abituriyent_yoshlar | Unsorted

Telegram-канал abituriyent_yoshlar - Abituriyent Yoshlar

10

Yoshlar ittifoqi MK BT bo'limi ===||=== OTMlariga talabalikka nomzod - abituriyent yoshlarning Rasmiy Kanali Creator - @shavkatovich_uz Admin -@jaloliddin_eshquvvatov @abituriyent_yoshlar_bot

Subscribe to a channel

Abituriyent Yoshlar

Qiziqarli ma'lumotlar bilan o'z intelektingizni boyitmoqchimisiz🤔Unda bizga qo'shiling!✍✊😊
Siz uchun uchun:👇👇👇
/channel/turfa_olammm

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

Bilimlaringizni charxlash va xotirangizni sinash uchun butunlay innovativ loyiha!

Online testlarni yeching va o'rganganlaringizni tekshiring, bilmaganlaringizni esa bilib oling!

@yoshlar_test_00

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

Bilimlaringizni charxlash va xotirangizni sinash uchun butunlay innovativ loyiha!

Online testlarni yeching va o'rganganlaringizni tekshiring, bilmaganlaringizni esa bilib oling!

@yoshlar_test_00

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

#Биласизми

🔰 Олий таълим муассасалари талабаларининг ўқишини қайта тиклаш бўйича аризаларни топшириш ва кўриб чиқиш бир йилда икки марта амалга оширилади:
🔸 ўқишини кузги семестрга қайта тиклаш бўйича ариза топшириш – ҳар йили 15 июлдан 5 августга қадар;
🔸 ўқишини баҳорги семестрга қайта тиклаш бўйича ариза топшириш – ҳар йили 15 январдан 25 январга қадар давом этади.

🔰 Қайта тиклаш бўйича қарор қабул қилиш:
🔸 кузги семестрга қайта тиклаш учун – ҳар йили 5 августдан 30 августга қадар;
🔸 баҳорги семестрга қайта тиклаш учун – ҳар йили 25 январдан 15 февралга қадар амалга оширилади.

Каналга уланиш👇👇👇
/channel/abituriyent_yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

#DOLZARB
📌 Qonunchilikka ko‘ra, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) mehnat shartnomasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasida yoki boshqa tashkilotlarda ishlashga ruxsat beriladi.

Do'stlaringizga ulashing
t.me/abituriyent_yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

Online hujjat topshirish jarayoniga oid savollar
#abituriyent

⚡️Bu yil abituriyentlar abitur.dtm.uz yoki my.gov.uz veb saytlari orqali online hujjat topshiradilar.

✅ Shuningdek, Maxsus komissiya tasdiqlab bergan hududlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali ham hujjat topshirish mumkin. Ya'ni DXMlar barcha joyda hujjat qabul qilmaydi, faqat ayrim hududlarda ishlaydi. Bu ko'proq yashil hududlarda bo'lsa kerak.

❌ OTMga borib hujjat topshirilmaydi.

⚡️Abituriyentlar online ro'yxatdan o'tayotganda JSHSHIR raqam kiritadilar.

📎 JSHSHIR raqam nima va uni qanday aniqlash mumkinligi bu yerdan bilib olishingiz mumkin:
/channel/xushnudbek/6086

⚡️Online hujjat topshirish jarayonida kerak bo'ladigan hujjatlar:

✔️ Pasport
✔️ Shahodatnoma yoki Diplom
✔️ Imtiyoz beruvchi hujjat (agar ega bo'lsangiz)

❗️Sizdan yuqoridagi hujjatlarning asli yoki skaner qilingan nusxasi talab qilinmaydi. Faqatgina hujjatlardagi ma'lumotlar tizimga kiritiladi xolos.

❗️Ammo imtiyoz beruvchi hujjatlar bundan mustasno. Ya'ni ushbu hujjatning skaner qilingan shakli ham jo'natiladi.

❌ Sizdan talab e'tilmaydi:

🔖 Rasm
🔖 MFYdan ma'lumotnoma
🔖 Tibbiy ma'lumotnoma...

❗️Sizda doimiy ishlaydigan telefon raqam bo'lishi kerak. Chunki DTM bazasidan keladigan SMS xabarni siz tasdiqlashingiz kerak bo'ladi.

⚡️Online hujjat topshirish jarayoni 20-iyulga qadar davom etadi.

📎 Batafsil ushbu videoda👇
https://dtm.uz/post/view/dtm-sayti-orqali-ro-yxatdan-o-tish

© xushnudbek

📌 t.me/abituriyent_yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

Duolingo.com - xorijiy tillarni bepul o'rgatadigan va qiziqarli bo'lgan interaktiv sayt.

Darslarni ketma-ketlikda interaktiv shakilda organasiz va amaliy bajarib borasiz. Til o'rganish jarayonida o'zingizni huddi o'yin o'ynab o'tirganday his qilasiz.

Xorijiy tillarni bilmasangiz frilanserlik qilib pul topa olmaysiz. Bugundan boshlab xorijiy tillarni o'rganishni boshlang.

Xorijiy tillarni bilish Sizga katta imkoniyatlar eshigini ochadi!

© ITbusiness school

📌 t.me/freelancer_yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

Maxsus sirtqi haqida ma'lumot!

Maxsus sirtqi shaklda - faqat tegishli yoki turdosh talim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga va ta'lim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yo‘nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bo‘lgan, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar kamida 3 yil ta'lim olishadi.

Abituriyent universitet qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi; (skanerlangan holatda)
- pasport nusxasi; (skanerlangan holatda)
- mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma;
- tavsiyanoma.

📌 t.me/abituriyent_yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

#abituriyent

Аввалги йилда битирган абитуриентлар тўлов қилиши керакми?

Ҳа, керак. Жорий йилда ҳам мактаб, коллеж ва лицейни аввалги йилларда битирган абитуриентлар тестга кириш учун тўлов қилишади.

Тўлов миқдори - 111 минг 500 сўм.

Тўловни қандай тўлаш мумкин?

- Онлайн. Пластик карталар орқали онлайн тўлаш мумкин. Бунда онлайн ҳужжат топшираётганда пластик карта маълумотларини киритиб, тўлаш тугмасини боссангиз, пластик карта уланган картага SMS келади ва шу орқали тўлайсиз;

- Банкларда. ДТМ сайтида ёки Давлат хизматлари марказида чиқариб берилган инвойс орқали исталган банк филиалларида тўлашингиз мумкин.

5 та йўналишга алоҳида тўланадими?

Йўқ, абитуриент нечта йўналишга ҳужжат топширишидан қатъи назар, фақат бир марта 111 минг 500 сўм тўлайди.

Ўқишга кира олмаса пул қайтариб бериладими?

Йўқ, бу тўлов тест жараёнларига кириш учун бериладиган тўловдир. Абитуриент ўқишга кирган ёки кирмаганидан қатъи назар, бу тўлов қайтариб берилмайди.

Абитуриент тестга келмаса пул қайтариб бериладими?

Йўқ, қайтариб берилмайди.

Фақат ижодий (касбий) имтиҳон топширадиганлар ҳам тўлов қиладими?

Йўқ, ушбу тўлов фақат тестга кириш учун тўланади. Тест мавжуд бўлмаган, фақат ижодий имтиҳонлардан иборат бўлган йўналишларга топширган абитуриентлардан тўлов ундирилмайди. Агар ижодий имтиҳонлардан иборат йўналишларни танлаган абитуриентлар адашиб тўлов қилиб қўйса, уларга пуллари қайтариб берилади.

Кимлардан пул олинмайди?

Ногиронлиги бўлган ёки тўлиқ давлат таъминотидаги шахслар тўловдан озод этилади.

© xushnudbek

📌 t.me/abituriyent_yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

#DOLZARB
📌 Tavsiyanomasi bor barcha xotin-qizlar davlat granti asosida o'qishga qabul qilinadi, degani emas.

Xabaringiz bor: joriy yildan shartli ravishda tavsiyanomasi bor xotin-qizlar uchun 4%lik kvota ajratilgan. Mana shu joyiga e'tibor berishingizni so'ragan bo'lar edim. Ushbu kvota umumiy kvota miqdorining 4% xolos, bu 940ta o'rin bor degani. Tavsiyanomaga ega xotin-qizlar esa mamlakatimiz bo'ylab 10 minglab topiladi. Hozircha tavsiyanoma berilishi haqida rasmiy buyruq yo'q, tez kunlarda vazirlik idoralariga bu haqida xat yuboriladi.

Endi asosiy masalaga o'tsak. Misol uchun sizning qo'lingizda tavsiyanoma bor va o'qishga topshirdingiz, bu bilan siz imtihonlardan ozod qilinib davlat granti asosida o'qishga qabul qilinib qolmaysiz. Siz ham qolganlar qatori imtihon topshirasiz. Lekin siz hamma qatori umumiy kvota uchun kurashmaysiz, faqat tavsiyanomasi bor xotin-qizlar bilan 4%lik kvota uchun ya'ni 940ta o'rindan birini egallash uchun kurashasiz.

Shundan kelib chiqadiki, tavsiyanoma sizni 100% grantga olib kirib qo'ymadi. Shunchaki o'qishga kirish ehtimolini oshiradi. Bu qolgan imtiyozli ravishda kvota ajratilganlarga ham tegishli, misol uchun harbiy imtiyozga ega abituriyentlar, nogironlar, mehribonlik uyida katta bo'lganlar, harbiylar farzandlari va boshqalar. Bu bilan o'zingizni erkin sezib, imtihonlarga tayyorlanishdan to'xtab qolmang.

Yana bir alohida eslatma: Tavsiyanomalar berilishida va olinishida shaffoflik bo'ladi,degan umiddamiz. Tayyorlanayotgan abituriyentlarimizga esa shuni eslatamizki,sharoiti o'ta og'ir oilalarda yashab, ozgina mablag' evaziga tayyorlanayotgan qizlarimiz juda ko'p. Iltimos,vijdonli bo'ling. Sizning bilimingiz alohida ajratilgan kvotasiz ham o'qishga kirish uchun yetarli ekanligiga ishonamiz. Ular esa kontrakt asosida qabul qilinganida o'qishni davom ettirishmaydi yoki qarzga botib to'lov qilishadi. Davlat ularga bergan imkoniyatni,ularning yangi hayotga ilk qadamlarini o'g'irlamang.

Manba:
©Yoshlarni qo'llab quvvatlash ma'muriyati

Do'stlaringizga ulashing
t.me/abituriyent_yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

Бугун
14 июнь - халқаро блогерлар куни


Бу кунни байрам қилиш ғояси 2004 йили пайдо бўлган. 40 мамлакатдан 500дан ортиқ блог юритувчилари ўзаро байрам куни сифатида шу кунни танлашган.

Шу фурсатдан фойдаланиб барча блогерларни байрам билан табриклайман. Бошингиз омон бўлсин, қаламингиз ўткир бўлсин.

Бундан ташқари бугун донорлар куни ҳам. Сизлар ҳам доим саломат бўлинг. Сизлар сабаб жуда кўп беморлар шифо топади.

🔎👉 @freelancer_yoshlar 👈🔍

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

#Расман

Спорт фаолияти бакалавриат таълим йўналишида ўқиш муддати уч йил этиб белгиланди

Президент қарори билан спорт соҳасида олий маълумотли мутахассислар тайёрлаш жараёнини оптималлаштириш мақсадида “Спорт фаолияти (фаолият турлари бўйича)” бакалавриат таълим йўналиши бўйича ўқиш муддати уч йил этиб белгиланди.

📌 Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

t.me/abituriyent_yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

Magistraturaga va o‘qishni ko‘chirish uchun hujjatlar onlayn topshiriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish, shuningdek, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali amalga oshiriladi.

❗️Magistraturaga hujjatlar 2020 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Shuningdek, qaror bilan Farg‘ona viloyatining So‘x tumani uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi 500 ta o‘rin miqdoridagi maqsadli qabul parametrlari ajratildi.

Do'stlarga ulashing👇👇
👉 t.me/abituriyent_yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

#Расман

Магистратурага ва ўқишни кўчириш учун Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги сайтидан ҳужжат топширилади

Президент қарорига кўра, давлат олий таълим муассасаларининг магистратура мутахассисликларига ўқишга кириш, шунингдек, бакалавриат таълим йўналишларига ўқишни кўчириш ва қайта тиклаш учун ҳужжатларни топшириш жараёни Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий веб-сайти (www.edu.uz) орқали амалга оширилади.

Магистратурага ҳужжатлар 2020 йил 1 июлдан 30 июлгача қабул қилинади.

Шунингдек, қарор билан Фарғона вилоятининг Сўх тумани учун бакалавриатнинг кундузги таълим шакли бўйича умумий белгиланган қабул кўрсаткичларига нисбатан қўшимча давлат гранти асосидаги 500 та ўрин миқдоридаги мақсадли қабул параметрлари ажратилди.

Ⓜ️anba:
📌 Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

👉 t.me/abituriyent_yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

⚡️Abituriyentlar 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin

Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.

Shuningdek, kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish:
t.me/abituriyent_yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

Qiziqarli ma'lumotlar bilan o'z intelektingizni boyitmoqchimisiz🤔Unda bizga qo'shiling!✍✊😊
Siz uchun uchun:👇👇👇
/channel/turfa_olammm

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

Bilimlaringizni charxlash va xotirangizni sinash uchun butunlay innovativ loyiha!

Online testlarni yeching va o'rganganlaringizni tekshiring, bilmaganlaringizni esa bilib oling!

@yoshlar_test_00

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

Bilimlaringizni charxlash va xotirangizni sinash uchun butunlay innovativ loyiha!

Online testlarni yeching va o'rganganlaringizni tekshiring, bilmaganlaringizni esa bilib oling!

@yoshlar_test_00

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

📌 Savol: 2020/2021 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish jarayoni qanday tartibda o‘tkaziladi?

Inomjon MAJIDOV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri:

- 2020/2021 o‘quv yiliga respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

2020 yilning 15 iyulidan 5 avgustiga qadar hujjatlar qabul qilinadi (hujjatlarni onlayn tarzda topshirish imkoniyati yaratiladi);
6 avgustdan 30 avgustga qadar arizalar ko‘rib chiqilib qaror qabul qilinadi.

Do'stlarga ulashing👇👇
t.me/abituriyent_yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

​​​​Avvalgi yilda bitirgan abituriyentlar to‘lov qilishi kerakmi?

✅ Ha, kerak.
Joriy yilda ham maktab, kollej va litseyni avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar testga kirish uchun to‘lov qilishadi.

To‘lov miqdori - 111 ming 500 so‘m.

To‘lovni qanday to‘lash mumkin?

- Onlayn.
Plastik kartalar orqali onlayn to‘lash mumkin. Bunda onlayn hujjat topshirayotganda plastik karta maʼlumotlarini kiritib, to‘lash tugmasini bossangiz, plastik karta ulangan kartaga SMS keladi va shu orqali to‘laysiz;

- Banklarda. DTM saytida yoki Davlat xizmatlari markazida chiqarib berilgan invoys orqali istalgan bank filiallarida to‘lashingiz mumkin.

5 ta yo‘nalishga alohida to‘lanadimi?

✅ Yo‘q,
abituriyent nechta yo‘nalishga hujjat topshirishidan qatʼi nazar, faqat bir marta 111 ming 500 so‘m to‘laydi.

O‘qishga kira olmasa pul qaytarib beriladimi?

✅ Yo‘q,
bu to‘lov test jarayonlariga kirish uchun beriladigan to‘lovdir. Abituriyent o‘qishga kirgan yoki kirmaganidan qatʼi nazar, bu to‘lov qaytarib berilmaydi.

Abituriyent testga kelmasa pul qaytarib beriladimi?

✅ Yo‘q,
qaytarib berilmaydi.

Faqat ijodiy (kasbiy) imtihon topshiradiganlar ham to‘lov qiladimi?

✅ Yo‘q,
ushbu to‘lov faqat testga kirish uchun to‘lanadi. Test mavjud bo‘lmagan, faqat ijodiy imtihonlardan iborat bo‘lgan yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi. Agar ijodiy imtihonlardan iborat yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlar adashib to‘lov qilib qo‘ysa, ularga pullari qaytarib beriladi.

Kimlardan pul olinmaydi?

Nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar to‘lovdan ozod etiladi.

Batafsil maʼlumot👇
t.me/abituriyent_yoshlar

© Abituriyent yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

Hurmatli abituriyentlar!

Davlat test markazining @rasmiydtm rasmiy Telegram kanali abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn ro'yxatga olish boshlanganini ma'lum qildi.

❗️Sizlarga do'stona maslahatimiz: hozir ro'yxatga o'tishga shoshilmang. Hali tizimning xatolari mavjud. Shu sababli ertaga muammoga duch kelishingiz mumkin. Yaxshisi 4-5 kun sabr qilib kuting, tizim har tomonlama yaxshi ishlab olsin, keyin bemalol topshiraverasiz.

Guruhga a'zo bo‘lish:
👉 @abituriyent_yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

#motive

1. Yesterday you said tomorrow.
Now is the time.

(Kecha ertaga deganding. Demak bugun ayni payti.)

2. You can't win in the life, If you are losing in your mind.
(Hayotda umuman g'alaba qozonolmaysan. Agarda ongingda allaqachon yutqazgan bo'lsang.)

📌 t.me/ajumaboyev

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

#Биласизми

2020/2021 ўқув йилида абитуриентларни онлайн рўйхатга олиш тартиби

Каналга уланиш👇👇👇
/channel/abituriyent_yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

📌 Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevning aytishicha xotin-qizlarga ajratilgan 4%lik kvota uchun beriladigan tavsiyanomalarni 2 kundan so'ng MFYdan borib olishlari mumkin bo'ladi.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanomalar quyidagi mezonlar asosida beriladi:

- kam ta’minlangan, doimiy daromadga ega bo‘lmagan va to‘lov kontraktini to‘lashga layoqatsiz bo‘lgan oilalar;

- to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;

- 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan beva ayollarning (er) qizlari;

- otasi yoki onasi nogiron bo‘lgan va kam ta’minlangan oilalar;

- og‘ir uy-joy sharoitlarida yashayotgan va doimiy uy-joyiga ega bo‘lmagan oilalar;

- ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan kam ta’minlangan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida hisobda turganlar;

- nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalar;

- oliy ma’lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan bir necha baravar past bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin hududlarda yashovchi oilalar farzandlari uchun ularni o‘z hududida muyyan muddat ishlash sharti bilan.

Do'stlaringizga ulashing
t.me/abituriyent_yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

​​​​Қайси ОТМларда бюджетга кириш балли энг паст?

Жуда кўпчилик абитуриентлар ўқишга кириш олди "Қайси институтда кириш балли паст ёки жуда баланд?", дея қизиқиб маълумотлар йиғиб юришади.

ДТМ Ахборотнома маълумотларига қарайдиган бўлсак, Республикамиздаги бюджетга кириш балли нисбатан пастроқ бўлган олийгоҳларга қуйидагилар киради (2019-йил):

— Tошкент давлат техника университети Олмалиқ филиали;
— Tошкент давлат техника университети Tермиз филиали;
— Tошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти Бухоро филиали;
— Tошкент кимё-технология институти;
— Tошкент давлат техника университети Қўқон филиали;
— Tошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти Қарши филиали;
— Tошкент кимё-технология институти Янгиер филиали;
— Tошкент давлат юридик университети Ихтисослаштирилган филиали;
— Tошкент кимё-технология институти Шаҳрисабз филиали.

Пост олганда манба беринг!
Manba DTM

📌 t.me/abituriyent_yoshlar

Контрактга кириш балли энг паст олийгоҳлар рўйхати👇:

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

Хотин-қизларга қўшимча 4% давлат гранти учун квота ажратилади

Жорий йилда Маҳалла ва оилани қўллаб қувватлаш вазирлиги томонидан бериладиган тавсияномага эга бўлган хотин-қизлар учун бакалавриатнинг кундузги таълим шакли бўйича умумий белгиланган давлат гранти асосидаги қабул кўрсаткичларига нисбатан қўшимча тўрт фоизли давлат гранти асосидаги қабул кўрсаткичлари ажратилади.

❗️Эслатма-1: тавсияномаларнинг берилиш тартиби, яъни қандай тоифадаги хотин-қизларга берилади, уни олиш учун қандай ҳужжатлар керак ва ҳ.к. қоидалар ҳали маълум эмас, шу сабабли ҳозир маҳалла раисига ёки вазирликка тавсиянома сўраб боришингиздан фойда йўқ. Тартиб тасдиқлангач, расман эълон қилинади.


‼️Эслатма-2: қайси ОТМ ва қайси йўналишга хотин-қизлар учун нечта квота берилиши ҳам ҳозирча аниқ эмас, бу 20 июнга қадар Давлат қабул комиссияси томонидан эълон қилинади.

Манба: Xushnudbek_uz

👉 t.me/abituriyent_yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

Келажакка инвестиция...

👨‍👩‍👧‍👦Фарзандларингиз учун берган энг катта совға - уларга учун ажратилган вақт ва берилган билим...

Оила доирасида маблағни таълимга инвестиция қилиш мумкин, олий таълим муассасасига шартнома пулини тўлаш ёки чет элга ўқишга юбориш ҳам фарзандларга киритилган инвестиция.

Manba: t.me/abituriyent_yoshlar

Каналга уланиш👇
📌 t.me/yaxshiodamlar_uz

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

#Расман

Хотин-қизларга қўшимча тўрт фоизли давлат гранти асосида квота ажартилади

✅ Президент қарори билан 2020/2021 ўқув йили қабулидан бошлаб:

👉 Маҳалла ва оилани қўллаб қувватлаш вазирлиги томонидан бериладиган тавсияномага эга бўлган хотин-қизлар учун бакалавриатнинг кундузги таълим шакли бўйича умумий белгиланган давлат гранти асосидаги қабул кўрсаткичларига нисбатан қўшимча тўрт фоизли давлат гранти асосидаги қабул кўрсаткичлари ажратилади.

📌Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


👉 t.me/abituriyent_yoshlar

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

Akmal Jumaboyev
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o'rinbosari.

Telegram: /channel/ajumaboyev

Facebook: https://www.facebook.com/a.jumaboyev

Instagram: @jumaboyev_akmal
/channel/ajumaboyev

Читать полностью…

Abituriyent Yoshlar

Абитуриентлардан ҳужжатлар 20 июндан 20 июлгача қабул қилинади

✅ Абитуриентларни рўйхатдан ўтказиш жорий йилнинг 20 июнидан 20 июлига қадар (20 июль куни ҳам) бўлган муддатда қуйидаги тартибда амалга оширилади:

1️⃣Республика махсус комиссияси томонидан белгиланган ҳудудларда –Давлат хизматлари марказлари орқали.

2️⃣барча ҳудудларда:

Ягона интерактив давлат хизматлари портали
Давлат тест марказининг расмий веб-сайти (www.dtm.uz) орқали.

‼️ Абитуриентлар 5 тагача таълим йўналишини танлаши мумкин.

Абитуриентларга тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси ҳамда фанлар кетма-кетлиги бир хил бўлган бештагача бакалавриат таълим йўналиши бўйича танловда иштирок этиш ҳуқуқи берилди.

Шунингдек, кириш тест синовлари абитуриент танлаган бакалавриат таълим йўналишига мос иккита фандан ўтказилади.

Президент қарорига кўра, давлат олий таълим муассасаларининг магистратура мутахассисликларига ўқишга кириш, шунингдек, бакалавриат таълим йўналишларига ўқишни кўчириш ва қайта тиклаш учун ҳужжатларни топшириш жараёни Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий веб-сайти (www.edu.uz) орқали амалга оширилади.

Магистратурага ҳужжатлар 2020 йил 1 июлдан 30 июлгача қабул қилинади.

Шунингдек, қарор билан Фарғона вилоятининг Сўх тумани учун бакалавриатнинг кундузги таълим шакли бўйича умумий белгиланган қабул кўрсаткичларига нисбатан қўшимча давлат гранти асосидаги 500 та ўрин миқдоридаги мақсадли қабул параметрлари ажратилди.

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб:

👉 "130 000–Математика" таълим соҳаси бўйича магистратура мутахассисликлари учун Давлат буюртмаси параметрлари тўлиқ давлат гранти асосида шакллантирилади;

👉 давлат гранти асосида бакалавриат ва магистратурага ўқишга қабул қилинган талабаларни ўқитиш билан боғлиқ харажатлар Давлат бюджети маблағлари ҳисобига амалга оширилади.

Каналга уланиш:👇
t.me/abituriyent_yoshlar

Читать полностью…
Subscribe to a channel