|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
📢📢
Tuman rahbari ijtimoiy soha obyektlarini ko‘zdan kechirmoqda
Kasbi tumani hokimi Cho‘lquvar mahallasida joylashgan 33-sonli oilaviy shifokorlik punkti, 10-sonli DMTT va 50-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktablarida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan ham tanishmoqda.
Mahallada joylashgan 33-sonli oilaviy shifokorlik punkti hamda 10-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarimiz :
📱Web-site | 📱Telegram | 📱kasbi_uz">YouTube | 📱Facebook | 📱 X
#Jasorat_maktablari
#Videorolik🎥
🎤 “Jasorat maktablari” o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan 5 kunlik malaka oshirish kurslari haqida tinglovchilar fikri.
____
🎙Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
🌐Telegram |📱Facebook |🌐Website
#chelleng
Milliyligimiz, milliy liboslarimiz bebaho madaniy merosimiz bo‘libgina qolmay, milliy boyligimiz va g‘ururimiz hamdir!
📍Dehqonobod tumanidagi 102-maktab.
/channel/DEH_MVMTB
Chiroqchi tumanida Matematika fanidan o‘qituvchilar olimpiadasining tuman bosqichiga start berildi.
Chiroqchi tumanidagi 4-umumiy o‘rta taʼlim maktabda matematika fanidan o‘qituvchilar olimpiadasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
Taʼlim muassasada yangi 2025-2026 oʻquv yiliga tayyorgarlik holati oʻrganildi
Tuman Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi boshlig‘i G.Suloymonova boshchiligida ishchi guruh tomonidan 4-umumiy o‘rta ta‘lim maktablarda yangi 2025-2026 oʻquv yiliga tayyorgarlik holati oʻrganildi.
Ta‘lim muassasada yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari, moddiy texnik bazalarni sifati, sinf xonalar, sport zallar, faollar zali va hojatxonalarini ta’mirlanishi hamda obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘rganish davomida mutasaddilarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni oʻz muddatida sifatli bajarilishi yuzasidan qator topshiriqlar berildi.
Ayni kunlarda taʼlim muassasada yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari qizgʻin davom etmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
Chiroqchi tumanida IV Ustozlar milliy forumining tuman bosqichi bo'lib o'tmoqda.
📃Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 8-iyuldagi 232-sonli buyrugʻiga asosan joriy yilning 19-20-avgust kunlari tuman (shahar)larda fan yoʻnalishlari boʻyicha shoʻba yigʻilishlari, 25-29-avgust kunlari barcha umiy oʻrta taʼlim maktablarida umumiy oʻrta taʼlimumumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik kengashlar tarzida “Toʻrtinchi ustozlar milliy forumi”ni bosqichma-bosqich oʻtkazish vazifasi belgilangan.
Bugun Chiroqchi tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta‘lim makrabda forumning tuman bosqichiga start berildi.
#Qarshi_shahrida_IV_Ustozlar_milliy_forumining shahar bosqichi bo'lib o'tmoqda.
📃Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 8-iyuldagi 232-sonli buyrugʻiga asosan joriy yilning 19-20-avgust kunlari tuman (shahar)larda fan yoʻnalishlari boʻyicha shoʻba yigʻilishlari, 25-29-avgust kunlari barcha umiy oʻrta taʼlim maktablarida umumiy oʻrta taʼlimumumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik kengashlar tarzida “Toʻrtinchi ustozlar milliy forumi”ni bosqichma-bosqich oʻtkazish vazifasi belgilangan.
Bugun Qarshi shahridagi 47-sonli makrabda forumning shahar bosqichiga start berildi.
# Qarshi tumanida IV Ustozlar milliy forumining tuman bosqichiga start berildi.
🔰Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 8-iyuldagi 232-sonli buyrugʻiga asosan joriy yilning 19-20-avgust kunlari tuman (shahar)larda fan yoʻnalishlari boʻyicha shoʻba yigʻilishlari, 25-29-avgust kunlari barcha umiy oʻrta taʼlim maktablarida umumiy oʻrta taʼlimumumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik kengashlar tarzida “Toʻrtinchi ustozlar milliy forumi”ni bosqichma-bosqich oʻtkazish vazifasi belgilangan edi.
🔰Bugun Qarshi tumanidagi 71-sonli makrabda forumning tuman bosqichiga start berildi.
🔰 Forumda tuman hokimi o‘rinbosari B. Murodov ishtirok etib, forum ishtirokchilarini yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi va kelgusi ishlarida omad tiladi.
🔰 Forum mashg‘ulotlari 19 ta sho‘baga bo‘lingan holda, fanlar va yo‘nalishlar kesimida o‘z ishini davom ettirmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
#Xushxabar
#100_foizlik_natija
🇺🇿Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 35 nafar bitiruvchisidan:
💠 23 nafari — davlat granti asosida
💠 12 nafari — to‘lov-kontrakt asosida
Respublikamiz va xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilindi!
⏰Maktab jamoasi, bitiruvchilar va ularning ota-onalarini chin yurakdan tabriklaymiz!
✅ Ma’lumot uchun: 2024/2025-o‘quv yilida ham maktab-internatning 22 nafar bitiruvchisi 100% OTM talabalari bo‘lishgan edi.
@Qashqadaryo_MMTB
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilaridan eksklyuziv natijalar.
2025-yil bitiruvchilaridan 81 nafar bitiruvchining 98 foizi DAVLAT OTMLARIGA qabul qilindi .
🎉 BITIRUVCHILARIMIZDAN NATIJA!!!
📚 🎓Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilarining 31 nafari yurtimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi!
🔹 16 nafar bitiruvchi – davlat granti asosida
🔹 15 nafar bitiruvchi – to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni davom ettiradi.
🏛 Bitiruvchilarimiz quyidagi oliygohlarda tahsil olishadi:
✅ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
✅ O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
✅ Toshkent davlat Yuridik universiteti
✅ Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti
✅ Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti
✅ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
✅ Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
✅ O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
✅ O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti
✅ Samarqand davlat chet tillari instituti
✅ Qarshi davlat universiteti
✅ Shahrisabz davlat pedagogika instituti
✅ UDEA university
✅ Al-Xorazmiy universiteti
📈 Bu yutuq — o‘quvchilarimizning fidokorona mehnati, ustozlarimizning professional yondashuvi va ota-onalarning yordami natijasidir.
📌 Yangi bosqichda ham ularga omad, muvaffaqiyat va bardavom zafarlar tilaymiz!
🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
|telegram| veb sayt| facebook| youtube |Instagram
“Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostidagi Ustozlar milliy forumi bo‘lib o‘tdi
Qarshi shahrida “Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostidagi to‘rtinchi Ustozlar milliy forumi doirasida badiiy dastur va o‘quv seminarlar tashkil etildi.
Badiiy qismda kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, o‘qituvchilik kasbining yuksak ma’naviy qadri, ustoz-shogird an’analarining ahamiyati keng yoritildi. Tadbir tomoshabinlarda o‘qituvchiga bo‘lgan hurmat va e’tiborni mustahkamlashga xizmat qildi.
Forumning o‘quv seminarlarida esa tajribali pedagoglar, ta’lim sohasi mutaxassislari va o‘qituvchilar zamonaviy ta’lim yondashuvlari, innovatsion metodlar va o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish yo‘llarini muhokama qildilar. Bu jarayon ustozlar uchun o‘zaro tajriba almashish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkoniyatini yaratdi.
Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
🔰 Qarshi shahrida “Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostidagi to‘rtinchi Ustozlar milliy forumining o‘quv seminar jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
📚 Seminarlarda tajribali pedagoglar, ta’lim sohasidagi mutaxassislar va o‘qituvchilar ishtirok etib, zamonaviy ta’lim yondashuvlari, innovatsion metodlar va o‘quv jarayonida samaradorlikni oshirish yo‘llari muhokama qilinmoqda.
🤝 Forum — ustozlar uchun o‘zaro tajriba almashish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qarshi shahrida “Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostidagi to‘rtinchi Ustozlar milliy forumi boshlanmoqda.
📍 Tadbir Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo‘lib o‘tmoqda. Respublikaning turli hududlaridan kelgan mahoratli ustozlar bu yerda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, ta’lim sifatini yanada oshirish yo‘llarini muhokama qilishmoqda.
📝 Forum — o‘qituvchilar uchun yangi bilim va tajriba, innovatsion yondashuvlar, hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkonini beruvchi muhim maydon.
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Chiroqchi tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi boshlig‘i Gulsora Suloymonova 22-umumiy o‘rta ta‘lim maktabda yoshlar va ularning vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlar siyosati borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks tizimi yaratilganligi, bilimli, keng dunyoqarashga ega vatanparvar yigit-qizlarni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilanligini alohida qayd etib o‘tdi.
Har bir murojaat diqqat bilan eshitilib, yechimi vaqt talab qiladigan muammolarni hal etish uchun tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Uchrashuvdan so‘ng "Yangi qishloq" va "Paxtaobod" mahallasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan uchrashib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kelajak hayotlarini qurishda ko‘mak berish, bandligini ta’minlash maqsadida ishsiz yoshlarga mehnat qurollari topshirildi.
@Qashqadaryo_MMTB
📢 2025-yil 22-avgust kuni Yakkabog' tuman 75-umumta'lim maktabida IV Ustozlar milliy forumi doirasida "Mahoratli o'qituvchi - millat tayanchi" shiori ostida o'quv- uslubiy seminar tashkil etildi.
/channel/qashqadaryo_MMTB
#JARAYON
#malaka_oshirish_kurslari
#5_kun
🏢Bugun Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Jasorat maktablari” o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan 5 kunlik malaka oshirish kurslari mashg'ulotlari yakuniga yetdi.
🗓18-22-avgust kunlari bo'lib o'tgan o'quv kurslari so'ngida "Jasorat maktablari"da chuqurlashtirib o‘qitiladigan fan yo‘nalishlari - matematika, fizika, tarix, ingliz tili hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va Pedagogik mahorat markazi rahbar xodimlari tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.
🇺🇿 “Jasorat maktablari” fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilar kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan mazkur malaka oshirish kurslari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan.
Qashqadaryo viloyatida o‘qituvchilar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichlariga start berildi.
#LIVE🔴
#malaka_oshirish_kurslari
#4_kun
🏢Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Jasorat maktablari” o‘qituvchilari uchun maxsus malaka oshirish kurslari jarayonidan fotolavhalar.
🔹Jasorat maktablarida chuqurlashtirib o‘qitiladigan fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilar kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu kurslarining bugungi mavzulari:
📍zamonaviy o'qituvchi uchun 4K modeli: kasbiy aloqa va muuvofiqlashtirish;
📍zamonaviy o'qituvchi uchun 4K modeli: tanqidiy fikrlash va ijodkorlik;
📍inson motivatsiyasi bilan ishlashda o'qituvchilarning kasbiy va shaxsiy kompetensiyasi. Ta'lim natijalari sifatiga ta'sir etuvchi omillar.
_______
🎙Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
🌐Telegram |📱Facebook |🌐Website
#Ustozlar_forumi ✨
📚 Kitob tumanida “Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida o‘tkazilayotgan anʼanaviy "Toʻrtinchi ustozlar milliy forumi”ning tuman bosqichi boshlandi.
🔹 Forumni Kitob tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M. Joniyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar va kelgusi rejalar haqida batafsil so‘z yuritdi.
Tashkil etilayotgan bu kabi forumlar o'qituvchilar uchun nafaqat tajriba almashish maydoni, balki yangi g‘oyalar, ijodiy tashabbus va yuksak mahorat manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Ma'lumot o'rnida bugungi tashkil etilgan forumning sho'ba yig'ilishlarida tumandagi 98 ta umumta’lim maktablari va 36 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan fan o'qituvchilar hamda tarbiyachilar ishtirok etishdi. Forum ertaga 20-avgust kunida ham o'z ishini davom ettiradi.🌐 Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati
Muborakda IV Ustozlar milliy forumining tuman bosqichiga start berildi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 8-iyuldagi 232-sonli buyrugʻiga, asosan, joriy yilning 19-20-avgust kunlari tuman (shahar)larda fan yoʻnalishlari boʻyicha shoʻba yigʻilishlari, 25-29-avgust kunlari barcha umumtaʼlim maktablarida va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik kengashlar tarzida “Toʻrtinchi ustozlar milliy forumi”ni bosqichma-bosqich oʻtkazish vazifasi belgilangan edi.
Xususan, bugun, 19-avgust kuni Muborak tumanidagi 34-umumtaʼlim maktabida forumning tuman bosqichiga start berildi.
Forumda tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshlig‘i Umidulla Daminov ishtirok etib, forum ishtirokchilarini yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi va kelgusi ishlarida omad tiladi.
Forum mashg‘ulotlari 19 ta sho‘baga bo‘lingan holda, fanlar va yo‘nalishlar kesimida o‘z ishini davom ettirmoqda.
Telegram | muborak_info">You Tube | Facebook | Instagram | Sayt
LIVE
#ustozlar_forumi
📍Dehqonobod tumani
“Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida o‘tkazilayotgan anʼanaviy toʻrtinchi “Ustozlar milliy forumi”ning tuman bosqichi boshlandi.
Tadbirda Dehqonobod tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshligʼi o‘rinbosari B. Bo‘riyev kirish so’zi bilan ochib berdi hamda tizimda amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, kelgusi rejalar haqida so‘z yuritdi.
Maʼlumot uchun, tadbir tumanimizdagi 1-,69-,70-,87-maktablarda boʻlib oʻtmoqda.
/channel/DEH_MVMTB
🔰Maktabgacha taʼlim sohasida muvofiqlashtiruvchi nazorat ishlari olib borilmoqda
Shu kunlarda bo‘limning maktabgacha taʼlim muassasalarini muvofiqlashtirish shoʻbasi bosh metodisti tomonidan Qarshi shahridagi 45-DMTTga tashrif amalga oshirildi.
🔍 Tashrif davomida bogʻchalarning holati, tarbiyaviy jarayon sifati, sanitariya-meʼyorlariga rioya qilinishi, o‘quv-reja asosida olib borilayotgan mashgʻulotlar va tarbiyachilarning ish uslublari chuqur o‘rganib chiqildi. Ushbu nazorat ishlari "Dolzarb 90 kunlik" amaliy harakatlar doirasida olib borilmoqda.
👩🏫 Metodist tomonidan joylarda berilgan tavsiyalar, kuzatishlar va monitoring natijalari asosida har bir bogʻcha bilan individual ishlash rejalashtirilmoqda.
Maqsad — maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, bolalarimiz uchun xavfsiz va sifatli tarbiyaviy muhit yaratishdir.
#Seminar_trening
Bugun Shahrisabz davlat pedagogika institutida Qashqadaryo viloyatidagi 188 ta yangi baholash tizimiga o'tgan umumta'lim maktablari O'quv tarbiya ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun “Mezonlarga asoslangan baholash” mavzusidagi seminar-trening o'z ishini boshladi.
O‘quv mashg‘ulotlarida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari ishtirok etib, quyidagi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berishdi:
mezonlarga asoslangan baholash tizimining o‘ziga xos jihatlari;
baholash mezonlarini belgilash tartibi;
yangi baholash tizimini amaliyotda samarali qo‘llash yo‘llari.
✅✅✅✅
#ustozlar_forumi
✅ Bugun Simpoziumlar saroyida anʼanaviy toʻrtinchi “Ustozlar milliy forumi” Toshkent shahar bosqichining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda 600 nafardan ortiq soha vakillari ishtirok etishdi.
➖ Tadbirni Maktabgacha va maktab taʼlmi vaziri Eʼzoza Karimova kirish so’zi bilan ochib berdi hamda tizimda amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, kelgusi rejalar haqida so‘z yuritdi.
🌐 Shundan so’ng, sohada uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan bir guruh ustozlar “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
📊 Ma’lumot o’rnida: Forum 19-20-avgust kunlari tuman (shahar)lar miqyosida, 25-29-avgust kunlari barcha taʼlim muassasalarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
🔰 Qarshi shahrida “Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida o‘tayotgan to‘rtinchi Ustozlar milliy forumining 2-kun o‘quv seminar jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
📚 Oʻquv seminarlar davomida ishtirokchilar ta’limdagi ilg‘or metodlar, innovatsion yondashuvlar va tajriba almashish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.
✨ Ushbu forum — o‘qituvchilar salohiyatini oshirish, tajribali ustozlar va yosh pedagoglar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim maydondir.
Prezident tashabbusi: Qashqadaryodagi maktab va bog‘chalarga zamonaviy jihozlar karvoni yetib keldi
Bugun Prezidentimiz tashabbusi bilan viloyatimizdagi ta’lim muassasalariga zamonaviy jihozlar jo‘natildi. Jihozlar avtokarvonlarga yuklanib, hududlardagi maktab va bog‘chalarga yuborildi. Yetkazib berilayotgan yuk tarkibida 8 ta tayanch maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun 1 tadan interfaol panel va 1 tadan monoblok, shuningdek, 128 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun jami 2 145 dona kompyuter (shundan 97 ta maktabga 17 tadan — 1 649 dona, 31 ta maktabga 16 tadan — 496 dona) hamda 483 ta davlat bog‘chasi uchun 978 dona planshet qurilmasi mavjud.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek, tuman va shaharlar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari rahbarlari ishtirok etib, mazkur ta’minot ta’lim sifatini oshirishga, o‘quv jarayonini raqamlashtirishga va bolalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Ma’lumot uchun:
- 2024-yilda PQ-241-sonli qarorga asosan, viloyatdagi 11 ta umumta’lim maktabi (187 dona) zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlandi;
- viloyat hokimligi tomonidan 454 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabiga jami 7 718 dona zamonaviy kompyuter jamlanmalari yetkazib berildi;
- 2025-yilda VM-162-sonli qaroriga muvofiq, viloyat hokimligi tomonidan mahalliy byudjet hisobidan viloyatdagi 81 ta umumta’lim maktabi kutubxonachilari zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlandi;
- 2025-yilda Respublika byudjeti hisobidan viloyatdagi 11 ta davlat MTTga 30 tadan (jami 330 dona) planshet va 1 tadan (jami 11 dona) interaktiv doska yetkazib berildi;
- O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 24-martdagi 93-sonli buyrug‘i 4-ilovasi asosida Koson tumanida 8 ta DMTT va 15 ta umumta’lim maktabi interaktiv doskalar bilan ta’minlandi;
- joriy yilda PISA tadqiqotlari uchun Qarshi shahar Prezident maktabi hamda viloyatdagi 19 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 5 tadan (jami 100 dona) zamonaviy elektron doskalar yetkazildi.
🔰 Qarshi shahrida “Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostidagi to‘rtinchi Ustozlar milliy forumining badiiy qismi bo‘lib o‘tdi.
🎭 Tadbir davomida ijodkor o‘quvchilar va ustozlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari taqdim etildi.
📚 Forumning badiiy qismi — ustozlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida o‘qituvchiga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirishga xizmat qildi.
#MEHNAT_YARMARKASI
Kitob tumanida mehnat yarmarkasi: 100 dan ortiq yosh ish bilan ta’minlandi.
Kitob tumanida yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Tadbirda tumandagi 98 ta umumta’lim maktabi o‘zlarining 120 ta vakant o‘rinlari bilan qatnashdi.
Mehnat yarmarkasida tuman hokimi Rustam Gafurov, tuman prokurori Xurshid Baxromov va mutasaddi rahbarlar ishtirok etib, mehnat bozoriga kirib kelayotgan yosh kadrlar hamda maktab rahbarlari bilan muloqot olib bordi.
Yarmarka davomida 103 nafar oliy ta’lim muassasalarini bitirgan yoshlarimiz ta’lim muassasalariga ishga qabul qilinib, ular bilan mehnat shartnomalari rasmiylashtirildi. Natijada yarmarka yakunida 100 dan ortiq yoshlar doimiy ish bilan ta’minlandi.
Bunday mehnat yarmarkalari yoshlarning o‘z sohalarida faoliyat boshlashi, tajriba orttirishi va maktablarga malakali kadrlarni jalb qilishga xizmat qilmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
#Xush_xabar
✅ Prezident sovrini uchun o'tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining respublika bosqichi yakuniga yetdi.
Unda viloyatimizning Koson tumanidagi 9-maktab o‘quvchisi Sanjana Shodmonova — “The best reader” nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb toplidi.