronning “Kesik qanotlar” kitobidan.
📚 @kitoblar_apk
Agar pul insonni baxtiyor qilganida, bugun G'arbda har bir oilaning shifokori bilan birga o'z psixologlari ham bo'lmas edi.
Kibrning qoidasi:
Men undan yaxshiman!
Pir yetti yoshga to‘lganda otasining vafotidan chuqur g'amga botdi. Bolaning yuragi dosh berolmaydigan qayg‘u xuddi dengizda cho‘kayotgan odamning bo‘g‘ilishga o‘xshardi. Bu bir ilohiy rahmat ekanligini bolakay hali bilmasdi. Zero, kalb baʼzan chukur bilim va ruhiy holatlarga og'riqli tarzda tayyorlanadi. Ichidagi g‘am-qayg‘uning bo'ronlari iloxiy sifatlarning zuhurini unga ergashtiradi. Ana shunday chuqur qayg‘u ichida u Sayramda daryo bo'yida yolg‘iz sayr qiladi. Suv oqimiga kilgan holda ota-onasining yo‘qligiga ko‘nikishga harakat qilar ekan, ko‘zlarini uyqu bosdi. Ko'z qovoqlarini asir etgan uyqu Rahmoniy bir tushga yo'l ochdi. Ana shunda Xoja Ahmad Yassaviy ilk marotaba Xizr bilan uyqusida yuzlashdi. Xizr uning qalbini ilohiy zukkolik ilmi ila to‘ldirib, bo shidan kechirajak ruhiy holatlarga tayyorlay boshladi.
📚 @kitoblar_apk
🇷🇺 Rus tilini o‘rganmoqchi bo'lganlar uchun eng kerakli kanallardan biri
/channel/+EMGAzjSH1TA3N2Ux
➡️ 5 yillik tajriba va C1 darajadagi ustoz
➡️ Dam olish kunlari jonli muloqot darslari
➡️ Til o'rganish bo'yicha eng kerakli maslahatlar
➡️ Rus tilida qiziqarli filmlar
➡️ Rus tilidagi ko'plab darslik va badiiy kitoblar
✅ Kim mustaqil o‘rganmoqchi bo'lsa dars rejasi ham yuborilgan kanalga!
🌹Kanalga link:
/channel/+EMGAzjSH1TA3N2Ux
❤️Ustoz:
@ziyodarustilikurs yozing yangi gruppalar haqida ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz.
Livanlik mashhur adib, shoir va faylasuf Jubron Xalil Jubron aytadi:
Ya’ni: "kuchli shaxsiyatga ega bo‘lgan inson qasos olmaydi balki, odamlarni avvalgi g‘arib (yolg‘iz) hollariga qaytarib qo‘yadi".
Adibga ko‘ra, kuchli inson biror yaqinidan yomonlik ko‘rsa, unga adovat qilib, o‘ch olmas ekan balki, uni qadrlamagani uchun shunchaki, undan uzoqlashish orqali avvalgi g‘aribligiga qaytarib qo‘yar ekan, xolos.
"Kesik qanotlar"
📚 @kitoblar_apk
Qul bilan Robbisi orasidagi parda - qulning nafsidir, bu olam emas!
"Maktubot"
📚 @kitoblar_apk
Ular Allohga tavakkal qiladilar va bu orqali o'zlariga kelgan yukdan halos bo'ladilar...
Puldan boshqa hech vaqosi yo‘q kishi odamlarning eng kambag‘alidir...
Shunday gʻalati zamonda yashayapmizki, unda boy ham, kambagʻal ham har kuni bir necha chaqirim masofa yuradi. Ularning orasidagi farq esa: Kambagʻal qornini toʻydirish uchun yuradi, boy esa qornidagini hazm qilish uchun!
"Musulmon tadbirkor" kitobidan
📚 @kitoblar_apk
Qachonki erkinlik qadriyati yo‘qolsa, moyil qalblar shuhratparastlikka to‘ladi va hamma tamagirlikni yuqtiradi. Istak predmetlari o‘zgaradi: ilgari sevganlarini endi sevishmaydi; ilgari qonunlarga ko‘ra erkinlik bor edi, endi esa noqonuniy erkinlikni istashadi; qoida bo‘lgan narsa, endi qattiqqo‘llik bo‘lib tuyula boshlaydi; intizom esa cheklovga aylandi, ehtiyotkorlik [sabr] ni qo‘rqoqlik deb atashadi, o‘ziga tortqilash chanqoqligini emas, mo‘tadillikni – ochko‘zlik deyishadi. Ilgari, xususiy mulk jamoatchilik xazinasini tashkil qilgan bo‘lsa, endi jamoatchilik xazinasi xususiy mulkka aylandi. Respublika o‘ljaga, uni kuchi - ozchilik qudrati va umumiy o‘zboshimchalikka aylanadi.
Hashamat doim mulk tengsizligiga proporsionaldir. Davlatda boylik teng taqsimlansa hech qanday hashamat bo‘lmaydi, zotan u [hashamat] faqat, ayrim insonlarning boshqalar mehnati hisobidan o‘zlashtiradigan qulayliklariga asoslanadi.
Monteske, "Qonunlar ruhi"
📚 @kitoblar_apk
Agar sizda :
— Rejalagan ishlaringizga yetarli vaqt topilmayotgan;
— Shaxsiy majburiyatlar, loyihalar, vaqt ortsa, oʻqiyman deganingiz talay jurnal va kitoblar yuki bosib qolgan. Biroq siz ularga ulgurmayotgan. Ishlaringizni toʻliq ado etishga umid ham qilmayotgan;
— Koʻnglingizdagidek dam olishga vaqt orttira olmayotgan;
— Ishlaringizni samarali yoʻlga qoʻyish usullarini har qancha oʻrganmang, rejalagan yumushlaringiz ortib, baribir vaqt yetmay qolayotgan boʻlsa, ushbu kitob aynan siz uchun!
📚 @kitoblar_apk
Salmon Forsiy roziyallohu anhu: “Uch narsa meni ajablantirdi, hatto kuldirdi ham: o‘lim ortidan quvib kelishiga qaramay, dunyo orzu-havasini qilayotgan kishi; uni unutib qoldirib ketilmasligi aniq bo‘lgan g‘ofil; Rabbil a’lamiyn undan rozimi-yo‘qmi bilmay, og‘zini to‘ldirib kulayotgan kishi.
📚 @kitoblar_apk