Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48
#OAV_biz_haqimizda
Yangi Oʻzbekiston universiteti tajribasi ommalashmoqda.
#OʻzbekistonRadiosi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#GlobalYouthFestival #EcoSchoolsUzbekistan
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
🤩 Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Bibimaryam Maxamatdinova Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat universitetiga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
Joriy yilning mart oyida mazkur xorijiy oliygoh tomonidan ochiq olimpiadada tashkil etilgan edi. Unda oʻquvchimiz Bibimaryam muvaffaqiyatli ishtirok etib, tanlov natijalariga koʻra Sankt-Peterburg davlat universitetining 100 foizlik grantiga sazovor boʻldi.
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Umuman, aytilgan topshiriq va tadbirlar ijrosini nazorat qilish uchun shtab tuzilishi, bu masala shaxsan Prezident nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.
Tuman hokimlariga har oyda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari rahbarlari, maktab direktorlari va bog‘cha mudiralari bilan uchrashib, muammolarni joyida hal qilish vazifasi yuklandi.
Mutasaddilar bundan buyon tuman bo‘limi rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan birorta yig‘ilishga jalb qilib bo‘lmasligi haqida qat’iy ogohlantirildi.
Yig‘ilish davomida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi mutasaddilarining fikr va takliflari, hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm ob’yektlari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari o‘tkazish, madaniyat va istirohat bog‘larida san’at ko‘rgazmalari, she’riyat kechalari va intellektual o‘yinlar tashkil etish topshirildi.
Poytaxtdagi Yangi O‘zbekiston bog‘i va parklarda har kuni ochiq osmon ostida konsertlar uyushtiriladi.
Bu ishlarni sport sohasida ham tashkil qilib, 6 million yoshlarni qamrab olishga ko‘rsatma berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi
Bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha ko‘p ishlar qilinmoqda, bu borada alohida qonun ham qabul qilingan.
“To‘g‘ri, bugungi kunda yoshlar ma’naviyati bilan hamma shug‘ullanayapti.
Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targ‘iboti, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha professional tashkilot yo‘q”,
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab tashkil etiladi
Chetda o‘qiyotgan yoshlarimizning atigi 1 foizi “Top-100”dagi oliygohlarga kirgani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, “Top-10” bilan “Top-200”dagi ta’lim narxi bir biridan atigi 15-20 foizga farq qiladi.
“Yoshlarimiz juda iqtidorli. Ularni tizimli yo‘naltirib, oliygoh tanlashga ko‘maklashib, maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘ysak bo‘ldi, ko‘rsatkichlarimiz karrasiga oshadi”,
Yig‘ilishda yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Bugungi kunda tumanlarda “Barkamol avlod” maktablari, 14 ta hududda “Yoshlik” sport jamiyati va Respublika o‘quvchi yoshlar markazi bor. Lekin 219 ta “Barkamol avlod” maktabi 350 ming bolani qamrab olgan, xolos.
Endilikda “Barkamol avlod” maktablari, “Yoshlik” sport jamiyati va O‘quvchi yoshlar markazi yagona tizimga birlashishi belgilandi.
Bu markazlar to‘liq ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy, kreativ yo‘nalishlar asosida jihozlanadi. Ularda xorijiy tillarni o‘qitish, sun’iy intellekt, dasturlash va animatsiya kabi yangi to‘garaklar ochiladi.
O‘quvchilar o‘rtasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha ham yangi tizim bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Samarqand, Buxoro va poytaxtdagi “Barkamol avlod” markazlarida kamida 100 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazasi” tashkil qilinadi.
Mutasaddilarga qiziqarli turizm to‘plamlarini qilib, har yili 1 million o‘quvchini O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga jalb qilish topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Joriy yilda yangi maktablar qurish uchun Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb qilindi. Buning evaziga 58 ta maktab qurilib, 72 mingta o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
Bunga qo‘shimcha ravishda viloyatlar hokimlariga joriy yilda xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlab, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Janubiy Koreya kabi davlatlardan investorlar olib kelib, mahalliy tadbirkorlarga sharoit yaratib, maktab qurilishiga 10 million dollardan mablag‘ni jalb qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
Maktablar quvvatini oshirishning maqbul yo‘llaridan biri xususiy sheriklik ekani ta’kidlandi.
Shu bois maktablar va bog‘chalar uchun xususiy sheriklik loyihalarining e’londa turish muddati 45 kundan 30 kunga qisqartiriladi.
Mutasaddilarga joriy yilda maktab ta’limida kamida 100 ta shunday loyihani boshlash topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Xususiy oliygohlar faoliyatiga keng yo‘l ochib berildi.
Lekin ularda pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarning 70 foizi maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim va filologiya bo‘yicha tayyorlanmoqda.
“Aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha pedagoglarni ko‘paytirmasak, IT, “yashil” energetika, “sun’iy intellekt”, “yangi materiallar” kabi dolzarb sohalarga minglab kadrlarni qayerdan yetkazamiz?
Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yo‘nalishlar davlat institutlari bilan bir xil bo‘ladi”,
Bir yil ichida 215 nafar o‘qituvchi Angliya, Fransiya, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreyadagi eng nufuzli universitetlarda malaka oshirdi.
Muhimi, xususiy maktablar ham bu tizimga qo‘shilib, o‘qituvchilarini xorijga jo‘natmoqda.
Prezident kelgusida malaka oshirishga borayotganlarning 25-30 foizi xususiy maktablardan bo‘lishi haqidagi taklifni ma’qulladi va mutasaddilarga buni yangi o‘quv yilidan boshlab tashkil qilishga topshiriq berdi.
Joriy yilning o‘zida pedagogika oliygohlari va malaka oshirish markazlaridan kamida 5 nafardan, har bir tumandan shunchadan muallimni xorijga yuborish vazifasi qo‘yildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan o‘zgarishi belgilandi. Prezidentimiz buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.
Bu oliygohga Yangi O‘zbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. “Top” xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar o‘rnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.
Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika universiteti ta’lim dasturlari joriy etiladi. Qolganlari esa Kembrij universiteti talablari asosida to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi.
Oliygohdagi fanlar soni ham maqbullashib, 20 tadan 15 taga, ta’lim yo‘nalishlari 31 tadan 17 taga tushiriladi, o‘quv yuklamasi 20 foizga qisqaradi.
Termiz shahri va tumanidagi 47 ta maktab oliygohning amaliyot bazasiga aylantiriladi. 3 ta ixtisoslashgan hamda yangi baholash tizimiga o‘tgan 12 ta maktab esa metodik baza bo‘lib, oliygoh ularni zamonaviy laboratoriya bilan ta’minlaydi.
Oliygohni xorijiy til sertifikati bor 20 nafar o‘qituvchisi shu yil Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
Kelgusi uch yilda institutning barcha professor-o‘qituvchilari xorijiy til sertifikatini olib, chet elda o‘qib keladi.
Bu tizim barcha pedagogika oliygohlarida joriy etiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hozirda 7–11-sinf o‘quvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham o‘ylantirishi zarurligi qayd etildi.
Yoki viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda o‘quvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh bo‘lib qolayapti. O‘lim bilan tugayotgan holatlar ham ko‘p.
Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman prokurorlari qonun ustuvorligini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlash topshirildi.
“Biz maktabgacha va maktab ta’limi tizimida katta o‘zgarish qila oldik. Lekin, hali yechimini kutayotgan ko‘plab muammolar bor”,
#qabul_2025
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktablari
🤩 Buxoro shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtgan "Ochiq eshiklar" kuni jarayonlari VIDEOLAVHADA
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Fursat | Adabiyotga oshno qalblar
#NurafshonTV
Lavhada Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Ijod yoshlari" tanlovining Toshkent shahri va Toshkent viloyati oʻquvchilari ishtirokidagi yakuniy bosqichi tafsilotlari haqida soʻz boradi.
#qabul_2025
#gimnastika_maktabi
📣📣📣📣📣
HURMATLI, OTA-ONALAR VA SPORTCHI OʻQUVCHILAR!
⚡️ Joriy yilning 20-, 23–may kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.
✅ Ochiq eshiklar kunida:
➖Maktabdagi sport va taʼlim tizimi metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
➖Sportchi oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
➖Sport mashgʻulotlari va dars jarayonlarini toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatish;
➖ Maktab hududi boʻylab ekskursiya uyushtiriladi.
🗣Shuningdek, 19–24-may kunlari sport maktabida gimnastika boʻyicha ochiq chempionat ham boʻlib oʻtadi.
🗓 20-, 23–may kunlari
⏱️ Soat 10:00 dan 17:00 gacha
📍Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sarikoʻl koʻchasi, 24
Murojaat uchun:
📞+998 (55) 515-04-27
📞 +998 (55) 515-04-26
❗️Aziz oʻquvchilar, keling sport maktabimiz bilan tanishing! Nima uchun aynan Siz sport maktabi oʻquvchisi boʻlishingiz kerakligiga oʻzingiz ishonch hosil qiling!
Bugun, Xalqaro iqlim kunida Toshkentda yoshlar va hukumatlar o‘rtasidagi muloqot uchun samarali xalqaro platformaga aylanadigan Global yoshlar festivali boshlandi, unda yosh ishtirokchilar barqaror rivojlanish va ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan innovatsion yechimlarni taklif qiladilar.
"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Raqamli "yashil" tashabbuslar haftaligi ochilishida ishtirok etib, u yerda bolalar bilan birgalikda ekologik loyihalar va startaplar bilan tanishdi, recycle-buyumlar yaratish bo‘yicha mahorat darslarida qatnashdi.
Ziroat Mirziyoyeva yosh ekofaollar bilan suhbatlashdi. Shuningdek festivalning jajji mehmonlari bilan birga kitob mutolaa qildi, "Yashil Makon" va "Bek va Lola" animatsion multfilmlarini tomosha qildi. Barcha hohlovchilar shu hafta oxirigacha Yapon bog‘ida ushbu multfilmlarni tomosha qilishlari va shinam muhitda kitob o‘qishlari mumkin bo‘ladi.
Festival har bir hafta uchun alohida to‘rtta mavzuni qamrab oladi hamda15-maydan 30-iyungacha Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tadi. Keng ko‘lamli tadbirda 50 dan ortiq mamlakatdan 300 dan oshiq xalqaro tashkilotlar hamda yoshlar tuzilmalari vakillari, mutaxassislar, ekspertlar va eko-yoshlar ishtirok etmoqda.
—
Сегодня, в Международный день климата, в Ташкенте стартовал Глобальный молодёжный фестиваль, который станет действенной международной платформой для диалога между молодёжью и правительствами, в ходе которого молодые участники будут предлагать инновационные решения, направленные на устойчивое развитие и улучшение экологической ситуации.
Председатель Попечительского совета Фонда Zamin посетила открытие Недели цифровых «зелёных» инициатив, где вместе с ребятами познакомились с экологическими проектами и стартапами, участвовали в мастер-классах по созданию recycle-изделий.
Зироат Мирзиёева пообщалась с молодыми экоактивистами и присоединилась к самым маленьким гостям фестиваля, чтобы вместе почитать книги и посмотреть анимационные мультфильмы Yashil Makon и «Бек и Лола», которые все желающие смогут увидеть и почитать в уютной обстановке Японского сада до конца этой недели.
Фестиваль охватит четыре тематические недели и будет проходить с 15 мая по 30 июня в Ташкенте, Республике Каракалпакстан и Самаркандской области. В масштабном мероприятии принимает участие более 300 представителей международных организаций и молодёжных структур, специалистов, экспертов и экомолодёжи из более, чем 50 стран.
#GlobalYouthFestival #EcoSchoolsUzbekistan
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
#qabul_2025
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktablari
🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtgan "Ochiq eshiklar" kuni jarayonlari VIDEOLAVHADA
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yozgi oromgohlarda yoshlar “Ibrat farzandlari”, “Qizlar akademiyasi”, “Mutolaa” loyihalari bilan qamrab olinadi. 100 ming o‘quvchi uchun maktablarda “kunduzgi oromgoh” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
“Zakovat” intellektual o‘yinining maktab ligasi tashkil etiladi.
“Raqamli avlod” loyihasi doirasida kamida 50 ming yosh o‘qitilib, hududlarda IT va kibersport turnirlari o‘tkaziladi. Bunda “Raqamli avlod qizlari” loyihasi bo‘yicha tuman va viloyat tanlovlari o‘tkaziladi.
“Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 100 ming yosh volontyorlikka jalb qilinadi.
150 dan ortiq sun’iy, shuningdek, barcha tabiiy suv havzalaridan samarali foydalanish, bunda yoshlarning xavfsizligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
“Yoshlar turizmi oyligi” o‘tkazilib, 1 million yoshlar uchun muzey va tarixiy obidalarga ekskursiyalar tashkil qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bolalar kontentini rivojlantirish markaziga direktor etib taniqli rejissyor Jahongir Ahmedov tayinlandi.
Yig‘ilishda sanoqli kunlardan keyin 6 milliondan ziyod o‘quvchi va 1 milliondan ortiq talaba ta’tilga chiqishi ta’kidlandi. Yoz oylarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish muhim ahamiyatga ega ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Barcha hokimlar va ta’lim sohasi rahbarlariga yozgi ta’til vaqtida barcha ta’lim muassasalarining sport maydonchasi va o‘quv xonalarida yoshlar uchun sport, fan va kasb to‘garaklarini ochish topshirildi.
Masalan, o‘zlashtirish darajasi past maktablarga oqsayotgan fanlar bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinib, o‘quvchilar uchun haftasiga olti soatlik o‘quv kurslari tashkil qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Joriy yilda yangi maktablar qurish uchun Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb qilindi. Buning evaziga 58 ta maktab qurilib, 72 mingta o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
Bunga qo‘shimcha ravishda viloyatlar hokimlariga joriy yilda xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlab, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Janubiy Koreya kabi davlatlardan investorlar olib kelib, mahalliy tadbirkorlarga sharoit yaratib, maktab qurilishiga 10 million dollardan mablag‘ni jalb qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
Maktablar quvvatini oshirishning maqbul yo‘llaridan biri xususiy sheriklik ekani ta’kidlandi.
Shu bois maktablar va bog‘chalar uchun xususiy sheriklik loyihalarining e’londa turish muddati 45 kundan 30 kunga qisqartiriladi.
Mutasaddilarga joriy yilda maktab ta’limida kamida 100 ta shunday loyihani boshlash topshirildi.
So‘nggi yetti yilda bog‘chalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda mamlakatimizda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bog‘chalar faoliyat yuritmoqda.
“Qamrov oshdi, lekin sifat bo‘yicha qiladigan ishlarimiz ko‘p. Bog‘chalar nafaqat tarbiya, balki bolada ta’lim olish uchun ilk ko‘nikmalarni shakllantiradigan maskanga aylanishi kerak”,
Bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha ko‘p ishlar qilinmoqda, bu borada alohida qonun ham qabul qilingan.
“To‘g‘ri, bugungi kunda yoshlar ma’naviyati bilan hamma shug‘ullanayapti.
Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targ‘iboti, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha professional tashkilot yo‘q”,
So‘nggi yetti yilda bog‘chalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda mamlakatimizda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bog‘chalar faoliyat yuritmoqda.
“Qamrov oshdi, lekin sifat bo‘yicha qiladigan ishlarimiz ko‘p. Bog‘chalar nafaqat tarbiya, balki bolada ta’lim olish uchun ilk ko‘nikmalarni shakllantiradigan maskanga aylanishi kerak”,
Chetda o‘qiyotgan yoshlarimizning atigi 1 foizi “Top-100”dagi oliygohlarga kirgani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, “Top-10” bilan “Top-200”dagi ta’lim narxi bir biridan atigi 15-20 foizga farq qiladi.
“Yoshlarimiz juda iqtidorli. Ularni tizimli yo‘naltirib, oliygoh tanlashga ko‘maklashib, maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘ysak bo‘ldi, ko‘rsatkichlarimiz karrasiga oshadi”,
Kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va ularni baholash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi
“Ta’limda sifat bo‘lishi uchun eng avvalo pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bunga tayyor bo‘lishi kerak”,
Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazidagi yondashuvlarni ham, dasturlarni ham tubdan o‘zgartirish zarurligi ta’kidlandi.
Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-o‘qituvchining barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi.
Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri bo‘yicha alohida tayanch maktablari bo‘ladi.
Har bir tayanch maktabning 1 nafar o‘qituvchisi Malaka oshirish markaziga kelib, o‘z yo‘nalishida xalqaro dasturlar asosida chuqur tayyorlanadi, ularga trener maqomi beriladi. Ya’ni, ularning bilim va amaliy ko‘nikmasi markaz o‘qituvchisidan kam bo‘lmaydi.
Ushbu trenerlar o‘ziga biriktirilgan hududdagi 25 nafar yetakchi o‘qituvchini o‘qitadi, yetakchi o‘qituvchilar esa o‘z maktabidagi qolgan muallimlarni malakasini oshirib boradi.
Tuman hokimlari tayanch maktablarda 1 ta kasbiy mahorat xonasini tashkil qilish va uni to‘liq jihozlashga mas’ul bo‘ladi.
Barcha viloyat hokimlari Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti andozasi asosida hududlardagi malaka oshirish markazlarini ta’mirlash ishlarini yil oxirigacha yakunlashi shartligi haqida ogohlantirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Ta’limda sifat bo‘lishi uchun eng avvalo pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bunga tayyor bo‘lishi kerak”,
#qabul_2025
#ixtirochilikka_qadam
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf oʻquvchilari Nafisa Dilmurodova, Nurillo Nurmurodov hamda Muhammadaziz Mamajonovlar tomonidan urugʻ yetishtirish texnologiyasiga asoslangan innovatsion qurilma yaratilgani haqida xabar bergan edik.
#maʼnolar_maxzani
#Prezident_maktablari
🤩 Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari hamda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Shoira Sodiqova tomonidan tayyorlangan “Ma’nolar maxzani” loyihasining navbatdagi soni jadid bobomiz Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asariga bagʻishlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2025
#OAV_biz_haqimizda
Xabar | Nukus shahridagi Prezident maktabida bilimga chanqoq yoshlar uchun navbatdagi "Ochiq eshiklar kuni" boʻlib oʻtdi.
#QaraqalpaqstanMTRK
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube