qashqadaryo_mmtb | Unsorted

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

51698

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Subscribe to a channel

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#ustozga_ehtirom

G‘uzor tumanidagi 15-maktabda tajribali rahbar, fidoyi ustoz-pedagog Jalil Haqqulov va umr yo‘ldoshi Xadicha Murtazayeva tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Ustozni yod etib” xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ishtirok etib, tajribali rahbar Jalil Haqqulovning ilm-ma’rifat yo‘lidagi fidokorona mehnatlari, yosh avlod tarbiyasiga qo‘shgan bebaho hissalari, jonkuyarligi va el-yurt oldidagi xizmatlarini alohida ta’kidlab o’tdi.

Tadbirda so‘z olganlar tomonidan ustozning ibratli hayot yo‘li, sermahsul faoliyati kelajak avlod uchun o‘rnak ekanligi alohida ta’kidlandi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Davra suhbati-Abdulla Oripov merosiga yuksak hurmat va e’tiborning amaliy ifodasi

🔰 Bugun Qarshi tumanidagi 71-sonli maktabda O‘zbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni, Davlat madhiyasi muallifi, o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Abdulla Oripov xotirasiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.
📝 Tadbirda shoirning rafiqasi Hanifa aya Oripova, tuman hokimligi vakillari, madaniyat xodimlari, pedagoglar va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar va so'zga chiqqanlar shoirning eng sara she'rlaridan o'qib berdilar.
📖Shoirning hayoti va ijod yo‘li yoshlar uchun katta hayot maktabi ekanligi, uning asarlarini chuqur oʻrganish va targʻib qilish esa, eng katta savob ekanligini mazkur tadbirda alohida ta’kidlab o'tildi.

Davra suhbati davomida A .Oripov qalamiga mansub bo'lgan she'rlardan tuzilgan va Hanifa aya Oripova tomonidan nashrga tayyorlanib, yaqinda chop etilgan “Buyuk soddalik” hamda “Ummon boʻyidagi oʻylar” nomli kitoblar tumandagi barcha ta’lim muassasalariga sovgʻa qilindi.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Ijodiy_uchrashuv

✔️Qashqadaryodagi maktablarda O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bagʻishlangan ijodiy kechalar tashkil etildi.

⚡️
Tadbirda shoirning rafiqasi Hanifa aya Oripova, oila a’zolari, taniqli adabiyotshunos olimlar, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, tuman hokimligi vakillari, madaniyat xodimlari, pedagoglar va o'quvchilar ishtirok etishdi.

☄️Tadbir davomida ulug' shoirning yangi chop etilgan kitoblari tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi. Shuningdek, buyuk shoir ijodidan namunalar o'qildi, Xanifa ayaning shoir hayoti va ijodi bilan bog'liq xotiralari tinglandi.

Ijodiy kechada Hanifa aya Oripova tomonidan tayyorlangan va yaqinda nashr etilgan “Buyuk soddalik” hamda “Ummon boʻyidagi oʻylar” nomli kitoblar ta’lim muassasalariga sovgʻa qilindi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

/channel/MurojaatMMTB_bot

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryoda 1-Oktyabr "Oʻqituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Viloyat hokimi kubogi uchun "Shaxmat" musobaqasi boʻlib o'tmoqda.

Ayni shu musobaqaning maktab boshqichlari yakuniga yetdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#besh_tashabbus_olimpiadasi

⚡️QASHQADARYODA "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" MUSOBAQALARINING MAKTAB BOSQICHLARI O‘TKAZILMOQDA.


Ayni damda "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" doirasida ommaviy sport musobaqalarining maktab bosqichlari o‘tkazilmoqda.

Musobaqa davomida yosh sportchilar jamoaviy birlashish, chaqqonlik va epchillik ko‘rsatib, o‘z maktablari sharafini munosib himoya qilmoqdalar.

Ushbu musobaqa nafaqat sportdagi ko‘nikmalarni rivojlantirishga, balki bolalar o‘rtasida do‘stona muhitni shakllantirishga ham xizmat qiladi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Affirmatsiya
#tonggi_tadbir

🏢 2025-yil 23-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi hamda boshlang‘ich ta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) tarbiyachilari malaka oshirish kursi tinglovchilari tomonidan “Ustozlar, sizga ta’zim” mavzusida tonggi tadbir tashkil etildi.

🎯 Tadbirning asosiy maqsadi – ustoz va murabbiylarning ta’lim-tarbiyadagi beqiyos o‘rnini yuksak e’tirof etish, yosh avlod qalbida ularga nisbatan hurmat va minnatdorchilik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

____
🎙Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati

Kanalga obuna bo'lish:
🌐Telegram  |📱Facebook |🌐Website

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Jadidlar_izidan

🔔
Joriy yilning oktabr oyida “Jadidlar izidan” tanlovining yangi mavsumiga start beriladi

📆Prezidentimiz tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Jadidlar izidan” tanlovining yangi mavsumi boshlanmoqda.

➖ Umumiy oʻrta taʻlim maktablarining 6 -7-8 hamda 9 – 10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan mazkur tanlovning tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichi jarayonlari joriy yilning oktabr-dekabr oylarida tashkil etiladi.

🛫 Tanloving Respublika bosqichida har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan (I, II, III o‘rin g‘oliblari hamda eng yuqori ball to‘plagan 4 nafar) jami 14 nafar g'olib Germaniyaga taʻlim sayohatiga yuboriladi.


👉 Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar
jadidlarizidan.uz havolasi orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Tanlov jarayonlariga doir yangiliklarni vazirlik rasmiy sahifalarida kuzatib boring.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

DIQQAT, DIQQAT!

📣2025-yil 23-30 sentabr kunlari 1-oktabr - "O'qituvchilar va murabbiylar kuni" munosabati bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional hamda oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari oʻrtasida

viloyat hokimi kubogi uchun “Shaxmat turniri” tashkil etiladi.


1️⃣ Ta'lim muassasasi bosqichi 2025-yil 23-24-sentabr kunlari

2️⃣ tuman, shahar bosqichi 2025-yil 25-26-sentabr kunlari

3️⃣ viloyat bosqichi 2025-yil 30-sentabr kuni o'tkaziladi.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#eslatma
#videorolik

⚡️ Media makondagi hushyorlik — real hayotdagi xavfsizlikning kafolatidir!


📌 Yoshlar, o‘quvchi-talabalar, ota-onalar va mas’ullarga muhim eslatma!

 
📺 HD formatda ko’rish uchun

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati


Telegram | Instagram| Facebook | X |Dinishlariboyichaqomita/videos">Youtube

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#OAV_biz_haqimizda

📺 Qashqadaryo MTRK telekanalida Nishon tuman  “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan o'tkazilgan  "Barkamol avlod bolalari" festivalining tuman bosqichi keng yoritildi.

💡 Batafsil videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

©️ Qashqadaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi  Axborot xizmati.

📱 Telegram  📱 Facebook 
📱 Instagram  📱 YouTUBE

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Milliylik_kuni #Qashqadaryo

Муротжон Азимов бошчилигидаги раҳбарлар миллий дўппиларимиз тарғиботида иштирок этишди

✨ Қарши давлат университети.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Grace" dasturi doirasida amaliy taqdimotlar oʼtkazilmoqda — Koson tumani

Koson tumanidagi 2- va 9- maktablarda o‘quvchi yoshlarda korrupsiyaga murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan “GRACE" dasturi yuzasidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig’ilishning asosiy maqsadi — yosh avlod ongida halollik, adolat va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash orqali ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish, maktab muhitini korrupsiyadan holi holda rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
🟢 Yig’ilish doirasida ishtirokchilarga quyidagilar taqdim etildi:
✅ GRACE dasturining mazmun-mohiyati, uning xalqaro ahamiyati va O‘zbekistonda joriy etilishi;
✅ Korrupsiyaga qarshi ta’limning roli, uning ijtimoiy barqarorlik va halollik madaniyatidagi o‘rni;
✅ Ta’lim muassasalarida GRACE dasturini amaliyotga joriy etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar, o‘quvchi yoshiga mos ta’limiy materiallar, interaktiv yondashuvlar.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"BARKAMOL AVLOD BOLALARI” festivali tuman bosqichi o‘tkazildi – Kitob tumani!

📌Qashqadaryo viloyat, Kitob tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Barkamol avlod bolalari” festivalining tuman bosqichi oʻtkazildi.

▪️ "Barkamol avlod bolalari" festivalning Kitob tuman bosqichida mingdan ziyod oʻquvchi yoshlar quyidagi yoʻnalishlarda ishtirok etishdi:

Madaniyat va san’at,
Texnika, konstruktorlik va modellashtirish,
Jismoniy tarbiya va sport,
Hunarmandchilik va qo‘l mehnati,
Turizm va ekologiya,
Maktabga tayyorlov va oliy ta’limga yo‘naltirish,
Xorijiy tillar

☝️Eslatib oʻtamiz, ushbu yoʻnalishlarda gʻolib boʻlgan oʻquvchi - yoshlar bugun diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Har bir bola – yulduz. Festival esa ularning porlashiga sahna!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:


© Qashqadaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi  Axborot xizmati.

📱 Telegram  📱 Facebook 
📱 Instagram  📱 YouTUBE

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Tayinlov

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'i bilan:

Xoldarova Indira Abdukarimovna — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Kelajak markazi" direktori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Maktabdan tashqari taʻlimni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Indira Xoldarova turli yillarda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati boshlangʻich tashkiloti oʻqituvchisi, tashkilotning Toshkent shahar Kengashi apparati va Yoshlar ittifoqida turli lavozimlarda ishlagan.

2020-2022-yillarda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengash raisi oʻrinbosari — "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi, 2022-2023-yillarda Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Indira Xoldarovaga kelgusi kasbiy faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Abdulla Oripov ijod va xotira kechasi

Bugun Qarshi tuman 71-umumiy o'rta ta'lim maktabimizda O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan “Ijod va xotira” kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida shoirning yodda qolar asarlari, qalblarga iliqlik bag‘ishlagan she’rlari o‘qildi.

🌹 Kechamizning yuksak mehmoni – shoirning umr yo‘ldoshi Hanifa aya tashrif buyurib, o‘quvchilarga va tadbir ishtirokchilariga mehrli tilaklarini izhor etdilar.
Shoirning quyidagi satrlari tadbirimizda yangradi:

“Vatan nima o‘zi? – desang, men uchun,
Ona allasiday muqaddasdir u.
Vatan – bu onadir, bag‘ri keng ona,
Vatan – bu boladir, beg‘ubor, bexato...”

Shuningdek, kechada shoirning ona tilimiz haqidagi satrlari qalblarni larzaga soldi:

“Tilga e’tibor – elga e’tibor,
Elga e’tibor – kelajakka yo‘l...”

🌿 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ijodiy chiqishlar, she’rxonliklar namoyish qilindi. Abdulla Oripov merosining abadiyligi yana bir bor his etildi.

Abdulla Oripov – millat faxri, qalblarimizda abadiy yashaydi!

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🔰 Qashqadaryoda “Prokuror sovrini” olimpiadasining FINAL bosqichi o‘tkazildi

Bugun Qashqadaryoning Qarshi shahridagi 42-umumtaʼlim maktabida viloyatning barcha shahar va tumanlaridan saralangan 106 nafar eng ilg‘or matematika va fizika o‘qituvchilari final bellashuvida qatnashdilar.

Mazkur olimpiada Qashqadaryo viloyati prokuraturasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, Xalqaro Nordik universiteti va IDC taʼlim markazi hamkorligida katta uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

Ilm finalida tez orada Qashqadaryo viloyatidagi o‘z kasbiga eng fidokor ustozlar nomini maʼlum qilamiz.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryoda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ushbu tadbir Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi tashabbusi bilan viloyat hokimligi va qator kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida tashkil etilib, 500 nafardan ziyod yoshlar hamda ularning ustozlarini birlashtirdi.

Batafsil...

↘️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | UzArmiya">Youtube | Instagram | X | TV

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

DIQQAT! DIQQAT!

Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining yangi taklif va murojaatlarni qabul qiluvchi boti ishga tushirildi.

Ta’lim tizimiga oid taklif murojaatlaringizni shu bot orqali yuborishingiz mumkin.

/channel/MurojaatMMTB_bot

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

https://uza.uz/uz/posts/qashqadaryoda-zhasorat-maktablari-faoliyati-boshlandi-oquvchilar-qasamyod-qildi_764672

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Mazmunli sayohat – unutilmas taassurotlar!

Shahrisabz shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Do'ppido'zlik" to'garak a'zolari ustozlari bilan birgalikda shahrimizdagi tarixiy obidalarga sayohatga chiqishdi.

Sayohat davomida o'quvchilar memoriy yodgorliklarimizdagi naqshinkor bezaklardan hunarmandchilik  ishlariga na'munalar olishdi.

🔺 Bu kabi faoliyatlar yoshlarda ijodkorlik, kasbga bo‘lgan mehr, milliy qadriyatlarga hurmat va bilimga chanqoqlikni yanada oshirmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

©️ Qashqadaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi  Axborot xizmati.

📱 Telegram  📱 Facebook 
📱 Instagram  📱 YouTUBE

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🎯🎯🎯Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasining 2025-2026 o‘quv yili g‘oliblari aniqlandi!

Umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasi tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Unda viloyatimiz umuta'lim maktablaridan eng iqtidorli 185 nafar o'quvchilar ishtirok etdi.


Viloyat komissiyasi tomonidan eng yuqori natijalarga erishgan 🥇🥇🥇18 nafar g‘oliblar aniqlandi va ular o‘quv yilining sentabr oyidan may oyigacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 barobari miqdorida stipendiya bilan taqdirlanadi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

✔️O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida 2026-2027 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.

📅 Arizalar joriy yilning 5-sentabrdan 15-oktabr (shu kuni ham) sanasiga qadar www.dxxtmhal.uz onlayn platformasi yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali qabul qilinadi.

📋 Nomzodlarni saralash tanlovi harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat. Saralash sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlariga jalb etiladi.

📝Test sinovlari TARIX va INGLIZ TILI fanlaridan o'tkaziladi.

#qabul2026
#dxx_temurbeklar_maktabi

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Live #Jarayon Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi 16-sonli Jasorat maktabida Asosiy fan olimpiadasining I-maktab bosqichi faollik bilan o‘tkazilmoqda

✅ Olimpiada o‘tkazilayotgan joyda ishtirokchilar uchun ham, ularning ota onalari uchun ham barcha sharoit yaratilgan.
Asosiy fan olimpiadalarining 1-kunida 9-10-11 sinf o‘quvchilari faol ishtirok etmoqda.

✅Bugun o‘quvchilar test sinovlarida ishtirok etmoqda.

Amaldagi tartib bo‘yicha asosiy olimpiadaning birinchi bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Tuman bosqichida ishtirok etishadi.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Darsdan keyin foydali mashg‘ulotga borishni xohlaysizmi?

Qarshi shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida Sizni zamonaviy va qiziqarli kasb –
“Elektromobillarni ta’mirlovchi va ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi chilangar” kasbiga o‘qishga taklif qilamiz!

Bu yerda siz:
Amaliy mashg‘ulotlarda qatnashasiz
Texnikani o‘rganasiz
Kelajakda yaxshi kasb egasi bo‘lasiz
!


🔗Eng asosiysi – darslardan keyin bo‘sh vaqtingizni foydali o‘tkazasiz!

Texnika va elektromobillarga qiziqsang – seni kutyapmiz!

#KasbgaQadam #Elektromobil #KasbiyTaʼlim #KelajakKasbi #DarsdanKeyinFoyda

📞+99855 401-61-70,
+99897 719-97-73

📍 Manzil: Qarshi shahri, A.Navoiy ko'chasi, 70a-uy.

Telegram | Instagram KasbiykonikmalarmarkaziQarshi">|YouTube | Facebook

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🌀 “KITOBXONLIK FESTIVALI”  QASHQADARYODA

✔️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchi-yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda ularni kitobga do'st tutunishlarini qo'llab - quvvatlash maqsadida tashkil etib kelinayotgan "Kitobxonlik festivali” ning navbatdagi tadbiri Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tadi.

☄️Festival quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

“Eng faol kitobxon o'quvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”
“Eng kitobxon maktab”

✨ Festivalda 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan kitobxon o'quvchilar hamda kitobxon oilalar ishtirok etadi!

🎁 Festival g‘oliblari va faol ishtirokchilar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

🟢 Qashqadaryo viloyati bolalar kutubxonasi axborot xizmati

🚀Telegram🎬YouTube📒Facebook📷Instagram🔄Web Site

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

‼️‼️‼️
#Диққат_эълон

📣 Aziz o‘quvchilar!

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va Fan olimpiadalari markazi tomonidan ASOSIY OLIMPIADAga start berilmoqda.

Unda yurtimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-10-11-sinf o‘quvchilari va akademik litsey hamda kasbiy ta'lim tashkilotlarining 1-2-bosqich oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.


Jarayonlar 4 bosqichda o‘tkaziladi, 1-bosqich (ta'lim tashkilotlari bosqichi) sentabr oyida boʻlib oʻtadi.

🌐 BATAFSIL VIDEOLAVHADA.


Bizni kuzating:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"BARKAMOL AVLOD BOLALARI” festivali o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyat, Kitob tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Barkamol avlod bolalari” festivali oʻtkazildi.

◀️(+video)

Bizni kuzatishda davom eting!

©️ Qashqadaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi  Axborot xizmati.

📱 Telegram  📱 Facebook 
📱 Instagram  📱 YouTUBE


Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#KRK_KRS

📆 Бугун, 2025 йил 17 cентябрь куни Қашқадарё вилояти Қарши шаҳридаги 47-сонли ҳамда Шаҳрисабз туманидаги 16-сонли умумий ўрта таълим мактабларида 2025-2026-ўқув йилида “Касбий ривожланиш куни” ва “Касбий ривожланиш соати” тадбирларини самарали ташкил этиш мақсадида фанлар кесимида ментор ўқитувчилар учун семинар-тренингларга старт берилди.

Ушбу жараёнларда 11 та фанлар йўналишлари бўйича педагогик маҳорат марказининг 21 нафар мастер-тренерлари томонидан 449 нафар ментор-ўқитувчилар учун семинар-тренинг жараёнлари олиб борилмоқда.

17.09.2025 ҳолатига Қарши шаҳар 47-мактабдаги семинар-тренингда ментор-ўқитувчилар давомати 99,4 %. ни ташкил этди.

Суратларда: Қарши шаҳар 47-мактабдаги жараёндан фотолавҳалар.

____
🎙Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati

Kanalga obuna bo'lish:
🌐Telegram  |📱Facebook |🌐Website

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan:

Raximboyev Sardor Qahramonovich
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Sardor Raximboyev 2009-2015-yillarda Davlat statistikasi qoʻmitasi, Toshkent viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida turli lavozimlarda, 2015-2019-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bosh mutaxassisi, 2019-2020-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta oʻqituvchisi, 2020-2022-yillarda «Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi» davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi, 2022-2023-yillarda Xalq taʼlimi vazirligida boshqarma boshligʻi vazifalarida mehnat qilgan.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Sardor Raximboyevga kelgusi kasbiy faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…
Subscribe to a channel