𝐒𝐡𝐚𝐡𝐛𝐨𝐳 𝐅𝐚𝐲𝐳𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯 𝐢𝐣𝐨𝐝𝐢𝐧𝐢 𝐛𝐢𝐳 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐤𝐮𝐳𝐚𝐭𝐢𝐧𝐠 🎶 Murojat uchun: @OtaOnaduosi1 Kanal silkasi: https://t.me/joinchat/mTuqxEaMJp1mMmQy
Tez kunda...
So'z Shahboz Fayzullayev
Bastakor Nodir Zoitov
@shahbozfayzullayev
Ishq bizni uchratib ayirdi qara
Ayrilish bor ekan taqdir peshona
Kuygan sen kuygan men ikkimiz yana
Ko'namiz bariga yo'q bunda chora
Afsuski boshimiz qayg'uga to'la
Alamlar zanjiri uzilmas endi
Unutdik hammasin endi bir yo'la
Boshqa ishq rejalar tuzilmas endi
Nadomat yutdik ne qonlar yutmadik
Kecholmay uzilmay umidlar etdik
Ikkiga ajraldik boshqa ko'rmadik
Qay tomon ketdigu qay yerga yetdik
Istaklar oshiyon qalbimiz muzlab
Iztirob qahrini sochdi bizlarga
Dard chekib yondik biz alamlar yuzlab
Uchradik bag'ritosh qahrsizlarga
Ey ko'ngil sen bunda ranjima endi
Na iloj na chora na foyda qani
Qiynaysan kuyganing qolar faqat ko'r
Endi o'ylamagin azoblab meni
@shahbozfayzullayev
Ijodkorlar uchun idea lar kerak bo'lsa murojat qililar @OtaOnaduosi1
Читать полностью…Xayolim parishon xalakman ona
Qaltirog'i tutgan yurakman ona
Men kimga kerakman topmadim hali
Bilganim men sizga kerakman ona
Omadim kelguvchi ketar bir kuni
Kun otsa bor ekan qorong'u tuni
Yillarki yashadim angladim shuni
Bilganim men sizga kerakman ona
Yo'llarim poylaysiz bedor mahalda
Qoshimda dasyorsiz bemor mahalda
Sizga o'xshaysaydim oz bo'lsa salda
Bilganim men sizga kerakman ona
Ko'nglingiz olmadim bir bor gul berib
Sizga nima berdim dunyoga kelib
Aqlim kirmadi soch oqingiz ko'rib
Bilganim men sizga kerakman ona
Dardlaringiz oshib toshgandur ona
O'g'liz dunyolar deb shoshgandur ona
Nafsi deb xaddidan oshgandur ona
Bilganim men sizga kerakman ona
Bilganim men sizga kerakman ona
@shahbozfayzullayev
Onam yig'lab ko'nglim g'ashlab qoydi dunyo
Taqdir boshga nima tashlab qo'ydi dunyo
Mol dunyosi o'yin boshlab qo'ydi dunyo
Qishlog'imda eshik poylab qoldi onam
Taqdirni ko'r xavaslarga qayratishin
Onasini bolasidan ajratishin
Ko'ngliga ne sigsa qilar ne xoxishin
Qishlog'imda eshik poylab qoldi onam
Sodda onam gavhar onam yolg'iz onam
Xammasiga ko'nib turar ojiz onam
Sog'indim deb aytolmaydi essiz onam
Qishlog'imda eshik poylab qoldi onam
Katta bo'lib farzand uchar ekan qushdek
Umr yolg'on o'tib ketar yolg'on tushdek
Suratlardek bo'lmas endi qoshlar qoshdek
Qishlog'imda eshik poylab qoldi onam
Ko'zlaridan nuri ketib boryapti ham
Yuzlariga ajin tushib to'lyapti ham
Bolasini eslagancha kulyapti ham
Qishlog'imda eshik poylab qoldi onam
@shahbozfayzullayev
Qushlarga ko'p bor aytdim yalindim
Shu xatni oborib yetqizing unga
O'qising men ko'zim ochiqlik chog'i
Erta yig'lamasin ko'milsam yerga
Izohlar shart emas biror so'zi ham
O'qisin kelmasin mayli o'zi ham
Men tamom bo'lganman ruhim qarigan
Menga ko'p endi vaqt xatto ozi ham
Yomg'irga aylanib to'kilib bo'ldim
Tandir ichidagi yongan o'tinman
Kuydirdi cho'g' edim kul bo'ldim ohir
Siz ayting endi men o'zida kimman
Sevgiga bir ishim tushmasin meni
Tushganda shunchalar tamom qildiya
Xijronlar bag'rimni ilma teshiklar
Ohiri pand yedim yomon qildiya
@shahbozfayzullayev
Ko'p nolib qo'ymayapmizmi bugungi kunimizdan hammasi uchun shukur qilishimiz kerak emasmi aslida
@shahbozfayzullayev
Ассалому алайкум Азизлар
Абдухалиқова Мадинабону Мухаммадюнусбек қизи.
02.06.2023 йил Тошкент вилояти Ўрта-чирчиқ туманида Истиқомат қилади.
Шу жажжи кизологимиз тузалишида барчамиз дуода болайлик колимиздан келса йордам килайлик Роза Рамазон ойларида барчамизни дуоларимиз ижобод болади 🤲🤲
Ташхис: Туғма Жигар йетишмовчилиги (церроз)
💳 Узкар 8600 3141 7852 8727
( Онасини карта ракамлари )
Телефон ракамлари : +998935395787
•••••••••••••••••••••••••••••••
Sen soyadek ergashib
Yurishingni bilaman
Yolg'iz qolsang sog'inib
Qolishingni bilaman
Oshiq dardi nedurki
Davo istab yuribti
Uzoq yo'lga qarab u
Kimni kutib turibti
Jafo cheksa dil yig'lab
Ichin tirnar ojizlik
Jondan o'tdi azobi
Ojiz qildi yolg'izlik
Telba biryon biryon kim
Darvish qoldi mendan ham
Dunyo tarih ichida
Oshiq bo'lsa mendan ham
Senga fido qilsam-u
Jonim sadqa mayliga
O'xshatishar bir mashrab
Bir qarasang daydida
O'lib qutulmoq shartmi
Bu chora emas balki
Senda topdim men qanot
Sevganim bois shuki
Olislarga qarasam
Yo'l ohiri ko'rinmas
Quvib kelgan dardlar ham
Mendan sira chekinmas
Ammo bir kun yo'lni ham
Ko'rinadi ohiri
Va le yetgach topmasang
Tugamagan yo'q hali
•••••••••••••••••••••••••••••••
Murojat uchun:
@OtaOnaduosi1
@shahbozfayzullayev
•••••••••••••••••••••••••••••••
Ko'zlarida yosh ko'rinmasin
Yuragiga dard ilinmasin
Nozik ko'ngli ozor bilmasin
Ayolni ranjitmang ayolni asrang
Muhabbat bering yashnasin dili
Erkalab qo'ying quvnasin dili
Siz bilan birga o'ynasin dili
Ayolni ranjitmang ayolni asrang
Shirin so'zingizdan erib ketsina
Bahtlarga sig'masdan to'lib ketsina
Ko'rganlar havasda kuyib ketsina
Ayolni ranjitmang ayolni asrang
Ayol bu onadir ayol muqaddas
Sizni deb yashaydi har bitta nafas
Dunyoni tor qilmang bo'lmasin qafas
Ayolni ranjitmang ayolni asrang
Shod qiling tabbasum bo'lsin yuzida
Sevgingiz ko'rinsin doim ko'zida
Gul bering yashnasin bazi bazida
Ayolni ranjitmang ayolni asrang
•••••••••••••••••••••••••••••••
Murojat uchun:
@OtaOnaduosi1
@shahbozfayzullayev
•••••••••••••••••••••••••••••••
Qalam bilan yozganim
O'chib ketsa o'chibti
Olislarda qolgansan
Borolmayman izlab ham
Yoningda bo'lsa nima
Qololmayman istab ham
Sen boshqaga bitilgan
Meni yo'lim boshqada
Sog'insang bizni yulduz
Turgan samoga qara
Erkalab suyganimni
Sen deb men kuyganimni
Xech kim birov bilmaydi
Ichimni o'yganimni
Meni noshut oshiq deb
Atab yurgan telba ko'p
Senda azob balki yo'q
Menda faqat menda ko'p
Sevging bilan tirik jon
Nafas olib turibti
Sen yo'q ishq bo'stonlari
Qara xazon quribti
Endi isyon ne darkor
Hammasi hal bo'lganda
Yig'lab qo'ysang yetarda
Tanish shoir o'lganda
Qalam bilan yozganim
O'chib ketsa o'chibti
•••••••••••••••••••••••••••••••
Murojat uchun:
@OtaOnaduosi1
@shahbozfayzullayev
•••••••••••••••••••••••••••••••
Ichimni tirnasa alam va qayg'u
Men kimga aytaman dard xasratimni
Ortimdan g'iybatlar qilib yuribsiz
Siz bilarmidingiz yo xurmatimni
Essiz sizga hayf odam degan nom
Sizni do'st bilganlar adashgan balki
Siz ham men ham ahir sut emaganmiz hom
Xammamiz o'tguvchi dunyoda borki
Sizga nima g'araz niyat qilibman
Gunohim nimada ayting bilay men
Siz uchun men nima ayb qilibman
Siz uni ko'rsating qani ko'ray men
Na sizga ehtiyoj na bor xusumat
Hech kasga ishim yo'q o'zimdan boshqa
Bor bo'lsa bo'lgani faqat shu hurmat
Ming savol ila bosh urgayman toshga
•••••••••••••••••••••••••••••••
Murojat uchun:
@OtaOnaduosi1
@shahbozfayzullayev
•••••••••••••••••••••••••••••••
Ko'nglimga tosh qadab ketding
Bilib bilmay yaralab ketding
Sen ham meni aldab ketding
Bevafo
Ahir seni sevardimku
Senga jonim berardimku
Seni yahshi ko'rardimku
Bevafo
Azoblarga tashladingda
Yuragimni g'ashladingda
Meni bag'rim nishladingda
Bevafo
Ado bo'lib kuyib yondim
Xijronlarda sensiz qoldim
Seni o'ylab yana qoldim
Bevafo
Kuysa nima bo'lar deding
Begonamas yaqin eding
Ich etimni yeding yeding
Bevafo
•••••••••••••••••••••••••••••••
Murojat uchun:
@OtaOnaduosi1
@shahbozfayzullayev
Tez kunda...
So'z Shahboz Fayzullayev
Bastakor Otabek Zokirov
@shahbozfayzullayev
Tez kunda...
@jam_studia_offical
@badalbayev
@munisarizayeva
@shahbozfayzullayev
@bahromkenjayev
@shahbozfayzullayev
Meni shodon etgan kecha
Meni g'amga otdi netay
Sen yonimda eding kecha
Ketding bugun qaydan topay
Shamollarda iforing bor
Xislarimda yog'yapti qor
Sen bilan huu ketdi bahor
Ketding bugun qaydan topay
Savollarim javob topmas
Javoblardan dilim qonmas
Endi menga hech osonmas
Ketding bugun qaydan topay
Samolarda yulduzlar bor
Dunyolarda gulyuzlar bor
Yozilmagan aytilmagan
Senga qancha dil so'zlar bor
Eski dardim qo'zg'otaymi
Yo majnunni uyg'otaymi
Boshim olib yo ketaymi
Ketding bugun qaydan topay
Omonliging bilib turay
Qaytmaysanmi qanday chiday
Tushlarimda ko'rib qolay
Ketding bugun qaydan topay
Xavotirman tushlar qora
Yurak bag'rim bo'ldi pora
Ko'nglim vayron dilim yara
Ketding bugun qaydan topay
Savdoyiman devonada
Men sevsam u begonada
Daydi dilim bechorada
Ketding bugun qaydan topay
@shahbozfayzullayev
Ko'ngil devonadur ko'ngil telbada
Yorini yuqotib qo'ygan bevada
Muhabbat aslida shirin mevada
Sevgida hech kimni dili kuymasin
Xijron ezib qo'ysa yurak bo'lar g'ash
Ichingni kuydirib qo'yarkan otash
Dardlaring to'planib yotadi qalash
Sevgida hech kimni dili kuymasin
Iztirob boshingga g'avg'olar solar
Aqlu hushing butkul ishon yuqolar
Diling qolib iching torayib yonar
Sevgida hech kimni dili kuymasin
Yetolmay qolmagin orzu havasga
Oson erishilmas yengil nafasga
Ko'nglini solib ham qo'yma qafasga
Sevgida hech kimni dili kuymasin
@shahbozfayzullayev
So'z: Mirjalol Nematov& Shahboz Fayzullayev
@shahbozfayzullayev
Shahboz Fayzullayev
So'zlarimni o'g'irlamang so'zlarimni
Keling so'zdan biroz sizga qarz beraman
Qalamimni siyohidan ishlatibsiz
Shoirlikdan biroz sizga dars beraman
@shahbozfayzullayev
Ramazon keldi muborak bo'lsin😊
@shahbozfayzullayev
•••••••••••••••••••••••••••••••
Sen Xaqsan
Asli sen-u meni ham
O'sha tuproq kutadi
Xar doim xar yerda sen
Xaqsan degan yutadi
Taqdirdagi borini
Yozsam nima yozibman
Seni aqling borday-u
Men aqildan ozibman
Shunday bo'lsa bo'libti
Sen aqilga to'laver
Yozganlarim ustidan
Mazza qilib kulaver
Seni davring kelgangda
Olqishladim turib jim
Qarsagimni qarading
Kerilding bu deding kim
Bugun o'zim tanitib
Yurganimni qarab qo'y
Menga yuqtirgan Xudo
Sen bilmasang bilib qo'y
Tag'in so'zim qalbingga
Og'ir botmasin yana
Uzr so'rab qo'yapman
Kechirsang kechir jo'ra
Aqlingga bo'l sen hokim
Xar gap kelsa gapirma
Birov qilsa bir ishni
Maqtama ham tupurma
Asli sen-u meni ham
O'sha tuproq kutadi
Xar doim xar yerda sen
Xaqsan degan yutadi
••••••••••••••••••••••••••••••
Murojat uchun:
@OtaOnaduosi1
@shahbozfayzullayev
•••••••••••••••••••••••••••••••
Ichimdagi dardimni zora bilsang qaniydi
Aytolmay yurganimni kora bilsang qaniydi
Seni deya yuragim pora bilsang qaniydi
Devona bu ko'nglimni yori bo'lsang qaniydi
Mashrabdan ne farqim bor men ham u dek shoirman
Gohi senga lol bo'lsam goh goh o'zimga qoyilman
Boshqaga emas faqat bir o'zingga doirman
Devona bu ko'nglimni yori bo'lsang qaniydi
Majnuning kim bo'lib mani kelsing yonimga
Layli tashna bo'lardi ko'rsa meni qonimga
Shukur desang yetardi bu dunyoda borimga
Devona bu ko'nglimni yori bo'lsang qaniydi
Senga nima yahshiyu nima yomon bilaman
Tushlarimda har kuni yana seni ko'raman
Seni deb qancha bo'lsa mana o'zim o'laman
Devona bu ko'nglimni yori bo'lsang qaniydi
Ashor bitib qog'ozga senga o'qib beraymi
Yoki men hayotimni senga to'kib beraymi
Yuragim ko'z oldingda yulib yoqib beraymi
Devona bu ko'nglimni yori bo'lsang qaniydi
Xayolingda emas men xayotingda bo'lay yor
Sen bilan to o'lguncha birga birga yuray yor
Shirin shirin hayollar orzularim suray yor
Devona bu ko'nglimni yori bo'lsang qaniydi
•••••••••••••••••••••••••••••••
Murojat uchun:
@OtaOnaduosi1
@shahbozfayzullayev
•••••••••••••••••••••••••••••••
Azoblarga to'lgan dil
Og'riyverarda ko'ngil
Tushuntir menga ahir
Qachon o'zgarding qachon
So'zlarimdan chiqmasding
Boshqaga ishonmasding
Mendan uzoqlashmasding
Qachon o'zgarding qachon
Dardim ortirding qara
Dilimni qilding yara
Aylanar savol yana
Qachon o'zgarding qachon
Xalovat ham yuqoldi
Kuyib yurak ham yondi
Yolg'oning aqlim oldi
Qachon o'zgarding qachon
Ichimga to'kding xasrat
Azob yotar qatma qat
Armon bo'lib kelgan baht
Qachon o'zgarding qachon
•••••••••••••••••••••••••••••••
Murojat uchun:
@OtaOnaduosi1
@shahbozfayzullayev
•••••••••••••••••••••••••••••••
Borliging bahtligin sezmagan menman
Seni bog'laringda kezmagan menman
Sen bilan degizda suzmagan menman
Sen meni eng shirin armonimdasan
Sen meni eng achchiq yolg'onimdasan
Boshim toshsa ursam yorilib ketsa
Tomirdagi qonim otilib ketsa
Surating yodimni qani tark etsa
Sen meni eng shirin armonimdasan
Sen meni eng achchiq yolg'onimdasan
Boshimga tushganlar og'ritar dilni
Qattiq qahratondek sovutar dilni
Endi sen yo'q ayt kim ovutar dilni
Sen meni eng shirin armonimdasan
Sen meni eng achchiq yolg'onimdasan
Maxbub bo'lganimcha bo'lib qolganman
Senday keyin dardga to'lib qolganman
Sensiz men jonsizdek o'lib qolganman
Sen meni eng shirin armonimdasan
Sen meni eng achchiq yolg'onimdasan
Qalbimda asragan bayotim sensan
Ushalmas orzuyim xayotim sensan
Meni qalbim sensan qanotim sensan
Sen meni eng shirin armonimdasan
Sen meni eng achchiq yolg'onimdasan
•••••••••••••••••••••••••••••••
Murojat uchun:
@OtaOnaduosi1
@shahbozfayzullayev
•••••••••••••••••••••••••••••••
Yurakka iztirob qo'yding yog'dirib
Buncha o'zingni menga sog'intirib
Aqlim hayrondek bu ko'nglim vayrondek
Ichimni otashga otding yondirib
Vaslingga yetolmay sarson yuribman
Hushimni topolmay hayron yuribman
Oshiqlar shundaymi bilmadim nogoh
Men sensiz devona vayron turibman
Bechora hislarim hazondek bo'ldi
Tuyg'ular sen uchun arzondek bo'ldi
Sen ketding ortingga qaramay kulib
Bo'g'zimga nafasim tiqilib to'ldi
Xar onda bir seni yod etib qo'ysam
Tushimda men faqat bir seni ko'rsam
Eshitsang dardimni ochib tashlardim
Yig'lama agarda ertaga o'lsam
Eng shirin onlarda sen bilan edim
Sen yo'qsan ichimni tirnalab yedim
Oynaga qaradim o'zimga o'zim
Unutgin endi u qaytmaydi dedim
Yurakka iztirob qo'yding yog'dirib
Buncha o'zingni menga sog'intirib
Aqlim hayrondek bu ko'nglim vayrondek
Ichimni otashga otding yondirib
•••••••••••••••••••••••••••••••
Murojat uchun:
@OtaOnaduosi1
@shahbozfayzullayev