piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

44448

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

👋😊 Hammaga salom!

Siz har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishi natijasida 600 millionga yaqin odam kasallanishini bilarmidingiz? JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan taxminan 420 ming kishi, jumladan, besh yoshgacha bo‘lgan 125 ming nafar bola halok bo‘ladi.

☝️ Mazkur raqamlar shunchaki oziq-ovqat xavfsizligi haqidagi savodxonlikni oshirish muhimligini anglatadi. Bu haqda bugun Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 9-umumta’lim maktabida suhbatlashdik.

🥗 "Yosh fermer" loyihasi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda oziq-ovqat xavfsizligi sohasida ta’lim, fan va texnologiyalar yakdilligi muhimligini muhokama qildik. Maktab o‘quvchilari interaktiv mashg‘ulotlar, ma’ruzalar va ko‘rgazmali taqdimotlarda qatnashdilar va asosiysi, oziq-ovqat ta’minoti zanjirining barcha ishtirokchilari: ishlab chiqaruvchilardan tortib iste’molchilargacha xavfsizlik standartlariga rioya qilishning ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarini oshirdilar.

🥞 Mutaxassislar oziq-ovqat xavfsizligi nafaqat salomatlik masalasi, balki ta’lim sifati va mamlakatning iqtisodiy barqarorligi ham ekanligini ta’kidlashdi.

❗️ Siz ham bu haqda o‘yab ko‘ring!

~~~

👋😊 Всем привет!

Вы знали, что каждый год около 600 миллионов человек заболевают из-за употребления небезопасных продуктов питания? По данным ВОЗ, из них погибает порядка 420 тысяч человек, включая 125 тысяч детей младше пяти лет.

☝️ Эти цифры просто кричат о важности повышения осведомленности о безопасности пищи. Об этом мы поговорили сегодня в средней школе №9 Юнусабадского района Ташкента.

🥗 В рамках проекта «Юный фермер» совместно с МДШО и Продовольственной и сельскохозяйственной организацией ООН (ФАО) мы обсудили важность единства образования, науки и технологий в сфере безопасности пищевых продуктов. Школьники участвовали в интерактивных занятиях, лекциях и наглядных презентациях и, что важно — повысили свой уровень знаний о важности соблюдений стандартов безопасности всех участников цепочки поставок продовольствия: от производителей до потребителей.

🥞 Эксперты подчеркнули, что безопасность питания — это не только вопрос здоровья, но и качество образования и экономическая стабильность страны.

❗️ Задумайтесь об этом и вы!

#WorldFoodSafetyDay #ЮныйФермер #EcoSchoolsUzbekistan

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

O‘zbekiston Irlandiyaning Dublin shahrida bo‘lib o‘tgan HOPE-2025 ("HOspital PEdagogy") xalqaro kongressida qatnashdi.

Yurtimiz vakillari orasida "Mehrli maktab" gospital maktabi jamoasi ham bo‘lib, pedagoglar kongress ishtirokchilari bilan ta’lim loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdilar, gospital metodikalar hamda inklyuziv amaliyotni rivojlantirishga bag‘ishlangan yalpi majlislar va seksiya muhokamalarida qatnashishdi.

HOPE-2025 xalqaro anjumanidagi ishtirok milliy mutaxassislarga gospital pedagogikasi sohasidagi eng samarali jahon amaliyotlarini o‘zlashtirish, noyob ta’lim tizimini takomillashtirishga hissa qo‘shish imkonini berdi.



Узбекистан принял участие в работе международного конгресса HOPE-2025 («HOspital PEdagogy»), проходившей в Дублине, Ирландия.

Среди представителей нашей страны была команда госпитальной школы Mehrli maktab. Педагоги поделились с участниками конгресса своим опытом реализации образовательных проектов, участвовали в пленарных заседаниях и секционных дискуссиях, посвященных развитию госпитальных методик и инклюзивных практик.

Участие в HOPE-2025 дало возможность национальным экспертам освоить наиболее эффективные мировые практики в области госпитальной педагогики, способствуя улучшению системы инклюзивного образовательного образования.

Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025
#Prezident_maktablari

❗️Aziz o‘quvchilar!
Agar siz bilimga chanqoq, izlanuvchan va kelajakda Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan boʻlsangiz
Prezident maktablari siz uchun!

🤩Prezident maktablarida oʻquvchilar:
STEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) fanlari chet ellik pedagoglar tomonidan ingliz tilida o‘qitiladi;
zamonaviy yotoqxona, darslik va zarur oʻquv qurollari, maktab formasi bilan bepul ta’minlanadi;
bir kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;
darsdan so‘ng to‘garak mashg‘ulotlariga jalb qilinadi;
turli xil sport turlari (futbol, basketbol, suzish, tennis) bilan shug‘ullanishadi;
11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarida ishtirok etib, ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

VIDEOLAVHADA Jizzax shahridagi Prezident maktabi


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#qabul_2025

Saodat yoʻli | Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Andijon filiali oʻqituvchisi Mohinur Olimova bilan suhbat

#AndijonMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_olimpiada
#taqdirlash_marosimii

🤩 ALISHER NAVOIY NOMIDAGI XALQARO O‘ZBEK TILI OLIMPIADASINING YOPILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

🟢Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida bo‘lib o‘tgan mazkur olimpiada songida golib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Gʻoliblar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

📸Jarayondan suratlar.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#qabul_2025

Hudud | O‘quvchilar xorijdagi nufuzli universitetlarga o‘qishga qabul qilinmoqda
#my5

🤩 Jizzax shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari bilim va salohiyatlarini amalda isbotlab, 20 dan ziyod xorijiy nufuzli universitetlardan o‘qish uchun taklif olishdi. Ular xorijda biznes, axborot texnologiyalari, muhandislik kabi sohalarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallab Vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shish niyatida.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OIBO_2025

👍👍👍👍👍👍👍

⚡️NAVBATDAGI XALQARO OLIMPIADADAGI GʻALABA!

📍2025-yil, Sochi

📢Terma jamoa a’zolari Sochida boʻlib oʻtayotgan Ochiq Xalqaro biologiya olimpiadasida yuqori natijaga erishdi.

👥Xalqaro darajada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada 6 nafar O‘zbekiston terma jamoasidan iborat o‘quvchilar katta muvaffaqiyatga erishdi:
🥈2 ta kumush, 🥉4 ta bronza— jami 6 ta medal!

G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:

🥈Abdurahmon Yoqubjonov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisikumush medal,
🥈 Rayhona G‘afurjanova - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisikumush medal,
🥉 Fazliddin Xamroyev - Buxoro shahridagi 24-maktabning 11-sinf o‘quvchisi bronza medal,
🥉Mashhura Qudratova - Navoiy shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisibronza medal,
🥉Shahnozabonu Jamolova - Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi 16-maktabning 11-sinf o‘quvchisi — bronza medal,
🥉Nodira Zafarova - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi — bronza medal

🎉 Fan olimpiadalari markazi Terma jamoamizni chin yurakdan tabriklaydi!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Bolalar xavfsizligi uchun muhim qaror: maktab va bog‘chalar oldiga 30 km tezlikda harakatlanish belgisi o‘rnatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2025 yil 1 sentyabrgacha Ichki ishlar vazirligi tomonidan maktab va bog‘chalar atrofida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘riladi. Jumladan, mazkur ta’lim muassasalari oldiga soatiga 30 kilometrdan ortiq harakatlanishni taqiqlovchi yo‘l belgilari, radar va maxsus texnika vositalari o‘rnatiladi.

Mazkur hujjat farzandlarimiz xavfsizligi uchun qabul qilindi. Hurmatli haydovchilarni bogʻcha, maktablar yonidan oʻtishda yanada e’tiborliroq boʻlishga chaqiramiz.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#STEM_olimpiadasi
#Agentlik_bosqichi
#ikkinchi_kun

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻrtasida STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi davom etmoqda.

📸 Jarayondan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_olimpiada
#ochilish_marosimii

🤩 ALISHER NAVOIY NOMIDAGI XALQARO O‘ZBEK TILI OLIMPIADASINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida bo‘lib o‘tayotgan Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro o‘zbek tili olimpiadasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Shvetsiyadan 48 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.

Mazkur olimpiada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, “Vatandoshlar” jamoat fondi va Fan olimpiadalari markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Xalqaro olimpiadaning yuqori saviyada o‘tishi uchun hakamlar hay’ati tarkibiga O‘zbekistonning olimpiadalar bo‘yicha ko‘p yillik tajriba va yuqori salohiyatga ega mutaxassislari jalb qilingan.

Tadbirning ochilish marosimida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etib, olimpiada qatnashchilariga omad tiladi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Halima_Xudoyberdiyeva_78_yoshda

17-may – O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavallud topgan kun.

Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tug‘ilgan.

U o‘zbek she’riyatiga samimiy insoniy tuyg‘u va fazilatlar — sevgi va sadoqat, mehr va muruvvatni tarannum etuvchi shoira, o‘zbek xotin-qizlari orzu va armonlarining kuychisi sifatida kirib kelgan.

Uning tasviridagi ayol xalq va mamlakatning kelajagi — sog‘lom va barkamol yoshlarni yetkazib beruvchi mo‘jizaviy kuchdir.

Halima Xudoyberdiyeva 2018-yil 71 yoshida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 2019-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#STEM_olimpiadasi
#Agentlik_bosqichi
#birinchi_kun

⚡️STEM fanlari boʻyicha olimpiadaning Agentlik bosqichi oʻtkazilmoqda

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻrtasida STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

📶 Olimpiada matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science fanlari bo‘yicha 3 bosqichda: yozma ish, test va laboratoriya ishi shaklida oʻtkazilmoqda.

💫 Natijalar markazlashgan holda Toshkent shahrida Hakamlar hayʼati tomonidan tekshiriladi va gʻoliblar aniqlanadi.

🗣Maʼlumot uchun, shu yilning 15-mart kuni STEM fanlari bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari oʻtkazilgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Prezident raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi

#Oʻzbekiston24

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025
#Ochiq_eshiklar_kuni
#ijod_maktablari

🤩 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida boʻlib oʻtgan "Ochiq eshiklar" kuni jarayonlari VIDEOLAVHADA

❗️Eslatma, joriy yilning 17-may kuni ham Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Ochiq eshiklar” kuni oʻtkaziladi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Aziz o‘quvchilar!
Agar siz bilimga chanqoq, izlanuvchan va kelajakda Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan boʻlsangiz
ixtisoslashtirilgan maktablarimiz siz uchun!

🤩 Ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar:
aniq hamda tabiiy fanlarni zamonaviy taʼlim metodlari asosida chuqur oʻrganib borish;
zamonaviy laboratoriya xonalarida amaliy tajribalar oʻtkazish;
darsdan so‘ng fakultativ to‘garak mashg‘ulotlari;
bepul taqdim etiladigan zamonaviy darsliklar;
turli tanlovlar, sport musobaqalari;
milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorlov;
11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarida ishtirok etib, ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyati.

VIDEOLAVHADA Muborak tuman ixtisoslashtirilgan maktabi


Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ChSB_imtihonlari
#1_kun

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda IV chorak ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari oʻtkazilmoqda.

Choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan oʻquv dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan.

Bugun, 19-may kuni ChSB imtihonlarda 6-,7-, 11-sinflardan onlayn shaklda 28 997 nafar oʻquvchi ishtirok etmoqda.

ChSB imtihonlari 21-mayga qadar davom etadi.

🗣Maʼlumot oʻrnida, 2024-2025-oʻquv yilida ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari ilk bor toʻliq onlayn shaklda oʻtkazilmoqda.

📸 Jarayonlardan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 78 yilligi

#Oʻzbekiston24

📍Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ijodiy_ishlar
#sarhisob

🤩 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 7-, 8-, 9–sinf o‘quvchilari uchun 2024/2025-o‘quv yili yakuni bo‘yicha ijodiy ishlar jarayonlari videolavhada.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Prezident_maktablari
#foto_reportaj

🤩 Toshkent, Nurafshon hamda Guliston shahridagi Prezident maktablari o’rtasida bo’lib o’tgan 4S” — Spirituality, Sport, Science, Socializing tadbiridan lavhalar.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025
#boks_maktabi

📣📣📣📣📣

HURMATLI, OTA-ONALAR VA SPORTCHI OʻQUVCHILAR!

⚡️ Joriy yilning 19-, 20-, 21-, 22-, 23-, 24–may kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.

Ochiq eshiklar kunida:

Maktabdagi sport va taʼlim tizimi metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
Sportchi oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
Sport mashgʻulotlari va dars jarayonlarini toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatish;
Maktab hududi boʻylab ekskursiya uyushtiriladi.


🗓 19-, 20-, 21-, 22-, 23-, 24–may kunlari
⏱️ Soat 10:00 dan 17:00 gacha
📍Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sobirobod MFY, 9-mavze

❗️Aziz oʻquvchilar, keling sport maktabimiz bilan tanishing! Nima uchun aynan Siz sport maktabi oʻquvchisi boʻlishingiz kerakligiga oʻzingiz ishonch hosil qiling!


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#tashabbus #ulashing

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Tashabbus 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi:

Al-Beruniy xalqaro maktabi – unga yurtimiz boʻylab eng iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi. Ular uchun dunyoning ilgʻor tajribalari asosida yuqori darajada taʼlim beriladi. Darslarni xorijdan jalb qilingan malakali ustozlar olib boradi.

“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi – unga Oʻzbekiston boʻylab 3 000 nafar iqtidorli oʻquvchi tanlab olinadi va oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar bilan qurollantiriladi. Har yili “Renessans” oromgohida xorijiy ustozlar bilan 3 haftalik intensiv sessiyalar tashkil etiladi. Ushbu ikki yoʻnalishdagi oʻquvchilar Harvard, Yale, Princeton, UPenn, Cornell kabi yetakchi universitetlarga qisqa muddatli kurslarga yuboriladi. Agar ular shu universitetlarga oʻqishga qabul qilinsa, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻqish xarajatlarini moliyalashtiradi.

Prezident iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati – u mamlakatning eng salohiyatli intellektuallarini bir joyga jamlaydi. Ularga Oʻzbekistondagi islohotlarda bevosita ishtirok etish, oʻz gʻoyalari va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyati yaratiladi. Hamjamiyat aʼzolari vazirliklar, idoralar va yirik kompaniyalar bilan bevosita muloqotda boʻladi.

Aziz yoshlar, aziz vatandoshlar, endi siz kuzatuvchi emas, bu tarixiy jarayonning faol ishtirokchisi boʻlishingiz mumkin.

Agar siz tajribali IT yoki xalqaro aloqalar mutaxassisi boʻlsangiz yoki “TOP-100” universitetda tahsil olib, ushbu oliygohlarga kirish borasida bilim va tajribangiz bilan boshqalarga yoʻl koʻrsata olsangiz Biz aynan sizni qidiryapmiz!

Safimizga qoʻshilishni istasangiz oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda @uzedu_vazirbot manziliga yuboring, takliflaringizni ham yoʻllashingiz mumkin.

Iqtidorli, gʻoyalarga boy yoshlar, keling, safimizda qoʻshiling!

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#STEM_olimpiadasi
#Agentlik_bosqichi
#ikkinchi_kun

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻrtasida STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi yakunlandi.

📶 Ikki kun davom etgan mazkur olimpiada matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science fanlari bo‘yicha 3 bosqichda: yozma ish, test va laboratoriya ishi shaklida oʻtkazildi.

🗣Maʼlumot uchun, shu yilning 15-mart kuni STEM fanlari bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari oʻtkazilgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_olimpiada

🤩 ALISHER NAVOIY NOMIDAGI XALQARO O‘ZBEK TILI OLIMPIADASI DAVOM ETMOQDA

🗣Olimpiada ikki bosqichda o‘tkazilmoqda:
1-bosqich – yozma ish (esse);
2-bosqich – test sinovlari.

📸Jarayonlardan suratlar.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#SAT_results

⚡️Oʻquvchimiz SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi

🤩 Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Umidjon Zafarov xalqaro SAT imtihonidan 1530 ballni qoʻlga kiritdi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash mezoni 400–1600 ball shkalasida baholanadi.

📌 Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan boʻlib, dunyoning nufuzli universitetlariga oʻqishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.


💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

SAMARQAND YANGILIKLARI | TAʼLIMGA EʼTIBOR – KELAJAKKA EʼTIBOR!
#SamarqandMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌍🌍🌍🌍🌍

Prezident boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida navbatdagi “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda kuni kecha Davlatimiz rahbari boshchiligida tizimdagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish, kelgusidagi ustuvor masalalar bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, yig‘ilishda berilgan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va samarali tashkil etish uchun barcha mas’ullar “favqulodda to‘qson kunlik” ish rejimiga o‘tib ish olib borishi zarurligini alohida qayd etdi.

“Eng asosiy maqsadimiz, bog‘chalarni kun davomida bolani faqat vaqtini o‘tkazadigan emas, ularning ta’lim olishlari uchun ilk ko‘nikmalarni shakllantiradigan maskanga aylanishiga erishishdir.

Shu sababli maktabgacha ta’limda sifat samaradorligiga erishish kechiktirib bo‘lmas masala ekanligini mas’ullar his qilishi kerak”,

— dedi vazir.

📊 Shundan kelib chiqqan holda soha mutasaddilari oldiga bog‘cha tarbiyachilarining malakasi, mahorati, psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimini joriy etish, iyun-avgust oylarida 7 mingta bog‘chalardagi 118 ming nafar tarbiyachini yangi dasturlar bilan ishlashga o‘rgatish vazifalari qo‘yildi.

🌐
BATAFSIL

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktablari

🤩 Xiva shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtgan "Ochiq eshiklar" kuni jarayonlari VIDEOLAVHADA

❗️Eslatma, joriy yilning 18-may kuni ham Xiva shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar” kuni oʻtkaziladi.


Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Eco_schools_Uzbekistan
#Prezident_maktablari

🤩 Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Eco-schools Uzbekistan” loyihasi doirasida hududdagi taʼlim muassasalari ekofaollari uchun seminar tashkil etildi. VIDEOLAHVADA batafsil.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌊 Suv yo‘qolganda, umid ham yo‘qolishi mumkin.

⛏️ Ammo biz harakat qilmoqdamiz. Biz yechimlar topmoqdamiz.

🌲 Orol dengizining qurigan tubi maydoni 6 million gektarga yaqin, shundan O‘zbekiston hududida 3,2 million gektar. Bu yerda 2018-yil dekabr oyidan boshlab keng ko‘lamli o‘rmon barpo etish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda 2 million gektar maydonga daraxtlar ekildi. Ishlar davom etmoqda.

🎯 Bir hudud. Bir maqsad. Bir kelajak.

~~~

🌊 Когда исчезает вода, может исчезнуть и надежда.

⛏️ Но мы действуем. Мы находим решения.

🌲 Площадь осушенного дна Аральского моря составляет около 6 миллионов гектар, из них на территории Узбекистана — 3,2 миллиона гектар. Здесь, начиная с декабря 2018 года начали проводиться крупномасштабные работы по посадке лесных насаждений. И сегодня уже высажено 2 миллиона гектар. Работа продолжается.

🎯 Один регион. Одна цель. Одно будущее.

#GlobalYouthFestival #EcoSchoolsUzbekistan

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook

Читать полностью…
Subscribe to a channel