admfin | Unsorted

Telegram-канал admfin - Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

1001

🇺🇿: Kanal TDYU Ma'muriy va moliya huquqi kafedrasi kanali hisoblanadi va unda Siz: ✅ Ommaviy huquqning asosiy sohalariga oid ✅ Kafedraga oid ✅ Talabalarni va aholini rivojlantirishga qaratilgan ma'lumotlarni olishingiz mumkin. @Murojaat_Legal_Solution_b

Subscribe to a channel

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

4️⃣4️⃣4️⃣ • “TSUL AFLD Contest — 2024” — ma’muriy huquq fanidan o‘tkazilayotgan respublika olimpiadasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

👉 tsulofficial/rVlJRUUkbOr">O‘zbek va rus tillarida bo‘lib o‘tadigan bilimlar bellashuvida ishtirok etishni istaganlar 15-fevralga qadar quyidagi link orqali roʻyxatdan oʻtishi kerak...

4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • Началась регистрация на республиканскую олимпиаду по административному праву «TSUL AFLD Contest - 2024»

👉 tsulofficial/rVlJRUUkbOr#8Adw">Желающие принять участие в олимпиаде, которая пройдет на узбекском и русском языках, должны пройти регистрацию до 15 февраля по ссылке...

4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • Registration for the Republican Olympiad on Administrative Law "TSUL AFLD Contest - 2024" has started

👉 tsulofficial/rVlJRUUkbOr#Dm0m">The Olympiad will be held in Uzbek and Russian languages, those who are interested in participation should register by February 15 at the following link...

👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #elon #объявление #announcement

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

📌 18:00 holatiga ko'ra statistika(6 soat qoldi):

Ovoz berish bo'yicha videoqo'llanma 👉 /channel/YQQUZB_KANAL/14702

Universitet rektorlari 👉 https://yqqedu.uz/158
Institut rektorlari 👉 https://yqqedu.uz/157

Statistikani yqqedu.uz sayti orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin

P/S: Ovoz berish jarayonlari bugun, 2-yanvar soat 23:59ga qadar davom etadi.

O'Z NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

🎗 FINAL: YILNING ENG YAXSHI UNIVERSITET REKTORIGA OVOZ BERING

Nomzodlar:

Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdug‘affor Karimjonovich Qirg‘izboyev;
Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Rizayev Jasur Alimjanovich;
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rustambekov Islambek Rustambekovich;

🏆 G'oliblar Oltin statuetka, Diplom, OTM talabalari uchun 20 000 000 so'mlik sertifikat hamda esdalik sovg'alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.

P/S: Ovoz berish jarayonlari 31-dekabr 23:59ga qadar amalga oshiriladi.

O'Z NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

Ushbu Qonun ma’muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan ma’muriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan litsenziya, ruxsat berish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa ma’muriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi.

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
LITSENZIYALASH, RUXSAT BERISH VA XABARDOR QILISH TARTIB-TAOMILLARI TO‘G‘RISIDA

https://lex.uz/docs/-5511879

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat akkreditatsiyasi — davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon;
davlat ta’lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa;
davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
davlat ta’lim talablari — ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar;

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

Qonunga zid bo‘lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi.

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
PROKURATURA TO‘G‘RISIDA
(yangi tahriri)

https://lex.uz/ru/docs/-106197

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

6-modda. Jamoatchilik nazoratining shakllari
Jamoatchilik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:
davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar;
davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish;
jamoatchilik muhokamasi;
jamoatchilik eshituvi;
jamoatchilik monitoringi;
jamoatchilik ekspertizasi;
jamoatchilik fikrini o‘rganish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoatchilik nazorati qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
JAMOATCHILIK NAZORATI TO‘G‘RISIDA

https://lex.uz/ru/docs/-3679092

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

101-modda. Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish
Qonunchilik palatasi, qoida tariqasida, bir oyda bir marta o‘z majlisida hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitadi (bundan buyon matnda “hukumat soati” deb yuritiladi).
“Hukumat soati”ni o‘tkazish jadvali Bosh vazir bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan belgilanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlarining hukumat a’zolariga savollari Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan “hukumat soati”ni o‘tkazishdan kamida o‘n kun oldin Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Vazirlar Mahkamasi savollar ro‘yxatidan kelib chiqqan holda “hukumat soati”da Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga javob beradigan hukumat a’zolarini belgilaydi.
“Hukumat soati” yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinishi mumkin

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

3-modda. Parlament nazorati subyektlari
Parlament nazorati subyektlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi);
Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari, komissiyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari (bundan buyon matnda fraksiyalar deb yuritiladi);
Qonunchilik palatasi deputatlari;
Senat a’zolari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman).

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
PARLAMENT NAZORATI TO‘G‘RISIDA

https://lex.uz/docs/-2929477

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

https://public.sud.uz/report/ADMINISTRATIVE_NEW

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

Assalomu alaykum,
Bugungi darsimiz 2-bino 311-xonada bo'lyapti.

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

🏆“TSUL AFLD CONTEST-2024”🏆

🏛 TDYU Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi “AFLD Contest - 2024” Ma’muriy huquq fanidan respublika olimpiadasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini e’lon qiladi.

📆 Mazkur olimpiadada “Yurisprudensiya” yo‘nalishi mavjud OTMlarning bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari, Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va TDYU huzuridagi akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin. O‘zbek va rus tillarida bo‘lib o‘tadigan bilimlar bellashuvida ishtirok etishni istaganlar 15-fevralga qadar quyidagi link orqali roʻyxatdan oʻtishi kerak: https://forms.gle/UhnTQ7c15aU7NYau5

🖇 Olimpiada 17-fevral kuni ikki bosqichda o‘tkaziladi: test topshiriqlari 📑 va muammoli vaziyatlar (kazuslar)ni 📜 tahlil qilish.

🛎 Olimpiada g‘olib va sovrindorlari diplom va qimmatbaho sovg‘alar 🎁 bilan taqdirlanadi.

✅ Batafsil ma'lumotlar tez orada e'lon qilinadi.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

🏛 Кафедра административного и финансового права ТГЮУ объявляет о начале регистрации на республиканскую олимпиаду по административному праву «TSUL AFLD Contest-2024».

📆 В олимпиаде могут принять участие студенты и магистранты вузов направления «Юриспруденция», учащиеся юридических техникумов Министерства юстиции, академического лицея при ТГЮУ. Желающие принять участие в олимпиаде, которая пройдет на узбекском и русском языках, должны пройти регистрацию до 15 февраля по ссылке: https://forms.gle/UhnTQ7c15aU7NYau5

🖇 Олимпиада будет проходить в 17 февраля в два этапа: тестовые задания 📑 и решение ситуационных задач (казусов).📜

🛎 Победители и призеры олимпиады будут награждены дипломами и ценными подарками. 🎁

✅ Более подробная информация будет объявлена ​​в ближайшее время.

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

31-dekabr kungi natijalarni turli bahonalar bilan tashkilotchilar bekor qildi.
Shu sababli TDYU baribir 1-o‘rinni olishini isbotlash vaqti keldi! Ovoz berishda ozroq vaqtingizni ayamang!

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

#Адлия_хабари

❗️2024 йилда қўшимча дам олиш кунлари белгиланди

"2024 йилда расмий саналарни нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунларни белгилаш ва дам олиш кунларини кўчириш тўғрисида"ги Президент Фармони (ПФ–213-сон, 22.12.2023 й.) қабул қилинди.

🔰Фармонга кўра, 2024 йилда қуйидаги қўшимча дам олиш кунлари белгиланди:

🔹барча ходимлар учун (иш ҳафтасининг туридан қатъи назар):

▫️22 март – жума;
▫️11 апрель – пайшанба;
▫️18 июнь – сешанба;
▫️3 сентябрь – сешанба;
▫️31 декабрь – сешанба.

🔹6 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун:

▫️2 январь – сешанба;
▫️23 март – шанба;
▫️12 апрель – жума;
▫️31 август – шанба;
▫️30 декабрь – душанба.

🔘 5 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун дам олиш кунлари қуйидаги тартибда кўчирилади:

▫️6 январь – шанба кунидан 2 январьсешанба кунига;
▫️13 апрель – шанба кунидан 12 апрель – жума кунига;
▫️14 декабрь – шанба кунидан 30 декабрьдушанба кунига.

Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, pedagog kadrlarni va ilmiy xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, nodavlat ta’lim tashkilotlariga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalar (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berish vakolatli organni ushbu sohada faoliyat boshlash to‘g‘risida xabardor qilish, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarga apostil qo‘yish tartibini belgilaydi;

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

3-bob. Ta’lim tizimini boshqarish
23-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
ta’lim sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qiladi;
ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, pedagog kadrlarni va ilmiy xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, nodavlat ta’lim tashkilotlariga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalar (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berish vakolatli organni ushbu sohada faoliyat boshlash to‘g‘risida xabardor qilish, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarga apostil qo‘yish tartibini belgilaydi

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TA’LIM TO‘G‘RISIDA

https://lex.uz/docs/-5013007

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

4-modda. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Prokuratura organlari o‘z faoliyatini quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi:

vazirliklar, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

17-modda. Jamoatchilik nazoratining natijalari

Jamoatchilik nazoratining natijalariga ko‘ra bayonnoma, xulosa, ma’lumotnoma shaklida yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaklda yakuniy hujjat tayyorlanishi mumkin.

Yakuniy hujjat axborot va tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.
Yakuniy hujjatda bayon etilgan axborot, tavsiya va takliflar davlat organlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi hamda ular yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilinadi

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

3-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati subyektlaridir.
Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi mumkin.

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

21-modda. Parlament nazorati natijalari
Parlament nazorati subyektlari o‘z vakolatlari doirasida parlament nazorati natijalari bo‘yicha:
hukumat a’zosini iste’foga chiqarish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taklif kiritishi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni 38-moddasining beshinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli davlat organlariga, xo‘jalik boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarining, davlat dasturlarining ijrosi, o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning amalga oshirilishi samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan takliflar va tavsiyalar kiritishi;
(21-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan ma’ruzalarni, hisobotlarni, axborotni hamda boshqa materiallarni ular yuzasidan mulohazalar va takliflarni ko‘rsatgan holda ushbu organlarga maromiga yetkazish uchun belgilangan tartibda qaytarib yuborishi;
parlament nazorati materiallarini vakolatli davlat organlariga o‘z vakolatlariga muvofiq ko‘rib chiqish uchun yuborishi;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonunchilikni buzishning boshqa hollari ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda ularga darhol chek qo‘yish choralarini ko‘rish talabi bilan tegishli davlat organlariga, xo‘jalik boshqaruvi organlariga hamda mansabdor shaxslarga murojaat qilishi;
(21-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish, ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida tegishli davlat organlariga, xo‘jalik boshqaruvi organlariga takliflar va tavsiyalar kiritishi;
(21-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yangi qonunchilik hujjati loyihasini ishlab chiqish yoki amaldagi qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqishi;
(21-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
parlament nazorati natijalarini e’lon qilishi mumkin.

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

Senat majlislarida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi parlament nazoratini tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

14.12.2023 sanada Ma'muriy huquq modulidan o'tilgan dars videozapisi.

Safimizga qo'shiling:

/channel/admfin

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

AHOLINI VA HUDUDLARNI TABIIY HAMDA TEXNOGEN XUSUSIYATLI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA
https://lex.uz/docs/-6161244

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

Kecha tashkil etilgan dars ya'ni 13.12.2023 sanandagi Ma'muriy huquq modulidan navbatdagi dars videozapisi.

Yaqinlaringizni ham kanalimizga qo'shib, bilim ulashing.

Safimizga qo'shiling:
/channel/admfin

Читать полностью…
Subscribe to a channel