pedagoglarga | Unsorted

Telegram-канал pedagoglarga - Oʻqituvchilar uchun

10072

Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi yangiliklar va tizimdagi dolzarb masalalarni yoritamiz Admin bilan bogʻlanish: @Pedagoglarga_admin

Subscribe to a channel

Oʻqituvchilar uchun

ТЎҚҚИЗ ОЙЛИК ХАВОТИР
Ўқитувчиларни ҳомиладор аёлларга ўхшатаман. Улар тўққиз ой давомида хавотир, ҳадик, асаббузилиш билан яшаса – ўқитувчилар ҳам тўққиз ой мобайнида мана шуларни ҳар куни бошидан ўтказади. Фарқи – ўқитувчиларники камида йигирма беш - ўттиз баробар кучлироқ бўлади.
Эсон омон қутилганингиз билан, азиз устозлар...
Сизларга чексиз эҳтиром ва таъзим билан
Мирзабек ЖАПАҚОВ, Хоразм.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️"Сўнгги қўнғироқ" тадбирлари 24 май куни эрталаб соат 8:00 дан 9:00 га қадар "Илм энг буюк шараф!" шиори остида ташкил этилади

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

ОРОМГОҲЛАР МАВСУМГА ТАЙЁРМИ?
Ҳар бир ота-она ёзги таътил пайтида фарзандларининг бўш вақти тинч ва мазмунли ўтишини ҳоҳлаши табиий. Бунинг ечими эса шубҳасиз ёзги оромгоҳлардир. Хўш, юзлаб ўғил қизларимизни бағрига чорловчи оромгоҳлар бу йилги мавсумга шайми? Мавсумга тайёргарлик билан яқиндан танишиш мақсадида Гурлан туманидаги “Шодлик” ормгоҳида бўлдик.
-Оромгоҳимиз 120 ўринга мўлжалланган бўлиб, тўрт смена ташкил қилиниши мўлжалланган, -дейди оромгоҳ директори И.Сапарбаев.- Жами 480 нафар болалар мароқли дам олишлари учун барча шароит тахт қилиб қўйилган.
Ҳақиқатдан ҳам, азим гужумлар ва мевали дарахтларга бурканган бу сўлим гўшада болаларимиз мириқиб дам олиб, вақтини мазмунли ўтказишларига амин бўлдик.

Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Сурхондарёда 11 нафар ўқитувчи 2 минг доллардан кўп маош олаётгани маълум қилинди. Президент буни Британия билан таққослади

Шавкат Мирзиёев Сурхондарё таълим бошқармаси бошлиғидан: “Жайдари тилда менга тушунтир: агар ҳаракат қилса, Сурхондарёда домла минг доллар олиши мумкинми-йўқми?” дея сўради. Ҳусниддин Мамадиев вилоятда минг доллардан кўп ойлик олаётган 600 га яқин ўқитувчи борлиги, яна 11 нафар ўқитувчи 2 минг доллардан кўп олаётганини айтди.

“Британияда ҳам бунақа ойлик йўқ”, деди давлат раҳбари.

👉 https://kun.uz/kr/20506035

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Bolalar xavfsizligi uchun muhim qaror: maktab va bog‘chalar oldiga 30 km tezlikda harakatlanish belgisi o‘rnatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2025-yil 1-sentabrgacha Ichki ishlar vazirligi tomonidan maktab va bog‘chalar atrofida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘riladi. Jumladan, mazkur ta’lim muassasalari oldiga soatiga 30 kilometrdan ortiq harakatlanishni taqiqlovchi yo‘l belgilari, radar va maxsus texnika vositalari o‘rnatiladi.

Mazkur hujjat farzandlarimiz xavfsizligi uchun qabul qilindi. Hurmatli haydovchilarni bogʻcha, maktablar yonidan oʻtishda yanada e’tiborliroq boʻlishga chaqiramiz.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Самарқандда мактаб ўқувчиларининг жанжали улардан бирининг ўлими билан тугади

Жанжал Пахтачи туманидаги 12- ва 1-умумтаълим мактабларининг юқори синф ўқувчилари ўртасида келиб чиққан. Оқибатда оилада ёлғиз ўғил бўлган 12-умумтаълим мактаби ўқувчиси вафот этган, унинг синфдоши шифохонага ётқизилган. Уларни калтаклаган 3 нафар ўқувчи қамоққа олингани айтилмоқда.

👉 https://kun.uz/kr/18941904

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Ҳозирда 7-11 синф ўқувчилари кунига 8 соатгача вақтини телефонда ижтимоий тармоқларда ўтказаётгани мактаб директори ва муаллимни ҳам, ота-оналарни ҳам ўйлантириши зарурлиги қайд этилди.

Ёки вилоятларда, айниқса, Наманганда ўқувчиларга автомобилни ижарага бериш авж олгани оқибатида, ҳар ойда 10-15 нафар ёшлар мажруҳ бўлиб қолаяпти. Ўлим билан тугаётган ҳолатлар ҳам кўп.

Ички ишлар бошлиқлари, вилоят, туман прокурорлари қонун устуворлигини таъминлашда сусткашликка йўл қўяётгани кўрсатиб ўтилди.

Шу муносабат билан болаларга машина бошқаришни берганлик учун жавобгарликни кучайтириш бўйича қонун лойиҳасини тайёрлаш топширилди.

Биз мактабгача ва мактаб таълими тизимида катта ўзгариш қила олдик. Лекин, ҳали ечимини кутаётган кўплаб муаммолар бор”,

- деди давлатимиз раҳбари.

Мактабгача ва мактаб таълими вазрилигига бутун тизими билан “фавқулодда тўқсон кунлик” тартибида ишлашга ўтиш топширилди.

@Pedagoglarga

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Prezident qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi

Bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha ko‘p ishlar qilinmoqda, bu borada alohida qonun ham qabul qilingan.

“To‘g‘ri, bugungi kunda yoshlar ma’naviyati bilan hamma shug‘ullanayapti.
Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targ‘iboti, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha professional tashkilot yo‘q”,

- dedi Prezident.

Shu munosabat bilan Prezident qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi.

Markaz bolalar tarbiyasi va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladigan axborot makonidagi kontentni tahlil qiladi. Mahalliy ijodkorlarga milliy kontent yaratish bo‘yicha buyurtma beradi, sohada kadr tayyorlashni tashkil qiladi. Qori Niyoziy instituti markazga ilmiy jihatdan ko‘maklashadi.

Shu bilan birga, bu masalalar faqatgina bitta markazning ishi bo‘lib qolmasligi, mas’ul barcha vazirliklar markaz bilan ishlarni boshlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab tashkil etiladi

Chetda o‘qiyotgan yoshlarimizning atigi 1 foizi “Top-100”dagi oliygohlarga kirgani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, “Top-10” bilan “Top-200”dagi ta’lim narxi bir biridan atigi 15-20 foizga farq qiladi.

“Yoshlarimiz juda iqtidorli. Ularni tizimli yo‘naltirib, oliygoh tanlashga ko‘maklashib, maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘ysak bo‘ldi, ko‘rsatkichlarimiz karrasiga oshadi”,

- dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlash va “Garvardchilar maktabi”ni ochish bo‘yicha katta farmon imzolaganini aytdi.

Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, xalqaro maktabda “Top-10” oliygohlariga maqsadli tayyorlanadi.

Bundan tashqari, Prezident va ixtisoslashgan maktablardan 208 nafar maslahatchi umumta’lim maktablariga biriktiriladi.

Milliy dastur asosida maslahatchilar maktablardan har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchini tanlab olib, AQSHning Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi oliygohlariga tayyorlaydi.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Ўзбекистонда “Ҳарвардчилар мактаби” очилади

Билимли ёшларни тизимли йўналтириб, жаҳондаги топ-10 университетларга киришини таъминлаш мақсадида “Президент иқтидорли фарзандлари” миллий дастури бошланади. Дастур доирасида Ал-Беруний номидаги халқаро мактаб (“Ҳарвардчилар мактаби”) ташкил этилади. Бу йил 8-синф битирувчиларидан 60 нафари саралаб олиниб, улар топ-10 олийгоҳларга мақсадли тайёрланади.

👉 https://kun.uz/kr/92777241


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Мактабларда 60 минг ўқитувчи 8-12 млн сўм маош оляпти — президент

Ўзбекистонда қатор мезонлар асосида ўқитувчиларга ўндан ортиқ устама жорий қилинди, бундан самарали фойдаланган 60 минг ўқитувчи ҳозирда 8-12 миллион сўм маош оляпти, дея маълум қилди Шавкат Мирзиёев. Янги ўқув йилидан мактаб директорлари, ўринбосарлари ва боғча мудираларининг иш ҳақи 7-10 миллион сўмдан ошади.

👉 https://kun.uz/kr/21116983


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

“So‘nggi qo‘ng‘iroq”ga oid qanday tavsiyalar ishlab chiqilgan?

Vazirlik tomonidan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2024−2025 o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqilgan. Bunda:
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tadbirni 2025-yilning 25-may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etish;
tadbirni tartibli o‘tkazish va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ular sonidan kelib chiqqan holda ushbu tadbirga faqatgina 1-,4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etish;
tadbirni tartibli o‘tishini ta’minlash maqsadida mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish vakillari bilan hamkorlikda maktabning hovlisi, bog‘ida yoki soya-salqin ochiq maydonlarida o‘tkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligini ta’minlash;
tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni talab darajasida jihozlash, gigiyena va tozalik talablariga muvofiq sharoitlar yaratish, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash;
maktab rahbariyati tomonidan tadbir ishtirokchilarini tabriklash jarayonida yurtimizda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot yili”da ta’lim tizimidagi islohotlar to‘g‘risida aniq raqam va dadillar keltirilgan holda ma’lumot berish;
tadbirga faxriy o‘quvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, o‘rnak bo‘ladigan maktabning sobiq bitiruvchilarini taklif yetgan holda ular tomonidan bitiruvchilarga bayram tabrigi va tilaklarini bildirishlarini tashkil etish;
tadbirda yil davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilarni taqdirlash va rag‘batlantirish;
maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar berish tavsiyalari berilgan.

Nimalar taqiqlangan?
Vazirlik axborotida ta’kidlanishicha, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari munosabati bilan quyidagi tadbirlarni tashkil etish qat’iyan taqiqlanadi:
restoran va kafelar hamda xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari” o‘tkazish uchun ota-onalardan pul yig‘ish;
bitiruv tadbirlarida o‘quvchilaridan qimmatbaho sovg‘alar uchun pul yig‘ish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, restoranlarda o‘tkazish;
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig‘imlariga yo‘l qo‘ymaslik;
o‘quvchilarning guruh-guruh bo‘lib xiyobonlar, istirohat bog‘lari, cho‘milish havzalariga borib, turli ko‘ngilsiz holatlarni keltirib chiqarishining oldini olish shart.



"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Тошкентдаги мактаб ўқитувчиси ўқувчиларга «Катюша» ёдлатгани хабар қилинди

Чилонзор туманидаги 188-мактабнинг бошланғич синф раҳбари дарс ўрнига 9 май муносабати билан байрам тадбири ўтказишга уринган. Ижтимоий тармоқларда тарқалган хабарларда айтилишича, у ўқувчиларига «Катюша» ва «Смуглянка» қўшиқларини куйлатмоқчи бўлган, ўқувчилар мактабга совет аскари формасида келган.

👉 https://kun.uz/kr/88316338


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

#qabul_2025

2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi.

Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida:

murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan;

shuningdek, murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratildi;

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.

Mazkur shtablar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

2025/2026-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

Kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.

Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan bilimdon o‘quvchilarimizga omad tilayman!

@hilola_umarova

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

❗️Мактаб ремонти ва синф ремонти учун пул йиғиш мумкин эмас. Пул йиғиш ноқонуний эканлиги нақд тўртта қонун билан таъқиқланган.

1) Ўзбекистон Республикаси Конституцияси 50-моддаси 4 қисми;
2) Таълим тўғрисидаги Қонуннинг 47-моддаси 1 қисми;
3) Вазирлар Маҳкамасининг 140-сонли қарори 9 боб;
4) Халқ Таълими Вазирининг 3118-сонли буйруғи 31 банди.
Ота-оналар группасига юбориб қўямиз.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Ангренда 4 нафар мактаб ўқувчиси битирув кечасига пул топиш мақсадида ўғрилик содир этди

Улар Дамас русумли автомашинадан пул маблағлари ўғирлаган. Ҳолат юзасидан тегишли тартибда жиноят иши қўзғатилган.

👉 https://kun.uz/kr/34737103


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

⚡️DAYJEST
#соҳага_доир_ҳужжатлар

✨Joriy yilning may oyida maktabgacha va maktab ta’limi sohasini rivojlantirishga doir qator muhim qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. Xususan,

🟢 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining:

🔹
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni;

🔹 “Bolalar uchun moʻljallangan milliy kontentlar yaratish va ularni ommalashtirishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Ўзбекистонда ўқувчилар меҳнат қилиши мумкин бўлган енгил турдаги ишлар ва касблар рўйхати тузилди

Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги тайёрлаган рўйхатга 40 та иш ва касблар киритилган.

Ҳужжатда ўқувчи-ишчилар учун хавфсизлик талаблари ва кафолатлар ҳам белгиланмоқда.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

MUNOSABAT

Boshlanayotgan haftada yurtimiz maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq jaranglaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tadbir oʻtkazilishi taqiqlangani, cheklovlar oʻrnatilgani haqida turli notoʻgʻri xabarlar tarqalmoqda.

Joriy o‘quv yilining oxirgi kuni 25-may, yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.

So‘nggi qo‘ng‘iroq har bir inson hayotida unutilmas taassurotlarga boy bo‘ladi. Ayniqsa, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan 11-sinf bitiruvchilari uchun bu kunning ahamiyati va qadri o‘zgacha. Bir tomondan, ko‘p yillik qadrdon sinfdoshlar, mehribon ustozlar, jonajon maktab bilan umrbod xayrlashish oson emas. Ikkinchi tomondan, mustaqil hayotga qadam qo‘yish zavqi, yangi marralar chorlovi, talabalik sururi. Bu endi chinakam bayram!

Vazirlik shuni ma’lum qiladiki, maktablarimizda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an’anasi bu yil ham davom etadi.

Faqat maktablarimiz jamoalarini, bitiruvchilarimizni, hurmatli ota-onalarimizni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘raymiz!


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Odamlarga kitob kerak emas...

▶️To‘liq video


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Мактаб ва боғчалар олдида тезлик режими юмшатилди

Мактаб ва боғчалар атрофидаги йўлларда соат 19:00 дан 07:00 гача бўлган вақт оралиғида, шунингдек, дам олиш ва таътил кунларида ушбу аҳоли пункти учун рухсат этилган умумий тезлик чегарасигача ошириб ҳаракатланишга рухсат берилди.

Қолган вақтларда мактаб ва боғчалар олдида 30 км/соатдан тез юриш мумкин эмас.

👉 https://kun.uz/kr/47161913

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Umuman, aytilgan topshiriq va tadbirlar ijrosini nazorat qilish uchun shtab tuzilishi, bu masala shaxsan Prezident nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.

Tuman hokimlariga har oyda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari rahbarlari, maktab direktorlari va bog‘cha mudiralari bilan uchrashib, muammolarni joyida hal qilish vazifasi yuklandi.

Mutasaddilar bundan buyon tuman bo‘limi rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan birorta yig‘ilishga jalb qilib bo‘lmasligi haqida qat’iy ogohlantirildi.

Yig‘ilish davomida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi mutasaddilarining fikr va takliflari, hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Joriy yilda yangi maktablar qurish uchun Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb qilindi. Buning evaziga 58 ta maktab qurilib, 72 mingta o‘quvchi o‘rni yaratiladi.

Bunga qo‘shimcha ravishda viloyatlar hokimlariga joriy yilda xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlab, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Janubiy Koreya kabi davlatlardan investorlar olib kelib, mahalliy tadbirkorlarga sharoit yaratib, maktab qurilishiga 10 million dollardan mablag‘ni jalb qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Maktablar quvvatini oshirishning maqbul yo‘llaridan biri xususiy sheriklik ekani ta’kidlandi.

Shu bois maktablar va bog‘chalar uchun xususiy sheriklik loyihalarining e’londa turish muddati 45 kundan 30 kunga qisqartiriladi.

Mutasaddilarga joriy yilda maktab ta’limida kamida 100 ta shunday loyihani boshlash topshirildi.

So‘nggi yetti yilda bog‘chalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda mamlakatimizda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bog‘chalar faoliyat yuritmoqda.

“Qamrov oshdi, lekin sifat bo‘yicha qiladigan ishlarimiz ko‘p. Bog‘chalar nafaqat tarbiya, balki bolada ta’lim olish uchun ilk ko‘nikmalarni shakllantiradigan maskanga aylanishi kerak”,

- dedi Prezident.

Olti yoshli bolalar maktabga tayyorlov guruhlariga deyarli to‘liq qamrab olindi. Keyingi yil bu raqam 100 foizga chiqishi kutilmoqda.

Endilikda joriy yildan ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Bunda Singapurning nufuzli tashkiloti bilan bog‘cha bolalarini matematika, tabiiy fanlar va texnologiya yo‘nalishlarida tanqidiy va kreativ fikrlashga o‘rgatadigan dasturlar ishlab chiqiladi.

Davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilarining malakasi,
mahorati va psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari yig‘ilishda yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda tumanlarda “Barkamol avlod” maktablari, 14 ta hududda “Yoshlik” sport jamiyati va Respublika o‘quvchi yoshlar markazi bor. Lekin 219 ta “Barkamol avlod” maktabi 350 ming bolani qamrab olgan, xolos.

Endilikda “Barkamol avlod” maktablari, “Yoshlik” sport jamiyati va O‘quvchi yoshlar markazi yagona tizimga birlashishi belgilandi.

Bu markazlar to‘liq ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy, kreativ yo‘nalishlar asosida jihozlanadi. Ularda xorijiy tillarni o‘qitish, sun’iy intellekt, dasturlash va animatsiya kabi yangi to‘garaklar ochiladi.

O‘quvchilar o‘rtasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha ham yangi tizim bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Samarqand, Buxoro va poytaxtdagi “Barkamol avlod” markazlarida kamida 100 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazasi” tashkil qilinadi.

Mutasaddilarga qiziqarli turizm to‘plamlarini qilib, har yili 1 million o‘quvchini O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga jalb qilish topshirildi.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va ularni baholash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi

“Ta’limda sifat bo‘lishi uchun eng avvalo pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bunga tayyor bo‘lishi kerak”,

- dedi Prezident yig‘ilishda.

Bu borada Avloniy malaka oshirish instituti transformatsiya qilinib, uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etilishi belgilandi.

Nizomiy oliygohi – Milliy pedagogika universiteti sifatida tayanch oliygoh, uning rektori esa bir vaqtning o‘zida kadrlar tayyorlash bo‘yicha vazir o‘rinbosari hisoblanadi. Hududlardagi 12 ta pedagogika oliygohi ham MMTV tizimiga o‘tkazildi.

Pedagog, talaba va o‘quvchilar bilim va ko‘nikmasini baholashning yagona tizimi yaratilib, mustaqil bo‘lgan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil qilindi.

Endilikda mutasaddilar yaratilgan imkoniyatlar asosida kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va ularni baholash bo‘yicha mutlaqo yangi tizimni joriy qilishi belgilandi.

Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan o‘zgarishi belgilandi. Prezidentimiz buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.

Bu oliygohga Yangi O‘zbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. “Top” xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar o‘rnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.

Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika universiteti ta’lim dasturlari joriy etiladi. Qolganlari esa Kembrij universiteti talablari asosida to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi.

Oliygohdagi fanlar soni ham maqbullashib, 20 tadan 15 taga, ta’lim yo‘nalishlari 31 tadan 17 taga tushiriladi, o‘quv yuklamasi 20 foizga qisqaradi.

Termiz shahri va tumanidagi 47 ta maktab oliygohning amaliyot bazasiga aylantiriladi. 3 ta ixtisoslashgan hamda yangi baholash tizimiga o‘tgan 12 ta maktab esa metodik baza bo‘lib, oliygoh ularni zamonaviy laboratoriya bilan ta’minlaydi.

Oliygohni xorijiy til sertifikati bor 20 nafar o‘qituvchisi shu yil Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

Kelgusi uch yilda institutning barcha professor-o‘qituvchilari xorijiy til sertifikatini olib, chet elda o‘qib keladi.

Bu tizim barcha pedagogika oliygohlarida joriy etiladi.

Bundan tashqari Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazidagi yondashuvlarni ham, dasturlarni ham tubdan o‘zgartirish zarurligi ta’kidlandi.

Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-o‘qituvchining barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi.

Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri bo‘yicha alohida tayanch maktablari bo‘ladi.

Har bir tayanch maktabning 1 nafar o‘qituvchisi Malaka oshirish markaziga kelib, o‘z yo‘nalishida xalqaro dasturlar asosida chuqur tayyorlanadi, ularga trener maqomi beriladi. Ya’ni, ularning bilim va amaliy ko‘nikmasi markaz o‘qituvchisidan kam bo‘lmaydi.

Ushbu trenerlar o‘ziga biriktirilgan hududdagi 25 nafar yetakchi o‘qituvchini o‘qitadi, yetakchi o‘qituvchilar esa o‘z maktabidagi qolgan muallimlarni malakasini oshirib boradi.

Tuman hokimlari tayanch maktablarda 1 ta kasbiy mahorat xonasini tashkil qilish va uni to‘liq jihozlashga mas’ul bo‘ladi.

Barcha viloyat hokimlari Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti andozasi asosida hududlardagi malaka oshirish markazlarini ta’mirlash ishlarini yil oxirigacha yakunlashi shartligi haqida ogohlantirildi.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan o‘zgarishi belgilandi. Prezidentimiz buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.

Bu oliygohga Yangi O‘zbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. “Top” xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar o‘rnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.

Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika universiteti ta’lim dasturlari joriy etiladi. Qolganlari esa Kembrij universiteti talablari asosida to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi.

Oliygohdagi fanlar soni ham maqbullashib, 20 tadan 15 taga, ta’lim yo‘nalishlari 31 tadan 17 taga tushiriladi, o‘quv yuklamasi 20 foizga qisqaradi.

Termiz shahri va tumanidagi 47 ta maktab oliygohning amaliyot bazasiga aylantiriladi. 3 ta ixtisoslashgan hamda yangi baholash tizimiga o‘tgan 12 ta maktab esa metodik baza bo‘lib, oliygoh ularni zamonaviy laboratoriya bilan ta’minlaydi.

Oliygohni xorijiy til sertifikati bor 20 nafar o‘qituvchisi shu yil Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

Kelgusi uch yilda institutning barcha professor-o‘qituvchilari xorijiy til sertifikatini olib, chet elda o‘qib keladi.

Bu tizim barcha pedagogika oliygohlarida joriy etiladi.

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Кимлар касбий сертификатлаш жараёнларига жалб этилмайди?

Давлат умумий ўрта таълим ташкилотлари педагог кадрларини касбий сертификатлаш бўйича давлат хизматларини кўрсатишнинг Маъмурий Регламентининг 9-банди:

Қуйидагилар касбий сертификатлашга жалб этилмайди:


фан номзоди, фалсафа доктори Doctor of Philosophy (PhD) ёки фан доктори Doctor of Science (DSc) даражасига ҳамда Олий аттестация комиссияси томонидан берилган катта илмий ходим, доцент ва профессор илмий унвонига эга бўлган педагог кадрлар;

магистр даражасига эга мутахассислар;

педагог кадрлар аттестациясида иштирок этиб, камида мутахассис (олий маълумотли ўқитувчи) лавозими сақланган даражада кўрсаткичга эга бўлган педагоглар.


Қуйидагилар касбий сертификатлашдан маълум муддатга озод қилинади:

ҳомиладор аёллар, ҳомиладорлик ёки туғиш таътилида бўлган аёллар, улар таътилда бўлган даврда ҳамда ишга чиққанидан кейин бир йил давомида;

педагогик фаолият билан шуғулланаётган уч ёшгача болалари бор аёллар (фарзанди уч ёшга тўлгунга қадар);

узоқ (уч ойдан ортиқ вақт мобайнида) даволанаётган педагог кадрлар, улар даволанаётган даврда ҳамда ишга чиққанидан кейин олти ой давомида;

уч ой ва ундан узоқ муддатга республика ҳамда чет эл давлатига ўқишга, қайта тайёрлаш ва малака ошириш курсига юборилган педагог кадрлар, улар ишга чиққанидан сўнг олти ой давомида.


Асос: Вазирлар Маҳкамасининг 2024 йил 2 февралдаги 87-сон қарори


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Масхараланган таълим вазири ва мустақиллиги учун курашаётган университет – Ҳарварддаги можаро

АҚШ таълим вазири Линда Макмаҳоннинг Ҳарвард университетига юборган хати шов-шув ва эътирозларга сабаб бўлди. Унинг хати қизил сиёҳ билан таҳрирланиб, ижтимоий тармоқларда жойлаштирилди. Фойдаланувчилар эса таълим вазирини саводсизликда айблаб масхара қилди. Хўш, аслида нималар рўй берди?

👉 https://kun.uz/kr/97409237

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Hurmatli pedagoglar orangizda volleybol to'garaklarini yuritadigan trenerlar, jismoniy tarbiya o'qituvchilar bo'lsa iltimos mazkur so'rovnomada ishtirok eting!

https://forms.gle/iSQm9AoL1yWR2t4Z6
⬆️Shu yerga bosing⬆️

So'rovnoma O'zbekistonda volleybolchilarni psixologik tayyorgarligini oshirish maqsadida o'tkazilmoqda (berilgan javoblar maxfiy saqlanadi va ilmiy maqsadlarda foydalanadi)


"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

❗️ Ота-оналар ва ўқувчилар диққатига: Ўзбекистонда мактаб ва боғчаларда пул йиғиш қатъий тақиқланган

Таълим муассасаларида таъмирлаш, турли тадбирлар (сўнгги қўнғироқ) ва байрамлар учун пул йиғиш қатъиян ман этилади! Мактаб ёки боғчаларда пул ундириш билан боғлиқ ҳолатлардан хабардор бўлсангиз, (71) 202-09-09 рақамига қўнғироқ қилинг.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…

Oʻqituvchilar uchun

Мафкуралар кураши: 9 май аслида қандай кун?

Иккинчи жаҳон уруши тугаганига 80 йил, СССР қулаганига 34 йил бўлди, лекин ҳамон бир томондан миллий-тарихий ўзликни англаш, иккинчи томондан уруш ва ғалаба носталгияси билан йўғрилган совет мафкураси ўртасидаги зиддиятлар давом этмоқда. Бу баҳслар ҳар йили 9 май арафасида кўпроқ кўзга ташланади.

📹👉 ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
👇👇👇
✅ @Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU

Читать полностью…
Subscribe to a channel