Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48
✅✅✅✅
#korrupsiyaga_qarshi_kurash
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish yuzasidan qilingan ishlar muhokama etildi
✅ Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining maktab va maktabgacha taʼlim tizimida korrupsiyani oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan sayyor majlisi boʻlib oʻtdi.
➖ Unda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, Kengash a’zolari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov, Senat a’zolari hamda soha masʼul xodimlari ishtirok etdi.
➡️ Majlisda taʼkidlanganidek, "Korrupsiyasiz soha" loyihasi boʻyicha maktab va maktabgacha taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida qator dasturlar qabul qilindi. Shu bilan birga sohaga oid 79 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazildi.
✔️ Oʻtgan vaqt davomida bir qator davlat xizmatlari elektron shaklda joriy etildi. Jumladan, bolani maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish, 1-sinfga qabul qilish, pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish, litsenziyalash, apostil qoʻyish xizmatlari raqamlashtirildi.
➖ Majlisda taʼlim tizimidagi qator davlat xizmatlari uchun talab etiladigan hujjatlar soni qisqartirilib, jarayonlarning soddalashtirilgani korrupsiya xavfini kamaytirishga qaratilgan ishlarning amaliy samarasi ekanligi qayd etildi.
➡️ Ta’lim maskanlari uchun maxsus “Korrupsiyaga qarshi kurashish” oʻquv dasturi ishlab chiqilib, maktab va bogʻchalarda GRACE dasturi doirasida halollik tarbiyasi joriy etilishi muhim ekanligi aytib o‘tildi.
❗️ Muhokama doirasida “Halollik vaksinasi” bilan emlangan avlodni voyaga yetkazish taʼlim tizimi oldidagi ustuvor vazifalardan biri ekanligi, buning uchun nafaqat oʻquvchilar, balki oʻqituvchi va tarbiyachilarning ham bu boradagi malakasi doimiy oshirib borilishi lozimligi taʼkidlandi.
👉 Majlis yakunida taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, ishga qabul qilish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash, ichki nazorat tizimini kuchaytirish yuzasidan masʼullarga tegishli vazifalar berildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#Taqdirlash_marosimi
🥇 Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasining oltin medali sohiblari:
#Taqdirlash_marosimi
🥉Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasining bronza medali sohiblari:1. Eugene Sudarykova - Belarus
#qabul_2025
🔔 DIQQAT, EʼLON!
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 2025/2026-o‘quv yilida yangi tashkil etilayotgan maktablar.
📍Toshkent viloyati Chinoz tumanida tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiali tashkil etilmoqda.
⏺Ushbu maktabga tabiiy yo‘nalishda taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan 7-, 8-, 9-sinflariga oʻquvchilar belgilangan kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi.
🌐 Batafsil
🟢 Kvotalar
📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alisher_ubbiyev
#qabul_2025
🔔 DIQQAT, EʼLON!
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 2025/2026-o‘quv yilida yangi tashkil etilayotgan maktablar.
📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Buxoro, Xorazm, Fargʻona, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida filiallari tashkil etilmoqda.
Ushbu maktablarga taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-sinflar uchun oʻquvchilar belgilangan kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi.
🌐 Batafsil: https://portal.piima.uz/page/newschools
📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alisher_ubbiyev
#qabul_2025
#Prezident_maktablari
🤩 Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Ochiq eshiklar" kuni o‘tkazildi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2025
#ishchi_guruh
#Qashqadaryo
🤩 AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligida Qashqadaryo viloyatida joylashgan tizimdagi maktablar faoliyati joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
Tashrif davomida direktor 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjat topshirayotgan o‘quvchilarga ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan maxsus shtablar faoliyati, “Dolzarb 90 kunlik” rejalari va yozgi oromgohlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Agentlik direktori o‘quvchilar bilan ochiq muloqot chog‘ida, ularning orzu va maqsadlari, o‘quv jarayonlari haqidagi fikrlarini eshitdi. U yoshlarni chuqur bilim olishga, zamonaviy fanlarni puxta egallashga chaqirib, bu omillar kelajakda yuqori natijalarga erishishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
#OAV_biz_haqimizda
Ахborot 24 | "Maktab maslahatchisining zamonaviy roli" mavzusida oʻquv-seminari oʻtkazildi
#Oʻzbekiston24
00:48 — Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyevning intervyusi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#qabul_2025
Maxsus reportaj | Maktab ta’limidagi islohotlar samarasi
#Oʻzbekiston24
📍Buxoro shahridagi Prezident maktabi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yakuniy
#davlat_attestatsiyasi
🟢2024/2025-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun qurʼa tashlash tadbirlariga start berilmoqda.
🤩 Agentlik tizimidagi ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarining 9-sinflari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan boʻlib oʻtgan qurʼa tashlash jarayoni videolavhada.
📝Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#qabul_2025
Oʻzbekiston vaqti bilan | Oltin avlod vakillaridan navbatdagi muvaffaqiyat
Mazkur dasturning navbatdagi sonida Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilarining erishayotgan yutuqlari haqida so‘z boradi.
#OAV_biz_haqimizda
🤩 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi tashkil etilganligining yetti yilligi munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
#FargʻonaMTRK
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2025
#1_iyun_20_iyun
🔔 DIQQAT, EʼLON!
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.
📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alisher_ubbiyev
Bugun “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”, kelajagimiz egalarining bayrami!
Bayram bilan barcha bolajonlarimizni tabriklagan holda, ushbu roligimiz orqali kattalar ya’ni ota-onalarga murojaat qilib, koʻzgu tutmoqchimiz.
Bolalarni himoya qilish, avvalo, ularni tushunish, qoʻllab-quvvatlash, ilmga yoʻnaltirish, kelajagi uchun qaygʻurish demakdir.
Bolalar himoyachisi birinchi navbatda ota-ona, afsuski, ularning huquqlarini eng ko‘p buzuvchilar ham ota-ona.
Umid qilaman, ushbu kichik rolik orqali sizlarni biroz boʻlsa-da xulosa chiqarishga unday oldik.
Qadrli ota-onalar, bolalarning hayotda oʻz o‘rnini topishi va kelajagi birinchi navbatda sizning irodangizga bogʻliq. Bolalar cheksiz e’tibor, mehr va bagʻrikenglikka munosib.
Bugungi sana nafaqat bayram, balki jiddiy chaqiriqdir!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
@hilola_umarova
#jasorat_maktablari
📣 "Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish boshlanmoqda
✅ Avval xabar qilinganidek, joriy o‘quv yilidan boshlab "Jasorat maktablari"ga kirish uchun nomzod o‘quvchilar hujjatlari ariza.piima.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.
➖ Hujjatlar qabuli 2025-yilning 1-iyunidan 20-iyunigacha amalga oshiriladi.
👉 Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida:
➖ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.
➖ Unda malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatishi belgilangan.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi
🤩 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarida yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari davom etmoqda.
📆 Bugun, 3-iyun kuni yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarida 9-sinf kesimida:
🟢 Ijod maktablaridan 354 nafar oʻquvchi;
🟢 Sport maktablaridan 26 nafar oʻquvchi;
🟢 Ixtisoslashtirilgan maktablardan 11 397 nafar oʻquvchi Oʻzbekiston tarixi fani boʻyicha sinovdan oʻtdi.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Taqdirlash_marosimi
🥈Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasining kumush medali sohiblari:1. Nurseiit Seitkaziyev - Qozog'iston
#Live
🔴 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi boshlandi.
🌐 JONLI EFIR
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️OʻQUVCHIMIZ IELTS IMTIHONIDAN 8 BALLNI QOʻLGA KIRITDI!
🤩 Pop tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Fayozbek Erkinjonov xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballik natija koʻrsatdi.
💫 Fayozbekning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#qabul_2025
Maxsus reportaj | Prezident maktablari: Taʼlimdagi islohotlar samarasi
#Oʻzbekiston24
📍Guliston shahridagi Prezident maktabi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yakuniy
#davlat_attestatsiyasi
🟢2024/2025-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun qurʼa tashlash tadbirlariga start berilmoqda.
🤩 Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarining 11-sinflari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan boʻlib oʻtgan qurʼa tashlash jarayon videolavhada.
📝Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tayinlov
Ahmedov Javohir Jamolovich — “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi loyihasi rahbari – Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan J. Ahmedov 2018-2021-yillarda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimlarida mehnat qilgan.
J. Ahmedov iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Vazirlik jamoasi Javohir Ahmedovga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#qabul_2025
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Farangiz Abduqahhorova “Summer Science Program” xalqaro dasturi doirasida tashkil etilgan yozgi oromgohda ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
➖Endilikda oʻquvchimiz AQShning Pensilvaniya shtatida joylashgan Lehigh universitetida bir oy davomida tadqiqot olib boradi.
#xalqaro_hamkorlik
#festival
🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi Ilm-fan va ta’lim vazirligining rasmiy taklifiga binoan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablardan 16 nafar iqtidorli oʻquvchidan iborat delegatsiya Shusha shahrida tashkil etilgan “Shusha – Turkiy millatlar birligi madaniyati durdonasi” xalqaro bolalar ijodiyoti festivalida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
🤩 Oʻquvchilarimiz mazkur nufuzli festivalda oʻzbek milliy kuy-qoʻshiqlari, folklor raqslari va hunarmandchilik namunalari, ijodiy koʻrgazmalari orqali Vatanimizning boy madaniyatini namoyish etib, ishtirokchilar va tashkilotchilarning eʼtirofiga sazovor boʻldi.
Turkiy tilli davlatlar oʻrtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash, yosh avlodni oʻz milliy qadriyatlari, sanʼat va anʼanalari asosida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etuvchi mazkur festival doirasida oʻquvchilarimiz Ozarbayjon Respublikasi Ilm-fan va taʼlim vaziri Emin Amrullayev bilan muloqotda boʻldi.
Shuningdek, oʻquvchilarimiz Ozarbayjon ommaviy axborot vositalariga intervyu berib, festival taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2025
#oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlariga
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarining bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qiladi.
📝 Ushbu bo‘sh o‘rinlarga qabul Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida e’lon qilinmoqda.
Kunlik ish, topshiriq, vazifalardan ortib tez-tez hududlardagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini oʻrganishga, muammolarini eshitishib borishga harakat qilaman. Ana shu damlarda men uchun eng yoqimli daqiqalar bolajonlar bilan gaplashish, ularni eshitishdir.
Bolalar qalbi xuddi oq qogʻozdek, biz kattalar ular koʻnglini yaxshilik, ilm olish ishtiyoqi, mehnatsevarlik, halollik kabi xislatlar bilan toʻldirishimiz, ezgu amallarimiz bilan ularga namuna boʻlishimiz kerak.
Yana bir bor “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan, bolajonlarim!
@hilola_umarova
Eng zamonaviy yoʻnalishlar Al-Xorazmiy universitetida
💥 Al-Xorazmiy universitetiga 2025/2026 oʻquv yilida quyidagi yoʻnalishlarga talabalar qabul qilinadi.
🛬 Uchuvchisiz aviatsiya tizimlari;
💻 Sun’iy intellekt;
💻 Dasturiy ta’minot muhandisligi.
📣 Tez orada qabul e’lon qilinadi!
💣Eng ajoyib yangiliklar hali oldinda. Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring:
👉 Telegram: /channel/alxorazmiyuni
👉 Facebook: https://www.facebook.com/alkhwarizmi.uni
👉 Instagram: https://www.instagram.com/alkhwarizmi.uni
👉 Aloqa bot: @alxorazmiyunibot
#Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni
Qadrli va aziz bolajonlar!
Sizlarni bugungi quvonchli sana — 1-iyun, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin yurakdan muborakbod etaman!
Sizlar bizning hayotimiz mazmuni, Vatanimizning eng bebaho boyligi va ertangi porloq kelajagisizlar. Har biringizda yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan ulkan salohiyat, buyuk orzu va cheksiz imkoniyatlar mujassam. Ushbu kuch — Sizning ilmga bo‘lgan intilishingiz, go‘zal tarbiyangiz va yurtga bo‘lgan sadoqatingiz bilan mustahkamlanib boradi.
Bugun maktablarda chuqur o‘rganayotgan fanlaringizga, bir zamonlar bolaligida xuddi sizlar kabi zehni o‘tkir, ilmga chanqoq bo‘lgan buyuk ajdodlarimiz asos solgan. Tinimsiz o‘qish va izlanishlari, ustozlari bergan saboqlar tufayli ular dunyoni lol qoldirgan buyuk shaxslarga aylanishgan. Bugun ilm-fan eshigining kaliti — aynan Sizning qo‘lingizda.
Mamlakatimizda Sizning bilim olishingiz, yuksak orzularingiz sari intilishingiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalaning, orzularingiz sari dadil qadam tashlang.
Men ishonaman, Sizlar Vatanimiz, ota-onalaringiz va ustozlaringiz ishonchini oqlaydigan, bilimli, vatanparvar va kasb-hunar egasi bo‘lgan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayasiz.
Bu kabi shart-sharoitlardan oqilona foydalanib, ota-onangiz, ustozlaringiz, qolaversa, jonajon O‘zbekistonimiz kutgandek yigit-qizlar bo‘lib ulg‘ayishingizga ishonaman.
Aziz bolajonlar! Sizlarga doimo sog‘lik-salomatlik, baxtli bolalik, oila davrasida quvonchli damlar va orzularingiz ro‘yobini tilayman!
@alisher_ubbiyev
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi
🤩 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarida yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari davom etmoqda.
📆 Bugun, 31-may kuni yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarida 11-sinf kesimida:
🟢 Prezident maktablaridan 329 nafar oʻquvchi O‘zbekiston tarixi fani boʻyicha;
🟢 Ijod maktablaridan 319 nafar oʻquvchi Matematika fani boʻyicha;
🟢 Ixtisoslashtirilgan maktablardan 6833 nafar oʻquvchi Matematika fani boʻyicha sinovdan oʻtdi.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tashrif
#sport_maktablari
⚡️Boshqirdiston Sport vaziri boks maktabimizda
🤩 Agentlik tizimidagi BahodirJalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga Boshqirdiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Boshqirdiston Respublikasi Sport vaziri Ruslan Xabibov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmonlar sport maktabi faoliyati, bu yerda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, yosh sportchilarimiz erishayotgan natijalar bilan yaqindan tanishdi.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube