|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
JARAYON
G'uzor tumanida “Yangi O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya rivoji. Maktabda 1 kun” loyihasi doirasida seminar o'tkazildi
#7may
|📷INSTAGRAM | 📒FACEBOOK
| ✈️TELEGRAM | 🖤QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|🔹 JONLI EFIR TV ⭕️⭕️⭕️⭕️
|✈️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
Qamashi tumanidagi umumta'lim maktablarida nemis tili bo‘yicha o'quv kurslari tashkil etiladi
➖Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Qamashi tumanidagi maktablarda nemis tili fani bo‘yicha faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar bilan ochiq muloqot o’tkazildi.
➖Mazkur tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev hamda viloyat Tashqi migratsiya filiali bosh mutaxassisi B.Bozorovlar tomonidan nemis tilini o'qitish ahamiyati va tizimda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
➡️Tadbir davomida dastlab O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5117 hamda hukumatning VM-312 qarorlari ijrosi va hujjatlardagi imtiyozlar haqida so‘z yuritildi.
Muloqotda o'qituvchilar tomonidan ko'tarilgan muammolar va takliflar tinglanib, pedagoglar uchun tayyorlov kurslari, sinov testlar va o‘quv qo‘llanmalar zarurligi ta'kidlandi. Tez orada mazkur masalalar yuzasidan amaliy choralar ko'rilishi ma‘lum qilindi.
Shuningdek o‘quvchi-yoshlar uchun nemis tili bo'yicha o‘quv kurslarini tashkil etish belgilandi.
#Xotira_abadiy_
#Qadr_muqaddas
G'uzor tuman 71-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Xotira abadiy, qadr muqaddas" nomli ma'naviy va ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Bugun, 2025- yil 8- may kuni maktab hovlisida joylashgan "Xotira maydonchasi"da 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan maktabning o'quvchilari ishtirokida "Xotira abadiy, qadr muqaddas" nomli maʼnaviy va ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbirda maktabda uzoq yillar davomida mehnat qilib, ayni damda qarilik gashtini surayotgan ustozlar taklif qilindi.
Tadbirda urush faxriysi Abdimurodov Abduazim sôzga chiqib,tinchlik qadri haqida ôz fikrlarini ayrib ôtdi.
Tadbir davomida o'tganlar esga olindi. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan ijro etilgan turli she'rlar, sahna ko'rinishlari hamda diltortar qo'shiqlar barchaga manzur bo'ldi.
Ta'lim sohasi faxriylariga yuksak ehtirom ko‘rsatilmoqda..
Yurtimizda Ikkinchi Jahon urushi yillarida front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylar doimo alohida e’tibor va hurmat bilan qadrlanmoqda. Shu ma’noda, Yakkabog‘ tumanida ham mehnat faxriylarini e’zozlash, ularning xizmatlarini munosib baholash yo‘lida bir qator ezgu ishlar qilinmoqda.
Ana shunday ezgu ishlardan navbatdagisi Yakkabog‘ tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i J.Eshquvatov, bo'lim mas'ullari S.Suyunov, A.Temirovlar tomonidan amalga oshirilib faxriy ustozlar xonadoniga tashrif buyurib ularga samimiy minnatdorlik bildirdi va ularga sihat-salomatlik, tinch va farovon hayot tilashdi.Ustozlar duolari olindi.
@Qashqadaryo_MMTB
Nishonlik oʼqituvchi malaka toifa sinovidan 94 ball natijaga erishdi
Nishon tumanidagi 8-umumiy oʼrta taʼlim maktabining oliy toifali, tarix tarix fani oʼqituvchisi Islom Qulturayev malaka toifa sinovidan 94 ball natijaga erishdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi pedagogning kelgusidagi faoliyatiga omad tilaydi.
@Qashqadaryo_MMTB
Shahrisabz tuman “Miraki” MFYda yangi bog‘cha qurilib,foydalanishga topshirildi
“Miraki'” MFYda 31-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Prezidentimizning izchillik bilan olib borayotgan islohotlari natijasida ushbu bog‘chaning yangi ikki qavatli, 120 o‘rinli zamonaviy shart-sharoitlarga ega binosi qurildi.
Mazkur qurilish ishlari uchun davlat budjetidan investitsiya dasturi asosida davlat tomonidan mablag‘ ajratildi.
Bugun Miraki mahallasi aholisi uchun shodiyona kun sifatida tashkilotning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Sh.Botirov hamda tuman hokimi ijtimoiy soha rahbarlari A.Yangiyev va mahalla nuroniylari birga ishtirok etdi.
Tuman rahbarlari ochilish marosimida bog‘chada ta'lim-tarbiyaga mas'uliyat bilan yondashish, bolajonlarga zamonaviy ta'lim uslublaridan keng foydalanib, voyaga yetkazish muhimligi xususida o‘z taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.
@Qashqadaryo_MMTB
TA'LIM VA ISLOHOT
QARSHI SHAHRIDAGI 3-MAKTABNING 100 YILLIK FAOLIYATIGA NAZAR
#6may
@Qashqadaryo_MMTB
Qarshi shahar 6-maktabning 7-A sinf o’quvchilari 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ustozlari holidan xabar oldi.
@Qashqadaryo_MMTB
G'uzor tumani 8-DMTTda Tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida 9-may "Xotira va qadrlash"kuniga bag'ishlanib o'tkazilgan bayram tadbiridan lavhalar
Читать полностью…#live
🔴 Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
➖ Unda yuqumli kasalliklarning 35-40 foizi oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelayotgani koʻrsatib oʻtildi. Shu munosabat bilan barcha maktab, bogʻcha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi. Unga koʻra:
— taʼlim va tibbiyot tashkilotlaridagi qoʻl yuvish joylari sanitar-gigiyena vositalari bilan toʻliq taʼminlanadi,
— sharoiti ogʻir boʻlgan 126 ta maktabda hojatxonalar binoni ichida joylashtirilib, yangidan quriladi, 6 mingdan ziyod bogʻchaga geliokollektor olib beriladi;
— 4 ming 295 ta ijtimoiy muassasada suv baki va sisterna oʻrnatiladi.
⚡️ Ushbu maqsadlar uchun shu yilning oʻzida byudjetdan 780 milliard soʻm ajratiladi. Har bir ijtimoiy soha muassasasi toza, ozoda boʻlishi, unda odamlar uchun qulay sanitar-gigiyena sharoiti yaratilishi shartligi qayd etildi.
Bizni kuzating
"Bilimdon o‘quvchilar" tanlovi ishtirokchilari eʼtirof etildi
"PISA-2025" xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan maktablarning 15 yoshdagi o‘quvchilar tayyorgarligini kuchaytirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan "Bilimdon o‘quvchilar" tanlovi o‘tkazildi edi. Bugun shu munosabat bilan tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Mazkur jarayon Chiroqchi tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshligʼi B.Sherdonov hamda sohaviy masʼullar ishtirokida 11 nafar oʼquvchilar eʼtirof etildi.
Ushbu tanlovda Chiroqchi tumani 121-maktab o’quvchilariga tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Orzular sari yo‘l: Bizning o‘quvchimiz xorijda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi!
(+video)
📝Mazkur lavhada yosh boʼlishiga qaramasdan, xalqaro natijalarni zabt etayotgan Shaxnoza Badalova haqida hikoya qilamiz.
➡️U Qarshi shahridagi 19-umumiy oʻrta ta’im maktabining 11-A sinf oʻquvchisi. 10-sinfligidanoq xalqaro ingliz tili imtihoni IELTSdan 7.5 ballga erishgan. 11-sinfligida esa xalqaro matematika SAT imtihonidan 1350 ballni qoʻlga kiritgan.
➡️Bundan tashqari muddatidan oldin AQSH, Yevropa va Toshkent shahridagi universitetlariga grant asosida qabul qilingan. Bulardan Top 100lik reytingiga kiruvchi Penn State, Purdue university va Florida, Bostondagi nufuzli universitetlarga talabalik baxtiga muyassar boʻlgan.
U «... Hozirda yana boshqa davlatlarga ya’ni Ispaniya va Koreya universitetlaridan qabul xati kutayapman va topshirish jarayonidaman. Bo’sh vaqtlarimda sohimga oid turli xil kitoblar oʻqiyman, musiqa ya’ni skripka chalish bilan shugʻillanaman. Shu yoshimda oʻz tengqurlarimga va mendan kichik boʻlgan yoshlarga ingliz tilini oʻrgatib xalqaro IELTS va milliy sertifikat CEFR ga tayyorlab oʻz bilimimni ulashaman, daromad qilaman. Bu daromadim orqali oʻz bilimimga investitsiya qilaman. Oʻz ustimda rivojlanisj uchuh ishlayman va harakat qilaman. Eng katta maqsadlarimdan biri Vatanimizning faxriga aylanib uni eng yuksak choʻqqilarga koʻtarishdir. Shuncha imkoniyat va sharoit yaratib berib meni shu darajagacha chiqargan bobom, ota-onam, maktab maʼmuriyatiga minnatdorchilik bildiraman»,— deydi Shahnoza BADALOVA.
⚡️Dehqonobod tumanida sayyor qabul oʻtkazildi
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun, barcha davlat organlarida aholi murojaatlari bilan ishlashda sifat jihatdan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqni tinglash, ularni muammolarni hal etishda shak-shubhasiz kutilgan natijalarni bermoqda.
Bugun 7-may kuni Dehqonobod tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.Unda boʻlim boshligʻi Risolat Eshqobilova va boʻlimning Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassisi K. Aliyev va tegishli masʼullar fuqarolarni qabul qilishdi. Qabulda murojaatlarning 5 nafaridan 2 tasi joyida ijobiy hal etildi va 3 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan murojaatlar mutasaddilarga yoʻnaltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
#Natija
Qashqadaryodagi "Eng yaxshi Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarma boshlig‘i o’rinbosari" nominatsiyasi doirasida soʼrovnoma oʼz yakuniga yetdi
Eslatib oʼtamiz, natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i oʼrinbosari boshqarma tomonidan eʼtirof etiladi.Yakuniy natijalarga koʼra,
Qashqadaryolik oʼquvchi Osiyo chempionatida 2-oʼrinni egalladi
Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 34-umumiy o’rta ta’lim maktabining 8-sinf o’quvchisi Xolmurodov Xasan U15 va U17 yosh o’rtasida boks bo’yicha Osiyo chempionatida faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги
—
Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan turli yillarda tizimda fidokorona mehnat qilgan faxriylarimiz holidan xabar olinib, ularga guldastalar va esdalik sovg'alar hadya etilmoqda.
Jumladan, Dehqonobod tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig'i Risolat Eshqobilova, o'rinbosari Berdiyor Bo‘riyev va bo‘lim xodimlari Dehqonobod tumanida istiqomat qiluvchi faxriy ustozlar xonadonida bo'lishdi.
Tashrif davomida fursatdan foydlanib, ularga Dehqonobod tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi xodimlari nomidan soha rivojiga qo'shgan hissalari uchun o'z minnatdorlik bildirildi.
@Qashqadaryo_MMTB
Qiz o‘qisa — jamiyat nur topadi!
Ko‘kdala tumanida “Qizlarimizni o‘qitaylik!” shiori ostida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda!
Viloyat hokimi o'rinbosari Ziyoda Aminova boshchiligida o'tkazilayotgan uchrashuvlarda ta’lim olgan qizlarimizning kelajagi porloq ekani, bilimli ayol — baxtli oilaning, kuchli jamiyatning asosi ekani alohida ta’kidlanmoqda.
Bu tadbirlar orqali ota-onalar ongida muhim bir haqiqat mustahkamlanmoqda: qiz bola — ertangi kunning ziyoli onasi!
Kelajak uchun bugun qizlarimizni o‘qitaylik!
@Qashqadaryo_MMTB
Хотира муқаддас ва абадийдир!
Вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси ходимлари 9-май - “Хотира ва қадрлаш куни” муносабати билан бошқармада кўп йиллар дарсликлар бўйича методист бўлиб ишлаган, марҳум Халилов Жўра Шадманович хонадонида бўлиб, оила аъзолари ҳолидан хабар олишди ва устозни таълим тизимида ишлаган даврларини ҳамда ҳаёт йўлларини ёдга олишди.
Оила аъзоларини 9-май - “Хотира ва қадрлаш куни” билан қутлаб, уларга мустаҳкам соғлик, узоқ умр, бахт-саодат, тинчик ва хотиржамлик тилашди.
Дунё ўзи бир лаҳзалик, неъматлар, насибалар вақтинча. Жўра аканинг ёрқин хотираси дўстлари ва касбдошлари қалбида мангу сақланиб қолади.
#Xotira_abadiy
9-may-Xotira va qadrlash kuni
Bugun Qarshi tumani, Beshkent shahridagi xotira xiyobonida 9-may Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali miting o‘tkazildi.
Tadbirda Qarshi tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi jamoasi, o'quvchi yoshlari ishtirok etdilar va motamsaro ona haykali hamda afg‘on urushida qatnashib, shahid bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.
📝Tantanali mitingda urushda qatnashib qahramonlarcha halok bo‘lgan va buyuk g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan o‘zbek o‘g‘lonlari hamda front ortida mardonavor mehnat qilgan yurtdoshlarimiz nomlari hurmat va eʼtibor bilan tilga olindi.
@Qashqadaryo_MMTB
#XOTIRA_MUQADDAS
Shahrisabz shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining 8 - umumiy o‘rta taʼlim maktabida tashkil etilgan "Mental arifmetika" tarmoq toʻgarak aʼzolari tomonidan 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Jadidlar izdoshlari - Barkamol avlod yoshlari" shiori ostida xotira kechasi o‘tkazildi.
Tadbirlarda o'quvchi yoshlar tomonidan ajdodlarimizni yod etib she'r va qo‘shiqlar ijro etildi.
@Qashqadaryo_MMTB
Qarshi tumani 44-umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlangʻich sinf o'qituvchisi Bo'riyeva Zarina G'ofur qizi attestatsiya sinovlariga ishtirok etib, 94 ball bilan oliy malaka toifasiga ega bo'ldi.
@Qashqadaryo_MMTB
#XotiraVaQadrlash
#QashqadaryoDMTT
#Qarshi_shahar
@Qashqadaryo_MMTB
#XotiraVaQadrlash
#QashqadaryoDMTT
@Qashqadaryo_MMTB
Qashqadaryolik oʼqituvchi malaka toifa sinovlarida 94 ballik natijani qayd etdi
Mirishkor tumani 30-maktabning B
boshlangich ta'lim fani o'qituvchisi Ramazonova Sevara Bahodir qizi 94 ballni qo'lga kiritdi.
Xotira abadiy va muqaddas!
Muborak tumani 12-Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Motamsaro ona" majmuasiga MMTB ruxsati asosida ekskursiya tashkillashtirildi.
G'uzor tumani 8-Dmttda tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida 9-may "Xotira va qadrlash"kuniga bag'ishlanib o'tkazilgan bayram tadbiridan lavhalar.
@Qashqadaryo_MMTB
#al_Xorazmiy
#Xalqaro_olimpiada
⚡️ Ertaga Al Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasiga start beriladi
✅ Unda Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Malayziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalaridan 202 nafar ishtirokchi qatnashadi.
Ma’lumot uchun:
III Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika olimpiadasi ilk marotaba 2 ta fan (matematika va informatika)dan tashkil etilmoqda.
✅✅✅✅
#Milliy_kontent
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bolalar uchun milliy kontentlarni yaratish maqsadida sohaning yetuk mutaxassislari va yosh iqtidorlar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
➖ Unda rassom, dizayner, animator, videograf, fotograf va kontent yaratuvchilar mahorat darslari, davra suhbatlari, mashg'ulot hamda amaliy jarayonlarda qatnashishlari rejalashtirilgan.
Bugun mazkur o‘quvlarda ishtirok etuvchi yoshlar oromgohga yetib kelishdi. Mas'ullar tomonidan loyihaning ahamiyati, kutilayotgan natija va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
⏳Ertaga — 7-may kunidan o‘quv mashg‘ulotlariga start beriladi.
📊 Ma'lumot o‘rnida: ushbu mahorat darslarida yurtimiz bo'ylab 150 nafarga yaqin yoshlar qatnashmoqda.
#No_comment
#инклюзив_таълим
✅“Inklyuziv taʼlim samaradorligini oshirish: muammo va yechimlar” mavzusidagi oʻquv-seminari jarayonlari va taqdirlash marosimidan videolavha.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating