3872
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar... Bizga murojaat: @TaskinKitob https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ== @TaskinBooks
Allohdan qo'rqish (taqvo) kelajak tashvishini yenggan kuni — ikki dunyo ham seninki bo'ladi!Читать полностью…
Oila faqat sevgi bilan emas!
Nima qilsang qil...
Oxirda ikki enlik marmartoshga yozilgan to‘rt qator yozuv bo‘lasan...
"Hayot falsafasi" Qodir Misiro‘g‘li
Nega kitob yig‘averasiz?
"Bu o‘lkada namozdan qochib yogaga, ro‘zadan qochib parhezga talpingan johillarni zamonaviy deyishadi..."
"Hayot falsafasi" Qodir Misiro‘g‘li
Allohning haqlaridan senga vojib bo‘lgan amallariga mahkam yopish va ularni ado etishga harakat qil. Bularning eng muhimi — yashirin shirkdan saqlanishdir.
Yashirin shirk shuki: inson ko‘rinib turgan sabablar (vositalar)ga suyanib, ularning mavjudligi bilan qalbi xotirjam bo‘lishi, ular yo‘q bo‘lsa esa qo‘rquv va xavotirga tushishidir. Har qanday insonning, ayniqsa mo‘minlarning bunday sabablar bilan bog‘lanib qolishi va shunday e’tiqodda bo‘lishi kufrga olib boruvchi so‘qmoqdir!
Qur’oni karimda yashirin shirkga shunday ishora qilingan:
Yusuf surasi 106‑oyat:
“Ularning ko‘pchiligi Allohga faqat shirk qo‘shgan holda iymon keltiradilar.”
Ya’ni Allohning borligiga iymon keltirib, ammo barcha ishlarning mutlaq bajaruvchisi sifatida Allohni yagona deb bilmagan kishilarning iymoni nuqsonlidir. Agar ular Allohning borligi va birligiga ham iymon keltirmagan bo‘lsalar edi, bu ochiq kufr bo‘lardi.
Bir hadisda Payg‘ambarimiz
Muhammad
(shunday dedilar): “Bilasizlarmi, Allohning bandalari ustidagi haqqi nima?
Allohning bandalari ustidagi haqqi — Unga hech narsani sherik qilmasdan ibodat qilishlaridir. Agar ular shunday qilsalar, bandalarning Alloh ustidagi haqqi shuki, Alloh ularni azoblamaydi.”
Hadisdagi “hech narsa” so‘zi umumiy ma’noda kelgani uchun ochiq shirkni ham, yashirin shirkni ham o‘z ichiga oladi.
Shunday qilgan kishilarning qalblari Allohdan boshqa hech narsaga bog‘lanmaydi.
Ochiq shirk — kufr va inkordir, ya’ni Islomdan chiqishdir. Buning azobi ma’lum.
Yashirin shirk esa sabab va vositalarga suyanish va ularga ishonishdir. Bunday kishilar duch keladigan azob — aynan shu sabablarning o‘ziga bog‘lanib qolishdir. Chunki sabablar yo‘q bo‘lib ketishga mahkumdir. Ular mavjud bo‘lsa ham, kamayib qolishi yoki yo‘q bo‘lib ketishidan qo‘rqib, qalblari doimo iztirob ichida bo‘ladi. Agar sabablar yo‘q bo‘lsa, ular bundan ham ko‘proq iztirob va azob chekadi. Demak, sabablar bor bo‘lsa ham, yo‘q bo‘lsa ham — har ikki holatda ham ular iztirobda yashaydilar.
Ammo Allohga hech narsani sherik qilmagan va sabab-vositaga suyanmagan kishilar esa ularning borligi yoki yo‘qligidan bezovta bo‘lmaydilar. Ular doimo huzur va ne’mat ichida bo‘ladilar. Chunki ular sabablar emas, balki Allohga tavakkal qilganlar. Alloh esa doimo mavjud bo‘lib, bandalariga kutmagan joydan ham hisobsiz rizq berishga qodirdir.
"Ularga qo‘rquv yo‘q" kitobidan.
Yahyo ibn Muoz rohimahulloh: “Ertaga (oxiratda) faqirlik va boylik tortib, o‘lchanmaydi. Balki (yo‘qchilikdagi) sabr va (ne’matdagi) shukr mezonga qo‘yiladi”.
"Iymon va huzun" _ qalblarni yuvadigan kitob!
Taraqqiyot, asosan, ayol zotining sifatiga bog‘likdir. Ayol esa o‘z milliy qadriyatlariga qay darajada sodiqligiga qarab baholanadi. Chunki naslning mag‘zi, asliyat onalar, ayollar tufayli avloddan-avlodga o‘tib boradi. Agar biz onalikni uddalay olmasak, qizlarimizga yetarli ma’naviy ilm berolmasak, zamonaning aynishi shundan boshlanadi.
📚 "Dildagi dur" kitobidan
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
But sindirmoq Hazrati Ibrohim alayhissalomdan merosdir. Faqat moddiy butlarni emas, qalbdagi butlarni (kibr, shuhratparastlik, riyo) sindirmoq asl maqomdir!
"Hayot falsafasi" Qodir Misiro‘g‘li
Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida aktiv ishtirok etmaslik, ijtimoiy faollikni tark qilish ham shu tuzumga isyonning bir koʻrinishi ekan. Bugun ham shunday holatni kuzatish mumkin. Lekin mana bu misralar salkam ming yil oldingi jamiyat haqida boʻlsa ham negadir bugungi koʻpgina insonlar kayfiyatini ham izhoridek taassurot qoldiradi:
“Ixtiyoriy kambagʻallik koʻpincha siyosiy tuzum asoslarini yemirish maqsadini koʻzlar edi. Ayrim ilk zohidlar bilib turib daromadli hunarni tark etar yoki meros olishdan voz kechar, bu bilan ommaviy xukmdorlarga xos adolatsizlik va korrupsiyaga qarshi oʻz noroziliklarini namoyish qilar edilar.”
A. Knish “Musulmon tasavvufi” kitobidan.
Qani ayt-chi, sen yigirma to‘rt soat uf tortib, ezilib oqqaning bilan bitmagan ishing bitib, darding tuzalib qoladimi? Aksincha, orqaga ketish bo‘laveradi, chunki sen Xudoni unutyapsan. Hamma narsani boshqaruvchi U ekanligini unutyapsan! O‘zi yo‘l ochmaguncha qo‘lingdan hech narsa kelmay turaveradi. Sen aqling va kuching yetgancha chora-tadbirlarni qo‘lla va faqat O‘ziga iltijo qilib, O‘zidan so‘ra!
"Dildagi dur" kitobidan
Baxt izlagan odam, ro‘zg‘orini gullataman degan inson er-xotinchilikning birinchi kunidan boshlab yeng shimarib juftini o‘nglashga, yaxshilashga yoki undan o‘rganishga va unga moslashishga tushadi. Ixlos bilan undan yaxshilik izlaydi, mehr bilan ortiqcha shoxlarini og‘ritmay kesadi, ikki ko‘zi, ikki qulog‘i, ikki qo‘li shu "bemorginasi"da bo‘ladi. Eplolmay qolsa, kibr-havoni yig‘ishtirib, eplilardan o‘rganadi. Aqli yetmay qolsa, kitoblardan o‘qiydi, aqllilarning o‘gitlariga quloq soladi. Sabri yetmay, o‘zini baxtsiz sanashga tushsa, darhol atrofga qaraydi, atrofda esa undan beshbattarlar borligini ko‘radi va shukur keltirish kerakligini anglaydi. Uvali-juvali bo‘lib, tinib-tinchib yashab borayotgan er-xotinlar bir-birlarini buyurtma berib topgan emaslar..
"Dildagi dur" kitobidan
Hayvon hayvon bo‘lib tug‘iladi. Ammo inson inson bo‘lib tug‘ilmaydi. U inson bo‘lishi uchun uni tarbiya qilishing lozim bo‘ladi...
Odob-axloqqa oid hadislar
39ming
Odobni uch yoshdan o‘rganamiz 39ming
Odamlar uning ismini hayqirib aytishlarini va atrofida parvona bo'lishlarini xohlaydigan kishi - tirik sanamdir (butdir). U ham tosh va yog'ochdan yo'nilgan sanamlarning qismatiga (ya'ni, parchalanishga) loyiqdir!
Qodir Misiro‘g‘lining "Hayot falsafasi" kitobidan.
📓 Jo Navarro: "Siz nimani o'ylasangiz, men o'shani ko'raman"
📌 Muatiif AQSh FBR xizmatining sobiq xodimi bo'lib, noverbal muloqot bo'yicha mutaxassis hisoblanadi.
💁♂ Uning bilim hamda tajribasi yordamida siz insonni soniyalarda "skaner" (rentgen) qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Insonning sezilarli bo'lmagan kichik xatti-harakatlarida-da ishoralar topa olasiz: bu yesa yolg'on hamda sirlarni fosh qilishga ko'mak beradi.
Bundan tashqari, tanangiz tili ishdagi boshliq, hamkasblar; do'stu birodar va begonalar tasavvurida nechog'lik ahamiyat kasb etishingiz uchun xizmat qilishini bilib olasiz!.
Yumshoq muqova, 320 sahifa, 49ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Asarni tugatgach yozuvchining o'limi tafsilotlariga qiziqib google tita boshladim. Sababi asardagi voqealar rivojlanishida yozuvchi aynan Bipolyar buzilishi bor insonlarda kuzatiladigan belgilarni aniq-tiniq yozadiki, xuddi ularni his qilayotgandek. Kutgan natijam: Jek London ham o'z joniga qasd qilgan.
Eng og'riqli tarafi esa Martin kasallik bilan yolg'iz o'zi qolib ketishi bo'lgan. Bunday vaqtda yaqinlar ko'magi ko'p narsani hal qilishi mumkin edi. Vaholanki ruhiy kasalliklarni ham psixiatr, psixonevrologlar yordamida da'volash orqali bemorlarni birmuncha barqaror holatga olib kelish mumkin.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
"Bu dunyodan to‘ydim" degan kimsaning aqli to‘xtagan bo‘ladi. Sog‘ odam atrofidagi odamlardan, ne’matlardan voz kechib ketolmaydi. Chala ishlarini, qarzlarini qoldirishga aqlli insonning vijdoni yo‘l qo‘ymaydi. Allohning borligiga ishongan, ya’ni iymonli kishi u dunyoligini o‘ylab ham joniga qasd qila olmaydi. Bu dunyodan to‘yish Alloh senga mukofotga bergan yorug‘ dunyoning yuziga tuflash, noshukurlik, qalban ko‘rlikdir! Demak, aqli zaiflargina o‘ziga o‘lim so‘raydi, siz o‘zingizni raso deb hisoblasangiz, bu yo‘l sizga harom bo‘lsin!
"Dildagi dur" kitobidan
Musulmonlarni munofiqlarning qo‘liga qaram qilib qo‘ygan eng muhim halokat ongsizlikdir. Bu vaziyatda hamma ovozga labbay deysan, har to‘lqinda sudralasan, har kelganga bosh egasan, razolat qarshisida sukut saqlaysan, haqsizliklarga qarshi chiqolmaysan, muammolarni hal qilolmaysan, yaxshini yomondan ajrata olmaysan. Bir xil joydan bir necha bor zarba yeyiladi, falokatlardan dars olinmaydi, axloqsiz insonlar boshqaruvni egallaydi, xalqning butun borlig‘i ular qo‘liga topshiriladi, ko‘rilgan zararlar va boshdan o‘tkazilgan xiyonatlar unutiladi.
«Alloh bir bandada ikki qo‘rquvni jamlamaydi va ikki omonlikni ham jamlamaydi.
Kim bu dunyoda Mendan qo‘rqsa, Qiyomatda uni omon qilaman. Kim bu dunyoda Mendan omonda bo‘lsa (ya’ni qo‘rqmasa), Qiyomatda uni qo‘rqitaman».
(Imom Termiziy, Imom Bayhaqiy, Imom Ibni Hibbon rivoyatlari...)
Dimog‘imiz ishdan chiqquncha toza havodan simiraylik, ko‘zimizning oxirgi nuri qolguncha aziz chehralarga, gulu rayhonlarga, poyonsiz osmonlarga joniqib termilib qolaylik! Tildan qolguncha salavotlar aytaylik, muhabbat shevasida so‘zlashaylik! Qo‘limiz bilan atrofga tuhfalar tarqatib ulguraylik, g‘amgin boshlarni silab, Allohni sevintiraylik! Yurak urib turibdimi, biz yashayapmiz, aylanay! Ilohim, aqldan ayirmasin, aqlimiz oqu qorani ajratyaptimi, demak, biz kerakmiz, hali ko‘p kerak bo‘lamiz, azizim! Xastalik bu bir sinovdir. Sinov esa insonga oliy martabalarga ko‘tarilishdan oldin beriladigan imtiyozdir, ruhingizni shunga sozlang, azizim!
"Dildagi dur" kitobidan
Badali umringiz bo‘ladi...
Duolar o‘rnini xayollar egallagan kundan buyon zarardamiz...
Dunyoda u Alloh tomonidan unga "omonat" ekanini bilgan va uni qadrlagan erkakga o‘zini topshirgan ayoldek baxtli, saodatli ayol yo‘qdir...
"Ishq imtihoni" kitobidan
Mustafo Mahmud _ "Muhabbat madrasasi"
Imzo: Xotinini boy bergan shoir.)
Zamonaviy Yevropa sivilizatsiyasi bashariyatga kuchli aqliy uyg‘onish taqdim qilgan bo‘lishi mumkin. Lekin u faqat xalqni taniydigan, Xoliqni esa tanimaydigan va bugunni o‘ylaydigan, ertani esa o‘ylamaydigan juz’iy hayotdir.
Men uni Misrdagi piramidalar yonidagi inson yuzli va hayvon jismli Abul Havlga o‘xshataman. Unga o‘xshab bu sivizatsiyaning aqli insonniki, tabiati esa hayvoniydir!
"Hayot topishmog‘i" Mustafo Mahmud
📘 Tosimasa Oota: "Eng yaxshi dada"
Zamonaviy er bo'lish mushkul ish, ota bo'lish esa yanada mushkulroq! Ushbu kitobda ishdagi karera va otalik vazifasini o'zaro uyg'unlikda olib borish jarayonida muommolarni boshdan kechirayotgan otalar uchun va oddiy va samarali maslahatlar jamlangan.
📌 Kitobni o'qib bola tarbiyasi qiziqarli o'yinga, o'ta band bo'lgan mehnatkash inson esa, dunyodagu eng mehribon otaga aylanadi.
Yumshoq muqova, 176 sahifa
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Mustafo Mahmud “Muhabbat madrasasi” kitobi qayta nashr etildi.
Ming bir sayyorani ko‘kka to‘pday irg‘itib, to‘kilmaydigan, sochilmaydigan qilib abadiy aylantirib qo‘ygan, bu dunyo xaritasini xohlaganda xohlagancha o‘zgartira oladigan, har daqiqada ming mo‘jiza ko‘rsatib, yo‘q ne’matni bor qila oladigan qodir Tangri uchun ayolni alohida narsadan yaratish qiyinmidi, nega uni aynan erkakning qobirg‘asidan bino qildi? Bunda ham buyuk bir sinoat, buyuk bir mantiq bor. Chunki bir barmog‘ingiz ketsa, o‘rni o‘pirilib turadi. Hamma harakatingizda shu barmoqni izlab qolasiz, uning qadri har soniyada bilinadi. Ya’ni BUTUN yo‘qotgan BO‘LAGINI hamisha yo‘qlaydi, unga intiladi. Bo‘lak esa o‘z oti bilan bo‘lak, u kesilgan joyiga yana payvand bo‘lgisi, o‘z tomiriga ulanib kuchga kirgisi kelaveradi. Demak, eru ayol biri biriga intilib, biri birini to‘ldirib turishi uchun ham, Alloh ularni shu tarzda ipsiz bog‘lab qo‘ygan.
"Dildagi dur" kitobidan
📝Ayollar har bir qilingan yaxshilikni ko‘paytirib qaytaradi. Tongda ishga ketayotganda, unga birgina sevishingni aytganing uchun to qaytguningcha sendan boxabar boladi. Faqat birinchi qadamni erkak tashlashini kutishadi xolos. Fahm-farosatli erkaklar birgina tashabbus bilan ayollarining hurmat va muhabbatini qozona olishadi, bunga ahamiyatsiz bolgan erkaklar esa oila binosi poydevorining mo'rtlashib qolishiga sabab bo'lishadi. Loqaydlik va gilingan zulmga ham o'n barobar qilib javob qaytarishadi. Butun boshli erkak ekaningga tupurishadi. Shuni ham unutma!
📝Muhabbat odamni tarbiyalaydi, kamolotga eltadi, xulqlarni shakllantiradi, fidokorlik ila himmat bilan siylaydi, maqsad hamda maslak bilan ta'minlaydi va hatto qurbonlikka ham shay qiladi. Men havas yoki garmonlar oyini haqida gapirmayapman, balki chin sevgi haqida gapiryapman.
Omar Xalilning "Jurʼat" kitobidan.
🔍 Bilarmidingiz? «Britannika» dunyodagi eng qadimiy zamonaviy ensiklopediyalardan biri bo‘lib, 1768 yildan beri insoniyat bilimini jamlab kelmoqda!
Endi esa, ushbu buyuk an’ana davom etmoqda — yangi kitob sizni qora tuynuklardan tortib o‘rta asr qal’alari, kelajak sirlari va Yer sayyorasining eng muhim haqiqatlarigacha sayohatga chorlaydi.
Har bir varaqqa qo‘l urganingizda, siz yangi bilim kashf etasiz. Ehtimol, sudralib yuruvchilar haqidagi bobda meni hayratga solgani kabi, sizni ham nimadir cho‘chitib yuborar...
Bu faqat oddiy ensiklopediya emas. Bu — faktlarga sodiqlik, chuqur izlanish va bizni o‘rab turgan olamni tushunishga bo‘lgan ehtiros mahsuli.
📚 O‘qing, o‘rganing va hayratlaning — «Britannika» bilan har bir sahifa sizni yangi sayohatga boshlaydi.
415 sahifa, qattiq muqova, 145ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!