Bugun judayam zôr ob havo bôldi.Yomğir yoğdi salqin. Kuz fasli kelganini his qildim
Читать полностью…T.me/ajoyibtaqdir
Шунчаки ёдингизда сақланг!
Ҳеч нарсага кафолат йўқ...
• Севганинг бир кун — бегонага айланиши мумкин.
• Дўстинг — душманга айланиши мумкин.
• Душманинг — дўстга айланиши мумкин.
• Ёмон кўрган кишинг — яхши кўрганингга айланиши мумкин.
• Яхши гапирган — ёмон гапириши мумкин.
• Мақтаган — ёмонлаши мумкин.
Хуллас хамма нарса бўлиши мумкин....
Фақат ота - онангиз ва туғишган жигарларингни муносабати ҳеч қачон ўзгармайди...
Ҳар қандай ҳолатда хам улар барибир сени чин юракларидан яхши кўришади.
Яқинларингизни қадрланг ва улардан меҳрингизни дариғ тутманг.
БИЗГА ҚЎШИЛИНГ
@Ajoyibtaqdir
T.me/ajoyibtaqdir
#ulashing
Иккала хонадошимни мендан бир кун олдин операция қилиш учун олиб кетишганди. Мени операция столига ётқизишиб, бурнимдан наркоз жўнатишгач эса уларни икки ёнимдан суриб келишди. Сўнг шифокорлар биз учаламизни учта учар машинага ўтқазишиб, нима бўлган тақдирида ҳам бошқарувни юқотмасликни тайинлашди ва осмонга учириб юборишди. Ҳамма шошаётган эди, шунинг учун бизни нимага учиришаётганини сўраб ўтирмадим, операция бошқа сайёрада ўтказилади шекилли, деган хаёлга бордим... Яна лифт ва қувурлардан ўтганим, аллақандай дарвоза ёнига келиб ортда қолган шерикларимни кутмоқчи бўлганим, шунда ичкаридан тўртта одам чиқиб бошимга алланарса кийгизгани, шерикларимни кутайлик деган илтимосларимга эътибор бермай обдон тинтиб кўришгани, менга номаълум бир тилда узаро гаплашишгани, кейин иккала қўлтиғимдан кўтариб ичкарига олиб киришаётгани ёдимда... Дарвоза ичкарисида нимани кўрдим, бу ёғи умуман эсимда йўқ! Аммо эртаси куни реанимация хонасида уйғониб, ҳамшираларга биринчи айтган гапим "Ерга келдикми?" деган савол бўлибди. Улар кулиб, "Ҳа" дейишса, "Дарвозадан кутиб олдингизларми, ё ўзлари тушириб кетишдими?" деган эмишман...
Ajoyibtaqdir
Мен энди ердан бошқа ҳам ҳаёт мавжуд бўлган сайёра, ўзга бир олам борлигига ишонаман. Фикримча, у сайёрада жисмлар эмас, руҳлар яшайди: худди муқаддас китобларда ёзилган Жаннат ва Дўзахдагига ўхшаб...
Хайрли кеч.
Ajoyibtaqdir
👉 t.me/ajoyibtaqdir
@Ajoyibtaqdir
Agar har kuni bu mening oxirgi kunim deb yashasangiz, qachondir haq bo'lasiz.
(c) Stiv Jobs
Ajoyibtaqdir #ulashing
#asardan_parcha
Ajoyibtaqdir #ulashing
Uni unutib yubormaslik uchun ham u haqda so‘ylamoqchiman. Chunki dunyoda do‘stlarni unutib yuborishdan ham qayg‘uliroq narsa yo‘q, axir do‘st bo‘lish har kimga ham nasib etavermaydi-da. Qolaversa, men yorug‘ olamda raqamdan boshqa narsaga qiziqmaydigan kattalarga o‘xshab qolishni sira-sira istamayman.
Ajoyibtaqdir
©Antuan de Sent Ekzyuperi ''Kichkina shahzoda"
T.me/ajoyibtaqdir
Ajoyibtaqdir #ulashing
JANG
Tug‘ilding jangchisan!
Ko‘zlaringni och.
Yig‘laysan chalinadi bong.
Kulasan chalinadi bong.
Birinchi qadaming – birinchi zarbang,
Go‘daklik ko‘zlarin ochmaydi shu tong.
Yiqilib qonagan boshingga,
Boylanar onangning ro‘moli.
Otangning daldasin ko‘tarib,
yengmoqchi bo‘lasan dunyoni.
Yillarning boshiga tushirasan musht,
Kunlarning bo’yniga ilasan gunoh.
Har kuni o‘zinga bo‘lasan mag‘lub,
Savollaring mag‘lub.
Savoblaring mag‘lub.
Hammasi o‘zingning qurboning.
Hayotning mushtlari tugamas,
Tugamas janchisi dunyoning.
Oldinda muhim jang,
Ishq jangi – sog‘inch jangi.
Sevganingning ko‘ziga,
Yomg‘irday yog‘ish jangi.
Yutolsang visolga egasan!..
Shamolga aylanar nigohing,
Olovdek yonadi har panjang.
Zarbalar! Ajoyibtaqdir
Zarbalar!
Zarbalar!
Har yoqqa sochilar hislaring.
Sevi-i-b yumiladi ko‘zlaring –
Sevi-i-b ochiladi ko‘zlaring.
Mushtlardan yuraging sinadi,
tugaydi ohirgi umiding.
“Baribir men seni sevaman”, –
Shu so‘zning ustiga qulading.
O‘rtaga ayriliq tushadi,
Boshlanadi teskari sanoq.
O‘n!
To‘qqiz!
Sakkiz!
Tursangchi-turaqol osonmi sevmoq.
Yetti!
Olti!
Besh!
Sevganing ko‘zini yumadi...
To‘rt!
Uch!
Ikki! Ajoyibtaqdir
Bir!
Hammasi tugadi...
Lekin sen jangchisan –
jang qilishing shart.
Jang qilib uylanding boshqa bir qizga,
Jang qilib, umrini qaritding.
Quvonsa – quvonding jang qilib,
Yig‘lasa jang qilib yoshini artding.
Jang qilib ichishni o‘rganding!
Jang qilib ketishni o‘rganding!
Jang qilib kechishni o‘rganding!
Otangni ko‘masan yutqazib...
Onangni ko‘masan yutqazib...
(Judolik!)
Raqibing jo‘natar qabrga,
Mushtinga guldasta tutqazib!
Yig‘lama!..
Yiqilsang ochidan o‘ladi bolang,
Yiqilsang ochidan o‘ladi bolang!
Endi sen janglarni sotasan,
Yutqazib bolangni boqasan!
Yutqazib o‘g‘lingni uylading,
Yutqazib uzatding qizingni!
Har jangda hammasi tugadi,
Har jangda o‘ldirding o‘zingni!
Bir kuni boshlandi haqiqiy bir jang,
Bu safar hayotga oson yengilding.
Bolangning qo‘liga yiqilding...
Bu jangda teskari sanamas hech kim,
Bu jangga teskari qaramas hech kim.
Hammasi bir gapni qaytarib aytar,
“Kalima qaytar, kalima qaytar!”
Tilingga jang bo‘lib kelar kalima,
Labingdan jang bo‘lib chiqar kalima...
O‘g‘lingni bosadi vahima...
Qizingni bosadi vahima...
Jang qilib joningni qilasan taslim.
Sen tuproq hidini tuygan bir mahal.
Qabringning toshiga surating ilib,
Davomching qo‘lini ko‘tarar ajal!
Ajoyibtaqdir
©Shohrux Najot
T.me/ajoyibtaqdir #ulashing
Ajoyibtaqdir #ulashing
2 ta narsani so‘rash odobsizlik hisoblanadi:
1. Erkak kishidan maoshini.
2. Ayol kishidan yoshini.
2 ta narsani aytish odobsizlik hisoblanadi:
1. Ayol kishiga semirib ketibsiz deyishlik
2. Erkak kishiga ozib ketibsiz deyishlik.
©Muhammadali Eshonqulov
T.me/ajoyibtaqdir
Ajoyibtaqdir #ulashing
Qadim zamonlarda Bog‘dodga o‘t tushib, uylar ketma-ketiga yonibdi. Bir uyda go‘daklar qolib ketgan ekan, valiy odam o‘tayotib, ota-onaning faryodini eshitibdi-yu, o‘ylab xam o‘tirmay, o‘t ichiga kirib, bolalarni olib chiqibdi. Bitta tuki xam kuymabdi.
Bolalarning ota-onasi quvonib unga o‘n tilla suyunchi uzatsa, y valiy:
Ajoyibtaqdir
– Tillalarni oladigan odam bo‘lsam, o‘tdan sog‘ chiqmas edim, – degan ekan...
©Tohir Malik
T.me/ajoyibtaqdir
@Ajoyibtaqdir
#Kayfiyat
– Qayerda eding shuncha paytdan beri?
– Karonavirusga test topshirdim.
– Qanaqa savollar tushdi?
– Sen jinnimisan?
– Xo‘sh, keyin sen nima deb javob berding?
Ajoyibtaqdir #ulashing
@Ajoyibtaqdir
#kayfiyat
– Salom, qalaysan?
– Men ahmoqlar bilan so‘rashmayman!
– Men esa so‘rashaman! 😅
Ajoyibtaqdir #ulashing
#ulashing Ajoyibtaqdir
Ba’zi odamlar arvohlardan qo‘rqishadi, ba’zilari esa o‘rgimchaklar yoki ilonlardan. Hozirgi kunlarda esa faqat bir turdagi mavjudot ko‘plab insonlarning yuragiga qo‘rquv urug‘ini sepish bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga oldi – inson!
Ajoyibtaqdir
Malala Yusufzoy
T.me/Ajoyibtaqdir #ulashing
Ajoyibtaqdir
Hech qachon kimdirni hayotini saqlab qololmaymiz, faqat o'lim vaqtini keyinroqqa suramiz.
Ajoyibtaqdir #ulashing
@Ajoyibtaqdir
ХОТИРЖАМЛИК
Хотиржамликка ҳеч нарса тенг кела олмайди.
Тасаввур қилинг, бир кунингиз гумонсиз, хавфсиз ва ташвишсиз ўтди.
Тасаввур қилинг, замирингиз хотиржамлик билан лиммо-лим!
Истасангиз ибодат қиласиз, истасангиз китоб ўқийсиз, истасангиз дўстлар билан иймонлашасиз...
Хотиржамлик ёнингизда бўлса нима иш қилсангиз ҳам роҳат билан қиласиз!
Ҳадисларда келишича, сиҳҳат ва хотиржамлик неъматидан кўпчилик маҳрум экан!
Ajoyibtaqdir
БИЗГА ҚЎШИЛИНГ
T.me/ajoyibtaqdir
Ajoyibtaqdir
Ustara qanchalik o'tkir bo'lmasin, yog'ochni kesa olmaydi; Bolta qanchalik kuchli bo'lmasin, sochni kesa olmaydi.
Ajoyibtaqdir
Xulosa: Hamma o'zining hayotda maqsadiga ko'ra ahamiyatlidir!
@Ajoyibtaqdir #ulashing
@Ajoyibtaqdir
Muammolar yechiladi, yechilmaganlaridan kechiladi...
#ulashing Ajoyibtaqdir
@Ajoyibtaqdir
#Kayfiyat
– Og‘zi qiyshiq bo‘lsayam boyni bolasi gapirsin!
– Axir sen boyning bolasimassanu!
– Zato og‘zim qiyshig‘u!
📽 "Boyvachcha" filmidan
Ajoyibtaqdir #ulashing
#asardan_parcha
Ajoyibtaqdir #ulashing
– Kim yig'latdi sizni?
– Yig'labmanmi?
– Ko'zingiz, kipriklaringiz...
– O'zi shunaqa...
– Yig'latgan men emasmi?
– Kitobni nega yopdingiz? Ochib o'qing, men eshitay. Ajoyibtaqdir
– Ota-ona rozilig'ini bir tomchi ko'z yoshingizga arzitdimmi?
– Men rozi, men ko'ndim,
– Ko'ndingiz... Nega, a?
– Negaki, men sizga ishonaman...
– Shuning uchun...
– Shuning uchun ko'ndim...
– Ko'nglingiz farishtalar ko'nglidek.
– Sizning ham ko'nglingiz...
Ikki jon, ikki yurak go'yoki bittadek bir-birisini onglar, birisidan birisiga o'tib yurar edi shu vaqt.
Ajoyibtaqdir
©Abdulla Qodiriy "O'tkan kunlar"
T.me/ajoyibtaqdir
Ajoyibtaqdir #ulashing
Hayosi bo'lmagan qizni ro'moli Muslima qilib qo'ymaydi.
Ko'zi yerda bo'lmagan erkakni soqoli Mo'min qilib qo'ymaydi.
Ajoyibtaqdir t.me/ajoyibtaqdir
Ajoyibtaqdir
#kayfiyat
– Do‘stlarim bilan oramizni pul buza olmaydi!
– Qoyil, bir-biringizga adovat yo‘qmi?
– Pulimiz yo‘q.
@Ajoyibtaqdir #ulashing
@Ajoyibtaqdir
МЎЪЖИЗА
«...агар бу хабарни бешта одамга юборсангиз мўъжиза содир бўлади.» У СМСни ўқиб бўлгач, бир қанча одамга юборди. Бироздан сўнг кайфияти бузилди:
-Қани, ҳеч қандай мўъжиза содир бўлмадику?
Ёнидаги синглиси ҳазил аралаш:
- Шуни англаб етганингизни ўзи бир «мўъжиза» эмасми, -деди пичинг билан опасига...
Рахмат БОБОЖОН
Ajoyibtaqdir #ulashing
👉
@Ajoyibtaqdir
#Kayfiyat #Haqiqat
O‘qishga kirsang, ahmoqligingni faqat o‘zing his eta boshlaysan. Agar o‘qishga kirolmasang, ahmoqliging hammaga ayon bo‘ladi.
©Ajoyibtaqdir #ulashing
@Ajoyibtaqdir
Kimdir sening yordamingga muhtoj bo'lsa, xursand bo'l! Negaki, Alloh kimningdir duolariga sen orqali javob beryapti!
Ajoyibtaqdir #ulashing
@Ajoyibtaqdir
Kechasi kelmaydigan, kunduzi ketmaydigan uyqu faqat mendamasdir-aaa... 🙄
Ajoyibtaqdir #ulashing
@Ajoyibtaqdir
Barcha o'limlar sababi aslida bir xil: yurakning to'xtashi. Qolgani yurak to'xtashining sabablaridir.
© Ajoyibtaqdir #ulashing
@Ajoyibtaqdir
Yer ming marta yaxshi bo'lsayam, Odamzodni hattoki o't o'smaydigan Mars hayratlantiraveradi.
Ajoyibtaqdir #ulashing