Testimizda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali guruhga a'zo bo'ling:
https://t.me/joinchat/TBb7emsmbjUsYJEn
#E'lon
Hurmatli kanalimiz a'zolari, bugun 19-oktabr soat 21:00 da saylov qonunchiligi asosida viktorina tashkil etilmoqda.
Barchangizni faol ishtirok etishingizni so'rab qolamiz.
Kanal manzili:http://t.me/admfin
#Saylov_2021
Saylov huquqi haqida nimalarni bilasiz?
Ayni damda Prezidentlikka nomzodlarning barchasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan. Shuningdek, saylov okruglari ham tuzilganligi ma’lum qilingan. 14 ta saylov okrugidan jami 21 mln 266 ming 11 kishi ro‘yxatga olingan. Bu hisob 35 mln.lik aholining qariyb 61 foizini tashkil etadi degani.
O‘zbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladi. Mazkur qoida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari asosida ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Saylov kodeksida mustahkamlab qo‘yilgan.
👉 batafsil 👈
Telegram |Facebook |🌐Veb-sayt
❗️"O’zbekistondagi iqtisodiy o’zgarishlar va ma’muriy islohotlar: ommaviy-huquqiy sohadagi postsovet rivojlanish masalalari tranformatsion tadqiqotlarining umumiy xulosalari" va "Umumiy farovonlik va ommaviy manfaat" mavzularida fanlararo xalqaro ilmiy-amaliy tadbir bo'lib o'tadi.
🤝 Hamkorlar: Germaniyaning Konrad Adenauer nomidagi fondi O’zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi va Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi hamda Ommaviy-huquqiy tadqiqotlar markazi.
⏰ Qachon: 2021-yil, 8, 11 va 12-oktabr kunlari.
📍 Qayerda: Toshkent va Samarqand shaharlarida.
👨💻 Tadbir yuridik fan vakillari va iqtisod, sotsiologiya va siyosatshunoslik mutaxassislari o'rtasida ochiq muloqot shaklida onlayn hamda oflayn shaklda olib boriladi.
#Муҳим!!!
☝️Адлия вазирлиги: маъмурий ҳужжат нафақат ёзма шаклда, балки оғзаки, белгили, имо-ишора шаклида ҳам қабул қилиниши керак.
Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг навбатдаги мажлисида “Маъмурий тартиб-таомиллар тўғрисида”ги янги Қонун лойиҳаси биринчи ўқишда муҳокама қилинди.
Муҳокамада адлия вазири Р.Давлетов сўзга чиқиб, қонун лойиҳаси бўйича киритилаётган муҳим ўзгартиришлар ҳақида маълумот берди.
📋Хусусан лойиҳада:
- маъмурий тартиб-таомилларнинг ягона ҳуқуқий асослари белгиланамоқда;
- қонуннинг қўлланилиш соҳаси кенгайтирилиб, солиқ, божхона, давлат назорати ва текшируви, фуқароларнинг пенсия таъминоти, давлат хизматига қабул қилиш, ундан бўшатиш ва лавозимга кўтарилиш (лавозимдан тушириш), ҳарбий рўйхатга олиш ва ҳарбий хизматга чақириш, шаҳарсозлик режалаштириш, ер участкаларини ажратиш ва олиб қўйиш каби соҳалар киритилмодқа;
- “маъмурий ҳужжат” тушунчаси кенгроқ маънога эга бўлган “маъмурий акт”га ўзгартирилмоқда;
- маъмурий ҳужжат нафақат ёзма шаклда, балки оғзаки, белгили, имо-ишора шаклида ҳам қабул қилиниши мумкинлиги белгиланмоқда;
- Қонун янги принциплар билан тўлдирилмоқда;
- маъмурий шикоят тушунчасига аниқ таъриф берилмоқда;
- маъмурий кўмаклашиш ҳамда умумий вакил институтлари киритилмоқда;
- процессуал ҳужжатни қабул қилиш тартиби ва механизмлари белгиланмоқда;
- маъмурий актни бекор қилиш ва ўзгартириш механизмлари тубдан янгиланганмоқда;
- маъмурий актлар, ҳужжатлар ҳамда маъмурий ҳаракатлар устидан судгача маъмурий тартибда шикоят бериш механизмлари белгиланмоқда.
Шундан сўнг, депутатлар томонидан берилган саволларга атрофлича жавоблар берилди.
Қонун лойиҳаси депутатлар томонидан кўриб чиқилиб, биринчи ўқишда маъқулланди.
Маълумот учун: Қонун лойиҳаси ПФ–5997-сон Фармон билан тасдиқланган Маъмурий тартиб-таомиллар тўғрисидаги қонунчиликни такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар режасига мувофиқ Эксперт-ишчи гуруҳи томонидан ишлаб чиқилган бўлиб, Эксперт-ишчи гуруҳи таркибига депутатлар, сенаторлар, маъмурий органларнинг вакиллари, мутахассислар киритилган. Қонун лойиҳасини тайёрлашда 10 дан ортиқ хорижий экспертлар ҳам кенг жалб қилинган.
Сафимизга қўшилинг👇👇👇
http://t.me/admfin
#Bugun
📌23-sentabr — Grigoriy taqvimida yilning 266- (kabisa yilida 267-) kuni. Yil yakuniga 99 kun qoladi.
📜Roppa rosa bir yil oldin 2020-yil 23-sentabr sanasida O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida”gi 637-son qonuni qabul qilingan.
👨🏻🏫👩🏻🏫Qonunning 45-moddasiga ko‘ra: “Pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi. Pedagog xodimlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro‘sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi”.
Safimizga qo`shiling👇👇👇
http://t.me/admfin
The University of Kansas is hosting FEP finalists 2021 from Termez State University and Tashkent State University of Law
FEP finalists 2021, Kattaboeva Muborak from Termez State University and Yusupov Sardorbek from Tashkent State University of Law will spend an academic semester at the University of Arkansas (KU). For the duration of four months lecturers from Uzbekistan will be deepening their professional expertise in such fields as English and Political Science. The University of Kansas is a public research university with its main campus in Lawrence, Kansas, United States, and several satellite campuses, research and educational centers, medical centers, and classes across the state of Kansas. The University of Kansas is the state’s flagship university and one of just 66 invited members of the prestigious Association of American Universities (AAU).
For inquiries, please follow the program announcements:
Telegram at @ACCELS
Website: https://fep.americancouncils.org/ Email: fep@americancouncils.org
• Mashg‘ulotlarni xitoylik professor olib boradi
Mashg‘ulotlar 8-10-sentabr 15:00 da ZOOM platformasi orqali o‘tkaziladi. Ularda barcha professor-o‘qituvchilar va talabalar quyidagi havola orqali ishtirok etishi mumkin...
——————————
• Занятия проведет профессор из Китая
Занятия пройдут 8-10 сентября в 15:00 на платформе ZOOM. В них могут принять участие преподаватели и студенты по ссылке...
——————————
• Classes will be held by a professor from China
The class will be held on Sept. 8-10 at 3 p.m. on the ZOOM platform. Classes can be attended by faculty and students at the link...
@tsulofficial
🏛 TDYU “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi tashabbusi bilan “Xitoy Xalq Respublikasi sud tizimi va ma’muriy-huquqiy islohotlar” mavzusida onlayn dars mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
🇨🇳 Mashg‘ulotda Xitoy sud tizimi va ma’muriy-huquqiy islohotlar haqida ma’lumot beriladi.
⏱ Dars mashg‘ulotlari Sian transport universiteti Huquq fakulteti professori Peng Heli tomonidan olib boriladi.
⏰Dars 8-10-sentabr kunlari soat 15:00da ZOOM platformasi orqali o‘tkaziladi, unda barcha professor-o‘qituvchilar va talabalar quyidagi link orqali ishtirok etishi mumkin:
💻 https://us02web.zoom.us/j/88537787079
🇬🇧Mashg‘ulotlar ingliz tilida olib boriladi.
#эълонча
👨🏻💻Хозирги шиддат билан ривожланаётган замонда ижтимоий тармоқлар орқали маълумот оқими жуда кўпайган уларни ичидан сараларини топиш ўзи мушкул.
📲 Кунлик маълумотларни эслаб қолишнинг ўзи иложсиз.
📃 Билганларимиз ва ўрганганларимизни бошқалар билан улашиш бу ҳам савобли ҳам фойдали иш бўлса керак.
📝 Ўтган йили АҚШга илмий сафаримиздан кейин университетда талабаларга АҚШ Таълим тизими ҳақида қисқача маълумот берувчи учрашув ташкил қилган эдим.
📖 Мана бугун ушбу тадбирда қатнашган талабаларнинг айримлари АҚШда ўқишни бошладилар. Қайсидир маънода озгина бўлса ҳам мотивация берган бўлсак биз хурсанд.
🏆Ушбу канал ҳуқуқ ва илм каби соҳаларда маълумот бериш ҳамда мушоҳада юритиш учун очилди.
📨 Таклифларингизни кутиб қоламиз.
🇺🇸 Бир устозим менга кўп такрорлайдиган бир ибора бор :Take it easy.
Кўплаб яхшиликлардан энг сараларини сизга илинишга ҳаракат қиламиз.
Каналимизга аъзо бўлишни унутманг.
👉 t.me/yurist_yusupovs 👈
Молия вазирлиги
Ахборот хизмати томонидан 2021-2022-ўқув йилида тўлов-контракт асосида таҳсил оладиган талабалар учун таълим кредити ажратадиган тижорат банклари рўйҳати эълон қилинди
Олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабаларни қўллаб-қувватлаш мақсадида таълим кредити олишнинг янги енгиллаштирилган мезонлари ишлаб чиқилди.
Унга кўра, талабалар қуйидаги 11 та тижорат банклари ва уларнинг филиалларига ариза орқали мурожаат қилган ҳолда кредитга эга бўлишлари мумкин:
▪️Миллий банк;
▪️Ўзаноатқурилишбанк;
▪️Агробанк;
▪️Микрокредитбанк;
▪️Халқ банк;
▪️Қишлоққурилишбанк;
▪️Турон банк;
▪️Ҳамкорбанк;
▪️Асака банк;
▪️Ипотека банк;
▪️Ориент Финанс банк.
️️Сафимизга қўшилинг👇👇👇
/channel/admfin
#Каналда иқтибос вақти…
Ҳа каналимизда маълумот берила бошлабди демак ўқитувчиларимиз қайтишмоқда…..
#Prezident_saylovi_2021
📜O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodga qanday talablar qo‘yiladi?
✳️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti besh yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
✳️O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi mumkin.
✳️✳️✳️Quyidagilar:
qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar;
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.
Safimizga qo`shiling👇👇👇
http://t.me/admfin
TDYU Ma'muriy va moliya huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori, dotsent Hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kanzas universitetida ilmiy tadqiqot ishini olib borayotgan Sardorbek Baxodirovich Yusupovning yurtimizda oliy ta'lim tizimi va undagi islohotlarga, shuningdek, AQSH universitetlari tajribasini qiyoslashga bag'ishlangan maqolasi e'lon qilindi.
Maqolada so'nggi yillarda ta'lim tizimizda amalga oshirilgan islohotlar, OTM larning moliyaviy mustaqillik masalalari hamda islohotlar samarasi va istiqbollari haqida mulohazalar berilgan.
Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
https://yuz.uz/file/newspaper/7b95501d7debb57d06a824776dd52039.pdf
❗️1-oktyabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni!"
☝️ Bayram munosabati bilan TDYUning Ma'muriy va moliya huquqi kafedrasi mudiri v.v.b. Sh.Jurayev hamda kafedraning yosh o'qituvchilaridan iborat jamoa universitetda uzoq yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan professor-o'qituvchilarni tabriklashdi.
🧑💻 Oddiygina ko'ringan pedagog o'z hayot yo'lini yillar davomida tik turgan holda talabalarga ilm berish bilan bog'lagan bo'lib, H.Boboyev, Adik Li, Sh.Saydullayev, B.Topildiyev hamda M.Mirzaabdullyevalar shular jumlasidandir.
♻️ Kafedra nomidan barcha professor-o'qituvchilarimizni bayram munosabati bilan chin dildan tabriklab qolgan holda talabalarga ilm berishlarida hech qachon ortga chekinmasliklarini tilab qolamiz!
#туғилган_кун
Бугун кафедрамизнинг энг масъулиятли ва тиришқоқ, самимий ўқитувчиларидан бири Жавлон Зоилбоевнинг туғилган куни. Шу муносабат билан Жавлон Зоилбоевни муборакбод этамиз ва узоқ умр, сиҳат-саломатлик ҳамда илмий фаолиятида ривож тилаймиз!
📢📢📢
Diqqat e'lon.
TDYU Ma'muriy va moliya huquqi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan "Malakali huquqhunos" ilmiy-innovatsion to`garagiga a'zolarni qabul qilish boshlandi!
Murojaat uchun:
+998946796649
@Javlon_Zoilboyev bilan bog`laning.
Hurmatli talabalar,
Ma'muriy va moliya huquqi kafedrasi tomonidan 2020/2021 o'quv yili bahorgi semestr davomida olib borilgan quyidagi fanlardan oraliq nazoratini qayta topshirish uchun savollar(o'zbek va rus tilida) distant.tsul.uz masofaviy ta'lim platformasiga joylanadi. Yoki kafedraning rasmiy telegram kanalidan olishingiz mumkin(t.me/admfin).
1️⃣ Ma'muriy huquq
2️⃣ Ma'muriy huquq. Ma'muriy sud ish yurituvi
3️⃣ Ma'muriy sud ish yurituvi
4️⃣ Davlat xizmati
⚠️ Diqqat, javoblar antiplagiat dasturi orqali tekshiruvdan o'tkaziladi.
⚠️ Bahorgi semestrda javoblarini boshqa modulga joylagan talabalar, usha javobni qarzdor deb belgilangan modullariga joylashlari kerak.
⚠️🏁 Ishlarni topshirishning yakuniy muddati 2021-yil 25-sentabr soat 18:00.
#KU
🏛Канзас университети ўз фаолиятини 1866 йилда 55 нафар талаба билан қурилиши тугалланмаган,дарахтлар бўлмаган чўл мисоли Mount Oread деган бинода бошлаган.
🏦Бугун ушбу университет 28.500 дан ортиқ инсонга хизмат қилаётган 3 та катта кампусга эга.
🏠Улар: Lawrence campus, the Edwards Campus in Overland Park, and medical branches in Kansas City, Wichita, and Salina.
🗺Университетнинг умумий майдони 405 гектарни ташкил этади.
🏯Университет ўзининг мехмонхоналари ва шифохоналарига эга 🏥тиббиёт йўналиши талабалари амалиётни ушбу шифохоналарда ўтайди.
🏦Университет давлат бюджетидан 20-30% маблағ олади асосан фондлар ва бошқа манбалар хисобидан молиялашади.(Молиялаш тизими ҳақида тадқиқотимиз якунлангандан сўнг бафуржа таҳлилий маълумот бераман)
📊Канзас университети рейтингларда:
🏫2022 Top Public Universities
in America-73 ўрин 692 университет ичида.
📈QS World University Rankings-топ 1000 да 387 ўринда.
Ана шунақа…
Бизни кузатишда давом этинг…
👉 t.me/yurist_yusupovs 👈
#Campus of KU
🏛Университет кампуси ҳамда бутун Лоренс шахарчаси худуди бўйлаб Канзас университети автобуслари ҳаракатланади.
🚌Талабалар ва университет ходимлари учун ушбу автобуслардан фойдаланиш бепул фақат ID картангизни кўрсатсангиз кифоя.
💳 ID картани эса университет расмий сайтидан рўйҳатдан ўтсангиз 3 иш кунида олишингиз мумкин.
🏦Автобуслар барча талабалар ҳамда ходимлар борадиган манзилларга: Талабалар ётоқхоналари,савдо дўконларига боради.
👩🦼Имконияти чекланганлар учун автобуслар махсус автоматик чиқиш йўлакчаси билан жихозланган.
📱Махсус программа орқали автобусингиз келиш вақтини кузатиб боришингиз мумкин.
💰Мободо ID картангиз бўлмаса йўл кира нархи 1$.
Ана шунақа…
👉 t.me/yurist_yusupovs 👈
🏛 По инициативе кафедры административного и финансового права Ташкентского государственного юридического университета организуется онлайн-курс «Судебная система и административно-правовые реформы Китайской Народной Республики».
🇨🇳Курс будет охватывать судебную систему и административные реформы Китая.
🔰Занятия будут проведены профессором Юридического факультета Сианьского транспортного университета Пэн Хели.
⏱ Занятия будут проводиться 8-10 сентября в 15:00 на платформе ZOOM, где все профессора-преподаватели и студенты могут принять в них участие по следующей ссылке:
💻 https://us02web.zoom.us/j/88537787079
🇬🇧Занятия будут вестись на английском языке.
👆яхшилик мақсадида ташкил этилган ўзгача маълумот лар улашувчи канални кузатиб боришингизни тавсия этамиз.
#legalsolutiontavsiya
Ассалому алайкум муҳтарам юртдошлар!
Сизларни халқимизнинг энг улуғ, энг азиз байрами – мамлакатимиз мустақиллигининг 30 йиллик байрами билан чин қалбимдан табриклайман!
Сизларга тинчлик-омонлик, бахту саодат, хонадонларингизга файзу барака, ишларингизга муваффақиятлар тилайман!
Юридик фанлари бўйича фалсафа доктори,доцент Сардорбек Юсупов
👉 t.me/yurist_yusupovs 👈
Bilasizmi?
2021-yil 11-avgust sanasida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "Rasmiy statistika to'g'risida" gi O'RQ-707 son Qonuniga ko'ra:
Rasmiy statistika "Rasmiy statistika to'g'risida" gi Qonunning qoidalariga muvofiq davlat statistika organlari va rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari tomonidan tayyorlanadigan hamda tarqatiladigan statistika ma’lumotlaridan iboratdir.
Safimizga qo'shiling 👇👇👇
/channel/admfin
Hurmatli obunachilar, kecha xabar berganimizdek, bugundan bir oy davom etadigan viktorinamizga start beramiz.
Testlarimiz soni har kuni 2 tadan.
Testlar har kuni soat 21:00 da taqdim etiladi.
Barchangizni faollikka chorlab qolamiz.