admfin | Unsorted

Telegram-канал admfin - Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

1001

🇺🇿: Kanal TDYU Ma'muriy va moliya huquqi kafedrasi kanali hisoblanadi va unda Siz: ✅ Ommaviy huquqning asosiy sohalariga oid ✅ Kafedraga oid ✅ Talabalarni va aholini rivojlantirishga qaratilgan ma'lumotlarni olishingiz mumkin. @Murojaat_Legal_Solution_b

Subscribe to a channel

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

📽 Finlandiya Oliy ma’muriy sud raisi, professor Kari Kuusiniemi ishtirokida tashkil etilgan xalqaro seminar videosi.
_____________

📽Видео международного семинара, организованного при участии председателя Высшего административного суда Финляндии профессора Кари Куусиниеми.

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

4️⃣4️⃣4️⃣ • “Finnish administrative law and administrative judicial procedure” mavzusidagi xalqaro seminarni professor Kari Kuusiniemi olib boradi

👉 tsulofficial/XNU4RVWGg2g#oJ3k">Batafsil...

4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • Международный семинар на тему «Finnish administrative law and administrative judicial procedure» проведет профессор Кари Куусиниеми

👉 tsulofficial/XNU4RVWGg2g#oJ3k">Подробнее...

4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • International seminar on “Finnish administrative law and administrative judicial procedure” to be led by Professor Kari Kuusiniemi

👉 tsulofficial/XNU4RVWGg2g#VW0Z">More...

⚫️ 🔴 🔵 🟣 ⚪️ @tsulofficial #elon #объявление #announcement

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

📬 "Finnish administrative law and administrative judicial procedure" mavzusida xalqaro seminar o‘tkaziladi.

🇫🇮 Mazkur tadbir Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda Finlandiya Oliy ma’muriy sud raisi, professor Kari Kuusiniemi ishtirok etadi.

⏰Seminar 2024-yil 13-dekabr kuni soat 9:30 da Zoom platformasi orqali ingliz tilida bo‘lib o‘tadi.

📚Seminardan oldin quyidagi materiallar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.


🖇Zoom havola:
https://us06web.zoom.us/j/83612195866?pwd=PoG46cF0Gj2RylGLWakIF6QlHDBNLy.1

ID: 836 1219 5866
Parol: 222018
________________________

📬Состоится международный семинар на тему: "Finnish administrative law and administrative judicial procedure".

🇫🇮 Мероприятие, организованное кафедрой административного и финансового права Ташкентского государственного юридического университета, пройдет с участием председателя Верховного административного суда Финляндии, профессора Кари Куусиниеми.

⏰Семинар пройдет 13 декабря 2024 года в 9:30 утра на платформе Zoom на английском языке.

📚Рекомендуется ознакомиться с нижеперечисленными материалами перед семинаром.

🖇Ссылка на Zoom:
https://us06web.zoom.us/j/83612195866?pwd=PoG46cF0Gj2RylGLWakIF6QlHDBNLy.1

ID: 836 1219 5866
Пароль: 222018
________________________

📬An international seminar on the topic: "Finnish Administrative Law and Administrative Judicial Procedure" will be held.

🇫🇮The event is organized by the Department of Administrative and Financial Law of Tashkent State University of Law and will feature Professor Kari Kuusiniemi, President of the Supreme Administrative Court of Finland.

⏰The seminar will take place on December 13, 2024, at 9:30 AM via Zoom and will be conducted in English.

📚It is recommended to review the following materials before the seminar.

🖇Zoom Link:
https://us06web.zoom.us/j/83612195866?pwd=PoG46cF0Gj2RylGLWakIF6QlHDBNLy.1

ID: 836 1219 5866
Passcode: 222018

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

📌Assalomu alaykum!

Bugun 25-noyabr kuni soat 13:30 da Germaniyaning Regensburg universiteti professori Antje Himmelreich ishtirokida 🇩🇪 “Немецкий кодекс административного судопроизводства – модель для постсоциалистических государств?” mavzusida xalqaro seminar bo’lib o’tadi.

📮 Zoom link
https://us06web.zoom.us/j/88223275662?pwd=6GwvrBhadCWGPQm6WJTi5Nh0iMH6jl.1

ID: 882 2327 5662
Password: 226907

🖇️Barchangizni taklif etamiz.


📌 Здравствуйте

Сегодня, 25 ноября, в 13.30 состоится международный семинар на тему 🇩🇪 “Немецкий кодекс административного судопроизводства – модель для постсоциалистических государств?” с участием профессора Антье Химмельрайх из Регенсбургского университета (Германия).

📮 Zoom ссылка
https://us06web.zoom.us/j/88223275662?pwd=6GwvrBhadCWGPQm6WJTi5Nh0iMH6jl.1

ID: 882 2327 5662
Password: 226907

🖇️ Приглашаем всех интересующих

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

⚡️“МАНФААТЛАР ТЎҚНАШУВИ ТЎҒРИСИДА”ГИ ҚОНУН КИМЛАРГА ТАТБИҚ ЭТИЛИШИ АНИҚ БЎЛДИ

☑️Қуйидаги давлат органлари ва ташкилотларига:


▪️давлат органлари ва маҳаллий давлат ҳокимияти органларига;

▪️давлат муассасаларига, давлат унитар корхоналарига, давлат мақсадли жамғармаларига;

▪️давлат улуши 50 фоиз миқдорда ва ундан ортиқ бўлган акциядорлик жамиятларига татбиқ этилиши белгиланган.
Тўлиқ рўйхат юқорадаги расмларда кўрсатилган.

Ушбу қонун айни кунда кучга кирмаган, жорий йил 6 декабрдан бошлаб кучга киради.

☝️🏻Рўйҳатдаги Марказий банк ва давлат улуши мавжуд бўлган 9 та тижорат банклари ҳам киритилган. Бошқа банклар эса йўқ.

Рўйҳат Республика идоралараро комиссия томонидан жорий йил 1 июлга қадар шакллантирилиши лозим эди.

Энди қариндош-уруғ бир ташкилотда ишлаши қийинлашади, шунингдек, тадбиркорлик билан шуғулланадиган хизматчилар бу фаолиятини тугатади ёки бошқанинг номига ўтказади.

/channel/admfin

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

0️⃣0️⃣0️⃣

"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida" gi qonuniga ko'ra mazkur yer uchsatkalariga bo`lgan huquqlarni e'tirof etish uchun belgilangan miqdorlarda bir martalik to'lov undiriladi.

Bir martalik to'lov miqdori:
😀O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga;

😀o‘zboshimchalik bilan qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarga bo‘lgan mulk huquqini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etilgan Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari (bundan buyon matnda Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari deb yuritiladi) tomonidan e’tirof etish mumkin deb topilganligi hollariga yoki uni e’tirof etish rad etilganligi yoxud arizalarning ko‘rib chiqilishi bir martalik umumdavlat aksiyasining muddati o‘tganligi sababli yakuniga yetmaganligi hollariga;

😀fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylariga hamda ular egallagan yer uchastkasiga;

😀xususiylashtirilgan binolar va inshootlar egallagan yer uchastkasiga;

✅fuqarolarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq mulk (egalik qilish) huquqi e’tirof etilgan binolari va inshootlari egallagan yer uchastkalariga
nisbatan

✳️Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida;
✳️Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida;
✳️viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlardabazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
✳️boshqa aholi punktlaridabazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida undiriladi.

Bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:
1) bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;
2) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.


“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan to‘lovning ellik foizi miqdorida undiriladi.

Ushbu qonun qabul qilinganidan 3 oy o'tgach kuchga kirishi belgilangan. Qonun 05.08.2024 sanada qabul qilingan. Demak ertadan kuchga kirishi mumkin.

Asos

/channel/admfin

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

O'zbekiston hududiga
olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlanadi!!!

📝O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi tomonidan 2019-2024 yillarda Internet jahon tarmog'idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan deb topilgan hamda O'zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbaa va kontentlar (materiallar) Ro'yxati tasdiqlangan.

✅Ro'yxat 2024-yil 17-oktabr holatiga ko'ra.

❕Ushbu ro'yxatda keltirilgan sahifalarda berilgan materiallarni O'zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish hamda shaxsiy qurilmalarda saqlash taqiqlanadi.


📌O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasiga ko'ra:

Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash-
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Shuningdek, ushbu moddaning keyingi qismlari bilan jazo og'irlashib boradi.

Yaqinlaringizga jo'natib qo'ying.

/channel/karimjonovich_j

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

0️⃣0️⃣0️⃣ • TDYU rektori v.v.b., professor Islambek Rustambekovning “Наши юристы станут локомотивами социально-экономического развития Нового Узбекистана” nomli intervyusi “The mag” jurnalining navbatdagi sonida chop etildi

👉 Batafsil...

0️⃣0️⃣0️⃣ • Интервью с врио ректора Ташкентского государственного юридического университета, профессором Исламбеком Рустамбековым опубликовано в очередном номере журнала «The mag»

👉 Подробнее...

0️⃣0️⃣0️⃣ • An interview with the Acting Rector of TSUL, Professor Islambek Rustambekov, titled "Our lawyers will become the driving force of socio-economic development in New Uzbekistan" has been published in the latest issue of the journal 'The Mag'

👉 More...

⚫️ 🔴 🔵 🟣 ⚪️ @tsulofficial #yangilik #новость #news

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik
(Qonunchilikdagi yangilik)

Endi bolalarga qilingan zo'ravonlik ham huquqbuzarlik sifatida jinoiy jazoga muqarrar!!!


O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-1- moddasiga kora:

Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog‘lig‘ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qo‘rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘yish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, shuningdek basharti boshqa jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yuz oltmish soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi" belgilangan.

Bunda bolalarning huquqlarini himoya qilish masalasi keltirilmagan edi

"Oilaviy (maishiy) zo'ravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 978-son Qonuniga ko'ra quyidagi o`zgarish kiritilmoqda:

"Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki bolani, shuningdek, umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog‘lig‘ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qo‘rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘yish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, shuningdek basharti boshqa jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa,... "


Ushbu qonun bilan endi bolalarning ham oilaviy zo'ravonlik qurboni bo'lishlari bilan bog'liq salbiy holatlar ancha kamayishiga umid qilamiz.

Zero, bu muhim qadam!

Jinoyat kodeksingizda 126-1-modda berilgan betga stiker yopishtirish esdan chiqmasin😁

/channel/karimjonovich_j

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

❗️ Soliq nazorati

/channel/admfin

#soliq #tax

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

Demak, juma kunidan tartib ishlashni boshlaydi.

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

💡сегодня мы развеем мифы про модуль «Административное право».
❓готовы ли вы к новым открытиям?
✅не упустите возможность быть в курсе и продолжайте следить за нами!

💡Bugun biz "Ma'muriy huquq" moduli haqidagi afsonalarni yo'q qilamiz.

❓Siz yangiliklarga tayyormisiz?

✅ Yangiliklardan xabardor bo'lish imkoniyatini qo’ldan boy bermang va bizni kuzatishda davom eting!

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

❗️ Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i 2/2

/channel/admfin

#soliq #tax

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

👨‍🏫👩‍🏫 • Adxamjon Axrorovning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi

💻 tsulofficial/AoE_xIURho0#E5kU">Batafsil va ZOOMga havola...

👨‍🏫👩‍🏫 • Состоится защита докторской диссертации (PhD) Адхамджона Ахророва

💻 tsulofficial/AoE_xIURho0#EhOF">Подробнее и ссылка на ZOOM...

👨‍🏫👩‍🏫 • A doctoral dissertation defense (PhD) by Adkhamjon Akhrorov will take place

💻 tsulofficial/AoE_xIURho0#fR9h">More & ZOOM-link...

👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #phd #himoya #защита #defense

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇺🇸 • TDYU va Kanzas universiteti Huquq maktabi o‘rtasida “3+1” dasturi yo‘lga qo‘yildi

👉 tsulofficial/_CUKaMhKom8#xKFf">Batafsil va tsulofficial/_CUKaMhKom8#a0Vx">FOTOlar...

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇺🇸 • Между ТГЮУ и Школой права Канзасского университета запущена программа «3+1»

👉 tsulofficial/_CUKaMhKom8#ZLYF">Подробнее и tsulofficial/_CUKaMhKom8#a0Vx">ФОТОграфии...

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇺🇸 • The “3+1” program has been launched between TSUL and the School of Law of the University of Kansas

👉 tsulofficial/_CUKaMhKom8#dCam">More & tsulofficial/_CUKaMhKom8#a0Vx">PHOTOs...

👍 📩 @tsulofficial #hamkorlik #сотрудничество #cooperation

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

🏆 “TSUL AFLD CONTEST-2025” 🏆

🏛 TDYU Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi “AFLD Contest - 2025” Ma’muriy huquq fanidan respublika olimpiadasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini e’lon qiladi.

📆 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Respublika OTMlarida “Yurisprudensiya” ta'lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura bosqich talabalari;
Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari;
TDYU huzuridagi akademik litsey o‘quvchilari.

Olimpiada o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

📋 Ro‘yxatdan o‘tish:
Ishtirokchilar 2025-yil 10-fevralga qadar quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak:
https://forms.gle/pKUd8tbYh5R4VWZw8

🗓 Muhim sana:
Olimpiada 2025-yil 15-fevral kuni o‘tkaziladi.

🏅 Mukofotlar:
G‘oliblar va sovrindorlarga diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar 🎁 topshiriladi.

ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumotlar:
Olimpiada shartlari, adabiyotlar ro‘yxati va boshqa ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi.
_______________________________

🏛 Кафедра административного и финансового права ТГЮУ объявляет о начале регистрации на олимпиаду по административному праву «TSUL AFLD Contest-2025».

📆 Кто может участвовать?
Студенты бакалавриата и магистратуры вузов направления «Юриспруденция»;
Учащиеся юридических техникумов Министерства юстиции;
Учащиеся академического лицея при ТГЮУ.

Олимпиада будет проводиться на узбекском и русском языках.

📋 Регистрация:
Зарегистрироваться можно до 10 февраля 2025 года по ссылке:
https://forms.gle/pKUd8tbYh5R4VWZw8

🗓 Важная дата:
Олимпиада пройдет 15 февраля 2025 года.

🏅 Награды:
Победители и призеры получат дипломы и ценные призы 🎁.

ℹ️ Дополнительная информация:
Условия участия, список литературы и другие подробности будут объявлены в ближайшее время.

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

https://www.finlex.fi/en/laki/kaannokset/2019/en20190808_20210639.pdf

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

⚡️Mazkur mashg’ulot boshqa kunda ko’chirildi. Kuni va soati to’g’risida qo’shimcha xabar qilamiz.

⚡️Семинар перенесли на другой день. Мы сообщим вам дату и время.

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

🍀Ma'muriy va moliya huquqi kafedrasi jamoasi barcha talabalarga oraliq nazorat imtixonlarini topshirishda omad tilaydi!



🍀Кафедра административного и финансового права желает всем студентам удачи при сдаче промежуточного контроля!

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

🔤🔤🔤🔤🔤

Ayollar qachon 54 yoshdan imtiyozli pensiyaga chiqishlari mumkin?

Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun ayollarda to‘liq 20 yil ish staji bo‘lishi talab etiladi.

Bunda ayollar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 37-moddasida belgilangan quyida keltirilgan 4 ta band asosidagi faoliyati davomiyligi 20 yilni tashkil etganida 54 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish huquqi paydo bo‘ladi:

✅mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish;

✅harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qo‘shilmalarida bo‘lish, davlat xavfsizligi organlarida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish;

✅idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, harbiylashtirilgan qo‘riqlashdagi, maxsus aloqa organlari va tog‘-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;

✅yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi xo‘jalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xo‘jaligidagi faoliyat bilan shug‘ullangan taqdirda imtiyozli pensiyaga chiqishi mumkin.


Qanday holatda ayol kishida 54 yoshdan pensiyaga chiqish huquqi bo‘lmaydi?

Misol uchun, fuqaro 25 yil ish staji bilan 54 yoshdan yoshga doir pensiya tayinlashni so‘rab Pensiya jamg‘armasiga murojaat qildi. Lekin fuqaro 3 ta farzandi uchun ushbu ko‘rsatib o‘tilgan davrda 6 yil parvarishlash (dekret) davrida bo‘lgan.

Demak, fuqaroning haqiqiy ish staji 19 yilni tashkil etadi va 54 yoshdan yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lmaydi.

✳️Ushbu holatda ayollarga 55 yoshdan pensiya tayinlanadi.

Manbaa


/channel/admfin

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

O'zganing mol-mulkiga zarar yetkazish bilan bog'liq ayrim jinoyatlarning nozik jihatlari.

O‘g‘rilik (JK 169-modda).
Jabrlanuvchining yoki boshqalarning yo‘qligida yoki ular bor bo‘lsada, ularga bildirmasdan o‘zganing mol-mulkini yashirin talon-toroj qilish o‘g‘rilik hisoblanadi.
Bordiyu jabrlanuvchi yoki boshqalar mol-mulkining olinayotganligini ko‘rgan bo‘lsada, lekin aybdor bildirmasdan harakat qilyapman deb o‘ylagan bo‘lsa, bunday qilmishni ham o‘g‘rilik deb tavsiflash lozim.


Talonchilik (JK 166-modda) .
O‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish bilan boshlangan, lekin jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar tomonidan sezib qolinganiga qaramasdan aybdor tomonidan mulkka egalik qilish maqsadida ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib qilingan harakatlar talonchilik deb tavsiflanadi.

Bosqinchilik (JK 164-modda).
O‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish bilan boshlangan, lekin jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar tomonidan sezib qolinganiga qaramasdan aybdor tomonidan mulkka egalik qilish maqsadida ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib hujum qilib, hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatganda yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitganda bosqinchilik deb tavsiflanadi.

Kissavurlik (JKning 169-moddasi 2-qismi “a” bandi).
Jabrlanuvchining egnida bo‘lgan kiyim-kechagi, qo‘lidagi yoki bevosita yonida bo‘lgan sumka, chamadon va boshqa anjomlaridan sodir etilgan yashirin talon-toroj qilish kissavurlik deb hisoblanadi.

Manbaa

PS: har qanday jinoiy qilmish jazoga muqarrar.

@INSONvaHUQUQ

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi tomonidan 2019-2024 yillarda Internet jahon tarmog'idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan deb topilgan hamda O'zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbaa va kontentlar (materiallar) Ro'yxati

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

#Murojaat

Savol: Familiyamni o'zgartirmoqchi edim, yoshim 20 da. Bir ikkitadan so'rasam, sudga ariza yozib, o'zgartirishim mumkinligini aytishdi.

✅Javob: Bu holatda sudga ariza berilmaydi.

📌Asos:
2023.10.23 dagi VMQ 550-son bilan tasdiqlangan "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish" Qoidalarining 10-bobiga muvofiq:

Familiya, ism va ota ismini o'zgartirish masalasi ariza beruvchi 16 yoshga to'lganidan keyin FHDY organlari tomonidan ko'rib chiqiladi.


⏳Ariza FHDY organi tomonidan bir oy ichida ko'rib chiqiladi.
💰Arizachi 16-18 yoshda bo'lsa, BHMning 50%, 18 yoshdan katta bo'lsa, BHM ning 1 baravari hisobida davlat boji to'laydi.

Nizomning 138-bandiga ko'ra:
Vafot etgan shaxslarning tug‘ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga tuzatish va qo‘shimchalar sud qaroriga asosan FHDY organi tomonidan kiritiladi.


Demak, hayot bo'lgan va 16 yoshdan oshgan fuqarolar familiya, ism va ota ismini o'zgartirish uchun FHDY organiga murojaat qilishlari kerak.

Kanal

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

Ishga joylashayotgan talabaning qanday huquqlari bor?

Talaba nechanchi kursdan ta’lim olayotgan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli nizomiga ko‘ra, OTMning kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy ta'rif stavkasi singari bazaviy ta'rif stavkasi belgilanadi.

Yuridik va sog‘liqni saqlash sohasi talabalari-chi?

Prezidentning 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qaroriga ko‘ra, Yuriskonsult yordamchisi lavozimida oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs, shuningdek, oliy ta’lim muassasasining “Yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat bosqichining bitiruvchi kursi talabasi yoki magistranti ishlashi mumkin.

Qaysi kasbga qanday ma’lumot zarur ekanini qanday bilsa bo‘ladi?

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2020)” qarorida ishchi kasb va xizmatchilarning asosiy lavozimlariga ma’lumotning eng past darajasiga qo‘yiladigan talablar belgilangan. Demak, mana shu klassifikatordan kasblarga qo‘yilgan ma’lumotning eng past darajasini bilib olishingiz mumkin.

Bundan tashqari, vazirlik va idoralarning hujjatlarida ham tegishli sohalar bo‘yicha malaka tavsiflari belgilab beriladi.

/channel/karimjonovich_j

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇺🇿 🤝 🇹🇷 • Turkiyada O‘zbek-Turk huquq kunlari o‘tkazildi

👉 tsulofficial/KxY1-oCufZ9#Jni9">Batafsil va tsulofficial/KxY1-oCufZ9#U2hW">FOTOlar...

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇺🇿 🤝 🇹🇷 • В Турции прошли узбекско-турецкие дни права

👉 tsulofficial/KxY1-oCufZ9#ivVp">Подробнее и tsulofficial/KxY1-oCufZ9#U2hW">ФОТОграфии...

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇺🇿 🤝 🇹🇷 • Days of Uzbek-Turkish Law were held in Turkiye

👉 tsulofficial/KxY1-oCufZ9#viKt">More & tsulofficial/KxY1-oCufZ9#U2hW">PHOTOs...

👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #hamkorlik #сотрудничество #cooperation

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

#Muhim

Endi mopedlar hamda elektroskuterlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish hamda maxsus haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lish talab etiladi
.

Dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, shuningdek, elektr dvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, biroq 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari (moped va skuter) uchun alohida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi hamda bu turdagi transport vositalari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Foydalanishda bo‘lgan moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida" gi 08.07.2024 yildagi 393-son qarori bilan ushbu tartib belgilamoqda.

Qaror 18-oktabr 2024-yildan boshlab kuchga kiradi. Haydovchilik guvohnomasi berish tartibi esa 2025-yil 1-martdan amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Moped yoki skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hududiy boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yangi moped yoki skuterlar Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

/channel/admfin

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

📌 Advokatlarga soliq solish masalalari

Safimizga qo`shiling: /channel/admfin

#tax #soliq #law

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

❗️ Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i 1/2

/channel/admfin

#soliq #tax

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

👨‍🏫👩‍🏫 • Alisher Jurayevning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi

💻 tsulofficial/TvsQCYwV--d#hmJZ">Batafsil va ZOOMga havola...

👨‍🏫👩‍🏫 • Состоится защита докторской диссертации (PhD) Алишера Жураева

💻 tsulofficial/TvsQCYwV--d#s2qr">Подробнее и ссылка на ZOOM...

👨‍🏫👩‍🏫 • A doctoral dissertation defense (PhD) by Alisher Juraev will take place

💻 tsulofficial/TvsQCYwV--d#KfKC">More & ZOOM-link...

👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #phd #himoya #защита #defense

Читать полностью…

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇺🇸 • TDYU rahbariyati va Kanzas universiteti professorlari o‘rtasidagi uchrashuv boshlandi

Avval xabar qilganimizdek, AQSHning Kanzas universiteti Huquq fakulteti vakillari Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.


👉 Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda TDYU rektori v.v.b., professor Islambek Rustambekov, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Fitrat Umirov, Ommaviy huquq fakulteti dekani Shahzod Saydullayev, Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi mudiri Sardor Yusupov, AQSHning Kanzas universiteti Huquq fakulteti dekani, professor Stiven V. Mazza va fakultet professori Stiven J. Vayr ishtirok etmoqda.

🤝 Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida “3+1” dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #hamkorlik #сотрудничество #cooperation

Читать полностью…
Subscribe to a channel