⭕️✅✅✅ℹ️ℹ️ℹ️📸
Супер-контракт учун таълим кредитлари
🏦Ўзмиллийбанк Бакалавриатга қабул қилинган талабалар учун:
• 36 ойгача бўлган муддатга йиллик 20 %;
• 60 ойгача бўлган муддатга йиллик 22 %;
▪️Магистратурага ўқишга қабул қилинган талабалар учун
• 36 ойгача бўлган муддатга йиллик 20 %;
Миқдори: БҲМнинг 100 баробаригача бўлган кредитлар учинчи шахс кафиллиги ёки кредит қайтмаслик хатарини суғурта полиси, ундан юқори миқдордаги кредитлар мол-мулк гарови талаб этилади. Батафсил маълумот.
☎️ Aloqa raqam: 1344
🏦 Ўзсаноатқурилишбанк (супер-контракт учун истеъмол кредит)
•12 ой муддатга йиллик 21 % ;
•24 ой муддатга йиллик 23 % ;
•36 ой муддатга йиллик 24 % ;
•48 ой муддатга йиллик 25 % ;
•60 ой муддатга йиллик 26 % .
Миқдори—200 млн. сўмгача
➖Кредит таъминоти:
50 млн.сўмгача—Жисмоний шахс кафиллиги.
50 млн.сўмдан ошган тақдирда:
• Автотранспорт воситаси(ишлаб чиқарилганига 5 йилдан ошмаган);
• кўчмас мулк (агар ипотека нарсаси турар жой бўлса, доимий рўйхатда турувчилар мавжуд бўлмаслиги лозим) гарови. Батафсил маълумот
☎️ Aloqa raqam: 1180
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
🏁 Yetakchi va koordinatorlar saylovlariga start berildi!
🙋 11-sentabrdan Respublikamiz bo‘ylab barcha hududlarda oliy ta'lim muassasalarida hisobot saylov yig'ilishlari bo'lib o'tadi. Siz iqtidorli, bilimli va shijoatli, ayniqsa, tengdoshlaringizni bir maqsad yo'lida birlashtira olsangiz, sizni yoshlar yetakchilari va koordinatorlari saylovlarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida imzolangan qo‘shma qarorga ko‘ra yoshlar yetakchilari va koordinatorlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
- Yoshlar yetakchilari oliy ta’lim muassasalari rektorlarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib belgilandi;
- Yo‘nalish va fakultet koordinatorlari Yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida har oyda bazaviy stipendiyaning uch baravari miqdorida moddiy rag‘batlantirib boriladi;
- Har yili O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyasi bilan faol yetakchilar “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi;
- Har yili “Yoshlar kuni” arafasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyasi bilan faol yetakchilar “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.
🏬 Saylov jarayonlarini tashkil etilishi va o‘tkazilishi yuzasidan batafsil ma'lumotlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlari orqali olishingiz mumkin.
🎉 Barchangizga saylovlarda omad tilaymiz!
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
⭕️ 👍👍👍 👍👍👍
Xalq banki dam olish kunlari ham barcha filiallarida ta’lim krediti uchun arizalarni qabul qiladi
🏦 Endilikda, ota-onalar va talabalar o‘qish hamda ishdan qolmasdan dam olish kunlari ham Xalq bankining istalgan filiallariga borib ta'lim krediti uchun hujjatlarni topshirishlari mumkin.
💰 Kredit shartlari:
▪️Foizi: xotin-qizlar uchun - 0 %, yigitlar uchun - 14 %.
▪️imtiyozli davr: o‘qish davri + 6 oy.
▪️kredit muddati: o‘qish davri + 7 yil.
❗️ Asosiy qarz rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Barcha talabalarga yuboring. ✔️
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
Magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab beriladi
🇺🇿 Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Bu tartib Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uchun ham amal qiladi.
❗️Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.
⛔️ Tatbiq etilmaydi:
— 15-sentyabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;
— tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga.
📝 Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.
Umumlashtirilgan talabgorlar ro‘yxati 5 ish kunida to‘lov-kontraktlarni qoplab berish uchun OTMning idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralarga yuboriladi.
🗓 To‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktyabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.
😍@msamarov1 — HUQUQIY YANGILIK VA SHAXSIY BLOG
⭕️ 🟥🟥🟥 ▶️
TALABALAR UCHUN MUHIM MA'LUMOT!
🇺🇿 Prezident farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.
❔ Savol: Bu nima degani.?
✅ Javob: Amaldagi tartibga ko‘ra, ota-onalar o‘zlarining 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining kontraktlari uchun pul to‘laganda, to‘langan qismidan 12 foizlik daromad solig‘i hisoblanmasdi va qaytarib berilar edi.
🎓 Demak, 2023-yil, 1-avgustdan boshlab mana shu qoidadagi yosh cheklovi olib tashlandi.
🎉 Endi 30 yosh bo‘ladimi, 35 yosh bo‘ladimi, farqi yo‘q, farzandining kontrakti uchun to‘langan summaga daromad solig‘i hisoblanmaydi.
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi muborak bo‘lsin, aziz vatandoshlar!
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
Sizni xalqimizning eng ulug', eng aziz bayrami – O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Bugungi qutlug' shodiyona kunda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik tilayman.
Yurtimizda tinchlik bardavom bo'lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayz-u baraka hech qachon arimasin.
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
📌@MSamarov1
🍃 Xafa boʻlma!
Senga nisbatan nohaqlik qilgan hech kimsadan jahling chiqmasin!
🍃 Aksincha senga sadoqatni oʻrgatganlari uchun, senga xiyonat qilganlarga tashakkur et!
🍃 Rost va yolgʻonni ajrata olishlik imkoniyatini bergan yolgʻonchilardan, minnatdor boʻl!
🍃 Baxtiyorlikni yanada chuqurroq his ettirganlari va har kimning hayotiga muhabbat tushunchalarini olib kirganlari uchun, seni baxtiyor eta olmaganlarni duoi xayr qil!
🍃 “Qora”lar “oq”ni farqlash uchundir...
Hayot mana shu sabablar bilan yana ham goʻzaldir...
©Jaloliddin Rumiy
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
🟦🟦🟦🟦
Fuqaro ismi yoki familiyasini o‘zgartirmoqchi, buning iloji bormi? qonunchilik bo‘yicha ta’qiq yo‘qmi bu xolatga? Avvalgi ismi belgilangan hujjatlar nima bo‘ladi? Bu xolat yuzasidan qayerga murojaat qilsa bo‘ladi?
✅ Javob: Fuqarolik Kodeksining 19-moddasiga ko‘ra agar qonundan yoki milliy odatdan boshqacha tartib kelib chiqmasa, fuqaro o‘z familiyasi va nomidan, shuningdek otasining ismi bilan huquq va burchlarga ega bo‘ladi hamda ularni amalga oshiradi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda fuqaro taxallusdan (to‘qilgan ismdan) foydalanishi mumkin. Fuqaro qonunda belgilangan tartibda o‘z ismini o‘zgartirishga haqli. Fuqaroning o‘z ismini o‘zgartirishi avvalgi ismi bilan olgan huquq va burchlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi.
Fuqaro o‘z ismini o‘zgartirganligi haqida qarzdorlari va kreditorlariga xabar berish uchun zarur choralarni ko‘rishi shart va u mazkur shaxslarda fuqaroning ismi o‘zgarganligi haqida ma’lumot yo‘qligi tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar xavfini o‘z zimmasiga oladi.
Ismini o‘zgartirgan fuqaro o‘zining avvalgi ismiga rasmiylashtirilgan hujjatlarga o‘z hisobidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini talab qilishga haqli.
Fuqaro tug‘ilgan vaqtida olgan ismini, shuningdek o‘zgartirilgan ismini fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
💬 Bundan tashqari, Oila kodeksining 70-moddasiga ko‘ra: fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan bola 16 yoshga to‘lguncha bola manfaatlarini e’tiborga olib, uning ismini o‘zgartirishga, shuningdek unga berilgan familiyani ham otasi yoki onasining familiyasiga qarab o‘zgartirishga haqlidir.
Yuqoridagi xolatlarni inobatga olib, farzandingiz 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan, 16 yoshga to‘lgan bo‘lsa, farzandingizni o‘z arizasiga binoan ismi yoki unga berilgan familiyani FHDYO organi orqali o‘zgartirishga haqli.
✅ @MSamarov1
🟦🟦🟦🟦
Ayni kunlarda tegishli ta’lim tashkilotlarini tamomlab, mutaxassislik diplomlarini qo‘llariga olib, ishga joylashish arafasida bo‘lgan bitiruvchilarni ishga qabul qiladigan ish beruvchilarga bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalarida amaliy ishlar boshlangan. Shu munosabat bilan, yangi bitiruvchilarni olingan mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirishda dastlabki sinovsiz mehnat shartnomasini tuzishlari tavsiya etiladi.
❗️ E’tibor qarating, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 129-moddasida ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari ikkita toifaga ajratilib:
➖davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran uch oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilariga,
➖tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran bir yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilariga ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmasligi aytib o‘tilgan.
⭕️ Demak, oliy ta’lim tashkilotini davlat granti asosida o‘qib tamomlagan bitiruvchilari yo‘llanma bilan 3 oylik muddatda mutaxassisligi bo‘yicha ishga olinsa, sinov belgilanmaydi. Ular bu muddatni o‘tkazib yuborsalar, ularni dastlabki sinov muddati bilan ishga olinadi.
✔️ Eng qizig‘i, mana shu o‘rinda “budjetchilar”ni ham 1 yil ichida yo‘llanmasiz mustaqil ravishda o‘zlari ish beruvchiga murojaat qilsalar, ular bilan tuzilayotgan mehnat shartnomasidagi dastlabki sinov shartni qo‘llamasa ham bo‘ladi. Chunki yo‘llanma muddatini o‘tkazib yuborgan bitiluvchilar o‘z-o‘zidan “ikkinchi toifa”dagi bitiruvchilarga mos keladi.
⭕️ Xulosa qilib aytganda, barcha toifadagi bitiruvchilar ham bemalol ishga joylashayotganlarida ish beruvchilardan sinov shartini belgilamaslikni talab qila oladilar. Bu uchun diplom olgan kundan bir yil o‘tmasdan shu diplom bo‘yicha mutaxassislikka doir ishga birinchi bor ishga qabul qilinayotgan bo‘lishlari shart.
✅ @MSamarov1
❗️Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармонлари билан:
– Саида Шавкатовна Мирзиёева Ўзбекистон Республикаси Президентининг ёрдамчиси лавозимига;
– Азиз Юлдашевич Магрупов Ўзбекистон Республикаси Президентининг ёрдамчиси лавозимига;
– Равшан Аюбович Гулямов Ўзбекистон Республикаси Президентининг иқтисодий ривожланиш масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимига;
– Алишер Саидаббасович Султанов Ўзбекистон Республикаси Президентининг энергетика хавфсизлиги масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимига;
– Шухрат Мадаминович Ғаниев Ўзбекистон Республикаси Президентининг аграр ривожланиш масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимига;
– Музаффар Муротович Камилов Ўзбекистон Республикаси Президентининг дин ва миллатлараро муносабатлар масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимига;
– Ғофуржон Ғаниевич Мирзаев Ўзбекистон Республикаси Президентининг кадрлар сиёсати масалалари бўйича маслаҳатчиси – Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги директори лавозимига;
– Дониёр Бахтиёрович Кадиров Ўзбекистон Республикаси Президентининг ҳуқуқни муҳофаза қилувчи ва назорат органлари фаолиятини мувофиқлаштириш масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимига;
– Комил Исмоилович Алламжонов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси Ахборот сиёсати департаментининг раҳбари лавозимига;
– Одил Қаландарович Абдурахманов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси Ижтимоий ривожланиш департаментининг раҳбари лавозимига;
– Кахрамон Кучкарович Куранбаев Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси Ёшлар сиёсати департаментининг раҳбари лавозимига;
– Алишербек Азизович Пайгамов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси Ташқи алоқалар департаментининг раҳбари лавозимига;
– Нодиржон Абдуқундузович Абдурахимов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси Режалаштириш ва ахборот таъминоти департаментининг раҳбари лавозимига;
– Уткиржон Ғайратович Кодиров Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси Ҳудудлар билан ҳамкорлик қилиш ва таҳлилий материалларни тайёрлаш департаментининг раҳбари лавозимига;
– Улугбек Учкунович Курбанов Ўзбекистон Республикаси Президенти протоколининг раҳбари лавозимига;
– Шерзод Икромович Асадов Ўзбекистон Республикаси Президентининг Матбуот котиби лавозимига;
– Саидлазиз Саидасилович Саидкаримов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси Назорат инспекциясининг бошлиғи лавозимига тайинланди.
📌@MSamarov1
⭕️🟦🟦
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga qilgan tashrifining ikkinchi kun videotafsilotlari e’lon qilindi.
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
⭕️#tashrif #Budapesht 🇭🇺
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib keldi.
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
🟦🟦🟦🟦
Xodimlarni mehnat ta'tiliga chiqishi qanday tartibga solinadi?
👨💻 Xodimlarning mehnatga oid munosabatlari Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi va amalga oshiriladi.
Batafsil: telegra.ph/Mehnat-tatili-haqida-08-18
✅ @MSamarov1
📌 Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini boshqa hudud(viloyat yoki tuman-shahar)dan olib kelish mumkinmi? Xodim Toshkent shahrida ishlaydi, doimiy turar joyi Qashqadaryo viloyati, balnichniy qog'ozini esa Samarqand viloyatidan olib kelsa... Bu nechog'lik to'g'ri?
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘iga ilova “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga asosan
📃 Yo’riqnomada mehnatga layoqatsizlik varaqasi xodimning faqat “doimiy yashash joyidan” yoki “vaqtincha ro'yxatda bo‘lgan joyi”dan berilsin degan qat’iy talab yo’q. Quyidagi holatlar belgilab berilgan👇
👉 Yo’riqnomaning 12-bandida, xizmat safari, mehnat ta’tili va boshqa sabablarga ko‘ra yashash joyida bo‘lmagan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi bemor vaqtincha bo‘lgan joydagi davolash-profilaktika muassasasi tomonidan bosh shifokor ruxsati bilan beriladi. Bemorning ahvoli yaxshilangach, davolanganligi to‘g‘risida ambulator kartasidan ko‘chirma berilgan holda doimiy yashash joyiga yuboriladi.
👉 25-bandda chet elda vaqtincha bo‘lgan vaqtda kasallanganlik yoki chet elda davolanganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning davlat yoki rus tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasi taqdim qilinganda, mehnatga layoqatsizlikni tasdiqlovchi asoslarni inobatga olib, bemorning yashash yoki ish joyidagi davolash-profilaktika muassasasining vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtiriladi.
👉 42-bandda sanatoriy-kurortda davolanish davrida kasallik (jarohat) tufayli vaqtincha mehnatga layoqatsizlik yuzaga kelsa, ushbu muassasa shifokorining tavsiyasi asosida sanatoriy joylashgan hududdagi davolash-profilaktika muassasasi tomonidan vaqtincha layoqatsizlikning barcha davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
👉 46-bandda uy sharoitida karantinga olingan shaxslarga hamda karantinga olingan shaxslarning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi karantinda bo‘lgan to‘liq kunlariga ularning yashash joyidagi poliklinika tomonidan beriladi.
🚩 59-bandda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasini noto‘g‘ri rasmiylashtirgan, asossiz bergan xodimlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi belgilangan.
✅ @MSamarov1
🗣 Sardorlikda o‘zingizni kashf eting!
🙋 Rubrikamizning ushbu sonida sizlarga yengilmas sardorlarimizdan biri Asal Ravshanxonovani tanishtiramiz. Uning hayoti haqida hikoya qiluvchi maxsus filmni ushbu havol orqali tomosha qilishingiz mumkin.
🇺🇿 Siz ham 6-sentabrdan 30-sentabrgacha respublikamiz bo‘ylab barcha hududlarda o‘tkazilayotgan saylovlarda ishtirok etib, sardorlar oilasiga qo’shiling!
Kuchli matonat va iroda egasi ya'ni yengilmasga aylaning!
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
🎓 👍👍👍 ⭕️
Ayrim toifadagi talabalarga garov va kafilsiz ta'lim krediti beriladi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.08.2021-yildagi 527-sonli qaroriga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan "Ta’lim krediti" bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.
Asos: Vazirlar Mahkamasi, 527-son qarori.
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
⭕️ 🟥🟥🟥 🇺🇿 🟩🟩🟩
Sardorlar sayloviga start berildi!
🗓 6-sentabrdan 30-sentabrga qadar Respublikamiz bo‘ylab barcha hududlarda Sardorlar saylovlari bo'lib o'tadi. Siz iqtidorli, bilimli va shijoatli, ayniqsa, tengdoshlaringizni bir maqsad yo'lida birlashtira olsangiz, sizni sardorlar saylovlarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
📨 Saylovlar 5 bosqichda quyidagi muddatlarda:
- sinf sardorlari saylovi 6-9 sentabr kunlari;
- maktab sardorlari saylovi 11-16 sentabr kunlari;
- tuman va shahar sardorlar saylovi 18-23 sentabr kunlari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sardorlar saylovlari 25-30 sentabr kunlari;
- Respublika Sardorlar Kengashi a’zolari saylovi navbatdagi Respublika sardorlar forumi doirasida o‘tkaziladi.
📝 Saylov jarayonlarini tashkil etilishi va o‘tkazilishi yuzasidan batafsil ma'lumotlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlari orqali olishingiz mumkin.
🇺🇿 Barchangizga saylovda omad tilaymiz. Sizni o‘zingiz kutmagan muvaffaqiyatli kelajak kutmoqda!
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
⭕️⭕️⭕️ 🟨🟨🟨🟨🟨
To‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi
🏢 Davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi.
🗣 Shuningdek, 2023/2024-o‘quv yili super-kontrkt miqdorlari ham o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.
Barcha talabalarga yuboring.
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
#iqtibos #mustaqillik_32
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan.
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
⭕️ 🟥🟥🟥 💐
Qadrli yurtdoshlar!
🎉 Sizlarni, xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston davlat mustaqilligining 32 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etaman.
⭕️ Bugungi qutlug‘ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik tilayman. Yurtimizda tinchlik, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu-baraka hech qachon arimasin.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin.!
Temurbek Poyonov,
🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev yangilangan Respublika bolalar kutubxonasiga bordi va u yerda yosh kitobxonlar bilan suhbatlashdi.
✔️ Suhbatda prezident nabiralari haqida ayrim fikrlarni bildirdi:
— Mening 3 yashar nabiram ham xitoycha gapiryapti, yaxshi gapiryaptimi o’zi deb so’rab qo’yaman.
— Nabiralarim telefon o’ynasa, yomon ko’raman. Nabiralarim esa “Bobojon, siz yomon ko’rsangiz ham, lekin butun dunyo shuning ichida, men yangiliklarni shundan bilib olaman” deyishadi.
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
⭕️#таълимга_эътибор
🖥 Мактабларда таълим сифатини янада ошириш, ўқувчи ўрнини кўпайтириш ҳамда ўқитувчилар малакасини ошириш ва уларга муносиб шароит яратиш бўйича ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
⭕️ #Kópkurash #yoshlarittifoqi
🇺🇿 "Ko‘pkurash" harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi Respublika bosqichining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o'tdi!
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
#Yangiliklar #Loyihalar #OAV
𝗕𝗶𝘇𝗻𝗶 𝗶𝗷𝘁𝗶𝗺𝗼𝗶𝘆 𝘁𝗮𝗿𝗺𝗼𝗾𝗱𝗮𝗴𝗶 𝘀𝗮𝗵𝗶𝗳𝗮𝗹𝗮𝗿𝗶𝗺𝗶𝘇 𝗼𝗿𝗾𝗮𝗹𝗶 𝗸𝘂𝘇𝗮𝘁𝗶𝗯 𝗯𝗼𝗿𝗶𝗻𝗴
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali Siz, yoshlar masalasidagi so‘nggi yangiliklar va O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida tanishib borasiz!
📍 TemurPoyonovv |📍Instagram
⭕️ 🟦🟦🟦🟦
BANKLAR TOMONIDAN TA'LIM KREDITLARI AJRATILMOQDA
✅ Kreditlar bank tomonidan 14 % stavka bo'yicha ajratiladi hamda o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Sentabr oyidan Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:
✅ Agro bank; 👈
✅ Aloqa bank; 👈
✅ Xalq banki. 👈
✅ Asaka bank; 👈
✅ Hamkor bank; 👈
✅ Ipoteka bank; 👈
✅ Mikrokredit bank; 👈
✅ Milliy bank; 👈
✅ OrientFinance bank; 👈
✅ Qishloqqurulish bank; 👈
✅ Sanoatqurilish bank; 👈
✅ Turon bank. 👈
👩🏻🦰 Xotin-qizlar uchun ta'lim krediti foizsiz beriladi.
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
🇺🇿 Shavkat Mirziyoyev:
" - Hayot sinovlarida toblangan, so‘zida ham, ishida ham qat’iy sizlardek mard va tashabbuskor tadbirkorlarimiz bor ekan, biz albatta ko‘zlagan marralarimizga erishamiz."
🕊 TemurPoyonovv |📱Instagram
⭐⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️ ✅
O‘zbekistondagi davlat va nodavlat OTMlar haqida aniq ma'lumot bilmoqchimisiz.?
⭕️ Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar! Oliy ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish vakolatini olmay turib, o‘zini OTM sifatida ko‘rsatib, abituriyentlardan hujjatlarini qabul qilayotgan firmalarga aldanib qolmang. Quyidagi vazirlik sayti orqali O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan davlat, nodavlat va xorijiy OTMlarning ro‘yxati keltirilgan.
▶️ Sayt: stat.edu.uz/Univer-list.php
𝐊𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢𝐦𝐢𝐳𝐠𝐚 𝐨𝐛𝐮𝐧𝐚 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐠
🚀 KarimbekToshpulatov
#Bilasizmi?
🎯Ishlayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga;
🎯Baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;
🎯Qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;
🎯Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;
🎯Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;
🎯Mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga.
🎯Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo‘ladigan xatarli o‘simtalar, jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo‘yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog‘liq ravishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
📝a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga ish haqining 100 foizi miqdorida;
📝b) umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
📝v) umumiy ish staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.
❗️Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-fevraldagi 71-son “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash chegarasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori
📌@MSamarov1