qashqadaryo_mmtb | Unsorted

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

68516

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Subscribe to a channel

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qadrli yurtdoshlar, mehridaryo ustozlar, aziz o‘quvchilar!

Mustaqilligimizning 34 yillik shodyonasi bilan chin dildan muborakbod etaman!
Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin.
Shu kunga qadar qilgan samarali mehnatlaringiz Sizlarga baxt va saodat olib kelsin.

Aziz ustozlar!

Yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalashdek mashaqqatli va ma’suliyatli, ammo sharafli kasbingizda ulkan zafarlar tilayman.

Mamlakatimizning barcha hududlarida O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlanmoqda.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jonkuyar jamoasi nomidan pedagog xodimlarni,  ustozlarimizni biz qadrli bo‘lgan o‘quvchilarimizni va xalqimizni istiqlolning 34 yilligi bilan muborakbod etamiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin!

Bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar!!!

Hurmat ila, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla ORIPOV.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23-sentyabr dagi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘iga biriktirilgan Chiroqchi tumani Xalqabod mfyda yashovchi 5 nafar oilalar bilan individual dastur ishlab chiqilib, daromad manbaini yaratish, ularning ijtimoiy va hayotiy muammolarini hal etish orqali kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘rib kelinmoqda.

Mustaqilligimizning 34 yillik bayram arafasida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Chiroqchi tumani Xalqabod MFYda yashovchi 5 nafar oilalar farzandlariga maktab sumkasi hamda o‘quv qurollari topshirildi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qadrli ustozlar, aziz yurtdoshlar!

Barchangizni bugungi qutlugʻ ayyom — Vatanimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Jonajon Oʻzbekistonimizda hurmatli Prezidentimiz rahbariligida ulkan tarixiy islohotlarning guvohi hamda ishtirokchisi boʻlish bizga cheksiz gʻurur va iftixor bagʻishlaydi.

Albatta, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek buyuk maqsadlarimizga erishish oʻgʻil-qizlarimizning bugungi taʼlim-tarbiyasiga chambarchas bogʻliq.

Shunday ekan, fursatdan foydalanib kelajak bunyodkorlarini har tomonlama barkamol, bilimdon va maʻnaviy yetuk qilib tarbiyalash yoʻlida sidqidildan xizmat qilayotgan ustoz va murabbiylarimizga – siz fidoyi hamkasblarimizga cheksiz minnatdorlik bildiramiz. Mustahkam sogʻlik-salomatlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Osmonimiz hamisha bugungidek musaffo, ona yurtimiz tinch, xonadonlarimiz fayz-u barakaga toʻla boʻlsin!

Yana bir bor bayram muborak, azizlar!

Eʼzoza Karimova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#eslatma

Xabaringiz bor joriy yilda Prezidentimizning “Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Unga koʻra:

2025-yil 1-sentabrdan boshlab:

– umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;

– umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshiriladi;

– I va II guruhga kiruvchi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab:

– umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.

Bu kabi oʻzgarish va imkoniyatlar sohaga katta e’tobor berilayotganidan dalolat. Boshqaruv kadrlari uchun moddiy ragʻbat tizimining yaxshilanishi ish samaradorligiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi, albatta.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Яккабоғда “Юксалиш” хусусий мактаби фойдаланишга топширилди

Яккабоғ туманида замонавий таълим муассасаси — “Юксалиш” хусусий мактаби ўз фаолиятини бошлади.

Тантанали очилиш маросимида Қашқадарё вилояти ҳокими Муротжон Азимов, Яккабоғ тумани ҳокими, вилоят ва туман фаоллари, нуронийлар, кенг жамоатчилик вакиллари ҳамда ОАВ ходимлари иштирок этдилар.

Мазкур лойиҳа ташаббускори Сирожиддин Валиев бўлиб, лойиҳанинг умумий қиймати 15 миллиард сўмни ташкил этади. Мактаб 400 нафар ўқувчи учун мўлжалланган бўлиб, замонавий синф хоналари, 400 ўринли фаоллар зали, 400 ўринли ошхона билан жиҳозланган. Шунингдек, лойиҳа доирасида 67 та янги иш ўрни яратилди.

Мактабда математика, физика ва инглиз тили фанлари чуқурлаштириб ўқитилади, иккинчи хорижий тил сифатида корейс тили ўргатилади. Таълим муассасаси Жанубий Кореянинг нуфузли университетлари билан ҳамкорлик шартномаларини имзолаган.

Ўқувчиларнинг билимини янада ошириш мақсадида IT, робототехника, SMM, сунъий интеллект каби замонавий тўгараклар фаолияти йўлга қўйилди. Педагогларнинг барчаси олий тоифали бўлиб, ўз фанлари бўйича юқори натижалар билан олинган халқаро ва миллий сертификатларга эга.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#MEHNAT_YARMARKASI

Chiroqchi tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Tadbirda tumandagi 125 ta umumta’lim maktabi hamda 23 ta maktabgacha ta‘lim tashkilotlari o‘zlarining 100 ta vakant o‘rinlari bilan qatnashdi.

Mazkur yarmarka yosh mutaxassislarni ta’lim tizimiga jalb etish, ular uchun ish bilan ta’minlanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, zamonaviy talab va ehtiyojlarga javob beradigan pedagog kadrlarni saralash maqsadida o‘tkazildi.

Yarmarka davomida mehnat bozoriga kirib kelayotgan yosh kadrlar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishdi.

Shuningdek, yarmarka ishtirokchilariga pedagogik faoliyatga oid amaldagi qonunchilik, ishga qabul qilish tartibi, o‘quv yili uchun ehtiyoj mavjud maktablar va maktabgacha ta‘lim tashkilotlari, to‘lov-shartnoma asosida ishga kirish imkoniyatlari hamda ustama va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Yarmarka yakunida 50 dan ortiq yoshlar doimiy ish bilan ta’minlandi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Info_Teach_2025

Qarshi shahar 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan “Info teach-2025” tavsiyalari asosida tashkil etilgan o‘quv amaliy mashg'uloti  bo'lib o'tdi.   


📚 Ta’lim sifatini oshirish va samaradorligini yanada kuchaytirish maqsadida forum doirasida muhim masalalar muhokama qilindi.
✨ Tadbirda asosiy yo‘nalishlar:
🎮 Geymifikatsiya – o‘quv jarayoniga qiziqish uyg‘otish va samaradorlikni oshirishda o‘rni katta ekanligi ta’kidlandi.
🏆 Iqtidorli o‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash bo‘yicha samarali tavsiyalar berildi.
🤖 Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan Loyihaviy ishlarni yaratishda foydalanish bo'yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilindi.
🎯 Tadbirning bosh maqsadi — ta’lim sifatini oshirish, samaradorlikni kuchaytirish va dars jarayonlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
🔗 Forum doirasida jamoalar bellashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Tadbir so'ngida jamoalar estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Сифатли таълим-тарбия, аҳоли саломатлиги келгуси тараққиётимизни ҳал қиладиган энг муҳим масала экани таъкидланди.

Сўнгги саккиз йилда хусусий сектор билан бирга боғчалардаги ўринлар икки ярим миллионга, қамров 78 фоизга етказилди. Янги мактаблар қурилгани, борлари кенгайтирилгани ҳисобига қўшимча 1 миллионта ўқувчи ўрни яратилди.

Замонавий дарсликлар, илғор педагогик технологиялар асосида мактаб таълимига янги мазмун, янги сифат кириб келмоқда.

Шу даврда олий таълимда ҳам кескин бурилиш ясалиб, қамров 9 фоиздан 42 фоизга етказилди. Айниқса, талабаларнинг 53 фоизини хотин-қизларимиз ташкил этаётгани алоҳида эътиборга сазовор.

Ҳозирги вақтда дунёдаги топ олийгоҳларда 2 мингдан зиёд талабаларимиз таҳсил олмоқда. Улардан 750 нафари “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали давлат ҳисобидан ўқимоқда.

Ўтган йили юртимиз ёшлари ТОП-500 талик олийгоҳларга кириш бўйича Марказий Осиёда биринчи ўринни эгаллагани барчамизни албатта қувонтиради. Айниқса, фарзандлари дунёдаги энг нуфузли университетларда таълим олаётган ота-оналарнинг хурсандчилигини сўз билан ифода қилиб бўлмайди”,

– деди Президент.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Янги Ўзбекистон” боғида мамлакатимиз давлат мустақиллигининг 34 йиллигига бағишланган байрам тадбири бўлиб ўтмоқда.

Маросимда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев нутқ сўзламоқда.

Давлатимиз раҳбари кўп миллатли халқимизни, хориждаги ватандошларимизни Истиқлол байрами билан табриклади.

Янги Ўзбекистон ғояси асосида бошлаган улкан ислоҳотларимиз туфайли мустақиллик берган ҳуқуқ ва эркинликларни ҳар бир юртдошимиз ўз ҳаётида чуқур ҳис қилиб, бу имкониятлардан кенг фойдаланмоқда.

Айнан ана шу улуғвор ғоя асосида биз уч минг йиллик бой тарих ва маданиятимизни қайтадан идрок этдик.

Юртимиз заминидаги Биринчи ва Иккинчи Ренессанс анъаналарини ривожлантириб, Учинчи Ренессанс сари дадил амалий қадамлар қўймоқдамиз.

Ишончим комил, бу йўлда Янги Ўзбекистон давлати, Янги Ўзбекистон жамияти буюк тарихимизни янги, янада юксак Уйғониш даври билан боғлайдиган мустаҳкам кўприк бўлиб хизмат қилади
”,

– деди Президент.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Chiroqchida Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan 34 ta ob’yektlar foydalanishga topshirildi

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🇺🇿#Mustaqillik34
Qarshi shahrida “INTERNATIONAL SCHOOL” xalqaro xususiy maktabi ish boshladi.

Tadbirkor Uchqun Sharipov tashabbusi bilan zamonaviy xalqaro xususiy maktab foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etdi.

Loyiha qiymati 15 milliard so‘mni tashkil etib, maktabda 350 nafar o‘quvchi hamda 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Maktabda ta’lim xalqaro standartlar asosida ingliz tilida olib boriladi. Ingliz tili darslari Janubiy Koreyaning “English Hunt” xalqaro ta’lim dasturi, boshqa fanlar esa Amerikaning “BridgED” dasturi asosida o‘qitiladi.

Ta’lim jarayonida 5+1 tizimi asosida o‘tiladi. Ya’ni, 5 kun dars mashg‘ulotlari o‘tkazilsa, 1 kun o‘quvchilar tadbirkorlik salohiyatini rivojlantiradi, liderlik va notiqlik ko‘nikmalarini o‘zlashtiradi.

Tadbir ishtirokchilari ta’lim maskanida yaratilgan qulayliklar va sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🇺🇿#Mustaqillik34
Qarshi shahrida “Bunyodkor” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi

Qiymati 6 milliard so‘mlik loyiha tadbirkor Lochinbek Saidov tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Muassasa 200 nafar bolajonni qabul qilish imkoniyatiga ega. Loyiha ishga tushirilishi natijasida 30 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Mazkur bog‘chaning o‘ziga xos jihati – bolalarni sog‘lomlashtirishga alohida e’tibor qaratilishidir. Shu maqsadda muassasada tuzli xona, massaj va gidrovanna xonalari, fizioterapiya, logoped hamda psixolog xonalari tashkil etilgan. Shuningdek, rus va ingliz tillari, mental arifmetika, gimnastika va taekvondo to‘garaklari ham faoliyat yuritadi. Bu esa bolajonlarning sog‘lom va har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qiladi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov, Qarshi shahar hokimi, viloyat faollari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🇺🇿#Mustaqillik34
Qarshida yangi “Avitsenna bolalar maktabi” ochildi


Mustaqillik bayrami arafasida Qarshi shahrida zamonaviy “Avitsenna bolalar maktabi” nodavlat ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi.

5 mlrd so‘mlik loyiha tadbirkor Murodillo Halimov tashabbusi bilan amalga oshirildi. Maktab tibbiyot, matematika, ingliz tili va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan bo‘lib, 300 nafar o‘quvchini qabul qilish imkoniyatiga ega. Yangi ta’lim maskani ishga tushirilishi bilan 35 ta yangi ish o‘rni ham yaratildi.

Maktabda o‘quvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim olishlari uchun keng imkoniyatlar taqdim etilgan.

Tantanali ochilish marosimida ishtirokchilar ta’lim maskanidagi qulayliklar bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadilar.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

🟢Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Qarshi shahridagi Mulla To‘ychi Toshmuhamedov nomidagi musiqali drama teatri saylgohida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

✅Sahnada “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” tanlovlarining hududiy bosqich g‘oliblari o‘z badiiy chiqishlari bilan qatnashishdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

✅✅✅✅

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Radjabov Sardor Baxtiyorovich ayni damda Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishmoqda.

➖ Dastlab, Sardor Radjabov Qarshi shahridagi 51-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldi. Uchrashuv davomida maktab jamoasi bilan muloqot qildi, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

🌐 Shuningdek, vazir o‘rinbosari maktabdagi inklyuziv sinflar faoliyati va yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

📍 Shu kuni Sardor Radjabov Qarshi shahridagi “International School” xususiy maktabida ham bo‘lib, maktab jamoasi bilan suhbatlashdi. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni, hududdagi muammolar bo‘yicha fikr-mulohazalar tinglanib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

G‘uzorda “Ilk rivojlanish markazi” ish boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi "Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 439-son qaroriga asosan umumiy qiymati 200 mln so‘m mablag‘ evaziga G‘uzor tumanida “Ilk rivojlanish markazi” o‘z faoliyatini boshladi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan ishga tushirilgan mazkur markazning ochilish marosimida G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov, mahalliy deputatlar, ta’lim sohasi vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Mazkur markazda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanishda teng imkoniyatlar yaratish, bolaning jamiyatga moslashishini va ta’lim olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash, bolaning yoshi, o‘ziga xos imkoniyatlari, qobiliyatlari hamda ehtiyojlarini inobatga olib, har tomonlama kamol topishini ta’minlashda maxsus dasturlar asosida mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Veb sayt |Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram | 📹guzorpress">YouTube

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#investisiya_dasturi

Mustaqillik ayyomi arafasida zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Qarshi shahrining "Qavali" mahallasidagi bolajonlarning quvonchlari bir olam, Mustaqillik ayyomi arafasida investisiya dasturi doirasida qiymati jami 5 mlrd 315 millon so‘m mablagʼ evaziga 180 oʼrinli, 3 qavatdan iborat 4-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Aziz yurtdoshlar,
hurmatli ustoz va murabbiylar!


Sizlarni jonajon Vatanimiz Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida Yangi Oʻzbekistonimiz barqaror taraqqiyot va keng qamrovli islohotlar yoʻlidan dadil borayotganini butun dunyo eʼtirof etyapti. Yangilanishlar har bir yurtdoshimiz, har bir oila hayotiga kirib borayotgani insonparvar siyosatning amaliy natijasidir.

Jahonga ikki buyuk Renessansni taqdim etgan mamlakatimizda bugun ulugʻ ajdodlarga munosib vorislar kamol topyapti, buyuk kelajakka mustahkam poydevor qoʻyilyapti.

Kuni kecha Mustaqillik tantanasida Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek: “Kelajakni mardlar, tarixni gʻoliblar yaratadi”. Bu yoʻldagi eng muhim omil, shubhasiz, taʻlim-tarbiyadir. Bunda ustozlarimizning, taʼlim fidoyilarining oʻrni beqiyos.

Qadrli hamkasblar!

Eng ulugʻ va eng aziz bayramimizda barchangizni yana bir bor tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman!

Istiqlolimiz bayrami barchamizga muborak boʻlsin!

Hilola Umarova,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi
rahbari oʻrinbosari

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Shahrisabz davlat pedagogika institutida zamonaviy o‘quv majmuasi foydalanishga topshirildi

Bugun Shahrisabz davlat pedagogika institutida 1500 o‘rinli, 7 qavatli zamonaviy o‘quv binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, Shahrisabz shahar hokimi, faxriy ustozlar, mehnat faxriylari, keng jamoatchilik vakillari, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi o‘z so‘zida mustaqilligimizning 34 yilligi va yangi binoning ochilishi bilan barchani tabriklab, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda viloyatimizdagi ta’lim sohasidagi yutuqlarga alohida to‘xtaldi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, yangi bino zamonaviy arxitektura talablari asosida bunyod etilgan. Unda 50 ta o‘quv xonasi, fizika, kimyo va biologiya fanlariga mo‘ljallangan 12 ta zamonaviy laboratoriya, 4 ta 150 o‘rinli ma’ruza zallari, ma’naviyat zali, 2 ta kompyuter xonasi hamda Axborot-resurs markazi joylashgan.


Yangi o‘quv binosi – bilim va ma’rifatga keng yo‘l ochuvchi, yoshlarimiz kelajagiga ishonch bag‘ishlovchi ulkan imkoniyatdir.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Islohotlar_amalda.

Joriy o'quv yilidan boshlab viloyatimizdagi 188 ta umumiy o'rta ta'lim maktablarda “Mezonlarga asoslangan baholash” tizimi joriy etiladi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi O'quvchilar bilimini baholash va tahlil qilish sho'basi mas'ul xodimlari tomonidan “Mezonlarga asoslangan baholash” mavzusida Qashri shahridagi 45-31-36-30-12-umumiy o'rta ta'lim maktablarining pedagogik jamoasiga
mezonlarga asoslangan baholash tizimining o'ziga xos jihatlari,
➖baholash mezonlarini belgilash tartibi,
➖yangi baholash tizimini amaliyotda samarali qo‘llash
mavzularida seminarlar tashkil etildi.

Shuningdek seminar davomida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirning 2023-yil 16-avgustdagi 248-sonli va 2025-yil 20-avgustdagi 297-sonli buyruq mazmun mohiyati tushuntirildi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qarshi shahar 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi  metodistlari G.Beknazarova, N.Bakiyeva va O‘.Imomnazarovalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining  2025-yil 20-avgustdagi 297-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida  "2025-2026- o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarida bilimni  baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida" mavzusi bo‘yicha  seminar tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Шу йилнинг ўзида ёшларимиз нуфузли халқаро фан олимпиадаларида 2 та олтин, 8 та кумуш, 5 та бронза медалини қўлга киритди.

“Биз Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги мамлакатлари ўртасида кимёдан иккинчи, математика ва иқтисодиётда учинчи, АТ ва география бўйича тўртинчи ўринни эгаллаган ўғил-қизларимиз тимсолида бўлғуси Хоразмийлар, Берунийлар, Ибн Синоларни кўрамиз.

Сафлари тобора кенгайиб бораётган бундай интилувчан, истеъдодли ёшлар – Янги Ўзбекистоннинг олтин авлоди, ғуруримиз тимсолидир.


Бугунги унутилмас дамларда мен бутун Ўзбекистон ёшларига қарата айтмоқчиман.


Азиз фарзандларим, доимо ёдда тутинг: бахт – интилганники, ғалаба – курашганники. Келажакни мардлар, тарихни ғолиблар яратади.

Ҳамиша олдинга қараб интилинг, баҳодир ўғлонларим, оқила қизларим!

Сизларнинг эзгу ишларингизда Ватан, халқ, Президент барчангизга ҳамиша таянч ва суянч бўлади
”,

– деди Президент.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Президент Шавкат Мирзиёев:

Инсон қадри учун, инсон бахти учун” деган эзгу тамойилга асосланган Янги Ўзбекистон ғояси амалда қудратли ҳаракатга айланди.

Дунёдаги мураккаб вазиятга
қарамасдан, иқтисодиётимиз 6 фоиздан юқори суръатларда барқарор ўсаётгани халқимиз ўзи танлаган йўлдан дадил бораётганини кўрсатмоқда.

Юртимиз аҳолиси йилига ўртача 700-800 мингга кўпаймоқда. Меҳнат бозорига ҳар йили 500-600 минг ёш кириб келмоқда.

Бунча одамни ўқитиш, касб-ҳунарли қилиш, уларга иш топиш ўз-ўзидан бўлиб қолмайди.
Бунинг учун, мунтазам ишлайдиган тизим, кафолатли инвестиция ва инфратузилма керак.

Шуни олдиндан чуқур ўйлаб, биз бу йўналишда аниқ дастурларни қабул қилдик
”.


Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Mustaqillik34

Mustaqillik ayyomi arafasida Chiroqchi tumanida 4 ta zamonaviy taʼlim muassasasi foydalanishga topshirildi.

Xususan, Chiroqchi tumanning "Qaxramon" MFYda 15-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabning qiymati 3 milliard 980 million soʼmlik 240 oʼrinli qo‘shimcha bino hamda sport zal qurib foydalanishga topshirildi.

➖Shuningdek, tumanning "Sohil" MFYda 2 mlrd 141 millon so‘m mablagʼ evaziga 180 oʼrinli, 2 qavatdan iborat 126-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi qurib, foydalanishga topshirildi.

“Ko‘ktosh” MFYda qiymati 2 milliard 019 million so‘mni tashkil etgan 180 oʼrinli 127-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi qurib, foydalanishga topshirildi.

"Mirzatup" MFYda 1 mlrd 979 millon so‘m mablagʼ evaziga 120 o‘rinli, 2 qavatdan iborat 128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurib, foydalanishga topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida Chiroqchi tumanida maktablar soni yana 3 taga ko'paydi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🇺🇿#Mustaqillik34
Qarshi shahrida “INTERNATIONAL SCHOOL” xalqaro xususiy maktabi ish boshladi

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | qarshi_rasmiy">YouTube

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Қарши шаҳрида шифобахш туз ғори мавжуд "Бунёдкор" болалар боғчаси фаолиятини бошлади

Қарши шаҳрида ўтказилган тантанали очилиш маросимида вилоят ҳокими Муротжон Азимов, нуронийлар ва кенг жамоатчилик иштирок этди.

Таъкидланишича, бу каби тузхонаси мавжуд боғча Ўзбекистонда илк бор ташкил этилмоқда экан.

#Истиқлолга_34_йил

/channel/qarshiliklar

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🇺🇿#Mustaqillik34
Qarshida yangi “Avitsenna bolalar maktabi” ochildi


Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | qarshi_rasmiy">YouTube

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Қамаши туманидаги 83-мактабнинг 9 - синф ўқувчиси Жабборов Руслан IELTS имтиҳонидан 7.5 балл тўплади!

IELTS – халқаро тан олинган инглиз тили имтиҳони бўлиб, 7.5 балл юқори кўрсаткич ҳисобланади. Руслан бу натижа орқали ўзининг билимга чанқоқлиги ва халқаро мезонлар асосида рақобатлашишга тайёр эканини намоён этди.

Русланнинг бу ютуғи Қамаши ёшларига илҳом манбаи бўлиб хизмат қилиши шубҳасиз. Унга келгусида янада катта муваффақиятлар тилаймиз!

Gov.uz |Facebook | Telegram |Instagram| Qamashitumanhokimligi/shorts">Youtube

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Mustaqillik34

Qarshida 100 o‘rinli zamonaviy xususiy bog‘cha foydalanishga topshirildi.

Mustaqillik bayrami arafasida Qarshi shahrining Istiqlol mahallasida zamonaviy sharoitlarga ega “Sadik” nomli 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Yangi bog‘cha tadbirkor Do‘stmurod Jo‘rayev tashabbusi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etildi. Mazkur muassasa rus va ingliz tillariga ixtisoslashgan bo‘lib, kichkintoylar uchun xorijiy tillarni erta yoshdan puxta o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, bog‘chada badiiy gimnastika, karate va mental arifmetika to‘garaklari ham faoliyat yuritib, bolajonlarning sog‘lom va zukko avlod bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qiladi. Muassasada 12 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, shahar hokimligi, mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Tayinlov

Shahrisabz davlat pedagogika institutiga rektor tayinlandi.

Mazkur lavozimga Saidov Mash’al Samadovich tayinlandi. U 1981-yil 31-may kuni Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Iqtisodiy fanlar doktori, professor.

Tayinlovga qadar Al-Faraganus universitetida Menejment va marketing kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Saidov Mash’al Samadovichning ilmiy va boshqaruv tajribasi institut faoliyatini yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda ilmiy salohiyatni kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…
Subscribe to a channel