Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal ▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki! Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz
❔O'zbekiston OTMlarida nechta ta'lim shakli bor?
✔️ 4 ta:
➖ Kunduzgi;
➖ Kechki;
➖ Sirtqi;
➖ Masofaviy.
Abituriyantlar o'z yo'nalishi bo'yicha bir nechta istalgan ta'lim shaklini tanlashlari mumkin.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi natijalari e’lon qilindi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2018-yilda tashkil etilgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashining joriy yil 14-oktabrdagi qaroriga asosan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida munosib qatnashgan va yuqori ball to‘plagan 411 nafar yoshlar “Jamg‘arma stipendianti” deb e’tirof etildi.
2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi g‘oliblari bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
Jamg‘arma ma’lumotlariga ko‘ra, stipendiantlarning 95 foizi Buyuk Britaniya, AQSH, Italiya, Avstraliya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlarida ta’lim olishadi.
Quvonarlisi shundaki, 60 foizga yaqin yoshlarimiz STEM (ilm-fan, texnologiya, muhandislik, matematika), IT (axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt), muhandislik va ishlab chiqarish, tibbiyot va farmatsevtika, arxitektura va dizayn kabi yo‘nalishlarda ta’lim olishni rejalashtirmoqdalar.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ Ro‘yxatga olish jarayonlari 14-20-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
💵 To‘lovlar esa 21-oktyabrgacha amalga oshirilishi mumkin.
✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 2-3-noyabr kunlari o‘tkaziladi.
📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.
📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.
❕ Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ 1-kurslar uchun yangi tizim: ular faqat 1 yillik grant bilan talaba bo'lgan
▪️ 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Bunda:
ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;
ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;
ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Dekanga salom bermaslik shunday bo'ladi 😂
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
😁 Toshkentda Alfraganus universiteti tashabbusi bilan “Yoshlar kelajagi va ta’limda tadbirkorlik” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda
10-11-oktabr kunlari Toshkent shahrida YuNESKOning Bankokdagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan “Yoshlar kelajagi va taʼlimda tadbirkorlik” mavzusida 10-Taʼlimda tadbirkorlik UNESCO-APEID (YUNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqasida taʼlim innovatsiyalarini rivojlantirish tarmogʻi) Kengash yigʻilishi oʻtkazilmoqda.
Mazkur nufuzli anjumanga YuNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, UNESCO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida faoliyat yuritib kelayotgan Alfraganus universiteti mezbonlik qilmoqda.
Ushbu konferensiya UNESCO tadbirkorlik ta’limi tarmog‘ida hamkorlikni kuchaytirish, yoshlar uchun innovatsion tadbirkorlik dasturlarini namoyish qilish va yoshlarning kelajagi uchun tadbirkorlik ta’limining muhimligini tadqiq qilishga qaratilgan.
Anjumanda dunyoning 34 davlatidan 100 dan ortiq ekspertlar, yetakchi oliy taʻlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, tadbirkorlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, 200 dan ortiq mamalakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasalari rektorlari, akademiklar, professor-oʻqituvchilar, yetakchi tadbirkorlar ishtirok etishmoqda.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Ha aytgancha 😅
Qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun 2 500 so‘mdan to‘lash belgilanibdi. Bugungacha 1 500 so‘m edi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Salom bermagani uchun tushuntirish xati yozgan talabani, u yozgan xatning surati tarqalib ketgach, dekanning xonasiga olib kirib ketishibdi.Bir soatdan ko‘p o‘sha yerda o‘tirdi, deyishyapti. Endi esa, aytishlaricha: “Feyk xabar tarqatilgan, deb aytamiz”, deb yurgan emish mas’ullar. Talabaning kayfiyati tushkun, kursdoshlariga ham: “Keyin gaplasharmiz”, deb ketib qolibdi.
Ey, talaba do‘stim, kayfiyatni tushirmang! Hammasi yaxshi bo‘ladi. Mas’ullar esa qilayotgan ishlaridan va qilishlari kerak bo‘lgan ishlarni qilmayotganliklaridan uyalsin!
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Talaba salom bermaganligi yuzasidan tushuntirish xati yozib berdi
Endi O‘zMUning ichki tartib-qoidalariga "Talaba salom bermaganligi uchun o‘qishdan chetlashtirilsin" degan bandni kiritish ham esdan chiqib qolmasin 😁
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
#bilasizmi
⚡️ESLATMA! Kollej va texnikumlarning ayrim kasb(mutaxassislik)lariga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar to‘liq davlat granti asosida ta’lim olishi mumkin
Ushbu imkoniyatdan foydalanish bo‘yicha nizom Vazirlar Mahkamasining 516-son qarori (29.09.2023-y.) bilan tasdiqlangan.
Unga ko‘ra:
🔠kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar o‘quv yilining 10-oktyabriga qadar ushbu kollej yoki texnikum direktori nomiga davlat granti asosida o‘qish uchun ariza bilan murojaat qiladilar.
🔠arizalar taalluqliligi bo‘yicha kollej va texnikumlar tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi hamda umumlashtirilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalariga taqdim etiladi.
🔠hududiy boʻlinmalar umumlashtirilgan maʼlumotlarni 15-oktyabrga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.
🔗Kasb va mutaxassisliklar roʻyxati
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
❓ Nodavlat oliygoh talabalariga ham ijara puli qoplab beriladimi?
Nodavlat oliygoh talabalariga ijara puli Davlat budjeti hisobidan qoplab berilmaydi.
✅ Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yildagi 605-sonli qarorida — davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini belgilangan mezonlar asosida Davlat budjeti hisobidan qoplab berish ko‘zda tutilgan.
Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.
Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar, Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lanadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
UXLAMA ABITURIYENT!
Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.
Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.
Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.
O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".
Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?
Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!
Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.
Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!
To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.
Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas,
Bilmaydi g'amingizni.
Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.
Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.
Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!
Abituriyentlarga yuboring! ↗️
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
C1 darajali talabalar o'quvchilarga dars berishi mumkin
◾️ Prezident qaroriga ko'ra, 2024–2026-yillarda oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Rasman: xotin-qizlar kollej, texnikumlarda grant o'qiydigan bo'ldi
📄 Bunga oid hukumat qarori bor.
Unga koʻra, kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida o'qiydigan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladi.
Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti asosida taʼlim olish uchun ariza bilan murojaat qiladi.
Davlat granti asosida taʼlim oladigan xotin-qizlarga ajratiladigan pullar maqsadli sarflanishi uchun direktorlar shaxsan javobgar bo'ladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Xorijda tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha O‘zbekiston - dunyoda 3-o‘rinda
📊 YUNESKO statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvar holatiga, xorijda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni 150,5 ming nafarni tashkil etgan.
✅ Xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni bir yil ichida qariyb 24 ming nafarga oshgan.
✅ Mintaqadagi ayrim davlatlar bo‘yicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni:
— Qozog‘iston – 78,3 ming nafar
— Ukraina – 76,8 ming nafar
— Rossiya – 63,6 ming nafar
— Turkmaniston – 60,9 ming nafar
— Ozarbayjon – 49,7 ming nafar
— Afg‘oniston – 34,3 ming nafar
— Tojikiston – 32,5 ming nafar
— Belarus R. – 27,0 ming nafar
— Qirg‘iziston R. – 17,1 ming nafar
⚡️ Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi
🖥 2024-yil 14-oktabrdan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 20-oktabr 23:59 ga qadar davom etadi.
❗️21-oktabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.
📆 Test sinovlari 2–3-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
📚 Xitoyda matematikani o’rganishda qiynalayotganlar uchun klinika ochiladi. U yerda dorilar yordamida ham «davolashadi».
Mutaxassislar talabalar, maktab o’quvchilari va kattalarga kompleks yondashuv yordamida aniq fanlarni o’zlashtirishda yordam berishadi.
Klinikada birinchi bo’lib tashxis qo’yiladi va fanni tushunish bilan bog’liq muammolarning sabablari aniqlanadi, so’ngra «davolanish» boshlanadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️ Hey!
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⏳ Time Management – vaqt boshqaruvi nima va nega kerak?
Ko'chilik insonlar vaqt sarfini to'g'ri rejalashtirmagani uchun kunini befayz va samarasiz o'tkazishadi. Unda nima qilish kerak?
✅ Bir kun davomida qiladigan ishlaringiz ro'yxatini tuzib chiqing.
✅ Favqulodda bo'lib qoladigan shoshilinch ishlarni ham yozing.
✅ Ularning ichidan eng zaruriylarini bir qatorga, ikkinchi darajalilarni bir qatorga saflang.
✅ Eng zaruriylarini o'z qilinadigan vaqtlariga nisbatan tahrirlang.
✅ So'ngra, eng oxirgi ish – ularni taxminiy vaqtlarga nisbatan joylashtirib chiqing.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Bugun xotin-qizlar grant uchun ariza topshirishining oxirgi kuni
📄 Bunga oid hukumat qarori bor.
Unga koʻra kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida o'qiydigan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladi.
Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti asosida taʼlim olish uchun ariza bilan murojaat qiladi.
Davlat granti asosida taʼlim oladigan xotin-qizlarga ajratiladigan pullar maqsadli sarflanishi uchun direktorlar shaxsan javobgar bo'ladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ 2025-2026-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
👨🏻💻 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
🔰 Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Ilk bor respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi nufuzli reyting tashkiloti - THEning Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi!
Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi.
Quvonarlisi ilk bor ushbu reytingda respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi — “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 601-800 o‘rinni, Oʻzbekiston milliy universiteti 1001-1200, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1501-o‘rinni egalladi.
Bundan tashqari 48 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 12-oktabr (shanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.
❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi
Davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida davlat granti asosida o‘qish istagini bildirgan vatandosh-yoshlardan arizalar tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Tanlovlarda ishtirok etish uchun quyidagi talablar belgilanadi:
▪️shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-momosi:
➖etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
➖O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
▪️xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;
▪️30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
▪️o‘zbek tilini bilishi lozim.
Batafsil ma’lumot va tegishli yo‘nalishlari mavjud oliygohlar ro‘yxati bu yerda:
👉https://gov.uz/oz/edu/news/view/23644
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Yil oxirigacha qaysi sanalarda chet tili imtihonlari bor?
Oktyabr
- Ro‘yxatga olish: 5-oktyabrga qadar
- To‘lov qilish: 6-oktyabrga qadar
- Test sinovlari: 19-20-oktabr kuni
Tillar: ingliz, nemis, fransuz, arab, italyan, fors, koreys
Noyabr
- Ro‘yxatga olish: 9-noyabrga qadar
- To‘lov qilish: 10-noyabrga qadar
- Test sinovlari: 23-24-noyabr kuni
Tillar: ingliz, arab, yapon, xitoy, dariy, urdu, pushtu
Dekabr
- Ro‘yxatga olish: 14-dekabrga qadar
- To‘lov qilish: 15-dekabrga qadar
- Test sinovlari: 28-29-dekabr kuni
Tillar: ingliz, nemis, fransuz, ispan, uyg‘ur, hind
Hukumat topshiriqlari va talabalarga sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
🔥 Darslarni yaxshi o'zlashtirmayapsizmi?
😇 Kayfiyatingizni ko‘taring va yaxshi o'qish uchun o‘zingizga qulay, samarali usullarni toping.
Xotirjam bo‘lish uchun 5 ta tavsiya:
1️⃣ Tayyorgarlikni yaxshi qiling. Ha, agar bilimingizga ishonsangiz, xotirjamligingiz ham o‘z-o‘zidan yuqoriroq bo‘ladi.
2️⃣ Dars tayyorlashdan tanaffus qilib turing. Bu tanaffus sizga stresslardan uzoqlashib, sevimli mashg‘ulotlaringizga ozgina bo‘lsa ham vaqt ajratishga yordam beradi. Ko‘p emas, dars qilishdan charchagan payt yarim soat sevimli kino tomosha qilish, oshxonada biror taom yoki salat tayyorlash yoki shunchaki sayr qilish mumkin.
3️⃣To‘g‘ri nafas olish. Hayajon va asabiylashish nafas olish tizimiga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun nafas olishingizga ham e’tibor bering. Sekinlik bilan nafas olish nerv tizimini tinchlantiradi. Chuqur nafas olish maqshlari ham xotirjam bo‘lishga yordam beradi.
4️⃣ Tiniqib uxlang. Yaxshi dam olish butun organizm tetik bo‘lishiga, miya faol bo‘lishiga yordam beradi. O‘z uyqu normangizni bilasizmi? Unda shu me’yorni bajaring.
5️⃣Muhimi, o‘zingizga ishoning, dangasalik qilmasdan potensialingizdan foydalaning. Siz, albatta, hammasini uddalaysiz.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Leksiyalardan foydali ma'lumotlarni olishning eng yaxshi 5 usuli
1️⃣ Ma'ruzada qatnashing va diqqatni o'qituvchiga qarating. Diqqat bilan tinglang, telefoningiz yoki boshqa narsalarga chalg'itmang.
2️⃣ O'qituvchi foydalanadigan asosiy tushuncha va kalit so'zlarga diqqat qiling, ularni yozib oling. Bu mavzuni yaxshiroq tushunishga va muhim ma'lumotlarni eslab qolishga yordam beradi.
3️⃣ Ma'ruzada qatnashing, biror narsa aniq bo'lmasa, savollar bering. Bu ma'lumotni aniqlashtirishga va mavzuni ko'proq tushunishga yordam beradi.
4️⃣ O'z bilim va tushunchangizni chuqurlashtirish uchun o'qituvchi taqdim etishi mumkin bo'lgan qo'shimcha materiallardan, masalan, taqdimotlar yoki maqolalardan foydalaning.
5️⃣ Ma'ruzadan keyin olingan bilimlarni mustahkamlash va muhim fikrlarni eslab qolish uchun materialni takrorlashni unutmang.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Til o'rganayotgan vaqtingizda yangi so'zlarni samarali yodlash uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilishingiz mumkin:
1️⃣ Kontekstda o'rganish: So'zlarni alohida emas, balki ularni kontekstda o'rganing. Kitob o'qish, maqolalar yoki filmlar orqali yangi so'zlarni yodlash foydali.
2️⃣ Flashcardlardan foydalanish: Flashcardlar yordamida so'zlarni va ularning ma'nolarini tezda yodlash mumkin. Bir tomonda so'z, boshqa tomonda esa uning tarjimasi, tasviri yoki izohi bo'lishi mumkin.
3️⃣ Maqollar va iboralar: Yangi so'zlarni o'rganishda ularni maqollar yoki iboralarda ishlatishga harakat qiling. Bu sizga so'zlarni yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi.
4️⃣ Taqsimlangan o'rganish: Har kuni bir necha yangi so'z o'rganing va ularni muntazam ravishda takrorlang. O'rganilgan so'zlarni unutmang.
5️⃣ O'zaro muloqot: Ingliz tilida suhbatlashish imkoniyatlarini qidiring. Do'stlaringiz bilan yoki onlayn platformalarda muloqot qilish yangi so'zlarni amalda ishlatishga yordam beradi.
6️⃣ O'yinlar va ilovalar: Ingliz tilini o'rganish uchun mo'ljallangan o'yinlar va mobil ilovalarni foydalaning. Bu jarayonni qiziqarli va samarali qiladi.
7️⃣ Yozma mashqlar: Yangi so'zlarni yozma mashqlarda ishlating. Kundalik yoki qisqa hikoyalar yozish orqali so'zlarni mustahkamlashingiz mumkin.
8️⃣ Vizual materiallar: So'zlarni rasm yoki diagrammalar bilan bog'lash, ularni yodlashni osonlashtiradi.
9️⃣ Sabrlilik: Yodlash jarayoni vaqt talab qiladi, shuning uchun sabrli bo'ling va muntazam ravishda harakat qiling.
❗️ Ushbu tavsiyalarni amalda qo'llash orqali yangi so'zlarni samarali yodlay olasiz!
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
📌 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Juma tongi muborak bo‘lsin.
🌤☁️ Sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga hamdlar bo‘lsin!
🍁 Asl saodat nafas olib turgan har onimizga shukr qila olishdir...
🍁 Shukr va zikrga boy kun bo‘lsin!
🍂 Kuningiz mazmunli o‘tsin!.
Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayr-u barokatlaridan Alloh barchamizni nasibador qilsin.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Telefon raqami – shaxsiy ma’lumot
Bizda shaxsiy ma’lumotlarni tarqatish odatiy holdek, ammo bu toʻgʻrimi?
Hozirgina menga Target xususiy maktabidan qoʻngʻiroq boʻldi va qayta bogʻlanishni aytishdi.
Qayta bogʻlanib, mening raqamimni qayerdan olishganini soʻradim. Operator qiz, farzandlarim bor/yoʻqligi va yoshim bilan qiziqdi. Men aytmadim va maktab huquqshunosi bilan bogʻlashni aytdim. Qoʻngʻiroq qilishar ekan
Bizda ayrim “uddabron” marketologlar bor. Telefon raqamlari bazasini sotib olishadi. Ularga ham boshqa uddabron sotadi. Eslatib qoʻyay, bu marketing emas. Bu jinoyat
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 461-moddasiga ko‘ra, shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.