2306
Biz farzandingizga eng kerakli bilimlarni berish orqali mustaqil hayotga tayyorlaymiz. Savollar va takliflar uchun @YuksalishMaktabi_Bot ga murojaat qiling.
“Yuksalish” ixtirochilari, tayyormisiz?
⌛ Yuksalish maktablari o‘rtasida 29-yanvar sanasida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi “Yuksalish ixtirolari” ko‘rik-tanloviga Yuksalish Gimnaziyasi mezbonlik qiladi.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha har bir filialdan 2 ta jamoa ishtirok etishi mumkin:
– 3D Max
– SMM
– Dasturlash va Sun’iy intellekt (AI)
– Aqlli qurilmalar
– Robototexnika:
• Robofutbol
• Robosumo
• Xakaton
• Line track robot
– Aerodinamika
– Kompyuterni sochib-yig‘ish.
🥳 Musobaqada g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni qimmatbaho sovg‘alar va mukofotlar kutmoqda. Har bir o‘quvchimizga omad tilaymiz!
📍 Tanlov o‘tkaziladigan manzil: Yuksalish Gimnaziyasi (Manzil)
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalish_maktablari?si=CH32LI5CETfTr9eX">YouTube 📍 Manzil
📖 Kitobxonlik darslari davom etmoqda!
7-“Naqshbandiy” sinfi o‘quvchilari kitobxonlik darsida Pirimqul Qodirovning mashhur “Yulduzli tunlar” asari yuzasidan muhokama olib bordilar.
O‘quvchilar FSMU texnologiyasi yordamida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, qahramonlarning ichki kechinmalari va asarning asosiy g‘oyalarini chuqur tahlil qilishdi.
Kitobxonlikka bo‘lgan qiziqish – bilimga ochilgan yo‘ldir!
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalish_maktablari?si=CH32LI5CETfTr9eX">YouTube 📍 Manzil
🔝 Ezgulik sari
🔔 Bugun 6-“Termiziy” sinfi o‘quvchilari bilan birgalikda ehsonga bordik. Har birimiz uchun bu kun mehr-muruvvat, hamdardlik va ezgulikning haqiqiy namunasiga aylandi.
✅ O‘quvchilar nafaqat yordam berish, balki har bir inson qalbini quvonchga to‘ldirishning qanchalik muhimligini his qilishdi. Ularning beg‘ubor qalbi va saxovatli qo‘llari ko‘pchilikning yuziga tabassum olib keldi.
😊 Ezgu ishlar hech qachon kichik emas. Har birimiz imkonimiz darajasida boshqalarga yordam bera olishimiz kerak. Bugungi ezgulik darsi bizning qalblarimizda yana bir yorqin iz qoldirdi.
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalish_maktablari?si=CH32LI5CETfTr9eX">YouTube | 📍 Manzil
📢 Diqqat, qadrli buxoroliklar!
Yuksalish maktablari asoschisi, ta’lim sohasidagi yetakchi va ilhomlantiruvchi shaxs – Muhammadali Eshonqulov bilan yuzma-yuz uchrashuvda qatnashing!
Bu uchrashuvda siz:
✅ Muhammadali Eshonqulovning ta’limga oid qarashlari va muvaffaqiyat sirlari bilan tanishasiz.
✅ Yuksalish maktablari farzandingiz kelajagi uchun qanday imkoniyatlar taqdim etishini bilib olasiz.
✅ O‘z savollaringizni bevosita yo‘llashingiz mumkin.
📅 9-yanvar 10:00
Gʻijduvon Yuksalish maktabi binosi
⚡ O‘rinlar soni cheklangan!
Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting va farzandingiz uchun eng yaxshi imkoniyatlarni kashf qiling.
📞 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
+998914145995
@yuksalish_maktabi_gijduvon
📱 Telegram 📱 Instagram
Dunyodagi eng qadimiy kompyuter Antikiter mexanizmi
• 1901-yilda Gretsiya yaqinidagi Antikiter orolidan topilgan bu mexanizm dunyodagi eng qadimiy “kompyuter” hisoblanadi. U miloddan avvalgi 150-100-yillarda yaratilgan.
• Ushbu qurilma qattiq metallar yordamida yasalgan bo‘lib, sayyoralar va Quyosh harakatini bashorat qilish uchun ishlatilgan.
• U murakkab tishli mexanizmlar tizimiga ega bo‘lib, Quyosh va Oyning tutilishlarini ham oldindan hisoblab bergan.
Qiziq fakt:
Antikiter mexanizmini zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘rgangan olimlar uning murakkabligini hisobga olib, u davrda bunday qurilmani yaratish uchun texnologiya qanday rivojlanganini hali ham tushunib yetishmagan! Ba’zilar bu qurilmani o‘z davrining “aqlli soati” deb atashadi.
Bu haqda batafsil ma’lumotlarni ishonchli manbalardan ham o‘qishingiz mumkin, masalan:
1. National Geographic maqolalari.
2. Britannica ensiklopediyasi.
Yuksalish maktabi o‘quvchilarida ajoyib imkoniyat: Qatarga sayohat!
Nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan UNI-Tour Qatar loyihasida ishtirok eting.
⚡️ 18–25-yanvar kunlari Qatarning Doha shahriga uyushtiriladigan taʼlim sayohatiga Yuksalish maktabi o‘quvchilarini ham chorlab qolamiz. Nufuzli universitetlarga tashrif va shahar bo‘ylab unutilmas sayohat aynan siz uchun.
✈️ Aviabilet
🏨 VIP HOTEL DOHA
🥪 Nonushta
🌆 Doha shahri bo’ylab sayohat
🏫 Educational City Tour - Top universitetlarga ekskursiya
🏛 Qatar muzeyiga sayohat
🏖 Sohilda dam olish (ixtiyoriy)
🚢 Dengiz sayohati vaa bularning barchasi uchun $780 to‘lov.
Ushbu sayohatni tashkil etishdan asosiy maqsad: o‘zbek yoshlarini nufuzli oliygohlar bilan tanishtirish va grantlar yutib olish imkoniyatlarini kengaytirish.
❗️ Joylar soni cheklangan. Hoziroq qaror qabul qiling va Doha (Qatar)ga sayohat qiling. Murojaat uchun:
@Ulugbek_Madaminov
+998901240155
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalish_maktablari?si=CH32LI5CETfTr9eX">YouTube 📍 Manzil
😉 Oxirgisini sizga qoldirdik..
Yuksalish maktabi matematika fani o‘qituvchisi Hasan Abdumo‘minovdan istalgan sonni 5️⃣ ga ko‘paytirishning oson usulini bilib oling.
So‘nggi misolning javobini izohlarda yozish orqali bilimingiz yanada mustahkamlanadi.
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalish_maktablari?si=CH32LI5CETfTr9eX">YouTube 📍 Manzil
🔔 Bugundan boshlab maktabimizda 3-chorak boshlandi!
🔔 Bu yangi bilimlarni egallash, kuch-g‘ayrat bilan darslarni davom ettirish va o‘z maqsadlaringiz sari dadil intilish davri.
🔔 Endi esa oldinda bizni qiziqarli darslar, ajoyib yutuqlar va unutilmas lahzalar kutmoqda.
🔔Chorak boshlanishi barchangizga muborak bo‘lsin!
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞+998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalish_maktablari?si=CH32LI5CETfTr9eX">YouTube | 📍 Manzil
🌏 Maqsadim – ekologiyamizni maksimal toza saqlab qolish!
Navoiy Yuksalish maktabi o‘quvchisi Temirova Zulfiyabonu ekologiyamiz uchun foydali loyihasi bilan tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etdi.
Ustozlarimiz tomonidan yuqori baholangan innovatsion loyiha bilan siz ham tanishishingiz mumkin.
Mashinalar chiqaradigan zaharli gazlarni o‘zida ushlab qoluvchi moslama ixtirochisi va o‘sha zararli moddalarni qishloq xoʻjaligida o‘g‘it sifatida ishlatish g‘oyasi muallifi endigina 8-sinf o‘quvchisi.
🌏 @Yuksalish_Researchers – yaxshiroq dunyo uchun!
📱 Instagram | 📸 yuksalish_researchers?si=YWL5-XgKTxdV29mX">YouTube
Global muammoga yechim sifatida
Navoiy Yuksalish maktabi o‘quvchisi Baxtiyorova Dilnura Orol dengizi fojiasiga o‘z yechimi bilan tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etdi.
Ushbu global muammoning kelib chiqish sabablari bilan bir qatorda, unga ajoyib yechim taqdim etgan o‘quvchimizning loyihasi bilan batafsil tanishish imkoniga egasiz.
Bu kabi loyihalarimiz yosh avlodning iqtidor va imkoniyatlarini ochishga qaratilgan va sizning qo‘llab-quvvatlovingiz bizni yanada ruhlantiradi.
🌏 @Yuksalish_Researchers – yaxshiroq dunyo uchun!
📱 Instagram | 📸 yuksalish_researchers?si=YWL5-XgKTxdV29mX">YouTube
🔔🔔🔔🔔
Yuksalish maktabi uchun ovoz berishga ulgurib qoling!
Hurmatli ota-onalar, o‘quvchilar va aziz do‘stlar! Bugun – “Yilning eng yaxshi xususiy maktabi” uchun ovoz berishning so‘nggi kuni. Shunday ekan, eng yaxshi maktabingiz uchun ovoz bering.
✔️ Ovoz berish uchun havola:
/channel/EDUStatbot?start=poll_8_1166
🗓 Ovoz berish muddati: 5-yanvar 23:59
Bizga bergan ishonchingiz qo‘llab-quvvatlovingiz bilan yangi marralarni birgalikda zabt etamiz!
😊 Yaqinlaringizga ham bu haqida xabar berib qo‘ying. “Yilning eng yaxshi xususiy maktabi”ni tanlashda adashmasinlar.
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalish_maktablari?si=CH32LI5CETfTr9eX">YouTube 📍 Manzil
Yaxshisi, o‘zingiz baho bering
Yuksalish maktablari o‘rtasidagi tabiiy fanlar olimpiadasida Innovatsion texnologiyalar yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘ringa loyiq ko‘rilgan Andijon Yuksalish maktabi o‘quvchisi Ashuraliyev Abdulhaqning loyihasi sizni ham hayron qoldirsa, ajab emas.
Tasavvurimizda gavdalantirishimiz qiyin bo‘lgan nazariy bilimlarni shundoq ko‘z oldimizda namoyon qiluvchi gologramma taʼlimdagi haqiqiy innovatsion loyiha bo‘la oladi, albatta.
Ixtiro qilib bo‘lingan gologrammaga kreativ yondashish orqali taʼlim sifatini bir necha barobarga ko‘tarish mumkin.
🌏 @Yuksalish_Researchers – yaxshiroq dunyo uchun!
📱 Instagram | 📸 yuksalish_researchers?si=YWL5-XgKTxdV29mX">YouTube
Biz sizlarni kutmoqdamiz!
⚡️ 2024–2025-o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlagan:
– G‘ijduvon Yuksalish maktabi
– Jizzax Yuksalish maktabi
– Navoiy Yuksalish maktabi
– Baxmal Yuksalish maktabi
– Kattaqo‘rg‘on Yuksalish maktabi
– Yuksalish Gimnaziyasida qabul jarayonlari davom etmoqda!
👍👍👍👍👍👍 – ilm maskani, farzandlarimizning kelajagini mustahkamlaydigan dargoh. Bugungi kun talabi va xalqimizning ishonchini oqlash, Prezidentimiz ko‘zlagan ezgu maqsadlar yo‘lida xizmat qilish – bu bizning eng oliy vazifamiz.
Biz farzandlarimizni raqobatbardosh, dunyoqarashi keng, vatanparvar yoshlar sifatida yetishtirishga intilamiz.
❗️ Farzandingizning yorqin kelajagi uchun bugun to‘g‘ri tanlovni amalga oshiring. Bizga hoziroq murojaat qiling.
Murojaat uchun:
1. G‘ijduvon: +998914145995
2. Navoiy: +998884714040
3. Jizzax: +998953260600
4. Baxmal: +998974365551
5. Kattaqo‘rg‘on: +998904623536
6. Yuksalish Gimnaziyasi: +998952250600
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalish_maktablari?si=CH32LI5CETfTr9eX">YouTube
🛰 Yer yuzini elektr toki bilan ta’minlashga qaratilgan innovatsion loyiha!
Andijon Yuksalish maktabi o‘quvchilari To‘xtasinov Nodirbek va Zohidjonova Mubinaxon KES, ya’ni kosmik elektr stansiyalari barpo etish loyihasi bilan tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etdilar.
Biz foydalanadigan Quyosh, suv, shamol elektr stansiyalaridan farqli ravishda, o‘quvchilar taqdim etgan energiya manbayi kosmosda quriladi.
Yer sayyorasida tugayotgan foydali resurslar o‘rnini to‘ldiruvchi ushbu loyiha ustozlarimiz tomonidan ham muhokamalarga sabab bo‘ldi. O‘quvchilarimizning javoblari esa bu ish ustida anchagina mehnat qilganliklaridan dalolat beradi, albatta.
🌏 @Yuksalish_Researchers – yaxshiroq dunyo uchun!
📱 Instagram | 📸 yuksalish_researchers?si=YWL5-XgKTxdV29mX">YouTube
2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣ YUKSALISH maktablari uchun qanday yakunlamoqda?
Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Chirchiq, Baxmal, Andijon Yuksalish maktablari safiga Namangan, Olmaliq, Navoiy, Yakkabog‘, G‘ijduvon, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on va Yuksalish Gimnaziyasi qo‘shildi...
😊 Biz bilan bir jamoada bo‘lgan barchaga: Yuksalish maktablari o‘qituvchilari, o‘quvchilari va ota-onalariga minnatdorlik bildirib qolamiz.
2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣-yil barchamiz uchun barakali va omadli kelishiga tilakdoshmiz. Ushbu yilda har bir orzu-maqsadingiz ro‘yobini ko‘rish nasib etsin.
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI —
taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998952250600
🔔 @Yuksalish_gymnasium
📱 |Telegram| 📱 |Instagram|
👍👍👍👍👍👍
Hancom akademiyasi Smart sinflarida IT fanidan test imtihoni bo‘lib o‘tmoqda. O‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, o‘zlashtirish darajasini baholashmoqda. Imtihon jarayoni adolatli va professional tarzda tashkil etilgan.
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalish_maktablari?si=CH32LI5CETfTr9eX">YouTube | 📍 Manzil
📍 Uchrashuvimiz manzillari
Yuksalish maktablari o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashish maqsadida maktablarimiz bo‘yicha safarimizni boshladik.
– 9-yanvar 10:00 da G‘ijduvon Yuksalish maktabi (Manzil)
– 9-yanvar 14:00 da Navoiy Yuksalish maktabi (Manzil)
– 10-yanvar 10:00 da Kattaqo‘rg‘on Yuksalish maktabi (Manzil)
– 11-yanvar 09:00 da Baxmal Yuksalish maktabi (Manzil)
– 12-yanvar 09:00da Jizzax Yuksalish maktabida (Manzil) aziz mehmonlarimizni kutib qolamiz.
@Muhammadali_Eshonqulov
@yuksalish_maktablari o’z tizimi, va mualliflik huquqidagi darsliklari bilan ilk bora xususiy maktablar ila hamkorlikni boshladi.
Bu maktab: @Qorakolschoolofficial bo’ldi.
@Muhammadali_Eshonqulov
Ilmga chanqoq yoshlar hamda ularning ota-onalari uchun maxsus uchrashuv!
⚡️ Yuksalish maktablari asoschisi Muhammadali Eshonqulov ustozimiz 9-yanvar, payshanba kuni soat 14:00 da Navoiy Yuksalish maktabiga tashrif buyuradilar.
📣O‘z bilim darajasi va dunyoqarashini kengaytirishni xohlovchi viloyatimizdagi barcha ota-onalarni uchrashuvga taklif qilib qolamiz.
📍 Manzil: "Shirin" madaniyat saroyi
🗺 Markaz joylashuvi
🔥 YUKSALISH MAKTABLARI – taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞+998884714040
🧑💻@Navoiy_yuksalish_admin
📱Telegram | 📱 Instagram
2️⃣😕2️⃣🟰5️⃣
Ko‘pchilik uchun bu misol noto‘g‘ri tuyuladi. Axir, barchamiz bilamizki,
⭐️🔔⭐️🟰⭐️ bo‘lishi kerak. Lekin qanday qilib bu tenglamada ⭐️ chiqdi?
🔔 Siz nima deb o‘ylaysiz?
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🌌 Dunyodagi eng kuchli sun’iy qora tuynuk tajribasi
🔬 Germaniyada joylashgan Max Planck instituti olimlari lazer yordamida miniatyuradagi sun’iy “qora tuynuk” yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu tuynuk o‘ziga yorug‘likni yutib, fizik qonunlar chegarasini sinab ko‘rishga imkon yaratadi.
📍 Nima uchun muhim? Bu tajribalar koinotdagi qora tuynuklar va ular atrofidagi fizik jarayonlarni chuqurroq o‘rganish imkonini beradi.
🔬
Shotlandiyaning Edinburg shahrida joylashgan
FloWave
laboratoriyasida dunyodagi eng baland sun’iy to‘lqinlarni yaratish tajribalari o‘tkazilmoqda.
📍
Maqsad:
Dengiz energiyasini optimal foydalanish uchun yangi texnologiyalar yaratish. Ushbu laboratoriyada qirg‘oqdagi ekstremal sharoitlar sun’iy tarzda takrorlanadi.
🔬
AQShning
Brookhaven National Laboratory
da olimlar eng issiq sun’iy harorat — 4 trillion daraja selsiyaga yaqin issiqlikni yaratganlar!
📍
Qanday qilib?
Atomlarni urishtirish orqali
Katta Adron Kollayderi
da paydo bo‘lgan ushbu harorat yadro fizikasi va olamning dastlabki soniyalarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
🔬
2017-yilda Xitoy olimlari birinchi marta kvant teleportatsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Ushbu tajribada yer va sun’iy yo‘ldosh o‘rtasida fotonlar kvant holati uzatildi.
📍
Nima uchun qiziq?
Bu kelajakda xavfsiz kvant aloqa tizimlarini yaratishga imkon beradi.
🔬
MIT (Massachusetts Institute of Technology) olimlari suvni o‘zidan to‘liq itaruvchi material yaratdi. Ushbu material supergidrofob deb nomlanadi va u biror narsani namlashning oldini oladi.
📍
Qayerda ishlatiladi?
Bu texnologiya o‘z-o‘zini tozalovchi qurilmalar, ko‘ylaklar va ko‘mirni tozalashda qo‘llanilishi mumkin.
🎉 3-chorakni ko‘tarinki kayfiyatda boshlaymiz!
💞 Toshkent Yuksalish maktabida Hilola Ustozimiz 3-chorak boshlanishi munosabati bilan 3-“Farg‘oniy” sinfi o‘quvchilariga kutilmagan sovg‘a tayyorladilar. Sinfning har bir o‘quvchisining ismi yozilgan rang-barang sharlarning ichiga tilakli qog‘oz solindi🎈
🎀 O‘quvchilar o‘zlariga atalgan iliq so‘zlarni o‘qib, yangi chorakni yanada yaxshi kayfiyatda boshlashmoqda. Bu kabi e’tiborli g‘oyalar darslarni mazmunli va qiziqarli qilishda muhim rol o‘ynaydi.
🙂 Tilaklar bilan to‘ldirilgan sharlar, chin dildan qilingan ezgu niyatlar va samimiy tabassumlarga siz ham guvoh bo‘ling.
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalish_maktablari?si=CH32LI5CETfTr9eX">YouTube | 📍 Manzil
⚡️ Avtomatlashgan issiqxona modeli bilan tanishing
Qishloq xo‘jaligidagi issiqxona muammolariga yechim beruvchi va suv tejamkorligiga qaratilgan ushbu loyiha muallifi – Namangan Yuksalish maktabi o‘quvchisi Obidov Muhammad.
Endi issiqxona ishchilari qora terga botib mehnat qilishlari shart emas. Yuksalish maktabi o‘quvchisi ularning og‘irini yengil qilish va hosildorlikni oshirishga qaratilgan loyiha taqdim etmoqda.
Shu kabi innovatsion yechimlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali ish unumdorligini bir necha barobarga oshirish mumkin, albatta.
🌏 @Yuksalish_Researchers – yaxshiroq dunyo uchun!
📱 Instagram | 📸 yuksalish_researchers?si=YWL5-XgKTxdV29mX">YouTube
❄️ Dunyodagi eng sovuq laboratoriya tajribasi haqida eshitganmisiz?
🩵 Boulderda joylashgan AQSh Milliy Standartlar va Texnologiyalar Instituti (NIST) olimlari eng past haroratni yaratish bo‘yicha tajribalar o‘tkazib kelmoqda. Bu ilmiy izlanishlar kvant fizikasini o‘rganishda katta ahamiyatga ega.
Olimlar lazer nurlari va magnit maydonlardan foydalangan holda atomlarni deyarli mutlaq nol darajasiga (0 Kelvin, ya’ni -273,15 °C) tushirishga muvaffaq bo‘lganlar. Ushbu haroratda moddalar g‘ayrioddiy xususiyatlarni namoyon qiladi — masalan, supero‘tkazuvchanlik yoki super suyuqlik holati.
📍Ajoyib faktlar:
❤️Mutlaq nol darajasida zarralar deyarli harakatlanmaydi. Bu olamdagi eng “sokin” holatdir.
❤️Ushbu haroratga erishish fizik qonunlarni sinab ko‘rishga yordam beradi.
❤️Tajribalar kelajakda kvant kompyuterlari, energiya yo‘qotishsiz elektr tarmoqlari va boshqa innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga zamin yaratadi.
▫️ Qiziq: Ushbu mutlaq sovuq holatni yaratish uchun olimlar fazoni o‘rganishda ham foydalanmoqdalar, chunki kosmik bo‘shliq deyarli mutlaq nol haroratiga yaqin!
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalish_maktablari?si=CH32LI5CETfTr9eX">YouTube | 📍 Manzil
🎯 Kelajak sari ilg‘or qadam!
Andijon Yuksalish maktabi o‘quvchisi Obidov Abdulloh ekologik toza va chidamli bo‘lgan polimer qum materialini qanday olish texnologiyasini ishlab chiqdi.
Ushbu mahsulotni ishlab chiqarishdagi 6 bosqichdan iborat ketma-ketlik bilan lavha orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
Qurilish sohasida bir necha yengilliklar yaratuvchi bu mahsulot haqiqiy innovatsion loyiha bo‘la oladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
🌏 @Yuksalish_Researchers – yaxshiroq dunyo uchun!
📱 Instagram | 📸 yuksalish_researchers?si=YWL5-XgKTxdV29mX">YouTube
Bu hech qanday sehr emas, shunchaki 🔤🔤🔤🔤🔤🔤
Ekologiya tozaligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi, arzon xomashyo tala qiluvchi, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga ham foyda keltiruvchi ushbu loyiha Yuksalish maktabi o‘quvchisi Erkinov Muhammadyusuf tomonidan ishlab chiqilgan.
🎯 Bu qanday ishlaydi? Istalgan turdagi mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi.
Loyiha bilan batafsil tanishish orqali yosh energetigimizning mahoratiga qoyil qolmay ilojingiz yo‘q.
🌏 @Yuksalish_Researchers – yaxshiroq dunyo uchun!
📱 Instagram | 📸 yuksalish_researchers?si=YWL5-XgKTxdV29mX">YouTube
🔔 Dunyoning eng uzoq davom etayotgan ilmiy tajribasi haqida eshitganmisiz?
🔔 Kvinslend Universitetida olib borilayotgan “Pitch Drop Experiment” tajribasi dunyodagi eng qiziqarli va sabrni talab qiluvchi ilmiy eksperimentlardan biri hisoblanadi. Ushbu tajriba 1927-yilda professor Tomas Parnell tomonidan boshlanib, bugungi kungacha davom etmoqda.
🔔 Nima uchun bu tajriba qiziqarli?
Qatrama (pitch) modda qattiq ko‘rinadi, lekin aslida u juda sekin harakatlanadigan suyuqlik. Tajribaning maqsadi qatrama qanchalik sekin oqishini isbotlash edi. O‘sha paytdan boshlab, 100 yildan oshiq vaqt mobaynida atigi 9 tomchi tushgan!
🔔 Ajoyib faktlar:
🔔Har bir tomchi tushishi uchun 10 yil vaqt kerak bo‘ladi.
🔔Tajribani boshlagan professor o‘zi tomchilarning tushishini hech qachon ko‘rmagan.
🔔2014-yilda bir tomchining tushishi kameralar yordamida qayd etildi.
🔔 Tajriba hali ham davom etmoqda va uni onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin. Bu ilm-fan tarixidagi eng uzoq muddatli eksperimentlardan biri bo‘lib, sabr va chidamlilikning haqiqiy ramzidir.
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalish_maktablari?si=CH32LI5CETfTr9eX">YouTube | 📍 Manzil
Shimoliy yog‘dusi (aurora borealis) haqida qiziqarli faktlar
1. Tabiiy yorug‘lik shousi
Shimoliy yog‘dusi Yer atmosferasining yuqori qatlamlariga Quyoshdan kelgan zaryadlangan zarrachalar (protonlar va elektronlar) ta’sir qilganda yuzaga keladi.
2. Ranglarning sababi
Auroraning ranglari atmosfera gazlari bilan zaryadlangan zarrachalar to‘qnashuvining natijasidir:
• Yashil — kislorod molekulalaridan.
• Qizil va sariq — kislorod atomlaridan.
• Moviy va binafsha — azot molekulalaridan.
3. Shimoliy va Janubiy yog‘dusi bir vaqtning o‘zida yuzaga keladi
Yerning magnitosferasi tufayli Shimoliy yog‘dusi bilan bir vaqtda Janubiy yog‘dusi (aurora australis) ham yuzaga keladi.
4. Eng yaxshi joylar
Shimoliy yog‘dusini ko‘rish uchun eng yaxshi joylar Shimoliy qutbga yaqin hududlar: Norvegiya, Islandiya, Kanada, Alyaska va Shvetsiyaning shimoliy qismlari.
5. Tovush chiqarishi mumkin
Aurora ba’zan yengil shivir yoki shovqin kabi tovushlar chiqarishi mumkin. Ammo buni eshitish uchun juda sokin va odam yashamaydigan joyda bo‘lish kerak.
6. Aurora faqat Yerda emas
Auroralar boshqa sayyoralarda ham kuzatiladi, masalan, Yupiter va Saturnda. Ular ham o‘z sayyoralari magnit maydonlari va quyosh shamoli bilan bog‘liq.
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalish_maktablari?si=CH32LI5CETfTr9eX">YouTube | 📍 Manzil
Intizom – muvaffaqiyatning kaliti!
Har bir katta g‘oya, maqsad yoki orzu intizom bilan amalga oshadi. Ammo intizomni shakllantirish va unga rioya qilish ba’zida qiyin bo‘lishi mumkin. Mana sizga yordam beradigan tavsiyalar:
1️⃣ Kichik qadamlar bilan boshlang.
Intizom birdan paydo bo‘lmaydi. Kichik, oddiy odatlardan boshlang:
• Erta turish.
• Kunlik rejani tuzish.
• 10 daqiqa o‘qishga vaqt ajratish.
2️⃣ Maqsadlaringizni aniq belgilab oling.
Aniq va o‘lchanadigan maqsadlar intizomni saqlashga yordam beradi. Masalan, “Har kuni 20 daqiqa sport bilan shug‘ullanaman” yoki “Bir oyda 2 ta kitob o‘qiyman.”
3️⃣ O‘z vaqtida mukofot bering.
Har bir kichik g‘alaba uchun o‘zingizni rag‘batlantiring. Bu yangi odatlarni shakllantirishni osonlashtiradi.
4️⃣ O‘zgarishlarni kuzatib boring.
Har kuni yoki har haftada erishgan natijalaringizni yozib boring. Bu motivatsiyani oshiradi va davom etishga undaydi.
5️⃣ Tanaffus qilishdan qo‘rqmang.
Ba’zida charchash yoki maqsaddan chalg‘ish tabiiy hol. Ammo tanaffusdan so‘ng yana davom eting. Eng muhimi – to‘xtamaslik!
6️⃣ Chalg‘ituvchilardan qoching.
Sizni chalg‘itadigan omillarni kamaytiring: ijtimoiy tarmoqlar, telefon xabarlaridan uzoqroq turing va faqat asosiy maqsadlarga e’tibor qarating.
7️⃣ O‘zingizga ishonchingizni oshiring.
Intizom bu – o‘z-o‘zini boshqarish san’ati. Siz bunga qodirsiz! Qanchalik kichik bo‘lmasin, har bir odat katta muvaffaqiyatning bir qismidir.
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalish_maktablari?si=CH32LI5CETfTr9eX">YouTube | 📍 Manzil
🔔🔔🔔🔔
Yuksalish maktabi uchun ovoz bering!
Hurmatli ota-onalar, o‘quvchilar va aziz do‘stlar! Ta’limdagi yutuqlarimizni qo‘llab-quvvatlash va Yuksalish maktabini “Yilning eng yaxshi xususiy maktabi” deb tan olish uchun sizning ovozingiz muhim ahamiyatga ega.
✔️ Ovoz berish uchun havola:
/channel/EDUStatbot?start=poll_8_1166
🗓 Ovoz berish muddati: 5-yanvar
Bizga bergan ishonchingiz qo‘llab-quvvatlovingiz bilan yangi marralarni birgalikda zabt etamiz!
😊 Yaqinlaringizga ham bu haqida xabar berib qo‘ying. “Yilning eng yaxshi xususiy maktabi”ni tanlashda adashmasinlar.
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalish_maktablari?si=CH32LI5CETfTr9eX">YouTube 📍 Manzil