|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
#Live
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi
✅ Ayni damda 2024-2025-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun qurʼa tashlash tadbirlariga start berilmoqda.
❗️Birozdan so‘ng 9-sinf o‘quvchilari uchun Ona tili va adabiyoti hamda Davlat tili fanlaridan qurʼa tashlash jarayonlari boshlanadi.
✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
👉 Jonli efir: https://youtube.com/live/sdLlMH_I1sA?feature=share
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#Yarmarka
#Hamkorlik
Yosh mutaxassislar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochildi
Bugun, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Qarshi davlat universiteti hamkorligida oliy ta’lim muassasasining bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Jarayonda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshligʼi U. Oripov, birinchi oʼrinbosar M. Panjiyev hamda sohaviy masʼullar ishtirok etdi.
Mazkur yarmarka yosh mutaxassislarni ta’lim tizimiga jalb etish, ular uchun ish bilan ta’minlanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, zamonaviy talab va ehtiyojlarga javob beradigan pedagog kadrlarni saralash maqsadida o‘tkazildi.
Yarmarka davomida bitiruvchi talabalar o‘zlari tanlagan ta’lim muassasalari vakillari bilan bevosita muloqotda bo‘lishdi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishdi va shu joyning o‘zida ish beruvchilar bilan suhbatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, yarmarka ishtirokchilariga pedagogik faoliyatga oid amaldagi qonunchilik, ishga qabul qilish tartibi, o‘quv yili uchun ehtiyoj mavjud maktablar va bog‘chalar, to‘lov-shartnoma asosida ishga kirish imkoniyatlari hamda ustama va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida iqtidorli va tashabbuskor talabalar tomonidan anketalar to‘ldirilib, ularning rezyumelari viloyatdagi mavjud bo‘sh o‘rinlarga yo‘naltirildi.
Mazkur tashabbus yoshlar bandligini ta’minlashda, ularni mehnat bozoriga moslashtirishda va ta’lim tizimini malakali kadrlarga boyitishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yarmarka davom etmoqda.....
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
#Soʻnggi_qoʻngʻiroq
🎓 ILM – ENG BUYUK SHARAF!
⚡️ 2025-yil 24-may kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida 2024–2025 o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” va maktab tashkil etilganining 8 yilligi tantanalaridan videorolik.
G‘uzor tumanida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilar taqdirlandi
Bugun G‘uzor tuman 47-umumta’lim maktabida ham "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir davomida Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarining 13–17 yoshdagi maxsus talablarini namunali bajargan o‘quvchilar I,II, III darajali "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" ko‘krak nishonlari, sertifikat va sport formalari bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i V.Ro‘ziyev, O‘zbekiston MOQ Matbuot va media departamenti direktori Z.Imomxo‘jayev, G‘uzor tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i B. Shodiyev, G‘uzor tuman sport maktabi rahbari T. Qahhorovlar ishtirok etdi.
Mazkur tadbir davomida maktab o‘quvchilaridan sport sinovlari qabul qilish jarayonlarini namunali tashkil etganligi uchun Gʼuzor tuman 47-umumta'lim maktabi direktori M.Ochilov Sport vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
@Qashqadaryo_MMTB
Maxsus reportaj | Qashqadaryo viloyatida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kelgusi rejalar haqida
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Qarshilik yoshlar xalqaro IT loyihasi doirasida imtihon topshirdi
Qarshi shahrida “IT Smart Kids in Kashkadarya” xalqaro loyihasi doirasida 180 nafar yoshlar imtihon topshirdi. Sinov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plaganlar keyingi bosqich o‘quv jarayonlariga jalb etiladi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida o‘quvchilar yoz davomida dolzarb 90 kunlik dastur asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Loyiha qiymati $180,000 bo‘lib, u AQSHning RoboticsWare kompaniyasi bilan hamkorlikda 2025-yil davomida 2000 nafar o‘quvchini Entry, NeoSoco, Python, NeoCircuit, Arduino va RPI Pico yo‘nalishlarida o‘qitishni ko‘zda tutadi.
Ushbu tashabbus yoshlarning zamonaviy IT va robototexnika sohalaridagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Boshqarma boshligʼi va prokuror oʼrinbosari A. Oripov nomidagi ijod maktabda tashkil etilgan "Soʼnggi qoʼngʼiroq" bayram tadbirida ishtirok etdi
(+video)
@Qashqadaryo_MMTB
Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish bo'yicha Prezident qarori e'lon qilindi
✅ Davlatimiz rahbarining 30.04.2025-yilgi PQ-160-son qarori imzolandi. Unga ko'ra urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etildi.
💥 Universitetga qabul tez orada e'lon qilinadi. Qo'shimcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring.
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#PQ160 #qaror
👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларга табрик
—
Поздравление выпускникам школ нашей страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Soʼnggi qoʼngʼiroq bayram tadbirlarini oʼrnatilgan tartib asosida oʼtkazish yuzasidan masʼullarga topshiriq berildi
Bugun, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshligʼi U. Oripovning topshirigʼiga asosan boshqarma xodimlari ishtirokida "Soʼnggi qoʼngʼiroq" tadbirlarini betalofat oʼtkazish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Unda boshqarma boshligʼining birinchi oʼrinbosari M. Panjiyev "Soʼnggi qoʼngʼiroq" tadbirlarini betalofat oʼtkazish yuzasidan boshqarma tomonidan maxsus shtab tuzilganligi, hududlardagi bitiruvchi oqshomi bilan bogʼliq holatlar va salbiy holatlarni oldini olish yuzasidan masʼullarga boshqarma boshligʼi topshirigʼi yetkazildi.
@Qashqadaryo_MMTB
#Samara
Xorijlik pedagoglar va oʼquvchilar eʼtirof etildi — QASHQADARYO
➖Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida "O'zbekiston va Filippin davlatlari o'rtasida madaniy almashinuv" mavzusida tadbir tashkil etildi.
➡️Tadbir davomida 13 nafar xorijlik mutaxassislar taklif etilib, ularni oʼquvchilarga bergan ilmlari, erishilgan natijalari ijobiy targʼibot etildi.
➡️Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Maqsud Panjiyev ishtirok etib, tadbirning yuqori saviyada tashkil etilganligini e'tirof etdi hamda xalqaro IELTS imtihonida 30 ga yaqin 7 va 7,5 ballni, SAT va milliy sertifikatga ega bo'lgan o'quvchilar va ularning ota-onalari boshqarma masʼullari tomonidan rag'batlantirildi.
➡️Mazkur tadbirda muddatidan oldin xorijiy nufuzli oliygohlariga talaba bo'lgan o'quvchilarga ham sertifikatlar topshirildi.
Eslatib oʼtamiz, mazkur maktab bitiruvchilarining 60 nafari xorijiy til bilish sertifikatiga ega hamda 2 nafar oʼquvchilar muddatidan oldin xorijiy OTM talabasi boʼlish baxtiga muyassar boʼlgan.
⚡️ Bitiruvchilarning 65 nafari jami 103 ta xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilaridan TOP natijalar....
Bitiruvchilarning 65 nafari jami 103 ta xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi.
Bu natijalari bilan oʻquvchilarimiz OTM ga kirish ballarining maʼlum qismini oldindan toʻplab qoʻydilar.
Shuningdek 8 nafar oʻquvchimiz asosiy fanlardan 100 foizlik ballarni qoʻlga kiritishgan. Natijalarning hali davomi bor...
❗️ Қашқадарё вилояти ИИБ ЖХХ Йўл ҳаракати хавфсизлиги бошқармаси огоҳлантиради!!!
24 май “Сунгги қўнғироқ” тадбирлари давомида мактаб ўқувчилари томонидан ота-онасига тегишли автомашиналарини тегишли ҳужжатларсиз бошқариш ҳолатлари учрайди
#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʼlayotgan murojaat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan oʼrganilmoqda.
Hurmatli OAV xodimlari!
Tekshirilmagan, oʼz tasdigʼiga ega boʼlmagan maʼlumotlarni tarqatish qonunga zid hisoblanadi.
❗️DAVLAT TASHKILOTINI OBRO'SIZLANTIRISH – JAVOBGARLIKKA SABAB BO'LADI
Davlat tashkilotlari faoliyatiga asossiz daxl qilish, yolg‘on axborot tarqatish yoki tuhmat yo‘li bilan obro‘sini yerga urishga urinish – qonun oldida javobgarlikka olib keladi.
Bu kabi harakatlar:
tashkilot sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadi;
tizimda islohotlar va ijtimoiy ishonchga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
davlat xizmatchilarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasiga ko‘ra, tuhmat (ya’ni bila turib yolg‘on, shaxsni obro‘sizlantiradigan ma’lumotlarni tarqatish) uchun jarima yoki boshqa choralar ko‘riladi.
Agar bu harakatlar ommaviy axborot vositalari yoki internet orqali amalga oshirilsa, Jinoyat kodeksining 139-moddasi asosida jinoyat ishiga tortilishi ham mumkin.
Hurmatli fuqarolar! Asosli tanqid qilish mumkin, lekin tuhmat qilish emas! Har qanday e’tiroz va murojaat qonuniy yo‘l bilan va asosli bo‘lishi shart. Davlat tashkilotlarining sha’ni va obro‘sini himoya qilish – hammamizning burchimiz!
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
#Қашқадарё_тажрибаси
Қашқадарё вилояти ҳокими олимпиадаси ғолиблари имтиҳонсиз талаба бўлишди
Фан олимпиадасининг физика, кимё ва биология фанлари бўйича 1-2-3 ўринларни эгаллаган 9 нафар ёшлар эса Қарши давлат университетига имтиҳонсиз талабаликка қабул қилинди.Читать полностью…
📷Jarayondan fotolavhalar
Читать полностью…#Ayni_damda
"ENG KITOBXON MAKTAB" ko'rik- tanlovi viloyat bosqichi o'tkazilmoqda...
Qashqadaryo viloyati bolalar kutubxonasi tomonidan "Kitobxonlik festivali" doirasida "ENG KITOBXON MAKTAB" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi o'tkazilmoqda.
Tanlovning tuman, shahar bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan maktab jamoalari bugun tanlovning viloyat bosqichida bellashmoqdalar.
Tanlov nizomiga ko'ra ishtirokchilar
3 ta SHART asosida bellashishadi.
@Qashqadaryo_MMTB
#Olimpiadachilar_oromgohi
#savollarga_javoblar
✅ Fan olimpiadalari markazi va Iqtidorlar maktabi hamkorligida Olimpiadachilar oromgohi — “Summer Science Camp" tashkil etilmoqda.
➖ Mazkur oromgoh yuzasidan eng ko’p kelib tushayotgan savollarga javoblar videolavhada.
Bizni kuzating
Tanqid, tahlil, eʼtirof....
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2025 yil 19 maydagi 285-x-sonli buyrug‘iga asosan 2025 yil 20-23 may kunlari Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.
Boshqarma boshligʼining birinchi oʼrinbosari "Soʼnggi qoʼngʼiroq" bayram tadbirida ishtirok etdi
Qarshi tumani Kojor MFYda joylashgan 47-umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib oʻtgan bugungi tadbirda 1,4,9,11-sinf bitiruvchilari, ota-onalar, mahalla faollari, maktabning sobiq bitiruvchilari, jamoatchilik vakillari hamda Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Maqsud Panjiyev hamda faxriy mehmon, Turon Akdemiyasining akademigi, falsafa fanlari doktori, professor Ziyodulla Davronov ham ishtirok etdi.
Eʼtiborlisi shuki, tadbir davomida har yili anʼanaga aylangan professor Ziyodulla Davronovning shaxsiy jamgʻarmasidan tashkil etilgan stipendiyalarga bu gal ham mazkur maktabning eng aʼlochi 3 nafar oʻquvchilari sazovor boʻlishdi.
Qashqadaryo viloyatida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilar taqdirlandi
🎬VIDEOROLIK
Mazkur tadbirlar davomida Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarining 13–17 yoshdagi maxsus talablarini namunali bajargan o‘quvchilar I,II, III darajali "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" ko‘krak nishonlari, sertifikat va sport formalari bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimlarida Sport vazirligi mas'ul xodimi F.Abdurahmonova hamda viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Tog‘ayevlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, tadbirlar davomida maktab o‘quvchilaridan sport sinovlari qabul qilish jarayonlarini namunali tashkil etganligi uchun faollik korsatgan bir guruh masʼullar Sport vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
@Qashqadaryo_MMTB
21:00 24.05.2025
SO'NGI QO'NG'IROQ QALBLARDA MUHRLANDI
#Qashqadaryo
muxbir: Shavkat Aminov
/channel/zamon_lavhalar
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi — KOʼKDALA TUMANI " mazmunidagi murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy munosabati:
❗️❗️❗️❗️❗️MATN TAHRIRLANMOQDA.......
Муротжон Азимов ўқувчиларнинг ёзги таътилини мароқли ва мазмунли ўтказишига алоҳида эътибор қаратмоқда
Қашқадарё вилояти ҳокими таътил даврида болалар ва ёшлар учун китобхонлик кечалари, интеллектуал танловлар, маданий тадбирлар ва спорт мусобақаларини юқори савияда ташкил этиш юзасидан масъулларга аниқ топшириқлар берди.
Таътил - фақат дам олиш эмас, балки, билим ва тарбия олиш, ижодий салоҳиятни ривожлантириш, мустақил фикрлаш ва жамоа билан ишлаш қобилиятини шакллантириш имкониятидир.
Bitta maktabning 36 nafar bitiruvchisi muddatidan oldin universitetlarga qabul qilindi — QASHQADARYO
✅ Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahridagi 24-sonli maktabning 36 nafar bitiruvchisi mahalliy va xorijiy OTMlarga qabul qilindi.
➖ Eslatib oʼtamiz, bitiruvchi o‘quvchilar umumta'lim fanlari va xorijiy tillardan milliy hamda xalqaro sertifikatlarga ega bo'lib ulgurishgan.
Bizni kuzating
#Xushxabar
Bitta maktabning 36 nafar bitiruvchisi muddatidan oldin xalqaro oliygohlarga qabul qilindi — QASHQADARYO
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi 24-sonli maktabning 36 nafar bitiruvchisi muddatidan oldin xalqaro oliygohlarga qabul qilindi.
Eslatib oʼtamiz, mazkur maktabning bitiruvchilari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan holda, bugungi kunlardanoq talaba bo‘lishga erishdilar.
Buyuk Britaniya safari: yangi kelishuv va hamkorliklar
Vazirlik delegatsiyasi bilan Buyuk Britaniyaga safar qilib, Londonda tashkil etilgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etdik.
Dunyodagi 130 dan ortiq ta’lim sohasi vakillari qatnashgan ushbu nufuzli xalqaro tadbir doirasida qator uchrashuvlar ham o‘tkazdik. Safar va undagi uchrashuv, natijalar haqida qisqacha ma’lumot bersam.
ICESCO tashkiloti bosh direktori Salim al Malik bilan uchrashib istiqboldagi hamkorlik, birgalikda ta’lim yo‘nalishiga doir xalqaro konferensiya o‘tkazishni muhokama qildik.
Cambridge University Press & Assessment tashkiloti bilan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetini transformatsiya qilish va mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga oid kelishuv imzolandi.
Vazirlik va VSO (Volunteers Services Overseas) tashkiloti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi. Unga ko‘ra, yurtimizdagi umumta’lim maktablariga xorijdan malakali mutaxassis va volontyorlar, 500 nafardan ortiq britaniyalik o‘qituvchilar jalb qilinadi.
Buyuk Britaniya Parlamenti Davlat kotibi o‘rinbosari — Erta yoshdagi bolalar ta’limi vaziri Stiven Jeyms Morgan bilan bolalarni sog‘lom ovqatlantirish yo‘nalishidagi ishlar, istiqboldagi rejalar haqida ham fikr almashdik.
Safarimizning unutilmas uchrashuvlaridan biri O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi sovrindorlari bilan muloqotimiz bo‘ldi. Harakatchan, ilmga chanqoq qorako‘zlarimiz bilan uchrashuvda davlatimiz rahbari yaqinda imzolagan “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirishga oid farmon, unda yoshlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida gaplashdik.
Bundan tashqari Kembrij shahrida “Maktab liderligini rivojlantirish” dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan maktabgacha va maktab ta’limi tizimi vakillari bilan ham uchrashishga ulgurdik.
@hilola_umarova
Milliy libos – milliy g‘urur!
Haftaning har juma kuni yurtimizda Milliy liboslar kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Bu ezgu tashabbus doirasida Dehqonobod tumani Nodira mahallasi xotin-qizlar faoli ham ish kunini o‘zbek xalqining qadimiy urf-odatlari, milliy an’analari ifodasi bo‘lgan milliy liboslarda boshladi.
Ishni oila bogʻi va 77-maktabidan boshlab.
Milliy libos nafaqat ko‘rkam kiyim, balki xalqimizning boy madaniy merosi, go‘zallik va tarbiya timsolidir. Bu kabi tashabbuslar milliy o‘zligimizni yanada chuqur anglash, yoshlarimizda vatanga, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zligimizni unutmaylik – milliy libosimiz bilan faxrlanaylik!
@Qashqadaryo_MMTB
#Gimnastika
“Gimnastikaga ilk qadam” bolalar sport musobaqasining viloyat bosqichiga g'oliblari taqdirlandi — QASHQADARYO
Tanlovning viloyat bosqichi yakuniy natijalariga kora g'oliblar taqdirlandi. Tantanali taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev, boshqarma va tuman (shahar) ma'sullari hamda Gimnastika sporti murabbiylari ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga koʼra:
o‘g‘il bolalar bo‘yicha Shahrisabz shahar 15-DMTT tarbiyalanuvchisi Xidirov Alibek 1- o‘rin,
Kitob tumani 2-DMTT tarbiyalanuvchisi Xayrullayev Ibroxim 2- o‘rin,
G‘uzor tumani 1-DMTT tarbiyalanuvchisi Po‘latov Avaz
3- o‘rinni egalladi.
Qiz bolalar bo‘yicha Nishon tumani 18-DMTT tarbiyalanuvchisi Boymurodova Madina 1- o‘rin,
Kasbi tumani 24 -DMTT tarbiyalanuvchisi Xasanova Shirina 2- o‘rin,
Qarshi shahar 50-DMTT tarbiyalanuvchisi Halimova Farzona 3- o‘rinni egalladilar.
Bitiruvchilarning 65 nafari jami 103 ta xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilaridan TOP natijalar....
Bitiruvchilarning 65 nafari jami 103 ta xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi.
Bu natijalari bilan oʻquvchilarimiz OTM ga kirish ballarining maʼlum qismini oldindan toʻplab qoʻydilar.
Shuningdek 8 nafar oʻquvchimiz asosiy fanlardan 100 foizlik ballarni qoʻlga kiritishgan. Natijalarning hali davomi bor...