Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48
#yakuniy
#davlat_attestatsiyasi
🟢 2024/2025-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun qurʼa tashlash tadbirlariga start berilmoqda.
🤩 Agentlik tizimidagi Ijod maktablarining 11-sinflari uchun Adabiyot fanidan boʻlib oʻtgan qurʼa tashlash jarayon videolavhada.
📝Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#bitiruvchilarimiz
qabul_2025
Bu kun | Qoraqalpoq qizi xorijdagi eng nufuzli oliygoh talabasi
#ZoʻrTV
🤩 Lavhada Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi, hozirda AQShning Stony Brook oliygohi talabasi Gulqumar Jaksilikova haqida soʻz boradi.
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi
🤩 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarida yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari davom etmoqda.
📆 Bugun, 30-may kuni yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarida 9-sinf kesimida:
🟢 Prezident maktablaridan 334 nafar oʻquvchi Oʻzbekiston tarixi fani boʻyicha;
🟢 Ijod maktablaridan 354 nafar oʻquvchi Matematika fani boʻyicha;
🟢 Sport maktablaridan 26 nafar oʻquvchi Matematika fani bo‘yicha;
🟢 Ixtisoslashtirilgan maktablardan 11 397 nafar oʻquvchi Matematika fani boʻyicha sinovdan oʻtdi.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#qabul_2025
Oʻzbekiston vaqti bilan | Muddatidan avval talaba bo’lgan iqtidorli yoshlar
#Oʻzbekiston24
📍Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
YUNISEF ekspertlari Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilon shaharlaridagi inklyuziv maktablar va "Zamin Creative" ijodiy studiyalari o‘qituvchilari uchun o‘quv seminar-mashg‘ulotlari o‘tkazib, samarali muloqotning yangi uslublari, asosiy axloqiy va ta’limtamoyillari borasidagi bilimlari bilan almashdilar.
Trening ishtirokchilari ta’lim jarayonida inklyuziya me’yorlariga rioya qilgan holda bolalar bilan to‘siqsiz o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.
Zamin Creative o‘quvchilarining teatr san’ati, media va dizayn kurslarini muvaffaqiyatli yakunlash natijasida ularning bitiruv ijodiy ishlari yaratildi.
Studiyalarimizning barcha bitiruvchilariga tanlangan yo‘llarida ulkan ijodiy yutuqlar va kasbiy muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
—
Эксперты ЮНИСЕФ для педагогов инклюзивных школ и творческих студий Zamin Creative Карши, Ташкента, Андижана, Нукуса и Маргилана провели обучающие семинары-тренинги и поделились знаниями о новых методиках, основных этических и образовательных принципах эффективной коммуникации.
Участники тренинга получили практические рекомендации по выстраиванию безбарьерного взаимодействия с детьми, соблюдая нормы инклюзии в образовательном процессе.
Результатом успешного завершения курсов по театральному искусству, медиа и дизайну стали выпускные творческие работы учащихся Zamin Creative.
Желаем всем выпускникам наших студий больших творческих успехов и профессиональной реализации в выбранном пути!
#ZaminCreative #UNICEF
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
#Prezident_maktablari
🤩 Toshkent, Nurafshon hamda Guliston shahridagi Prezident maktablari ishtirokida boʻlib oʻtgan "4S-Spirituality, Sport, Science, Socializing" loyihasi jarayonlari videolavhada
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📰📰📰📰📰📰📰
✅ Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri Hilola Umarova O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan "El-yurt umidi" jamg‘armasi sovrindorlari bilan uchrashdi.
➖ Muloqot davomida Davlatimiz rahbarining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va yoshlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida ma'lumot berildi.
Bizni kuzating
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
🤩 Agentlik tizimidagi Qoʻqon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Asilbek Miryoqubov xalqaro IELTS imtihonidan 8 ball oldi.
💫 Asilbekni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad, ulkan zafarlar tilaymiz!
Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_results
⚡️ IELTS IMTIHONIDAN 9-SINF OʻQUVCHISI 8 BALLNI QOʻLGA KIRITDI!
🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf oʻquvchisi Charos Hakimova xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.
💫 Charosning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2025
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
🤩 Qahramonimiz — Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Aziza Neʼmatova, AQSHning "TechGirls-2024" loyihasi finalchisi va birinchi Oʻrta osiyolik “Women in Tech” gʻolibi!
Aziza “Girls in Research” loyihasida kvant hisoblash bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borib, maqolasi xalqaro jurnalga qabul qilingan. Uning IT sohasiga qo‘shgan hissasi “Navoi Tech Teens” loyihasi va “IT Girls Hackathon Navoi – 2024” tashabbuslari orqali yanada kengaydi. Shuningdek, oʻquvchimiz AQSHning Boeing, Amazon, Microsoft, Oracle va META kabi yirik kompaniyalarida amaliyot o‘tagan.
IT sohasi va zamonaviy bilimlarni mukammal oʻrganayotgan oʻquvchimiz haqida yanada batafsil VIDEOLAVHADA
#OAV_biz_haqimizda
Joyida | Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi tafsilotlari
#mahallaTV
🤩 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida bo‘lib o‘tgan Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro o‘zbek tili olimpiadasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Shvetsiyadan 48 nafar ishtirokchi qatnashdi. Mazkur olimpiada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, “Vatandoshlar” jamoat fondi va Fan olimpiadalari markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
#ilmiy_metodik_kengash
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev, masʼul xodimlar, nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan taniqli olimlar, ixtisoslashtirilgan maktablarning tajribali amaliyotchi oʻqituvchilari hamda darslik mualliflari ishtirok etdi.
Kengash kun tartibida Agentlik tizimidagi maktab oʻquvchilari uchun ishlab chiqilgan 7-sinflar uchun algebra, geometriya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darsliklar, 5-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanidan pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanma, shuningdek Prezident maktablari huzurida tashkil etilgan “Bitiruvchilar kengashi” loyihasi doirasida tayyorlangan “Taʼlimda barqaror rivojlanish – kelajak poydevori” nomli to‘plam muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida kun tartibiga kiritilgan darsliklarning mualliflari tomonidan taqdimotlar oʻtkazildi. Mazkur darsliklarga nisbatan oliy ta’lim muassasalari hamda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tomonidan berilgan taqrizlar tinglandi.
Yigʻilish yakunida Ilmiy-metodik kengash tomonidan taqdimotlar chogʻida bildirilgan fikr va mulohazalar asosida darsliklarni nashrga tavsiya etish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2025
#Prezident_maktablari
❗️Aziz o‘quvchilar!
Agar siz bilimga chanqoq, izlanuvchan va kelajakda Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan boʻlsangiz — Prezident maktablari siz uchun!
🤩Prezident maktablarida oʻquvchilar:
➖ STEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) fanlari chet ellik pedagoglar tomonidan ingliz tilida o‘qitiladi;
➖ zamonaviy yotoqxona, darslik va zarur oʻquv qurollari, maktab formasi bilan bepul ta’minlanadi;
➖ bir kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;
➖ darsdan so‘ng to‘garak mashg‘ulotlariga jalb qilinadi;
➖ turli xil sport turlari (futbol, basketbol, suzish, tennis) bilan shug‘ullanishadi;
➖ 11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarida ishtirok etib, ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
VIDEOLAVHADA Guliston shahridagi Prezident maktabi
#uchrashuv
⚡️ Xabaringiz bor, yaqinda Prezident Qarori bilan Xorazm viloyatida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.
📆 Bugun Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati binosida mazkur universitet faoliyatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🤩 Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Al-Xorazmiy universitetining tashkiliy guruhi rahbari Islam El-Xadari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarining xorijiy sertifikat egalari bo‘lgan o‘quvchi yoshlari ishtirok etdi.
🗣Uchrashuv davomida tashkil etiladigan universitetda yaratiladigan sharoitlar, imtihon jarayonlari, o‘qish davomidagi imtiyozlar haqida to'liq ma'lumot berildi.
🟢 Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mas’ullardan javob oldilar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ChSB_imtihonlari
#2_kun
⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda IV chorak ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari oʻtkazilmoqda.
Choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan oʻquv dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
Bugun, 20-may kuni ChSB imtihonlarda 9-, 10-sinflardan onlayn shaklda 22 121 nafar oʻquvchi ishtirok etmoqda.
ChSB imtihonlari 21-mayga qadar davom etadi.
🗣Maʼlumot oʻrnida, 2024/2025-oʻquv yilida ChSB imtihonlari ilk bor toʻliq onlayn shaklda oʻtkazilmoqda.
✅✅✅✅
#Universitetlar_faoliyati
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida Pedagogika oliygohlari rektorlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-73-sonli Farmoni bilan Vazirlik tizimiga o‘tgan barcha Pedagogika oliygohlari rahbarlari va prorektorlari o’z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.
Bizni kuzating
#Maktab_maslahatchilari
🤩 “Renessans” oromgohida bo‘lib o‘tgan “Maktab maslahatchisining zamonaviy roli va funksiyalarini amalga oshirishning samarali uslublari” mavzusidagi o‘quv-seminarining yopilish marosimidan videolavha.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✅✅✅✅
#Maktab_maslahatchilari
✅ Maktab maslahatchilari uchun tashkil etilgan seminar-trening o‘z yakuniga yetdi.
📊4 kun davom etgan o‘quv mashg‘ulotlari davomida mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida 200 dan ortiq maktab maslahatchilari malaka oshirishdi.
#qabul_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
❗️Aziz o‘quvchilar!
Agar siz bilimga chanqoq, izlanuvchan va kelajakda Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan boʻlsangiz — ixtisoslashtirilgan maktablarimiz siz uchun!
🤩 Ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar:
➖aniq hamda tabiiy fanlarni zamonaviy taʼlim metodlari asosida chuqur oʻrganib borish;
➖ zamonaviy laboratoriya xonalarida amaliy tajribalar oʻtkazish;
➖ darsdan so‘ng fakultativ to‘garak mashg‘ulotlari;
➖ bepul taqdim etiladigan zamonaviy darsliklar;
➖turli tanlovlar, sport musobaqalari;
➖milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorlov;
➖ 11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarida ishtirok etib, ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyati.
VIDEOLAVHADA Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📰📰📰📰📰📰📰
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Kembrijda tashkil etilgan “Maktab liderligini rivojlantirish” dasturini muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar bilan uchrashdi.
📊 Ma'lumot o‘rnida: ushbu dastur yurtimiz maktabgacha va maktab ta’limi tizimi vakillari uchun tashkil etilgan bo‘lib, unda davlat va xususiy sektordan yigirmadan ortiq rahbarlar ishtirok etdi.
🌐 Shuningdek, Vazirlik hamda Cambridge University Press & Assessment tashkiloti rahbarlari o‘rtasida uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
#ijodiy_ishlar
#sarhisob
🤩 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash, san’at va madaniyat sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularni zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida 2024-2025-o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan hisobot konsert dasturi tashkil etildi.
🗣Konsertda turli soha vakillari, maktab o‘quvchilari, ota-onalar, OAV vakillari ishtirok etdi.
📶 Hisobot konsertidan oldin ota-onalar ijod maktabi o‘quvchilarining o‘quv yili davomida erishgan yutuqlari, dizayn to‘garagining chevarlik ishlari, media yoʻnalishidagi fotoko‘rgazma, tasviriy va amaliy san’at namunalari, robototexnika ishlanmalari bilan yaqindan tanishdi.
#qabul_2025
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
🤩 Qahramonimiz — Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashurov, AQShning Chikago universitetiga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilingan. Bitiruvchimiz yutgan grant miqdori 420 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Eʼtiborlisi, Asilbek Chikago universitetining toʻliq grantiga sazovor boʻlgan ilk oʻzbekistonlik oʻquvchi hisoblanadi.
– Prezident maktabida yaratilgan sharoitlardan maksimal foydalanib, bilimlarimni oshirdim, bir nechta ijtimoiy, iqtisodiy loyihalarni yoʻlga qoʻydim, natijada eng katta orzularimdan biriga erishdim – deydi Asilbek.
#ilmiy_amaliy_muhokama
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida ixtisoslashtirilgan maktablar uchun yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy muhokama tashkil etildi.
Unda Agentlik vakillari, yetakchi olimlar, tajribali amaliyotchi o‘qituvchilar, ta’lim sohasi ekspertlari ishtirok etdi.
Muhokama kun tartibidan o‘quvchilarning zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladigan, xalqaro tajriba hamda milliy talablarga mos metodika va mazmunga ega darsliklarni yaratish masalalari oʻrin oldi.
Oʻzaro muloqotda yangi darsliklar o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, amaliy masalalarni hal etish, shuningdek, ijodiy va tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladigan ilg‘or metodik yondashuvlar asosida ishlab chiqilishi, buning asnosida ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifatini tubdan oshirish, o‘quvchilarning hayotda qo‘llay oladigan bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlqntirib borish lozimligi taʼkidlandi.
Muhokamaning amaliy qismida algebra va geometriya fanlari bo‘yicha yangi darsliklarni ishlab chiqish yuzasidan ishchi guruh tuzildi hamda bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan ish rejalari belgilab olindi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ChSB_imtihonlari
#yakun
⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda IV chorak ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari yakunlandi.
📝Choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan oʻquv dasturlarga muvofiq ishlab chiqildi.
❗️Eʼtiborlisi, 2024/2025-oʻquv yilida ChSB imtihonlari ilk bor toʻliq onlayn shaklda oʻtkazildi.
M.Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetini jalb qilgan holda IHMA, MMTV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, "Zamin" jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilayotgan "Eshitishni xohlayman!" loyihasi doirasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 105 nafar defektolog o‘qituvchilari va Nizomiy nomidagi TDPU o‘qituvchilari uchun amaliy o‘quv seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar defektolog-o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash bo‘yicha dasturlarni takomillashtirish, zaif eshituvchi bolalarni o‘qitish va reabilitatsiya qilish dasturlarini yaxshilash, o‘quv materiallarini inklyuziv va ixtisoslashtirilgan ta’lim sharoitlariga moslashtirish, surdopedagoglar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Seminar ishtirokchilari eshitishida nuqsoni bor bolalarda eshitish hamda nutq idrokini tuzatish va rivojlantirishning zamonaviy usullarini o‘zlashtiradilar, eshitish-nutq reabilitatsiyasining integrativ texnologiyalariga ega bo‘ladilar, eshitishni protezlashga oid asosiy bilimlarni egallaydilar. Koxlear implantlar va eshitish moslamalaridan foydalanadigan bolalar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratildi.
—
В рамках проекта «Хочу слышать!», реализуемого НАСЗ, МДШО, Минздравом, Фондом Zamin с привлечением Белорусского государственного педагогического университета им. М.Танка, проходят практические образовательные семинары-тренинги 105 учителей-дефектологов специализированных образовательных учреждений для детей с нарушениями слуха и преподавателей ТГПУ им. Низами.
Мероприятия направлены на совершенствование программ профессиональной подготовки учителей-дефектологов, улучшение программ обучения и реабилитации детей с нарушениями слуха, адаптацию образовательных материалов к условиям инклюзивного и специализированного обучения, повышение квалификации и переподготовки сурдопедагогов.
Участники семинара освоят современные методы коррекции и развития слухового и речевого восприятия у детей с нарушениями слуха, овладеют интегративными технологиями слухоречевой реабилитации, получат базовые знания в области слухопротезирования. Особое внимание уделено работе с детьми, использующими кохлеарные импланты и слуховые аппараты.
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
#qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#SAT_results
⚡️Oʻquvchimiz SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi
🤩Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Madinaxon Odilova xalqaro SAT imtihonidan 1560 ballni qoʻlga kiritdi.
✅ SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash mezoni 400–1600 ball shkalasida baholanadi.
📌 Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan boʻlib, dunyoning nufuzli universitetlariga oʻqishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
#boks_maktabi
#xalqaro_hamkorlik
⚡️Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Ozarbayjon boks federatsiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
🗓Joriy yilning 3–15-may kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi oʻsmirlar terma jamoasi hamda Ozarbayjon va Gruziya davlatlarining boks boʻyicha oʻsmirlar milliy terma jamoalari ishtirokida qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻini boʻlib oʻtdi.
🇺🇿🇦🇿Oʻquv-mashgʻulot yigʻini yakunida Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Ozarbayjon boks federatsiyasi oʻrtasida boks sport turini shuningdek, oʻzaro hamkorlik va doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish boʻyicha memorandum imzolandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#1_iyun_20_iyun
📣📣📣📣📣
❗️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!
⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
❓ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning:
➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
❓ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
✅ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
➖ aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
➖ tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR
☎️ Call-markaz: 1206
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📰📰📰📰📰📰📰
🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya Londonda tashkil etilgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda.
🌐 Bugun tashkil etilgan ochilish marosimida butun dunyodan 130 dan ortiq ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi.
✔️
Ma'lumot o'rnida, Butunjahon ta'lim forumi an'anaviy tarzda har yili o'tkaziladi hamda ta'lim sohasidagi eng nufuzli tadbirlardan biri hisoblanadi.