akmaltosh | Unsorted

Telegram-канал akmaltosh - Akmal Sodikov

-

Huquqshunos Akmal Sodikovning kanaliga xush kelibsiz! Bu yerda xorijiy davlatlar va O'zbekiston tajribasi tahlil etiladi. ©️Har doim ham oqimga qarshi suzib bôlmasada, unda tosh òynatish mumkin! https://t.me/Akmaltosh

Subscribe to a channel

Akmal Sodikov

Oslo va olmos

Bir kuni Janob Sinchkov huzuriga hayajonlangan Lenon xonim kirib keladi. U besh karatli olmosi o‘g‘irlanganini aytadi. Bu olmosni Lenon xonim hech qachon taqmaganini, uni juda ishonchli joyda saqlaganini va bu joy haqida faqat marhum erining kotibi janob Pabler bilishini gapirib beradi. Mister Pabler esa bir necha kun oldin Lenon xonimni ko‘rgani kelgan edi.

Janob Sinchkov Pablerning uyiga boradi va bu haqda undan so‘raydi. Pabler esa Lenon xonimning olmosi haqida hech narsa bilmasligini, uning oilasiga tegishli bo‘lgan va 50 yildan beri uyida saqlab kelayotgan besh karatli olmosi borligini aytadi.

Bu olmosni uning bobosi Norvegiya safarlaridan birida xarid qilib olib kelgani haqida gapirib beradi. “Balki Lenon xonim buni bilib, shu olmosga ko‘z olaytirayotgandir”, - deydi Pabler.

U o‘rnidan turib, narigi xonaga borib, olmos va bobosining xatini olib keladi. Xatda bobosi 1904-yilda Oslo shahrida buvisi uchun ushbu olmosni xarid qilgani haqida so‘z borar edi. O‘qib chiqqandan so‘ng Sinchkov xat qalbaki ekanligini ta’kidlaydi.

Savol. Nima Janob Sinchkovning shubhasiga sabab bo'ldi?

Izohlarni 'comments' da qoldiring!

Javob - nasib etsa ertaga e'lon qilinadi.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Navro'z haqida

Navro'z Yer yuzidagi eng qadimiy bayramdir.

Bu kun hattoki, zardushtiylikgacha bo'lgan davrdan oldin nishonlangan bo'lib, miloddan avvalgi VII asrgacha ham nishonlangan.

Erondagi Ahamoniylar (miloddan avvalgi VI-IV asrlar) va Sosoniylar (milodiy III-VII asrlar) davlatida Navro'z asosiy bayram deb hisoblangan.

Qadimgi yunon tarixchisi Strabon ushbu bayram haqida shunday yozgan: "Eng qadimgi va hozirgi kungacha Amudaryo va Sirdaryo oralig'idagi aholi shu kuni olov atrofida to'planishadi. Bu kunda savdogarlar o'z do'konlarini yopadi, hunarmandlar ishni to'xtatadi, har kim ko'ngil ochadi, ichimliklar va taomlar bilan bir-birlarini siylashadi".

Qadimgi turkiy rivoyatlarga ko'ra, bu kun turkiy xalqlar qurshovdan qochib qutulgan kun bo'lgan. Boshqacha qilib aytganda, shu kuni turklar Ergenekonni (tog'lar bilan o'ralgan hudud) tark etishgan.

Shuning uchun Navro'zni turklar Yangi yil boshlanishi sifatida qabul qildilar va shu kungacha nishonlanib kelmoqdalar.

Yaqin Sharq va O'rta Osiyo qadimgi dehqonlar urf-odatlaridan kelib chiqqan bu bayram nafaqat arablar istilosidan omon qoldi, balki islom dinini tan olgan ko'plab xalqlar madaniyatining ajralmas qismiga aylandi. Yani islom ham buni taqiqlamadi (faqat dinga xilof amallar bekor qilindi).

YuNESKO tomonidan 2009-yilda Insoniyatning nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro'yxatiga kiritilgan.

2010-yil 23-fevralda BMT Bosh assambleyasi 21-martni Xalqaro Navro'z kuni deb tan oldi.

Hozirda Navro'z Eron va Afg'onistonda Yangi yil boshlanishi sifatida keng nishonlanadi, rasmiy bayram sifatida - Tojikiston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Albaniya, Iroq Kurdistoni, Hindiston, Makedoniya, Turkiyada; shuningdek, Rossiyaning janubida: Tataristonda, Boshqirdistonda nishonlanadi.

©️Yangi kun, Navro'z muborak bo'lsin. Yangi yil yaxshi amallar va orzularingiz ijobati bilan kirib kelgan bo'lsin.

#tahlil
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Putin Baydenni qarg'adimi?

Ma'lumki, AQSH prezidenti Jo Bayden Putinni qotil deb atadi.

Baydennig pressa kotibi Djen Psaki xonim ham bu haqiqat ekanligini takidladi.

Putin esa javoban, "Bolaligimizda, hovlida, biz bir-birimiz bilan tortishganimizda:" Kim uning ismini chaqirsa, uni shunday chaqirishadi", der edik (yani uni o'zi qotil demoqchi), Va bu bejiz emas, bu shunchaki bolaning gapi va hazil emas", dedi Putin Baydenning so'zlari haqida.

Qo'shimcha qilib Baydenga sog'liq tilashini bildirib o'tdi.

Bugun esa Bayden samolyotga chiqayotib 3 marta yiqilib tushdi.

Bu AQSH prezidentlari ichida rekord.

Eslatib o'tamiz, Bayden 78 yosh (20.11.1942-yilda tug'ilgan)).

#tahlil
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Detektiv Janob Sinchkov rukni g'oliblari

Kassadagi og'rilik

🏆🏆🏆 - G'oliblar 👇🏾

1. Ulug'bek Shukurov
2. Lazizbek Saidov
3. Sulaymonov Shuxrat
4. Shukrullo
5. Bilolbek
6. iShaxzodbek

👆🏻Dastlabki to'g'ri javobni bergan 6 obunachimiz.

Demak, aniq javob:

Bu masalada 2 ta asos bor.

1. LED lampalar kuydirmaydi.
2. Qorong'uda stulni stol ustiga qo'yib chiqish ham mantiqqa zid.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Detektiv Janob Sinchkov rukni g'oliblari

Yangi yildagi qotillik

🏆🏆🏆 - G'oliblar 👇🏾

1. Ulug'bek Shukurov
2. Jaxongir Ashirxonov
3. Nargiza Baxtiyorovna
4. Bilolbek
5. iShaxzodbek
6. Abror Zohidovich

Demak, aniq javob:

Qotil - Lili .
Chunki, yangi yil kechasi ishxonalar ishlamaydi. Ayniqsa, Niderlandiyada yangi yildan 3 kun oldin javob beriladi.

Shuningdek, Niderlandiyada qorqiz bo'lish, uni kiyimlarini kiyish keng tarqalmagan.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Detektiv Janob Sinchkov rukni g'oliblari

Masxaraboz bilan kelishuv

🏆🏆🏆 - G'oliblar 👇🏾

1. Sarvinoz Jurayeva
2. Otabek Egamov
3. Salohiddin Ashurqulov
4. Farmonov Ozod
5. Jakhongir

Demak, aniq javob:

Masxaraboz Janob Sinchkovga o'z kiyimlarini ijaraga berib turgan. Grim qilishga ham yordam bergan.

Shu uchun bu variant ancha arzon tushgan. (Janob Sinchkovning o'zi masxaraboz bo'lib tug'ilgan kunni o'tkazgan)

Demak, qimmat va ortiqcha yukni yaxshi maslahat bilan yengillshtirish yoki arzonlashtirish ham mumkin ekan.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Masxaraboz bilan kelishuv

Janob Sinchkov qizi Alina bilan Sirkka bordi.

Ular tomoshadan keyin qaytib chiqayotganlarida, yo'lakda sharlar bilan o'ynayotgan masxarabozga ko'zlari tushdi.

Alina dadasidan ertangi tug'ilgan kuniga masxaraboz kelib, do'stlarini xursand qilishini aytib, qattiq iltimos qildi.

Janob Sinchkov qizini kutib turishini aytib, masxarabozga yaqinlashdi.

Masxaraboz uyga borib tadbir o'tkazishi 500 dollar turishini aytdi.

Janob Sinchkov bu juda qimmat ekanligini bildirdi.

Masxaraboz esa Sinchkovga eng arzon usulni o'rgatdi.

Ertangi tug'ilgan kunda masxaraboz qatnashdi, lekin bu juda-juda arzon kelishuv edi.

Savol. Masxaraboz janob Sinchkovga qanday maslahat bergan?

Izohlarni 'comments' da qoldiring!

Javob - nasib etsa ertaga e'lon qilinadi.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Toshkentda 3 ta tumanlar hududida faoliyat olib borayotgan nodavlat va xususiy ta’lim tashkilotlariga 16-martdan boshlab bir martalik karantin muddatiga (14 kun) o‘quvchilarni masofaviy shaklda o‘qitishga o‘tkazishgan.

#cartoon
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Detektiv Janob Sinchkov rukni g'oliblari

Mashina o'g'irlanganmi?

🏆🏆🏆 - G'oliblar 👇🏾

1. Behruz Hamidov
2. Ulug'bek Shukurov
3. Lazizbek Saidov
4. Shoxjahon
5. Sarvinoz Jo'rayeva
6. Jaxongir Ashirxonov
7. Abbosov
8.Nargiza Baxtiyorovna

👆🏻Dastlabki to'g'ri javobni bergan 8 obunachimiz.

Demak, aniq javob:

Yuqoridagi rasmlarda oy turli shakllarda demak ular turli vaqtda olingan.

Haydovchi esa yolg'on guvohlik bermoqda.

Demak to'g'ri javob oyning turli shaklda ekanligi edi
.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Mashina o'g'irlanganmi?

Janob Snchkov "Taksi luks" firmasining ishi bo'yicha haydovchini so'roq qila boshladi.

Janob Snchkov - Mashinani siz o'g'irladingizmi?

Gumonlanuvchi - Yo'q.
Uni kimdir, o'g'irlab ketgan. Mana menda rasmlar bor. Men ovqatlangani qahvaxonaga kirgandim. Keyin chiqishimda mashina yo'q edi. Mana marhamat, boshqa mashinadan olingan kuzatuv kamerasining rasmlariga qarang!

Janob Sinchkov rasmlarni kuzatib, haydovchi aldayotganligini bilib qoldi.

Savol. Haydovchining yolg'on ko'rsatma berayotganligini qanday bilishimiz mumkin?

Izohlarni 'comments' da qoldiring!

Javob - nasib etsa ertaga e'lon qilinadi.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Detektiv Janob Sinchkov rukni g'oliblari

Sirli kod

🏆🏆🏆 - G'oliblar 👇🏾

1. Behruz Hamidov
2. Ulug'bek Shukurov
3. Asror Ostonov
4. Malika
5. Bahodir Olimov
6. Nargiza Baxtiyorovna
7. Farmonov Ozod
8. Islomjon

👆🏻Dastlabki to'g'ri javobni bergan 8 obunachimiz.

Demak, aniq javob:

Yuqoridagi masalada Janob Azar san'atkor ekanligi ta'kidlangan edi,

Sur'atda ham seyf yonida pianino ko'zga tashlanadi.

Demak to'g'ri javob "D" harfi hisoblanadi.

Unda notalarning ketma-ketligi nazarda tutilgan.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Sirli kod

Janob Sinchkov ikki yordamchisi bilan san'atkor Azarning uyini tintuvdan o'tkaza yotib, seyfga ko'zi tushdi.

Janob Azar o'limidan oldin, uni ochishga harakat qilib, parollarni tergan lekin faqat oxirgi harfni bosa olmasdan vafot etgan.

Demak, seyfa qandaydir muhim narsa bor.

Savol. Seyfni ochadigan oxirgi harfni toping.

Izohlarni 'comments' da qoldiring!

Javob - nasib etsa ertaga e'lon qilinadi.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Janob Sinchkovning qaytishi

Umidbaxsh seshanba kuni janob Sinchkovning yoniga janob Roger kelib uning qimmatbaho mashinasi o'g'irlab ketilganini va o'g'rini topishda yordam berishini so'radi.

Janob Sinchkov mashina qayerda o'g'irlanganligini so'radi.

Janob Roger kecha tungi paytda turmush o'rtog'i bilan teatrga borganligini, spektaklni ko'rib chiqishi bilan mashinasi yo'qligini sezganligini endi sug'urta kompaniyasiga borib,tovon pulini undirishi kerak ekanligini tushuntirdi.

Janob Sinchkov esa Janob Rogerni kamroq aldamchilik qilishini, mashinasini qayerdaligini uning o'zi yaxshi bilishini aytdi.

Savol. Nega janob Sinchkov mijozning aldayotganligini bildirib o'tdi?

Izohlarni 'comments' da qoldiring!

Javob - nasib etsa ertaga e'lon qilinadi.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Kuniga yarim-bir soat sarf qilib, taxminan 2.000 dollar ishlab qo'yibmiz.

4 oylik sarhisob

@Tarjimon_Master loyihasini 9-noyabr (2020) da boshlagan edik.

Bugun 4 oy davomida amalga oshirilgan tarjimalar hamda ulardan tushgan mablag'larni hisob-kitob qildik.

Quyida qisqacha hisobotimiz:

Tarjimonlar soni:
5 kishi (2 master va 3 ta havaskor)

Tarjima qilingan matn: taqriban 100 ming so'z

Yirik buyurtmachilar soni: 3 ta

Yirik loyiha tenderi: 1 ta

Umumiy foyda: 18.045.000

🔜 Buyurtma uchun: @Tarjimon_Admin
🔜 To order: @Tarjimon_Admin

Join 👉🏿 @Tarjimon_Master

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Ustozlarning qadriga yetishda kech qolmaslik kerak ekan.

Kecha bayram bo'lishiga qaramasdan tong sahardan ko'nglim xira tortib, unchalik ko'nglim ko'tarilmadi.
Sababini bilolmadim. Lekin kechga borib sevimli ustozimiz - Abdulbosit Mansurov o'sha kuni olamdan o'tganlarini bilib qoldik.

Ustoz hali 50 yoshni ham qoralamagan edilar.
Samimiy inson, qalbi pok kishi edilar.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida fidoyilarcha mehnat qilayotgan edilar.
O'z rahmatiga olgan bo'lsin.

Boshqa manbalar ham shu haqida yozmoqdlar.
1. https://qalampir.uz/news/shaykh-abdulaziz-mansur-oilasi-ogir-zhudolikka-uchradi-34576
2. https://m.sputniknews-uz.com/society/20210308/16152626/Shaykh-Abdulaziz-Mansurning-li-vafot-etdi.html
3. https://daryo.uz/2021/03/08/shayx-abdulaziz-mansurning-ogli-vafot-etdi/

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Detektiv Janob Sinchkov rukni g'oliblari

Uyushtirilgan o'g'rilik

🏆🏆🏆 - G'oliblar 👇🏾

Janob Sinchkov

Demak, aniq javob:

Bu masalada asosiy ishora janob Rogerning bog'langani va buyumlarning qaysi xonada ekanligi edi.

U notanish kishilar, kelib uni bog'laganligni birinchi bo'lib aytmoqda. Pochtachini gazeta tiqayotganligni ko'rish uchun u kiraverishdagi xonada bog'langan. Qimmatbaho buyumlar boshqa xonada...

Keyin barcha qimmatbaho buyumlari va taqinchoqlarini olib ketganligini aytmoqda.

U boshqa xonada bog'langan bo'lsa, qanday qilib barcha qimmatbaho buyumlar va taqinchoqlarini olib ketganligini biladi.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Notenglik

2020-yil may oyida ...

Sardoba suv ombori hodisasi minglab odamlar zarar ko'rdi. Hatto, Qozog'iston aholisi ham zarar ko'rdi.

2021-yil mart...
Javobgarlar jazolanmadi.

2020-yil may oyida ...
So
'xda ijtimoiy sharoit va muammolar ko'pligidan oddiy aholi ko'chaga chiqdi...

2021-yil mart...
Ularga sud hukmi o'qildi. 5-2 yilga ozodlikdan mahrum qilishdi. Jinoyat oqibatida Farg‘ona viloyat IIBga yetkazilgan 9 996 341 so‘m moddiy zarar sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi belgilandi.

#tahlil
#surish_kerak
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Uyushtirilgan o'g'rilik

Janob Sinchkov politsiya bilan Rogerlar uyiga yetib keldi.
Stulga arqon bilan qattiq bog‘lab qo‘yilgan janob Roger quyidagilarni bildirib o'tdi.
- "... tunda qandaydir notanish kimsalar kelib, meni bog‘lab qo‘yib, rafiqamning barcha qimmatbaho buyumlari va taqinchoqlarini o‘marib ketishdi. Alina hozir safarda, lekin u qaytguniga qadar, qimmatbaho taqinchoqlari topilib, joyiga qo‘yilishini xohlayman".

- "Xo'sh, politsiyani qanday chaqirdingiz?!
"

- "... tong otishini intizorlik bilan kutdim, ertalab pochtachi gazetani eshik tirqishiga qistirayotganida undan politsiyaga xabar berishini qattiq iltimos qildim".

- "Rafiqangiz sizni juda mahkam bog‘labdi, lekin sug‘urta pulini olish ilinjida yolg‘ondan uyushtirilgan o‘g‘rilik uchun ham javob berishingizni bilasizmi?" –
so‘radi Sinchkov.

Savol. Nega Janob Sinchkov bunday xulosaga keldi?

Izohlarni 'comments' da qoldiring!

Javob - nasib etsa ertaga e'lon qilinadi.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Kassadagi og'rilik

Janob Sinchkovga o‘g‘rilik haqida xabar bergan kassir quyidagilarni gapirib berdi: “Ochig‘ini aytganda, hech narsani tushunmayapman. Do‘konni yopa turib kassadagi pullarni qayta hisob-kitob qilayotgan edim. Birdan xona qorong‘ilashib, chiroq o‘chib qoldi. Men stulni qo‘yib, amal-taqal qilib stulga chiqib, LED lampochkani ushladim. Kuchli kuyish oqibatida stuldan yiqilib tushdim. Hushimdan ketgan ekanman. Ko‘zimni ochsam, hammayoq betartib. Pullar yo‘q. Bu haqda telefonda politsiyaga xabar berdim. Hamma gap shu”.

Politsiya inspektori kassirni o‘g‘irlikda aybladi va uning aytib berganlarini uydirmaga chiqardi. Chunki ...

Izohlarni 'comments' da qoldiring!

Javob - nasib etsa ertaga e'lon qilinadi.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Yangi yildagi qotillik

Janob Sinchkov Niderlandiyaga qotillikni ochish uchun yetib keldi.

Qurbon. Kris o'zining 3 ta sobiq turmush ortog'lari bilan yangi yil kechasida uchrashgandan so'ng o'z kvartirasida jonsiz topilgan.

Janob Sinchkov, 3 ayolni birin-ketin so'roq qilib, ularga uchrashuvdan keyin nima ish qilganliklarini so'radi.

Sara - Men juda asabiylashdim va uyda internet orqali qiziqarli ko'rsatuvni ko'rdim.

Lili - men qorqiz kiyimini kiyib, h grimda ishxonamdagi tomoshaga bordim.

Annie - men do'konga borib, kiyim-kechak oldim.

Janob Sinchkov kim aldayotganligini darhol bilib qoldi.

Savol. Kim yolg'on guvohlik bermoqda?

Izohlarni 'comments' da qoldiring!

Javob - nasib etsa ertaga e'lon qilinadi.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

⚡️O‘zbekistonga keltirilgan vaksina ishlab chiqarilgan davlatning o‘zida taqiqqa uchradi

Maʼlumot o‘rnida, ushbu vaksina bilan ommaviy emlashlar boshlangandan so‘ng, emlanganlar orasida shifoxonaga yotqizilganlar va o‘lim holatlari qayd etilgan.

#cartoon
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Detektiv Janob Sinchkov rukni g'oliblari

Qaysi eshikni tanlaymiz?

🏆🏆🏆 - G'oliblar 👇🏾

1. Janob Sinchkov

Demak, aniq javob:

Yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan 2-eshik (o'rtadagi) tanlanadi.

Chunki, unda oyoq bosishi bilan harsang tosh boshga tushishi belgilangan.

Janob Sinchkov oyoq kiyimi tashlab qo'yadi, harsang tosh tushgach, uni hatlab (yoki aylanib) o'tib ketaveradi.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Qaysi eshikni tanlaymiz?

Janob Snchkovni tuzoqqa tushirishdi.

U maxsus hibsxonaga qamab qo'yildi. Ammo janob Sinchkov undan qochib, chiqish eshigi oldiga kelib qoldi.

U yerda 3 ta eshik bo'lib, birida tezda o'limga olib keluvchi zaharli modda bor. Ikkinchisida, harsang tosh, qadam bosish bilan boshga tushib ketadi.
Uchinchisida esa vahshiy yo'lbars o'z o'ljasini kutib turibdi.

Savol. Janob Sinchkov qaysi eshikni tanlab ozodlikka chiqishi mumkin?

Izohlarni 'comments' da qoldiring!

Javob - nasib etsa ertaga e'lon qilinadi.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Superligaga chiqqan “Turon” futbol klubi murabbiyining videosini allaqachon ko‘rishga ulgurgan bo‘lsangiz kerak.

Aytishicha, hakamlar uning jamoasiga butunlay o‘yin berishmayotganini taʼkidlamoqda.

Murabbiy o‘yinda yo‘q joydan penalti qo‘ygan hakamlar ishidan noliyapti.
Bu yerda ham adolatsizlik, korrupsiya, poraxo‘rlik... demoqda.

#cartoon
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Baxtli yashash uchun qancha pul kerak?

AQSH ning Purdue
universiteti olimlari tadqiqotlarining natijasiga ko'ra, O'zbekistonda o'zlarini baxtli his qilish uchun qancha mablag' kerakligini o'rganishdi.

"Baxt" ni hisoblash uchun olimlar sotib olish qobiliyatining koeffitsientlaridan foydalangan va ushbu ma'lumotlarga mamlakatda yashash narxini qo'shgan.

Amerikalik mutaxassislarning fikriga ko'ra, O'zbekistonda baxt uchun yiliga 21 960 dollar talab qilinadi.

❗️Dunyoning turli mamlakatlarida baxtli hayot uchun qancha pul kerak

🇷🇺 Rossiya - 15,639 dollar
🇰🇿 Qozog'iston - $ 14.607
🇹🇯 Tojikiston - 22 850 dollar
🇰🇬 Qirg'iziston - $ 8.997
🇹🇷 Turkiya - 10 742 dollar
🇹🇲 Turkmaniston - $ 50.393
🇯🇵 Yaponiya - 107 587 dollar
🇺🇸 AQSh - 105 000 dollar
🇦🇪 BAA - 70,771 dollar
🇨🇳 Xitoy - 70 848 dollar
🇸🇦 Saudiya Arabistoni - $ 54 263
🇰🇷 Janubiy Koreya - 86,098 dollar
🇩🇪 Germaniya - 89,903 dollar
🇺🇦 Ukraina - 11 301 dollar
🇬🇧 Buyuk Britaniya - $ 91,940

Ma'lumot uchun mamlakatimizda o'rtacha oylik ish haqqi - 2.5 mln so'mni tashkil etadi.

#tahlil
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Bir kishi o'zini yoqib yuborgan edi, benzin narxi osmon bo'lib ketdi.
Endi navbat
"Lizva"gami deymanda?

#tahliliy
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Detektiv Janob Sinchkov rukni g'oliblari

Janob Sinchkovning qaytishi

🏆🏆🏆 - G'oliblar 👇🏾

1.Ulug'bek Shukurov
2. Lazizbek Saidov
3. Gayibnazaroff
4. Farruh
5. Suhrob Kurbonov
6. Asror Ostonov

👆🏻Dastlabki to'g'ri javobni bergan 6 obunachimiz.

Demak, aniq javob:

Bilamizki, ko'plab mamlakatlarda dushanba kunlari teatr ishlamaydi.

Shuningdek, rasmda "No shows On Monday" deb yozilgan
.

Shuning uchun ham Janob Sinchkov Rogerning mashinasi o'g'irlanmaganligini tushunib yetadi.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

O'zbekistonda ham "generation gap" bormi?

Generation gap -
o'zbek tilidagi to'g'ridan to'g'ri tarjimasi "avlodiy bo'shliq" bo'ladi.

Lekin mazmun jihatdan biroz boshqacha,

Mazmunan bu - yoshi katta va yoshi kichiklar (aniqrog'i - keksalar va yoshlar) o'rtasidagi o'zaro tushunmovchilik hisoblanadi.

Misol uchun, ishxonada yoshlar asosan liberal va ijodkor, serg'ayrat va moslashuvchan, texnologiyalardan yaxshi foydalana oladigan qobiliyat va xarakterga ega.

Yoshi kattalar (asosan 50 dan oshganlar) esa konservativ va maxsus qotma komplekslarga ega, moslashuvchanligi pastroq hamda texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatini aytmasa ham bo'ladi.

Generation gap tushunchasi ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda qo'llanilayotganligiga naq ikki asrdan oshgan. Bizda, hatto bunga mos so'z ham yo'q.

Lekin...
Bizda bu holat ayniqsa, 2010-yillardan ancha rivojlanib ketdi. Biz buni qanday atashni bilmaymiz. Ammo ko'pincha yoshi kattalarni g'iybat qilish, yomonlash bilan cheklanib qolamiz.
Bu tushunchani qo'llasak, g'iybat va ixtiloflarni biroz bo'lsada oldini olgan bo'larmidik.
Yoki yoshi kattalar bu haqida o'ylab ko'rib, ''bo'shliqni yo'qotish'' uchun biroz bo'lsada harkat qilgan bo'larmidi?
Yoki nafaqaga chiqib, o'z o'rnini yoshlarga bo'shatib berish haqida ozgina o'ylab ko'risharmidi?
Qisqasi aytaman desa gap ko'p.
(Yuqoridagi post o'z ustida ishlaydigan yoshi kattalar uchun tegishli emas 😇)

#tahliliy
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Yaxshi yangiliklar ham bor!

O'quvchimiz Yoqubjon IELTSdan 6.5 olibdi.

©️Kelgusi ishlarida omad tilaymiz. Bilimi yaxshilikka, jamiyatga, oila a'zolarining baxt-u, quvonchiga xizmat qilsin.

#news
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Telefon va kompyuter o'rnini bosuvchi ko'zoynak

☝🏿Videoga e'tibor bersangiz, unda AQSH talabalari tomonidan yaratilgan eng so'nggi ixtironi ko'rishingiz mumkin.

Bizni talabalar esa, o'qituvchim kelarkan, deb uyini tozalash va rasmga tushish bilan ovora.

@Akmaltosh

Читать полностью…
Subscribe to a channel