abdurahmon_officia1 | Unsorted

Telegram-канал abdurahmon_officia1 - Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

39

Subscribe to a channel

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Assalomu alaykum va rahmatulloh.

Bu kanalni ochishdan maqsadim Alloh bergan ozgina ilmimni boshqalar bilan baham ko'rish va o'qigan kitoblarimdan foydalanib ummat uchun foydali postlar yozishdir.

Agar kanaldan o'zingiz uchun manfaatli nimadur olsangiz Allohdan, xato va kamchiliklar ko'rsangiz kaminadan deb biling.

@abdurahmons_blog

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Test natijalari...

🥇 Azizbek....30 ta
🥇 Tursunboyeva Shahlo..........30 ta
🥉 Amirqulova Surayyo.........30 ta
Javohir.........30 ta
Rahmonqulov Ravshanbek......30 ta
Muhammadbakirova Rayhona..29 ta
Tolipjonova Shohista....29 ta
Sumayya.....29 ta
Farxadjonovna.....29 ta
Shukurillayeva E'zoza......29 ta
Abduraxmonova Dildora.....29 ta
Maxamadaliyeva......28 ta
Nafosat....28 ta
Ismoil Jo'raboyev......28 ta
Muhammadjonova Ro'zixon....28 ta
Mirzayeva Zulxumor....28 ta
Ne'matjonova.......27 ta
Sheripbayeva Dilnoza....26
Burxonova Aziza....25 ta
Rahmonova Aziza....23 ta
Lobarxon.....22 ta
Ozoda......17 ta
Ikramjanova Munisa.....17 ta
Abdullajonova......16 ta
Tohirbek.....16 ta
Asadbek Ag'zamov.....13 ta


Barchaga rahmat.
Go'liblar @Abdurahmonofficia1 yozing

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Natijalarni ertaga e'lon qilaman

Testda qatnashgan barchaga rahmat.
Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Javoblar
1c
2a
3d
4b
5a
6c
7b
8d
9a
10b
11c
12d
13b
14c
15a
16a
17b
18d
19a
20d
21b
22b
23d
24a
25b
26c
27b
28a
29b
30c

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Assalomu alaykum konkursimizning so'ngi bosqichi test boshlanishiga ham sanoqli soatlar qoldi.

Eslatma: bugun Soat 22:00 da test boshlanadi.
Testlar soni 30 ta. Vaqt 30 daqiqa.
Vaqtdan keyin javoblar qabul qilinmaydi.

✔️1-o'rin Qalblar shifosi
✔️2-o'rin Qalblar tizgini
✔️3-o'rin O'gay ona

Barchaga omad!

@Abdurahmon_officia1

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

#La_tahzan

Siz shunday holatdamisiz? insonlar sizdan voz kechyaptimi, yoki o'zingizni baxtsiz his qilyapsizmi?
LA TAHZAN

Bir o'ylab ko'ring Alloh insonlarni insonlarga yaqin qilish uchun emas, ularni yaxshilarini yaqin qilish uchun yaratgan.

Endi qarang. Alloh 124 ming payg'ambarni yaratdi, lekin ularni birortasi insonlar tomonidan yaxshi kutib olinmadi. Qaysidur payg'ambarni otasi voz kechdi, qaysidurini xotini va yana qaysidurini o'z o'g'li.

Ularni qo'ying Allohni o'zi yaratgan bardalari uni inkor qilib voz kechgan paytda, biz odamlar mendan voz kechyapti deb hafa bo'lishimiz kulguli holat emasmi?

Insoniyatga keladigan har qanday sinovlarni Alloh taolo avvalo o'z payg'ambarlariga berdi, nima uchun? Insonlar shukur qilishlari va bu dunyoni shunchaki foniyligini unutib qo'ymasliklari uchun.

Siz hech qachon mahzun bo'lmang "La Tahzan" Alloh doimo sizni eshitadi va ko'radi.

@Abdurahmon_officia1

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

✨Ғафлатда қолманг!
🌙БАРОАТ КЕЧАСИ ЯҚИНЛАШМОҚДА...🤍

«Бароат» сўзи луғатда «халос бўлиш», «нажот топиш» ва «қутулиш» каби маъноларни билдиради. Бароат кечаси Аллоҳнинг мағфират ва раҳмат эшиклари мўмин бандалари учун очилгани боис кечага шундай ном берилган.

Абу Мусо розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Набий соллаллоҳу алайҳи ва саллам: «Аллоҳ шаъбоннинг ярмидаги кечада мушрик ва хусуматчидан ташқари барча яратганларини мағфират қилади», дедилар (Ибн Можа ва Аҳмад ривоятлари).

Ибн Можа Али розияллоҳу анҳудан ривоят қилган ҳадисда Набийимиз соллаллоҳу алайҳи ва саллам бундай деганлар: «Шаъбон ойининг 15-куни келган вақт кунни рўза билан ўтказинг, кечаси ибодат қилинг. Чунки Аллоҳ қуёш ботиш вақтида дунё осмонига тушади ва бундай марҳамат қилади: «Истиғфор айтиб тавба қилган борми, унга ризқ бераман. Балога учраган борми, хотиржамлик бераман. Фалончи қани, фистончи қани? Бу овоз атроф ёришгунга қадар шундай давом этади».

Муборак кеча ҳижрий, шаъбон ойи 15-куни / мил. 18-дан 19-март

@Abdurahmon_officia1

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Kim yomg‘rni yoqtiradi?
Menimcha yoqtiradigonlar ko‘p bo‘lsa kerak.
Men ham yoqtiraman😊. Yomg‘irli ob-xavoda sayr qilganda ko‘ngil ancha tinchlanadi ko‘p narsani unutadi. Sokinlik bilan birga yomg‘ir tovushlari....
Qani endi hozir imkon bo‘lsayu shu zo‘ntik ostida men bo‘lib qolsam.
Lekin zo‘ntiksiz sayr qilish ko‘proq yoqadi. Ollohning dargohidan tushayotgan yomgir tomchilari yuzlaringga tushsayu dardlaringni yuvib o‘rniga bir olam quvonch tashlab ketsa...

@Abdurahmon_officia1

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Китоб ўқишнинг энг қизиқарли 5 та фактларини қуйида билиб олинг:

1) Яхши ёзадиган муаллифларнинг китобини ўқиб чиқсангиз, яхши гапиришга одатланасиз.
© Ф. Вольтаир

2) Маданият – ўқиган китобларнинг сони эмас, балки тушунганларнинг сонидир.
© Фазил Искандер

3) Китоб ўқиган одамлар доимо телевизорни томоша қилганларни назорат қиладилар.
© Ф.Жанлис

4) Қанча кўп ўқисангиз, шунча камроқ тақлид қиласиз.
© Жулес Ренард

5) Одамлар икки тоифага бўлинади: китоб ўқиган ва ўқиганларни тинглайдиганлар.
© Бербер Бернард

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Ovoz berish 18:00 ga qadar davom etadi

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Yangilik quyidagicha........

Ovoz berishda ko'pchilik nohaqlik kuzatilmoqda deganini inobatga olib va boshida aytganimdek meni maqsadim obunachi yig'ish emasligini isbotlash uchun, 7 taqriz egasining barchasiga kitob sovg'a qilishga qaror qildim.
Barchangizni tabriklayman, barchangiz g'olibsiz.

Kitob: Ibodati islomiya

Keyingi testlarda aktiv bo'lasiz Deb umid qilaman ☺️

Zero, ko'rib turganingizda syurprizlar juda ko'p.....

Marafon hali tugamadi.....

Fikrlar👇

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Ovoz berish ertaga 12:00 gacha davom etadi.

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

#Taqriz
#6_ishtirokchi

Imomning manaken qizi - manaken deganda albatta modelyerlarni yani mo‘dalar namoyishida ishtirok etuvchi insonni tushunamiz. Bizni asarni nomini o‘zi o‘yga toldiradi. Qandey qilib imomning qizi manaken bolishi mumkin. Axir barchani yaxshi yo‘l sari yetaklagan inson o‘z qiziga tarbiya bermaydimi? Yo shunchalik o‘z oilasiga beetibor bo‘ladimi? Yo‘q albatta undey emas. Asarda Imomni qiziga yaxshi tarbiya berganligi ko‘p bor tilga olinadi ayniqsa bunga Fotimaning o‘zi yani imomning qizi ko‘p bor amin boladi. Qora oqdan oqni qoradan ajrata olishni o‘rgatgan bo‘ladi. Lekin o‘zizga malumki hozirni o‘zida ham islom dinini yoqtirmaydiganlar unga qarshi turuvchilar bisyor. Fotima ham shularning domiga tushib qoladi. U aldanadi. Haqiqiy halovatni baxtni zamonaviy bolishdan topaman deb o'ylaydi. Sekin asta yo‘ldan og‘adi. Otasiga boshqa joyni korsatib maneken bo‘lib boshqa yerga ishga kiradi. Hijobini tashlaydi. Oxir uyidan qochib chiqib ketadi....

Kitobni ushlagan odam tugatmasdan qo‘yib qo‘yolmiydi. Voqealari o‘ziga tortaveradi.

🌹Shundey dardlar borki tasallisi faqat iymondadir
🌹Agarda ko‘r bo‘lmasang o‘z diningga amal qilib yasha
🌹G‘azab qanchalik kuchli ko‘rinmasin, aslida uning ishi vayronalikdir
🌹Zarar ishning qayeridan qaytilsa ham foydalidir. Faqat qaytishni bilish kerak.

Asarni yana bitta ko‘zga ko‘rinarli tomoni imomning ismi Yoqub bo‘ladi.
U ham huddi Yoqub alayxissalom kabi farzandi uchun sabr qilib dard chekadi.
U shundey deydi: "Kimki islomiy ta‘lim olgan, aqidaga oid kitoblarni o‘qishgan bo‘lsa, bir kunmas bir kuni albatta ularning foydasini ko‘rishadi. O‘qish dunyoqarashni kengaytiradi. Ba‘zilar o‘qiganlarini hayot davomida qachonlardir bo‘lsa ham anglab yetadi, olgan ilming zoye ketmaydi.

Huddi shu fikrga kitobni to‘liq o‘qib chiqsangiz o‘zingiz ham guvoh bo‘lasiz!
📖📖


📝 Latipova Gulnoza

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

#Taqriz
#4_ichtirokchi

Imomning maneken qizi

Tuni bo‘yi shu asarni o‘qidim. Boshladim u tugatolmasdan uxlolmasligimni ancha kech angladim.😞
Muhimi uyqudan qolganimdan pushaymon emasman.😊 Yurakni larzaga soldi. 😌
Adib mutolaa qiluvchiga asosiy mavzu mazmunni tushuntira oldi👍.
Oxirigacha o‘qidim oxirida yig‘ladim.
Sabab nima deysizmi?🙄
"Alloh kimga nima hayrli ekanini biladi" bu gap o‘z isbotini yana bir marta topgandi😇.
Alloh sabrli insonlarni yoqtiradi.💫 Chunki Alloh shu sabrli insonga oxirida baxt beradi. Doimo yaxshi gumonda bolishimiz lozim 🤗 Qiyinchiliklar o‘tmish uchun jazo emas kelajak uchun imtihondir🙂. Qizning hayotidan ko‘pgina xulosa olsak bo‘ladi.🤷‍♀ Sababi qaysi yo‘lda bo‘lsak ham doim Alloh bilan bolamiz va Allohga qaytamiz💜 . Bu asarni o‘qib shuni tushundimki dinim haqida kop ma‘lumotga ega emas ekanman😔. Ammo kop narsani bilib oldim🤓.

Asarni o‘qib bu haqiqatlarni tushunarkansiz🙃.
Eng holis tavsiyam .....🥰
Asarni ta‘riflay olmayman.🤷‍♀ Yozuvchi qarshisida fikrlarim ojiz.😁....
Alloh buyuk

📝 Mehrmohim

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

#taqriz
#3_ishtirokchi

"Ilm" va "Dunyo"

"Dunyoviy ilmlar" deganda termin ko‘pchilik dindorlarda Islomdan uzoqlashtiruvchi ilm degan tasavvur uyg‘otadi. Fizika, kimyo biologiya kabi fanlarga go'yoki dindan chalg'itish uchun o'qitiladigandek munosabatda bo'lishadi. Dunyoviy ilmlar musulmonlarni aziz qiladigan dindir.
Payg‘ambarlar, sahobalarning ham turli xil kasblar bo'lgan:
Odam alayhissalom-dehqon,
Dovud alayhissalom-temirchi,
Nuh va Zakariyo alayhissalom-duradgor,
Idris alayhissalom-tikuvchi,
Muso alayhissalom-cho'pon bo'lganlar. Ular ohirat ishini ham, dunyo ishini ham barobar olib borganlar.
Umar roziyallohu anhu go‘zal ko'rinishli kishilarni ko'rsa, kasbi haqida so'rar edi, kasbi bo'lmasa hurmati bo'lmas edi(fayzul qadir).
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallam aytadilar:
"Qo'lingizda ko'chat bo'lsayu qiyomat qoim bo'lib qolsa, imkon qadar ko'chatni ekib qoling" (Musnadi Ahmad "Adab al Mufrad")
Dunyoda foydalana olmasa ham ko'chat ekishga targ‘ib qildilar, bu dunyo ko'rinishdagi diniy ish.
Dunyoviy ilmlarda qoloqligimiz sababli noto‘g‘ri tushuncha ekan,keling dinimiz va aqidamiz talabiga ko'ra aniq mustahkam asoslarga tayanamiz.Avvalo bu yog'iga"dunyoviy ilmlar"iborasini ishlatmaymiz,o'rniga "hayotiy ilmlar" deb ishlatamiz. Bu ilmlar hayotimiz farovonligini uchun Alloh bizga o'rganishni buyurgan ilmlardir.Hayot dunyo kabi yomonlangan emas,Alloh taolo shariatda amal qilish va pokiza hayot orasini bog'lab aytadi:
"Erkakmi yo ayolmi-kimda-kim mo'min bo'lgan holida biror ezgu ish qilsa,bas Biz unga pok hayot baxsh eturmiz"(Naxl surasi 97-oyat) Hayotiy ilm hayot so'zi kabi oliy,ulug'vor ma'no ifoda etadi,dunyoviy ilm so'zi dunyo kabi past ma'noni ifoda etadi.
Inson Allohning yerdagi "o'rinbosar"i ekanini unutib qo'ydimi?
"Unutmadi" degan javob beriladi.Unday bo'lsa inson yerdagi hayot ilmini bilmay turib,qanday "o'rinbosarlik" qiladi.

"Islom va olam" kitobidan
Doktor Rog‘ib Sarjoniy


📝 ansora _yamaniyya

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Do'stim....

1. Ahmoq bilan do'st bo'lishidan saqlan, u senga foyda qilishni istab zarar qiladi.

2. Nokas bilan do'st bo'lishdan saqlan, zero..., u senga eng kerakli onda yordamini bermaydi.

3. Yomonlik qiluvchilar bilan ham do'st bo'lishdan saqlan, zero..., u seni arzimagan narsa uchun sotib ketadi.

4. Yana......, Yolg'on bilan do'st bo'lishdan saqlan, zero...., u sarob kabidir, uzoqni yaqin qilib ko'rsatadi, yaqiningdagini uzoqlashtiradi.


@Abdurahmon_officia1

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Qadamlar...

--- Xohlagan tarafingizga qarang, lekin qalb kòzlaringiz Allohnong buyukligini kòrsin!

--- Xohlagan gapingizni gapiring, biroq qalb tilingiz Uning zikrini qilsin!

--- Xohlagan narsangizni eshiting, ammo qalb quloģingiz Uning kalomini tinglasin!

--- Xohlagan tomoningizga yuring, lekin qalbingiz U tomonga qadam tashlasin!

Qalbingiz, ruhingiz, jismingiz, fikringiz, xohishingiz, xayollaringiz ila Unga talpining, iltijo qiling,xohatmand bo'ling.

--- Qo'lingizga qalam olsangiz òzingizga savol bering: men bu varoqqa yozmoqchi bòlganimdan Alloh rozi bo'ladimi?!

--- Gap gapirmoqchi bo'lsangiz,o'zingizdan sòrang: Uni rozi qiladigan gap gapiramanmi?!

--- Yòl tutmoqchi bo'lsangiz, òylang, tutayotgan yòlingiz Uning nazdida mahbubmi?!

Diqqat ila qalbingiz tòriga osib qòying: ALLOH NIMADAN ROZI BO'LADI?!

Hamma vaqt Unga muhtojlik izhor eting.
Unga boģlaning. Yarim kechasi uyģonsangiz ham Uni eslang. Uni zikr qilmasangiz, eslamasangiz,xayollaringiz parishondir. Uning ismi xotirangizdan òtmasa,aqlingiz xarobdir. Fikrlaringiz bamisoli kòlmak. Agar bunga doim tirik bo'lgan Zotning zikri kelsa, u anhor bo'lib qoladi, boģu roģga aylanadi, unda bulbullar sayraydi.

°"Chunki Sen Allohsan..."
Ali Jobir Fiyfiy.


@kapalagim_umri

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

O'zingiz tekshirib botga nechta topganingizni yozing.

Men ham albatta tekshiraman.

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

1.O‘zbekchada ma‘nosi "Tutun" bo'lgan sura nech oyatdan iborat va qayerda nozil bo'lgan?

A)53-oyat , Madinada
B)182-oyat , Makkada
C)59-oyat , makkada
D)89-oyat , Madinada


2. Quroning o‘rkachi deb atalgan sura qaysi va u nech oyatdan iborat?

A) Baqara 286-oyat
B) Balad 20-oyat
C)Anom 165-oyat
D)Naml 93-oyat


3. O‘zbekchada tarjimasi "Vidolashuv" bo‘lgan sura qaysi?

A)Niso
B)Taloq
C)Fatx
D)Nasr

4.Rahmatga, rizqga ma‘mur bo‘lgan farishta ...


A)Azroil
B)Mikoil
C)Jabroil
D)Isrofil


5. Quronda Ollohning nomi nech marta berilgan?

A)2ming 698 marta
B)2ming 692 marta
C) 2ming 550 marta
D)2ming 499 marta


6. Qurondagi eng barakali oyat qaysi?

A) Kavsar
B) Yosin
C) Oyatal kursi
D) Ar-Rohman


7.Qaysi sura bir martada to‘liq nozil bo‘lgan?

A) Kavsar
B) Mudassir
C) Kaxf
D) Nur


8. Quronda nomi aytilgan farishtalar...

A)Jabroil Azroil Isrofil Marut
B) Mikoyil, Jabroil,Azroil
C) Xarut, Marut, Jabroil Azroil
D) Jabroil Mikoyil Xarut Marut

9. Payg‘ambarimiz Muhammad(s.a.v) Madinada nech yil payg‘ambar bo‘lgan?


A) 10yil
B) 12yil
C) 13yil
D) 15yil


10. Quronda eng ko‘p qaysi payg‘ambarni nomi aytulgan?

A) Ibrohim
B) Muso
C) Muhammad
D) Yusuf


11. Adiyat surasining ma‘nosi qandey?

A) Aniq hujjat
B) O‘rab olguvchi
C) Chopqir otlar
D) Aniq ro‘y berguvchi


12. Rad surasining manosi qandey va qayerda nozil etilgan?

A) O‘ljalar ,Makkada
B) Yulduz, Madinada
C) O‘ralish, Madinada
D) Momaqaldiroq, Makkada


13. Voqea surasi .....
A) 10 oyatdan iborat, Makkada
B) 96 oyatdan iborat, Makkada
C) 22 oyatdan iborat Makkada
D) 11 oyatdan iborat, madinada


14. Madyan qabilasiga qaysi payg‘ambar yuborilgan?

A) Hud
B) Solih
C) Shuayb
D) Lu


15. Tarjimasi Qumtepalar bo‘lgan sura nech oyatdan iborat va qayerda nozil qilingan?

A) Afqof ,makkada
B) Hadid, Madinada
C) Masad, Madinada
D) Adiyat, Madinada


16.Quronni nozil bo‘lishi...

A) 22yil 5oy 14kun
B) 20yil 4oy 19kun
C)19yil 3 oy 21kun
D) 23yil 5oy 21kun


17.Quronning onasi bo‘lgan sura nech oyatdan iborat?

A)14
B)7
C)9
D)16


18. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) Ahmad degan nom bilan qaysi surada nomlangan?

A)Sod surasida
B)Naba‘ surasida
C)Nasr surasida
D)Sof surasida


19.Makkada nechta sura nozil bo‘lgan?

A) 86
B) 96
C) 28
D) 36


20. Quronda alohida eslatiladigan kun nomi?

A) Qadr kechasi
B) Juma kuni
C) Odam yaralgan kun
D)Qiyomat


21. O‘qiganni shafoat qiluvchi, qabr azobidan panoh beruvchi sura nech oyatdan iborat?

A) 46
B) 30
C) 37
D) 56


22. Quronning hizbi nechta?

A) 114
B) 120
C) 30
D) 125


23. Qaysi payg‘ambar onasining ismi bilan chaqirilgan?

A) Muhammad
B) Muso
C) Ismoil
D) Iso


24.Jannatda eng birinchi qaysi taomni istemol qilamiz?

A)Nahangning jigari
B)Hurmo
C)Baliq go‘shti
D)zam zam suvi


25.Payg‘ambarimizning otalarini ismi?

A) Abdulmattolib
B) Abdulloh
C)Abdumannof
D) Ismoil


26.Payg‘ambarimizning oxirgi uylangan ayollari qaysilar?

A) Xadicha
B)Zaynab
C)Mayuma
D)Savda binti Zama


27.Payg‘ambarimizning onalari vafot etganda necha yoshda edilar?

A) 10
B) 6
C) 8
D) 4


28. Sahih hadisda keltirilganidek "o'qiganni shafoat qildiradigan sura" ning o'zbekcha ma'nosini toping.

A) Boylik.
B) Tavba.
C) Tungi Yo'lchi.
D) G'or.


29. 111 oyatdan iborat ikta sura nomini toping.

A) Kavsar, Yusuf
B) Isro Yusuf
C) Isro, Nur
D) Isro, Kahf


30. Quron oyatlarini dastlab kim sanab chiqqan?

A) Hazrati Ali (r.a)
B) Oisha ( r.a) onamiz.
C) Halima onamiz
D) Usmon (r.a)

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

"Bomdodlarin qazo qilganlar"

🎙️ Abdurahmon Sharipov

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Assalomu alaykum hayrli kech barchaga.

Mana azizlar test boshlanishiga ham 1 Kun qoldi.
Testda barchangizga omad.

Testni yechish haqida.....
====================
Test 22:00 da kanalga tashlanadi, yechish uchun sizga 30 daqiqa vaqt bor, vaqtdan so'ng javoblar qabul qilinmaydi.

Testni yechish bo'lganingizdan keyin
@abdurahmonchannel_bot ga telegram nikmane ism familiya bilan javoblaringizni yo'llaysiz.

======================

Misol uchun.

Abdurahmon Sharipov
@Abdurahmonofficia1
1a2a3a4a5a6a7a8a9a10a11a12a13a14a15a16a17a18a19a20a21a22a23a24a25a26a27a28a29a30a

Savollaringizga 22:00 ga qadar javob beraman. Keyin savollaringizga javob bermayman. Uzr.

Test vaqti ertaga 13.03.2022. 22:00

Agar ertaroq ishlab bo'lsangiz botga jo'nating vaqt tugashini kutmasdan

Barchaga omad 😊

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Assalomu alaykum barchaga bir ajoyib kanalni tavsiya qilaman. Undagi postlar nafaqat har bir Muslima qiz balki Muslim yigitlar uchun foydali deb bilaman.

Ishonmasangiz o'zingiz kirib ko'ring.
/channel/withnagona

Ps: Agar sizga ham manzur kelsa yaqinlaringizga ham tarqatishingizni so'rayman 😉

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

/channel/Qurankonkurs

Yangi ma'lumotlar ham tashlanmoqda.

Testgacha yodlang

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

G'olib kitobimiz aniqlandi😊

Quroni Karim

🤩 Ushbu kitobni o'qish uchun sizda 1 hafta vaqt bor o'qiganlarga Yana bir marotaba qaytarib ish uchun shuncha vaqt bor.

Testga nimalar tushadi?
Suralar nomi
Ularning ma'nosi
Qaysi sura Qayerda nozil bo'lgan.
Va shunga o'xshash savollar.

Faqat ushbu kanaldagi ma'lumotlar
/channel/Qurankonkurs


Barchaga omad.

Test vaqti haqida 12-Mart kuni tushuntiriladi.

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Kanalga admin yoki adminka olaman.

Talablar:
Kreativ
Kitobxon

Kimda xohish bo'lsa @Abdurahmonofficia1 ga yozsin.

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Bir hech kim kutmagan yangilik bor.
Aytaymi? 👀🙊

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

#Taqriz
#7_ishtirokchi

Ahmad Muhammad Tursun: "Abdulloh Ibn Muborak"

Avvalari tanish bo‘lmagan buyuk inson bilan kitob davomida tanishdim.Ushbu kitob Marvda tug‘ilgan, Makkada turg‘unlashgan Movarounnahrning atoqli muhaddisi va fiqihi Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayhning(bunday deb nomlanishi ham bejiz emas) hayot yo‘li, ilmiy faoliyati haqida. Qisqacha bo‘lsada ammo, bu dunyo va oxiratimizga ulkan foyda keltiradigan ushbu kitobni (hamma uchun tavsiya qilgan holda) asarni yakunladim.
Asar hayotimiz uchun albatta zarur bo‘lgan jabhalardan iborat. Buyuk insonlarni buyukligini sirini bilishimiz uchun o‘qib ulardan o‘rnak olish, ulardek ham ilmda ham amalda yetuklikka qarab intilishimiz biz uchun buyuk insonlarning hayoti tamal toshidek gap.
Alloh taolo Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayhni o‘z rahmati va mag‘rifati bilan o‘rab olsin, undan rozi bo‘lsin!

Asardan:
📌Rosululloh sollallohu alayhi vassallam aytganlar: "Kim bir musulmon birodariga bir xursandchilik keltirsa, Alloh taolo uning gunohlarini kechirib yuboradi".
📌Kim ilmda baxillik qilsa, 3narsa bilan musibatlanadi: vafot etib, ilmini o‘zi bilan olib ketadi; ilmi esidan chiqadi; amaldorlar bilan o‘ralashib qolib, ilmini yo‘qotadi"
📌Ilmning dastlabki manfati- bir~biriga o‘rgatishdir.

✍️ Islom

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

#taqriz
#5_ichtirokchi

Hasan Basriy bir janozada yonidagi kishidan: "Nima deb o'ylaysan, mayyit hozir dunyoga qaytganida solih amal qilarmidi?" deb so'ragan edi, u "Ha" deb javob berdi. Shunda Hasan Basriy aytdi: "Agar u bunday qila olmasa, sen qilgin (ya'ni vaqtni boy bermagin)".

Birortangizdan: "Hisob kuniga ishonasanmi?!" deb so'ralsa, u: "Ha", deydi. Qiyomat kunining Podshohiga qasam-ki, uning so'zi yolg'on...

©️"Dunyoni tebratgan 7 buyuk" kitobidan Hasan Basriy Rahmatullohning so'zlari.

P. S. O'qishni maslahat beraman, endi boshladim, lekin juda ham yoqdi. 👍

📝 Jahongir

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

Fikrlarim

Ko'pchilik mart kelishi bilan bir xil mavzuni ushlab olishadi, sezganingizdek bu 8-mart.

Bu haqida men ham o'z fikrlarimni bildirmoqchiman, ilmim ko'p emas bu shunchaki shaxsiy fikrlar.

8-mart joiz yoki joiz emas? Buni men bilmayman. Lekin shu haqida, bu temada tortishib yurganlarga bir ikta savollarim bor. Savollarga javob berib o'zingizni fikringizda hox qoling, hox menga qarshi chiqing. Men uchun buni umuman ahamiyati yo'q.

1. Nima uchun ayollarni ko'nglini olish kuni islom uchun joiz emas? To'g'ri ayollarni ko'nglini har kuni olish kerak, ammo hozirda biz har kuni yaqinlarimiz ayollarga hadya ulasha olyapmizmi? Istasakda yo'q!

2. G'ayridinlar bayrami? Nima uchun g'ayridinlarni boshqa narsalarini qabul qilasizda aynan ayollarni ko'nglini olish kunini qabul qilmaysiz? (Qo'lingizdagi telefon, uyingizdagi televizor, hatto ustingizdagi kiyim ham g'ayridinlarnikiku) Mayli bu kunni bayram hisoblamang. (Men ham bayram hisoblamayman)

3. Yilning 364 kunida qizlar bilan gaplashib yurgan yigitlar bu kunda "taqvodor inson" bo'ladilar. Bu qanchalar to'g'ri.

Alloh bizga bergan har bir kun bayram, uni qanday o'tkazish o'zimizga bog'liq.

Ps: Ayollarni ko'nglini ko'tarish sunnat amal, lekin aynan 8-martni kutib yashashiz g'ayridin amali.

Yuqorida aytganimdek bular meni shaxsiy fikrlarim, unga xoh qo'shiling, xoh qo'shilmang menga umuman qiziq emas!

@Abdurahmon_officia1

Читать полностью…

Abdurahmon Sharipov | Shaxsiy blog..

#taqriz
2_ishtirokchi


📚Mahzun Bo'lma (La Tahzan)
🖋Shayx oiz Al Qarniy

So'zimni Qur'on oyati ila boshlasam:

فَإِنَّ مَعَ ٱلۡعُسۡرِ یُسۡرًا

Bas, albatta qiyinchilik bilan osonchilik bordir.

Sharx surasi 5 oyat

ೋ❀❀ೋ═══ • ═══ೋ❀❀ೋ

Tassavur qiling qiyomat kunida Robbimiz olomon ichidan sizni chaqirib oldi-da "Hisobsiz jannatimiga kir",deya buyurdi.

Agar shu onni tez-tez hayol qilib tursangiz,alamlar g'amlar xatto eng og'ir sinovlar ham arzimas ko'rina boshlaydi.

Chunki Robbning birgina sizni jannatga olib borish haqidagi buyrug'i dunyodagi barcha jafolaringizga badal bo'ladi.

Jannatni eslangda yengil nafas oling va nim tabassum qiling.😊🌱
Siz kulsangiz ham😄 yig'lasangiz ham 😢 hayot davom etaveradi, to'xtab qolmaydi❌ammo sabr qilsangiz ajri to'kis ado etiladi🌸

Qachondir yuragingizga mahzunlik yugursa,o'zingizni bu dunyoga oid emasday his qilsangiz, qo'rqmang.
U his,Robbning sizga:
"Hech kim bo'lmasa ham,men yoningdaman" deganidir...!

Hech qachon mahzun bo'lma chunki qayg'u seni o'tmishingdan bezovta qiladi,kelajakdan havotirga soladi,oqibatda bugungi kuningni yo'qotasan.

Shunday ekan, barcha dardlaringizni ustingizga yuklab olmasdan ulardan xalos bo'ling va nim tabassum qiling!
Zero tabassum bu sunnat!😊


📝 Bintu_Bakhtyar

Читать полностью…
Subscribe to a channel