adxam_karim | Unsorted

Telegram-канал adxam_karim - ADXAM KARIM

48

Assalomu alaykum xurmatli kanalimiz azolari. Kanalimizda muallif ijodidan baxramant buling Tel: +998999916726 @ADXAM_KARIM Assalomu alaykum xurmatli kanalimiz azolari. Kanalimizda muallif ijodidan baxramant buling Tel: +998999916726 @ADXAM_KARIM

Subscribe to a channel

ADXAM KARIM

Charchadim

Ko'zlarim yumib taskin topsam
Zaminning bag'riga quyosh dek botsam
Jonimni azobga arzonga sotib
Charchadim onajon yomon charchadim

Xiyonat shahrida kezyabman sarson
Chayon ilonlarning zaxriga bolib men duchor
Do'stlarim yo'limda yasab men uchun dor
Charchadim onajon yomon charchadim

Dod yolib dunyoga yig'lagim kelar
Azoblar xar onda bag'rimni tilar
Sohta do'stlarim tiriklay terimi shilar
Charchadim onajon yomon charchadi

Sendan bir o'tinchim jonim ol Alloh
Buncha azoblar qaydan keldi ey voh
Kim menga bo'lar bir onga panoh
Charchadim onajon yomon charchadim

Adxam Karim dunyosidan ketdim bezib
Azoblar bog'ida sarsona kezib
Armonlarim yurakga birma bir tizib
Charchadim onajon yomon charchadim

10.07.2022...11:11

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Janozamga odamlarni chorlab keling

Allohga topshirib omonat jonim
Kafanga o'ralar bu sovuq tanim
Uyimni yaratsa muqaddas zamin
Janozamga odamlarni chorlab kelinglar

Qarang ortimda bo'zlab qolmoqda yorim
Dod solar dunyoga xokisor eh onajonim
Dada deb yig'laydi ko'zmunchoq bolajonim
Janozamga odamlarni chorlab kelinglar

Tobutim ko'tarib do'stu qarindosh
Eski u to'nimni yopib ustimga
Imkon yoq xattokiy bir kulishimga
Janozamga odamlarni chorlab kelinglar

Turinglar bir safda so'ngi bor ko'ray
Vidolashuv onida mexringiz tuyay
Ruhim ila sizlarni jonimdan suyay
Janozamga odamlarni chorlab kelinglar

So'nggi manzilimga qo'ysinlar otam
Qabrimga gullarni eksinlar mushtipar onam
Xuvillab qolmasin men yotgan xonam
Janozamga odamlarni chorlab kelinglar

Adxam Karim she'rlari sizlarga meros
Ortimdan yahshi nom ila qilinglar ezoz
Jannatda yurayin qiling duolar
Janozamga odamlarni chorlab kelinglar

09.07.2022...13:34

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Jonim ketar kemada

Umrim yetib borsa poyoniga
Oq kiyim kiyib engnimga
Yopinchiq qilisharlar eskirgan ul to'nimni
Boylashar qoyoq va qo'limni
Jonim oqar ul taxta kemada

Uyqu ichra kutarmanda manzilim so'ngini
Quyosh yoritsinda yurar o'ngu so'limni
Gullar bezarmikan qadam bosgan yo'limni
Jannat etsin Alloh borar u joyimni
Jonim oqar ul taxta kemada

Kuzatarlar do'stu yorlar ortimda qolib
Iymon vijdonimni bir haltaga solib
Ketarman bu yerlardan bir umur boshimni olib
Zam zam suvidan tashnamni bosib
Jonim oqar ul taxta kemada

Ikki farishtalar mehon uyimga
Guvoh bo'lishgan savob u gunohimga
Yolg'on so'z kelmas xatto o'ylagan hayolimga
Ne deya javob beray berilgan savoliga
Jonim oqar ul taxta kemada

Duolar qilinglar azobda yonmasin jonim
Jannatga boshlasin yurgan yo'llarim
Azob zanjiriga qamal bolmasin qo'lim
Keysaydim savoblardan bir gina to'onim
Jonim oqar ul tahta kemada

06.07.2022...20:46

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Onam qaytmadi

Bazan suvlar ortga qarab oqar ekan
Bahor yana takror takror qaytar ekan
Erib ketgan qor ustiga yog'ar qorlar
Sog'inganim munis onam qaytmas endi

Tirik chog'i yurgan edim bahtga to'lib
Mexri to'la bag'irga boshim qo'yib
Shodlik bog'im gullari ham qoldi so'lib
Sog'inganim munis onam qaytmas endi

Ko'z tikarman yurgan xar bir yo'llariga
Boshim qo'yib o'tirgan ul joylariga
Ko'zimda yosh termularman suratiga
Sog'inganim munis onam qaytmas endi

Suyanganim aka singlim o'rnin bosolmas
Bolam deya endi hechkim ko'nglim ololmas
Onam siz ul uylargan oyoqlarim yurolmas
Sog'inganim munis onam qaytmaydi endi

Jannatlarda parilarni boshin silaydi
Dardlarimni aytsam ona kim tinglaydi
Sog'inganim o'zimdan boshqa yot bilmaydi
Sog'inganim munis onam qaytmaydi endi

Diydorimiz qoldi ona maxshar kunga
Kunlarimni uzatdimda qorong'u tunga
Siz xaqizda so'zlaymanda o'g'il qizimga
Sog'inganim munis onam qaytmaydi endi

01.04.2022...19:05

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Sevgimiz yurakda mangu yashaydi

Qanchalar olissan yetmaydi qo'lim
Sevgimiz uchun keldi ku bir onda o'lim
Azobdan yarador tilim tilim bu ko'nglim
Sevgimiz yurakda mangu yashaydi

Xar yoqda keladi ovozing jonim
Izlayman go'zallardan sening jamoling
Xarobdur sen siz ko'rgin bu xolim
Sevgimiz yurakda mangu yashaydi

Dod solib dunyoga ko'z yoshim to'kib
Azobming alamli zardobin yutib
Qancha yillar o'tsa ham men seni kutib
Sevgimiz yurakda mangu yashaydi

Bas bas endi yuragim azob bermagin
Xazonlar ichra gullar termagim
Visolni qumsama qaytib kelmaydi
Sevgimiz yurakda mangu yashaydi

Sorama yuragim u endi o'zganing yori
Xavotirda yonma ne boldi deya holi
Yonida bordur sevgan bir yori
Sevgimiz yurakda mangu yashaydi

Ko'marman sevgimni bir qabrga
Yetmading go'alim sevgim qadriga
Serikman men endi Majnun dardiga
Sevgimiz yurakda mangu yashaydi

06.02.2022...22:13

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Birovga bildirmay

Sohta kulib dardlarmni yengaman
Yurakdagi armonlarim teraman
Sorasalar jonimni ham beraman
Birovga bildirmay unsiz yig'layman

Aozorlar bersangiz xasta jonimga
Og'ular soldangiz tomirdagi qonimga
Jonimni qiynab xanjar sanching bag'rimga
Birovga bildirmay unsiz yig'layman

Sochlarim qoplasa oppoq qirovlar
Dardimni bilmaydi o'zga birovlar
Jonimdan o'tdiku eh bu sinovlar
Birovga bildirmay unsiz yig'layman

G'am pardasi tortmayman men yuzimga
Yosh olmayman azob ichra ko'zimga
Etiborsiz odamlar ko'p so'zimga
Birovga bildirmay unsiz yig'layman

Xolim so'rmas xatto yaqin qarimdosh
Do'stman deya sohta kulib yorar bosh
Taqdir menga otsa hamkiy tana tosh
Birovga bildirmay unsiz yig'layman

Ketgim kelar gohida dunyosi tashlab
O'ksinib bu xasta dilimni g'ashlab
Oyoqlarmi bilmayman qay tomon boshlar
Birovga bildirmay unsiz yig'layman

06.02.2022...15:28

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Kulib yashaydi ayol

Tashvishlari tog'dur ikki yelkasida
Xattokiy yorim der yorin xar tepkisida
Jonidan o'tsa hamki azobning zarbasi
G'amlar ichra kulib yashaydi ayol

Chumchuqdan avval uyg'onar ro'zg'orim deya
Tosh kelsa kemirib toshqin suvlarni simirib
Ich ichini alam azoblari yemirib
G'amlar ichra kulib yashaydi ayol

Tog'lardan balad bardoshi cho'kmaydi sira
Ko'zlari ko'r bo'lsada ko'rsa ham hira
Bolam deb chaqam deb yashayman deya
G'amlar ichra kulib yashaydi ayol

Kuladi kulgular ortida nelar yashirin
Alamning girdobi bug'zidan tutib
Bahtli kunlarni kelishin sabir la kutib
G'amlar ichra kulib yashaydi ayol

Tunlari yig'laydi sirdoshi birgina Alloh
Matonat o'chog'i ayolga udir bir panoh
Qalbidan o'chsaydi bu azob degan dog'
G'amlar ichra kulib yashaydi ayol

Xurmatli erkaklar ayollarimizni qadriga yetib yashaylik bugun ularga azob beryabmiz deya o'z jonimizga azob beryabmiz xar bir erkakning jufti xaloli o'z tanamizdan bir qovurg'amizdan yaralgan kunda bolmasad haftada bir bor sevaman deylik ayolimizga ayol biz erkaklardan bir shirin so'z kutib yashaydi bir bora aytaylik sevaman deya.

06.02.2022...03:05

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Sizniki jon u bizniki baqlajonmi

O'ylaysiz o'zinggiz o'zgani qo'yib
Qo'lingizda bo'lsa pichoq qo'ysangiz so'yib
Qonimni icharsiz har kunda to'yib
Sizniki jon u bizniki baqlajonmi

Jivin sal chaqsa o'tqoyasiz olamga
Bo'ldi baz tuz sepmang endi yaramga
Arzimassiz sochdagi bitta tolamga
Sizniki jon u bizniki baqlajonmi

Tepib ketarsizda yiqilsam bir on
Shaytonlar yurar tominggizda misli qon
G'iybat qilib olarsiz xar onda jon
Sizniki jon u bizniki baqlajonmi

Mana oling pichoq uringgi o'zinggizga
Ko'zgu bo'lib yurarman yuzinggizga
Tik boqib o'tarman ko'zinggizga
Sizniki jon u bizniki baqlajonmi

Alam qilar boy boylarga boqanda
Nochor kimsalarni oyoq osti qilganda
Nochorni qalbini ming bor tilganda
Sizniki jon u bizniki baqlajonmi

05.02.2022....23:11

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Ko'nglim olmanglar

Ishingiz bitib eshagingiz o'tsa loydan
Farqingiz qolmaydi xurkaki toydan
Sizlarga kunim qolmasin ey voh
Ko'nglimni sindirib ko'nglim olmaglar
✍ADXAM KARIM

Sizni kechirsam ham olloh kechirmas
Unga arz qilaman qalbim chekinmas
Sizlardan qòrqmayman jismim bekinmas
Kònglimni sindirib kònglim olmanglar
✍CHAROS

Shaytonga oshno bo'lib yurarsiz
G'iybatlar qilib kulib turarsiz
Ko'zimga boqib ko'zim o'yarsiz
Ko'nglimni sindirib ko'nglim olmanglar
✍ADXAM KARIM

Mayli meni yomon kòring xazar qilinglar
Yurakni qon qilib har kun tilinglar
Bòynimga tuxmatni tinmay ilinglar
Kònglimni sindirib kònglim olmanglar
✍CHAROS

Achchiq xaqiqatga tik boqolmaysiz
Men sizni do'st bilibman men dekini topolmaysiz
Yopig'lik qozon qopqog'ini yopolmaysiz
Ko'nglimni sindirim ko'nglim olmanglar
✍ADXAM KARIM

Ne bòlsa bòlsin sabr qilaman
Yashashni òrgatmang òzim bilaman
Òzim kulaman goh òzim sinaman
Kònglimni sindirib kònglim olmanglar
✍CHAROS

Sabir kosamni to'ldira olmaysiz
Bir gap gapirib gapdan qolmaysiz
Fitnalar qilib hech ham tolmaysiz
Ko'nglim sindirib ko'nglim olmanglar
✍ADXAM KARIM

Bunchalar nokassiz buncha befaxm
Kun keladi sizga qilmayman raxm
Osha kun attang qilib qolmanglar
Kònglimni sindirib kònglim olmanglar
✍CHAROS

05.02.2022...15:38

@charosbaxriddinova

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

🌙🎊 ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!!!🌙🎊

🌹🌸АССАЛAМУ АЛАЙКУМ🌸🌹

💐🤲🏻Сизни ва барча оила аъзоларингизни “ЖУМА АЙЁМИ ” "билан муборакбод этаман.

💐🤲🏻•Сизга ва оилангизга соғлик-омонлик, икки дунёни саодатидан насиб этишини сурайман.

💐🤲🏻•Аввало она Юртимиз тинч, осмонимиз доимо шундай мусаффо булсин!

💐🤲🏻•Байрамни оила аъзоларингиз билан шодлик, хурсандликда хайрли утказишингизни тилаб коламан!

💐🤲🏻•АЛЛОҲИМ!
Келаси шу кунларга Бизларни,Ота‑Оналаримизни,Фарзандларимизни,Аёлларимизни, Дўстларимизни ва барча яқинларимиз билан соғ-омон етказсин! АМИЙН! 🤲


☝️АЛБАТТА ЎЗ ЯҚИНЛАРИНГИЗГА ҲАМ ТАРҚАТИНГ!🌹

ЭНГ ЧИРОЙЛИ ТАБРИКЛАР КАНАЛИГА УЛАНИНГ👇


👉 @Xayrlikunlar

👉 https://t.me/joinchat/bqb1CGbAzuM4OWEy

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Sohtalardan charchadim

Sohta qarsak sohta kulgular
Atrofimda o'rab ayyor tulkilar
Kulib kulib qonimni ichar
Sohtalardan charchadim hayot

Joyim ko'zlab turli fitnalar
Qolarida men uchun kafan
Yiqilsam gar qabrim xozirlab
Sohtalardan charchadim hayot

Fursat bo'lsa chayondek chaqar
Qabrim kavlab qabir tosh taqar
Sal qoqilsam ustimdan yanchar
Sohtalardan charchadim hayot

Yolg'on dunyolari ko'zing ko'r qilar
Bu joningni tiriklay dorlarga ilar
Sohta taskin qalbingni o'yar
Sohtalardan charchadim hayot

03.02.2022...23:29

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Charos Baxriddinova ✍️

Kecha kunduz orom yòq kòzda
Qalb oĝriĝin bilasiz sòzida
Yoshlar oqar hamon yuzida
Ona mehrin kòrolmaganlar


Adxam Karim ✍️

Qanotlari qayrilgan qushdek
To'kilyotgan misoli tutdek
Ko'rilyotgan bir achchiq tushdek
Ona mehrin ko'rolmaganlar


Charos Baxriddinova ✍️

Òz tanini nimtalab ketar
Ularni qiynama dunyo yetar
Òzi yiĝlab jonin ovutar
Ona mehrin kòrolmaganlar


Adxam Karim ✍️

Sochi qirov ko'zlarida yosh
Sog'inchlardan yoriladi bosh
Yesa chiqar oshlaridan tosh
Ona mehrin ko'rolmaganlar


Charos Baxriddinova ✍️

Qalbi shisha misol sinadi
Olov kabi yonib sònadi
Òz jonidan goh òzi tonadi
Ona mehrin kòrolmaganlar


Adxam Karim ✍️

So'lib qolgan misli guldayin
Tizginidan chiqqan durdayin
Shamollarda uchgan kuldayim
Ona mehrin ko'rolmaganlar


Charos Baxriddinova ✍️

Buncha hayot beradi ozor
Odamlar qadri edimi bozor
Qalbida bor aytolmas izhor
Ona mehrin kòrolmaganlar


Adxam Karim ✍️

Yuzlarida g'amning pardasi
Taqdir qilar achchiq zardasin
Kunda tutar mehr azasin
Ona mehrin ko'rolmaganlar


Charos Baxriddinova ✍️

Yomĝir yoĝsa yiĝlay yetar der
Kòzyoshlarim yuvib ketar der
Qalb ishorim bir kun yetar der
Ona mehrin kòrolmaganlar


Adxam Karim ✍️

Qalb daryoshi qurib qolganday
Mayus kuyin chalgan bir nayday
Qadahlarda to'lgan bir mayday
Ona mehrin ko'rolmaganlar


Charos Baxriddinova ✍️

Mushtoq turar shirin sòzlarga
Mehr ila boqqan kòzlarga
Boqar mayus kulgan yuzlarga
Ona mehrin kòrolmaganlar


Adxam Karim ✍️

Sarson kezar mehr ko'chasin
Tishlolmaydi yumshoq chulchasin
Ko'rolmagan aka ukasin
Ona mehrin ko'rolmaganlar


Charos Baxriddinova ✍️

Qachon tugar hayot tashvishi
Qalbni tildi ĝiybat har ishi
Onasini kormaydi tushi
Ona mehrin kòrolmaganlar


Adxam Karim ✍️

Ko'nggil ko'zasi chilparchin sinib
Bolam deya birbora ko'rmaydi kelib
Qalbi azob zardobiga to'lib
Ona mehrin ko'rolmaganlar


Charos Baxriddinova ✍️

Yurak qiynar butun jismini
Onam qoysin deydi ismini
Yòqotibdi bolalik faslini
Ona mehrin korolmaganlar


Adxam Karim ✍️

Tushlarida quchib onasin
Sog'inch bosar qalbida arob
Ichgan tomchi suvlari zardob
Ona mehrin ko'rolmaganlar

02.02.2022....15:17

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Dadasini sog'ingan qizcha

Deraza ortida xayolga tolib
Xayoli ketadi qaygadur olib
Dadasin suratini bag'riga bosib
Musofir dadasini sog'ingan qizcha

Ko'zlarida sog'inch yoshlari
Omonmikan deya dadam boshlari
Qalbiga botadi sog'inch toshlari
Musofir dadasin sog'ingan qizcha

Xavotir qalbini tilar ming bora
Sovuq qatmadim deya dili ham pora
Ovozin eshitib taskin topsa zora
Musofir dadasin sog'ingan qizcha

Eshigi ochilsa yugurib chiqar
Dadam keldim deya xar onda so'rar
Mexribon qizginam sabir qil deya
Musofir dadasin sog'ingan qizcha

Bir kun lekadi ismingni aytib
Ko'nglingga keladi bahor ham qaytib
Bag'riga bosadi sog'inchin bosib
Musofir dadasin sog'ingan qizcha

Muslima qizginam omonmisan deb
Xat yozar dadasi ich ichini yeb
Dadajon degan so'zing sog'ndim men deb
Oilasin sog'ingan musofir ota

01.02.2022...22:50

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Joni azoblardan charchagan onam

Biz uchun tinmaga yil o'n ikki oy
Xatto yilda bir bor oqmaydi ku soy
Bolam deb bir piyola icholmagan choy
Joni azoblardan charchagan onam

O'g'il bo'lib bitta ro'mol olib berolmadim
Qalbiga sanchilgan tikonni terolmadim
Onamni yo'qlab bir bor kelolmadim
Joni azoblardan charchagan onam

Menga emas taxta asoga suyanib qolgan
Yo'l poylab intizor ko'zlari tolgan
Men emas onam menga kulcha non olgan
Joni azoblardan charchagan onam

Ro'zg'orim but qilay deb onam unutdim
Xattokiy bozorlarda arava tortdim
Eh bitmas ekan ro'zgorni kami
Joni azoblardan charchagan onam

Ketdinggiz ko'zlardan oqizib yoshlar
Devorga tegdimi siz silagan boshlar
Siz siz tatimas ekan xattokiy oshlar
Joni azoblardan charchagan onam

Bir yil bo'lib sirdoshingiz ul to'shaklar
Izinggiz topolmay qoldim tushimda
Oqlolmay qoldim farzadlik burchimda
Joni azoblardan charchagan onam

Kechiring onajon men g'arib bolangiz
Sog'inchdan oqqizdim a ko'zdagi jolanggiz
Topolmay qoldim onajon sochinggizdagi tolangiz
Joni azoblardan charchagan onam

01.02.2022....02:45

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Otabekning dardi birla yashab ko'ring

Sevgi kelar xatto yuzdan o'tsanggiz ham
Bir Zaynab u Kumush ila yashab ko'rsan
Ko'ngil qo'ygan ul Kumushdan judo bo'lsang
Otabekning dardi birla yashab ko'ring

Bir olov yana biri mehr bulog'i
O'tda yonib yurgan edi azoblarda
Alam olib quyilgan ul sharoblardan
Otabekning dardi birla yashab ko'ring

Og'u ichgan ul Kumushni sog'inchalri
Yechildida ko'nggillarni bog'ichlari
Muzlatmasdi qahratonning sovuqlari
Otabekning dardi birla yashab ko'ring

Azob berar xar onida Kumush yodi
Bu dunyoda xijron ila yolg'iz qoldi
Eh Zaynachi ko'ksiga chin hanjar soldi
Otabekning dardi birla yashab ko'ring

Bu dunyoda bormikan a Otabekdek chin sevganlar
Bu sevgidan Kumushini ahtarganlar
Bormikana ul sevgidan bag'ri qonlar
Otabekning dardi birla yashab ko'ring

30.01.2022....02:02

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

O'zganing ayoliga ko'zin tikkanlar

Erkakman deb yurar ko'keagin kerib
Xalol mehnatini xaromga berib
Gunohin yo'llarda risqi dek terib
O'zganing ayoliga ko'zin tikkanlar
Zinoni savob deb bilib yurganlar

Do'stimi tanish u yonida yurar
Ayoliga no joyi qarabla turar
Yuragi xar onda xayqirib urar
O'zganing ayoliga ko'zin tikkanlar
Zinoni savob deb bilib yurganlar

O'z ayoliga xar kun qilar zardalar
O'zga yor yonida bo'lib daldalar
Ko'zida yosh oqar murg'ak bolalar
O'zganing ayoliga ko'zin tikkanlar
Zinoni savob deb bilib yurganlar

Ne yetmaydi sizlarga gunoh bolasi
Farzadlarni tinglang qilgan nolasin
Jufti xalolingiz dek bo'lolmas o'zga yorlari
O'zganing ayoliga ko'zin tikkanlar
Zinoni savob deb bilib yurganlar

Sholinging orasida bir kurmaksizlar
Bir biyola loyqa xarom suvsizlar
Xaqni so'zlaganda nechun jimsizlar
O'zganing ayoliga ko'zin tikkanlar
Zinoni savob deb bilib yurganlar

Adxam Karim ko'zlari yo'shga to'lganda
Ota deb farzandi azob chekganda
Xaloli uyida quldek yurganda
O'zganing ayoliga ko'zin tikkanlar
Zinoni savob deb bilib yurganlar

10.07.2022...00:34

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Bugun senla o'tar so'nggi kunimiz

Ilk bora sen bilan tashishgan oqshom
Senla go'zal edi go'zalim sahar hamda shom
Bahtli bo'lgin men uchun bo'lsan bas omon
Bugun senla o'tar so'nggi kunimz

Qoyvormay deymanu qo'llarim kalta
Yoring kutar seni men esa xasta
Qancha yillar o'tib ketdi bir pasda
Bugun senla o'tar so'nggi kunimiz

Suratingga ovuni yasharman endi
Oylardan jamoling izlar bu ko'zim
Kumushim deb aytar xar aytgan so'zim
Bugun senla o'tar so'nggi kunimiz

Armonga aylanga shirin azobim
Bu dunyo sahrodur sen esa sarob
Seni eslayabman qo'limda sharob
Bugun senla o'tar so'nggi kunimiz

Qalbimda bahorlar kulmaydi endi
Sendan o'zga go'zalni sevmayman endi
Bugun xijronda alamli qora xat keldi
Bugun senla o'tar so'nggi kunimiz

Sinovli dunyoda sevgi yashamas
Sevgan dillarga nega kun bermas
Ayriliq uyida bir kun azasin tutmas
Bugun senla o'tar so'nggi kunimiz

Adxam Karim o'limin kulib qarshilar
Kumushim yodida bir xotira bo'lar
Jannatda sevgisin qolidan tutar
Sevganlar jannatda abadiy yashar

08.07.2022...01:21

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Men o'lsam o'shal kuni sizlarga to'ymi

Ne sabab ortimdan qilarsiz g'iybat
Boshimga solarsiz kunda kulfat
Oshimga solarsiz og'ular bo'lib siz ulfat
Men o'lsam o'shal kun sizlarga to'ymi

Sarsona bu yurak tanamga yukdur
Xar onda azoblar otar tuxmatli o'qdur
Mexr yoq odamda ul yurak bo'shdur
Men o'lsam o'shal kun sizlarga to'ymi

Yonimda bukulib tazim qilarsiz
Ko'zlarim yumilda terim shilarsiz
Shivirlar xar onda bag'rim tilarsiz
Men o'lsam o'shal kun sizlarga to'ymi

Go'shtimni nimtalab talash qilarsiz
Yoninggizda bo'lsam meni shohdek bilarsiz
G'iybat qilib bo'ynimga tuhmat ilarsiz
Men o'lsam o'shal kun sizlarga to'ymi

Adxam Karim sizlarni do'st bilibmana
Qo'ynimda ilonni saqlab yuribman
Bugun qarshinggizda sher dek turibman
Men o'lsam o'shal kun sizlarga to'ymi

06.07.2022...17:02

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Kichkintoyim qizalog'im MUMTOZADAN ERTAK

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Yolg'on dunyo

Yolg'on dunyo yog'onidan to'yib ketdim
Sabrim tugab o'z boshimga o'zim yetdim
Qancha yolg'on jabr u jafo istamlarga
Yolg'on dunyo yolg'onidan kechib ketdim

Kelman aslo sohta kulib yonimga siz
Tegidinggizda g'iybat qilib jonimga siz
Ojizmizda ne qilaylik aytingchi biz
Yolg'on dunyo yolg'onidan kechib ketdim

Xaqiqat yo'q so'zlolmadim xaq so'zimni
Ko'ray desam o'yishdilar bu ko'zimni
Qaro qildi oppoq edi bu yuzimni
Yolg'on dunyo yolg'onidan kechib ketdim

Kafan bichar ko'zdan uzoq ketsam agar
Suyanch tog'im bo'lolmadi bitta jigar
Boshim egib qolganimda boshim yordi
Yolg'on dunyo yolg'onidan kechib ketdim

Tich qo'ymas xatto qabr ichida
Nohaq kaltaklashar bilak kuchida
G'iybat qilar xattokiy o'n tushida
Yog'on dunyo yolg'onlaridan kechib ketdim

06.02.2022....21:10

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Begim deya jon bergan Kumushimni sog'indim

Ko'z yoshlar domiga ketyabman cho'kim
Armonning alamli kitobin o'qib
Yuragim choklarin birma bir so'tib
Begim deya jon bergan Kumushimni sog'indim

Zaynablar yediku Kumushim umrin
Qahraton kunlari so'ldirdi gulim
Ojizman ne qilay kalta bu qo'lim
Begim deya jon bergan Kumushimni sog'indim

Telbaman Majnundek ketib sahroga
Tortildim xijrolar bergan jazoga
Muhabbat bog'ida aylanib bir gadoga
Begim deya jon bergan Kumushimni sog'indim

Ne qilay yurakga o'yilgan isming
Tanamga boylanga sening bu jisming
Ko'z o'nggimdan ketmas guldek ul husning
Begim deya jon bergan Kumushimni sog'indim

Biz yurgan yo'llarni qopladi hazon
Xayotim bog'iga keldi ku to'zon
Yuragim qonlari oqmoqda buzildi to'g'on
Begim deya jon bergan Kumushimni sog'indim

Begim deya chaqirsan qanidi bir bor
Jonimni berardim kelsayding bir on
Yuragim bo'ldi azobdan qip qizil qon
Begim deya jon bergan Kumushimni sog'indim

06.02.2022...03:28

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Dunyoda yogurib topganimiz ul qabir

Chumoli dek tinimsiz mehnatda inson
Qo'llari qavargan qaro ter oqar peshonasidan
Boylik deb unutib xatto o'zimiz
Dunyoda yugurib topganimiz ul qabr

Saroylar qurarmiz gohi holimiz tang
Bu dunyo bir maydon yashash uchun jang
Olomon ko'tarar tashvish deya chang
Dunyoda yugurib topganimiz ul qabr

Unutib gohida jigarlar ota onamiz
Bozordan topib o'limlik mato olarmiz
Ayting qachon bu joniga rohat olarmiz
Dunyoda yugurib topganimiz ul qabr

Mol dunyo o'tkinchi o'tkinchi xavas
Tiriklik chog'ida rohatda olaylik nafas
Bir qushday tinmaymiz bu dunyo qafas
Dunyoda yugurib topganimiz ul qabr

Xatto shohlar ketgan bitta kafanda
Qo'llari bosh davlat sotilgan arzonda
Eh ibodatsiz o'tgan kunimiz yomonda
Dunyoda yugurib topganimiz ul qabr

05.02.2022...23:40

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Nargizahon

Qosharing qaldirg'och qanotimi
Ozoring yuragimning yarosimi
Arazing boshimni balosimi
Bunchalar yondirding oh Nargizhon

Qulingdan tutsam labing burasan
Sevasan pinhona buncha nozlar qilasan
Sochingni bo'ynimga dorlar qilasan
Bunchalar yondirding oh Nargizhon

Sho'hliging soydan shoh buncha go'zalsan
Xayolda yozilgan shirin g'azalsan
Bir qarab nigoh la jonim olarsan
Bunchalar yondirding oh Nargizhon

Balnd boshnalaring yurakga botar
Jamoling ko'rgan oy quyosh dek botar
Ol jonim yo'lingda gullar dek yotar
Bunchalar yondirding oh Nargizhon

Xipcha bel go'zalim nozingni qo'ygin
Muhabbat sharobin ichib la to'ygin
Sog'indim bir bora sevaman degin
Bunchalar yondirding oh Nargizhon

05.02.2022....19:02

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Bahtli bo'lib yashaymiz kel onasi

Dunyo tashvishlarin surib chekkaga
Farzadlarni olaylik biz o'rtaga
G'amlarga tosh otib biz jo'rtaga
Bahtli bo'lib yashaymiz kel onasi

Qovoq uyib zardalarga izin yo'q
Biz bahtlimiz shundan meng ko'nglim to'q
Shirin so'zlar aytaylik qilmay do'q
Bahtli bo'lib yashymiz kel onasi

Ikki qizim mehribonimiz bordir
O'g'limizga xar onida omad yor
Xijronlari o'rtamizga tusholmay bo'lisin xor
Bahtli bo'lib yashaymiz kel onasi

Xar togda men senga gullar tutarman
G'am kelsada ostonadan quvarman
Oilm uchun jonim qurbon qilarman
Bahtli bo'lim yashaymiz kel onasi

Alloh panoh bo'lsin biz dek sevgan yorlarga
Bosh bo'laylik quchog'dagi bollarga
Uchta farzad kam desan sen etaging to'lib chaqaloqlarga
Bahtli bo'lib yashaymiz kel onasi

Men Shahzoda sen esa bo'l Xonzoda
Sevaman men sevaman degin ming bora
Og'ir kunlar kelsa toparmiz chora
Bahtli bo'lib yashaymiz kel onasi

04.02.2022...04:06

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Rasulimga loyiq ummat bo'lmoqchiman

Najot izlab dunyosini ko'p kezdim
Yuragini bilmay gohi ko'p ezdim
Bugun hayot haqiqatini sezdim
Ota-onam jannatlarda ko'rmoqchiman
Rasulimga loyiq ummat bo'lmoqchiman
✍IYMONLI QALB

Gunohlarda yiroq bo'lsam dunyosida
Jaynomozim qolga olay sajda uchun
Umrim so'ngigacha ibodatga yetsin kuchim
Ota- onam jannatlarda ko'rmoqchiman
Rasulimga loyiq ummat bo'lmoqchiman
✍ADXAM KARIM

Ibodatim,duolarim shuning uchun
Bu dunyoning rohatidan kechmoqchiman
Mahshar kuni yuzim yorug"
bo'lsin uchun
Ota-onam jannatlarda ko'rmoqchiman
Rasulimga loyiq ummat bo'lmoqchiman
✍IYMONLI QALB

Ado etib bo'ynimdagi farzimni
Shayton yo'lidan uzib qarzimni
Allohimga aytib bugun dardimni
Ota onam jannatlarda ko'rmoqchiman
Rasulimga loyiq ummat bo'lmoqchiman
✍ADXAM KARIM

Ojizona,gunohlarga to'la qalbim
Shu g'uborga iymonimni so'rmoqchiman
Dunyo g'amlariga yuzim burib qo'ydim
Ota-onam jannatlarda ko'rmoqchiman
Rasulimga loyiq ummat bo"lmoqchiman
✍IYMONLI QALB

Mahfirat Allohim gunohlarimni
Qabul qilgir xarbir duolarimni
O'zing tanho o'n sakkizmin olam egasi
Ota onam jannatlarda ko'rmoqchiman
Rasulimga loyiq ummat bo'lmoqchiman
✍ADXAM KARIM

Dunyo arzirmikin,onam behos g'amga to'lsa
Uning dardin men o'zimga olmoqchiman
Menga dunyo qorong'u onam yig'lasa
Ota-onam jannatlarda ko'rmoqchiman
Rasulimga loyiq ummat bo'lmoqchiman
✍IYMONLI QALB

Uyg'onsam Bilol aytgan azonlaridan
Tark etsam shaytonning bozorlaridan
Insonmiz joyimiz mozorlarida
Ota onam jannatlarda ko'rmoqchiman
Rasulimga loyiq ummat bo'lmoqchiman
✍ADXAM KARIM

Bir umrlik orzuyimdir,maqsadimdir
Bo'lmasa gar bo'lgunicha yelmoqchiman
Shu haq yo'lim asli mening mazhabimdir
Ota-onam jannatlarda ko'rmoqchiman
Rasulimga loyiq ummat bo'lmoqchiman
✍IYMONLI QALB

Ota onam yonida oqlab burchimni
Poyiga urarman boshimni xar dam
Qilmayman hech qachon yuzlarini nam
Ota onam jannatlarda ko'rmoqchiman
Rasulimga loyiq ummat bo'lmoqchiman
✍ADXAM KARIM

Har bandangni jamolingga mehmon qilgin
Ikki dunyo saodatin so'rmoqchiman
Qalbimizga faqatgina haq yo'lni solgin
Ota-onam jannatlarda ko'rmoqchiman
Rasulimga loyiq ummat bo'lmoqchiman
✍IYMONLI QALB

04.02.2022...00:12

@Oynaband

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Boshidan boshlaymiz

Unutib o'tmishni yoqib tashlaymiz
Xijronga visolni oshin oshlaymiz
Xatolarni to'g'irlab bizlar shoshmaymiz
Keling hayotimiz boshdan boshlaymi

G'amlarga otarmiz shodlik toshini
Gumonni yoramiz balo boshini
Sinaymiz sevgimiz eh bardoshini
Kelin hayotimiz boshdan boshlaymiz

Kim nima desa desin mayliga
Men Majnun siz esa o'hshang Layliga
Oshno bo'lib xasta yurak dardiga
Keling hayotimiz boshdan boshlaymiz

G'ybatlar qilsinlar go'shtimizni yeb
Bahtlimiz quvonchga to'ldik bizlar deb
Visolning qo'lida tutarmiz birga deb
Keling hayotimiz boshdan boshlaymiz

Umr bog'imizdan xazonni quvib
Yurakdan alamni zardobin yuvib
Xijron bizni ko'rib ketsinda kuyib
Keling hayotimiz boshdan boshlaymiz

Qo'linggizdan tutib mening qo'llarim
Sizga bog'ladimda umr yo'llarim
Obod qiling jonim yurak cho'llarim
Keling hayotimiz boshdan boshlaymiz

Keling hayotimiz boshdan boshlaymiz

Boshdan boshlaymiz

Boshdan boshlaymiz

03.02.2022...04:53

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

#mushoira

🥺MEXR YO‘QOTYAPMIZ...😢

LOLA
Kun o'tar, tun o'tar, vaqt yo'qotyapmiz,
Vaqtini o‘tganin, sezmay qolyapmiz.
Kuchimiz ko‘rsatib, nima qilyapmiz,
Mehrni yo'qotib, nima topyapmiz!

ADXAM
Ko'chalar to'lgan, odamlariga,
Ne bo'ldi bilmadim, zamonlariga,
Ketdikda bizlar ham, to'rt tomonlarga,
Mexrni yo'qotib, nima topyabmiz!

LOLA
Ko'zimiz faqat, ko'rar boylikni,
"Yutamiz" faqir topgan oylikni.
Topamiz "Mansabdor", do'stni borlikni
Mehrni yo'qotib, nima topyapmiz!

АDXAM
Oqibatni o'ldirib, qabrga qo'ydik,
Mexrni odamlar, pichoqsiz so'ydik.
Inson insonni, ko'zlarin o'ydik,
Mexrni yo'qotib, nima topyapmiz!

LOLA
Sotilar bozorda, vijdonlarimiz,
Zarracha qolmadi, oqibatimiz.
Faqirga qarashga, yo'q toqatimiz,
Mehrni yo'qotib, nima topyapmiz!

ADXAM
Ota qabri sovimasdan, uyin talashib,
Qolgan meros, davlat talashib.
Yorganda, aka uka boshini,
Mexrni yo'qotib, nima topyapmiz!

LOLA
Nochor chiqsa, yo'ldan tepib o'tamiz,
Mashina minamiz , quvib o‘tamiz.
Odamni urib goh,qochib ketamiz,
Mehrni yo'qotib, nima topyapmiz!


АDXAM
Jigarlar begonaday, yuz ko'rmas bo'lib,
Qo'llari qip qizil, qonlarga to'lib.
Achinib ketarsan, ahvolin ko'rib,
Mexrni yo'qotib, nima topyabmiz!


LOLA
Аka-uka bir birin, ko'rolmayapti,
Opa-singildan, yuz o'girayapti
Onadan ayolin, ustun qo'yyapti,
Mehrni yo'qotib, nima topyapmiz .

АDXAM
Mol davlat o'tkinchi, mexr abadiy,
Ichi qoraliklar ayting, ne sababli,
Bu dunyo o'tkinchi, sinovli dunyo,
Mexrni yo'qotib, nima topyapmiz!

LOLA
Vaqtida esimiz, yig'ib olaylik,
Birovdan mehrimiz, darig' tutmaylik.
Jamiki insondan , duo olaylik,
Mehrni yo'qotib, nima topyapmiz!


✍✍ADXAM KARIM.

✍✍LOLA BOTIROVA.

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Yig'lagan chog'imda yig'lagan onam

Dunyo quvib topmadim dunyo
Be shavqat hayotda ko'rmdim rushno
Xiyonat qildida osha sohta oshno
Yig'lagan chog'imda onam yig'ladi

Do'st bo'lib qo'ynimga ilon dek kirib
Bo'ynimga azoblar sirtmog'in ilib
Ko'ksimni bir emas mig bora tilib
Yig'lagan chog'imda onam yig'ladi

Dunyosi yig'ilib bololmas onam
Afsusdan ko'zimdan oqmoqda jolam
Onangni qadriga yetgin der xolam
Yig'lagan chog'imda onam yig'ladi

Sohta ul dostlar qabrim kavlaydi
Xolimni birgina onam so'raydi
Yiqilgan chog'imda kafan o'raydi
Yig'lagan chog'imda onam yig'ladi

Jannatlar poyida yastangan onam
Qayg'ursamn ming bora qayg'urgan onam
Sog'ingan chog'ida kel deya bolam
Yig'lagan chog'imda yig'ladi onam

01.02.2022...21:57

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

Nega sen yomonni yahshi ko'raman

Ko'ksimga zaharli nishlar sanchsang ham
Azoblar ustiga azob solganing kam
Bardoshim sinama to'lmas sabir kosam
Nega sen yomonni yahshi ko'raman

Dunyoni aylading ko'zlarimga tor
Ko'zlarim xar dam yo'lingga intizor
Sevgimni qilsangda qo'llaringda xor
Nega sen yomonni yahshi ko'raman

Yoqrsan rashkning o'tida qovurib
Shirin orzularim xavoga sovurib
Yashayman jonim suratingga ovunib
Nega sen yomonni yahshi ko'raman

Shirindur bergan xarbir azobing
Bat etsam deyman xar on hayoling
Yurakga chizdimda oydek jamoling
Nega sen yomonni yahshi ko'raman

Majnun chekkan azobidan totib ko'ryabman
Qaydasan seni jonim oydan so'ryabman
Azob sharobiga jonim to'yyabman
Nega sen yomonni yahshi ko'raman

31.01.2022...21:45

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…

ADXAM KARIM

O'n sakkizming olam onam bo'lolmas

Dunyoda men uchun eng qadirli zot
Piyoda yuray kerakmas menga ot
Mexr bersa hamkiy yuz ta yetti yot
O'n sakkizming olam onam bo'lolmas

Bir bora ohiga arzimas dunyo
Bag'ri keng mexr bulog'im onam
Ko'zimni artguvchi oqsa gar jolam
O'n sakkizming olam onam bo'lolmas

Menga toshlar otsa boshin tutguvchi
Xar dam ming bora alam yutguvchi
Yo'limni intizor bo'lib kutguvchi
O'n sakkizming olam onam bo'lolmas

Onam kulmasa gar quyosh kulolmas
Qayg'uga botganda oy ham to'lib to'lolmas
Xatto dunyosi bir onam bo'lolmas
O'n sakkizming olam onam bo'lolmas

Dard cheksa ham bir bor aytmagan
Farzandim deb alamlar yutgan
Quvonchli kunlarni inchizor kutgan
O'n sakkizming olam onam bo'lolmas

29.01.2022....20:10

@ADXAM_KARIM

Читать полностью…
Subscribe to a channel