3872
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar... Bizga murojaat: @TaskinKitob https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ== @TaskinBooks
ЭРИНГИЗДАГИ АЙБЛАРНИ ЖУДА ЯХШИ БИЛАСИЗМИ?
Унда битта савол бериб кўринг:
«Ўзингиздаги айбларни ҳам худди шундай аниқ биласизми?»
Имом Ғаззолий инсоннинг руҳий тарбияси ҳақида жуда муҳим бир ҳақиқатни айтади: инсон ўз нафсидаги айбларни ўзи осонликча кўра олмайди.
Чунки нафс ўзини оқлайди.
«Мен унга бақирмадим, у аввал бошлади».
«Мен совуқлашмадим, у менга меҳр бермади».
«Мен ундан хафа бўлмадим, у мени тушунмади».
«Мен талабчан эмасман, у масъулиятсиз».
«Мен назорат қилмаяпман, шунчаки оиламни ўйлаяпман».
Шу тарзда инсон жуфтининг ҳар бир хатосини кўради, аммо муносабатда ўзининг қандай ҳисса қўшаётганини кўрмай қолиши мумкин.
Ғаззолий эса ўз айбларини билишнинг йўлларидан бири сифатида бошқаларда кўрган нуқсонларидан ўзини текширишни ҳам келтиради.
Эрингизда сизга ёқмайдиган қандайдир хулқ борми?
Ўзингиздан сўранг:
«Менда ҳам шу хулқнинг бошқа кўриниши йўқми?»
Масалан:
"У мени эшитмайди", дейсиз.
Аммо сиз уни тушунишга ҳаракат қиляпсизми?
У менга меҳр кўрсатмайди, дейсиз.
Аммо сиз меҳрни фақат унинг бериши керак бўлган нарса деб қабул қилмаяпсизми?
У мени қадрламайди, дейсиз.
Аммо сиз унинг шахсий чегараларини ҳурмат қиляпсизми?
У жуда танқидчи, дейсиз.
Аммо сиз уни доим камчиликларини кўрсатиб тарбиялашга уринмаяпсизми?
Бу «ҳамма айб сизда» дегани эмас.
Аксинча, соғлом муносабатнинг энг муҳим саволларидан бири:
«Жуфтимни қандай ўзгартираман?» эмас,
«Бу муносабатда ўзим нимани ўзгартиришим керак?» деган саволдир.
Чунки инсон ўз айбини кўрмаган жойда на ислоҳ, на ҳақиқий яқинлик бошланади.
Шунинг учун «Руҳий ҳаловат - бахтли оиланинг калити» семинаримизнинг асосий мақсадларидан бири — эрни ёки хотинни айблашни ўргатиш эмас.
Балки инсонга:
✔️ўзини,
✔️жуфтини,
✔️муносабатдаги ўз ўрнини,
✔️чегараларини,
✔️эҳтиёжларини,
✔️масъулиятини
психотерапевтик жиҳатдан тўғри англашни ўргатиш.
Чунки баъзан оилада битта одамни ўзгартиришга ҳаракат қилиб йиллар ўтказилади.
Ҳолбуки, муносабатни ўзгартириш учун аввал инсон ўзини кўра олиши керак.
«Руҳий ҳаловат - бахтли оила калити» — эр-хотин бир-бирини айблашдан кўра, бир-бирини тушунишни ўрганадиган семинардир.
Агар сиз ҳам оиладаги бир хил муаммолар қайта-қайта такрорланаётганини сезаётган бўлсангиз, эҳтимол, муаммони фақат жуфтингиздан излаш вақти ўтгандир.
Балки ўзингизга бошқача назар билан қараш вақти келгандир.
Сиз билан 30 август, соат 10.00 да офлайн семинарда кўришамиз.
Seminarmiz Toshkent shahrida 30-avgust kuni soat 10:00 da Edu master binosida bo'lib o'tadi.
Seminarga yozish uchun adminga yozing👇
Adminga yozish👉🏻@DrGavharDarvish_admin
📱Instagram | 📺Dr.GavharDarvish">YouTube | 🕊Telegram | 🤖 TelegramBot
Asl isloh — insonning o‘zidan boshlanib, atrofiga tarqaladigan va vaqt o‘tishi bilan ijtimoiy yuksalishga aylanadigan shuurli bir yo‘ldir...Читать полностью…
Xato qilishdan qo‘rqqan kishi hamma narsadan mukammallikni kutaveradi.
Hayotning tez o‘tishidan qo‘rqqan kishi nazoratchi bo‘ladi.
Yolg‘izlikdan qo‘rqqan kishi haddan ziyod serulfat bo‘ladi.
Omadsizlikka uchrashdan qo‘rqqan kimsa har narsadan o‘zini olib qochadi.
Tanqid qilishlaridan qo‘rqqan kishi hujumchi bo‘ladi.
Sevilmaslikdan qo‘rqqan kishi hamma narsadan mahrum qoladi.
"Zehn tuzoqlari" kitobidan.
Sizni muvaffaqiyatdan ajratib turgan yagona narsa — bu hali qilishga jur'at etmagan og'ir va yoqimsiz mehnatingizdir...
Tez kunda...Читать полностью…
Эълон!
Кунлар сал меерлашди, суҳбатимиз яна давом этади!
Душанбадан жумагача соат 21:00 да сиз билан яна бир муҳим мавзу ҳақида суҳбатлашамиз.
Бу сафар биз «Тафаккур» китоби орқали инсоннинг фикрлаши, англаши ва дунёқараши ҳақида мулоҳаза қиламиз.
Ҳар бир суҳбат — янги савол.
Ҳар бир савол — янги фикр.
Ҳар бир фикр — ўзингизни чуқурроқ англаш имконияти.
Сиз ҳам бизга қўшилинг.
Суҳбатимиз яна давом этади…
📍 Жонли учрашув — Instagram саҳифамизда
https://www.instagram.com/dr_gavhardarvish
Assalomu alaykum! Qadrdonlar shu manzildamiz. 2+1 aksiyamiz davom etmoqda, keling istalgan 2ta kitobni xarid qiling, uchinchisini hadya qilamiz.
Читать полностью…
🇹🇷 ONLAYN TURK TILI KURSI
🔝Tez va oson oʻrganishni xohlaganlar uchun juda mos kurs😉
📅 Noyabr oyidagi imtihonga 0dan tayyorlanib topshirmoqchimisiz?
👩🏫 C1 darajali ustozaning oʻz tajribalaridan kelib chiqib tayyorlagan darslari asosida oʻrganing.
🎯0 dan B2 — C1 darajagacha tayyorlov
📚 Darslarda:
-har bir grammatik mavzu uchun alohida video qoʻllanma + fayl varianti
- har bir dars lugʻati boʻyicha quiz test
- ustoza tarafidan tayyorlangan lugʻat kitobi taqdim etiladi.
🧑🎓 Magistratura uchun tayyorlanayotganlar, abituriyentlar va turk tiliga qiziquvchilar uchun ajoyib imkoniyat!
💲 Kurs narxi 200ming.
😊Dars kunlari:
Seshanba
Payshanba
Shanba
Soat 21:00da boʻlib oʻtadi. (1,5 soat)
❗️ Faqat ayol-qizlar uchun.
📍 Joylar cheklangan! Hoziroq yoziling.
🫂Kursga yozilish uchun:
@Akademis_admin
💬A2, B1, B2 darajadagi kurslarımız ham mavjud.
Bizning kanalimiz ⬇️
/channel/turkceakademi
/channel/turkceakademi
/channel/turkceakademi
🤥 Yolg'onning isini hidlab bilish mumkinmi?
Pinokkioning yolg'on gapirganda burni o'sib ketishi haqidagi mashhur ertakni hammamiz eshitganmiz. Ammo "Tana tili haqida mukammal kitob" asari mualliflari bu shunchaki bolalar uydirmasi emas, balki rostdakam tibbiy haqiqat ekanligini isbotlaydi.
🎠 Ilm-fanda buni "Pinokkio effekti" deb atashadi. Inson ongli ravishda yolg'on gapirganida, tanadagi qon bosimi keskin oshib, burun to'qimalariga maxsus kimyoviy moddalar ajralib chiqadi. Natijada burun uchida asabni egovlovchi, sezilar-sezilmas qichishish uyg'onadi. Miya qanchalik professional va ishonchli yolg'on to'qimasin, qo'llar baribir unga bo'ysunmaydi — ular beixtiyor burunni qashishga yoki yuzga yengil teginishga majbur.
🤔 Chiroyli gapirib, ko'zingizga qarab turgan suhbatdoshingiz to'satdan burniga tez-tez qo'l olib bora boshlasami, demak, u nimadirni yashiryapti.
Sotuvda 75ming
📦 Buyurtma berish: @TaskinKitob
📞 +998935231233
📍 Manzil: Yunusobod, Shahriston metro, Chinobod ko‘chasi 2-uy
🌿 @TaskinKitoblar
📦 Buyurtma berish: @TaskinKitob
📞 +998935231233
📍 Manzil: Yunusobod, Shahriston metro, Chinobod ko‘chasi 2-uy
🌿 @TaskinKitoblar | Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar
Hozirgi lahza islomning tasavvufiy yo'nalishi ta'limotida ham markaziy o'rin egallaydi. So'fiylar shunday hikmat aytishadi: "So'fiy hozirgi vaqtning farzandidir." Tasavvufning buyuk shoiri va ustozi Jaloliddin Rumiy esa bunday degan: "O'tmish va kelajak Allohni bizdan to'sadi; ularning ikkalasini ham olovda yondirib tashlang". O'n uchinchi asrning ma'naviy ustozi Mayster Ekxart buni go'zal tarzda umumlashtirgan: "Vaqt nurning bizga yetib kelishiga to'sqinlik qiladi. Allohga yetishishda vaqtdan kattaroq to'siq yo'q".
📚 "Hozirning kuchi" kitobidan
📦 Buyurtma berish: @TaskinKitob
📞 +998935231233
📍 Manzil: Yunusobod, Shahriston metro, Chinobod ko‘chasi 2-uy
@TaskinKitoblar | Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar
🕰 Nega ko‘pchilik hayot har qachongidan ham osonroq bo‘lsada charchagan?
30-yil avval… Inson ko‘proq mehnat qilar, og‘irroq sharoitlarga chidar edi. Shunga qaramay, ko‘pchilik bugungidan ko‘ra xotirjam va ruhan barqarorroq edi.
Hozir esa deyarli hamma narsa tez va oson bo‘lib qoldi:
ovqat birgina tugmani bosish bilan keladi,
aloqa, muloqot bir zumda amalga oshadi,
ma’lumot esa bir necha soniyalarda topiladi…
Ammo buning evaziga xavotir, stress va ruhiy charchoq darajasi misli ko‘rilmagan darajada oshdi.
Xo‘sh, nima o‘zgardi?
Doktor Abdulkarim Bakar kitobda ushbu muammolarga go‘zal yechimlar bergan. Marhamat "Yashil ufq" ni kashf eting!
📦 Buyurtma berish: @TaskinKitob
📞 +998935231233
📍 Manzil: Yunusobod, Shahriston metro, Chinobod ko‘chasi 2-uy
@TaskinKitoblar | Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar
👁 Insonlar gapirmasdan turib ham juda ko‘p narsani aytib berishadi!
Sobiq FTB (FBI) agenti Jo Navarroning yillik tajribasi asosida yozilgan ushbu kitob noverbal vositalar (tana tili, mimika, imo-ishoralar) sirini ochib beradi. Yon-atrofingizdagilarning haqiqiy niyatlarini anglash, muloqotda ustunlikka erishish va odamlarni to‘g‘ri tushunishni xohlasangiz, bu kitob aynan siz uchun!
Bilimga qo‘l uzatsangiz, albatta yetasiz!
📦 Buyurtma berish: @TaskinKitob
📞 +998935231233
📍 Manzil: Yunusobod, Shahriston metro, Chinobod ko‘chasi 2-uy
@TaskinKitoblar | Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar
Zehn tuzoqlari o‘zi qanday bo‘ladi? deganlarga javoban:
Agar farqlash qobiliyatingizni yo‘qotsangiz, o‘zingizni erkindek his qilishingiz mumkin, ayniqsa, hozirgi holatingizdan boshqa bir hol bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilolmasangiz...
Farq anglashdan boshlanadi.
Lekin har bir anglash —
anglayotgan odamning
bir narsani ko‘rib, uni tanishidir,
bu esa uni o‘sha narsadan ichki jihatdan ajratib, o‘zini undan “ozod qilish”idir.
"Zehn tuzoqlari" _ siz erkka munosibsiz!
Hammamiz yolg‘ondan nafratlanamiz va yolg‘on so‘ylaymiz... (Hech bo‘lmaganda o‘zimizni aldaymiz...)Читать полностью…
✍Odamlar uning ismini hayqirib aytishlarini va atrofida parvona bo'lishlarini xohlaydigan kishi - tirik sanamdir (butdir). U ham tosh va yog'ochdan yo'nilgan sanamlarning qismatiga (ya'ni, parchalanishga) loyiqdir!
✍But sindirmoq Hazrati Ibrohim alayhissalomdan merosdir. Faqat moddiy butlarni emas, qalbdagi butlarni (kibr, shuhratparastlik, riyo) sindirmoq asl maqomdir!
✍"Bu o‘lkada namozdan qochib yogaga, ro‘zadan qochib parhezga talpingan johillarni zamonaviy deyishadi..."
✍Nima qilsang qil...
Oxirda ikki enlik marmartoshga yozilgan to‘rt qator yozuv bo‘lasan...
Qodir Misiro‘g‘lining "Hayot falsafasi" kitobidan
Eng xavfli inson turi: Oz anglaydigan, ko‘p ishonadigan.Читать полностью…
Ulg‘ayish, umrda oldinga yurishning eng go‘zal jihati shundaki, vaqt o‘tishi bilan bir paytlar sening butun kuch-quvvating va his-tuyg‘ularingni barbod qilgan ko‘plab narsalarni qanchalik arzimas va mayda bo‘lganini anglab yetasan...
📦 Buyurtma berish: @TaskinKitob
📞 +998935231233
📍 Manzil: Yunusobod, Shahriston metro, Chinobod ko‘chasi 2-uy
🌿 @TaskinKitoblar | Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar
«Buyuklik — bu tug‘ma iqtidor emas, balki har kuni qilinadigan intizomli tanlovlar yig‘indisidir.»
«Qullikdan qutulish baxti insonga umrida bir marta nasib etadi, o‘shanda ham barchaga emas».
"Sariq ajdar hamlasi" kitobidan.Читать полностью…
«Yodingda bo‘lsin: qochoq tog‘-u toshlarda tanho-yolg‘iz yurgandan ko‘ra odamlarga aralashib yurgani xavfsizroq».
"Sariq ajdar hamlasi" kitobidan.Читать полностью…
https://www.instagram.com/dr_gavhardarvish/live/18276947185293857?igsh=ZHFvd2duNWhnMjIw
Читать полностью…
Kishi uzoq yillarini ta’siri cheklangan ishlarga sarflab yuborishi mumkin, vaholanki, u ustuvorliklarni to‘g‘ri tartibga solganida, o‘z harakatini foydasi buyukroq, ta’siri boqiyroq va qiymati teranroq bo‘lgan amallarga yo‘naltirgan bo‘lar edi.
Shu bois, ba’zi ilm ahli ustuvorliklarni tartibga solishdagi nuqsonni o‘z mablag‘ini kam foyda keltiradigan loyihaga tikib, oldinda turgan ancha foydali va serdaromad imkoniyatlarni boy bergan kimsaga o‘xshatishgan. Vaholanki, uning oldida ancha sermahsul va manfaatli imkoniyatlar turgan bo‘ladi.
Abdulkarim Bakkar
«Qonni qon bilan yuvib bo‘lmaydi... Kimda-kim faqat qilichga tayanib ish tutsa, u aqlli emas! Tangri bizning qo‘limizga qilichni muhim, zarur yumushlar uchun tutqazgan!»
"Sariq ajdar hamlasi" kitobidan.Читать полностью…
Bugungi kunda biz – arablar va musulmonlar – barcha zamonaviy fanlarda, xoh tabiiy fanlar bo‘lsin, xoh ijtimoiy fanlar o‘zga xalqlarga qaram bo‘lib qolganimiz achinarli haqiqatdir. Ular yaratmoqda, biz esa faqat qabul qilmoqdamiz. Buning sababi dinimizda ham, qadriyatlarimizda ham emas. Bugun dinni uning hozirgi ahvoli orqali baholayotgan ayrim kishilar shunday o‘ylashlari mumkin. Holbuki, agar ular tarixga nazar tashlasalar, bir vaqtlar biz butun dunyo sivilizatsiyasiga yetakchilik qilganimizni ko‘radilar.
📦 Buyurtma berish: @TaskinKitob
📞 +998935231233
📍 Manzil: Yunusobod, Shahriston metro, Chinobod ko‘chasi 2-uy
@TaskinKitoblar | Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar
Oddiy ongsizlik har doim qandaydir tarzda hozirgi lahzani inkor etish bilan bog'liq. "Hozir" tushunchasi, albatta, "shu yer"ni ham o'z ichiga oladi. Siz hozirgi paytda va shu joyda bo'lishga qarshilik ko'rsatyapsizmi? Ba'zi odamlar doimo boshqa joyda bo'lishni ma'qul ko'rishadi. Ularning nazarida "bu yer" hech qachon yetarlicha yaxshi bo'lmaydi. O'zingizni kuzatish orqali hayotingizda shunday holat mavjudligini aniqlang. Qayerda bo'lmang, butun vujudingiz bilan o'sha yerda bo'ling.
📚 "Hozirning kuchi" kitobidan
Yaqinlar shunday dedilar:
«Yusufni o‘ldiring».
Begona esa dedi:
«Uni izzat-ikrom bilan asrang».
Chunki muhabbat — rizqdir,
sen esa rizqing qaysi qalbga yozilganini bilmaysan.
Bu — Yusuf alayhissalomning qissasiga ishora bo‘lib: Uning aka-ukalari — eng yaqinlari — hasad sabab unga zulm qilishni istashdi.
Ammo Misrdagi begona inson (Aziz) uni himoya qildi, qadrladi.
Yaqinlik har doim mehr kafolati emas.
Ba’zan insonni eng ko‘p ranjitadiganlar — aynan unga yaqin bo‘lganlar bo‘ladi.
Begona degani bemehr degani emas.
Alloh kimning qalbiga rahmat solishini O‘zi biladi.
Muhabbat ham xuddi rizq kabi taqsimlanadi.
Mol-dunyo kabi, mehr ham Alloh tomonidan berilgan nasibadir. Zero, inson o‘z rizqini qayerdan kelishini oldindan bilmaydi.
Shuning uchun har bir qalbni Allohga topshirib, Uning taqdiriga taslim bo‘lib, rozi bo‘lmoq kerak.
Kim seni qadrlasa — yaqinmi yo begonami shu inson Allohning senga bergan ne’matidir.
📦 Buyurtma: @TaskinKitob
📞 +998935231233
📍 Manzil: Yunusobod, Chinobod 2
@TaskinKitoblar
Bizning muammomiz fikrlarning ozligi emas. Fikrlar ko‘p va ko‘pi to‘g‘ri, ajoyib fikrlar. Bizning asl muammomiz - mana shu fikrlarning tatbiqi uchun yo‘l topilmasligidir. Tatbiq qilinmayotgan fikr esa manfaat keltirish o‘rniga egasiga yuk bo‘lib qolaveradi.
Abdulkarim Bakkarning "Yashil ufq" kitobidan
Birovlarni keragidan ortiq o‘rganishga qiziqmang. Yaxshisi doimo sizning ko‘zingizga ko‘ringan yaxshiliklari bilan cheklaning. Yashirin tomonlarini bandalarni Robbisiga qoldira qoling.
Agar odamlar bir-birlariga nisbatan qalblaridagi narsalarni bilganlarida edi, o‘zaro qilich ushlagan holda ko‘rishishardi.
📦 Buyurtma berish: @TaskinKitob
📞 +998935231233
📍 Manzil: Yunusobod, Shahriston metro, Chinobod ko‘chasi 2-uy
@TaskinKitoblar | Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar
"Inson tanqidiy fikrlash bilan haqiqatni topadi" degan fikrni ba’zan tushunmaymiz.
Tanqidiy fikrlash hamma narsani tanqid qilish, "agar unday bo‘lmasachi?" deb shubha qilish va ochiq-oydin isbotlangan narsalarga shak qilish bilan bo‘lmaydi.
Tanqidiy fikrlash ma’lumotlarni mantiq qoidalari va voqe’lik mezonida o‘lchab ko‘rish bilan bo‘ladi.
Kishi avval o‘zining tanqidiy fikrini tanqidiy fikrlab ko‘rishi kerak. "Men o‘rinli tanqid qilyapmanmi? Tanqidim mantiq qoidalariga mos tushadimi? Tanqidim voqe’likka aloqadormi?"
Tanqidiy fikrlash degan birovni tanqid qilish degani emas, tanqidiy FIKRLASH deganidir.
📦 Buyurtma berish: @TaskinKitob
📞 +998935231233
📍 Manzil: Yunusobod, Shahriston metro, Chinobod ko‘chasi 2-uy
@TaskinKitoblar | Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar
📚 Har bir ziyoli xonadonida bo‘lishi kerak!
🇺🇿 "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" – 5 jildlik noyob to‘plam.
✅ 80 000 dan ortiq so‘z va ibora
✅ To‘g‘ri yozish va nutqni boyitish uchun eng ishonchli manba
✅ O‘qituvchi, talaba, jurnalist, tarjimon va kitobsevarlar uchun bebaho qo‘llanma
💰 Narxi: atigi 600 000 so‘m
📦 Soni cheklangan! Hoziroq buyurtma bering va kutubxonangizni eng muhim lug‘at bilan boyiting. 🇺🇿📖
+998979510756